ANTIK DAVR ARXEOLOGIYASI
REJA:
1. Antik davr haqida umumiy ma’lumot.
2. Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi (Parfiya,
Marg'iyona, Xorazm, Baqtriya, So'g'd).
3. Misr arxeologiyasi.
TAYANCH SO’ZLAR
Antik davr, Yunon-Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Davan (Farg’ona) davlatlari
moddiy madaniyati, Dalvarzintepa, Tuproqqal’a yodgorliklari, haykaltaroshlik,
amaliy va tasviriy san’at.
Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan
ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab
ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash
uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va
inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat
o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan
buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon
madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan.
Mil. avv. I ming yillik yunonlar bosqini va ularning keng hududlar bo’ylab
tarqalishlari bilan bog’liqdir. Yunon manzilgohlari turli joylarda barpo etilib,
metropoliyalarida bo’lgan antik jamiyat uchun xos bo’lgan quldorlik tuzumini olib
kelishdi. Bu davrda Yunonistonda muhim ijtimoiy jarayon – quldorlik jamiyatining
shakllanishi va mustahkamlanishi yuz bergan edi. Quldorlik tuzumining rivojlanishi
natijasida ozod dehqonlar xizmatidan ko’ra qullar mehnatidan foydalanish kuchaydi.
Bu esa, ozod dehqonlar sonini tobora kamaytirib, ularni yerdan mahrum qilib qulga
aylanishlariga olib keldi.
Yunonistondagi qullarning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi natijasida ular
orasida o’limni kuchaytirdi, bu esa, mazkur davlatni qullar mehnatiga bo’lgan
ehtiyojni keltirib chiqardi. Yunon bosqini mil. avv. VIII asrdayoq O’rta Yer dengizi
bo’ylaridagi yerlarni bosib olinishi bilan boshlangan bo’lib, mil. avv. VII asrga kelib
yanada kuchaydi. Bu hududda vujudga kelgan yunon shaharlari – koloniyalar
metropoliyalardan mustaqil holda boshqarilar edi. Ular O’rta Yer dengizi bo’ylarida
yashovchi qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sezilarli ta‘sir o’tkazishdi.
Vaqt o’tishi bilan yunonlar o’z hududlarini tobora kengaytirib Shimoliy Qora
dengiz bo’ylarini ham bosib ola boshlaydilar. Bu yerdagi eng qadimiy yunon
koloniyalaridan biri Dnepropetrovsk-Bugskiy rayoni bo’lgan. Bu yerda Berezan
orolida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari jarayonida aholisi asosan baliqchilik
bilan shug’ullangan ilk yunon manzilgohlaridan biri ochib o’rganilgan. Koloniya
ioniy qabilalariga tegishli bo’lib, bu yerdan topilgan sopol buyumlari ioniy uslubda
– kulolchilik charxida yasalgan va juda sifatli qilib pishirilgan va turli afsonaviy
manzaralar, o’simliksimon va geometrik naqshlar solingan.
Keyinchalik Janubiy Bug daryosining o’ng qirg’og’ida Olviya deb nomlangan
koloniya vujudga keladi (yunonchadan tarjimasi “Baxtli”). Bu yunon koloniyalariga
berilgan odatiy nomlardan biridir. Olviya 50 ga maydonga ega bo’lib arxeologlarning
taxminiga ko’ra 15 mingga yaqin kishi yashagan. Uning paydo bo’lishi haqidagi ilk
ma‘lumotlar Gerodot asarlarida berilgan.
Olviya shahriga mil. avv. VII- VI asrlarda Milet shahridan kelgan Kichik
osiyoliklar asos solishgan. Olviyaning gullab-yashnagan davri mil. avv. IV asrga
to’g’ri keladi. Mil. avv. 331-330 yillarda Aleksandr Makedonskiy sarkardalaridan
biri bo’lgan Zopirion qo’shinlari tomonidan qamal qilinadi. Mil. avv. III asrga kelib
skif-sarmat qabilalarining bosqini natijasida boshqa yunon koloniyalari singari
Olviya ham tushkunlikka yuz tutadi. Mil. avv. II asrda Olviya butunlay skiflar
tomonidan bo’ysundiriladi. Mil. avv. I asrda shahar frakiy qabilalar bo’lgan getlar
bosqinini boshdan o’tkazadi. Keyinchalik shaharning avvalgi maydonining uchdan
bir qismida hayot yangidan boshlanadi. Ayrim mahallalar qabriston tagida qolib
ketadi. Milodiy III aasrda Olviya shahridagi hayot gotlarning bosqini natijasida
butunlay vayronaga aylanadi.
Olviya shahri atroflari yunonlarga qarashli bepoyon g’alla maydonlaridan
iborat bo’lib, aholisi asosan don yetishtirish va eksporti bilan mashg’ul bo’lgan.
Olviya uzoq shimoliy hududlargacha savdo aloqalarini olib borganligini tarixiy
manbalar va ashyoviy topilmalar tasdiqlaydi. Olviyada ishlangan buyumlar Kiev va
Poltava hududlaridan topilgan bo’lsa, shuningdek bu yerdan Volga bo’yi hududlariga
olib boruvchi karvon yo’li boshlangan.
Arxeologik tadqiqotlar jarayonida turar-joy, xo’jalik binolari bilan birga savdo
markazi qoldiqlari ham ochib o’rganilgan. Bu yerdan 700 ga yaqin tanga-chaqalar
topilgan.
Tangalarning paydo bo’lish tarixiga nazar tashlasak, ularning paydo bo’lishi
mil. avv. VII asrda lidiyaliklar tomonidan muomalaga kiritilgan va keyinchalik
boshqa hududlarga ham tarqalgan. Ilk Olviya tangalari mil. avv. VI-V asrlarda paydo
bo’lgan. Ularda asosan delfinga tashlanayotgan burgut tasvirlangan.
Qal‘aning shimoliy qismida Zevs va Apollonga sig’iniladigan ibodatxona
bunyod etilgan bo’lgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o’z
navbatida jahon sivilizatsiya tarixida katta o’ringa ega. Sharq sivilizatsiyasini, shahar
madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg’ona moddiy madaniyatisiz tasavvur
etib bo’lmaydi.
Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va
iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Mil.
avv. 330 yilda Makedoniyalik Aleksandr Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-
mor qiladi. Mil. avv. 329-327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Xorazm, Farg’ona va
Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo’lib qoladi. Markaziy Osiyo tarixida
qadimgi dunyo - antik davrni vujudga keltiradi. Mil.avv. III asrning o’rtalarida
Baqtriya va Parfiya Salavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya yerlarida Yunon-
Baqtriya davlati tashkil topadi.
Markaziy Osiyo hududlarining Ahamoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi,
garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli
darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan
moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo
mil. avv. 330-327 yillarda Aleksandrning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari
oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz
qoldi. Lekin ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda
faqat salavkiylar davridan boshlanadi. Mil. avv. III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada
Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm
elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda,
uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rta Osiyoning
janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining
qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo
aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari – So’g’d,
Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi. O’sha davr madaniy
hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepa, Eski Termiz, Jondavlattepa:
So’g’dda Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a,
Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada
Asxikent, Koson, Marhamat kabi yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va
qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi.
Miloddan avvalgi II asrning 2-yarmida O’rta Osiyoning shimoli-sharqidan
ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalari Qadimgi Farg’ona, Ustrushona, So’g’d orqali
Qadimgi Baqtriya yerlariga kirib keladi. Milodiy I asrning boshlarida yuechjilarning
guyshan qabilasi boshchiligida Kushonlar davlati tashkil topadi. Uning hududiy
chegarasi Hindistonda Hind va Ganga daryolarining havzalarigacha borib yetadi.
Qadimgi Farg’onada Davon davlati, O’rta Osiyoning qolgan hududlari (Xorazm va
So’g’d) esa,, Sirdaryoning o’rta havzasida qadimgi davrda qad ko’targan Qang’
davlati tarkibida rivojlanishda davom etadi. Mil. avv. III asridan boshlab Kushonlar
saltanati inqirozga uchraydi. Shu tariqa O’rta Osiyoning davlatlari quldorlik
munosabatlari tushkunligi bilan bog’liq holda tanazzulga yuz tutadi.
Yunon-Baqtriya Sharqning yirik davlati sifatida 120 yildan ortiq (mil.av. 250-
128 yillar) vaqt yashadi. Yunon-Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona,
Marg’iyona yerlari tashkil etgan bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan to’q, shaharlari ko’p,
tabiiy boyliklari mo’l hududlar edi. Yunon-Baqtriyaning ko’plab yodgorliklari
qadimgi davrga mansub bo’lib, ularning asosiy qismi arxeologlar tomonidan
o’rganilgan. Baqtriyada – (Afg’oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum,
Dalvarzin kabi; Qabadshoh, Qayqabod, Ko’hnaqal’a (Tojikiston qismida),
Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko’plab qadimgi shahar
xarobalari (O’zbekiston qismida) ochib o’rganilgan. So’g’diyonada Yerqo’rg’on,
Afrosiyob, Talli Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari,
Marg’iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan.
Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari
kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lib, bu davrda yasalgan
kulolchilik buyumlarining tengi yo’q edi.
Uy-joylar shohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari
qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga
ko’tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So’g’d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi.
Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi.
Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar.
Yunon-Baqtriya aholisi zardushtiylik diniy e’tiqodida bo’lib, mahalliy diniy
tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, yerga,
quyoshga bo’lgan hurmat va e’tiqod ilohlarga bo’lgan (Mitra, Naxid) e’tiqod bilan
uyg’unlashib ketgan.
Ko’chmanchi qabilalarning Yunon-Baqtriya yerlariga kirib kelishi uni
inqirozga uchratadi. 110 yilda yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya yerlariga kirib
kelib, o’z hukmronligini o’rnatdi. Guyshan qabilasi yabg’usi Kudzula Kadfiz boshqa
qabila yabg’ularini tobe etib, o’zini hukmdor deb e’lon qiladi. Tarix sahnasiga shu
tariqa Kushonlar davlati kelib, u uzoq muddat, milodning IV asrigacha hokimiyatga
egalik qildi. Uning hududiy chegarasi Amudaryo qirg’oqlaridan janubda
Hindistonning janubiy rayonlarigacha tarqaldi. Kushonlar podsholigida shahar
qurilishi, me’moriy-monumental, amaliy va tasviriy san’at, haykaltaroshlik
rivojlandi.buddaviylik diniy e’tiqodi davlat dini darajasiga ko’tarildi. Budda va uning
sanamlari (badisatva) ni haykallari bilan ibldatxonalarni bezash ruhiy va ma’naviy
zaruratga aylandi. Dehqonchilik, uning asosi hisoblangan irrigatsiya inshoatlari
barpo etish taraqqiy etdi. Bu ishlarning davlat tasarrufiga olinishi ko’plab moddiy
boyliklar yaratilishiga imkon berdi. Kushonlar davrida ichki va tashqi savdo
kuchaydi. Buyuk Ipak yo’li g’arb va sharq xalqlarining hayotida katta rol o’ynadi.
Kushonlar davrining katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklaridan biri
milodiy I asr boshlariga mansub bo’lgan «Xolchayon hokimining saroyi» dir.
Xolchayon saroyining kutish zalini qadimgi haykallar kompazitsiyasi egallagan
bo’lib, ularda turli etnoslarning qiyofalari o’z aksini topgan. Shuningdek, saroyda
a’yonlar, kurash sahnasi, og’ir gulchambarlarni ko’tarib turgan bolalar haykallari,
musiqa asboblari tutgan ayol haykallari topilgan.
Buddaviylik bilan bog’liq bo’lgan yodgorliklardan biri Ayritom bo’lib, u
Termiz yaqinida Amudaryo bo’yida joylashgan. Bu yerdan topilgan me’moriy san’at
asarlarida turli xil musiqa asbobi chalayotgan musiqachilar tasvirlangan1.
Termiz yaqinida arxeologlar Qoratepa yodgorligini topib o’rganganlar.
Qoratepa buddaviylik dinining ibodatxonasi bo’lgan. Qoratepa tabiiy tepalik bo’lib,
uning atrofidan ko’plab haykallar topilgan. Fayoztepa esa, Qoratepa yaqinida
joylashgan yodgorlik bo’lib, u buddaviylarning ibodatxonasi va maktabi vazifasini
o’tagan2.
Kushonlar davriga oid yodgorliklarning yana biri Dalvarzintepa bo’lib, u
Surxondaryo viloyatida joylashgan. 1972 yilda Dalvarzintepani qazish vaqtida 34 kg
og’irlikda tilladan ishlangan 115 dona buyum topilgan. Ular bilaguzuklar, uzuk,
to’g’nag’ichlar bo’lib, yuksak mahorat bilan yasalgan. Dalvarzintepani qazish
vaqtida 60 ta turli xil metal buyumlar topilgan. Metall bilan bog’liq
hunarmandchilikning rivoji haqida gap ketganda Dalvarzintepadan topilgan tosh
qoliplarni ham ko’rsatish mumkin. bu qoliplarda oyna, o’roq, pichoq, bigiz va boshqa
shunga o’xshash ho’jalik buyumlari quyilgan. Metall esa, sopol idishlarda tigellarda
eritilganligi olimlar tomonidan aniqlanib, o’rganilgan. Dalvarzintepani qazish
1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 109-bet.
2 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 110.
vaqtida ot uzangilari va suvlig’i, oyna, bilaguzuk, halqa va qarmoqlar, ikki parrakli
bronza paykonlari topildi3.
Chust madaniyati yodgorliklarida toshdan mehnat qurollari yasash davom
etadi. Masalan, birgina Dalvarzintepani qazish vaqtida 1500 ga yaqin tosh qurollar
topilgan. Tosh qurollar orasida qum-toshdan yasalgan o’roqsimon pichoqlar yasash
alohida diqqatga sazovordir. Bu yerdan 400 yaqin ana shunday tosh pichoqlar
topilgan. Topilmalarga qaraganda o’sha davrda suyakdan qurol yasash ham keng yo’l
qo’yilgan. Suyakdan yasalgan-taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ham
Davlvarzintepada ko’plab uchraydi.
Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o’rganilgan.
Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri
–Qo’yqirilganqal’adir.
Qo’yqirilganqal’ada 1951-57 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib
borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning mil. avv. IV – milodning I asriga
mansub bo’lgan shaharlaridan biri bo’lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat
bo’lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o’rab olingan. Arxeologlar 3 qatordan iborat
bo’lgan mudofaa devori bo’lganligini, tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar
uchun qilingan tuynuklar, aylana shaklida burjlar o’rnini aniqlaganlar. Qal’ada
3 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 110-111.
kulolchilik rivojlangan idishlar sirtiga afsonaviy qushlar rasmi chizilgan. Ko’plab
idishlarda chopar ot ustidagi sipohiylar surati solingan. Tulpor ot tasviri esa, ko’plab
uchraydi. Urug’ totemlari bilan bog’liq xususiyatlarni aks ettiruvchi arslon, jayron,
tuya singari hayvonlarning suratlari solingan buyumlar keng tarqalgan.
Devorning
muhim
madaniy
yodgorliklaridan
biri
Tuproqqal’adir.
Tuproqqal’a Xorazmshohlar podsholarining markaziy shahri bo’lgan. Yodgorlikda
keng ko’lamdagi ishlar 1945 yildan S.P.Tolstov tomonidan olib borilgan.
Tuproqqal’aning maydoni 17,5 ga bo’lib, u III-IV asrlarga mansub noyob yodgorlik.
