Applikatsiya bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

18,4 KB


Applikatsiya bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Reja:
 1. Applikatsiya san’ati haqida tushuncha
 2. Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi
 3. Applikatsiya usulida kapalak yasash 
  Mavzuga oid tayanch tushunchalar:  Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va
mozaika bilan ishlash texnologiyasi, applikatsiya va mozaika tarbiyaviy ahamiyat. 
 
  Tasvirlash  texnikasining  turli  shakllari  mavjud  bo’lib  ulardan  bir  –
applikatsiyadir. 
 
 Applikatsiya  -  rang-barang  qog’oz  yoki  mato  parchalarini  biror  narsaga
yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan
naqsh,  gulga  aytiladi.  Shuningdek,  applikatsiya  tasvirlash  texnikasining  turli
shakllarini qirqish va ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi)
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. 
  «Applikatsiya» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra xilma-xil bo’lgan,
lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni
yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir material applikastiyasi bajarish ish
usuliga  jiddiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  xususiyatlarga  ega,  masalan,  qog’oz,  limon,
daraxtlar  po’stloqlari  fonga  turli  yelimlar  bilan  yopishtiriladi.  Applikatsiya
tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib unga tabiiy buyumlar bialn
ishlov berish mumkin. Asosiy material qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan
va kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material
bilan  bir  qatorda  quritilgan  o’simliklar  urug’i-  danak,  barglardan  ham  keng
foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan-barxat,
kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik kabi bir qator qog’oz navlari
Logotip
Applikatsiya bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja: 1. Applikatsiya san’ati haqida tushuncha 2. Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi 3. Applikatsiya usulida kapalak yasash Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi, applikatsiya va mozaika tarbiyaviy ahamiyat. Tasvirlash texnikasining turli shakllari mavjud bo’lib ulardan bir – applikatsiyadir. Applikatsiya - rang-barang qog’oz yoki mato parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga aytiladi. Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini qirqish va ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi) tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. «Applikatsiya» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra xilma-xil bo’lgan, lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir material applikastiyasi bajarish ish usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxtlar po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib unga tabiiy buyumlar bialn ishlov berish mumkin. Asosiy material qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material bilan bir qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak, barglardan ham keng foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik kabi bir qator qog’oz navlari
applikatsiya uchun foydalansa applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya ustida
ishlash jarayoni ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra
kerakli detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum tartibda
joylashtirilib yopishtiriladi.
  Hozirgi  kunda  applikatsiya  har  bir  xalq  san’atida  juda  keng  tarqalgandir.
Applikatsiya  eng  yosh  turi  flaristikadir.  1960-yilda  dnyoda  birinchi  florist
rassomlar jamiyati tashkil etiladi. 
  Dekorativ  applikatsiya  u  naqsh,  gullardan  tashkil  topib,  alohidaalohida
tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi
syujetdan  iborat  bo’lishi  mumkin.  Eng  oddiy  applikatsiyalar  bu-geometrik
figuralardan qilingan ornamental applikatsiyalardir. 
  Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, ko’rgazmali
qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar,
devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash
maqsadlarida  ham  keng  foydalaniladi.  Applikastiya  san’atining  manzarali
bezash(dekorativ)  turi  naqsh,  gullardan  tashkil  topib,  alohida-alohida  tasvirlar
(barg,  shox,  qo’ziqorin, qush,  mashina,  odam,  uy  va shu  kabilar)  dan  tarkib
topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi syujetdan iborat
bo’lishi  mumkin.Dekorativ  applikastiya  o’zining  naqshinligi,  shaklining
umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan
dekorativ apshshkatsiya keng qo’llaniladi. Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik
telegrammalari,  taklifnomalar,  albom  va  shu  kabilar  bezatiladi.  Gazlama
applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib
naqsh yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar gazlamadan yasalgan applikastiya
bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish
applikastiyasi san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar
qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak
sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu
ijod xalqda – visinanki deb ataladi. 
  Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta
ahamiyatga  ega.  Applikatsiya  ijodini  rivojlantirishda  katta  yordam  beradi,
tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi,
Logotip
applikatsiya uchun foydalansa applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya ustida ishlash jarayoni ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum tartibda joylashtirilib yopishtiriladi. Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiya eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dnyoda birinchi florist rassomlar jamiyati tashkil etiladi. Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohidaalohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin. Eng oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental applikatsiyalardir. Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash maqsadlarida ham keng foydalaniladi. Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Dekorativ applikastiya o’zining naqshinligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ apshshkatsiya keng qo’llaniladi. Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegrammalari, taklifnomalar, albom va shu kabilar bezatiladi. Gazlama applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar gazlamadan yasalgan applikastiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish applikastiyasi san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki deb ataladi. Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodini rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi,
chamalash  va  rangni  sezishni  o’stiradi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini
ijodkorligini  oshirishda  applikatsiya  ishlaridan  foydalanishda  turli  metod  va
usullardan  unumli  foydalansagina  dars  samaradorligini  oshirishiga  imkon
yaratilgan bo’ladi.
  Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya ishini bajarishda asosiy
e’tibor  uning  umumiy  ko’rinishiga  qaratilishi  kerak.  Yaxshi  o’ylangan
kompozitsiya,  ya’ni  tasvirlash  lozim  bo’lgan  narsalarni  joylashtirish
applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar
yordamida  shakl  va  narsalarning  holati  aniqlanadi,  tasvirlangan  hodisalarning
uyg’unligiga erishiladi. 
  Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni
chizmaslik kerak. Tayyorlangan qisml(detal)lar yelimlanadigan sath, yangi fonga
joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa
qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik
uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli
holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya
o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. 
  Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va
fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni
tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning
mazmuniga,  kerakli  materiallar,  ularning  o’lchamlari,  ranglarini  tanlashga
qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element bo’lishi
kerak. 
  Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun tabriknoma yasashlari
mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik
qirqishni  eslaydilar,  chamalash  ko’nikmalarini  sinaydilar  va  rangli  qog’ozdan
ingichka  oq  va  sariq  to’g’ri  chiziqlarni  qirqadilar.  Quyosh  uchun  kvadrat
qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin.
Novdalar ham qo’lda qirqiladi. 1-rasm Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida
olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li
bilan yasagan sovg’adir. 
Logotip
chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars samaradorligini oshirishiga imkon yaratilgan bo’ladi. Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida shakl va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan qisml(detal)lar yelimlanadigan sath, yangi fonga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element bo’lishi kerak. Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi. 1-rasm Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir.