Analogli tarozi
Reja:
1. Tarozi tuzilishi va turlari.
2. Tarozi va tortish qoidalari
Tarozi tuzilishi va turlari.
Tarozining tuzilishi. O’lchash laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim
asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni
bilishi zarur. Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan
foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega
bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida,
texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda analitik
tarozilarda tortiladi (22- rasm h ).
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-
kimyoviy tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch
vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu
prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari
osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay turganda
tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib qо‘yiladi.
Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi.
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati
deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa
yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka
о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki
tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal holatda
bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa tortishdan oldin
uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning uchun
arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi
tо‘g’ri о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning о‘rtasidagi
belgidan chap va о‘ng tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi pallalarining
muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar strelka biron tomonga kо‘proq og’sa,
shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki о‘nga yoki chapga burab,
tarozi muvozanatga keltiriladi.
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan
oynalangan shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo
qarshiligidan saqlaydi. Tortish paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda eshikchalar
berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi uchun maxsus toshlar ishlatiladi. Bu
toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga joylashtirilgan. Odatda toshlarning
og’irligi quyidagacha bо‘ladi:
Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1.
Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10.
Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham
ishlatiladi.
Tortish qoidalari.
Tarozini bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish ruxsat etilmaydi. Tarozi yuqorida
aytilganidek muvozanatga keltirilganidan so’ng tortishga kirishiladi: tortilishi kerak
bо‘lgan narsa tarozining chap pallasiga qо‘yiladi, о‘ng pallasiga esa toshlar
qо‘yiladi. Tortiladigan narsa temperaturasi, tarozi temperaturasi bilan bir xil bо‘lishi
kerak. Toshlar solingan quticha tarozining о‘ng tomoniga qо‘yiladi. Toshlar faqat
spirt yordamida, malum tartibda qо‘yiladi: avval toshlarning kattasi, so’ng
kichikrog’i va shutartibda qо‘yib boriladi. Toshlar tarozi arretirlab qо‘yilgan
holdagina qо‘yilishi va olinishi kerak. Aks holda prizmaning qirrasi tez yoyilib,
tarozining aniqligi kamayadi, tarozi strelkasi kuzatiladi, agar strelkaning ogishi chap
va о‘ng tomonga bir xil bо‘lsa yoki bir darajasiga farq qilsa, tortilayotgan narsa va
toshlar muvozanatga kelgan hisoblanadi. Tortilayotgan modda tо‘gridan-tо‘gri
taroziga qо‘yilmasdan og‘irligi ma’lum bо‘lgan soat oynasiga, byuks yoki
stakanchalarga solib tortiladi. Suyuqliklarni tortishda uning tomchilari tarozi
pallasiga tushmasligi kerak. Texno-kimyoviy tarozida tortishda 0,01 g tosh yengil,
0,02 g qо‘yilganda og’irlik qilsa tortish tugallangan hisoblanadi. Analitik tarozilarda
0,0002 g aniqlik bilan tortish mumkin. Gramning mingdan va yuzmingdan bir
ulushlari maxsus og’irlik-yengil bukilsa sim - 0.01 1 og’irlik yordamida
aniqlanadi. U maxsus sterjen yordamida tarozining yuqori shkalasida harakatga
keltiradi. Agar reyxter shkalaning eng oxirgi darajasida, noldan о‘ngda tursa, bu
tarozining о‘ng pallasiga 10 mg tosh qо‘yiladi degan ma’noni bildiradi. Tortish
tugatilgandan keyin topilgan og’irlik jurnalga yoziladi va toshlarni tartib bо‘yicha
joylashtirib qо‘yiladi va topilgan og’irlik yana tekshirib kо‘riladi. Hech qachon
tarozida belgilangandan og’ir moddani tortish mumkin emas. Bir tajribani
oxirigacha bajarishda bitta tarozi va bitta qutichadagi toshlardan foydalanish tavsiya
etiladi. Tortish tugagandan sо‘ng tarozining arretirini burab, g’ilofning eshikchasini
berkitish zarur.
Asbob yordamida kimyoviy birikmalarni aniq o`lchash ishlari olib boriladi. Unda
bir vaqtning o`zida kimyoviy modda namunasi bilan idishning massasini yoki
alohida modda massasini aniqlash mumkin.