Yodgorlik markazida 80х80 m hududni podsho saroyi egallagan. Saroyning devorlari
haykallar bilan bezatilgan. Saroy xonalari esa, har xil maqsadlar uchun
mo’ljallangan. Arxeologlar ularni «podsho zali», «raqqoslar zali» degan shartli
nomlar bilan atashgan.
Podsho zalida ko’plab haykallar bo’lib, ularning barchasi loydan ishlangan.
Ular qimmatbaho va turli rangdagi liboslarda tasvirlangan. (yaxtak, sholvor kiygan
erkaklar, burmalangan ko’ylakdagi ayollarning haykallari). “Qizil tanli harbiylar
zali”da podsho haykali qo’yilgan, uning ikki tomonida o’ziga xos bosh kiyimdagi
qurolli harbiylar haykali o’rnatilgan. Podshoh saroyining yana bir zalida mayho’rlik
bazmi ko’rsatilgan. Tuproqqal’a yodgorligidan podsho arxivi topilgan, u 100 ga
yaqin hujjat bo’lib, shundan 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi teriga yozilgan, hozirgi
kungacha ularning 8 tasi yaxshi saqlangan. 100 ga yaqin hujjatdan 26 tasi o’qishga
yaroqli. Tuproqqal’a Xorazm davlatining III-IVasrlarda poytaxti bilan bu shahar
antik davr shahar madaniyatining yorqin timsolidir.
Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston yerlarida mil. avv. III
asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush
tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da
yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi
ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on
markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib,
atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo,
(o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari,
maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan4.
Ma’lumki, O’rta Osiyoda mil. avv. III-II asrlarda Farg’ona davlati-Davan
shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkana, Xitoy manbalarida esa,
Davan deb atalgan.
Xitoy manbalarida mil.avv. I asrda Davan ko’p aholisi bor, dehqonchilik va
hunarmandchilik ho’jaliklari yuksak rivojlangan.
Davanda 70 ga yaqin obod shahar bo’lgan. Bu hududda bog’dorchilik,
ziroatchilik, to’qimachilik rivojlangan. Farg’onaning samoviy duldullari-afsonaviy
otlari mashhur bo’lgan; Ershi, Axsi, Quva singari shaharlar taraqqiy etgan.
Xulosa qilib shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antik davrda shahar
madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu yerda Qadimgi
Sharq sivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi.
Me’morchiligida mudofaa inshootlari, diniy va dunyoviy monumental inshootlarning
paydo bo’lishi shahar madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi. Moddiy
madaniyatning barcha jabhalarida originallik, amaliy va tasviriy asarlarida yuksak
did va mahorat ruhi antik madaniyatni mazmun va mohiyatini belgilab beradi.
Misr arxeologiyasi
Qadimgi Misr tarixi, madaniyati va san’atini o‘rganishda arxеologik qazilmalar
beqiyos o‘rin tutadi. Ma’lumki, qadimgi Misr madaniyati antik sivilizatsiyaning
taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun ham Yevropa olimlari va
sayyohlarida katta qiziqish uyg‘otgan. XVIII asrning o‘rtalarida Pokok, Nordеn va
Bryus kabi Yevropa olimlari Misrga yo‘l olib, Fiva vodiysidagi qadimiy ehromlar,
podsholar qabrlari haqida yozib qoldirishgan. Biroq G‘arbiy Yevropa ilmiy doiralari
birinchi marta, Misr madaniyati bilan 1798 yilda Napolеon Bonapartning Misrga
ekspеditsiyasi tufayli ozmi-ko‘pmi yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishgan.
Napolеon Bonapart ekspеditsiyasi tarkibida turli olimlar, arxеologlar bor edi.
Ushbu ekspеditsiyaning ilmiy natijasi sifatida Misr tarixiga bag‘ishlangan 24
4 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 103.
tomdan iborat bo‘lgan qadimgi ibodatxona vayronalari, ayrim manbalar (tosh,
suyak, yog‘och va h.k.) ustiga bitilgan yozuvlar nusxasini o‘zida aks ettirgan
rasmlar, jadvallar, qadimgi Misr yodgorliklari nashr etilgan. Chop etilgan ushbu
ilmiy ishlar Yevropa olimlari, mutaxassislari hamda jamiyatning turli qatlamlari
o‘rtasida qadimgi Misr tarixi va madaniyatiga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi.
