Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati

Yuklangan vaqt

2024-07-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

24

Faytl hajmi

57,9 KB


 
 
 
 
 
 
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati 
 
 
Reja 
1. XIV asrning 2 chi yarmi –XV asrda madaniyatning rivojlanishidagi shart-
sharoitlar. Amir Temur madaniyat xomiysi. 
2. Ilm –fan va adabiyot ravnaqi. 
3. Me'morchilik, tasviriy san'at va amaliy san'at 
4.Amir Temur va temuriylar davridagi madaniy merosni qayta tiklash va uning 
hozirgi davrdagi ahamiyati. 
 
 
Tayanch tushunchalar: me’morchilik, miniatyura san’ati, hattotlik san’ati, 
badiiy hunarmandchilik, tasviriy va amaliy san’at, o’zbek mumtoz adabiyoti, 
Naqshbandiya ta’limoti. 
 
4.1. XIV asrning 2-yarmi - XV asrda madaniyatning rivojlanishidagi shart-
sharoitlar. Amir Temur madaniyat homiysi 
 
Mo’g’ullar hukmronligi davrida madaniyat, fan, adabiyot va san’at tanazzulga 
uchradi, ko’plab fozil kishilar, olimlar, shoirlar mo’g’ul galalariga qarshi kurashda 
halok bo’ldi. Garchi mo’g’ullar istilosi Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatida 
erishgan tajriba va an’analarini yemirib tashlashga uringan bo’lsa-da, uni butunlay 
yo’q qilib tashlay olmadi.  
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati Reja 1. XIV asrning 2 chi yarmi –XV asrda madaniyatning rivojlanishidagi shart- sharoitlar. Amir Temur madaniyat xomiysi. 2. Ilm –fan va adabiyot ravnaqi. 3. Me'morchilik, tasviriy san'at va amaliy san'at 4.Amir Temur va temuriylar davridagi madaniy merosni qayta tiklash va uning hozirgi davrdagi ahamiyati. Tayanch tushunchalar: me’morchilik, miniatyura san’ati, hattotlik san’ati, badiiy hunarmandchilik, tasviriy va amaliy san’at, o’zbek mumtoz adabiyoti, Naqshbandiya ta’limoti. 4.1. XIV asrning 2-yarmi - XV asrda madaniyatning rivojlanishidagi shart- sharoitlar. Amir Temur madaniyat homiysi Mo’g’ullar hukmronligi davrida madaniyat, fan, adabiyot va san’at tanazzulga uchradi, ko’plab fozil kishilar, olimlar, shoirlar mo’g’ul galalariga qarshi kurashda halok bo’ldi. Garchi mo’g’ullar istilosi Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatida erishgan tajriba va an’analarini yemirib tashlashga uringan bo’lsa-da, uni butunlay yo’q qilib tashlay olmadi.  
 
XIV asr o’rtalaridan to XVI asrgacha bo’lgan davr Markaziy Osiyo xalqlari 
madaniyati, san’ati va adabiyoti taraqqiy etishida yangi va sermahsul davr bo’ldi. 
Bunga asosiy sabab mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda g’alabaga erishib Amir 
Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi bo’ldi Tabiiyki, mustaqil 
davlatning 
tashkil 
topishi 
mamlakatda 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning 
rivojlanishiga, hunarmandchilik, shaharlar qurilishiga va umuman madaniyatning 
yuksalishiga olib keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fan, me’morchilik, 
naqqoshlik, musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va boshqa sohalarda katta yutuqlarga 
erishdilar. Shu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar 
qurildi. Bu davrda yetishib chiqgan buyuk olimlar, adabiyot va san’at 
namoyondalari bu davlat shuhratini olamga yoydilar. Ulug’bek, Ali Qushchi, 
Qoshiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Behzod kabi mutafakkirlaimiz mamlakatimiz 
madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. 
Amir Temur Movarounnahrda o’zaro ichki urushlarga va mamlakatdagi 
tarqoqlikka chek qo’ydi. Amir Temur o’zi birlashtirgan o’lkalarning iqtisodiy va 
madaniy ravnaqiga katta ahamiyat berdi. Shaharlarda masjid, madrasa va madaniy-
maishiy binolar barpo etildi. Ayniqsa, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro kabi 
shaharlar o’sdi, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topdi. Movarounnahrning 
Xitoy, Hindiston, Arabiston va hatto uzoq Ispaniya, Italiya, Fransiya, Angliya kabi 
Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaydi. 
Ispan qirolining Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan elchisi Ryu Gonzales 
de Klavixoning yozishicha, o’sha davrda Samarqand bozorlarida dunyoning barcha 
tomonlaridan kelgan, turli tillarda so’zlashuvchi, turli dinga mansub savdogarlarni 
va ularning anvoyi mollarini har qadamda uchratish mumkin bo’lgan. Shubhasiz, 
Amir Temur davrida Movarounnahr Buyuk ipak yo’lining eng serqatnov, 
serdaromad va gavjum qismi hisoblangan. 
Amir Temur davri madaniyati haqida so’z yuritar ekanmiz, shubhasiz, buyuk 
davlat arbobi, sarkarda va madaniyat homiysi Amir Temurning bu sohadagi rolini 
alohida qayd etishimiz zarur. U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u- 
rog’lar bilan burkadi, shahar va qishloqlarni tikladi va buzilganlarini qayta obod 
XIV asr o’rtalaridan to XVI asrgacha bo’lgan davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, san’ati va adabiyoti taraqqiy etishida yangi va sermahsul davr bo’ldi. Bunga asosiy sabab mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda g’alabaga erishib Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi bo’ldi Tabiiyki, mustaqil davlatning tashkil topishi mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga, hunarmandchilik, shaharlar qurilishiga va umuman madaniyatning yuksalishiga olib keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fan, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishdilar. Shu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. Bu davrda yetishib chiqgan buyuk olimlar, adabiyot va san’at namoyondalari bu davlat shuhratini olamga yoydilar. Ulug’bek, Ali Qushchi, Qoshiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Behzod kabi mutafakkirlaimiz mamlakatimiz madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Amir Temur Movarounnahrda o’zaro ichki urushlarga va mamlakatdagi tarqoqlikka chek qo’ydi. Amir Temur o’zi birlashtirgan o’lkalarning iqtisodiy va madaniy ravnaqiga katta ahamiyat berdi. Shaharlarda masjid, madrasa va madaniy- maishiy binolar barpo etildi. Ayniqsa, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro kabi shaharlar o’sdi, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topdi. Movarounnahrning Xitoy, Hindiston, Arabiston va hatto uzoq Ispaniya, Italiya, Fransiya, Angliya kabi Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaydi. Ispan qirolining Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan elchisi Ryu Gonzales de Klavixoning yozishicha, o’sha davrda Samarqand bozorlarida dunyoning barcha tomonlaridan kelgan, turli tillarda so’zlashuvchi, turli dinga mansub savdogarlarni va ularning anvoyi mollarini har qadamda uchratish mumkin bo’lgan. Shubhasiz, Amir Temur davrida Movarounnahr Buyuk ipak yo’lining eng serqatnov, serdaromad va gavjum qismi hisoblangan. Amir Temur davri madaniyati haqida so’z yuritar ekanmiz, shubhasiz, buyuk davlat arbobi, sarkarda va madaniyat homiysi Amir Temurning bu sohadagi rolini alohida qayd etishimiz zarur. U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u- rog’lar bilan burkadi, shahar va qishloqlarni tikladi va buzilganlarini qayta obod  
 
qildi. Amir Temurning ijodkorlik faoliyati kishini hayratda qoldiradi. Musulmon 
me’morchiligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari bilan bog’liq. 
Amir Temurning muhtasham osmono’par inshootlar qurdirgani, o’sha davrning eng 
boy kutubxonasiga ega bo’lganini ta’kidlash kerak. Amir Temur fan va 
madaniyatning yuksalishida qadimiy mahalliy an’analardan foydalanib olimlarga va 
hunarmandlarga ijod qilish uchun zarur sharoit yaratib berdi. Boshqa 
mamlakatlardan olib kelingan ustalar qurilishda ishlaganlari rost, ammo asosiy 
ishboshi va bosh me’morlar mahalliy xalq orasidan yetishib chiqgan ustalardan 
bo’lgan. Darhaqiqat, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va boshqa shaharlarda 
qurilgan binolar, bu yerda ming yillardan buyon davom etib kelayotgan an’analar 
asosida barpo etilganini ko’rsatadi.  
Amir Temur davrida mamlakatning rasmiy tili turk tili edi. Amir Temurning 
o’zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. «Temur tuzuklari» shundan guvohlik 
beradi. Amir Temur o’z saltanatini tobora mustahkamlab borar ekan, qadimdan 
davom etib kelgan urf-odatlar va marosimlarni tiklash barobarida, o’zi birlashtirgan 
o’lkalar xalqlari madaniyatidagi, maishiy hayotidagi ilg’or an’analarni ham rad 
etmadi. Saroy ayonlarining ipak, duxoba va atlas kiyimlari arab yoki musulmonlar 
rasm-rusumida tiklangan edi. Saroyda ayollarning libosi, xususan, burk, shokila 
qadimgi Eron va Xorazm urfiga xos edi. Bu kiyim yengsiz bo’lib, yoqasi bo’yinini 
qisib turar, orqa etagi juda uzun bo’lganligi uchun uni maxsus joriyalar ko’tarib 
yurishgan. Yuzga hijob tutganlar. Saroy amaldorlari oltin uqa bilan bezatilgan uzun 
kiyim (qabosa) kiyar edilar. 
Amir Temurning shaxsi haqida ko’p bahs-munozaralar bo’lib o’tdi: birovlar 
Amir Temur savodsiz bo’lgan, deyishsa, boshqalar bunday bo’lishi mumkin emas, 
degan fikrni yoqlaydilar. Chunki turk va fors tillarini yaxshi bilgan, turklar, arablar, 
forslar tarixidan yaxshi xabardor bo’lgan, tibbiyot, riyoziyot, jo’g’rofiya, 
munajjimlik, she’riyat va me’morchilikni qadrlab, o’z avlodlariga «Temur 
tuzuklari»dek davlat boshqaruvi to’g’risidagi muhim manbani qoldirgan shaxs 
savodsiz bo’lishi mumkin emas. Darhaqiqat, Amir Temur ilm-fan, me’morchilik va 
san’atdan xabardor bo’lgan kishi edi. U ma’rifatparvar edi. Kuchli davlat arbobi edi. 
qildi. Amir Temurning ijodkorlik faoliyati kishini hayratda qoldiradi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari bilan bog’liq. Amir Temurning muhtasham osmono’par inshootlar qurdirgani, o’sha davrning eng boy kutubxonasiga ega bo’lganini ta’kidlash kerak. Amir Temur fan va madaniyatning yuksalishida qadimiy mahalliy an’analardan foydalanib olimlarga va hunarmandlarga ijod qilish uchun zarur sharoit yaratib berdi. Boshqa mamlakatlardan olib kelingan ustalar qurilishda ishlaganlari rost, ammo asosiy ishboshi va bosh me’morlar mahalliy xalq orasidan yetishib chiqgan ustalardan bo’lgan. Darhaqiqat, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va boshqa shaharlarda qurilgan binolar, bu yerda ming yillardan buyon davom etib kelayotgan an’analar asosida barpo etilganini ko’rsatadi. Amir Temur davrida mamlakatning rasmiy tili turk tili edi. Amir Temurning o’zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. «Temur tuzuklari» shundan guvohlik beradi. Amir Temur o’z saltanatini tobora mustahkamlab borar ekan, qadimdan davom etib kelgan urf-odatlar va marosimlarni tiklash barobarida, o’zi birlashtirgan o’lkalar xalqlari madaniyatidagi, maishiy hayotidagi ilg’or an’analarni ham rad etmadi. Saroy ayonlarining ipak, duxoba va atlas kiyimlari arab yoki musulmonlar rasm-rusumida tiklangan edi. Saroyda ayollarning libosi, xususan, burk, shokila qadimgi Eron va Xorazm urfiga xos edi. Bu kiyim yengsiz bo’lib, yoqasi bo’yinini qisib turar, orqa etagi juda uzun bo’lganligi uchun uni maxsus joriyalar ko’tarib yurishgan. Yuzga hijob tutganlar. Saroy amaldorlari oltin uqa bilan bezatilgan uzun kiyim (qabosa) kiyar edilar. Amir Temurning shaxsi haqida ko’p bahs-munozaralar bo’lib o’tdi: birovlar Amir Temur savodsiz bo’lgan, deyishsa, boshqalar bunday bo’lishi mumkin emas, degan fikrni yoqlaydilar. Chunki turk va fors tillarini yaxshi bilgan, turklar, arablar, forslar tarixidan yaxshi xabardor bo’lgan, tibbiyot, riyoziyot, jo’g’rofiya, munajjimlik, she’riyat va me’morchilikni qadrlab, o’z avlodlariga «Temur tuzuklari»dek davlat boshqaruvi to’g’risidagi muhim manbani qoldirgan shaxs savodsiz bo’lishi mumkin emas. Darhaqiqat, Amir Temur ilm-fan, me’morchilik va san’atdan xabardor bo’lgan kishi edi. U ma’rifatparvar edi. Kuchli davlat arbobi edi.  
 
Amir Temur va uning vorislari, xususan, Shohruh Mirzo, Ulug’bek Mirzo, 
Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar tabiatan ilmparvar, 
ma’rifatparvar hukmdorlar bo’lganligidan, ularning davrida ilm-fan va 
ma’rifatning juda ko’plab sohalarida dovrug’i olamga mashhur alloma olimlar, 
mutafakkirlar, shoir-u adiblar yetishib chiqib, yurtimiz shuhratini yuksakka 
ko’tardilar. Ular o’z davrining hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, jamiyat va 
davlat hayotida juda ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etdilar, yurtni 
obod qildilar, ham ijodkor sifatida umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladigan 
ilmiy va adabiy asarlar qoldirdilarki, ulardan bugun ilm va adabiyot ahli 
bahramand bo’lib kelmoqda.  
Ular davrida yaratilgan ko’plab madaniyat yodgorliklari, noyob osori-
atiqalar, me’moriy obidalar insoniyat aql-zakovatining yuksak namunalari 
sifatida mana yetti asrdirki, o’z oxorini yo’qotmay bugungi minnatdor avlod 
kishilarini hamon hayratlantirib kelmoqda. 
Temuriylar davri ilm-fani va madaniyatining o’ziga xos muhim jihati shundaki, 
bu davrga kelib Markaziy Osiyo zaminida yuzaga kelib, izchil rivojlanib borgan 
madaniy-ma’naviy “uyg’onish” o’zining yuksak bosqichiga ko’tarildi va uning 
samarasi yanada salmoqli bo’lib bordi.  
Amir Тemur va Temuriylar davrida mamlakat madaniy-ma’naviy yuksalishni 
ta’minlagan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: birinchisi, siyosiy-
ijtimoiy omillar, yani Movarounnahr va Хurosonda mo’g’ullar hukmronligiga 
etilishi, yagona davlatchilik asosida yangi boshqarish tizimining joriy etilishi; 
ikkinchisi, iqtisodiy omil, yani Movarounnahr va Хurosonda yagona idora usulining 
savdo-sotiqning rivojiga e’tibor berilishi; uchinchisi, ma’naviy omil, yani avvalgi 
madaniy-ma’naviy meros va qadriyatlardan keng foydalanilishi, turli mamlakatlar 
o’rtasidagi madaniy aloqalarning yo’lga qo’yilishi; to’rtinchisi, g’oyaviy omil, yani 
Amir Temur va uning vorislari, xususan, Shohruh Mirzo, Ulug’bek Mirzo, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar tabiatan ilmparvar, ma’rifatparvar hukmdorlar bo’lganligidan, ularning davrida ilm-fan va ma’rifatning juda ko’plab sohalarida dovrug’i olamga mashhur alloma olimlar, mutafakkirlar, shoir-u adiblar yetishib chiqib, yurtimiz shuhratini yuksakka ko’tardilar. Ular o’z davrining hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, jamiyat va davlat hayotida juda ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etdilar, yurtni obod qildilar, ham ijodkor sifatida umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladigan ilmiy va adabiy asarlar qoldirdilarki, ulardan bugun ilm va adabiyot ahli bahramand bo’lib kelmoqda. Ular davrida yaratilgan ko’plab madaniyat yodgorliklari, noyob osori- atiqalar, me’moriy obidalar insoniyat aql-zakovatining yuksak namunalari sifatida mana yetti asrdirki, o’z oxorini yo’qotmay bugungi minnatdor avlod kishilarini hamon hayratlantirib kelmoqda. Temuriylar davri ilm-fani va madaniyatining o’ziga xos muhim jihati shundaki, bu davrga kelib Markaziy Osiyo zaminida yuzaga kelib, izchil rivojlanib borgan madaniy-ma’naviy “uyg’onish” o’zining yuksak bosqichiga ko’tarildi va uning samarasi yanada salmoqli bo’lib bordi. Amir Тemur va Temuriylar davrida mamlakat madaniy-ma’naviy yuksalishni ta’minlagan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: birinchisi, siyosiy- ijtimoiy omillar, yani Movarounnahr va Хurosonda mo’g’ullar hukmronligiga etilishi, yagona davlatchilik asosida yangi boshqarish tizimining joriy etilishi; ikkinchisi, iqtisodiy omil, yani Movarounnahr va Хurosonda yagona idora usulining savdo-sotiqning rivojiga e’tibor berilishi; uchinchisi, ma’naviy omil, yani avvalgi madaniy-ma’naviy meros va qadriyatlardan keng foydalanilishi, turli mamlakatlar o’rtasidagi madaniy aloqalarning yo’lga qo’yilishi; to’rtinchisi, g’oyaviy omil, yani  
 
diniy ta’limotlar, islom madaniyatinining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratib berilishini ta’kidlash lozim. 
 
4.2. Ilm-fan va adabiyotning ravnaqi 
 
Davlatning yuksalishida ilm-fanning ahamiyatini yaxshi anglagan Amir 
Temur 
ilm-fan ahllariga katta izzat-ikrom ko’rsatgan. L. Lyanglening 
ta’kidlashicha: "U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa 
ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko’pincha 
taxtdan tushib, ularning yoniga kelar edi». Negaki, Amir Temur bu sohalarga 
g’amxo’rlik qilishga muhim e’tibor berar edi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor 
Xorazmiy, Mavlono Shamsutdin Munshiy, astronom Badriddin Ahmad, tabib 
Husomiddin Ibrohimshoh Kermoniy, Nu’monuddin Xorazmiy, Xoja Muhammad al-
Buxoriy, hadischi Aloudddin at-Tabriziy, va’zxon va xatib mavlono Ahmad Ibn 
Shams ul-Aimma va boshqalar xizmat qilar edilar. Amir Temur tibbiyot, riyoziyot, 
tarix va munajjimlik fanlari vakillari, adabiyot, shuningdek, diniy va falsafiy 
bilimlarga ega bo’lgan mashhur olimlar bilan tez-tez muloqotda bo’lib turar edi. 
Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida yozilishicha, Amir Temur olimlar 
bilan o’tkazgan bir uchrashuvda shunday nutq so’zlagan: «Fan va dinning mashhur 
kishilari o’z maslahatlari bilan qadimda podsholarga yordam berib kelganlar. Sizlar 
esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat 
o’rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, 
yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni 
amalga oshirishda menga o’z maslahatlaringiz bilan ko’maklashishingiz kerak». 
Ko’rinib turibdiki, Amir Temur davlatni boshqarish ishlarida bilimdon odamlar, 
olimlar bilan maslahat qilgan. 
Amir Temurning nevarasi Ulug’bek (Muhammad Tarag’ay, 1394-1449) 
davrida Samarqand Markaziy Osiyoning yirik madaniy o’chog’iga aylandi, 
madrasalarda diniy fanlardan tashqari, dunyoviy fanlar ham o’qitildi. Uning sa’y-
harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig’ilgan edi. 
diniy ta’limotlar, islom madaniyatinining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilishini ta’kidlash lozim. 4.2. Ilm-fan va adabiyotning ravnaqi Davlatning yuksalishida ilm-fanning ahamiyatini yaxshi anglagan Amir Temur ilm-fan ahllariga katta izzat-ikrom ko’rsatgan. L. Lyanglening ta’kidlashicha: "U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko’pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelar edi». Negaki, Amir Temur bu sohalarga g’amxo’rlik qilishga muhim e’tibor berar edi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsutdin Munshiy, astronom Badriddin Ahmad, tabib Husomiddin Ibrohimshoh Kermoniy, Nu’monuddin Xorazmiy, Xoja Muhammad al- Buxoriy, hadischi Aloudddin at-Tabriziy, va’zxon va xatib mavlono Ahmad Ibn Shams ul-Aimma va boshqalar xizmat qilar edilar. Amir Temur tibbiyot, riyoziyot, tarix va munajjimlik fanlari vakillari, adabiyot, shuningdek, diniy va falsafiy bilimlarga ega bo’lgan mashhur olimlar bilan tez-tez muloqotda bo’lib turar edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida yozilishicha, Amir Temur olimlar bilan o’tkazgan bir uchrashuvda shunday nutq so’zlagan: «Fan va dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari bilan qadimda podsholarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o’rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda menga o’z maslahatlaringiz bilan ko’maklashishingiz kerak». Ko’rinib turibdiki, Amir Temur davlatni boshqarish ishlarida bilimdon odamlar, olimlar bilan maslahat qilgan. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek (Muhammad Tarag’ay, 1394-1449) davrida Samarqand Markaziy Osiyoning yirik madaniy o’chog’iga aylandi, madrasalarda diniy fanlardan tashqari, dunyoviy fanlar ham o’qitildi. Uning sa’y- harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig’ilgan edi.  
 
Tabiiy fanlar, ayniqsa, riyoziyot va munajjimlik yuksaldi. Buyuk olim va davlat 
boshlig’i Mirzo Ulug’bek Samarqand falakiyot maktabiga asos solib, o’sha davr 
falakiyot ilmining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan edi. Ulug’bek bilan birga 
Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Abduali Birjandiy, Mansur 
Koshiy va boshqa olimlar riyoziyot va falakiyot sohasida samarali ish olib bordilar. 
Ulug’bek Samarqandda rasadxona (observatoriya) qurdirdi. Rasadxona o`sha 
davrning noyob inshootlaridan bo`lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning 
aylanasi 47 m, balandligi 31 metrdan iborat 3 qavatli binoda joylashgan edi Binoning 
ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus xonalardan iborat bo`lib, zarur asbob-
uskunalar bilan ta’minlangan edi. Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan 
bezalgan bo`lib, shuning uchun xalq ichida “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat 
topgan edi. Samoni kuzatish va o`rganish borasida G’iyosiddin Jamshid yordamida 
astronomik o`lchov asbobi – ulkan sekstant o`rnatiladi. Bu asbob- sekstant radiusi 
46 metrni tashkil etgan va aniqligi bilan XV asrgacha bo’lgan barcha 
rasadxonalarning asboblaridan ustun turar edi. Bu rasadxonada Ulug’bekning 
bizning davrimizgacha o’zining ilmiy qimmatini saqlab kelayotgan "Ziji 
Kuragoniy" asari – «Yulduzlar jadvali» yaratildi. Bu jadvalda 1018 ta yulduzlarning 
o’rni o’sha davr ilmiy atafakkuri uchun mo’jizaviy aniqlik bilan ko’rsatilgan. Ilm-
fanning rivojlanishi uchun juda ko’p qo’lyozma va kitoblar zarur bo’lgani aniq. 
Ulug’bek boy kutubxona tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko’ra, unda 15000 jilddan 
ziyod kitob saqlangan.  
Ulug’bek davrida Samarqand bobosi Amir Temur zamonidagidek yana 
Sharqning madaniy markaziga aylanadi. Bu yerda mashhur faylasuf Ali ibn 
Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf 
va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyondasi, 
o`zbek shoiri Sakkokiy, mashhur hattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar 
Ulug’bek homiyligi ostida yashab ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko`plab 
taniqli olim va shoirlari, madaniyat va san’at namoyondalari Samarqandga tez-tez 
kelib turar edilar. Ulug’bek davrida o`ziga xos tarixnavislik maktabi ham shakllandi. 
XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at-tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) 
Tabiiy fanlar, ayniqsa, riyoziyot va munajjimlik yuksaldi. Buyuk olim va davlat boshlig’i Mirzo Ulug’bek Samarqand falakiyot maktabiga asos solib, o’sha davr falakiyot ilmining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan edi. Ulug’bek bilan birga Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Abduali Birjandiy, Mansur Koshiy va boshqa olimlar riyoziyot va falakiyot sohasida samarali ish olib bordilar. Ulug’bek Samarqandda rasadxona (observatoriya) qurdirdi. Rasadxona o`sha davrning noyob inshootlaridan bo`lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 metrdan iborat 3 qavatli binoda joylashgan edi Binoning ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus xonalardan iborat bo`lib, zarur asbob- uskunalar bilan ta’minlangan edi. Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo`lib, shuning uchun xalq ichida “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi. Samoni kuzatish va o`rganish borasida G’iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o`lchov asbobi – ulkan sekstant o`rnatiladi. Bu asbob- sekstant radiusi 46 metrni tashkil etgan va aniqligi bilan XV asrgacha bo’lgan barcha rasadxonalarning asboblaridan ustun turar edi. Bu rasadxonada Ulug’bekning bizning davrimizgacha o’zining ilmiy qimmatini saqlab kelayotgan "Ziji Kuragoniy" asari – «Yulduzlar jadvali» yaratildi. Bu jadvalda 1018 ta yulduzlarning o’rni o’sha davr ilmiy atafakkuri uchun mo’jizaviy aniqlik bilan ko’rsatilgan. Ilm- fanning rivojlanishi uchun juda ko’p qo’lyozma va kitoblar zarur bo’lgani aniq. Ulug’bek boy kutubxona tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko’ra, unda 15000 jilddan ziyod kitob saqlangan. Ulug’bek davrida Samarqand bobosi Amir Temur zamonidagidek yana Sharqning madaniy markaziga aylanadi. Bu yerda mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyondasi, o`zbek shoiri Sakkokiy, mashhur hattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug’bek homiyligi ostida yashab ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko`plab taniqli olim va shoirlari, madaniyat va san’at namoyondalari Samarqandga tez-tez kelib turar edilar. Ulug’bek davrida o`ziga xos tarixnavislik maktabi ham shakllandi. XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at-tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi)  
 
