AN NASAVIYNING “SIYRAT US-SULTON JALOLIDDIN MENKUBURNI” ASARI TARIXIY MANBA SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
49,7 KB
1
AN NASAVIYNING “SIYRAT US-SULTON JALOLIDDIN
MENKUBURNI” ASARI TARIXIY MANBA SIFATIDA
MUNDARIJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB SHAXOBIDDIUN AN-NASAVIYNING “SIRAT AS SULTON
JALOLIDDIN MANKBURNI” ASARIDA JALOLIDDIN MANGUBERDI
FAOLIYATINING AKS ETISHI
1.1 XIL ASR BOSHLARIDA XORAZMSHOHLAR DAVLATIDA IJTIMOIY VA
SIYOSIY VAZIYAT.MARKAZIY OSIYOGA MO'GILLAR BOSQINI
1.2 JALOLIDDIN MANGUBERDINING OSIYO, ERON VA KAVKAZ
XALQLARINING MOG'IL BOSQINCHILARIGA QARSHI BIRLASHTIRISH
UCHUN QILGAN SAY-HARAKATLARI
II BOB JALOLIDDIN MANGUBЕRDI JASORATI
2.1
AN
NASAVIYNING
JALOLIDDIN
MANGUBЕRDI HAQIDAGI
ASARINING TASNIFI
2.2 MUVAFFAQIYATSIZ 14-YURISH, SULTON JALOLIDDIN HAQIDA
KOTIB YOZGAN KITOB
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Ulug‘ qobiliyatli sarkarda, mohir diplomat va
ma‘rifatparvar hukmdor bo‘lmaganida, Sulton Alouddin Muhammad bu qadar
yuksaklikka ko‘tarilmagan, o‘zi esa, buyuk hukmdorga, Markaziy Osiyo, jumladan
Xorazm va Movarounnahr yuksak fan va madaniyat markaziga aylanmagan
bo‘lardi. Bularning barchasi Sulton Alouddin Muhammadning adolatli hukmdor
hamda fan va madaniyat homiysi bo‘lganligidan dalolat beradi. Uning vaziri
Shahobiddin Xivaqiy o‘z davrining eng bilimli, ma‘rifatli davlat arboblaridan
bo‘lgan. Islom dini qonunlarini mukammal bilgan. Davlat boshqaruvining barcha
masalalarida o‘ziga xos mustaqil fikrga ega bo‘lib, doim adolat yuzasidan ish
ko‘rgan. An-Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh Sulton Muhammad barcha
ishlarda dono vaziri Shaxobiddin Xivaqiy bilan maslahatlashgan va uning fikrlariga
quloq solgan.
Mo‘g‘ullar hujumi jarayonidagi voqealar bu ulkan saltanatning siyosiy
asoslari ancha bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar
o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash, xalq millat uchun og‘ir kunlarda dushmanga
qarshi yakdil bo‘lib birlasha olmaslik, aksincha, o‘zaro nizo, fisqu-fasodlarning
yanada kuchayishi, oxir-oqibat saltanatni halokatga olib keldi. Zamondoshlarini va
keyingi avlod vakillarini hayron qoldirib, juda qisqa muddatda (uch yil davomida)
mag‘lub bo‘lgan bu ulkan saltanatning va uning hukmdori Xorazmshoh Sulton
Muhammadning achchiq taqdiri hozirgi avlod uchun achchiq saboq bo‘lmog‘i
lozim. Zero, tarix saboq olish uchun….
Kurs ishi maqsadi va vazifasi: Bor-yog`i o`ttiz ikki yilgina umr ko`rgan bu
bahodir zotning mo`tabar nomi o`z zamonasida dunyo bo`ylab qanchalar dovruq
taratgan bo`lsa, oradan ko`p-ko`p asrlar o`tgach ham mardlik va ozodlik uchun
kurash, el-yurtga fidoyilik timsoli sifatida yashab kelmoqda. Uning qahramonligi
kelajak avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga tarixiy xotira oldida boshimizni
mag`rur tutib yashamogimiz uchun to`la huquq beradi. Islom Karimov
Movarounnahr va Xorazmni qo’lga kiritgan Chingizxonda sulton Jaloliddin xayot
3
ekan tinchlik yo’q edi. Go’yo uning borliq toju taxtining shavkati va borlig’i,
istiqboldagi muvaffaqiyati-yu, o’zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo’lida-yu,
uning ixtiyorida. Ayniqsa, 1221 yilda Jaloliddinning mo’g’ullar ustidan Niso,
Nishopur, G’azna atroflarida qozongan g’alabalari Chingizxon oromini buzmoqda
edi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Xorazmshoxlar davlati markazi -
Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat,
Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod
shaxarlar qatoriga kirgan. Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining
ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar.
Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli
bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida
qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush
natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod etgan.
Kurs ishi tadqiqotining davriy chegarasi Xorazm davlati qadimdan sun‘iy
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan
xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy
omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi.
Kurs ishining ilmiy va uslubiy asoslari: Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy
va iqtisodiy ahvoli Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy
markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on,
Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan
Kurs ishining tuzilishi : Kurs ishi kirish, ikkita bob. 4 ta reja, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yixtidan iborat.1
I BOB Shaxobiddiun an-Nasaviyning “Sirat as sulton Jaloliddin Mankburni”
asarida Jaloliddin Manguberdi faoliyatining aks etishi.
www.ziyonet.uz.
4
1.1 XIl asr boshlarida Xorazmshohlar davlatida ijtimoiy va siyosiy
vaziyat.Markaziy Osiyoga mo'gillar bosqini.
Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli Xorazmshoxlar
davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek,
Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi
shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan
Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik,
chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi
davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining
bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida -yirik siyosiy
birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‘z
navbatida
hunarmandchilikning,
savdoning
rivojlanishiga,
shaharlarning
yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka
erishilishi natijasid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida ham ijobiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma manbalar guvohligiga ko‘ra
sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar imkonidan iloji boricha keng
foydalanishga harakat qilingan. Natijada dehqonchilikniig rivojlanishida uzilish
bo‘lmagan. Turli hil qishloq ho‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori
hosil olingan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim-
kechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog‘-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-
jabdug‘lar, ho‘l meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko‘plab
mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda
tegishli davlat idoralarining hissasi ham katta bo‘lgan. Chunonchi, doim bo‘lganidek
muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning
ahvolidan xabardor bo‘lishni to‘xtatmaganlar. Karvon yo‘llarida to‘xtash joylari,
suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari ta‘mirlangan, katta karvonlarni
qo‘riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb etilgan.
Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga
aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on,
5
Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan. Xorazmshohlar
davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun
hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z
farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini
himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr
qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan
aholini soliqlardan ozod etgan.
Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori bo‘lgan.
Xukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil olish uchun
dehqonchilikka ko‘p mablag‘ sarflab, qishloqning iqtisodiyotiin qo‘tarishga harakat
qilganlar. Takashning munshiysi -shaxsiy kotibi Muxammad Bag‘dodiy At-tasviri
ila-t-tarassul (Muxim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha davrdagi axvolni
yozib qoldirgan.
Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va to‘g‘ri xolis
xulosalar chiqarishi mumkin bo‘lgan inson Shahobiddin An-Nasaviy Sulton
Muhammadning hukmronligini yuksak baholab shunday deydi: «Uning amalga
oshirgan ishlari nihoyatda ulug‘ edi, otasi unga Xuroson va Xorazm hukmdorligini
meros qoldirdi, u bunga Iroq va Mozandaronni ham birlashtirdi. Shu bilan birga,
qo‘l ostiga Kirmon, Kesh, Seyiston, G‘ur, O‘azni, Bomiyon mamlakatlarini,
Hindistonning vodiylariga qadar maskanlarni qo‘shib oldi. Bu ishlarning hammasini
qilichlar qindan chiqarilmasdan, hatto qinlar yelkalarga osilmasdan amalga oshirildi,
bu mamlakatlarni ortiqcha kuchsiz, kurashsiz, zo‘ravonlik
____________________________
Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. T. SHarq, 2018
va vayronagarchiliksiz, faqat tahdid va qo‘rqitish bilan bosib oldi. U o‘z qo‘l ostiga
to‘rt yuzga yaqin shaharlarni birlashtirdi. Boshqa birov bo‘lganda bu darajada
muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechardi, u esa bir og‘iz so‘z bilan qo‘l ostiga
shuncha miqdordagi mulkni to‘pladi». Anushteginlar davrida madrasalar barpo
etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan to‘ldirish, iste‘dod egalarining
boshini silash, asrab-avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo
6
maskani bo‘lmish kutubxonalar faoliyatiga katta e‘tibor berilgan. Masalan, Buxoro
viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar, ya‘ni umumiy kutubxona mavjud bo‘lib,
unda saqlanadigan qo‘lyozma asarlar g‘oyatda noyob hisoblangan. Xuddi shunday
kutubxonalar o‘lkaning boshqa yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‘lgani ma‘lum.
