AQLIY VA PSIXIK RIVOJLANISHIDA NUQSONLARI BO'LGAN
O'QUVCHILARNI KORREKTSION O'QITISH
1. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-
pedagogik tavsifnomalari.
2. Aqliy zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo
bo’lishi sabablari
3. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar
Tayanch tushunchalar: oligofreno, aqliy zaiflik, psixologik rivojlanishda ortda
qolish, debillik, imbitsil, idiot bolalar.
6.1. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik
tavsifnomalari
Tadqiqotlar fanlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar orasida psixik
rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy
buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi
shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko'rsatadi. Psixik
rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilarning
taxminan 50 foizini tashkil etadi. PROQni bolalar rivojlanishini ko'rsatuvchi
anomaliya sifatida o'rganish XX asrning 50-yillarining oxirida boshlanib, 60-70-
yillarda keng ommalashdi. Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya)
PROQning quyidagi to'rt variantini keltiradilar:
1)
konstitutsional kelib chiqish;
2)
somatogen kelib chiqish;
3)
psixogen kelib chiqish;
4)
serebral-organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o'ziga xos
xususiyatlarga ega bo'ladilar. Ular maktabda o'qishga to'la tayyor emaslar, ularda
maktabda o'qish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar shakllanmagan, dastur
talablarini o'zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz
hisoblash, o'qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o'rgana olmaydilar.
Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib,
tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi
holatlar kuzatiladi. Ko'pincha boshlari og'riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o'ziga xos. Maktabda ular
o'zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o'qishga nisbatan
qiziqish yo'q yoki juda past bo'lib, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi.
O'yin ular uchun asosiy faoliyat bo'lib qoladi.
PROQ bolalarni ko'pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o'zaro
farqlashda ayrim omillar qo'l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy bilimlarni
o'zlashtirish, hisoblash ko'nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko'zga tashlanishi
bilan birga she'r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha
yuqori bo'ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko'pchilik hollarda PROQ (ZPR) o'quvchilar ommaviy umumiy o'rta ta'lim
maktablarida o'qitiladilar. Ular bilan individual korreksion ishlar olib borilmaydi, shu
bois ular amalda o'quv jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o'zlashtira
olmaydigan o'quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi
korreksion-rivojlantiruvchi ta'limga muhtojlar. Ularga alohida e'tibor ko'rsatish talab
etiladi.
O'zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan
bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab
internatlar va maxsus ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular
ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi
sinflarda ham o'qitishlari mumkin.
Ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.
Boshlang'ich umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 4—5 yil).
2.
Asosiy umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 5 yil). Bolalarni
korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo'yicha ota-onalari yoki
ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko'ra amalga oshiriladi. Sinf 12
nafar o'quvchidan iborat bo'ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaraf
etilishiga ko'ra ommaviy umumiy o'rta ta'lim muassasalariga o'tkazilishlari mumkin.
lkkinchi bosqichda ta'lim (V—IX sinflar) ayrim o'zgartirishlar (muayyan o'quv
mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o'rta
ta'lim
maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-
rivojlantiruvchi sinflarda, ta'limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto
2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi
bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o'quv
faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda
ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o'quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korreksion
o'qitish davolash-sog'lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur.
O'quv materiali hamda ta'lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos
holda tanlanishi zarur.
6.2. Aqliy zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo
bo’lishi sabablari.
Aqli zaiflikni o'rganish bilan bog'liq masalalar korreksion pedagogikada
(defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Amaliyotda "aqlan zaif", "oligofren", "dementsiya" degan atamalar ko’p
ishlatiladi "Aqlan zaiflik" — bu yig’ma tushuncha bo’lib, aqliy jihatdan
qoloqlikning sodir bo’lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning xarakteri,
patologik o’zgarishlarning o’tishi darajasi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ko’zda
tutadi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish
va o'rganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi -
oligofrenopedagogika tomonidan o'rganiladi. «Oligofreniya» (yunoncha oligos -
kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin
tomonidan qo'llanilgan. Oligofreniya - bu natal (tug'ilish payti) yoki postnatal
(hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining
zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni
tafovut qilmoq kerak.
Олигофрения юнонча олигос — кам, оз френ — ақл сўзларидан олинган бўлиб,
эси паст,
ақли паст демакдир. Олигофрен болалар марказий нерв
системасининг органик касалликлари натижасида билиш фаолияти пасайиб
кетиши ва бу нуқсонлар умрбод сақланиб колиш билан бошқа аномал
болалардан фарқ қиладилар.
— ақлий қолоқлик ва бу марказий нерв системасининг қандай
органик касалликларга алоқадорлигини,
Клиник
— билиш фаолиятининг турғун бузилганлигини,
Психологик
мезон
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen
(tashqi) va endogen (ichki) omillar bo'lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga
onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli
kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona
organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli tug'ma
shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar
kasalliklari bilan og'rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni
qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi,
ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari,
chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is'temol qilishlari ham
— ўзлаштириш қобилияти паст бўлиб, боланинг
дастур
материалларини
ўзлаштира
олмаслигини
ифодалайди.
Педагогик
мезон
Келиб чиқиш сабабларига кўра туғма ҳамда
орттирилган бўлиши мумкин.
олигофрения
Онанинг
ҳомиладорлик
даврида
турли
касалликлар — оғир вирусли грипп, тиф, қизилча
билан касалланиши, она организмидаги турли
паразитларнинг
ҳомилага
юқиши,
ҳомиланинг
шикастланиши, отаоналарнинг аткоголизми ҳам
олигофренияга сабаб бўлиши мумкин.
олигофрения
Олигофрения бола уч ёшгача бўлган давр ичида турли хил огир касалликлар
билан касалланиши (менингит, менингоэнцефалит, марказий нерв системасининг
шикастланиши) натижасида ҳам вужудга келади.
Резус факторнинг тўғри келмаслиги, хромосом
касалликлари, фенилкетонурия ва шу кабилар туғма
олигофренияга
олиб
келиши
мумкин.
Олигофрениянинг Даун касаллиги деб аталадиган
бир тури хромосомалар нисбатининг бузилиши
натижасида 46 та ёки 23 жуфт хромосома ўрнига
битта ортиқча хромосоманинг вужудга келиши
натижасида пайдо бўлади.
chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Aqli zaif shaxslar
rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga
ajratish mumkin:
1.
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
2.
Tug'ilishi paytida yoki tug'ilgandan keyin uch yil davomida miyasi
shikastlangan bolalar.
Француз олимлари алкоголизмга гирифтор оилаларда туғилган 57 нафар болани
узоқ муддат кузатиб бориб, уларнинг 25 нафари 1 ёшга тўлмасдан нобуд бўлганини, 5
нафари тутқаноқ, 5 нафари гидроцефалия (бош мия истисноси) касаллиги билан
оғриганини, 12 нафари аклан заиф бўлгани ва фақат 10 нафар бола соғлом чиқканини
аниқлаган.
Олигофрения бола марказий нерв системасининг она қорнидалиги даврида,
туғилиш вақтида ва туғилгандан то уч ёшгача бўлган давр ичида шикастланиши,
касалланиши натижасида келиб чиқади. Агарда турли сабабларга кўра ақлан заифлик
боланинг уч ёшидан кейинги даврида пайдо бўлса, буни энди орттирилган ақлий
заифлик деменция деб юритилади. Деменция прогрессив, яъни табиатан кучайиб
борадиган бўлади. Олигофренияда эса нуқсоннинг кучайиб бориши кузатилмайди.
Debillik- aqli pastlik oligofreniyaning
ent yengil darajasi bo’lib, bunday
bolalarni tashqi ko’rinishiga qarab
soglom
tengdoshlaridan
ajratib
bo’lmaydi. Ular ko’pincha o’qishni
ommaviy maktabning birinchi sinfidan
boshlaydilaru, lekin qiska muddat
ichida ulgurmovchi o’kuvchilar orasiga
qo’shilib qoladilar. Umuman, zehn va
fahmfarosatga bog’liq ishlarda debil
bolalar ancha qiynaladi, biroq ular
yordamchi maktabga o’tib, dasturini
o’zlashtirib chiqishsa, sanoat hamda
qishloq xo’jalik ishlab chikarishida,
maishiy xizmat soxasida oddiy turdagi
mehnat bilan shug’ullana oladi.
Imbetsillik-bolalar
xattoki
yordamchi maktab dasturi
bo’yicha xam ta’lim olish
qurbiga
qodir
emaslar.
Ular
ijtimoiy
ta’minot
vazirligi qoshidagi bolalar
internatlarida
tarbiyalanadilar.
Ammo
umumiy
rivojlanishida
kamroq orqada qolgan
imbetsil bolalar, afsuski,
yordamchi
maktablarda
goho
uchrab turishadi.
Ular yordamchi maktab
dasturini
o’zlashtira
olmaydilar.
Idiotiya
-bolalar
hattoki
o’z
otaonalarini ham tanimaydi. Ular
o’zinio’zi
uddalay
olmaydi,
o’zigao’zi
xizmat
xam
qila
olmaydi. Imbetsil bolalar idiot
bolalarga
qaraganda
nisbatan
tuzukroq rivojlangan bo’lsa xam,
mustaqil
xayot
kechirolmaydi.
Mehnat
va
aholini
ijtimoiy
muhofaza
kilish
vazirligi
qoshidagi muassasalarda ularga
sodda bilimlar, mehnatning ayrim
sodda turlari o’rgatiladi.
Аклий (интеллектуал) ривожланишига кўра
олигофрения уч даражада намоён бўлади
1,2,3