asarining muallifi Hofizi Abro`, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki 
dengizning qo`shilishi va ikki saodatli yulduzning balqishi) asarining muallifi 
Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as-safo” (Jannat bog’lari) asarining muallifi 
Mirxond, “Habib us-siyar” (Do`stga maktub) va boshqa qator asarlarning muallifi 
Xondamir Ulug’bek yaratgan ilmiy-madaniy sharoitda o`sib ulg’aydilar. Ulug’bek 
davridagi madaniy markaz keyinchalik ”Ulug’bek akademiyasi” nomini oldi, bu 
dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan 
e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1010 yilda tuzilgan Ma’mun 
akademiyasidan so`ng, Ulug’bek akademiyasi Markaziy Osiyo tarixida ikkinchi 
akademiya sifatida yuzaga keldi.  
Mustaqillik tufayli buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug’bekning ilmiy merosi 
o`rganila boshlandi. 1994-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Mirzo Ulug’bek 
tavalludining 600 yilligi respublikamizda va xalqaro maydonda katta tantana bilan 
nishonlandi. Qator ko`cha, tuman, shahar va inshootlarga Ulug’bekning nomi 
berildi. Jumladan, Prezident Islom Karimovning farmoni bilan 1995 yilda sobiq 
Toshkent davlat universiteti, hozirgi O`zbekiston Milliy universitetiga Mirzo 
Ulug’bek nomi berildi.  
XIV-XVI asr boshlarida gumanitar fanlardan tarix, adabiyotshunoslik, 
tilshunoslik fanlari yanada yuksaldi. Tarix fani sohasida Sharofuddin Ali Yazdiy 
("Zafarnoma"), Hofizi Abro’ ("Tarixlar qaymog’i"), Abdurazzoq Samarqandiy 
("Ikki baxtning boshlanmasi"), Mirxond ("Soflik bog’i"), Xondamir ("Xabarlar 
xulosasi", "Yaxshi xislatlar", "Yaxshi xulqlar"), Zayniddin Vosifiy ( "Go’zal 
voqealar"), Zahiriddin Bobur ("Boburnoma") va boshqalar tomonidan yaratilgan 
tarixiy asarlarda mamalakat o’tmishi va zamondoshlari hayotiga oid tarixiy voqealar 
haqqoniy yoritilgan. Bu tarixiy asarlar nafaqat milliy tarixshunosligimizda, balki 
jahon tarix fanida ham alohida qimmatga ega asarlardir.  
Bu davrda tibbiyot ilmi ham muvafaqqiyatli rivojlandi. Samarqandga kelib 
ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burhoniddin Nafis ibn Evaz, hakim 
al-Хirmoniy, tabib Sulton Ali Хurosoniy, tabib Husayn Jarroh shular jumlasidandir. 
asarining muallifi Hofizi Abro`, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki dengizning qo`shilishi va ikki saodatli yulduzning balqishi) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as-safo” (Jannat bog’lari) asarining muallifi Mirxond, “Habib us-siyar” (Do`stga maktub) va boshqa qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug’bek yaratgan ilmiy-madaniy sharoitda o`sib ulg’aydilar. Ulug’bek davridagi madaniy markaz keyinchalik ”Ulug’bek akademiyasi” nomini oldi, bu dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1010 yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so`ng, Ulug’bek akademiyasi Markaziy Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga keldi. Mustaqillik tufayli buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug’bekning ilmiy merosi o`rganila boshlandi. 1994-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi respublikamizda va xalqaro maydonda katta tantana bilan nishonlandi. Qator ko`cha, tuman, shahar va inshootlarga Ulug’bekning nomi berildi. Jumladan, Prezident Islom Karimovning farmoni bilan 1995 yilda sobiq Toshkent davlat universiteti, hozirgi O`zbekiston Milliy universitetiga Mirzo Ulug’bek nomi berildi. XIV-XVI asr boshlarida gumanitar fanlardan tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik fanlari yanada yuksaldi. Tarix fani sohasida Sharofuddin Ali Yazdiy ("Zafarnoma"), Hofizi Abro’ ("Tarixlar qaymog’i"), Abdurazzoq Samarqandiy ("Ikki baxtning boshlanmasi"), Mirxond ("Soflik bog’i"), Xondamir ("Xabarlar xulosasi", "Yaxshi xislatlar", "Yaxshi xulqlar"), Zayniddin Vosifiy ( "Go’zal voqealar"), Zahiriddin Bobur ("Boburnoma") va boshqalar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarda mamalakat o’tmishi va zamondoshlari hayotiga oid tarixiy voqealar haqqoniy yoritilgan. Bu tarixiy asarlar nafaqat milliy tarixshunosligimizda, balki jahon tarix fanida ham alohida qimmatga ega asarlardir. Bu davrda tibbiyot ilmi ham muvafaqqiyatli rivojlandi. Samarqandga kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burhoniddin Nafis ibn Evaz, hakim al-Хirmoniy, tabib Sulton Ali Хurosoniy, tabib Husayn Jarroh shular jumlasidandir.  
 
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa fanlarining rivojlanishi, 
asosan ikki yirik mutafakkir Saadiddin bin Umar Тaftazoniy va Mir Sayid 
Jurjoniylarning nomi bilan bog’liqdir. Jurjoniy va Тaftazoniylardan tashqari, 
Samarqandda o’sha davrda Mavlono Abdujabbor Хorazmiy, Mavlono Shamsiddin 
Munshiy, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono 
Nug’moniddin Хorazmiy, Хoja Afzal, Jalol Hoqiy va boshqa olimlar yashab ijod 
etganlar.  
O’z davrining ilg’or ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiyotda, tasavvuf 
she’riyatida, nazm va nasrda, g’azal va ruboiylarda mufassal bayon qilina boshlandi. 
Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Binoiy, Qosimi Anvar va boshqalarning badiiy asarlari boy 
falsafiy va axloqiy mazmunga egadir. 
Bu davrda axloq va ta’lim-tarbiya muammolariga bag’ishlangan maxsus 
risolalar paydo bo’ldiki, ular orasida Хusayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin 
Davoniylarning merosi alohida o’rin egallaydi. 
Amir Temur va temuriylar davri o’zbek adabiyoti va tili taraqqiyotida yangi 
va juda sermahsul davr bo’ldi. Bu davrda eski o’zbek adabiy tilining shakllanish 
jarayoni asosan tugallandi, adabiyotda real hayotiy voqea-hodisalarni, ijtimoiy 
o’zgarishlarni tasvirlashga e’tibor berila boshlandi. Xorazmiy, Durbek, Atoiy, 
Sakkokiy, Amiriy, Bobur, Abdurahmon Jomiy va o’zbek adabiy tilining asoschisi 
Alisher Navoiy kabi shoirlarning asarlari dunyoviy adabiyotni yangi ijtimoiy 
mazmun bilan boyitdi.  
Lutfiyning xalq og’zaki adabiyotidan ijodiy foydalanib yaratgan «Gul va 
Navro’z» dostoni juda mashhurdir. Shoir Sakkokiy g’azallar va qasidalar bitib, 
ularda adolatli shoh to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi.  
Bu davrning eng buyuk mutaffakiri va ulug’ shoiri Alisher Navoiydir (1441-
1501). U butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, 
xalqning osoyishtaligiga, mamlakatning farovonligiga, urushlarning oldini olishga, 
obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi. Alisher 
Navoiy ilm-fan, san’at va adabiyot ahllarining buyuk homiysi va sarvari edi. 
Zahiriddin Boburning yozishicha: «Hazrat Navoiy tufayli qancha kishilar adabiyot, 
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa fanlarining rivojlanishi, asosan ikki yirik mutafakkir Saadiddin bin Umar Тaftazoniy va Mir Sayid Jurjoniylarning nomi bilan bog’liqdir. Jurjoniy va Тaftazoniylardan tashqari, Samarqandda o’sha davrda Mavlono Abdujabbor Хorazmiy, Mavlono Shamsiddin Munshiy, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nug’moniddin Хorazmiy, Хoja Afzal, Jalol Hoqiy va boshqa olimlar yashab ijod etganlar. O’z davrining ilg’or ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiyotda, tasavvuf she’riyatida, nazm va nasrda, g’azal va ruboiylarda mufassal bayon qilina boshlandi. Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Binoiy, Qosimi Anvar va boshqalarning badiiy asarlari boy falsafiy va axloqiy mazmunga egadir. Bu davrda axloq va ta’lim-tarbiya muammolariga bag’ishlangan maxsus risolalar paydo bo’ldiki, ular orasida Хusayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylarning merosi alohida o’rin egallaydi. Amir Temur va temuriylar davri o’zbek adabiyoti va tili taraqqiyotida yangi va juda sermahsul davr bo’ldi. Bu davrda eski o’zbek adabiy tilining shakllanish jarayoni asosan tugallandi, adabiyotda real hayotiy voqea-hodisalarni, ijtimoiy o’zgarishlarni tasvirlashga e’tibor berila boshlandi. Xorazmiy, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Amiriy, Bobur, Abdurahmon Jomiy va o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy kabi shoirlarning asarlari dunyoviy adabiyotni yangi ijtimoiy mazmun bilan boyitdi. Lutfiyning xalq og’zaki adabiyotidan ijodiy foydalanib yaratgan «Gul va Navro’z» dostoni juda mashhurdir. Shoir Sakkokiy g’azallar va qasidalar bitib, ularda adolatli shoh to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. Bu davrning eng buyuk mutaffakiri va ulug’ shoiri Alisher Navoiydir (1441- 1501). U butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, mamlakatning farovonligiga, urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi. Alisher Navoiy ilm-fan, san’at va adabiyot ahllarining buyuk homiysi va sarvari edi. Zahiriddin Boburning yozishicha: «Hazrat Navoiy tufayli qancha kishilar adabiyot,  
 
san’at borasida tarbiya oldilar va o’z qobiliyatini mustahkamladilar. Kishilar 
uningdek homiy va tarbiya beruvchi zotni boshqa uchratmadilar». Alisher 
Navoiyning birgina o`zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-
qosh bo`ldi. Hirotdagi Injil daryosi bo`yida unga qurilish ishlari uchun alohida yer 
ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya” majmualari, Tus 
viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug’orish 
inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasalar bobomiz Alisher 
Navoiy tomonidan barpo etilgan inshootlardan ayrimlaridir, xolos. Shaxsan uning 
mablag’lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko`prik, 9 ta hammom va 
boshqalar qurilgan edi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq 
ahamiyatli bo`lgan, ammo ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va 
boshqalarni ta’mirlab, ularga qaytadan hayot bag’ishlagan. Jumladan, Navoiy ta’mir 
etgan Hirotdagi jome’ masjidi hozirgi kunda ham Hirot shahrining go`zal 
inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi 
maktabining yetuk namoyondasi “Sharq Rafaeli” nomini olgan Kamoliddin Behzod, 
taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, 
musiqachilardan-Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan Sohib Doro, Muhammad 
Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, 
Mirxond,, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib 
chiqdilar. 
Navoiy bizga o’lkan adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Uning daholigi Sharq 
klassik adabiyotida an’anaviy bo’lgan Xamsachilikda yaqqol namoyon bo’ldi. 
Navoiyning «Xamsa»si 5 dostondan iborat bo’lib: «Xayratul-Abror» 1483-yilda, 
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» 1484-yilda, «Saddi 
Iskandariy» 1485-yilda yozilgan. 
Alisher Navoiy 1491-1492-yillarda yozgan «Majolisun-nafois» («Nafis 
majlislar») asarida o’ziga zamondosh bo’lgan va undan oldin yashagan 459 shoir, 
tarixchi, fan sohiblari haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan. 
Alisher Navoiyning buyuk xizmatlaridan biri o’zbek milliy tilini 
rivojlantirishga qo’shgan hissasidir. Shoir "Muhokamat ul-lug’atayn", "Xamsa", 
san’at borasida tarbiya oldilar va o’z qobiliyatini mustahkamladilar. Kishilar uningdek homiy va tarbiya beruvchi zotni boshqa uchratmadilar». Alisher Navoiyning birgina o`zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh- qosh bo`ldi. Hirotdagi Injil daryosi bo`yida unga qurilish ishlari uchun alohida yer ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya” majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug’orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasalar bobomiz Alisher Navoiy tomonidan barpo etilgan inshootlardan ayrimlaridir, xolos. Shaxsan uning mablag’lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko`prik, 9 ta hammom va boshqalar qurilgan edi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo`lgan, ammo ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mirlab, ularga qaytadan hayot bag’ishlagan. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi jome’ masjidi hozirgi kunda ham Hirot shahrining go`zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyondasi “Sharq Rafaeli” nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan-Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond,, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib chiqdilar. Navoiy bizga o’lkan adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Uning daholigi Sharq klassik adabiyotida an’anaviy bo’lgan Xamsachilikda yaqqol namoyon bo’ldi. Navoiyning «Xamsa»si 5 dostondan iborat bo’lib: «Xayratul-Abror» 1483-yilda, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» 1484-yilda, «Saddi Iskandariy» 1485-yilda yozilgan. Alisher Navoiy 1491-1492-yillarda yozgan «Majolisun-nafois» («Nafis majlislar») asarida o’ziga zamondosh bo’lgan va undan oldin yashagan 459 shoir, tarixchi, fan sohiblari haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan. Alisher Navoiyning buyuk xizmatlaridan biri o’zbek milliy tilini rivojlantirishga qo’shgan hissasidir. Shoir "Muhokamat ul-lug’atayn", "Xamsa",  
 
"Mahbub ul-qulub", "Xazoyin ul-maoniy", "Lison ut-tayr" va boshqa adabiy hamda 
ilmiy asarlarida o’zbek tilining boyligi, har qanday nozik va rang-barang ma’nolarni 
ifodalashga qodir ekanini isbotladi va o’z ona tilida "turk eliga dog’i bahra bo’lgay" 
degan niyatda ijod qildi. Navoiy o’z asarlarida insonni ulug’lab, unson hayotining 
mohiyati qisqa va uzunligi bilan emas, balki mazmuni bilan belgilanishini 
ta’kidlaydi:  
Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot, 
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot. 
Vaqti-soati kelib inson dunyodan o’tib ketsa ham, uning el-yurtga qilgan 
yaxshiligi nomi boqiyligini ifodalaydi. 
Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik 
qildi. Ular timsolida XVI asr badiiy adabiyoti eng buyuk yutuqlarga erishdi. Bu boy 
adabiy meros o’zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o’zining chuqur 
ta’sirini ko’rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o’zbek adabiyoti va 
ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi. O’zbek lirikasini yangi 
taraqqiyot pog’onasiga ko’targan Alisher Navoiy ozarbayjon, tojik, turkman, turk va 
boshqa xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali ta’sir ko’rsatdi. 
Ulug’ shoirning o`lmas merosi mustaqillik yillarida keng miqyosda o`rganila 
boshlandi. Adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga 
binoan, adabiyot sohasida yaratilgan eng sara asarlar uchun Alisher Navoiy 
nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O`lkamizda Navoiyning ulug’ nomini 
bilmagan zot yo`qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko`ra, 1991 yilda Alisher 
Navoiyning 550 yilligi katta tantana bilan nishonlandi, shoirning mahobatli haykali 
xalqimiz hurmatining ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad rostladi.  
XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Alisher Navoiy ijodida adabiy janrlar 
rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek 
adabiy tili shakllandi. O’zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan 
biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so’z va iboralardan, 
atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar. 
"Mahbub ul-qulub", "Xazoyin ul-maoniy", "Lison ut-tayr" va boshqa adabiy hamda ilmiy asarlarida o’zbek tilining boyligi, har qanday nozik va rang-barang ma’nolarni ifodalashga qodir ekanini isbotladi va o’z ona tilida "turk eliga dog’i bahra bo’lgay" degan niyatda ijod qildi. Navoiy o’z asarlarida insonni ulug’lab, unson hayotining mohiyati qisqa va uzunligi bilan emas, balki mazmuni bilan belgilanishini ta’kidlaydi: Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot. Vaqti-soati kelib inson dunyodan o’tib ketsa ham, uning el-yurtga qilgan yaxshiligi nomi boqiyligini ifodalaydi. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida XVI asr badiiy adabiyoti eng buyuk yutuqlarga erishdi. Bu boy adabiy meros o’zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o’zining chuqur ta’sirini ko’rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o’zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi. O’zbek lirikasini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’targan Alisher Navoiy ozarbayjon, tojik, turkman, turk va boshqa xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali ta’sir ko’rsatdi. Ulug’ shoirning o`lmas merosi mustaqillik yillarida keng miqyosda o`rganila boshlandi. Adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, adabiyot sohasida yaratilgan eng sara asarlar uchun Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O`lkamizda Navoiyning ulug’ nomini bilmagan zot yo`qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko`ra, 1991 yilda Alisher Navoiyning 550 yilligi katta tantana bilan nishonlandi, shoirning mahobatli haykali xalqimiz hurmatining ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad rostladi. XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Alisher Navoiy ijodida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi. O’zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so’z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar.  
 
Тemuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik 
boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Хorazm va 
Qo’qon xonligida rivojlantirildi.  
Тemuriylar davri adabiyoti o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos alohida bir 
bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug’vor insonparvarlik va xalqchillik, 
adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamon o’z tarovatini yo’qotgani yo’q. 
Bu adabiy meros O’zbekistonda hali asrlar davomida o’zining boy mazmuni bilan, 
g’oyaviy-mafkuraviy teranligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb 
etadi. 
 
 
 
 
4.3. Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’at 
 
Amir Temur davrida o’rta asr memorchilik san’ati o’zining gullagan davrini 
boshidan kechirdi. Bu davr me’morchilik san’atida yangidan aristokratik 
me’morchilik – hashamatli va go’zal binolar qurish keng rivojlandi. Devoriy 
rassomchilik, amaliy dekorativ san’at sohasida ham qator yangi an’analar 
shakllandi. Jumladan, me’morchilikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va 
murakkab me’morchilik majmualari shaharsozlikda muhim o’rinni egallay boshladi. 
An’anaviy me’morchilik shakl va uslublari qayta ko’rib chiqildi. Ayniqsa, 
memorchilik yodgordiklarini rangli koshinlar bilan bezatila boshlanishi katta badiiy-
estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rangli bezak Markaziy Osiyo an’anaviy 
me’morligining ham ajralmas qismi bo’lgan. Lekin XIV asrga kelib bino ichki va 
tashqi pardozida bu uslub alohida o’rinni egallay boshladi. Sirli sopol taxtachalardan 
ishlangan rangli naqshlar, XIV asr oxiridan keng tarqala boshlagan o’yma sirli 
naqshlar keng ko’lamda amalga tadbiq etilishi O’rta Sharq xalqlari ijodiy 
tafakkurining katta yutug’i bo’ldi. Markaziy Osiyo me’morchiligidagi bu 
o’zgarishlar ilk bor Ko’hna Urganchdagi To’rabek xonim maqbarasida namoyon 
183 
Тemuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Хorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi. Тemuriylar davri adabiyoti o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug’vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamon o’z tarovatini yo’qotgani yo’q. Bu adabiy meros O’zbekistonda hali asrlar davomida o’zining boy mazmuni bilan, g’oyaviy-mafkuraviy teranligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. 4.3. Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’at Amir Temur davrida o’rta asr memorchilik san’ati o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu davr me’morchilik san’atida yangidan aristokratik me’morchilik – hashamatli va go’zal binolar qurish keng rivojlandi. Devoriy rassomchilik, amaliy dekorativ san’at sohasida ham qator yangi an’analar shakllandi. Jumladan, me’morchilikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morchilik majmualari shaharsozlikda muhim o’rinni egallay boshladi. An’anaviy me’morchilik shakl va uslublari qayta ko’rib chiqildi. Ayniqsa, memorchilik yodgordiklarini rangli koshinlar bilan bezatila boshlanishi katta badiiy- estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rangli bezak Markaziy Osiyo an’anaviy me’morligining ham ajralmas qismi bo’lgan. Lekin XIV asrga kelib bino ichki va tashqi pardozida bu uslub alohida o’rinni egallay boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, XIV asr oxiridan keng tarqala boshlagan o’yma sirli naqshlar keng ko’lamda amalga tadbiq etilishi O’rta Sharq xalqlari ijodiy tafakkurining katta yutug’i bo’ldi. Markaziy Osiyo me’morchiligidagi bu o’zgarishlar ilk bor Ko’hna Urganchdagi To’rabek xonim maqbarasida namoyon 183  
 
bo’lgan edi. Xorazm ustalari yaratgan bu ajoyib yodgorlik an’analari keyinroq Amir 
Temurning farmoyishi bilan Sohibqiron saltanatining boshqa shaharlarida keng 
foydalanilgan.  
Amir Temur o’z oldiga Samarqandni obod va ko’rkam, betimsol shaharga 
aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edi. U Samarqand atrofida qishloqlar barpo 
ettirdi va ularga o’sha davrning ulkan shaharlari hisoblangan Bag’dod, Damashq, 
Qohira, Sheroz, Madrid kabi shaharlar nomini bergan. Bundan tashqari, Samarqand 
shahri atrofi qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Unga olti darvoza orqali kirilgan. 
Shaharning baland ark (sitadel)ida baland Bo’ston saroy, Ko’k saroy kabi hashamatli 
saroylar qurilgan. Bu davrda pishiq g’ishtdan qurilgan, moviy rang koshinlar bilan 
bezatilgan masjid, madrasa va maqbaralar, osmono’par minoralar so’lim tabiat 
qo’ynida alohida fayz va latofat kashf etgan.  
Amir Temur davrida shahar va shahardan tashqarida saroylar qurish, istirohat 
bog’lari yaratish keng tus oldi. Samarqand atrofida Bog’i chinor, Bog’I nav, Bog’i 
shamol, Bog’i dilkusho, Bog’i Naqshi Jahon, Bog’i behisht, Bog’i baland kabi bir-
biridan go’zal bog’lar barpo ettirib, ularning ichida muhtasham saroylar, favvoralar 
sarhovuzlar qurdirdi. Samarqandda insoniyatni hozirga qadar hayratga solib 
kelayotgan obidalarning barpo etilishida Amir Temurning xizmatlari beqiyos katta 
bo’lgan. Bular – Shohi-Zinda guruhidagi maqbara, Bibixonim masjidi, Go’ri-Amir 
maqbarasi, Samarqanddan tashqari boshqa shaharlarda ham Amir Temur go’zal va 
muhtasham binolar qurdirgan. Ular ichida Shahrisabzdagi Oqsaroy, Shamsiddin 
Kulol maqbarasi, Dor us-siyosat (Hazrat imom masjidi) Turkistonda – Ahmad 
Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatida - Zangi ota majmuasi  va boshqalar bor 
edi. 
Amir Temur Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy go’zallikda ham, ulug’vorlikda 
ham misli yo’q saroy bo’lishi kerak edi. Haqiqatan ham me’morlar ajoyib, 
muhtasham saroy bunyod etdilar. Taxminan bu binoning balandligi 70 metr, ya’ni 
20-qavatli bino bilan teng bo’lgan, eni 50 metrni tashkil etgan. Rivoyatlarga ko’ra 
dastlabki g’ishtlar uchun aralashma oltin qum qo’shilgan bezagi «kufi» shaklidagi 
yozuvli bo’lgan. Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga «Agar bizning quvvat va 
bo’lgan edi. Xorazm ustalari yaratgan bu ajoyib yodgorlik an’analari keyinroq Amir Temurning farmoyishi bilan Sohibqiron saltanatining boshqa shaharlarida keng foydalanilgan. Amir Temur o’z oldiga Samarqandni obod va ko’rkam, betimsol shaharga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edi. U Samarqand atrofida qishloqlar barpo ettirdi va ularga o’sha davrning ulkan shaharlari hisoblangan Bag’dod, Damashq, Qohira, Sheroz, Madrid kabi shaharlar nomini bergan. Bundan tashqari, Samarqand shahri atrofi qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Unga olti darvoza orqali kirilgan. Shaharning baland ark (sitadel)ida baland Bo’ston saroy, Ko’k saroy kabi hashamatli saroylar qurilgan. Bu davrda pishiq g’ishtdan qurilgan, moviy rang koshinlar bilan bezatilgan masjid, madrasa va maqbaralar, osmono’par minoralar so’lim tabiat qo’ynida alohida fayz va latofat kashf etgan. Amir Temur davrida shahar va shahardan tashqarida saroylar qurish, istirohat bog’lari yaratish keng tus oldi. Samarqand atrofida Bog’i chinor, Bog’I nav, Bog’i shamol, Bog’i dilkusho, Bog’i Naqshi Jahon, Bog’i behisht, Bog’i baland kabi bir- biridan go’zal bog’lar barpo ettirib, ularning ichida muhtasham saroylar, favvoralar sarhovuzlar qurdirdi. Samarqandda insoniyatni hozirga qadar hayratga solib kelayotgan obidalarning barpo etilishida Amir Temurning xizmatlari beqiyos katta bo’lgan. Bular – Shohi-Zinda guruhidagi maqbara, Bibixonim masjidi, Go’ri-Amir maqbarasi, Samarqanddan tashqari boshqa shaharlarda ham Amir Temur go’zal va muhtasham binolar qurdirgan. Ular ichida Shahrisabzdagi Oqsaroy, Shamsiddin Kulol maqbarasi, Dor us-siyosat (Hazrat imom masjidi) Turkistonda – Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatida - Zangi ota majmuasi va boshqalar bor edi. Amir Temur Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy go’zallikda ham, ulug’vorlikda ham misli yo’q saroy bo’lishi kerak edi. Haqiqatan ham me’morlar ajoyib, muhtasham saroy bunyod etdilar. Taxminan bu binoning balandligi 70 metr, ya’ni 20-qavatli bino bilan teng bo’lgan, eni 50 metrni tashkil etgan. Rivoyatlarga ko’ra dastlabki g’ishtlar uchun aralashma oltin qum qo’shilgan bezagi «kufi» shaklidagi yozuvli bo’lgan. Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga «Agar bizning quvvat va  
 
qudratimizga shubhang bo’lsa, bizning imoratlarimizga boq» so’zlarini arab tilida 
o’ydirib yozdirgan edi.  
Amir Temur davrida ulug’vor masjidlar barpo etildi. Shulardan biri 1399-
1402-yillarda bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi  bo’lib, uning qurilishiga 
Амир Amir Temur alohida etibor bergan. Masjidning tarxi (loyihasi) uning 
farmoniga ko’ra ishlangan va 1399-yilda bo’lajak masjidning poydevoriga birinchi 
g’isht qo’yilgan. Qurilishda Ozarbayjon, Hindiston va Erondan kelgan 200 dan ortiq 
usta, 500 dan ortiq tosh taroshlovchi mehnat qilgan. Bibixonim masjidi katta 
to’rtburchak shakilidagi maydonni egallagan, uning atrofi esa devor bilan o’rab 
chiqilgan. To’rt burchagida minoralar qurilgan. Masjidga sharqga qaragan juda katta 
peshtoqli darvozadan kiriladi. Masjid hovlisi atrofi ustunli ochiq ayvonlar balan 
o’ralgan, ikki yon tomoni va o’rtasida uncha katta bo’lmagan peshtoq-gumbazli 
binolar qurilgan. Hovlining ichkarisida esa 40 metrli peshtoq va uning burchaklarida 
esa qirrali minora ishlangan. Masjidning ichki va tashqi tomoni bezagiga alohida 
etibor berilgan. Sirli koshinlar bilan bezatilgan, bino dekorida ko’k va sarg’isht oxra, 
yashil rang gammasi keng o’rinni egallaydi. Ayniqsa, moviy rang butun bino 
koloritida asosiy rang sifted tanlangan bo’lib, bu uning yaxlitligini va ulug’vorligini 
ta’minlab guyo uni cheksiz falak bilan bellashayotgandek qilib ko’rsatadi. 
Amir Temur davri me’morchiligini «Shohizinda» me’morchilik majmuasisiz 
etib bo’lmaydi. Afsonaviy Afrosiyob yonbag’riga joylashgan bu ansanbl XI-XII 
asrlarda bu yerda qurila boshlagan maqbaralar o’rnida barpo etilgan. Bu yer 
musulmonlarga qadar ham muqaddas sig’inish joyi bo’lgan. Afsonalarga ko’ra shu 
yerda musulmonlar avliyosi bo’lgan Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib, go’yo u 
shu yerda tirilib yer ostiga kirib ketgan va oxiratgacha shu yerda yashashga qaror 
qilgan. Shohi zinda – “tirik podsho”, “tirik shoh” nomi shundan olingan. Hozirgi 
Shohi zinda maqbara majmuasi XIV-XV asrlarning birinchi yarmida qurilgan 
yodgorliklardan tashkil topgan bo’lib, bu majmua biroz keyinroq, 1434-1435-
yillarda Ulug’bek tomonidan qurdirilgan peshtoq bilan boshlanadi. Ichkariga 
kirishga yaqin joyda XV asrning qo’sh maqbarasi bo’lib, uning gumbazi baland 
baraban ustiga joylashgan. So’ngra zinadan boshlanib qator maqbaralar bir-biriga 
qudratimizga shubhang bo’lsa, bizning imoratlarimizga boq» so’zlarini arab tilida o’ydirib yozdirgan edi. Amir Temur davrida ulug’vor masjidlar barpo etildi. Shulardan biri 1399- 1402-yillarda bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi bo’lib, uning qurilishiga Амир Amir Temur alohida etibor bergan. Masjidning tarxi (loyihasi) uning farmoniga ko’ra ishlangan va 1399-yilda bo’lajak masjidning poydevoriga birinchi g’isht qo’yilgan. Qurilishda Ozarbayjon, Hindiston va Erondan kelgan 200 dan ortiq usta, 500 dan ortiq tosh taroshlovchi mehnat qilgan. Bibixonim masjidi katta to’rtburchak shakilidagi maydonni egallagan, uning atrofi esa devor bilan o’rab chiqilgan. To’rt burchagida minoralar qurilgan. Masjidga sharqga qaragan juda katta peshtoqli darvozadan kiriladi. Masjid hovlisi atrofi ustunli ochiq ayvonlar balan o’ralgan, ikki yon tomoni va o’rtasida uncha katta bo’lmagan peshtoq-gumbazli binolar qurilgan. Hovlining ichkarisida esa 40 metrli peshtoq va uning burchaklarida esa qirrali minora ishlangan. Masjidning ichki va tashqi tomoni bezagiga alohida etibor berilgan. Sirli koshinlar bilan bezatilgan, bino dekorida ko’k va sarg’isht oxra, yashil rang gammasi keng o’rinni egallaydi. Ayniqsa, moviy rang butun bino koloritida asosiy rang sifted tanlangan bo’lib, bu uning yaxlitligini va ulug’vorligini ta’minlab guyo uni cheksiz falak bilan bellashayotgandek qilib ko’rsatadi. Amir Temur davri me’morchiligini «Shohizinda» me’morchilik majmuasisiz etib bo’lmaydi. Afsonaviy Afrosiyob yonbag’riga joylashgan bu ansanbl XI-XII asrlarda bu yerda qurila boshlagan maqbaralar o’rnida barpo etilgan. Bu yer musulmonlarga qadar ham muqaddas sig’inish joyi bo’lgan. Afsonalarga ko’ra shu yerda musulmonlar avliyosi bo’lgan Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib, go’yo u shu yerda tirilib yer ostiga kirib ketgan va oxiratgacha shu yerda yashashga qaror qilgan. Shohi zinda – “tirik podsho”, “tirik shoh” nomi shundan olingan. Hozirgi Shohi zinda maqbara majmuasi XIV-XV asrlarning birinchi yarmida qurilgan yodgorliklardan tashkil topgan bo’lib, bu majmua biroz keyinroq, 1434-1435- yillarda Ulug’bek tomonidan qurdirilgan peshtoq bilan boshlanadi. Ichkariga kirishga yaqin joyda XV asrning qo’sh maqbarasi bo’lib, uning gumbazi baland baraban ustiga joylashgan. So’ngra zinadan boshlanib qator maqbaralar bir-biriga  
 
yaqin qilib qurilgan. Ular Amir Temur tomonidan XIV asrning 70-80 yillarida 
qurdirilgan. Majmua so’ngida esa XIV asr o’rtalarida qurilgan Xo’ja Ahmad 
maqbarasi o’rin olgan. Tuman og’o majmuasi (1372)  peshtoqi o’simliksimon 
naqshlar bilan bezatilgan. Devorlariga mayda manzarali pannolar ishlangan. 
Shirinbeka og’o (1385-86-yillar) xonalariga oltindan xolli bezak berilgan hamda shu 
yerda ilk bor o’yma naqsh ishlatila boshlagan. 
Shohi zinda memorchilik majmuasidagi maqbaralar turli davrlarda qurilgan, 
shunga qaramasdan ularning hammasi yagona me’morchilik kompozitsiyasi sifatida 
idrok etiladi. Me’morlar har safar yangi maqbara qurganlarida relyefni, ya’ni yer 
sathi xarakteri va qiyaligi, hamda avvalgi qurilgan maqbaralarning joylashishini va 
ularning bezagini hisobga olgan holda me’morchilik hajm va bezagini tanlaganlar. 
Amir Temur davrida qurilgan maqbaralar o’zining badiiy yechimining yuksakligi va 
yorqin rangdorligi bilan ajralib turadi. Sirli koshin va naqqoshlik san’ati butun 
ansamblga ajoyib fayz kiritib turadi. «Bu yer jannat bog’i, bu yerda baxt yulduzlari 
ko’milgan» deb maqbara peshtoqlarining biriga yozilgan so’zlar butun ansamblning 
g’oyaviy-badiiy va falsafiy mazmunini ochib beradi. 
Bundan tashqari, Amir Temur ko’pgina shaharlarda karvonsaroylar, bozorlar, 
hammomlar va ko’priklar qurdirgan. Yurtboshimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, 
«Bugun biz Amir Temur bobomiz buyuk bunyodkorlik rejalarini noyob 
obidalarda bekam-u ko’st mujassam etib, Samarqandni yer yuzining mo’jizasiga 
aylantirgan Badriddin ibn Shamsiddin, usta Ali Nasafiy, Olim Nasafiy, Mavlono 
Ubaydulloh, Pirmuhammad Bog’ishamoliy, Mavlono Junays singari yuzlab-minglab 
me’mor-u-muhandis ajdodlarimizni, hunarmand ustalarimizni ham eslab, ularning 
san’atiga tasannolar aytamiz». 
Ulug’bek davrida Amir Temur tomonidan qurila boshlangan Bibixonim 
masjidi, Go’ri-Amir maqbarasi binolari qurib bitkazildi. Ulug’bek "Chil ustun" 
("Qirq ustun"), "Bog’i maydon" kabi bog’lar barpo etdi. U 1417-yilda Buxoroda, 
1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar barpo etdi. 
Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo`lib, Shahrisabzda Ko’k-
Gumbaz masjidini qurdirdi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi Registon 
yaqin qilib qurilgan. Ular Amir Temur tomonidan XIV asrning 70-80 yillarida qurdirilgan. Majmua so’ngida esa XIV asr o’rtalarida qurilgan Xo’ja Ahmad maqbarasi o’rin olgan. Tuman og’o majmuasi (1372) peshtoqi o’simliksimon naqshlar bilan bezatilgan. Devorlariga mayda manzarali pannolar ishlangan. Shirinbeka og’o (1385-86-yillar) xonalariga oltindan xolli bezak berilgan hamda shu yerda ilk bor o’yma naqsh ishlatila boshlagan. Shohi zinda memorchilik majmuasidagi maqbaralar turli davrlarda qurilgan, shunga qaramasdan ularning hammasi yagona me’morchilik kompozitsiyasi sifatida idrok etiladi. Me’morlar har safar yangi maqbara qurganlarida relyefni, ya’ni yer sathi xarakteri va qiyaligi, hamda avvalgi qurilgan maqbaralarning joylashishini va ularning bezagini hisobga olgan holda me’morchilik hajm va bezagini tanlaganlar. Amir Temur davrida qurilgan maqbaralar o’zining badiiy yechimining yuksakligi va yorqin rangdorligi bilan ajralib turadi. Sirli koshin va naqqoshlik san’ati butun ansamblga ajoyib fayz kiritib turadi. «Bu yer jannat bog’i, bu yerda baxt yulduzlari ko’milgan» deb maqbara peshtoqlarining biriga yozilgan so’zlar butun ansamblning g’oyaviy-badiiy va falsafiy mazmunini ochib beradi. Bundan tashqari, Amir Temur ko’pgina shaharlarda karvonsaroylar, bozorlar, hammomlar va ko’priklar qurdirgan. Yurtboshimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Bugun biz Amir Temur bobomiz buyuk bunyodkorlik rejalarini noyob obidalarda bekam-u ko’st mujassam etib, Samarqandni yer yuzining mo’jizasiga aylantirgan Badriddin ibn Shamsiddin, usta Ali Nasafiy, Olim Nasafiy, Mavlono Ubaydulloh, Pirmuhammad Bog’ishamoliy, Mavlono Junays singari yuzlab-minglab me’mor-u-muhandis ajdodlarimizni, hunarmand ustalarimizni ham eslab, ularning san’atiga tasannolar aytamiz». Ulug’bek davrida Amir Temur tomonidan qurila boshlangan Bibixonim masjidi, Go’ri-Amir maqbarasi binolari qurib bitkazildi. Ulug’bek "Chil ustun" ("Qirq ustun"), "Bog’i maydon" kabi bog’lar barpo etdi. U 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo`lib, Shahrisabzda Ko’k- Gumbaz masjidini qurdirdi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi Registon  
 
maydoniga asos soldi. Bu madrasa 1417-1420-yillar ichida qurilgan. Bu go’zal bino 
ikki qavatli bo’lib, to’rt gumbaz va to’rt minora bilan bezatilgan, uning peshtoqida 
yulduzlar olami aks ettirilgan. Bu madrasada Ulug’bekning o’zi ham ma’ruzalar 
o’qigan. 1417-yilda Buxoroda qurilgan madrasaning peshtoqiga quyidagi yozuvlar 
bitilgan: "Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham qarz ham 
farzdir». 1435-yilda Shahrisabzda qurilgan Ko’k-Gumbaz masjidi monumental 
san’at namunasi sifatida diqqatga sazovordir.  
Тemur va temuriylar davri me’morchilining eng katta yutug’i - bezak va 
sayqal ishlarini ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilganligida. 
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson 
me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri 
me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. 
Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, hattotlik san’atini mukammal 
egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. 
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher 
bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va 
Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto 
gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va 
zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy 
chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi. 
Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalishlar bo’yicha 
yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda naqshli 
bezak yo’nalishining rivojlanishiga olib keldi. Markaziy Osiyoda arablar bosqini 
tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida 
yangi shakl va mazmunda tiklandi. Hattotlik qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir 
qismi hisoblangan. Miniatyura tasviriy san’atiga, avvalo naqsh sifatida qaralgan. 
Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. 
Temuriylar davrida tasviriy san’at ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Markaziy Osiyoda tasviriy san’at ikki yo’nalishda – me’morchilik bilan bog’liq 
bo’lgan monumental san’at hamda qo’lyozma yoki kitoblarga nafis suratlar solish, 
maydoniga asos soldi. Bu madrasa 1417-1420-yillar ichida qurilgan. Bu go’zal bino ikki qavatli bo’lib, to’rt gumbaz va to’rt minora bilan bezatilgan, uning peshtoqida yulduzlar olami aks ettirilgan. Bu madrasada Ulug’bekning o’zi ham ma’ruzalar o’qigan. 1417-yilda Buxoroda qurilgan madrasaning peshtoqiga quyidagi yozuvlar bitilgan: "Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham qarz ham farzdir». 1435-yilda Shahrisabzda qurilgan Ko’k-Gumbaz masjidi monumental san’at namunasi sifatida diqqatga sazovordir. Тemur va temuriylar davri me’morchilining eng katta yutug’i - bezak va sayqal ishlarini ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilganligida. Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, hattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi. Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalishlar bo’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda naqshli bezak yo’nalishining rivojlanishiga olib keldi. Markaziy Osiyoda arablar bosqini tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Hattotlik qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura tasviriy san’atiga, avvalo naqsh sifatida qaralgan. Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. Temuriylar davrida tasviriy san’at ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Markaziy Osiyoda tasviriy san’at ikki yo’nalishda – me’morchilik bilan bog’liq bo’lgan monumental san’at hamda qo’lyozma yoki kitoblarga nafis suratlar solish,  
 
ya’ni miniatyura san’ati tarzida rivoj topdi. O’rta Sharq madaniyatida kitob bezash, 
hattotlik va miniatyura san’ati tarixida o’ziga xos qaytarilmas jozibasi bilan tengi 
yo’qdir. Bu san’at turlarida nodir yodgorliklar yaratiladi. Ayniqsa, kitoblarga 
illyustratsiya tarzida ishlangan miniatyura san’atida katta yutuqlarga erishildi. 
Movarounahr san’ati mahalliy madaniy an’analar va uning tarkibiga kirgan ko’plab 
boshqa xalqlar an’analari bilan qo’shilib, yanada go’zalroq joziba kashf etib bordi. 
Natijada yangi, ilg’or ijodiy jarayon shakllana bordi. San’atkorlar mavjud o’tmish 
san’ati yutuqlaridan oqilona foydalanganlari holda an’anaviy shakl va 
yo’nalishlarga yangi badiiy ruh kirita boshladilar. Eng muhimi ijodkorlar yangi 
ijodiy yechimlarga erishib zamon talabiga mos asarlar yaratishga muyassar 
bo’ldilar.   
Amir Temur saroyining yirik musavviri Xo’ja Abd al Xayya musavvirlar 
ustaxonasining boshlig’i lavozimida ishlagan. Uning ishlash uslubi Samarqand 
rassomlik maktabini asosini tashkil etdi. Rassomning bir qator asarlari bizgacha 
ko’chirmalarda yetib kelgan. «Sher», «Suvdagi o’rdak», «Urushayotgan ikki 
jangchi» asarlari uning ijodi namunalari bo’lib, ular ishlanishing nafisligi, rang va 
oltin hallarining boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, rassomning “Suvdagi o’rdak“ 
asari e’tiborga loyiq. Bu asarda Xo’ja Abd al Xayya manzarachi rassom sifatida 
borliqni real tasvirlagan. Rassom qalamining o’tkirligi, koloritining aniq va puxtaligi 
bilan keyingi Hirot rassomchilik  maktabining shakllanishida muhim o’rin tutadi. 
Amir Temur saroyida xizmat qilgan musavvirlardan yana biri Pir Ahmad Bog’i 
Shamoliy edi. U Abd al Xayya zamondoshi va shogirdlaridan bo’lgan.  Tarixchilar 
Pir Ahmad Bog’i Shamoliyga yuqori baho berib, uni o’z davrining tengi yo’q 
musavviri edi, deb ta’riflashadi. Bog’i Shamoliy rassomning taxallusi bo’lib, Bog’i 
Shamol bog’ining bosh saroy bezakchisi bo’lganligi uchun u shu taxallusni olgan, 
deb taxmin qilinadi.  
Boysunqur Mirzoning Nigoristoni – Badiiy akademiyasi o’sha davr san’ati va 
adabiyotining yuksalishida muhim o’rin tutadi. Bu davrda Kamoliddin Behzod, 
Mirak Naqqosh, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Qosim Ali, Shoh 
Muzaffar kabi iste’dodli rassomlar yetishib chiqdi. Tasviriy san’at asarlarining 
ya’ni miniatyura san’ati tarzida rivoj topdi. O’rta Sharq madaniyatida kitob bezash, hattotlik va miniatyura san’ati tarixida o’ziga xos qaytarilmas jozibasi bilan tengi yo’qdir. Bu san’at turlarida nodir yodgorliklar yaratiladi. Ayniqsa, kitoblarga illyustratsiya tarzida ishlangan miniatyura san’atida katta yutuqlarga erishildi. Movarounahr san’ati mahalliy madaniy an’analar va uning tarkibiga kirgan ko’plab boshqa xalqlar an’analari bilan qo’shilib, yanada go’zalroq joziba kashf etib bordi. Natijada yangi, ilg’or ijodiy jarayon shakllana bordi. San’atkorlar mavjud o’tmish san’ati yutuqlaridan oqilona foydalanganlari holda an’anaviy shakl va yo’nalishlarga yangi badiiy ruh kirita boshladilar. Eng muhimi ijodkorlar yangi ijodiy yechimlarga erishib zamon talabiga mos asarlar yaratishga muyassar bo’ldilar. Amir Temur saroyining yirik musavviri Xo’ja Abd al Xayya musavvirlar ustaxonasining boshlig’i lavozimida ishlagan. Uning ishlash uslubi Samarqand rassomlik maktabini asosini tashkil etdi. Rassomning bir qator asarlari bizgacha ko’chirmalarda yetib kelgan. «Sher», «Suvdagi o’rdak», «Urushayotgan ikki jangchi» asarlari uning ijodi namunalari bo’lib, ular ishlanishing nafisligi, rang va oltin hallarining boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, rassomning “Suvdagi o’rdak“ asari e’tiborga loyiq. Bu asarda Xo’ja Abd al Xayya manzarachi rassom sifatida borliqni real tasvirlagan. Rassom qalamining o’tkirligi, koloritining aniq va puxtaligi bilan keyingi Hirot rassomchilik maktabining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Amir Temur saroyida xizmat qilgan musavvirlardan yana biri Pir Ahmad Bog’i Shamoliy edi. U Abd al Xayya zamondoshi va shogirdlaridan bo’lgan. Tarixchilar Pir Ahmad Bog’i Shamoliyga yuqori baho berib, uni o’z davrining tengi yo’q musavviri edi, deb ta’riflashadi. Bog’i Shamoliy rassomning taxallusi bo’lib, Bog’i Shamol bog’ining bosh saroy bezakchisi bo’lganligi uchun u shu taxallusni olgan, deb taxmin qilinadi. Boysunqur Mirzoning Nigoristoni – Badiiy akademiyasi o’sha davr san’ati va adabiyotining yuksalishida muhim o’rin tutadi. Bu davrda Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Qosim Ali, Shoh Muzaffar kabi iste’dodli rassomlar yetishib chiqdi. Tasviriy san’at asarlarining  
 
mavzusi va ob’ektlari xilma-xil edi. Buni hayotiy lavhalar, peyzaj, portretlar, 
binolarga solingan suratlar, badiiy asarlarga ishlangan rasmlar va boshqalarda 
ko’rish mumkin. Vamberi Temuriylar davri tasviriy san’ati haqida shunday deb 
yozadi: "Garchi Temuriylar sunniy mazhabiga ixlosmand bo’lsalarda, ularning 
kitoblarini turli rangdagi tasvirlar bilan bezamoq, binolarni har xil rasmlar bilan 
ziynatilmoqqa intildilar, suv bo’yoq bilan ishlangan bu rasmlarda rang-barang 
naqshlar va jonsiz narsalarning suratlari emas, balki mashhur xonlar, askarlar, hatto 
avliyolarning tasvirlari ham bor" - deb takidlaydi.   
Bizgacha saqlanib qolgan portretlar orasida Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Kamoliddin Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqa 
madaniyat hamda davlat arboblarini ko’ramiz. Masalan, Qosim Ali yosh Alisher 
Navoiy portretini, Mahmud Muzahhib keksa Navoiy portretini, Kamoliddin Behzod 
Navoiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va o’zining portretlarini chizib 
qoldirganlar. O’sha davr miniatyura san’atining ulug’ namoyondasi, Sharq Rafaeli 
deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1455-1536) edi. U rassomlikda “Hirot maktabi” 
deb atalgan yangi bir ijodiy maktabga asos soldi. Behzod juda ko’p portretlar, tabiat 
manzaralarini aks ettirgan kartinalar, badiiy asarlarga illyustratsiyalar yaratgan. 
Ularda ranglar o’ynoqiligi, kompozitsiya mukammalligi, bo’yoqlar yorqinligi, 
mazmun teranligi, haqqoniyat bilan tasvirlanishi, inson ruhiy holatini ifoda etilishi 
suratlarni betakror va sehrli chiqishini ta’minlagan. Kamoliddin Behzod 1470-1495 
yillarga ko’plab doston va solnomalarga rasmlar ishladi. Ular ichida Shayx 
Sa’diyning «Bo’ston» , “Guliston”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Amir Xisrav 
Dehlaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlariga 
chizgan suratlari bor. Ularda turli voqealar - mayishiy hayot, jang va ov voqealari, 
shahzoda va malikalarning rasmlari ishlangan. Masalan, u Bibixonim madrasasi 
qurilishini o’z miniatyuralari orqali haqqoniy ko’rsatib bergan. Unda ustalar o’z 
ishlari bilan band, ular turli holatlarda tasvirlangan, pastda quruvchilarning bir qismi 
devor yuzasini qoplash uchun ishlatiladigan og’ir marmar toshlarni tashimoqdalar, 
boshqalari esa g’isht teruvchilar uchun loy tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida qo’lida 
bir shaklni ushlab turgan me’mor ko’zga tashlabadi. Sa’diyning "Guliston" asariga 
mavzusi va ob’ektlari xilma-xil edi. Buni hayotiy lavhalar, peyzaj, portretlar, binolarga solingan suratlar, badiiy asarlarga ishlangan rasmlar va boshqalarda ko’rish mumkin. Vamberi Temuriylar davri tasviriy san’ati haqida shunday deb yozadi: "Garchi Temuriylar sunniy mazhabiga ixlosmand bo’lsalarda, ularning kitoblarini turli rangdagi tasvirlar bilan bezamoq, binolarni har xil rasmlar bilan ziynatilmoqqa intildilar, suv bo’yoq bilan ishlangan bu rasmlarda rang-barang naqshlar va jonsiz narsalarning suratlari emas, balki mashhur xonlar, askarlar, hatto avliyolarning tasvirlari ham bor" - deb takidlaydi. Bizgacha saqlanib qolgan portretlar orasida Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqa madaniyat hamda davlat arboblarini ko’ramiz. Masalan, Qosim Ali yosh Alisher Navoiy portretini, Mahmud Muzahhib keksa Navoiy portretini, Kamoliddin Behzod Navoiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va o’zining portretlarini chizib qoldirganlar. O’sha davr miniatyura san’atining ulug’ namoyondasi, Sharq Rafaeli deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1455-1536) edi. U rassomlikda “Hirot maktabi” deb atalgan yangi bir ijodiy maktabga asos soldi. Behzod juda ko’p portretlar, tabiat manzaralarini aks ettirgan kartinalar, badiiy asarlarga illyustratsiyalar yaratgan. Ularda ranglar o’ynoqiligi, kompozitsiya mukammalligi, bo’yoqlar yorqinligi, mazmun teranligi, haqqoniyat bilan tasvirlanishi, inson ruhiy holatini ifoda etilishi suratlarni betakror va sehrli chiqishini ta’minlagan. Kamoliddin Behzod 1470-1495 yillarga ko’plab doston va solnomalarga rasmlar ishladi. Ular ichida Shayx Sa’diyning «Bo’ston» , “Guliston”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Amir Xisrav Dehlaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlariga chizgan suratlari bor. Ularda turli voqealar - mayishiy hayot, jang va ov voqealari, shahzoda va malikalarning rasmlari ishlangan. Masalan, u Bibixonim madrasasi qurilishini o’z miniatyuralari orqali haqqoniy ko’rsatib bergan. Unda ustalar o’z ishlari bilan band, ular turli holatlarda tasvirlangan, pastda quruvchilarning bir qismi devor yuzasini qoplash uchun ishlatiladigan og’ir marmar toshlarni tashimoqdalar, boshqalari esa g’isht teruvchilar uchun loy tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida qo’lida bir shaklni ushlab turgan me’mor ko’zga tashlabadi. Sa’diyning "Guliston" asariga  
 
ishlangan rasmda  darvish haqida hikoya tasvirlangan. Unda  sahroda o’z eshagida 
qo’shiq aytib, og’ir yo’l qiyinchiliklarini yengib kelayotgan darvish va uni yo’l 
davomida masxara qilib kelayotgan, tuyadagi o’ziga zeb bergan boy yo’lovchi va 
uni oxir- oqibatda  qishloqlardan birida tuyadan yiqilib o’lganligi hikoyasi 
tasvirlangan. Asarga xos xususiyat hikoyanavislik bo’lib ko’pgina hayotiy lavhalar 
asar mazmunini boyitadi. Behzod portret san’atida ham samarali ijod qilgan. 
Parijdagi shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan Sulton Husayn Mirzo portretida u 
shohona kiyimda tasvirlangan bo’lib, qiyofasidan kuchli iroda, jismoniy quvvatga 
ega bo’lganligi sezilib turadi. To’ladan kelgan gavdasi, horg’in yuzi, qisiqroq ko’zi, 
uzukli nozik qo’llari tasvirdagi hukmdor umrining ko’p qismini faqat maishat bilan 
o’tkazganligini sezish qiyin emas. Behzod Sulton Husayin Mirzoning ichki 
dunyosini va tashqi dunyosini real tarzda tasvirlay olgan. 
L. I. Rempelning yozishicha: «Sharq miniatyurasi milliy hayotning mahsuli 
sifatida rivoj topdi. Bu unga o’z davrining butun jismoniy va ma’naviy dunyosini 
qamrab oluvchi o’zining xususiy poetik shaklini ishlab chiqishga imkon berdi». 
XIV-XV asrlarda nafis kitoblar yaratish va hattotlik san’ati, ayniqsa yuqori 
bosqichga ko’tarildi. Kitob o’z mazmuni bilangina emas, balki shakli va bezalishi 
bilan ham kitobxonga manzur bo’lishi, unga ma’lum estetik zavq bag’ishlashi kerak. 
Kitobat san’atida yangi kashfiyotlar ya’ni kitob muqovasini relyefli bo’rtma shakl 
va tasvirli ishlash yo’nalishi yuzaga keldi.  Keyinchalik O’rta Sharq kitobatida keng 
o’rin egalladi. Bu davrda Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali 
Xandon, Mir Ali Tabriziy, Rafiqiy va boshqa hattotlar yetishib chiqdi. Mashhur 
hattot Sulton Ali Mashhadiy Nizomiy, Attor, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, 
Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko’chirgan. Bizgacha Sulton Ali 
tomonidan ko’chirilgan 50 dan ortiq kitob yetib kelgan. Vamberi temuriylar davri 
kitobat madaniyati haqida: “Shu davrda yaratilgan bir necha sarf-navh kitoblari 
islom dunyosidagi yoshlar qo’lida hozirgacha dasturilamal tutilmoqda va Markaziy 
Osiyo musulmonlarining e’tiqod va ibodatga oid ko’pgina xususiyatlari shu 
vaqtlarda yozilgan fiqh va uslub kitoblariga zamin bo’lmoqda. Osiyo va umumjahon 
musulmonlari qoshida eng nozik san’at va eng oliy mukammal ma’lumot sanalgan, 
ishlangan rasmda darvish haqida hikoya tasvirlangan. Unda sahroda o’z eshagida qo’shiq aytib, og’ir yo’l qiyinchiliklarini yengib kelayotgan darvish va uni yo’l davomida masxara qilib kelayotgan, tuyadagi o’ziga zeb bergan boy yo’lovchi va uni oxir- oqibatda qishloqlardan birida tuyadan yiqilib o’lganligi hikoyasi tasvirlangan. Asarga xos xususiyat hikoyanavislik bo’lib ko’pgina hayotiy lavhalar asar mazmunini boyitadi. Behzod portret san’atida ham samarali ijod qilgan. Parijdagi shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan Sulton Husayn Mirzo portretida u shohona kiyimda tasvirlangan bo’lib, qiyofasidan kuchli iroda, jismoniy quvvatga ega bo’lganligi sezilib turadi. To’ladan kelgan gavdasi, horg’in yuzi, qisiqroq ko’zi, uzukli nozik qo’llari tasvirdagi hukmdor umrining ko’p qismini faqat maishat bilan o’tkazganligini sezish qiyin emas. Behzod Sulton Husayin Mirzoning ichki dunyosini va tashqi dunyosini real tarzda tasvirlay olgan. L. I. Rempelning yozishicha: «Sharq miniatyurasi milliy hayotning mahsuli sifatida rivoj topdi. Bu unga o’z davrining butun jismoniy va ma’naviy dunyosini qamrab oluvchi o’zining xususiy poetik shaklini ishlab chiqishga imkon berdi». XIV-XV asrlarda nafis kitoblar yaratish va hattotlik san’ati, ayniqsa yuqori bosqichga ko’tarildi. Kitob o’z mazmuni bilangina emas, balki shakli va bezalishi bilan ham kitobxonga manzur bo’lishi, unga ma’lum estetik zavq bag’ishlashi kerak. Kitobat san’atida yangi kashfiyotlar ya’ni kitob muqovasini relyefli bo’rtma shakl va tasvirli ishlash yo’nalishi yuzaga keldi. Keyinchalik O’rta Sharq kitobatida keng o’rin egalladi. Bu davrda Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Tabriziy, Rafiqiy va boshqa hattotlar yetishib chiqdi. Mashhur hattot Sulton Ali Mashhadiy Nizomiy, Attor, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko’chirgan. Bizgacha Sulton Ali tomonidan ko’chirilgan 50 dan ortiq kitob yetib kelgan. Vamberi temuriylar davri kitobat madaniyati haqida: “Shu davrda yaratilgan bir necha sarf-navh kitoblari islom dunyosidagi yoshlar qo’lida hozirgacha dasturilamal tutilmoqda va Markaziy Osiyo musulmonlarining e’tiqod va ibodatga oid ko’pgina xususiyatlari shu vaqtlarda yozilgan fiqh va uslub kitoblariga zamin bo’lmoqda. Osiyo va umumjahon musulmonlari qoshida eng nozik san’at va eng oliy mukammal ma’lumot sanalgan,  
 
hozirda yolg’iz nomlarigina qolgan nimaiki bor bo’lsa, ularning orasida Hirot va 
Samarqand hukumatlari vaqtida taraqqiy etgan narsalar, shular orasida avvalo 
hattotlikni ko’rsatish mumkin” - deb yozadi.  
Ulug’bek kutubxonasida turli nazariy fanlarga oid risola va tadqiqotlar 
ko’chirilar, ta’mirlanar va ular zaruriy bezaklar bilan to’ldirilar edi. Bu ishlar bilan 
kutubxona qoshida faoliyat ko’rsatgan hattotlar va musavvirlar shug’ullanar edi. 
Shunday astronomiyaga oid qo’lyozmalardan biri as-So’fiy traktati (risolasi) bo’lib, 
unga ishlangan miniatyuralar etiborga loyiq. Musavvir miniatyuralarni shunchaki 
tushuntirishga mo’ljallangan astronomiyaga oid rasmgina emas, balki badiiy 
qimmatga ega bo’lgan san’at asari darajasiga ko’tarishga intiladi. Tasvirlangan 
odam, hayvon va afsonaviy mavjudodlarni hayotiy va jonli bo’lishiga harakat qiladi. 
Astronomiyaga oid rasmlarni haqqoniy bo’lishiga intilish Ulug’bek davri san’ati 
realistik yo’nalishda rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
temuriylar davrida saroy qoshidagi kutubxonalar haqiqiy san’at maktabi rolini 
o’ynadi. Bu yerga mashhur rassomlar, hattotlar va naqqoshlar to’plangan edi. 
Kutubxonada nodir qo’lyozmalar to’planib, ko’chirilib kitob holiga keltirilar, tasvir 
va bezak naqqoshlar tomonidan bezatilar, yaroqsiz holga kelgan qo’lyozmalar 
ta’mirlanar edi. 
Amir Temur va temuriylar davrida hunarmandchilik, musavvirlik, 
naqqoshlik, zargarlik, kulolchilik, to’qimachilik yuksak darajada rivojlandi. Amir 
Temur va temuriylar davrida tasviriy va amaliy bezak san’ati o’zining haqiqiy 
gullash davrini boshidan kechirdi. Miniatyura va devoriy rassomlik san’atida nodir 
asarlar yaratildi. Haykaltaroshlik esa asosan bo’rtma tasvir ko’rinishida rivojlandi. 
Amir Temur davrida monumental rangtasvir nihoyatda rivojlandi. Shu davrda 
qurilgan saroy, qasr, masjid va maqbaralar, zodogonlarning xonadonlari turli 
mavzudagi rasmlar bilan bezatilganligi haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda 
saqlanib qolgan. Afsuski, shu davrda qurilgan saroylar, jamoat binolari bizgacha 
yetib kelmagan yoki ayrim parcha va ko’chirmalarda saqlanib qolgan, xolos. 
Shularning o’zi ham davr san’ati to’g’risida tasavvur beradi. Jumladan, Shirin Bika 
og’o, maqbarasi devorlarida tabiat ko’rinishi tasvirlangan bo’lib, daraxtlarda qushlar 
hozirda yolg’iz nomlarigina qolgan nimaiki bor bo’lsa, ularning orasida Hirot va Samarqand hukumatlari vaqtida taraqqiy etgan narsalar, shular orasida avvalo hattotlikni ko’rsatish mumkin” - deb yozadi. Ulug’bek kutubxonasida turli nazariy fanlarga oid risola va tadqiqotlar ko’chirilar, ta’mirlanar va ular zaruriy bezaklar bilan to’ldirilar edi. Bu ishlar bilan kutubxona qoshida faoliyat ko’rsatgan hattotlar va musavvirlar shug’ullanar edi. Shunday astronomiyaga oid qo’lyozmalardan biri as-So’fiy traktati (risolasi) bo’lib, unga ishlangan miniatyuralar etiborga loyiq. Musavvir miniatyuralarni shunchaki tushuntirishga mo’ljallangan astronomiyaga oid rasmgina emas, balki badiiy qimmatga ega bo’lgan san’at asari darajasiga ko’tarishga intiladi. Tasvirlangan odam, hayvon va afsonaviy mavjudodlarni hayotiy va jonli bo’lishiga harakat qiladi. Astronomiyaga oid rasmlarni haqqoniy bo’lishiga intilish Ulug’bek davri san’ati realistik yo’nalishda rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, temuriylar davrida saroy qoshidagi kutubxonalar haqiqiy san’at maktabi rolini o’ynadi. Bu yerga mashhur rassomlar, hattotlar va naqqoshlar to’plangan edi. Kutubxonada nodir qo’lyozmalar to’planib, ko’chirilib kitob holiga keltirilar, tasvir va bezak naqqoshlar tomonidan bezatilar, yaroqsiz holga kelgan qo’lyozmalar ta’mirlanar edi. Amir Temur va temuriylar davrida hunarmandchilik, musavvirlik, naqqoshlik, zargarlik, kulolchilik, to’qimachilik yuksak darajada rivojlandi. Amir Temur va temuriylar davrida tasviriy va amaliy bezak san’ati o’zining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi. Miniatyura va devoriy rassomlik san’atida nodir asarlar yaratildi. Haykaltaroshlik esa asosan bo’rtma tasvir ko’rinishida rivojlandi. Amir Temur davrida monumental rangtasvir nihoyatda rivojlandi. Shu davrda qurilgan saroy, qasr, masjid va maqbaralar, zodogonlarning xonadonlari turli mavzudagi rasmlar bilan bezatilganligi haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda saqlanib qolgan. Afsuski, shu davrda qurilgan saroylar, jamoat binolari bizgacha yetib kelmagan yoki ayrim parcha va ko’chirmalarda saqlanib qolgan, xolos. Shularning o’zi ham davr san’ati to’g’risida tasavvur beradi. Jumladan, Shirin Bika og’o, maqbarasi devorlarida tabiat ko’rinishi tasvirlangan bo’lib, daraxtlarda qushlar  
 
aks ettirilgan. Bibixonim masjidi devorlariga naqshli bezaklar bilan birga tabiat 
manzaralarini aks ettiruvchi tasvirlar tushirilgan.  
Bu davrda devoriy rassomlik saroy va qasrlarni bezatishda keng ishlatilgan. 
Amir Temur tomonidan barpo etilgan bog’lardagi saroylar ko’pgina devoriy 
tasvirlar 
bilan bezatilgan edi. Ularda 
Amir 
Temur zamondoshlarining 
ta’kidlashlashicha, Sohibqironning Eronga, Dashti Qipchoqga va Hindistonga 
qilgan zafarli yurishlari sahnalari va bazmlar tasvirlangan. Saroy devorlari 
murakkab syujetli kompozitsiyalardan tashkil topgan. Ularda Amir Temurning olib 
borgan janglari, o’tkazgan bazmlari, o’zi va yaqinlarining portretlari tasviri, ov 
manzaralari aks ettirilgan. Tarixchi ibn Arabshohning so’zlariga qaraganda, Amir 
Temurning jasoratini ko’rmaganlar devoriy rasmlar orqali bilib olishlari mumkin 
bo’lgan. Bog’i Shamol saroyi devorlari ham rassomlik asarlari bilan bezatilgan 
bo’lgan.  Dilkusho saroyi devoriy rasmlarida esa Amir Temurning Hindistonga 
yurishi tasvirlangan.   
Amaliy, amaliy-bezak san’ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumush va 
oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishildi. Bu borada 
ispan elchisi Klavixo Amir Temur saroyida bo’lganida oltin va kumushdan 
ishlangan buyumlarning ko’pligi to’g’risida, Amir Temurning taxti va stoli oltindan 
ekanligi, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlardan ishlangan 
daraxt bo’lganligini, daraxtdagi mevalar, daraxt shoxlaridagi chiroyli qushlar ham 
oltindan ishlanganligi haqida yozib qoldirgan. Ahmad Yassaviy maqbarasida 
saqlangan qozon (1390) bezaklari, o’yib naqshlangan eshik (1397), kumush qadab 
nafis naqshlangan shamdon o’sha davr amaliy bezak san’atining nodir namunalari 
hisoblanadi. 
 Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich 
bo’ldi. Yangi kuy va qo’shiqlar, cholg’u asboblari va musiqa nazariyasiga doir 
asarlar yaratildi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli 
G’ijjakiy, Ahmad Qonuniy, Yusuf Andijoniy kabi mahoratli sozandalar, bastakorlar 
Shuningdek, muntazam bo’lib turadigan barcha sayil, tantanalar va ko’ngilochar 
tomoshalar bazmlarsiz otmagan. Xususan, Amir Temur davri mashhur 
aks ettirilgan. Bibixonim masjidi devorlariga naqshli bezaklar bilan birga tabiat manzaralarini aks ettiruvchi tasvirlar tushirilgan. Bu davrda devoriy rassomlik saroy va qasrlarni bezatishda keng ishlatilgan. Amir Temur tomonidan barpo etilgan bog’lardagi saroylar ko’pgina devoriy tasvirlar bilan bezatilgan edi. Ularda Amir Temur zamondoshlarining ta’kidlashlashicha, Sohibqironning Eronga, Dashti Qipchoqga va Hindistonga qilgan zafarli yurishlari sahnalari va bazmlar tasvirlangan. Saroy devorlari murakkab syujetli kompozitsiyalardan tashkil topgan. Ularda Amir Temurning olib borgan janglari, o’tkazgan bazmlari, o’zi va yaqinlarining portretlari tasviri, ov manzaralari aks ettirilgan. Tarixchi ibn Arabshohning so’zlariga qaraganda, Amir Temurning jasoratini ko’rmaganlar devoriy rasmlar orqali bilib olishlari mumkin bo’lgan. Bog’i Shamol saroyi devorlari ham rassomlik asarlari bilan bezatilgan bo’lgan. Dilkusho saroyi devoriy rasmlarida esa Amir Temurning Hindistonga yurishi tasvirlangan. Amaliy, amaliy-bezak san’ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumush va oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishildi. Bu borada ispan elchisi Klavixo Amir Temur saroyida bo’lganida oltin va kumushdan ishlangan buyumlarning ko’pligi to’g’risida, Amir Temurning taxti va stoli oltindan ekanligi, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlardan ishlangan daraxt bo’lganligini, daraxtdagi mevalar, daraxt shoxlaridagi chiroyli qushlar ham oltindan ishlanganligi haqida yozib qoldirgan. Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan qozon (1390) bezaklari, o’yib naqshlangan eshik (1397), kumush qadab nafis naqshlangan shamdon o’sha davr amaliy bezak san’atining nodir namunalari hisoblanadi. Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bo’ldi. Yangi kuy va qo’shiqlar, cholg’u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G’ijjakiy, Ahmad Qonuniy, Yusuf Andijoniy kabi mahoratli sozandalar, bastakorlar Shuningdek, muntazam bo’lib turadigan barcha sayil, tantanalar va ko’ngilochar tomoshalar bazmlarsiz otmagan. Xususan, Amir Temur davri mashhur  
 
san’atkorlardan Xoja Yusuf Andijoniy va Xoja Abduqodir Marog’iylarning ijodi, 
shuhrati Movarounnahrdan tashqarida ham mashhur bo’lgan. Abduqodir Marog’iy 
umrining ko’p qismini Amir Temur va temuriylar saroyida xizmatda o’tkazgan. 
Marog’iy bastakor sifatida 200 dan ortiq kuy bastalagan. Shuningdek, musiqa 
nazariyasiga bag’ishlangan «Risolai musiqi» asarini yaratgan. Xoja Yusuf 
Andijoniy yilning har bir kuniga bagishlab, alohida 365 ta tarona bastalagan, 
shuningdek, u oyning har bir kuniga bagishlab 30 ta kuy yaratgan.  
Ulug’bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi 
qo’shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular – tuyuq, changchi, 
turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida 
san’at va musiqa olamida mashhur bo’lgan siymolardan biri Abduqodir Go’yanda 
(1334-1435) bo’lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar 
davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o’rni benihoya katta bo’lgan. Hirot 
musiqashunoslari o’z ijodlarida Navoiyning she’r va g’azallaridan keng ijodiy 
f
o
y
d
a
l
a
n
g
a
n
l
a
r
.
 
teatrlashgan tomoshalarda, xalq sayllarida masxarabozlar, qo’g’irchoqbozlar, 
dorbozlar o’z san’atini namoyish qilganlar. 
Vengr sayyohi Herman Vamberi "Buxoro tarixi" kitobining XI bobida 
shunday yozadi: "Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixidagi alohida o’rnini 
shundan ham bilsa bo’ladiki, u o’z hokimligi bilan yangi dinastiyani va balkim, 
ko’proq turk madaniyati deb ataladigan Markaziy Osiyo madaniyatining yangi 
davrini boshlab berdi”. 
 
