APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-07-11
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
212,5 KB
APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH DARSLARINI
TASHKIL ETISH METODIKASI
Reja:
1.
Applikatsiya va mozaika san’ati haqida tushuncha.
2.
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
3.
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‘g‘ri tashkil etish
talablari. Applikatsiya va mozaika ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
4.
Texnika xavsizligi qoidalari.
Tayanch tushunchalar:: applikatsiya, qog’oz, tasvirlash, kompozitsiya, detall,
ijod.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali, muammoli, aqliy
hujum, “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko‘rgazmali qurollar, turli
o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar,
stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi tasavvurni
boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash
va rangni sezishni o‘stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘rinishiga
qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan
narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati
aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha
detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va
o‘ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha
joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini
qalam bilan belgilab qo‘yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl –
kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib
ko‘ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va
elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq tondagi qog‘oz va
fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni
tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o‘quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari
mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni
eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va
sariq to‘g‘ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa
bo‘ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda
qirqiladi.Suhbatni o‘qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg‘a
masalasini eslatib o‘tadi. Eng yaxshi sovg‘a o‘z qo‘li bilan yasagan sovg‘adir.
Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo‘lishi
mumkin.Shundan keyin namuna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari,
kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1.Tabriknoma uchun rangli qog‘oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko‘k rangdagi qog‘ozga to‘g‘ri burchak chiziladi, uning o‘lchami uzunasiga,
tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2 sm
atrofida kattaroq;
3. Ko‘k qog‘ozdan qirqilgan to‘g‘ri burchak taklifnomaning ustiga
yopishtiriladi, bunda ko‘k qog‘oz taklifnomani bo‘yashda halaqit bermasligi uchun
bukish chizig‘ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat
shakldagi qog‘ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko‘k va jigar rang qog‘ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek
yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar gullarni shoxlarga o‘zlari
mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o‘qituvchi tarqatgan andoza bo‘yicha qirqadilar.
Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so‘zi yoziladi.Mozaika
monumental dekorativ sa’nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli
mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra ham, naqo‘ va rasmlariga
ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyo madrasalari, machitlar,
hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda
monumental sa’natga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari
va halq amaliy sa’nati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan
ofdalaniladi. Loasda rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi,
ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sapo, gul
tojibarglari, tuxum po‘sti va shu kabilar) qo‘yib chiqishdir.
1. Tuxum po‘stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum
po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan kerakli ranglarga bo‘yaladi.
2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra mayda va
yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning
konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bo‘grilari bo‘lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po‘sti terib
siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po‘st yaxshiroq yopishishi
uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar
ancha murakkablashadi.Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak,
baliq tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish
mumkin.
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko‘ra xilma-xil
bajarilishi texnikasining o‘xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish
usullarini o‘z ichiga oladi. Har bir material applikatsiyasi bajarilish texnikasiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog‘oz, limon, daraxlar
po‘stlog‘lari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bu
applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yin
uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar, shu kabilarni yaratishdan
keng qo‘llash imkonini beradi.
Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida
tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi
syujetdan iborat bo‘lishi mumkin.
Applikatsiya tasvirlash texnikasini turli formalarini qirqish va ularning fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlar orasida paydo bo‘lgan.
Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turar joylarini bezatishda ishlatganlar.
Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan,
yoqutlar applikatsiya ishida po‘stlog‘dan foydalanishgan, bo‘yalgan po‘stlog‘dan
qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va
boshqa shimoliy xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo‘yna ishlatishgan. Komi,
qozoq, kalmik, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-
ro‘zg‘or predmetlarini bezashda foydalanishgan.
Applikatsiya
ishida
asosiy
material
qog‘ozdir,
dazmollangan
yoki
kraxmallangan bo‘lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir
qatorda somon, quritilgan o‘simliklar, urug‘-danaklar, barglar va shu kabilardan ham
foydalansa bo‘ladi.
Qog‘ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, kumush va
bronza, rasm solish va chizmachilik qog‘ozi navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, kuzatuvchanlik,
diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, tasvirni his
qilish, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi. Rangli kog‘oz yoki boshqa
materialdan tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida
bajarilishi lozim bo‘lgan izchillikda ado etiladi. Istalgan applikatsiya syujetni
tanlashdan boshlanib, undan keyin applikatsiya eskizi, qog‘oz tanlash, kerakli
detallarni qirqish, ularni fonga kuyish, yelimlash va nihoyat kuritish jarayonlari
keladi. Oddiy applikatsiyalar eskizsiz bajariladi.
Applikatsiya
ishlarini
bajarishda
asosiy
e’tibor
uning
umumiy
kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi uylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash
lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish-applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir.
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan ornamental
applikatsiyalardir.
Avval ornament eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar o‘lchami va mikdori
hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni
qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi.
Applikatsiyada avval eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar o‘lchami va
miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va
yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. So‘ngra tayyorlangan
materiallar bir-biriga yopishtiriladi.
Geometrik
shaklli
applikatsiyalar.
Bajarilish
texnikasiga
ko‘ra
applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli appilkatsiyalardir. 1 va
3 sinf o‘quvchilari geometrik shaklli applikatsiyani bajarishda quydagi bilimlarni
egallaydilar.
1.
Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g‘ri burchak, uchburchak, aylanani
qog‘oz bo‘lagidan va o‘lchov asboblari yordamida hosil bo‘lishi haqidagi mavjud
bilimlarni mustahkamlaydilar.
2.
Badiiy didni o‘stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda
ornamentlar tuzish bo‘yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.
3.
Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni
to‘g‘ri idrok etishni o‘rganadilar.
4.
Bolalarni “ko‘p, kam, uzunasiga, ko‘ndalangiga, qism va qatlam, ikki
qismga qirqish, to‘rt qismga, teng qismlarga” kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
5.
Bolalar ranglar uyg‘unlagini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda
estetik did tarbiyalanadi.
Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, syujetli
applikatsiyalarga ajratish mumkin. Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash.
Ornament detallari: turli o‘lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi.
Kvadratda naqsh diogonal bo‘yicha tuziladi – bunda shakllarni simmetrik
joylashtirish qo‘lay. Doirada naqsh markazdan radiuslar bo‘ylab tuziladi.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar.
Bolalarni predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Buni
atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar,
gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash
mumkin.
O‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan birgalikda
ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga o‘xshashligi, ularni qanday
o‘lchamlarda, qaysilarini kattaroq, qaysilarini kichikroq olish, qanday izchillikda
joylashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya
bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarni har birini
shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texnologiyasi
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
Ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi;
Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni
belgilaydi;
Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga,
kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos element bo‘lishi
kerak.
Tasvirlash lozim bo‘lgan materiallar yordamida figura va predmetlarning
holati aniqlanadi;
Tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi;
Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi,
ularni chizmaslik kerak;
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va
o‘ylangan tasvir hosil qilinadi;
Agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi;
Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam
bilan belgilab qo‘yiladi;
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz.
Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va
elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o‘stirishga
yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyatlik, tartiblik
tarbiyalanadi.
Uyushqoqlik
bilan
ishlash
ko‘rsatmalariga
rioya
qilish,
tashabbuskorlik ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan
applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material,
o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi,
fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Ko‘p rangli applikatsiyalar. Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish ancha
murakkab ish bo‘lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi
applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan
predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo‘rtib
turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi o‘ylagan asarga bog‘liq. Fonda joylashgan
detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarninig tabiiy joylashishi va
o‘lchamlarining uyg‘unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarning bajarishning bir
necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilamay qirqiladi, ayrim detallar
esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi.