ARABLAR BOSQINI VA MARKAZIY OSIYO XALQLARINING ISTILOCHILARGA QARSHIKURASHI TARIXSHUNOSLIGI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
137,5 KB
1
KURS ISHI
ARABLAR BOSQINI VA MARKAZIY OSIYO XALQLARINING
ISTILOCHILARGA QARSHIKURASHI TARIXSHUNOSLIGI
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................
ASOSIY QISM:
1
I. BOB. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan bosib olinishi va uning
oqibatlari.
1.1. O`rta Osiyogada Arablar bosqinigacha bo`lgan davr.
1.2. Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik
yuritishlari.
2
II. O‘rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashi.
2.1. Arab bosqinchilariga qarshi kurashlar.
2.2 Arablar bosqining Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga ta`siri.
XULOSA...........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................
2
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Jаmiyat rivоjlаnib bоrgаn sаri insоnlаr, хаlqlаr,
millаtlаr o’rtаsidаgi mа’nаviy-mаdаniy, iqtisоdiy, siyosiy munоsаbаt vа аlоqаlаr
rivоjlаnib bоrаvеrаdi. Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlidir. Madaniy tradisiya
deyilganda ham o’tmish madaniyatidagi halqchil, gumanistik tomon, ularni
o’zlashtirish, ulardagi yuksak badiiy mahoratni yangi asarda taraqqiy ettirish,
yutuqlari, ijodiy metodlaridan samarali foydalanish nazarda tutiladi. Mavzuning
maqsad vazifasi ham aynan ana shu jihatlarga qaratilgan. Bugungi kunda
mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning bir qatordavlatlari o’tmishi tarixi va
madaniyati har qanday insonni qiziqtirishi tabiiy hol. Mavzuning dolzarbligi ham
Jahon siyosati va madaniyati tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan bu
hududlarning ma`lum davridagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini ochib
berishga qaratilgan.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Bu davr O`rta Osiyo tarixi va madaniyati
tarixchilar, madaniyatshunoslar, faylasuflar va san’atshunoslar tomonidan yaxshi
o’rganilgan. Ayniqsa Rus tarixchilarining bu boradagi tadqiqotlari va izlanishlarini
a’lohida ta’kidlab o’tish kerak. Lekin bu borada O’zbek tarixchilarining olib
borgan ishlarini ijobiy baholab bo’lmaydi. Ya’ni juda ozchilikni tashkil etadi. Olib
borilgan tadqiqotlar asosan shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qaratilgan.
O’zbek tarixchilaridan ham bir qator tarixchilar jumladan Sh. Ergashov1 bu borada
samarali ishlar olib borgan.
Kurs ishining obyekti. Arablar bosqini va O`rta Osiyo xalqlarining
bosqinchilarga qarshi harakatlari.
Kurs ishining predmeti. Dunyo ilm-fani va madaniyatiga yuksak hissa qo’shgan
Markaziy Osiyo madaniyatining unchalik katta bo’lmagan davrini o’rganish,
vorisiylik asosida kechgan madaniyat yutuqlarini yoritib berish uni tadqiq qilishga
qaratilgan. Arablar yurishlarga qarshi kurashish maqsadida mavoraunnaxrning
maxalliy xukumdorlari ur tasida xarbiy ittifoq tuzush uchun urinishlar bulgan,
1 Эргашев Ш. Жаҳон тарихи. Т., Шарқ. 2015
3
lekin asosiy tarqoqlik natijasida bu urinishlar samara bermagan. Arab lashkar
boshlari esa bunday vaziyattan ustalik bilan foydalanganlar . Bu davrda g`arbiy
Turk xakonligi ichkiqabilaviy nizolar oqibatida siyosiy inqrozga yuz tutib,
parchalanib ketgan edi. VII asr o`rtalarida Choch viloyati, Yettisuv , Talos va
Chuv vodiylarida kuchib yo’rgan yirik turkiy qabilalaridan turkash shuningdek
VII
asr boshlarida
Forg`ona
va
Toxaristonda yashab
turgan
xarluklar,
Zarofshon vodiysining o’rta qismidagi turklar arablarga qarshi kurashda
sug`diylarga yordam berib janglarda faol qatnashdilar . ―Agar vorisiylik negizida
hayotiylik bo’lmaganida edi, biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz
bo’lib qolaverardi‖, deb takidlaydi J.Neru2.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida
keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun,
shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati
va san’at bilan qiziquvchilar, Markaziy Osiyoning tarixiga bag’ishlangan referat,
mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan
mulohazalar ayniqsa Markaziy Osiyoning Arablar bosqinidan keyingi davrdagi
madaniyati borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi.
I. BOB. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan bosib olinishi va
uning oqibatlari.
1.1. O`rta Osiyogada Arablar bosqinigacha bo`lgan davr.
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin
egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning
ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII-
VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidur. Bu yepik grafik yodgorliklar
O‘rgun-Enese runiy yozuvlari Xitoyning “tanxonadoni tarixi” VII-IX rasr tarixiy
manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor,
Piyofan, Vizantiyskiy, suriyachilik tarixi Ionna Efessiylarning tarixi asarlaridir.
2 Джавахарлал Неру. Открытие индии. Москва 1955. С. 25.
4
Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy,
Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X
asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada
e’tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar
bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi
masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng
muhokama etildi.
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Dada qo‘rqut” kabi umumturkiy xalq
dostonlari, O‘rta asrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos
Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli
ma’lumotlar keltiriladi.
XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos
Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk
sarkardasi Alp Er Tunga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “... u bilimdon, zakovatli,
katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk
beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi.
Forslar uni Afrosiyob deb atashgan”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham
mavjuddir. Abu Is’hoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida
turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi.
Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 92 yilida
Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun
temir qazib chiqarishni boshlagapnlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin
urug‘i nomi bilan avval oshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”,
deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so‘zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan.
“Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi.
Avval bu ulug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan
barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan.
Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari
ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin)
5
o‘ziga Tele qabilasini buysundiriladi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu
qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini
qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini
mag‘lub etadi.
O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili
daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi.
Turklar hukumdori o‘zini hoqon (turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi
O‘tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z
ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan
yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaodor darajasiga to‘g‘ri
keluvchi “Yabg‘u” (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini
kegaytirish payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi,
turkash, uzli qabilaarini o‘ziga buysundiradi.
Muqanxon hukumronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib
kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga
buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga
daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni,
Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar
davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi.
588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi
ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi
kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stona aloqani mustaxkamlashga harakat
qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston,
Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi.
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib
kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi.
Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridane yordam olib
Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunli shiddatli jangda
eftalitlar turklardan yengiladilar.
6
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq
o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan
yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar
qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida
yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerloari
sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar
davlatining
mag‘lubiyatidan
so‘ng
bevosita
ittifoqchilar
o‘rtasida
kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.
Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh
hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu
masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d
ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d
savdogarri va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan.
Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug‘diylar olib kelgan
ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi.
Istami bu voqeadan so‘ng qatitq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba
o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib,
uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk
elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga
yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha
olmadilar” deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mol
qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib
qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib
40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan
Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor
ahvolga tushib qoldi.
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk
hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin
Chur-Bag‘a hoqon qo‘mondonligidagi 30000 kishilik turk qo‘shinini tor-mol
7
qiladi. Chur Bag‘a jangda haloq bo‘ladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi
Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi.
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so‘ng taxtga uning ukasi Arslon To‘ba o‘tirdi.
Arslon To‘la buddiylikka berilgan bo‘lsa-da, mmlakatni mustahkamlash uchun Si
saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo, 581 yilda Arslon To‘ba vafot
etgach Turk hoqonlari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar
natijasida hoqonlik ikki qismga: sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘lnib ketdi. Sharoqiy
hoqonlik Xitoy va Mo‘g‘ulistoni bir qismini o‘z ichiga olib uni Arslon To‘baning
kichik o‘g‘li Ishbara boshqara boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g‘arbiy yerlarini-Yettisuv, markaziy Osiyoning asosiy qismi,
Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog‘iston tasarrufini olgan Istami yabg‘uning o‘g‘li
Qora Churin boshqarar edi. Qora Churin Istamining vafotidan (576 yil) so‘ng bu
lavozimiga o‘tirgan bo‘lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va
tadbirkori edi. Keyingi xonlar-To‘amon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana
kichik 4 ta xon bo‘lgan. Bu hokimlar o‘rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko‘pi
bir-biriga dushmand bo‘lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. O‘zaro
kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul
boshlanib ketdi.
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro‘y boshchiligidagi
xalq harakati (585-586 yillar) bo‘lib o‘tdi. Obro‘y harakati to‘g‘risida uzuq-yuluq
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad Nishopuyriyning
(XI asr) “Hazinat-al-ulum” asaridagi bu masalaga ag‘ishlangan parcha
Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga kiritilgan. Uning yozishicha Obro‘yning
qarorgohi Poykandda bo‘lib, u boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazort
o‘rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tolmoniga yo‘l olishgan.
Obro‘y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig‘ila borgan.
O‘zaro muttasil urushlar hamada taxt talashishlar mamlakatni parchalanib
ketishi va ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Churin qarib qolgan
vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‘zini xoqon deb e’lon qiladi. Qora Churin
8
Bug‘u xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og‘ir
vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga harakat
qiladi. 582-603 yillardagi o‘zaro urushlardan so‘ng 603 yil xoqonlik to‘la mustaqil
2 qismga: Sharqiy va G‘arbiy qismlarga aylandi. G‘arbiy xoqonlik ta’siri ostida
Yettisuv, Chuvodiysi, Volga, Kubanning kuyi qismi, Irtish, Ishim daryolari
bo‘yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning
tarkibida bo‘ldi.
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G‘arb hoqonligining ijtimoiy tarkibi
ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik
hukumdorlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli
chorvadorlar bilan aralashib ketadi. Ztroq hayotning an’anaviy –ma’muriy
udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‘zgarib, turklarning ijtimoiy va
siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib,
Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Hoqon
Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To‘n yabg‘u (To‘n bahodir)
davrida G‘arbiy hoqonlik yana kuchayadi.
1.2. Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri — bu Arab xalifaligidir.
Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va Urta Sharq,
Shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy,
iqti-sodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab
istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab musulmon
mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning «Futuh al
buldon» (Mamla-katlarning fath etilishi), at-Tabariyning «Tarixi rasuli va muluk»
(Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari
guruxiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan.
Ko‘chmanchilar bjdaniylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan
9
shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda
asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.
VI asrning ikkinchi yarmi VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy
hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari
endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi.
Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda
manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi.
O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta
zarar yetkazilar," xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari,
zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi
salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa
kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga
chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360
ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan).
Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida
yuzaga keldi. Islom — bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmokdik va
butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon
keltirmoklik dsmakdir. Islom «itoat», «bo‘ysunish» ma’nolarini bildiradi. Bu
dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (570-632) makkalik Abdullohning
o‘g‘li bo‘lgan.
Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergash-Pshlarni «muslim», ya’ni
«itoatkorlar», deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada
boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining Srbiy qismidagi Hijoz viloyatida
joylashgan shahar Io‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra
Ka’bani Odam Ato barpo qilgan
Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat
qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy
zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s. a. v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y.),
ketma-ket «Xulofoiy rashoddin» (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini
olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini
10
davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan - Arab xalifaligi davlatiga
asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy
muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib o‘z
chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta
Sharqniig boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va| jangovar arab
qo‘shini shiddat bilan harakatlariii boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida
arablar ■ yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Eron shohi
Yozdigard III (632-6^ I), sosoniylarning so‘nggi vakili arablarga qarshi turishga
harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.) dagi janglarda arablar
qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar.
Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq
egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari
Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi
Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvoza-lari
hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga
yiliga 60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar.
Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 Yillarga to‘g‘ri keladi. Shu
yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga yurish qsladi.
651 yilda Marv shahri egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda
ibn Amirga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilak shaharni
topshiradi.
O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-birlari bilan
tez-tez nizolarga •vrib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini
Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari
Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar
bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.
706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning
ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon
harakat qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va
11
Chag‘oniyon hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik
aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh
edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga
qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib
Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.
Lekin ichki ittifoqning yo‘qligi, o‘zaro nizolar natijasida Poykand
himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qal’aga birinchi safda borgan va
shahid bo‘lgan kishilarning oilalariga katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun
davom etgan janglardan so‘ng arablar qal’a devorini teshishga muvaffaq bo‘ldilar.
Shahardagi og‘ir janglardan so‘ng Poykand arablar qo‘liga o‘tdi.
Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni
mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod,
Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar
yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi.
Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig‘ida
to‘plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda og‘irlasha bordi.
Shunda bu ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang
ishlatadi Narshahiyning yozishiga ko‘ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o‘z
kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan Sug‘d podshosi Tarxunga maxfiy
suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq
ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar Sug‘dni arablar ketganidan
so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. Bu xabar
ittifoqchilar ichida bo‘linishga sabab bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun
Qutayba lageriga sovg‘a-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh
shartnomasi matnini oladi.
Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay
boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir
necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga
amir etib o‘z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib
12
turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq
undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi.
Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o‘zgartirdi.
Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi
Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni
tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini
tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi. Xorazm shu bilan o‘z
mustaqilligini yo‘qotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o‘z qushini
hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari '•ilan birgalikda Samarqandga yo‘l
oladi.
Shu paytda norozilik va qo‘zg‘olon natijasida So‘-dlar podshosi Tarxun
taxtdan ag‘darilgan edi. Sug‘d mkdshosi va Samarqand afshini sifatida Tarxunning
uk.chsi G‘urak (710-737) taxtga o‘tiradi.
G‘urak Qutaybaga qarshi chiqadi. Ka^taqo‘rg‘on Iqinidagi Arbinjon
mavzesida shiddatli jang bo‘lib *Tadi. Ammo G‘urakning kuchlari ozlik qilib
Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro
hokimlari qo‘shinining qatnashuvi, sug‘diylarning yakkalanib qolishlari va
atrofdan yordam ololmasliklariga sabab bo‘ladi. Undan tashqari Samarqand
zodagonlari ichida birlik ham yo‘qoladi. Tarxunning o‘limdan so‘ng uniig
tarafdorlari ko‘proq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich
shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa «Tarxun o‘limi uchun qasd
olaman» deb e’lon qiladi.
Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy xoqon va Farg‘ona
ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda
Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib Farg‘ona va Shosh qo‘shinlari bilan birgalikda
ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qo‘shinining tepasiga
lashkarboshi etib Turkiy xoqonning kichik o‘g‘li Inal xoqon tayinlanadi. Qutayba
darhol o‘z ukasi boshchiligida saralangan qo‘shin tuzib, ittifoqchilar yo‘liga tuzoq
qo‘yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.
13
Qutayba shundan so‘ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar ra’danroz
(tosh otg‘ich) lardan o‘qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar,
xorazmliklar katta jonbozlik ko‘rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar
mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda
shahar devorlarini buzib Shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim
bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi. Qutayba jo‘nab ketishi oldidan
shaharda o‘z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo‘shinni
qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug‘d aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi.
Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi
qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorid»
Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi.