Ba’zi olimlar qadimgi Misr iyerogliflarini o‘qishga kirishishdi. Ana shunday
tashabbuskor olimlardan biri istе’dodli fransuz filologi Fransua Shampolon (1790-
1832 y.) edi. U yunon, lotin, kopt tillarini yaxshi bilar, arab tilida erkin so‘zlashar
va yozardi. 20 yoshida til bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olishga muyassar
bo‘lgan edi.
F.Shampolon Napolеon ekspеditsiyasi olimlari ishini davom ettirish maqsadida
1828 yilda Misrga arxеologik ekspеditsiya uyushtirdi. U Misrda bir yarim yilcha
ishlab, arxеologik qazilmalar olib bordi, turli qadimiy yozuvlardan nusxalar
ko‘chirdi. Iqtidorli olimning fidokorona mehnati tufayli “Misr va Nubiya
yodgorliklari” dеb nomlangan qator qimmatli albomlar yaratildi. Bu albomlar
olimning vafotidan so‘ng nashr etildi.
Arxеologik qazilmalar. XIX asr o‘rtalarida nеmis misrshunoslari-Lеpsius va
Bruchshеm Misrga yirik arxеologik tadqiqot ekspеditsiyasini uyushtirishdi.
Ekspеditsiya xodimlari nafaqat Misrni, balki unga tutash va qo‘shni bo‘lgan Suriya,
Falastin, Sinay yarim oroli, Nubiya va Sudanni o‘rganib chiqishdi. Ekspеditsiya
jarayonida ko‘plab qadimiy yodgorliklar to‘plandi. Bu yodgorliklar kеyinchalik
Berlinda Misr muzеyini tashkil qilishga asos bo‘ldi. Arxеologik qazilmalar va
qidiruvlar natijasida Lеpsius ”Misr va Nubiya yodgorliklari” nomi bilan noyob,
monumеntal albomlarni nashr etdi.
Tashabbuskor, jasoratli olim Marriyet butun hayotini Misrdagi arxеologik
tadqiqotlarga bag‘ishladi. U birinchi bo‘lib Misr hududida yalpi arxеologik
qazilmalarni amalga oshirishga kirishadi. Marriyet Mеmfis yaqinidagi muqaddas
buqalar-opislar mozorida, Sakkaradagi qadimgi podsholik davridagi qabrlarda,
Abidos va Fivadagi XIX sulola davriga oid ibodatxonalar (ehromlar)da qazish
ishlarini olib bordi. Shuningdеk, qadimgi Misr poytaxtida arxеologik tadqiqotlarni
amalga oshirdi. Marriyet Misrda qadimgi qazilmalar boshqarmasini tashkil qilishga
hamda Qohirada misrshunoslik muzеyini tuzishga yordam berdi.
Shampolon va Marriyetning arxеologik ishlarini fransuz misrshunosi Gaston
Maspero (1846-1916 yillar) davom ettirdi. U V-VI sulolalar davrida barpo etilgan
Sakkara ehromlarini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Piramidalar ichidagi qabrlar ustiga
bitilgan g‘aroyib diniy matnlarni topdi. Ularni “Sakkara piramidalaridagi yozuvlar”
nomi bilan nashr etdi.
Fiva yaqinidagi Dayr-al-Bahrida joylashgan maxfiy yerlarda Yangi Podsholik
davridagi mashhur fir’avnlarning o‘ttizga yaqin mumiyolangan jasadlarini topdi.
Maspero Misrning turli joylarida ko‘plab arxеologik qazilma ishlarini amalga
oshirdi Misr qadimiy yodgorliklarini o‘rganish, nashr etish va ularni muhofaza qilish
ishlarini tashkil etdi. XIX asr oxirida “Misrni tadqiq etish fondi” tashkil topdi.
Ayni paytda Misrda ancha yirik arxеologik qazilmalarni amalga oshirgan dе
Morgan arxaik davri yodgorliklarini kashf etdi. Nеvill ismli olim Malika Xatshеpsut
ibodatxonasini sinchiklab o‘rgandi.
Ingliz qadimshunosi Flinders Pеtri ham butun umrini (1853-1942 yy.)
arxеologik izlanishlarga bag‘ishladi. U Misrning turli nuqtalarida yirik qazilmalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Pеtrining qazilma ishlari tufayli fan moddiy
madaniyatning juda ko‘p qimmatbaho yodgorliklariga ega bo‘ldi.
XX asrga kеlib, Misrda olib borilgan arxеologik qazish ishlari ilmiy va
arxеologik usullar asosida amalga oshirilib, birmuncha sistеmali tus oldi. Misrning
turli mavzеlarida arxеologiya qazilmalari bilan shug‘ullangan arxеologlar orasida
mamlakatning yirik muzеylari xodimlari, misrlik yosh olimlar, koptlar va arablar
bor edi. Ular Misrda mahalliy misrshunoslik maktabiga asos soldilar. Amerikalik
misrshunos Rеysner esa, Xufu piramidasi atrofida joylashgan qabrlarni o‘rganib, shu
jumladan qadimgi Misr podsholigi davrida yashagan ayol podsho qabrini ham tadqiq
etdi. Angliya va Fransiya arxеologlari Fyert, Gеnn, Lauer va boshqalar tomonidan
Sakkarada yirik arxеologik qazilmalar o‘tkazilib, Josserdagi zinapoyali piramida
atrofida joylashgan yirik mе’morlik majmuasi o‘rganildi.
Al-Amarnada o‘tkazilgan qazilmalar natijasida fir’avn Exnatonning poytaxti -
“Aton ufqi” shahri xarobalari aniqlandi. Bu shahar go‘zalligi, muhtasham saroylari,
ibodatxonalari, xizmatkorlar yashaydigan hovlilari, bog‘lari, ko‘chalari, chiroyli
binolari bilan bag‘oyat go‘zal manzarani kasb etardi.
Fir’avn Tutanxamon (XVIII sulola) qabrining ochilishi arxеologiya fanida ulkan
shov-shuvga sabab bo‘ldi. Arxеologlar Karter va Karnarvon ushbu qabrning to‘rtta
xonasidan hashamatli Misr saroyini, shuningdеk, qo‘l tеgmagan, mumiyolangan
Misr fir’avni jasadini topishdi. Jasad oltin niqob, ko‘plab qimmatbaho zеb-ziynatlar,
tumor va boshqa narsalar bilan bеzatilgan edi. Misrning qadimgi poytaxti Fivada
Amon xudosi sha’niga atab qurilgan ulkan ibodatxona vayronalari diqqat bilan
o‘rganildi. Ayniqsa, Amerika arxеologlari tomonidan Madinat-Abudagi Ramzеs III
saroyi, ibodatxona vayronalari chuqur o‘rganib chiqildi. Bu yerda topilgan juda boy
mе’moriy va epigrafik materiallar Misrning o‘tmishini o‘rganishda katta ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Shunday qilib, yuz yildan ziyod vaqt ichida o‘tkazilgan arxеologik qazilmalar
natijasida ko‘plab moddiy boyliklar, xilma-xil yozuvlar, san’at asarlari, din va unga
oid buyumlarning o‘rganilishi qadimgi Misr tarixi va madaniyatining yorqin
tomonlarini ochib berishda, hamda ilmiy misrshunoslikning yanada rivojlanishiga
katta turtki bo‘ldi.
Misr yozuvlarining kashf etilishi. Qadimgi Misr tarixini o‘rganishda Misr
yozuvlarini o‘qish, o‘rganish, ular «kalitining» topilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Misrning qadimgi yozuvlarini, tilini o‘rganish, ularni tadqiq qilish va ilmiy
muomalaga kiritish nihoyat mushkul va murakkab ish hisoblanadi.