Madrasalarga kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat
markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda ham qad
ko‘targan. Ularda o‘qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan qaralganini shundan
ham bilib olsa bo‘ladiki, Madrasa rahbari va mudarrislar oliy hukmdor yo uning
joylardagi noibining maxsus buyrug‘i bilan tayinlanganlar. Chunki har qanday
jamiyat, u qanchalik turli imkoniyatlarga ega bo‘lmasin, agar shu imkoniyatlarni
yuzaga chiqarishga qodir mutaxassislar bo‘lmas ekan, ular og‘izda qolaveradi.
Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan Otsiz,
Takashlarning shu ma‘nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni
juda to‘g‘ri anglaganliklari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ta‘lim va
tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli, iymonli, hurmatli, halol bo‘lishlariga
katta e‘tibor bilan qaraganlar. Mazkur siyosat o‘z mevasini ham bergan. Bahoviddin
Marvaziy, Abu Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‘aznaviy, Ismoil Jurjoniy, Faxriddin
Roziy, Maxmud Zamahshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir Jurjoniy, Sirojiddin
Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo Xo‘jandiy, Najmiddin Kubro,
Majididdin Xorazmiy kabi o‘nlab matematiklar, yulduzshunoslar, tabiblar,
tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf olimlar shular
jumlasidandir. Albatga, biz va hamkasblarimiz mazkur ro‘yxatni yanada davom
ettirib, ularning har biri haqida ko‘plab qog‘oz qoralashimiz mumkin. Ammo bu
alohida tadqiqot uchun mavzu bo‘lgani sababli quyida ularning ba‘zi birlarining
e‘tiborga molik jihatlariga diqqatni jalb etmoqchimiz. Qutbiddin Muhammad va
Otsiz zamonlarida mashhur tibbiyot olimi Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko‘rsatib,
bir qator qimmatli asarlar yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga
bag‘ishlangan «Zahirayi Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarning
qimmati shu qadar bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad Zakariyo, Ibn Sino, Abu
Sahl Masihiy asarlari bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi eng muhim asar va
7
manbalardan biri sifatida qabul qilingan. O‘n ikki jilddan iborat bu asar tibbiyotning
barcha yo‘na- lishlari, tashrih, oddiy va murakkab dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z
ichiga olgan. U arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng katta
xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi barcha
yo‘nalishlarni yangi tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib chiqqan. Olim
faoliyatining biz uchun qadrli tomonlaridan yana biri shundaki, Ibn Sino
yurtimizdan «bir chiqib» qolgan yagona buyuk tibbiyot olimi emas, balki bu soha
undan keyin ham bizda yuksak darajada taraqqiy qilib kelganligi ma‘lum bo‘ladi.
Zero, o‘tmishdagi olimu fozillarimiz ilmu tafakkurga doimo sodiqpik bilan xizmat
qilib kelganlar. Ularning sodiqlik to‘g‘risidagi tushunchalari vatanga nisbatan ham
yuksak darajada edi. Buni biz mashhur mutasavvuf olim va shoir Najmiddin Kubro
misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Ulkan hududda markazlashgan davlatning tashkil topganligi turli xalqlar
o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarni nihoyatda rivojlanishiga olib keldi,
o‘zaro urushlarga chek qo‘yilib, xalqning tinchligi ta‘minlandi. Mirzo Ulug‘bek bu
holatni shunday ifodalaydi: «Mo‘tabar tarixlarda bitilmish va zikr etilmishkim,
Sulton Muhammad Xorazmshoh zamonida Eron va Turon davlati bag‘oyat
osoyishtalikda va solim edi. Chunonchi, agar ko‘zi ojiz kampir qizil oltin to‘la
tashtni boshiga qo‘yib Mashriqdan Mag‘ribga jo‘naydigan bo‘lsa, biror jonzot unga
daxl qilmagan. Shoh shu darajada kuchaydiki, mamlakatda birorta ham o‘g‘ri
qolmadi». o‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmda bo‘lgan arab sayyohi va geografi
Ibn Yoqut ham Xorazmning yuksak darajada taraqqiy etgan o‘lka ekanligini qayd
qilib o‘tgan edi.G‘arb, xususan, rus tarixchilari Sulton Alouddin Muhammad
hukmronligi davrini o‘ziga xos «Renessans» davri, ya‘ni «Xorazm Uyg‘onish» davri
deb ataganliklarini hisobga olsak, uning naqadar buyuk hukmdor bo‘lganligini
ko‘ramiz.Sulton Alouddin Muhammadning yuksak madaniyatli va ma‘rifatli shaxs
bo‘lganligi shubhasizdir. U yoshligidanoq saljuqiylar davlati poytaxti Marvda,
shuningdek, o‘sha davrda SHarqning eng go‘zal va katta shahari hisoblangan
xorazmshohlar poytaxti Gurganjda zamonasining buyuk allomalaridan yetarli bilim
olgan.
8
Xorazmshohlar davri fan va madaniyat yuksalgan, chunki Xorazm an‘anaviy
ravishda fan va madaniyat beshigi bo‘lib kelgan. Shuningdek, Xorazmshohlar
davrida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiy etgan va davlat arboblari ham ilm-ma‘rifatli
bo‘lgan. Xorazmshohlar zamonida ayni shu ikki omil o‘zaro uyg‘unlashgan edi.
Xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi edilar. Ular ham dunyoviy, ham
diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, ko‘plab
nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san‘at va ilmga katta ixlos bilan
qaragan. Ruboiylaridan birida u shunday deydi: «Dunyo beliga urilgan tamg‘a
mening farmonimdir, falak qulog‘idagi halqa mening paymonimdir. Bugun shunday
saltanatni qo‘lda tutsamda, do‘st rizoligiga erishish mening iymonimdir». Takash,
El- Arslon, Sulton Muhammad va xorazmshohlarning boshqa namoyandalari ham
keng bilimli, she‘r va san‘atni qadrlovchi bo‘lganlar, nazmda ijod qilganlar. Takash
esa ayniqsa ud chalishni o‘rniga qo‘ygan.
Ulug‘ qobiliyatli sarkarda, mohir diplomat va ma‘rifatparvar hukmdor
bo‘lmaganida, Sulton Alouddin Muhammad bu qadar yuksaklikka ko‘tarilmagan,
o‘zi esa, buyuk hukmdorga, Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Movarounnahr
yuksak fan va madaniyat markaziga aylanmagan bo‘lardi. Bularning barchasi
._______________________
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2018 y
Sulton Alouddin Muhammadning adolatli hukmdor hamda fan va madaniyat
homiysi bo‘lganligidan dalolat beradi Uning vaziri Shahobiddin Xivaqiy o‘z
davrining eng bilimli, ma‘rifatli davlat arboblaridan bo‘lgan. Islom dini qonunlarini
mukammal bilgan. Davlat boshqaruvining barcha masalalarida o‘ziga xos mustaqil
fikrga ega bo‘lib, doim adolat yuzasidan ish ko‘rgan. An-Nasaviyning yozishicha,
Xorazmshoh Sulton Muhammad barcha ishlarda dono vaziri Shaxobiddin Xivaqiy
bilan maslahatlashgan va uning fikrlariga quloq solgan.
Mo‘g‘ullar hujumi jarayonidagi voqealar bu ulkan saltanatning siyosiy asoslari
ancha bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi
hokimiyat uchun kurash, xalq millat uchun og‘ir kunlarda dushmanga qarshi yakdil
9
bo‘lib birlasha olmaslik, aksincha, o‘zaro nizo, fisqu-fasodlarning yanada
kuchayishi, oxir-oqibat saltanatni halokatga olib keldi. Zamondoshlarini va keyingi
avlod vakillarini hayron qoldirib, juda qisqa muddatda (uch yil davomida) mag‘lub
bo‘lgan bu ulkan saltanatning va uning hukmdori Xorazmshoh Sulton
Muhammadning achchiq taqdiri hozirgi avlod uchun achchiq saboq bo‘lmog‘i
lozim. Zero, tarix saboq olish uchun….
XII asrning II yarmida xorazmshohlar O’rta Osiyoda o’z xududlarini
kyengaytirish bilan band bo’lgan bir vaqtda Mo’g’uliston yerlarida turli qabila va
urug’lar o’rtasida hokimiyat uchun kurash kyetayotgan edi. Bu davrda bir - birlariga
dushman urug’lar (mo’g’ullar, tatarlar, naymanlar, kyeraytlar, markitlar va b.)
o’rtasida mulkdorlar va qabila boshliqlari manfaatlarini himoya qiluvchi
davlat vujudga kyelayotgan edi. Sahroyi qabilalarni birlashtirgan bu yarim
ko’chmanchi davlat boshlig’i Tyemuchin (1155 y. tug’ilgan) 1206 y mo’g’ul
aslzodalari tomonidan chaqirilgan qurultoyda barcha mo’g’ul-tatar xonlarining
ulug’ xoni etib saylandi va “CHingizxon” (“kuchli”) laqabi ostida hokimiyatni
egalladi. CHingizxon o’z davlatida hokimiyatning 10 ta oliy lavozimini ta’sis etgan.
U 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya va 10000 ta baquvvat jangchilardan
qo’riqchilar tuzdi. U joriy etgan qonunga muvofiq har bir jangchi tinchlik paytida
myehnat
bilan
band
bo’lishi,
harbiy
safarbarlik
davrida
o’n,
yuz, ming, o’n ming, tuman kabi bo’linmalar safida jang qilishi, har bir jangchi
urushga o’zi bilan o’q - yoy, xanjar, qilich, qalqon, nayza, arqon, qozon, igna, bolta
kabi zarur anjom – uskunalarni olib kyelishi shart edi. qo’shinlardan tashqari, harbiy
zodagonlardan iborat saralangan navkarlar bo’lib, ular kyeshik dyeb atalgan va
favqulodda hollardagina jangga kirgan. CHingizxon kuchli qo’shin bilan o’z
hokimiyatini
mustahkamlab
olgach,
qo’shni
xalqlar
yerlariga
hujum boshladi. U 1206-1211 yillarda Sibir va SHarqiy Turkiston xalqlari (buryat,
yoqut, oyrat, uyg’ur va qirg’izlar)ni bo’ysundirdi. SHundan kyeyin, CHingizxon
Xitoyga hujum boshladi va 4 yillik urushdan kyeyin Pyekin shahrini egalladi (1215).
SHu vaqtdan e’tiboran CHingizxon Muhammad Xorazmshoh davlati bilan astoydil
qiziqib, xorazmlik savdogar Maxmud YOlovochdan, SHarqiy Turkiston va Xitoyga
10
qatnovchi o’rta osiyolik savdogarlar Hasan Xo’ja, YUsuf O’troriy, Ali Xo’ja al-
Buxoriylardan zarur ma’lumotlar olgan. 1218 y. CHingizxon Yettisuv xududlarini
egallab olgach, Xorazmshoh huzuriga 500 tuyadan iborat karvon va elchilar
jo’natgan. Biroq, karvon O’tror shahrida shahar noibi Inalxonning buyrug’i bilan
talon-taroj qilinib, elchilar qatl etildi. CHingizxonning bu voqyea aybdorlarini
jazolash, Inalxonni o’ziga byerish haqidagi talabiga Xorazmshoh rad javobini
byerdi. SHunday qilib har ikkala tomon o’rtasida to’qnashuv sodir bo’lishi muqarrar
bo’lib qoldi.Mo’g’ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy –
iqtisodiy va siyosiy ahvoli ancha og’ir edi. Mamlakatda mansabdor shaxslar va katta
yer
egalari
bo’lgan
aslzodalarning
siyosiy
tangliklardan foydalanib, mustaqil ish tutishga intilishlari fyeodal tarqoqlikni
kuchaytirayotgan edi. Bunga Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon Xotun va
uning Dashti qipchoqdan kyelib saroyda yuqori lavozimlarni egallab olgan
qarindosh-urug’larining o’zboshimchaliklari ham sabab bo’layotgan edi. Bundan
tashqari, Xorazmshohning xalifalikka tyegishli ko’plab yerlarning bosib
olishi, 1217 y. Bag’dod sari qilingan muvaffaqiyatsiz yurish ham islom olamida
uning obro’siga putur yetkazdi. SHunday sharoitda, Xorazmshohlar davlatiga
mo’g’ullar hujumi boshlandi. 1218 yilgi O’tror voqyealari CHingizxonning
Xorazmga
yurishi
uchun
bahona
bo’ldi.
1219
y.
syentyabrida CHingizxon barcha qo’shin-larini O’tror atrofida to’plab, ularni to’rt
yo’nalish bo’yicha taqsimladi. U qo’shinlarining bir qismini o’g’illari O’qtoy va
CHig’atoy boshchiligida O’tror shahrini qamal qilishga qoldirdi. Ikkinchi qismini
Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Sig’nok, O’zgan, Jand,
YAngikyent
shaharlarini
egallashga,
uchinchi
qismini
Oloqnuyon boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan Binkat va
Xo’jand shaharlarini egallashga yubordi. CHingizxonning o’zi esa asosiy qo’shinlari
bilan Buxoroga yurish boshladi. Movarounnahr osmonida zulmat bulutlari yoyilgan,
vatan taqdiri xavf ostida qolgan bir vaqtda Xorazmshoh Muhammadning
o’zboshimchalik va kaltabinlik bilan olib borgan siyosati mamlakatni halokatga olib
kyeldi. U o’g’li Jaloliddin va tajribali sarkarda Tyemur Malikning maslahatlarini
11
e’tiborga olmasdan, kuchlarini yirik shaharlarga bo’lib tashladi. O’zi esa
mamlakatni qiyin vaziyatda qoldirib, bir to’da qo’rqoq ayonlari bilan janubi-g’arbga
qochdi. O’tror shahrini egallash uchun qoldirilgan mo’g’ul qo’shinlari uni 5 oy
qamal qildilar. SHahar hokimi Inalxon boshliq mudofaachilar mo’g’ullar siquviga
katta qiyinchilik bilan bardosh byerib turgan bir paytda Muhammad Xorazmshohdan
norozi bo’lgan qoracha Hojib boshchiligidagi bir guruh shahar himoyachilar
mo’g’ullar tarafiga o’tib kyetdilar. SHundan kyeyin mo’g’ullar O’tror shahrini
egallab, uni talon-taroj qildilar va ommaviy qirg’in o’tkazdilar. Xorazmshoh
qo’shinlarining bo’lib tashlanganidan foydalangan CHingizxon 1920 y. boshlarida
Buxoro shahrini qamal qildi. Buxoro aholisi Ixtiyoriddin qushlu, Hamid Po’ra,
qoraxitoy Suyunchxonlar boshchiligida shahar mudofaa qilindi. Biroq, kuchlar
tyeng bo’lmagani va chyetdan madad kyelmaganligi tufayli himoyachilar taslim
bo’ldilar. Mo’g’ullar Buxoro shahri egallab, uning noyob, mye’moriy
yodgorliklarini vayron etdilar, machitlar otxonalarga aylantirildi. Buxoro
egallangandan kyeyin CHingizxon qo’shinlari 1220 y. martida Samarqandga yurish
boshladi. Samarqand shahri aholisi uzoq qamalga dosh byera oladigan darajada
mudofaaga tayyorgarlik ko’rgan bo’lsada, tadbirkorlik va ahillik yetishmaganligi
tufayli mudofaa-chilar taslim bo’ldilar. SHahar vayron etilib 30000 ga yaqin kishi
qul qilindi. Xo’jand va Tyermiz shaharlari ham shu holga tushdilar. 1221 y.
boshlarida Xorazmshohning o’g’illari Jaloliddin, Uzloqshoh va Oqshohlar
Xorazmshoh vafot etganligi, Jaloliddin uning vorisi etib tayinlanganligini ma’lum
qildilar. Biroq, saroydagi ziddiyatlar Jaloliddinga mamlakatni boshqarishga imkon
byermadi va u Uzlokshoh foydasiga taxtdan voz kyechdi. Jaloliddin Tyemur Malik
guruhi bilan yashirincha Xurosonga o’tib kyetdi. Uzloqshoh ham taxtni tashlab
qochdi. Xorazm taxti qipchoq amiri Xumortakin qo’liga o’tdi. SHunday vaziyatda,
CHingizxon va Jo’ji qo’shinlari Urganch shah-rini qamal qilishdi. SHahar
mudofaasi yaxshi tashkil etilgan bo’lib, mudofaachilarga buyuk alloma Najmiddin
Kubro
va
76
yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy boshchilik qildilar. Kubroning “YO Vatan, yo
sharofatli o’lim” dyeb qilgan xitobi ostida urganchliklar qariyb 5 oy mo’g’ullarga
12
qarshilik ko’rsatdilar. Biroq, yordamchi kuchlar bo’lmaganligi tufayli mag’lub
bo’lishdi. Xumortakin mo’g’ullarga shahar darvozasini ochib byerdi. qattiq
qirg’indan
kyeyin
shahar
mo’g’ullar
qo’liga
o’tdi.
1221
y.
oxirlarida CHingizxon Markaziy Osiyoning dyeyarli barcha xududlarida o’z
hukmronligini o’rnatdi. CHingizxon Markaziy Osiyoni egallab olgan bo’lsada hyech
qayerda Movarounnahrdagidyek qarshilikka uchramadi. O’tror, Xo’jand shaharlari
aholisi,
shayx
Najmiddin
Kubro
va
Jaloliddin
Mangubyerdi boshliq mudofaachilar bosqinchilarga qattiq zarbalar byerdilar.
Ayniqsa, Jaloliddinning jasoratlari tahsinga loyiqdir Jaloliddin Mangubyerdi
Muhammad
Xorazmshohning
turkman
xotini
Oychyechakdan
tug’ilgan
(1199) bo’lib, mo’g’ullar O’rta Osiyoga bostirib kirganda, u 20 yoshga to’lgan
barvasta yigit edi. Uning Muhammad Xorazmshohning vorisi sifatida mamlakatni
boshqarishiga qarshi bo’lgan qipchoq amaldorlari ukasi Uzloqshohni taxtga
o’tqazish payiga tushdilar. Bunday sharoitda davlatni boshqarishga ko’zi yetmagan
Jaloliddin Tyemur Malikning ozgina qo’shinlari bilan Xurosonga yo’l
oldi. Uning 700 kishilik qo’shini dastlab g’azna shahri yaqinida 30 ming kishilik
mo’g’ullar qo’shinini tor-mor qildi. Jaloliddin g’aznada qaytadan qo’shin to’pladi.
