ANTISEPTIKA VA ASEPTIKA ASOSLARINI O’RGANISH, XIRURGIK
BEMOR BOLALARNI QABUL QILISHDA SANITAR ISHLOV
BERISHNING AXAMIYATI
Jaroxatda og’ir yiringli jarayonni chaqiruvchi har xil mikroorganizimlarga
qarshi kurash mexanizimlarini ishlab chiqilmaganda, hozirgi xirurgiya yutuqlariga
erishilmasdi. Xirurgiya tarixidan bilamizki, infektsiyalarga qarshi kurashning ikki
xil yo’li bulgan: Antiseptika va Aseptika
Antiseptika (grek. so’z bo’lib anti- qarshi, septika- yallig’lanish) jaroxatga
yoki to’qimaga tushgan mikroblarga qarshi kurash va aseptika (tozalik) – jaroxatga
infektsiya tushishini oldini olish. Rejali ravishda qilinadigan aseptika va antiseptika
zamonaviy xirurgiyaning muhim tamoyillaridan sanaladi. Aseptika antiseptika
bilan birgalikda steril sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan tadbirlarga asosan
xirurglar faoliyatiga imkoniyatlar ochadi. Mikroblarni rivojlanishi uchun, xayoti
uchun qulay sharoit kerak, ya’ni: harorati, osmotik bosimi va ion bir hilligi
ta’minlanishi kerak. Klinik amaliyotda antiseptik vositalarni ishlatilganda
mikroorganizimlarda moddalar almashinuvi va strukturasi buziladi. Shu tariqa
antiseptik vositalar o’zining bakteriosatik ta’sirini bildiradi. Agar antiseptik
moddalar mikrob plazmasiga kirsa tarkibidagi oqsil moddasini ivishiga olib keladi,
o’z yo’lida mikrob xujayrasini o’limiga sabab buladi va bunda antiseptik moddalar
o’zining bakteriolitik ta’sirini bildiradi.
Antiseptik omil turlari mikroorganizmga ta’siriga qarab bo’linadi:
- Mexanik
- Fizikaviy
- Kimyoviy
- Biologik
Mexanik antiseptika – bu mexanik yo’l bilan mikroorganizmlarni jaroxatdan
olib tashlashdir.
Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish
(jaroxatdan yot jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, xamda
nekrozga uchragan to’qimalarni kesib olib tashlash tushuniladi.
Fizikaviy antiseptika – jaroxatni davolashda va yalliglanishga qarshi
kurashda asosiy zamonaviy usullardan biridir.
Fizikaviy antiseptikani asosini quyidagilar tashkil etadi – issiqlik, har xil
lampalar, ovoz tovushlari, xar xil nurlar, atrof muhit (havoning namligi va uning
harorati), jarohatni ochiq qoldirish va gigroskopik usullar. Shunindek fizikaviy
antiseptikaga fizioterapevtik davolar ham kiradi, bular: UVCH-terapiya,
elektroforez usullari, diotermiya usuli, ozonoterapiya usuli, davolovchi loylar va
boshqalar.
Infektsiyani organizmga tarqalishini oldini olishda va yalliglanish infiltratini
so’rilishini ta’minlash maqsadida (UN) – ul’trabinafsha nuri bilan kam miqdorda
nurlash ishlatiladi. Bu organizimni immunitetini, aglyutinlarni miqdorini va qon-
plazma elementlarini miqdorini oshiradi.
Oxirgi o’n yilda lazer nuri bilan davolash ko’p qo’llanilib kelmoqda. Lazer
bilan davolashda lazerni kam miqdordagi nuri foydalanilib kelinmoqda. Bunda
geliy-neonli lazer nurlari monoxromatik doirani hosil qilb teriga 0.61 mm;
mushakga 2.04 mm gacha ta’sir qiladi. Shuningdek ul’tratovush usullari xam
davolashda keng qo’llanilib kelinmoqda.
Kimyoviy antiseptika – mikroorganizmlarga qarshi kurashda turli xil
kimyoviy moddalarni qo’llash usulidir. Xozirgi kunda strukturasiga ko’ra turli xil
kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Ular bo’linadi:
Neorganik strukturali moddalar – galoidlilar (xlor va uning birikmalari, yod
va uning birikmalari); oksik erituvchilar (bor kislotasi, kaliy permanganat,
vodorod peroksid); ogir metallar (simob, kumush va alyuminiy).
Organik strukturali moddalar – fenollar, salitsil kislotasi va farmaldigidlar
kiradi.
Shuningdek kimyoviy antiseptiklarga kiradigan bakteriyalarga va
yalliglanishga qarshi moddalar xam bor. Ularga sul’fanilamid gruppasiga