AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

30,9 KB


AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari.
REJA
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida.
2. Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari.
3. Tomas Peynning siyosiy qarashlari.
4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida.
XVIII asr ikkinchi yarmida Amerika qo’shma Shtatlarining mustaqillik
uchun kurashi keskin tus oldi.  Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol
Logotip
AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari. REJA 1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. 2. Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. 3. Tomas Peynning siyosiy qarashlari. 4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari 1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. XVIII asr ikkinchi yarmida Amerika qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashi keskin tus oldi. Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol
namoyon  bo’ldi.  Metropoliya  zulmiga  qarshi  harakatlar  demokratik  g’oyalarni
rivojlanishiga, tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi.
Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan
Amerika Qo’shma  Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida axamiyat  kasb
etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo’lish va havf-hatarsiz
turmush kechirish tabiiy  huquqlariga egadirlar, xalq hokimiyat manbaidir,
suverenitet xalqqa tegishlidir, xukumat xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq
manfaatlari uchun xizmat  qiladi, hokimiyat bo’linish printsipini joriy qilish kabi
g’oyalar o’z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy  ahamiyati shundaki, unda
siyosiy ta’limotlarning asosiy g’oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g’oyasi davlatning
amaliy printsiplari sifatida birinchi bo’lib e’lon qilingandir.
 Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g’oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy
tajribaga joriy qilishda Amerika qo’shma Shtatlari demokratlari T. Djefferson, T.
Peyn katta rol o’ynadilar.
2.Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari.
  Tomas Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arbob, Amerika
qo’shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir.
Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib
monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g’oyasini asoslab
chiqdi. Uning fikricha, qirol  hokimiyati  xalq hokimiyatidan  hosil  bo’lgan,  unga
qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish
xuquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas.

Agar hokimiyat halq huquqlarini oyoq osti qilguday bo’lsa, xalq
bunday xukumatni almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan
tortib olishga xech kimni haqqi yo’q, bularning barchasi begona qilinmaydigan
tabiiy huquqlardir. 

"Dunyoda inson  huquqlaridan boshqa  barcha narsa o’zgaradi",
deydi  Djefferson.  Uning  fikricha,  tabiiy  huquqlar  davlat  chiqargan
qonunlardan ustundir. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan ziddiyatlar har doim
tabiiy  huquq  foydasiga  hal  qilinishi  kerak.  Davlat  tabiiy  huquqlarning
taminlash uchun yaratilgandir.
Logotip
namoyon bo’ldi. Metropoliya zulmiga qarshi harakatlar demokratik g’oyalarni rivojlanishiga, tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi. Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida axamiyat kasb etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo’lish va havf-hatarsiz turmush kechirish tabiiy huquqlariga egadirlar, xalq hokimiyat manbaidir, suverenitet xalqqa tegishlidir, xukumat xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi, hokimiyat bo’linish printsipini joriy qilish kabi g’oyalar o’z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda siyosiy ta’limotlarning asosiy g’oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g’oyasi davlatning amaliy printsiplari sifatida birinchi bo’lib e’lon qilingandir. Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g’oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy tajribaga joriy qilishda Amerika qo’shma Shtatlari demokratlari T. Djefferson, T. Peyn katta rol o’ynadilar. 2.Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. Tomas Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arbob, Amerika qo’shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir. Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g’oyasini asoslab chiqdi. Uning fikricha, qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan hosil bo’lgan, unga qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish xuquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas.  Agar hokimiyat halq huquqlarini oyoq osti qilguday bo’lsa, xalq bunday xukumatni almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan tortib olishga xech kimni haqqi yo’q, bularning barchasi begona qilinmaydigan tabiiy huquqlardir.  "Dunyoda inson huquqlaridan boshqa barcha narsa o’zgaradi", deydi Djefferson. Uning fikricha, tabiiy huquqlar davlat chiqargan qonunlardan ustundir. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan ziddiyatlar har doim tabiiy huquq foydasiga hal qilinishi kerak. Davlat tabiiy huquqlarning taminlash uchun yaratilgandir.