U qo’shinlari orasida boshlangan nizolarni bartaraf qilib, qat’iy harbiy tartib
o’rnatdi. 1221 yil yozida mo’g’ullarning SHig’i qutxu nuyon boshliq qo’shinlari
bilan Jaloliddin qo’shinlari o’rtasida Parvon dashtida bo’lgan jangda Jaloliddin
qo’shinlari g’alaba qozondi. Tarixchilarning yozishicha “Jaloliddinning o’zi SHig’i
qutxuning qo’shini o’rtasiga otilib kirib, uning harbiy tartiblarini buzib yuborgan va
bayroqlarini
otlarning
tuyoqlari
ostida
poymol
qilgan”.
Jangda
katta
talofat ko’rgan SHig’i qutxu qolgan qo’shinlari bilan CHingizxonning Tollikondagi
qarorgohiga qochgan. CHingizxon qisqa vaqt ichida qo’shinlariga bir nyecha marta
zarba byergan Jaloliddinga qarshi o’zi jangga kirishgan. Bu vaqtda Parvondagi
jangda g’alaba qozonib ko’plab o’ljalarni qo’lga kiritgan Jaloliddin qo’shinlari
o’rtasida ham bo’linish yuz byerdi. Jaloliddinning umumiy dushmani bo’lgan
mo’g’ullarga qarshi jipslashishga qilgan da’vatlariga qaramay ayrim xalqlarning
vakillari, jumladan, xalajlar, afg’onlar va b. qo’shinni tark etdilar. SHunday bo’lsada
13
Jaloliddin mo’g’ullar uchun hali ancha xavfli kuch edi. CHingizxon qo’shinlarining
uni o’rab olish va qo’lga tushirishga harakat qilayotganligi eshitgan Jaloliddin
g’aznani tark etdi. Biroq, g’aznadan 50 chaqirim sharqda Jaloliddin mo’g’ullar bilan
to’qnashib jang bilan chyekina boshladi. CHingizxon Sind daryosi bo’yida
Jaloliddin qo’shinlarini o’rab oldi. Bu yerda bo’lgan uch kunlik jangda Jaloliddin
mo’g’ullarning ko’plab qo’shinlarini qirib tashladi, o’zining ham barcha amirlari
halok bo’ldi. Jami 700 ga yaqin qo’shin bilan qolgan Jaloliddinni CHingizxon
tiriklayin qo’lga olish haqida bo’yruq byergan. Mo’g’ullar tomonidan o’rab olingan
Jaloliddin qurshovdan chiqish imkoni yo’qligini ko’rgach oila a’zolari va
qo’shinlariga o’zlarini daryoga tashlash haqida buyruq byergan. U oz sonli
qo’shinlari bilangina narigi qirg’oqga chiqib olishga muvaffaq bo’lgan. SHundan
kyeyin, Jaloliddin 10 yil davomida Hindiston, Eron, Iroq va Kavkaz ortida
mo’g’ullar va b. dushmanlariga qarshi jang qildi. Jaloliddinning mo’g’ullar bilan
so’nggi yirik jangi 1227 y. syentyabr oyida Isfaxon yaqinida bo’lib, unda mo’g’ullar
yoppasiga qirib tashlandi.
________________________________
Karimov SH., SHamsiddinov R. Vatan tarixi, T.2017
1.2 Jaloliddin Manguberdining Osiyo, Eron va Kavkaz xalqlarining
mog'il bosqinchilariga qarshi birlashtirish uchun qilgan say-harakatlari
Xorazmshohlar
davlatining
so‘nggi
hukmdori,
mohir
sarkarda.
Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi –
Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani
uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib
“Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi
uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston
hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq
Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin
O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy
14
yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini
namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang).
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib
kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh
Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur
ada orolidan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga
chorlab, so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan.
Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan birga
Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon
xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e`lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga
qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin
Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani –
Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. Niso shahri yaqinida uni 700
nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng
ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga
qarshi birlashishga da`vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga
Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi.
Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin
Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G‘aznaga 1221-yil keldi. Bu yerda unga
xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A`zam malik, afg‘onlar
sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar.
Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining
o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal`asini
qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum
qilib, 3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari
o‘ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘priki buzib
tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki
yirik g‘alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45
minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin
15
Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Jangda harbiy
taktika tarixida birinchi bo‘lib, Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida
turib piyoda jang qilish uslubini qo‘llaydi. Mo‘g‘ullarning Ushbu jangdagi
mag‘lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan Chingizxonning asosiy
kuchini urushga solishi va harbiy harakat rahbarligini o‘z qo‘liga olishga majbur
etadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o‘lja ustida
o‘zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A`zam malik va Muzaffar
maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida
faqat Aminalmulk o‘z lashkari bilan qolgan, xolos.
Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan
o‘zi otlangan. G‘ardiz qal`asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon
qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi
tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga
imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind
daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000
jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu
cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin
Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il
mana shunday bo‘lishi lozim!”, degan. Endilikda Chingizxon O‘ziga teng raqibga
duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloliddinning katta kuch to‘plashiga xalaqit
berish uchun barcha choralarni ko‘radi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga
yetdi. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa`diddin Ali ash-Sharabdor kabi
lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo‘shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy
Hindistonning notanish cho‘lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda
qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo‘lgan Shatra viloyati rana (shoh) si
Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan
otgan kamon o‘qidan rana halok bo‘ladi, qo‘shini esa parokanda bo‘lib qochadi.
Jaloliddin Manguberdi katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Bu g‘alabadan so‘ng Sind,
Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-1227)ning
16
Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o‘zini
xayrixohligini izhor etib, sovg‘a-salomlar jo‘natgan. G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib
ketgan amirlardan Sanjoqonhon, Elchi pahlavon, O‘rxon, Soyircha, Tekjoruq
Xonkishilar o‘z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo‘shildilar.
Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal`alarini qo‘lga kiritdi.
Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda
mamluklar sulolasidan bo‘lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan
qo‘shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq
mag‘lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog‘lari o‘lja tushgan.
1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To‘rbay To‘qshin va Bola
no‘yonni 20 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. Lekin ular Mo‘ltonga qadar
_____________________________
Murtozayeva R.X va boshqalar. O’zbyekiston tarixi (ma’ruzalar matni),
T.2014,221-265
borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi.
Jaloliddin Manguberdi o‘ziga qarshi mo‘g‘ul qo‘shinlari jo‘natilgani xabarini
Parosravar qal`asini olgandan so‘ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo‘lton tomon
yo‘l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni
qamal qiladi, qo‘shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi
Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Shamsuddin Eltutmish
Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo‘shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta
fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi.
Jaloliddin Manguberdining O‘zbek Toy Jahon Pahlavon qo‘mondonligi ostidagi
ilg‘ori Eltutmish ilg‘ori bilan to‘qnashib raqibidan ustin keladi. Eltutmish Jaloliddin
Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh so‘raydi. Jaloliddin Manguberdi
Hindistonda o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind
mulklarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilgan. Biroq vaziyat borgan sari
murakkablashib bormoqda edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning
boshqa viloyat hokimlari o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq
17
tuzmoqchi ekanliklari ayon bo‘lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining lashkarboshisi
Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar.
Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan.
Amirlarning ko‘pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni G‘iyosiddin Pirshohdan tortib
olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga
qaror qilinadi. Jaloliddin Manguberdi o‘zining Hindistonda zabt etgan mulklariga
O‘zbek Toy Jahon Pahlavoni, G‘ur va G‘azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib
sifatida qoldirib, Iroqqa yo‘l olgan. Cho‘lu biyobonlarni kesib o‘tishda Jaloliddin
Manguberdining ko‘p jangchilari nobud bo‘lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan
Kirmonga yetib kelgan. G‘iyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib
Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan so‘ng Jaloliddin Manguberdi
Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek Sa`d ibn Zangiy va Yazd
hokimi otabek Alouddavla ibn To‘g‘onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin
Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qo‘shini
qurol-aslaha bilan ta`minlanadi. Bu hol G‘iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga
qarshi 30 ming otliq qo‘shin bilan yo‘lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga
sovg‘a-salomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida jo‘natgan va o‘zaro nizoni
tinchlik bilan hal etgan. Qo‘shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga o‘tgan.
1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So‘ng Bag‘dodga
qarshi yurishga hozirlik ko‘radi. Xalifa Nosirgacha elchi jo‘natib, mo‘g‘ullarga
qarshi birlashishga chaqiradi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi
o‘zining mamluki amir Jamoliddin Qushtemir boshliq 20 minglik qo‘shin jo‘natdi.
Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo‘shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bag‘dod
mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag‘dod atrofida 12 kun
turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi O‘zbek ichkilik,
maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda
uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi
Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Damashq, Erbil hokimlari u bilan ittifoq
tuzishga rozi bo‘ladilar. Otabek O‘zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so‘ng Alinjo
qal`asiga qochib o‘sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga
18
uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan so‘ng o‘z qo‘shinini Gruziya tomon
boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal`asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargdzeli
boshliq 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya
malikasi Rusudana Kutaisiga ko‘chib o‘tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori
shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari o‘z tobeliklarini bildirishgan. 1227-
yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlog‘i yaqinida Jaloliddin
Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yenggan.
_____________________________
http://www.google.com.uz/
II BOB Jaloliddin Mangubеrdi jasorati
2.1 An Nasaviyning Jaloliddin Mangubеrdi haqidagi asarining
tasnifi
Bor-yog`i o`ttiz ikki yilgina umr ko`rgan bu bahodir zotning mo`tabar nomi
o`z zamonasida dunyo bo`ylab qanchalar dovruq taratgan bo`lsa, oradan ko`p-ko`p
asrlar o`tgach ham mardlik va ozodlik uchun kurash, el-yurtga fidoyilik timsoli
sifatida yashab kelmoqda. Uning qahramonligi kelajak avlodlarga, birinchi galda siz
bilan bizga tarixiy xotira oldida boshimizni mag`rur tutib yashamogimiz uchun to`la
huquq beradi. Islom Karimov Movarounnahr va Xorazmni qo’lga kiritgan
Chingizxonda sulton Jaloliddin xayot ekan tinchlik yo’q edi. Go’yo uning borliq toju
taxtining shavkati va borlig’i, istiqboldagi muvaffaqiyati-yu, o’zining ham taqdiri
sulton Jaloliddin qo’lida-yu, uning ixtiyorida. Ayniqsa, 1221 yilda Jaloliddinning
mo’g’ullar ustidan Niso, Nishopur, G’azna atroflarida qozongan g’alabalari
Chingizxon oromini buzmoqda edi.
Sulton Jaloliddin G’aznaga yеtib kеlganda Xorazmshohning tarqalib kеtgan
qo’shinlari uning atrofida to’planadilar. Tuluxondan mag’lubiyatga uchrab G’azna
tomon chеkingan Hirot kuchlari ham Jaloliddining kuchlariga qo’shiladilar.
Qabaqliyon qavmidan bo’lgan 40 ming qo’shin Xorazmdan еtib kеladi. Xullas,
19
dushmanga qarshi tura oladigan katta kuch to’planadi. Jaloliddin bu kuchlar bilan
G’aznaga yaqin bo’lgan Voliyon qal'asi atrofida Chinizxonning Bеkchak va Timqur
boshliq qo’shnini yakson qiladi. Dushman to’qqiz ming jangchisidan judo bo’lib,
juda ko’p o’lja, boyliklarni tashlab qochadi. Chingizxon bu shum xabarni Tolqonda
turganda eshitadi va Jaloliddinni tеzda daf qilish uchun eng ishonarli va dongdor
lashkarboshisi Qayqur no’yon boshchiligida 30 ming shilik qo’shinni yuboradi. Ikki
o’rtada jang 1221 yilning yozida Parvona dashtida bo’ladi. Jaloliddin janglar tarizida
birinchi marta Mo’g’ullarga qarshi kurashda yangi taktik usulni qo’llaydi:
jangchilarga otdan tushib, jilovlarini bеllariga bog’lashni va kamon bilan jang
qilishni buyurad. Tun qorong’usiga qadar davom etgan jangda ikki tomonning
birortasiga ham zafar kulib boqmaydi. Ertasi kuni Qayqur no’yon harbiy hiyla
ishlatmoqchi bo’ladi. U dushmanni yangi kuchlar kеlib qo’shildi, dеb ishontirish
maqsadida kigiznamat va choponlar orasiga poxol hashaklar solib sun'iy boshlar
yasab ularni otlar ustiga o’tqazib qo’yadi. “Soxta jangchilar”ni tuyalar karvoni va
aravalar orasiga joylaydilar. Bu hiyla Jaloliddin askarlarni dastlab ancha dovdiratib
qo’yadi. Ularning ba'zilari hatto chеkinishga maslahat ham bеradilar. Ammo sulton
og’ir va bosiqlik bilan avvalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom
ettirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir nеcha hujumi qaytarilgach, sulton
buyrug’i asosida chalingan karnay sadolari osda Jaloliddn askarlari otlarga minib,
shovqin-suronlar bilan mo’g’ullar ustiga tashlanadilar. Dushman tilka-pora qilinadi.
Qayg’ur no’yon ozgina odam bilan Chingizxon huzuriga kirib boradi. Bu xabarni
eshitgan Chingizxon dahshatga tushadi. U shu zahotiyoq o’zining barcha kuchlarini
jamlab, sulton Jaloliddinni daf qilish maqsadida shaxsan o’zi otlandi.
Parvona dashtidagi g’alaba sulton Jaloliddinga qimmatga tushadi. Mo’g’ullar
ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng qo’lga kiritilgan o’ljani taqsimlash paytda nizo
kеlib chiqadi. O’ljaga tushgan bir arabi ot uchun Xorazmshohning mo’tabar
amirlaridan Sayfiddin O’g’roq bilan Hazora maligi Amin Malik janjallashib
qoladilar. Qizishib kеtgan Amin Malik tortishuv paytida O’g’roqning boshiga
qamchi bilan tushiradi. Sulton Jaloliddin bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo’lgan
20
Sayfiddin O’g’roq 30 ming askari bilan kеtib qoladi. Qabaqli turkman va xalaj
sipohlari ham sultonan yuz o’giradilar. Natijada Jaloliddinning qo’shinlari yarmiga
kamayib, kuchsizlanib qoldi.
Chingizxon ikki o’rtada masofani juda tеz fursatda bosib o’tib G’aznaga еtib
kеladi va Jaloliddinni 1221 yilning kuzida ta'qib qila boshlaydi. Jaloliddin
Chingizxonning ko’p sonli qo’shinlariga qarshi tura olmasligini payqab, avval
G’aznaga, so’ngra Sind (Hind) daryosiga chеkinadi. Chingizxon Sind daryosiga
yaqinlashganda Jaloliddining kеyingi kuni daryoni kеchib o’tmoqchi ekanligini
eshitib shu kеchaning o’zidayoq daryoning kеchuv yo’lini to’sadi. U sulton
qo’shinining orqadagi qismiga еtib olib uni tor-mor qiladi. 1221 yil 9 dеkabrda
Jaloliddinning yarim oy shaklida joylashtirilgan hamd qanotlari bilan Sind daryosiga
tiralgan oz sonli qo’shinni o’rab oladi. “Sulton Jaloliddin bin Sulton Muhammad
Xorazmshoh, - dеb yozadi Mirzo Ulug’bеk, - o’zini suvu olov o’rtasida ko’rdi,
chunonchi bir tarafida kеskir qilichlar olv soqardi, boshqa taraqida esa qonxo’r
daryo turardi. Hеch bir tomondan chiqib kеtishning iloji yo’q edi. Noiloj janga
kirishdi. Bahodirlik otini kurashmaydoniga solib, totor kofirlardan ko’pini halokat
tuprog’iga qordi va hеch bir kulfatsiz jang qildiki, agar Rustami doston tirik
bo’lganda, unga bo’lgan muabbat yopig’ini o’z еlkasiga solgan bo’lardi. Agar
kumushtan Isfandiyor bu jangni mushohada qilganda, uning xizmatida qullik
laozimini jonu dili bilan qabul qilgan bo’lardi.”
Chigizxon Jalolidini tiriklayin qo’lga olishga farmon bеrdi. Xorazm bahodiri
еtti yuzta mard yigitlari bilan jang maydoni o’rtasida arslonlardеk jon bеrib jon
olardi. “Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qong bo’yardi. Agar bu jangni
Zolning o’g’li ko’sa edi, u sulton Jalol (uddin)ning qo’lini o’pgan bo’lardi.” Ammo,
Chingizxon lashkari hisobsiz edi. Uning jang maydonidagi lashkari hisbsiz edi.
Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda bo’lish arafasida turgandi.
Biroq, pistirmadagi 10 ming nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon
foydasiga hal qiladi. Sulton Jaloliddin vazmyatning g’oyat og’ir va mushkulligini
hisobga olib, rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo’liga tushishini istamay
21
ularni Sind daryosiga cho’ktiradi. Chunki o’sha kuni mo’g’ullar Jaloliddinning
qo’lga tushirilgan 7 yoshli o’g’lining yuragini tiriklayin sug’urib olgan edilar. O’zi
esa qora to’rik otiga minib, so’nggi bora mo’g’ullarga hamla qilib, so’ng oti jilovini
orqaga tortadi; Sovutini yеlkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi
qoyadan o’zini Sind daryosiga otadi. (Daryo qirg’og’idan to o’zan (suv)gacha o’n
gazdan ortiqroq edi.) Jaloliddin daryoning narigi soxiliga o’tib oladi va ko’zdan
g’oyib
bo’ladi.
Mirzo
Ulug’bеkning
bеrgan
ma'lumotlariga qaraganda,
Jaloliddinning orqasidan daryoning narigi qirg’og’iga uning yana еtti jangchisi birga
suzib o’tadi. Daryo qirg’og’iga kеlib bu voqеani kuzatib turgan Chingizxon taajjub
va hayratdan yoqasini barmoqlari bilan tutib: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il
tug’ilmagan. U sahroda shеr kabi g’olib jangchi, daryoda esa nahang (aqula) kabi
botir. Qanday qilsinki, hali hеch kim taqdir bilan, hеch bir mojaroda tеng
kеlolmagan. Lеkin u mardlikning dodini bеrdi. Qazoyi qadar qarshisida qudrat
qo’lini (mardona) ochdi. Mardlik bilan undan (qazo) qutulib bo’lmaydi. Nima qilsin-
qilmasin bu ulug’ xudo ishidir»,' — dеgan edi.
Dushmandan omon-eson qutulgan Jaloliddin o’zining oz sonli askari bilan
Shimoliy Xindistoining bir chеkkasiga o’tib omonatgina jon saqlashga majbur
bo’lgan edi. Bundan xabar topgan Shatra viloyatining podshosi chaqirilmagan
mеhmonlarning og’ir ahvolidan foydalanib ularni daf qilmoqchi bo’ladi va xujum
uyushtiradi. Axvolining tangligini hisobga olgan Jaloliddin tavakkal qilib Shatra
podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi. Bu jangda g’alabaga erishgan sultonga
Shatra podshosining mingta otliq va bеsh mingta yaxshi qurollangan jangchilari
taslim bo’ladilar va uning tomoniga o’tadilar. Bu muvaffaqiyatdan so’ng tеvarak-
atrofdagi yangi-yangi kuchlar Jaloliddinga kеlib qo’shiladilar. Bu mamlakatning eng
katta lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish ham umumiy dushman — mo’g’ullarga
qarshi kurashmoq maqsadida 30 ming otlik va 100 ming piyoda asl qurol tutgan
askarlarini olib Jaloliddin xuzuriga kеladi. Lashkarboshi ixtiyorida 300 ta fil ham
bor edi. Shu tariqa Jaloliddin Xindiston shimolida katta davlat barpo etadi, o’z
nomidan kumush va mis tangalar zarb ettiradi, o’zi egallab turgan xududda soliq
22
siyosatini joriy qiladi. U o’z davlati chеgaralarini kеngaytirib kuch to’plab, so’ng
mo’g’ullar bilan xisob-kitobni bir yoqliq qilishni qalbining to’rida tugib qo’yadi.
Jaloliddin Mangubеrdi ana shu maqsadda o’zining dastlabki harbiy yurishlarini
Irokda lashkar tortishdan boshlaydi. Tеz orada Iroq va Eronning obro’li xon va
bеklari Jaloliddin tomoniga o’tadilar. Misr va Suriya davlatlari ham sultonga elchi
yuborib, u bilan birga qo’shilish istagini bildiradi. 1226 yilgacha
____________________________
O’zbekiston tarixi. 1- qism. – T., Universitet, 2017 y.
Jaloliddin Ozarbayjon va Gurjistonni jang bilan egallaydi. Mo’g’ullar sulton
Jaloliddinni ta'qib qilishda hamon davom etar edilar. Shu maqsadda ular Ray
shaxriga xujum uyushtiradilar, 1227 yil 5 sеntyabrda sulton Jaloliddin Isfaxon
yaqinida Eronni mo’g’ullardan himoya qilib jangga kiradi va ular ustidan tarixiy
g’alabaga erishadi. Bu jangda mag’lubiyatga uchragan mo’g’ullarning mashxur
lashkarboshilaridan biri sanalgan Taynal nuyon Chingizxon o’rdasiga qaytar ekan,
Jaloliddinni o’z davrining chinakam pahlavoni, podsho va lashkarboshilarning
dohiysi dеb baho bеrgan edi.
1227 yilda Chingizxon vafot etgandan so’ng bir oz muddat chingiziylar o’z
ichki ishlari bilan ovora bo’lib qoladilar va hatto ular Jaloliddin bilan yaqinlashishga
qaror qiladilar.
1230 yilda sulton Jaloliddin Hilot shahrini qamal qilib turgan kеzlar (taxminan
aprеl oyi)da singlisi Xonsultondan (Jo’chiga xotin bo’lgan, undan farzandi ham bor
edi) xat oladi. Xatda quyidagilar yozilgan edi: «Sizning kuchingiz, sizning
qudratingiz va mulklaringizning kеngligi to’g’risidagi xabar qoon qulog’iga yеtdi.
Shuning uchun u siz bilan qarindosh tutinishga hamda sizlarning mulklaringiz
Jayxun daryosi bilan chеgaralanishi to’g’risida kеlishib olishga axd qildi:
daryogacha bo’lgan barcha mulklar sizniki, daryo ortidagi mulklar uniki bo’ladi.
Shuning uchun agar siz ularga (mo’g’ullarga) qarshi turish uchun kuch topsangiz,
23
o’ch oling, ularga qarshi jang qiling, yеngsangiz istaganingizni qilasiz. Yo’qsa, agar
ular shuni istab turgan ekan, shundan foydalanib, ular bilan yarashing». Jaloliddin
bu xatni javobsiz qoldiradi. Ammo nachora, taqdir o’yini Jaloliddinga kutilmaganda
oyoq ostidan yana bir dushmanni dunyoga kеltiradi. Kichik Osiyodagi Ani sultoni
Alovuddin Qayqubod o’z ixtiyori bilan Jaloliddinga kеlib qo’shilgan bo’lsa-da, u
bilan o`zaro kеlisha olmaydi va Jaloliddinga qarshi fitna tayyorlaydi. Bu fitnaga
Kichik Osiyodan tashqari Shom (Suriya), Shimoliy Mеsopatamiya kabi davlatlar va
boshqa bir qator shaharlarning xukmdor va bеklari ham qatnashadilar. Jaloliddin bu
fitnani nazar-pisand qilmaydi va e'tibor bеrmaydi. Jaloliddin bilan fitnachilar
qo’shinlari o’rtasidagi jang 1230 yil 10 avgustda bo’lib o’tadi. Unda Jaloliddin
qo’shinlari katta mag’lubiyatga uchraydi va u kichik bir guruh qo’shin bilan
Ozarbayjon xududlariga chеkinadi. Kuchsizlanib qolgan Jaloliddinni uning eski
raqibi mo’g’ullar qo’li bilan yo’q qilishga qaror qilgan Ozarbayjondagi ismoiliylar
hukmdori Alovuddin Muhammad III mo’g’ullarga yashirin maktub yo’llaydi. Unda
Jaloliddin tor-mor qilinganligi va uning qo’shinlari juda oz sonli ekanligi xabar
qilindi. Mo’g’ullar Xorazm bahodirini qo’lga olish uchun maxsus katta qo’shin
jo’natadilar. Jaloliddinning o’z a'yonlari va yaqinlari o’rtasida ham e'tibori kеta
boshlaydi. Xatto uning bosh vaziri Sharof Al-Mulk ham unga qarshi fitna
uyushtiradi. Uning xatlaridan biri Jaloliddin qo’liga tasodifan tushib qoladi va u
Sharof Al-Mulkni qatl etadi. Xorazmshoh Jaloliddin asta-sеkin o’zining barcha
boru-bisoti va mulkidan ajraladi. Ular o’zlariga mustaqillik olib Jaloliddinni tark
etadilar. Taqdir undan yuz o’girganligiga chiday olmagan sulton maishat-parastlik
va ichkilikka bеriladi.
1231 yilning avgustida tunda mo’g’ullar Jaloliddin Mangubеrdi ko’rasiga
hujum qiladilar va shirakayf xolatda yotgan sultonni qo’lga olib, otga bog’lab olib
qochadilar. Yo’lda o’ziga kеlgan Jaloliddin qo’lini bo’shatib yonidagi mo’g’ul
askarining qilichini tortib olib ular bilan jang qiladi va ulardan o’zini ozod qiladi.
Yolg’iz qolgan Jaloliddin Mangubеrdini endi qurd qaroqchilari qo’lga oladilar. U
o’zini qarochilarning boshlig’iga tanishtirishga majbur bo’ladi: «Mеni shu
24
yaqindagi bеk qo’liga topshirsang, ayniqsa Shahobiddin G’ozi mulkiga eltsang,
katta mukofot olasan, mеning o’zim sеni mingboshi qilib qo’yaman» dеydi. Bu
taklifga qaroqchilar boshlig’i rozi bo’lib, Jaloliddinning qo’lini bog’lab, xotinini
unga qorovul sifatida qoldirib, ikkita ot olib kеlish uchun ko’shni qishloqqa kеtadi.
Shu payt qo’lida nayza ushlagan bir qurd paydo bo’ladi. U qo’li bog’liq
asirning kimligini qorovul ayoldan so’raydi. Ayol uning sultonligini, eri qo’lga
tushirganligini aytadi. Qurd esa bunga ishonmaydi. Uning akasini xorazmiylar Xilot
qamali chog’ida o’ldirgan edilar. Shul bois akasining o’chini olish maqsadida qo’li
bog’liq qurolsiz mahbusning ko’kragiga nayza sanchadi va o’ldiradi.
Bu g’oyatda alamli dramatik fojеa 1231 yil 17—20 avgustlar orasida sodir
bo’lgan. Ulug’ vatandoshimiz Jaloliddin Mangubеrdining ayanchli taqdiri ana shu
tariqa o’z poyoniga yеtadi. Uning jasadi Mayafariqinga kеltiriladi. Bu yеrda uni Al-
Malik va Al-Muzaffar xukmdorning vaziri bo’lgan amakisi O’tirxon taniydi.
Xorazmshoh Jaloliddin Mangubеrdining jasadi tunda Mayafariqinga yaqin joyda
dafn etiladi. Uning qabrini hеch kim xaqorat qilmasin dеgan maqsadda u еr tеkislab
yuboriladi.
Tarixiy manbalarda Jaloliddin Mangubеrdi to’g’risida ham ijobiy, ham salbiy
ma'lumot va xabarlarni uchratish mumkin. Ammo o’z davrining ulug’ davlat arbobi,
buyuk lashkarboshisi haqida kim qanday va nima dеb yozishdan qat'i nazar,
Jaloliddin Mangubеrdini xеch kim An-Nasaviychalik yaxshi bilmagan va uning
haqida bundan ortiqroq narsa yoza olmas edi, yoza olgan ham emas. An-
Nasaviyning o’zi kimq Nasaviy Muhammad Ibn Ahmad Ibn Ali (tug’ilgan yili
noma'lum —1249 yilda vafot etgan) tarixchi olim, Xuroson qal'asi (Ashxobod
yaqinida) hokimi (1219—1221) bo’lgan. U mo’g’ullarga qarshi faol kurash olib
borgan. Nasaviy 1224 yildan boshlab Jaloliddinning shaxsiy kotibi bo’lgan, uning
mo’g’ullarga qarshi va boshqa xarbiy yurishlarida bеvosita ishtirok etgan. Nasaviy
1241 yilda arab tilida «Siyrat Us-Sulton Jaloliddin Manqburni» («Sulton Jaloliddin
25
Mangubеrdining xayot yo’li») asarini yozgan. Bu asar XIII asrda fors tiliga tarjima
qilingan, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada va forscha nusxasi Tеxronda, ruscha
tarjimasi Bokuda nashr etilgan. Ushbu asar asosida Z.M. «Anushtеgin —
Xorazmshohlar davlati» (1097—1231) asari dunyoga kеlgan.
An-Nasaviy o’zining yuqorida nomi tilga olingan asarida Jaloliddin
Mangubеrdining xaqqoniy qiyofasini, ichki kеchinmalarini atroflicha, to’laqonli
tasvirlab bеradi: «...Yomg’ir maydalab urib yog’moqda. Sovuq yoqimsiz shamol
esmoqda. Sulton o’z qo’shini bilan Hilot jangidan (1230) qaytmoqda. Oyning
mo’ralashida ko’zim sultonga tushib qoldi. Sultonning ko’zlaridan tinmay yoshlar
oqar, u bir nimalarni pichirlar edi. Diqqat bilan quloq soldim. Shunday so’zlarni
eshitdim... «E, yaratgan Alloh! Nеga mеni oddiy cho’pon yoki dеhqon qilib
yaratmasdan Sulton qilib yaratding. Nе gunoxim uchun mеnga tinchlik bеrmaysan.
Nе qilmishlarim uchun mеni buncha quvg’inlikka duchor qilgansan. Na
turmushimda, na yurishimda halovat bor».
Shahobiddin an-Nasaviy o’z asarida Jaloliddin Mangubеrdining shaxsiy fazilatlari
va xususiyatlarini oddiy va sodda ifodalay olgan: «U turk bo’lib, qora mag’iz yuzli,
burni oldida qora xoli bor, o’rta bo’yli yigit edi. Fors tilida ham bеmalol so’zlasha
olar edi. U dovyuraklikda tеngi yo’q, shеrlar ichida shеr edi. U kamtarin, jiddiy
odam bo’lib, xеch qachon baqirmas, so’kinmas, o’z atrofidagilar oldida o’zini juda
yaxshi, sipo tutar edi. U ko’p gapirmas, xoxolab kulmas, ahyon-ahyonda jilmayar
edi. U adolatni xurmat qilar, o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lishga intilar edi.
U o’z xalqining mushkul ahvolini yеngillashtirishni yaxshi ko’rar edi. Biroq u
yashagan to’s-to’polon davr unga burhay xayrli savob ishni amalga oshirishga
imkon bеrmadi. U hukmronlik qilgan davrdagi suronli voqеalar uni zo’ravonlik
ishlatishga majbur etib, uning tabiatini ma'lum darajada o’zgar-tirdi. Sulton
Jaloliddin eng og’ir, murakkab sharoitlarda ham qat'iy tura oluvchi, eng qiyin
sinovlardan ham sira qo’rqmaydigan, ularga bеfarq qarovchi odam edi».
26
_____________________________
Q.Usmonov, M.Sodiqova va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”,
2016y.
2.2 Muvaffaqiyatsiz 14-yurish, Sulton Jaloliddin haqida kotib yozgan kitob
Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlatining (1027–1231)
ko‘p yillik tarixi o‘sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator
asarlarida o‘z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so‘nggi vakili, buyuk
sarkarda Jaloliddin Manguberdi hukmronligi, uning mo‘g‘ul istilochilariga qarshi
qahramonona kurashi haqida G‘arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyati kuzatish va
tahlil etilganligini ko‘rish mumkin. Ayrim manbalar va adabiyotlarda uning ismi
Mangburni shaklida ham keltiriladi.
Jaloliddin Manguberdi haqidagi XIII asrdan to hozirgacha yaratilgan asarlar
salkam 500 jildga yaqin kitobni tashkil etadi. Bu asarlar shartli ravishda ikki davrga:
birinchi davri – XIII–XVIII asrlarda yozilgan bitiklarga; ikkinchi davri – XVIII–XX
asrlarda yaratilgan asarlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi davrda yaratilgan
asarlarning aksariyati Sharq tarixchilarining, ijodkorlarining qalamiga mansub
hisoblanadi. Ularda Jaloliddin hayoti, fa’oliyati, taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Mo‘g‘ullarga qarshi olib borgan kurashlari aks ettiriladi. Mazkur asarlar
mualliflarining aksariyati Jaloliddinni ko‘rgan, bilgan, u haqda eshitgan, uning
hayotidan xabardor insonlardir (Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton
Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti. Kamol Matyoqubov tarjimasi. Toshkent:
O‘zbekiston-Yozuvchi. 1999. 7-b).
Manbashunos olimlar mazkur davr xususida so‘z ketganda ko‘proq “Siyrati
Jaloliddin Mankburni” va “Tarixi jahongusho” kabi asarlarga urg‘u berishadi.
Chunki ularning mualliflari Shahobiddin an-Nasaviy va Alouddin Atomalik
27
Juvayniy tasvirdagi voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, ularda qaysidir ma’noda
ishtirok etgan va tarix voqealariga imkon qadar xolis ko‘z bilan qarab, mushohada
yuritgan. Jaloliddinning hayti va kurashlari haqida eng mukammal manbalardan biri
Shahobiddin
an-Nasaviyning
“Siyrat
us-sulton
Jaloliddin
Manguberdi
(Manguburnu)” asaridir Nasso (Niso) viloyatidagi qal’alardan birining sohibi
bo‘lgan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qoladi va o‘sha yerda
Sulton Jaloliddin xizmatiga kiradi. Shundan e’tiboran u Jaloliddinning ishonchli
mulozimlaridan biriga aylanib, to 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddin Manguberdining
fojiali vafotidan so‘ng Nasaviy xizmatni boshqa hukmdorlar qo‘l ostida davom
ettirib, 1249-yilda Halab shahrida dunyodan ko‘z yumdi.
Tarix kitoblaridan ma’lum bo‘lishicha, sulton Jaloliddinning Nasaviydan boshqa
kotibi ham bo‘lgan. Uning ismi Xoja Nuriddin Zaydariy Xurosoniy bo‘lib, fors tilida
“Nafsat al-masdur fi futur zaman as-sudur va zaman su dur al-futur ” nomli biografik
asar yozgan. Mazkur asar mazmuni va muallifi hali tarixchilarimizga noma’lum
bo‘lgani uchun uni ayrim olimlar Nasaviy asariga aynanlashtirib, ikkinchi kitobi deb
qarasalar, ayrimlari “Siyrati Jaloliddin Mankburni”ning boshqa nomi degan xato
talqinlarga boradilar.
“Siyrat as-sulton” asari esdalik tarzida yozilgan asar bo‘lib, muqaddima va 108
ta bobdan iborat. Asarning I–IV boblarida mo‘g‘ul-tatarlar, Chingizxonning kelib
chiqishi, Chingizning xon bo‘lib ko‘tarilishi va uning Mo‘g‘uliston va Shimoliy
Xitoyni bo‘ysundirishi masalalari qisqacha bayon etilgan. V–XXII boblar
Xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. XXIII
bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo‘g‘ul istilosi va Xorazmshoh Alouddin
Muhammad o‘z yurtini sharmandalarcha tashlab qochishi, sulton Jaloliddinning
hayoti va uning mo‘g‘ul istilochilari bilan olib borgan qahramonona kurashi, uning
Ozarbayjon hamda Iroqdagi faoliyati va nihoyat, fojiali halokati hikoya qilinadi.
“Siyrat as-sulton” asarining, ayniqsa, 1224–1231 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan
boblari noyob va muhim ilmiy qimmatga ega, chunki bayon etilgan voqealarning
ko‘pchiligida muallifning shaxsiy ishtiroki ko‘rinib turadi (Shihobiddin Muhammad
28
an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti. Kamol Matyoqubov
tarjimasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2006).
Nasaviyning Jaloliddin Manguberdini yaqindan bilgan, asarida bayon etilgan
voqea-hodisalarning aksariyatida bevosita ishtirok etgan yoki shohid kishilarning
xabarlariga tayangan, eng muhimi xolisona va haqqoniy so‘z aytishga intilganki,
bular asarning ilmiy qimmati hamda ishonchlilik darajasini oshiradi. Nasaviy o‘z
asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyib 10 yil o‘tgandan so‘ng, 1241-yildan
kirishgan va tabiiyki, erkin fikr bildirish imkoniga ham ega edi. Nasaviyning “Sirot
as-sulton Jaloliddin Mangubur”ning arabiy asl matni va turli tillarga qilingan
tarjimalari bir necha bor dunyo yuzini ko‘rdi.
Nasaviyning asari arab tilida yozilgan va uning to‘liq bo‘lmagan ikki nusxasi
yetib kelgan. Undan bir nusxa Fransiya Milliy kutubxonasida va ikkinchisi Britaniya
muzeyida saqlanayotir. Asarning arabcha matnini 1891-yili Oktav Uda nashr etgan.
Shu olim uni 1895-yili fransuz tiliga ham tarjima etib, chop etgan (Paris, 1895. In
PÉLOV, IIIe., sér., vol. IX-X). Shu tarjima asosida 1914–191-yillarda Yu.Ziyo va
A.Tavhid, 1934-yili mustaqil tarzda Najib Osim asarni turk tilida, 1945-yili
Muhammad Ali Nosix tomonidan arab tilidan fors tiliga, 1953-yili esa O.Uda
tarjimasi asosida yana arab tiliga Hofiz Ahmad Hamdiy o‘girgan. Asar rus tilida
qisman 1850 va 1900-yillari chop etilgan. Xususan, u taniqli sharqshunos olim
Z.M.Bunyotov tomonidan rus tiliga o‘grilib, ikki marta (ikkinchisi arabcha matn
bilan birga) chop etildi. Asar o‘zbek tilida ham K.Matyoqubov tarjimasida “Sulton
Jaloliddin Manguberdi” nomi bilan ikki marta nashr etilgan (Ismat Ochilov. Yozma
manbalarda Jaloliddin Manguberdi tavsifi// "Oriental Art and Culture" Scientific-
Methodical Journal – (4) IV/2020. 64-b).
Nasaviy o‘z asarida sarkarda Sulton Jaloliddin siymosini shunday tasvirlaydi:
“U (Jaloliddin) qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, nutqi va ifodalariga ko‘ra turk,
ammo forscha ham gaplashar edi. Uning jasurligi haqida aytadigan bo‘lsak... u
sherlar ichra sher, mohir chavandozlar ichida eng botiri edi. U muloyim tabiatli
bo‘lib, hech qachon jahllanmas va so‘kinmasdi. O‘zini jiddiy tutar, ammo u duch
kelgan isyonlar davri tabiatiga ham ta’sir qildi. U fuqarolar turmushini yaxshilashga
29
intilar, ammo tushkunliklar davrida hukmronlik qilgani uchun zo‘rlik ishlatishga
majbur bo‘ldi... Uning yorliqlaridagi tamg‘asida “Madad faqat Ollohdan” degan
so‘zlar yozilgan edi” (Nosir Muhammad. Sirli zarvaraqlar. Tarixiy etyutlar.
Toshkent: O‘zbekiston, 2016. 9-b). “Siyrat as-sulton”da Nasaviy 1218-yildan 1231-
yilgacha Jaloliddinning vaqtincha bo‘lsa ham qo‘l ostida bo‘lgan saltanatda, ya’ni
Xorazm, Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Ozarboyjon, Gruziya kabi
davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealar, Xorazmshoh Alouddin Muhammad va Jaloliddin
Manguberdi faoliyatlari, Chingizxon bosqini hikoya qilinadi. Asarda keltirilgan
voqealar tafsiloti Xorazmshohlar mavqeida turgan tarixchi tarafidan bayon qilinadi.
Nasaviy boshqa davr tarixchilaridan farqli o‘laroq Xorazmshohlar davlatining ichki
va tashqi hayoti, Turkon xotun va uning mamlakat hayotidagi o‘rni, saltanatning
yemirilishi sabablari, ko‘chmanchi turk qabilalarning (ayniqsa qipchoqlar va Turkon
xotun urug‘idagilarning) sotqinliklari, Bog‘dod xalifasining ikki yuzlama siyosati,
Jaloliddinning ichki va tashqi siyosati (ismoiliy va ayubiylar, g‘urriylar bilan
munosabatlar), yurishlarining sabab hamda oqibatlari yangicha asosda bayon
qilinib, talqini beriladi (Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin
Manguberdi hayoti tafsiloti. Kamol Matyoqubov tarjimasi. Toshkent: O’zbekiston,
2006).
Asar ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Jaloliddin Manguberdi og‘ir bir paytda,
Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mo‘g‘ullar
tomonidan istilo etilgan, xorazmshohlar qo‘shini yakson qilingan, amirlarning bir
qismi xoinlik, qolgani o‘z joni-mulkini asrash yo‘liga tushgan, sulton mamlakatni
o‘z holiga tashlab qo‘ygan, o‘zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix
sahnasida paydo bo‘ldi. Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki
uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil davomida kurash olib bordi, 14 marotaba
mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq
bo‘ldi (Masharipov Q. Jaloliddin Manguberdi harbiy san’ati. Parvon jangi// Xorazm
Ma’mun akademiyasi axborotnomasi.
30
____________________________
Shaxobiddin Muhammad an-Nasafiy. Sulton Jaloliddin Manguberdi
Xorazmshohlar davlatidagi Anushtaginlar sulolasining (2014-2015)
Xulosa
Shunday qilib, Shahobiddin an-Nasaviy va Alouddin Atomalik Juvayniy
“Siyrati Jaloliddin Mankburni” va “Tarixi jahongusho” Xorazmshohlar davlati,
mo‘g‘ullar istilosi, maxsusan Sulton Jaloliddin Manguberdi shaxsiyati va o‘z vatani
ozodligi yo‘lida qo‘liga qilich olib, dushmanga qaqshatqich zarbalar keltira olgan
Xorazmning mard o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi harbiy fa’oliyatini o‘rganishda
birlamchi manba hisoblanadi. Tadqiq etilgan manbalarda keltirilgan Jaloliddin
Manguberdining hayoti va vatanga e’tiqod yo‘lidagi faoliyatini o‘rganish o‘smir
yoshdagi o‘quvchilarning vatanga e’tiqod, cheksiz muhabbat, g‘urur va iftixor,
vatan va xalq tinchligi yo‘lida jon fido etish, insonparvarlik kabi qarashlarini
rivojlantirish va shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Sulton Jaloliddin Manguberdining Kavkazorti va Kichik
Osiyodagi faoliyati, mahalliy sulolalar bilan munosabati kabi muhim masalalarda
an-Nasaviy va Juvayniy asarlari qimmatli ma’lumotlar beradi. Jumladan,
Bahauddin ibn Ali Juvayniy 1192-yilda Sulton Alouddin Takesh (1172–1200)
xizmatiga kiradi. Uning nabirasi Alauddin Atomalik Juvayning bobosi Shamsiddin
Muhammad (1200–1220), keyinchalik Jaloliddin Manguberdining bosh vaziri
sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ammo uning o‘g‘li Bahouddin taxminan 1232-yilda bir
guruh aslzodalar bilan birga mo‘g‘ullar xizmatiga kirishga majbur buladi va o‘g‘li
Alouddinni ham xizmatga jalb etadi. Shuningdek, asarda muallif Jaloliddin
Manguberdining Chingizxonni hayratga solgan jasorati, aql-zakovati haqida
quybdagilarni keltiradi: “Chinzigxon uning daryodan o‘tib kelayotganini ko‘rgach,
suv bo‘yiga ot surdi. Mo‘g‘ullar ham o‘zlarini daryoga otmoqchi bo‘ldilar, biroq
Chingizxon ularni to‘xtatdi. G‘animlar kamondan o‘t otmoqqa kirishdilar. Bu holni
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan kishilarning aytishiga qaraganda, daryoda o‘q zaxmidan
halok bo‘lganlar qonidan suv qizarib ketgan ekan. Sulton bitta qilich, nayza va
31
qalqon bilan daryodan o‘tdi. Chingizxon va barcha mo‘g‘ullar hayrat barmog‘ini
tishlar edilar.
Asosiy adabiyotlar:
1.
Karimov
I.A
Tarixiy
xotirasiz
kyelajak
yo’q.
T.
SHarq,
2018
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2018 y
3.
Karimov
SH.,
SHamsiddinov
R.
Vatan
tarixi,
T.2017
4.
Vambyeri
X.
Buxoro
yoxud
Movaraunnahr
tarixi,
T.2017
5. Murtozayeva R.X va boshqalar. O’zbyekiston tarixi (ma’ruzalar matni),
T.2014,221-265
6.
O’zbekiston
tarixi.
1-
qism.
–
T.,
Universitet,
2017
y.
7. Q.Usmonov, M.Sodiqova va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”,
2016y.
8.Shahobiddin
an-Nasaviyning
"Siyrat
al-Jaloliddin
Mankburni"
kitobi
9.
Shaxobiddin
Muhammad
an-Nasafiy.
Sulton
Jaloliddin
Manguberdi
Xorazmshohlar davlatidagi Anushtaginlar sulolasining (2014-2015)