Mug‘ tog‘idan topilgan hujjagga ko‘ra Qutayba o‘zining keyingi
yurishlarida Shosh, Farg‘ona va Turkiy xoqonlik qo‘shinlaridan iborat yana bir
harbiy vdtifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug‘d, Shosh, Farg‘ona ittifoqiga
GTanjikent hokimi Devashtich ham qo‘shiladi. U Shosh va boshqa yerlarga o‘z
elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Shosh hukmdori Moxedu tudun
(Bahodir tudun) ga topshiradi. Qolgan ikki maktubni Farg‘ona elchisi orqali
turkiylar hokimi va Farg‘ona ixshidiga berib yuborgan.
Qutayba bu o‘lkalarni tezda o‘ziga bo‘ysundirish harakatiga tushadi.
Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba 713 yil Buxoro, Kesh, Nasaf va
Xorazm aholisidan 20000 askar to‘plab berishni talab qildi. O‘z qo‘shini bilan uni
qo‘shib, qo‘shinni 2 ga bo‘lib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qo‘shin
Shosh viloyatiga, o‘zi esa asosiy kuch bilan Ustrushona orqali Farg‘ona vodiysiga
yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Shosh qo‘shinini tor-mor etib, Shosh viloyatini
egallaydi. Qutayba esa Ustrushonada hal qiluvchi jang olib borib, Xo‘jand va
Kosonni zabt etadi.
14
II. O‘rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashi.
2.1. Arab bosqinchilariga qarshi kurashlar.
714 yil Qutayba Turkiy xoqonliqdan harbiy yordam kelish yo‘lini to‘sish
maqsadida Shosh vohasiga qayta vostirib kiradi. O‘sha yili asosiy yo‘ldagi Isfijob
(Sayram) ni ishg‘ol etadi. 715 yil boshida esa Farg‘onaga qochib ketishga majbur
bo‘ladi. Qutayba o‘sha yili Qashqargacha bo‘lgan yerlarni istilo etadi. Hamma
viloyatlarga arablardan bo‘lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. O‘sha yili arab
xalifasi Volid vafot etadi - Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdumalik »chiqadi.
Qutayba Sulaymonga nisbatan g‘animlik munosabatida bo‘lib uni qo‘llamas edi.
Qutaybaga nisbatan isyon ko‘tariladi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab
Qutaybaning o‘zi Farg‘onada o‘ldiriladi (735 y.).
Shunday qilib, 10 yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida
Movarounnahr xalifalik ixtiyoriga kirsa-da, ammo uning mag‘rur aholisi uzmni
butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili
qishlash uchun Marvga jo‘nab ketar, bahorda esa yangi kuchlar bilak
Movarounnahrga hujum qilar edi. Shuning uchun ham arablar Movarounnahrni
egallashda muvaffaqiyat qozondilar. Buning asosiy sabablari quyidagicha edi.
Avvalo mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik hukmdorlarning
o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi.
Bu vaziyatdan ular ustalik bilan foydalanishar edi. Ular kichik davlatlarning
o‘zaro birlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildilar va buning uddasidan
chiqdilar. Arablar o‘zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi
uchun yordam ko‘rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin
bo‘ysundirdilar. Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir qatorda
Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.
Ayniqsa arablar ko‘chmanchi jangovar turkiylar bilan o‘troq dehqonchilik
viloyatlari aholisi o‘rtasida ba’zan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan
foydalanib, ularni birini ikkinchisiga qarshi qo‘ydilar va ittifoqchilarni ajratib
yuborishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu bilan birga, xalifalik Movarounnahrdan harbiy
15
qurol-aslahalar jihatidan unchalik ustun bo‘lmasa ham, biroq qo‘shin saflarini
to‘ldirib turish imkoniga ega edilar.
Arablar qo‘shiniga muntazam ravishda yangi harbiy kuchlar ichki
viloyatlardan safarbar qilib turilar edi. Undan tashqari keskin qarshilik kurashini
olsh borgan xalq, mahalliy hukmdorlarning xoinon harakatlari, arablar bilan
maxfiy til birik-tirishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda
sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i -
xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva,
hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni
qabul qilmagan shaxslardan olinadigan jiz’ya solig‘i ham qo‘shildi.
Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning
barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta
e’tibor berdilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik,
moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa
zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu
dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Uning o‘rniga machitlar barpo qilina
boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, Sug‘d tilidagi nomalar,
xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.
«Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini
qirib tashlab, ularning kitob va qo‘lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, — deb
yozgan edi Beruniy, — xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ularning faqat yodda
saqlab qolgan xotiralarigina qoddi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat
o‘zlari uchun mos bo‘lgan xotiralargina saqlanib qoldi».
Sug‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom dinini qabul
qilgan, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya
soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Nomoz o‘qish uchun
masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Jiz’ya solig‘ini o‘z
vaqtida to‘lamagak kishilar tutib olinib bo‘yinlariga «qarzdor», deb •pxtachalar
osib qo‘yilgan.
16
Qutaybaning o‘limidan so‘ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi
mavqei biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi
musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo‘la boshlaydi.
Sulaymon vafotidan so‘ng tyaxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-
719) - Umar II xorijiylar ta’limoti tgrafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib
chiqqan guruh bo‘lib ILK islom ta’limoti tartiblarini va umumiy tenglik goyalarini
ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib,
bo‘ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U
Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon
qabul qildi. Unga ko‘ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va
moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi
musulmonlardan ham jizya va xiroj solig‘i olish bekor qilindi. Umar II soliq
yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on va hadislarga qatiy amal
qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo‘llar bilan xiroj solig‘i yig‘a boshladilar.
Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini
davlat solig‘i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini
kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan
barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa
xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq olish ko‘zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar
yuborib Samarqand Shahristonini qaytarib berishni so‘radilar. Umar II ramarqand
hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib
berishini
so‘raydi.
Samarqandliklar
shikoyati
ko‘rib
chiqilib,
bu
ish
samarqandliklar foydasiga hal bo‘ldi. QoziSamarqanddan arab garnizoni olib
chiqib ketilishi kerakdeb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi.
Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o‘z da’volaridan yana voz
kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq
to‘lamay qo‘ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi.
17
Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy
zodagonlar bilan arab ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.
Islom dini jahon miqyosida tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, bugungi kunda
yer yuzi aholisining 1 milliarddan ortig‘i unga e’tiqod qiladi. Islom dinining kelib
chiqishi va uning yoyilishi bevosita Muhammad payg‘ambarimiz faoliyati bilan
bog‘liqdir. Makka shahridagi Quraysh qabilasining nufuzli Xoshimiylar
xonadonida 570 yilda tavallud topgan Muhammad Ibn Abdulloh nihoyatda ibratli
hulq-odob doirasida voyaga yetib, 40 yoshlarida Xiro nomli g‘orda u kishiga
Kur’on oyatlari Alloh tomonidan nozil bo‘la boshlagan. Alloh u kishini butun
insoniyatga haq yo‘lni ko‘rsatuvchi elchi - Rasul bo‘lishini ixtiyor etganlar.
610 yildan boshlab Muhammad Alayhissalom Makkada Islom dinini (yakka
xudoga
sig‘inishni) targ‘ib qilishni boshlagan.
Islom so‘zini ma’nosi-
arabcha, «Xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» demakdir. Umuman
islomning kelib chiqishi VI asr oxiri va VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida
yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar bilan boliqdir. Yakka xudoga sig‘inish
haqidagi targ‘ibot islomdan ilgari boshlangan edi. Uni dastlab targ‘ib qilgan xanif
(haqiqat izlovchi, e’tiqod qiluvchi)lar mahalliy qabila xudolariga, ularning
sanamlariga emas, yagona xudoga itoat qilishga da’vat qilganlar. Xaniflik VI asr
oxiri va VII boshlarida asta-sekin Arabistonning bir muncha viloyatlariga yoyila
boshlagan. 610 yillardan yakka xudoga sig‘inish targ‘ibi boshlangan. Muhammad
izidan dastlab juda oz kishi ergashgan. Avval uning eng yaqin kishilari islomni
qabul qilganlar. Keyinchalik ularning soni ortib borgan. Makka zodagonlari bunga
qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ahvol keskinlashganligi sababli melodiy 622 yilda
Muhammad boshchiligidagi Makka musulmonlari Madina (Yasrib) shahriga
ko‘chishga majbur bo‘ldilar. 622 yili yuz bergan bu ko‘chish (arabcha «Xijradan»)
musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlangan. Madinada Musulmonchilik
ko‘chayib borgan va natijada keyinchalik Makka ahli ham islom dinini qabul
qilgan. Bu 630 yillarga to‘g‘ri keladi. Natijada kuchli Islom davlati vujudga keladi
va ularning ustidan turuvchi arab halifaligiga asos solinadi. Halifalik ko‘pgina
Sharq va G‘arb davlatlarini o‘ziga bo‘ysundiradi. Shunday qilib VIII asrning
18
oxiriga kelib Atlantika okeanidan Tyan-shangacha, Kavkazdan hind okeanigacha
bo‘lgan yerlarda, turli tilda so‘zlashuvchi xalqlarni o‘zida birlashtirgan buyuk arab
halifaligi vujudga keladi.
Muhammad 632 yilning iyun oyida Madinada vafot etadi. Uning vafotidan
so‘ng o‘rinbosarlari yoki noiblari(arabchada “Xalifalar”) davlatni boshqara
boshlaganlar. Dastlabki to‘rt halifa islom tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega
bo‘lib, ular Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilardir. Iqtisodiy va harbiy jihatdan
mustahkamlanib olgan arab halifaligining qo‘shni mamlakatlarni bosib olish uchun
harbiy yurishlari-arab istilosining birinchi bosqichi-Umar halifaligi davrida (634-
644)boshlangan. VII asr oxiridan VIII acp o‘rtalarigacha arab istilochilari avval
Eron hududini, so‘ngra esa O‘rta Osiyo yerlarini to‘liq bosib oldilar va bu
hududlarda ham islom dinini tarqatdilar. Movaraunnahrda (ikki daryo oralig‘i-
arablar shunday nom bergandilar) So‘g‘d, Xorazm, Turk yozuvlari o‘rniga arab tili
va yozuvi joriy qilina boshladi. Arablar hukmronligiga qarshi Movaraunnahr
xalqlari qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Muqanna, Rofi Ibn Lays, Sumbod Mug,
Gurak, Divashti, Abu Muslim, Hamza Al Xorij, Xoris Ibn Surayj boshchiligidagi
yirik xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. Lekin bu qo‘zg‘olonlar shavqatsizlarcha
bostirildi. Islomning dunyoviy din sifatida vujudga kelishi va boshqa mayda dinlar
o‘rnini eg‘allashi tarixan ijobiy rol o‘ynadi. Chunki unda avvalgi dinlarning ijobiy
xususiyatlari o‘z ifodasini topgan edi. Chunonchi, islom va uning muqaddas
kitoblari bo‘lmish «Kur’on» va «hadislarda» ahloq-odob, iymon, insonni
ulug‘lash, tarbiya, insoniy fazilatlar masalalari asosiy o‘rinni olgan edi.
