ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK (MUMTOZ) MAKTABNING SHAKLLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
39,1 KB
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK (MUMTOZ) MAKTABNING
SHAKLLANISHI
Reja:
1. Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-
sharoitlari va uning xarakteristikasi
2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
3.Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning
iqtisodiy qarashlari
XVII-XVIII asrlarda Farbiy Evropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura
davrasidagi (tashqi savdo rivojiga to'siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik
tashabbusini bo'g'uvchi) davlatning iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo'qoldi.
Angliyadagi XVIII asr o'rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik dikqatini savdodan
industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy
manbai sifatida yanada ko'proq qiziqtira boshladi. Avvaldan ma'lum inqilobiy
g'oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi
yangi g'oyaning asosi edi.
Merkantilizm o'rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga
keldi. Chunki avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob
bermay qo'ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo
bo'layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga
to'g'ri keldi. Uning namoyandalari o'z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning
ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki
muhim qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli
shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim
mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning
saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda
Angliyada ro'y bera boshladi. Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni
bozor
munosabatlar
shakllana
bordi.
Uy
hunarmandchiligi
o'rniga
manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi
va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima
ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki
oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda
aniq mehnat taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qo'l, facture - tayyorlash)
mehnat taqsimoti, kooperasiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab
chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada
dehqonlarning erdan mahrum qilinishi (er yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y
berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga
keldi (ular erni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma
mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy
texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu
o'zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada
mato to'qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab
oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab
qilindi. Xom ashyo esa jun bo'lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun
kerak, buning uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi, ko'p qo'y boqish uchun esa
yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo'z erlar chegaralanib
(«erlarni chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi,
Dehqon (yomen)lar o'z erlaridan haydab chiqarildilar, erlari esa tortib olinib,
yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura
(sanoat) uchun xom ashyo ko'paydi; 2. sanoatga ko'p va arzon ishchi kuchi etkazib
berildi ( erdan mahrum bo'lgan, haydalgan dehqonlar ish kidirib shaharlarga
borganlar). Oqibatda sanoat tez o'sa boshladi, yangi sinflar paydo bo'ldi. Demak,
sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo'jaligida ham kapitalistik munosabatlar
g'alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo'l ochib berildi. Lekin
ko'plab dehqonlarning ekspropriasiya qilinishi (ersizlantirilishi), ularni zo'rlik yo'li
bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo'q) qarama-qarshilikni
kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda Angliyada inqilob bo'lib o'tdi. XVII
asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi bu inqilob burjua inqilobi bo'lib, u
Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo'ydi. Angliya respublika deb e'lon qilindi,
parlament vujudga keldi, demokratik jarayon kuchaydi.
Angliya iqtisodiyotida, sohibkorlarning boyishida mustamlakachilik siyosati
katta o'rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik Fransiya ustidan dengizda erishilgan
g'alaba tufayli Angliya jahondagi eng yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi.
Inqilobgacha va to 1830 yillargacha bu erda proteksionizm (savdoda chetga ko'proq
chiqazib, chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko'p) o'tkazilgan, bu
esa savdoning (ayniqsa o'z mustamlakalariga) keskin o'sishiga olib keldi. Demak,
savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi.
Xalq xo'jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. Shu davrda
Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu
davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-1727yy.), Tomas Gobs (1588-
1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida
katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o'xshash narsa, uning
oddiy elementi inson degan g'oya yotadi. «Inson insonga bo'ri» iborasi shu olimga
tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid
fikrlar mavjud bo'lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi
tabiatdagi kabi ob'ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik
iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm ta'limoti talabga
javob bermay qo'ydi va uning buzilishi ro'y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala
sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o'rniga
kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini
o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar.
Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan
olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki
aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning
kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning
boshlovchilari bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fiziokratlar
vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu
davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo'l ochib berdi. R.Xeylbroner va
L.Turoularning fikricha («Ekonomika dlya vsex»), ishlab chiqarish omillari vujudga
keldi: mehnat, er va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo shuki, hozirgi
iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko'pgina nazariya va metodologik qoidalarning
haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyondalarining
xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko'tarildi. Erkin xususiy
tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot
to'la laisser faire (ya'ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi)
sharoitiga o'tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX
asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining
doimiy kengayishi ro'y berdi. Bu ta'limot namoyondalari Angliyada V.Pettidan to
D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning
o'rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq
etdilar. Ularning fikricha, erkin xo'jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal
deb qaraladi.
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 bosqichni
ajratadi:
1-bosqich XVII asr oxiri – XVIII asr boshiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda
merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va
P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va
har qanday qiymatning manbai va o'lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa
boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va
farovonlik muomala sohada emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko'rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o'rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A.Tyurgolar
tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy
daromad) manbaini qidirish orqali asosiy e'tiborni mehnat bilan erga qaratdilar.
Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala
sohasidan to'la ajratib qo'yilgan.
2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to'g'ri kelib, A.Smit asarlaridagi
iqtisodiy g'oyalarda aks etgan.
3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to'g'ri kelib fransiyalik J.B.Sey va F.Bastiya,
inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar
asarlaridagi g'oyalar bilan bog'liq.
4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi va J.S.Mill
g'oyalarida o'z nihoyasiga etadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi
lekin, bizning fakrimizcha, bu unchalik to'g'ri emas. Bu bosqichlarning xususiyatlari
tegishli boblarda yoritiladi.
Bizning kitobimizda sosialistik g'oya vakillari bozor iqtisodiyotiga muqobil
ta'limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy fikri xususiy
mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi sosialistik va kommunistik
jamiyat yaratish bo'lgan.
2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
Umumiy bahoga ko'ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida
V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida yaratildi.
Vilyam Petti (1623-1687yy.) Romsi shahrida tug'ilgan, Angliya klassik iqtisodiy
maktabining asoschisidir. Ko'pchilik bu olimning iqtisodiyot fani sohasidagi
faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb
baholagan edi. V.Petti favqulodda har tomonlama va yuksak bilimli inson bo'lgan.
U mayda hunarmand-matochi oilasida tug'ildi. Leyden, Parij va Oksford
universitetlarida medisina sohasida tahsil ko'rdi. U juda keng qobiliyatli talaba
bo'lgan, 1647 yilda nusxa ko'chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda
fizika doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi.
Petti shu bilan birga yirik er egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik er egasi)
sulolasining asoschisi bo'lib qoldi. 1652 yilda Kromvel hukumatining topshirigiga
ko'ra Irlandiyaning «er obzori» (kadastri)ni o'tkazdi.
U XVII asrdagi Angliya burjuaziya inqiloblaridan keyin
kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U
tadbirkorlar mulkini, ya'ni xususiy mulkni «muqaddas» va
«dahlsiz» deb bildi va uni turlicha yo'llar bilan himoya qildi.
Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jihatdan
minimum haq to'lash va shu bilan birga yangi sinfning
boyishiga yordam berishni qo'lladi. U mehnatning kapital
tomonidan ekspluatasiyasini yoqlab chiqdi.
Xuddi shuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb
hisobladi. V.Petti kapitalga soliq
V. Petti solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi.
Shu bilan birga u mehnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U
iqtisodiy muammolarga bag'ishlangan «Soliqlar va yig'imlar to'g'risida risola»
(1662y.),
«So'z
donishmandlarga»
(1665y.),
«Irlandiyaning
siyosiy
anatomiyasi» (1672y.), «Siyosiy arifmetika» (1683y.) va boshqa shu kabi asarlarni
yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (Mak-
Kulloxning 1845 yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi usulni
qo'lladi, ko'rinib turgan voqealarni sharxlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga
o'tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil
etishdir. Uning fikricha, boylik paydo bo'lishi va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar
yaratish sohasida ro'y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday
ishtirokisiz bo'ladi.
Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishiga qaramasdan
(bu masalan, er bahosini talqin etishda ko'rinadi), davlatning iqtisodiy faoliyatga
aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab
etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'llaydi va
merkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori
bo'lgan. U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan
foydalaniladi:
muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;
pul va tovar bozorlarining o'zaro bog'liqligi ko'zda tutilmaydi;
tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) paydo bo'lish tabiatida xarajatlar
xarakteristikasi (sabab-oqibat prinsipi) qo'llaniladi;
ish haqini ishchi mehnati bahosi sifatida talqin etish, oqibatda erkin raqobat
sharoitida ish haqining minimal bo'lishi va boshqalar.
U iqtisodiy jarayonlarga xos ichki qonuniy aloqalar va ularning sababiy
munosabatlarini ko'rsatishga intildi. Uni «faqat tabiatda ko'rinarli asosga ega
bo'lgan sabablargina» qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga tabiatshunoslikda
qo'llaniladigan usulni kiritib, shu bilan birga iqtisodiy tahlilning statistik usulidan
ham keng foydalandi.
V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlarning ta'siri ancha kuchli bo'lgan,
ammo keyingi «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» (1682y.) kitobida u
merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo'lladi, ammo bu ishlab chiqarishni
rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo'lgan. U boylik va
qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o'zgarmas, shafqatsiz qonunidir,
degan qisqacha xulosalarga keldi. «Ba'zi odamlarning boshqasidan ko'proq
qashshoqligi doim bo'lgan va doim bo'ladi» degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-
ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Merkantilizm nuqtai nazaridan amaliy, aniq masalalarni echish borasida u o'z
asarlarida bo'layotgan voqealarni ta'riflashga ko'proq o'rin bergan. Ammo iqtisodiy
jarayonlarni tadqiq qilish davomida hodisalarning ichki mohiyatiga kirib bordi,
ularni izohlashga urindi, iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo'lladi, ayniqsa
matematikani keng tadbiq etdi. U o'zining tadqiqotlarida ayrim odamlarning fikri,
hohishi va ehtirosiga oid barcha narsalarni chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalarning
salbiy bog'liqligini ko'rsatishga intildi. Shu yo'l bilan u iqtisodiyotda ilmiy abstrakt
metodni qo'llashda dastlabki qadamni qo'ydi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiy
tahlilda statistik metod, yangi metodologiyani qo'llay boshladi. Shunisi diqqatga
sazovorki, V.Petti iqtisodiy masalalarni yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa medisina,
anatomiya (axir, V.Pettining o'zi vrach-da!) matnlari va o'xshatmalaridan ustalik
bilan foydalangan. U masalani echish uchun to'g'ri yo'lni topish, «siyosiy
jonivor»ning sog'ligini ta'minlash uchun faqat uning anatomiyasini o'rganish orqali
hal etish mumkinligini isbotlab berdi. U merkantilistlar kabi iqtisodiy tekshirishlarni
muomala sohasidagi voqealarni umumlashtirish bilan cheklash mumkin emas degan
qisqacha xulosalarga keldi. U xo'jalikning asosini ishlab chiqarish jarayoni hal etadi,
jamiyat boyliklari moddiy ne'matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi.
Savdogarchilikni unumsiz kasblar qatoriga ko'shadi. Pettining fikricha, ular hech
qanday mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat
mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalarga o'xshab jamiyat tanasidagi qon
to'yintiruvchi sharbatlarni taqsimlagandek taqsimlaydilar. Ishlab chiqarishni
xo'jalikning asosi sifatida o'rganib, bahoning tabiatini, ish haqi va er rentasi, er
bahosi miqdorini belgilovchi sabablarni aniqlashga intildi. V.Pettining pulga bo'lgan
munosabatini ko'rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlarni boshqa
tovarlarga solishtirib, ular aynimaydi va o'zgarmaydi, har erda va har qachon boylik
sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday tovarlarni ishlab chiqarish va savdo
qilish kerak, chunki bu boshqa ishlab chiqarish va savdodan qulayroqdir. Shu bilan
birga olim har qanday yo'l bilan oltin va kumush, ya'ni pul to'lashga qarshi edi.
1682 yilda yozilgan «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» kitobi 32 ta savol va
javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga
bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti
merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasini
bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi
sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho
metallni qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala,
bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya'ni oborotdagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to'lov oborotlari yoki oxir-oqibatda
realizasiya qilinayotgan tovarlar, ularning bahosi (to'g'ri proporsiya) va pulning
muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan aniqlanadi. O'sha davrda qimmatli
metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog'oz pullar
bilan (ma'lum chegarada) almashtirilishi mumkin degan to'g'ri qisqacha xulosalar
chiqariladi.
Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog'ga o'xshaydi, chunki yog'ning ortig'i
ham, kami ham ziyondir, ya'ni uning me'yorda bo'lgani yaxshi (uning vrachligini
eslang).
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e'tibor berdi, bu aralashuv
rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq
bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun'iy
dorilardan kamroq foydalangani, ko'proq ob'ektiv omillarni ishlatgani ma'qul (davlat
aralashuvi zarur holda va me'yorda bo'lgani yaxshi).
V.Petti o'zining tabiiy baho to'g'risidagi ta'limotida qiymatning mehnat
nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida
qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi
(«siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy
baho ichki bozor bahosiga teng bo'lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan
o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan
mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya'ni non kumushga
almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlarni ishlab
chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi.
Undan tashqari, tovarning qiymati kumushni qazib olishdagi mehnat unumdorligiga
to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti
iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta'rifladi. Bu
olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan
qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda
bo'lsa, shunday, ya'ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai
sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin va kumush qazishdagi
mehnat (ya'ni pul materiali)ni ko'rgan, xolos. Uningcha, tarmoqlardagi ishlab
chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlarni nodir metallarga
almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham
saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi.
Unda qiymat bilan iste'mol qiymati tushunchalari o'rtasida aniq farq ko'rinmaydi,
ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste'mol qiymatini yaratsa,
abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho metall va
toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto
uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlarni qamqxonalarga tashlash emas,
pullik jarimalar kiritish kerak deydi. Yirik o'g'rilarni esa «qullik»ka sotib, ishlatish
zarur. Shu bilan birga pulning jamiyatdagi roli to'g'ri talqin etilmagan (savdogarlarni
qisqartirish taklif etiladi).
«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, er esa uning onasidir»
degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi to'g'riki, mehnat
boylikning yakkayu-yagona manbai emas, chunki gap moddiy boylik, iste'mol
qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok
etadi, ammo to'g'ri qoida tovarning qiymatiga ham xato ravishda noo'rin qo'llaniladi.
Shunday qilib, V.Petti o'zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi
o'laroq, qiymat manbai sifatida mehnat bilan birga tabiatni ham qabul qilishni talab
etadi. Buning sababi shuki, u iste'mol qiymati manbai sifatida ham, qiymat manbai
sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to'g'risidagi nazariyalar
bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab
vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi
ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat aniq narsani
(baxt-saodatni), iste'mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat:
1) iste'mol qiymati, 2) almashuv qiymati - mahsulot almashsa yoki sotilsa
yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko'ra
barcha mehnatlarni bir-biri bilan solishtirish (chog'ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-
saodat) - tovarlarni almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman
ishchilarning unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan abstrakt
mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo'lib V.Petti tushuna
boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini
aniqlashni o'zining vazifasi qilib qo'yadi. O'sha davrda Angliyada ish haqi qonun
bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog'onasi ishchilarning hayoti uchun zarur
bo'lgan jismoniy minimum mablag'lardan iborat edi (sog'lom odamning kunlik
o'rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko'payish uchun»
kerakli narsani olsa bas, degan qisqacha xulosalarga keladi. Bu holatni V.Petti
nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo'ldi. U o'yladiki, agar ishchilarga ko'rsatilgan
minimumdan masalan ikki hissa ko'p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq
ishlaydilar.
Tirikchilik uchun zarur mablag'lar nazariyasi xato bo'lib, avvalo ishchi kuchi
qiymatiga kiruvchi tarixiy va ahloqiy elementlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga
bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo'lib, ishchilar o'zlari yaratgan
qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun kerakli minimum mablag'ni) olayotgani
ma'lum bo'lib qoldi. Mehnat tufayli yuzaga kelgan qiymatning boshqa qismi esa
qo'shimcha mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qo'shimcha qiymat
uningcha rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga salbiy
munosabatda bo'ldi, xuddi shuningdek u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish
tarafdori edi. Tadbirkorlar va er egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy
bo'lgan «Renta» tushunchasi kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang). Uning
fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin
qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta
qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo'shimcha mahsulotning kumush
miqdoriga teng qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta barcha
qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to'g'risidagi
nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari
sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat
natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo'lagi sifatida
tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, unga ko'ra ish haqi va renta
bir-biriga qarshi. Masalan, deydi u, bir bushel (36.4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi,
undan 20 pensi er rentasiga, 40 pensi er egasining ish haqi sifatida berilsa va ish haqi
1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, er egasining 1 bushel bug'doydagi
hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, er rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga)
kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to'g'risida ham muhim va qiziqarli fikrlarni
beradi (umuman, renta absolyut va differensial bo'ladi). Differensial rentaning kelib
chiqishini u er uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi
sabab, ya'ni bozorga uzoq-yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi
sababini ham aniqlab, erning tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko'rsatgan
(o'zbek xalqida ham «Erdan erning farqi bor, etmish ikki xil narxi bor», degan yaxshi
makol bor). Olimlarning fikricha, V.Petti differensial rentani Adam Smitdan ham
yaxshi bayon etgan.
Absolyut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta erga xususiy
mulkchilik bo'lganda namoyon bo'ladi. V.Petti er bahosi masalasini juda qiziq va
noyob ravishda hal etishga uringan. Uning fikricha, erni sotib oluvchi har yili renta
olish huquqini qo'lga kiritgan shaxsdir. Shu sababli erning bahosi bir yillik rentani
ma'lum bir songa ko'paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo'lib, uni
tanlash talab etiladi. Xo'sh, u nima bo'lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: er sotib oluvchi o'zi va o'ziga yaqin
avlod-ajdodlarining manfaatlarini e'tiborga olib ish yuritadi. Uningcha, odatda uch
avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashaydilar: buva (50 yosh), o'g'il (28 yosh)
va nabira (7 yosh). U shu uch avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi
yig'indisini er bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng
ekanligini aniqlaydi. Demak, erning bahosi shuncha bir yillik rentalar yig'indisiga
teng, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekanligini
tushungan. Shunga muvofiq u yerning bahosi shunday summaga teng bo'lishi
kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini beradigan bo'lishi kerak, deb
to'g'ri hisoblagan. Amalda yerning bahosini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali
V.Petti masalaning mohiyatini to'la va to'g'ri tushungan.
Ammo erning bahosi masalasi hali to'la hal etilmadi, chunki erning bahosi ikki
omilga bog'liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent (foiz) darajasi. V.Petti esa
yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini er bahosidan chiqargan. Bu qiyin
ahvoldan chiqish uchun u er bahosi rentaning 21 ga ko'paytirilganiga teng deb
hisoblagan (uch avlod - buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va erdan
birga foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Erning asl bahosi masalasini boshqa
olimlar to'g'ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to'la ravishda uning vafotidan keyin
bosilib chiqdi (kitob uning o'g'li lord Shelbern tomonidan nashr etilgan). Buning
sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi ma'lumotlar bor edi. Bu
asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q edi
(«statistika» so'zi XVIII asr oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini
ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab berdi. Uningcha,
mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda boshqa
ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy ko'rsatkichlardan asosiy tovarlarning ishlab
chiqilishi va iste'moli, aholi daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma'lumotlar kerakli
hisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq va tashki savdo
bo'yicha ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar ekan,
Petti «avval hisoblab ko'rish kerak» degan fikrni aytishni yaxshi ko'rar edi. Statistika
bilan shug'ullanganligi tufayli ma'lum ma'noda «rejalashtirish» masalalari ham
ko'tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga
shuncha vrach va advokat kerak, demak, oliy o'quv yurtlariga yiligi shuncha talaba
qabul qilish kerak, degan hisob-kitoblarni keltirar edi. Odatda u Angliya va
Fransiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq
faktlar bilan ko'rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining mukaddimasida u o'z uslubining yangi
ekanligini
ta'kidlab,
qiyosiy
(ozroq,
ko'proq,
yaxshiroq,
yomonroq)
ko'rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik bilan boshqa o'lchovlar tiliga
o'tish kerakligini aytadi. U milliy daromad, milliy boylik haqida gapiradi va
Angliyaning milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma'lumki, bu ko'rsatkichlar hozirgi
kunda juda muhim ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy
boyligini 250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million funt
sterling pulini ham shunga qo'shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta'limoti aholining soni va tarkibidan boshlanishi
nihoyatda muhimdir. Uning g'oyasi o'zidan keyingi Maltusdan keskin farq qiladi,
agar Pettining fikri bo'yicha «aholi - boylikning asosi» bo'lsa, Maltusda aholining
tez o'sishi kambag'allikning asosidir. V.Petti Angliyaning milliy daromadini ham
hisoblab chiqdi. Uning hisobiga ko'ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha
boylikning faqat 3% teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davrning milliy hisob
schetlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish hajmini, bu boylikning aholi
o'rtasida taqsimotini (iste'mol, jamg'arma, eksport, aholi, asosiy sinflar, guruhlar
daromadi) va boshqalarni bilib olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan
solishtirganda bu hisob-kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u
milliy daromadni aholining iste'mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya'ni jamg'arma,
bino, qurilish, asbob-uskuna, erni yaxshilashga ketgan kapital qo'yilmalar hisobga
olinmasa ham bo'laveradi, deb noto'g'ri o'ylagan. Ammo XVII asrdagi Angliya
uchun bunday yo'l ancha realistik edi, chunki jamg'arma normasi past bo'lgan,
Angliyaning moddiy boyligi nisbatan sekin o'sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining
bu xatolari uning izdoshi Gregori King tomonidan to'g'rilandi va XVII asr oxiridagi
Angliya milliy daromadi nihoyatda to'g'ri hisoblab chiqildi.
E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, V.Pettining so'nggi asarlari ko'proq aholi,
uning o'sishi, joylashuvi va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti
zamondoshi va do'sti, mayda savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik
statistika faniga asos soldi. 1662 yildan boshlab Angliya aholi sonining umumiy
soni, tug'ilish, o'lim va tabiiy o'sish masalalari bo'yicha kitoblar yuzaga kela
boshladi.
3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning
iqtisodiy qarashlari
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g'oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan
bog'liq bo'lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g'oyalar Angliyada
Rikardo bilan intihosiga etgan bo'lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi.
Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo'lib, qirollar («qirol - quyosh -
Lyudovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber
tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib
kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq
xo'jaligining ziyoniga o'tkazildi, feodal munosabatlar to'la saqlab turildi (eslang,
Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo'lib o'tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob
XVIII asr oxirida ro'y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to'siq edi.
Manufakturalar paydo bo'ldi, ammo rivoj topmadi.Sex tizimi saqlangan bo'lib,
rivojga to'siq edi.
Yer masalasi to'la hal etilmadi, «Senorsiz er yo'q» tamoyili saqlandi, mayda er
egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig'imlarga mahkum etilganligi ularni bu
tizimda erni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag'batlantirmas edi,
vaholanki aholining 3/4 qismi dehqonlar bo'lib, ular bu sohada tushkunlikda edi.
Shu sababli bu sohada islohotlar o'tkazish zarur bo'lgan, ammo unga shu davrdagi
tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo'lib, kapitalistik tadbirkorlikning o'sishiga
yo'l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to'lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar
umuman soliq to'lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan
ustalik bilan bosh tortar edi.
Yana bir muhim to'siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar tufayli
mablag'larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. Qirol saroyidagi bazmi
jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal munosabatlar o'zining
cho'qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), vaholanki Angliyada burjua
inqilobi bo'lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori
tabaqa barcha erning egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo'lsalar ham, feodal
majburiyatlar nihoyatda ko'p edi. Xo'jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin
rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo'jaligida natural xo'jalik asosiy bo'lib,
sanoat rivoji past bo'lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfyumeriya mahsulotlari
tayyorlash bo'yichagina Fransiya Evropada yuqori o'rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sosial-
iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo'lgan Per
Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Per Lepezan
- iqtisodchining asl familiyasi bo'lib, de Buagilber - bu oila er pomestesining nomi
edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber
dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan
shug'ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam)
lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o'z ko'zi bilan ularning nochor
ahvoliga guvoh bo'ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o'g'liga
topshirdi; o'zini «qishloq xo'jaligining advokati - himoyachisi» deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiyasidan
iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman
foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go'sht, kiyim-kechak va
boshqalardan iboratdir. Xatto erga va pulga egalikning o'zi boylikni ta'minlaydi.
Agar er ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va
kiyim-kechak) aralashtirilmasa bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum
etiladi.
Shu sababli jamiyatda pulni ko'paytirish emas, balki ishlab chiqarishni o'stirish
masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo''tadillik mavjud bo'ladi;
tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar qoidasiga
amal qilinadi;
milliy
iqtisodiyot
manfaatlari
uchun
shaxsiy
manfaatning
jamoat
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
xo'jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga etarli baho berilmaydi
va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo'li bilan qishloq xo'jaligining roli ataylab
mutlaqlashtirgan.