4.4. Temuriylar davrida diniy munosabatlarning rivojlanishi 
 
XIV-XV asrlardagi madaniy-ma’naviy rivojlanish islom dinining jamiyat 
hayotidagi o’rni mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, u hukmron 
mafkura sifatida maktab va madrasalarda o’qitilib kelindi.  
san’atkorlardan Xoja Yusuf Andijoniy va Xoja Abduqodir Marog’iylarning ijodi, shuhrati Movarounnahrdan tashqarida ham mashhur bo’lgan. Abduqodir Marog’iy umrining ko’p qismini Amir Temur va temuriylar saroyida xizmatda o’tkazgan. Marog’iy bastakor sifatida 200 dan ortiq kuy bastalagan. Shuningdek, musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Risolai musiqi» asarini yaratgan. Xoja Yusuf Andijoniy yilning har bir kuniga bagishlab, alohida 365 ta tarona bastalagan, shuningdek, u oyning har bir kuniga bagishlab 30 ta kuy yaratgan. Ulug’bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi qo’shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular – tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur bo’lgan siymolardan biri Abduqodir Go’yanda (1334-1435) bo’lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o’rni benihoya katta bo’lgan. Hirot musiqashunoslari o’z ijodlarida Navoiyning she’r va g’azallaridan keng ijodiy f o y d a l a n g a n l a r . teatrlashgan tomoshalarda, xalq sayllarida masxarabozlar, qo’g’irchoqbozlar, dorbozlar o’z san’atini namoyish qilganlar. Vengr sayyohi Herman Vamberi "Buxoro tarixi" kitobining XI bobida shunday yozadi: "Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixidagi alohida o’rnini shundan ham bilsa bo’ladiki, u o’z hokimligi bilan yangi dinastiyani va balkim, ko’proq turk madaniyati deb ataladigan Markaziy Osiyo madaniyatining yangi davrini boshlab berdi”. 4.4. Temuriylar davrida diniy munosabatlarning rivojlanishi XIV-XV asrlardagi madaniy-ma’naviy rivojlanish islom dinining jamiyat hayotidagi o’rni mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, u hukmron mafkura sifatida maktab va madrasalarda o’qitilib kelindi.  
 
Аmir Tеmur o’z dаvridа diniy ilmlаrga ham, dunyoviy fаnlаr rivojlanishiga 
ham alohida e’tibor bilan qaradi. Amir Tеmur tаqvоdоr ruhоniylаrgа chuqur hurmаt 
bilаn munosabatda bo’ldi, ulаrning duоsini оldi, kаmsitilgаn mаzhаb tаrаfdоrlаrini, 
shuningdek, dаrvеsh, fаqir vа miskinlаrni o’zigа yaqin tutib, ulаrni o’z himoyasiga 
oldi. 
Markaziy Оsiyo хаlqlаrining mа’nаviy tаrаqqiyotidа Amir Tеmurning diniy 
vа dunyoviy bilimlаrigа e’tibоr bеrishi kаttа аhаmiyatgа egа edi. Sоhibqirоn dоimо 
ilm аhli vа ulаmоlar bilаn suhbаtdа bo’lgan, ularni o’ziga yaqin tutgan. Jаmiyatdа 
kishilarni birlashtirish, ularni aniq maqsad sari safarbar etishda dinning o’rni katta. 
Shuning uchun ham Sоhibqirоn dingа katta e’tibоr bilan qaragan. Shuning uchun 
ham Amir Temur o’zining «Tuzuklari»da “... tajribamdan ko’rib bildimki, davlat 
agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to’ra tuzukka bog’lanmas ekan, unday 
saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och 
odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa nazarini olib qochadi, yoxud har qanday 
kas-u nokas tap tortmay kirib-chiqaveradigan, tomsiz, eshigi-yu to’sig’i yo’q uyga 
o’xshaydi”, – deb bejiz aytmagan.  
“Dilimning mashriqidan ko’tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo’ldiki, 
islom dinini yoyib, Muhammad (unga tangrinining marhamatlari va salomlari 
bo’lsin) shariatini quvvatladim. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar 
(g’aribxonalar) qurishni… buyurdim”, – deb yozadi Amir Temur. Ta’kidlash joizki, 
Amir Temur saltanatini mustahkamlanishida islom dini g’oyaviy poydevor bo’lib 
hizmat qilgan. 
Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limotining 
yassaviya, kubroviya, qodiriya va ayniqsa, naqshbandiya tariqatlari XIV-XV 
asrlarda Movarounnahr va Хurosonda ma’naviy hayotda katta rol o’ynadi, bu 
tariqatlar nazariy va amaliy jihatdan yanada rivoj topib u saroy ahli, ko’p hollarda 
Amir Temur va temuriyzodalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. 
Amir Тemurning o’zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan 
munosabatda bo’lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ’ibotchilaridan sayid Mir 
Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371-y.) o’ziga pir deb bilgan. Shuningdek, 
Аmir Tеmur o’z dаvridа diniy ilmlаrga ham, dunyoviy fаnlаr rivojlanishiga ham alohida e’tibor bilan qaradi. Amir Tеmur tаqvоdоr ruhоniylаrgа chuqur hurmаt bilаn munosabatda bo’ldi, ulаrning duоsini оldi, kаmsitilgаn mаzhаb tаrаfdоrlаrini, shuningdek, dаrvеsh, fаqir vа miskinlаrni o’zigа yaqin tutib, ulаrni o’z himoyasiga oldi. Markaziy Оsiyo хаlqlаrining mа’nаviy tаrаqqiyotidа Amir Tеmurning diniy vа dunyoviy bilimlаrigа e’tibоr bеrishi kаttа аhаmiyatgа egа edi. Sоhibqirоn dоimо ilm аhli vа ulаmоlar bilаn suhbаtdа bo’lgan, ularni o’ziga yaqin tutgan. Jаmiyatdа kishilarni birlashtirish, ularni aniq maqsad sari safarbar etishda dinning o’rni katta. Shuning uchun ham Sоhibqirоn dingа katta e’tibоr bilan qaragan. Shuning uchun ham Amir Temur o’zining «Tuzuklari»da “... tajribamdan ko’rib bildimki, davlat agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to’ra tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa nazarini olib qochadi, yoxud har qanday kas-u nokas tap tortmay kirib-chiqaveradigan, tomsiz, eshigi-yu to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi”, – deb bejiz aytmagan. “Dilimning mashriqidan ko’tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo’ldiki, islom dinini yoyib, Muhammad (unga tangrinining marhamatlari va salomlari bo’lsin) shariatini quvvatladim. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar (g’aribxonalar) qurishni… buyurdim”, – deb yozadi Amir Temur. Ta’kidlash joizki, Amir Temur saltanatini mustahkamlanishida islom dini g’oyaviy poydevor bo’lib hizmat qilgan. Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limotining yassaviya, kubroviya, qodiriya va ayniqsa, naqshbandiya tariqatlari XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Хurosonda ma’naviy hayotda katta rol o’ynadi, bu tariqatlar nazariy va amaliy jihatdan yanada rivoj topib u saroy ahli, ko’p hollarda Amir Temur va temuriyzodalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Amir Тemurning o’zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo’lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ’ibotchilaridan sayid Mir Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371-y.) o’ziga pir deb bilgan. Shuningdek,  
 
turli o’lkalardagi yirik mutasavvuflarga ham hurmat ko’rsatgan. Uning hamadoniya 
tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf olim Sayid Hamadoniy bilan uchrashib 
suhbatda bo’lganligi, 1398-yilda Тurkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf 
olim Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilganligi, unga atab oliy bino – maqbara 
qurishni buyurgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. 
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan tasavvuf ta’limotining Sufi, Porso, Charxiy, 
Maxdumi A’zam, Хoja Ahror kabi yirik vakillari naqshbandiya tariqatiga oid qator 
risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi 
yo’lida faol xizmat qildilar. 
Tasavvuf ta’limoti musulmon mamlakatlari madaniy hayotida muhim rol 
o’ynadi. U badiiy adabiyot, falsafa, musiqa, maorif, ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir 
ko’rsatdi. 
Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz sivilizatsiyasi va madaniyati taraqiyotida 
Amir Temur va temuriylar davri Sharq Uyg’onishining yorqin bosqichlaridan 
hisoblanadi. Bu davrda dunyoviy bilimlarga intilishning kuchayishi, turli 
xalqlarning (yunon, arab, eron madaniyati boyliklari) madaniy merosidan 
foydalanish, insonparvarlik g’oyalarinining tarqalishi, diniy ta’limotlar rivojida 
axloqiy mavzuning ustunligiga e’tibor berilishi madaniy yuksalishga imkon yaratdi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1. 
XIV-XV asrlarda Movarounnahrdagi madaniy yuksalishning asosiy 
omillari nimalardan iborat edi? 
2. 
Amir Temur va temuriylar davrida me’morchilikning yuksak darajada 
rivojlanganligini misollar bilan tushuntirib bering. 
3. 
Boysunqur Mirzo badiiy akademiyasi haqida gapirib berting. 
4. 
Tasviriy san’atning rivojlanishida Kamoliddin Behzod ijodining 
ahamiyati to’g’risida so’zlab bering. 
5. 
O’zbek adabiyotining rivojiga hissa qo’shgan A. Navoiy ijodi haqida 
so’zlab bering. 
192 
turli o’lkalardagi yirik mutasavvuflarga ham hurmat ko’rsatgan. Uning hamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf olim Sayid Hamadoniy bilan uchrashib suhbatda bo’lganligi, 1398-yilda Тurkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf olim Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilganligi, unga atab oliy bino – maqbara qurishni buyurgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan tasavvuf ta’limotining Sufi, Porso, Charxiy, Maxdumi A’zam, Хoja Ahror kabi yirik vakillari naqshbandiya tariqatiga oid qator risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar. Tasavvuf ta’limoti musulmon mamlakatlari madaniy hayotida muhim rol o’ynadi. U badiiy adabiyot, falsafa, musiqa, maorif, ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatdi. Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz sivilizatsiyasi va madaniyati taraqiyotida Amir Temur va temuriylar davri Sharq Uyg’onishining yorqin bosqichlaridan hisoblanadi. Bu davrda dunyoviy bilimlarga intilishning kuchayishi, turli xalqlarning (yunon, arab, eron madaniyati boyliklari) madaniy merosidan foydalanish, insonparvarlik g’oyalarinining tarqalishi, diniy ta’limotlar rivojida axloqiy mavzuning ustunligiga e’tibor berilishi madaniy yuksalishga imkon yaratdi. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. XIV-XV asrlarda Movarounnahrdagi madaniy yuksalishning asosiy omillari nimalardan iborat edi? 2. Amir Temur va temuriylar davrida me’morchilikning yuksak darajada rivojlanganligini misollar bilan tushuntirib bering. 3. Boysunqur Mirzo badiiy akademiyasi haqida gapirib berting. 4. Tasviriy san’atning rivojlanishida Kamoliddin Behzod ijodining ahamiyati to’g’risida so’zlab bering. 5. O’zbek adabiyotining rivojiga hissa qo’shgan A. Navoiy ijodi haqida so’zlab bering. 192  
 
6. 
Ulug’bek Akademiyasi qayerda tashkil etildi va uning jahonshumul 
yutuqlari nimada? 
7. 
Amir Temur va temuriylar davri madaniy taraqqiyotining hozirgi 
zamon uchun ahamiyati nimalardan iborat?  
8. 
XV asr o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan kimlarning ijodini 
alohida ko’rsatib bera olasiz? 
9. 
Alisher Navoiy ijodi qaysi ma’noda o’zbek mumtoz adabiyoti rivo-jining 
yuksak cho’qqisi hisoblanadi? 
 
6. Ulug’bek Akademiyasi qayerda tashkil etildi va uning jahonshumul yutuqlari nimada? 7. Amir Temur va temuriylar davri madaniy taraqqiyotining hozirgi zamon uchun ahamiyati nimalardan iborat? 8. XV asr o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan kimlarning ijodini alohida ko’rsatib bera olasiz? 9. Alisher Navoiy ijodi qaysi ma’noda o’zbek mumtoz adabiyoti rivo-jining yuksak cho’qqisi hisoblanadi?