2.2 Arablar bosqining Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga
ta`siri.
O‘rta Osiyo VIII asr boshlarida arablar istilosiga uchradi, bu voqea yangi
islom dinining tarqatilishi bilan bog‘liq edi. Lekin arablar O‘rta Osiyoda qattiq 13
qarshilikka uchradilar, chunki ular bu erda madaniy va iqtisodiy jihatdan ancha
yuksak rivoj topgan xalqlarga duch keldilar. V—VII asrlarda O‘rta Osiyo siyosiy-
iqtisodiy, ma’naviy hayotida oldingi davrga qaraganda juda katta, ulkan
19
o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Qatta hududni o‘ziga bo‘ysundirgan Kushon imperiyasi
qulab, shimoldan kelgan xunnlarning bir tarmog‘i bo‘lmish eyfalitlar O‘rta Osiyoni
o‘zlariga bo‘ysundirdilar va Eron — somoniylarga qarshi kurash olib bordilar.
Lekin ko‘chmanchi eyfalitlar o‘troq va madaniy jihatdan yuqori bo‘lgan
O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga keskin o‘zgarish kirita olmadilar. Bu davrda
boshqarish, savdo-sotiq ishlari erli hukmdorlar qo‘lida saqlanib qoldi, ular
eyfalitlarga soliq to‘lab, ularning umumiy hukmdorligi ostida mustaqil faoliyatda
bo‘ldilar. Eyfalitlar hokimiyati ham uzoq davom etmay, turk xoqonligi tomonidan
surib tashlandi. Ikki daryo oralig‘i — Movarounnahr o‘z hokimiyatini Eron va
Xitoygacha kengaytirgan turk xoqonligiga bo‘ysundirdi. Tashqaridan kelgan
bosqinchilarning xurujlari erli xalq va hukmdorlarning hayot tarzi, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy turmushi rivojiga muhim ta’sir ko‘rsata olmadi. shu bilan birga
erli xalqning bu bosqinchilarga qarshi kurashi ijtimoiy taraqqiyotni, iqtisodiy
munosabatlarning feodallashuvini tezlashtirdi. Erli xalqning asrlar davomida
rivojlanib, ma’lum an’analar yaratgan madaniyati tashqaridan kelgan turli
bosqinchilarning ma’naviy ta’sirini o‘ziga singdirib yubordi. Turg‘unlikka tushib
qolgan madaniy hayotda siyosiy o‘zgarish, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning
kuchayishi natijasida VI-VII asrlarga kelib, O‘rta Osiyo arablar istilosi va
islomning kirib kelishi arafasida anchagina jonlanishga yuz tutdi. Savdo-sotiq
rivojlandi, shaharlar tiklana boshladi, madaniyat markazi bo‘lmish yangi shaharlar
vujudga kela boshladi. Qishloq xo‘jaligida ham ko‘tarilish yuz berdi, sug‘orish
kanallari tartibga solindi, shahar va qishloqlarda hunarmandchilik rivojlandi,
to‘qimachilik, qimmatli metallardan nafis buyumlar yasash, o‘ymakorlik, devorga
rasmlar chizish, boy arxitekturaga ega bo‘lgan hashamatli binolar qurish,
ganchkorlik, harbiy anjomlar yasash keng avj oldi. Bu davrda so‘g‘d, turkiy va
xorazm yozuvlarining tarqalganligi, bu yozuvlarda turli 14 afsonaviy asarlar
yozilganligi ma’lum. Bolalarga 5 yoshdan boshlab ma’lumot bera borilishi, ularni
turli hunarlarga o‘rgatilgani manbalarda ko‘rsatiladi.
XII asr muallifi Ibn Mansur Marvarudiy «Tarixi muborak shoh» asarida
shunday yozadi (bu muallif O‘rta Osiyodan, Marvarud qishlog‘idan): «Turklarda
20
(oliy) martabalar va darajalar bo‘lmasada, ular shunday maqtovga sazovorli
shuhratga egadirlarki, musulmon hokimlarining qudrati Olloh yordamida (faqat)
turklar tufaylidir. shu sababli Turkistondagi turklar boshqa xalqlarga nisbatan
ustunlikka egadirlar... Bu maqtovga sazovor xulqlaridan tashqari yana turklar
boshqa xalqlarga nisbatan qator ustunlikka egadirlar. Bulardan biri shundaki, hech
qaysi mamlakat kattaligi, kengligi jihatidan Turkistonga teng kela olmaydi..
Turkistonda ishlab chiqariladigan va boshqa mamlakatlarga olib borilib katta
narxlarga sotiladigan mollar ajoyibdir, ular juda ko‘p: tatar, tibet, xoton
muskuslari, xitoy va chiniy deb ataluvchi qimmatbaho kiyimlar, yuqori sifatli qizil
turk yoquti, turli mo‘ynalar... dunyoda tengi yo‘q toza otlar, tezyurar tuilar va
hokazo. So‘g‘dning pastki qismida tog‘ bor. Unda kumush, oltin, zumrad konlari
mavjud... U erda temir, qo‘rg‘oshin, simob, sof nashatir va kuparis konlari ham
bor, ularni boshqa mamlakatlarga olib chiqiladi.
Turkiston xalqlarini boshqalardan ajratib turuvchi yana boshqa ayrim
narsalari mavjud. shulardan biri turk tili bo‘lib, bu til arab tilidan keyingi eng
yaxshi va ta’sirli tillardandir. Hozirda odamlarning turk tilini o‘rganishga
intilishining sababi shundaki, avvalgi zamonlarda amir va Xarbin boshliqlarnnng
ko‘p qismi turklardan bo‘lgan, hokimiyat ular qo‘lida bo‘lgan; har qanday foydali
narsalar, oltin, kumushlar ham ularning qo‘lida edi...; zodagonlar, amaldorlardan
chiqqanlar va ularning o‘g‘illari turklar xizmatida bo‘lgan. YAna, turklarda yozuv
bo‘lgan: ular osmon jismlari va uning sirlarini bilganlar; bolalarni savodga
o‘qitganlar.
Ularda ikki xil yozuv bo‘lgan: so‘g‘d va toguzgus yozuvi. So‘g‘d yozuvida
pigirma beshga yaqin harf bo‘lgan va uch harf «zod», «za» va «g‘ayn» bo‘lmagai;
o‘ngdan so‘lga yozilgan, harflar bir-biri bilan qo‘shilmagan... Toguzgue yozuvi...
15 yigirma sakkiz harfdan tashkil topgan; o‘ngdan so‘lga yozilgan va ular bir-biri
bilan qo‘shilmagan. Turklar she’r yozishni — qasida, ruboiylarni bilganlar. Xitoy
manbalarida ko‘rsatilishicha, bu davrda Samarqandda dunyoviy masalalarni hal
etish uchun foydalaniladigan yozma qonunlar to‘plami mavjud bo‘lgan va unda
tartibni saqlash, nizolarni hal etish ishlariga katta e’tibor berilgan.
21
Bu davrda O‘rta Osiyoda olovga sig‘inish bilan birga buddizm,
manixeychilik, zardushtiylik, nestorianlik dinlarining ta’siri kuchaygan, turli
ibodatxonalar mavjud bo‘lgan. O‘rta Osiyoning ko‘p shaharlaridan o‘tgan va G‘arb
bilan sharq mamlakatlarini bog‘lovchi «Ipak yo‘li» erli so‘g‘d na turkiy
xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyati rivojida muhim rol o‘ynadi. VII
asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy va madaniy hayotda muhim burilishga olib
kelgan katta tarixiy o‘zgarishlar ro‘y berdiki, uning so‘nggi taraqqiyot uchun
ahamiyati katta bo‘ldi. Bu tarixiy o‘zgarish avvalo Arab yarim orolida vujudga
kelgan olamshumul to‘ntarishlar bilan bog‘liq.
Arabistonda turli xalqlar tarqoq holda ko‘chmanchilik bilan kun
kechirganlar, mavjud erlarning bir qismigina dehqonchilik uchun yaroqli bo‘lgan
va u erlarda ular bog‘dorchplik, hunarmandchilik, savdo bilan shug‘ullanganlar.
Boshlang‘ich, qabilachilik jamoa tuzumining emirilib bornshi, mulkiy
tengsizlikning kuchayishi ijtimony ziddiyatning avj olishiga olib kelgan. Qabilalar
o‘z xudolariga, ibodatxonalariga ega bo‘lganlar. Bu ham ularning ma’naviy tarqoq
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Xuddi shunday sharoitda barcha arab qabilalarini
birlashtnrishga qaratilgan islom dini vujudga kelgan. Islomning vujudga kelishi,
musulmon diniy aqidalarining shakllanishi Makka shaharida tug‘ilib o‘sgan
Muhammad (570-632) ismli shaxs nomi bilan bog‘liqdir.
Muhammad 610 yildan boshlab o‘z diniy targ‘ibotini boshlagan, barcha
arablarni qabilasi, jinsi, ijtimoiy mavqei, iqtisodiy ahvolidan qat’i nazar yagona
xudoga - Ollohga sig‘inish va bo‘ysunishga targ‘ib qilgan va o‘zini xudoning
erdagi vakili - «Payg‘ambar» deb e’lon qilgan. Xudo nomidan Muhammad
payg‘ambar tomonidan aytilgan islomning asosiy aqidalari, axloqiy va huquqiy
normalari undan so‘ng yozilgan «Qur’on»ga kiritilgan 16 va bu kitob
,musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblanadi. Qur’ondan so‘nggi ikkinchi
muqaddas kitob «Hadis»dir, u Muhammad payg‘ambarning hayoti, faoliyati,
aytgan ko‘rsatmalari, qilgan ishlari, suhbatlari haqidagi turli ma’lumot va
rivoyatlari to‘plamidan iborat. Hadis Qur’ondan so‘ng qog‘ozga tushirilgan.
22
Davrlar o‘tishi bilan hadislar to‘planib, tartibga solina boshlangan. X
asrlarga kelib obro‘li va ishonarli deb tanilgan hadislarning 6 ta to‘plami vujudga
kelgan, hadislarni yig‘uvchi, sharhlovchi, targ‘ib etuvchilar «muhaddis» deb
atalgan, hadislar to‘plami esa sunna nomini olgan. Qur’on va Hadis musulmon
ilohiyoti, dunyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, huquqi kabilarning asosi
hisoblanadi. Ularda din ilohiyot diniy e’tiqod masalalari bilan birga o‘z davrining
axloqiy va siyosiy an’analari, insonparvarligi, insonlarni qovushtiruvchi, ular
o‘rtasidagi ziddiyat, nizoldriing oldini oluvchi, adolat o‘rnatishga qaratilgan
axloqiy fikrlar ham keng o‘rin olgan.
Muhammad payg‘ambar yakka xudoni hammaning yagona maqsadga
bo‘ysunishini targ‘ib qilish bilan birga o‘z davridagi tengsizliklarga, qabilalar
o‘rtasidagi kurashlar, quldorlik, insonni xo‘rlashlarga qarshi chiqdi; rahm-shafqatli
bo‘lishga undadi, oldingi dinlarga, inson e’tiqodlariga xurmat bilan qarashga
chaqirdi. Bularning hammasi Muhammadning obro‘-e’tibor qozonishiga olib keldi.
shunday qilib, Arabistonda VII asrlarda islom dini bayrog‘i ostida arab davlati
vujudga keldi. Bu davlat boshliqlari xalifa» davlatning o‘zi xalifalik deb atala
boshlandi.
Arab qabilalarining birlashgan kuchi — arab davlati tez orada qo‘shni
davlatlarga tazyiq qilib, ularni qurol kuchi bilan bosib ola boshladi. YAngi din -
mafkura bilan qurollangan va bu mafkuraning haqligiga cheksiz ishongan arab
askarlari islomni o‘rnatish yo‘lida Olloh uchun muqaddas urush olib borib tez
orada Suriya, Misr, Eron kabi mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdilar va asta-sekin
O‘rta Osiyoga ham qarshi kurash olib bordilar. Lekin bevosita arablar istilosi
arafasida O‘rta Osiyo mayda va tarqoq feodalliklardan iborat edi. Farg‘ona, shosh,
So‘g‘d, Xorazm, CHag‘oniyon, Xuttal kabi nisbatan yirik er egaliklari bilan bir
qatorda mayda davlatlar ham ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasida birlik yo‘q, siyosiy
tarqoqlik mavjud edi. Xitoyga qarshi urushda zaiflashib qolgan G‘arbiy Turk
xoqonligi esa o‘z ahamiyatini va ta’sirini yo‘qotgan 17 edi. Bularning hammasi
O‘rta Osiyoni, Movarounnahr va Xurosonni arablar tomonidan bosib olinishini
tezlashtirdi. VII asr o‘rtalarida Eronning markaziy qismi arablar tomonidan zabt
23
etiladi. 651 yilda Marv shaxari bosib olinadi va arablar bilan janglarda bu erga
chekingan so‘nggi sosoniy podshosi YAzdigard III qurbon bo‘ladi. Marv arablar
uchun O‘rta Osiyoni bosib olishda muhim darvoza bo‘lib xizmat qilgan. VII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab arablar O‘rta Osiyo erlari, ayniqsa, Samarqand,
Buxoro erlariga hujum qila boshlaganlar. 704 yili Xuroson noibligi va O‘rta
Osiyoni bo‘ysundirish Qutayba ibn Muslimga topshiriladi.
Qutayba O‘rta Osiyoda o‘sha davrda vujudga kelgan sharoitdan ustalik bilan
foydalanib ham qurol, ham xiyla-nayrang, ham diplomatiyani ishlatgan holda
birin-ketin feodal davlatlar va shaharlarni o‘ziga karata boradi. Erli hokimlar va
xalqdan bir necha bor zarbalarga uchrashiga qaramay izchillik va qat’iylik bilan
O‘rta Osiyoni bosib olishni davom ettiradi. Bu yo‘lda u ayniqsa So‘g‘d hokimiyati
va turklarning o‘z nizolaridan ustalik bilan fopdalanadi. Buxoro va Samarqandda
qaqshatqich zarbaga uchragan bo‘lsa-da, yangidan askar to‘plab o‘z raqiblarini
qismlarga parchalab, birin-ketin turli usullarni ishlatgan holda 10-15 yil davomida
Xorazm, Farg‘ona, shosh, Ustrushona, Samarqand, Buxoroni o‘ziga qaratadi va
Qoshg‘ar chegarasigacha etib boradi. Arablar 706 yili Paykandni, 709 yili
Buxoroni, 712 yili Xorazm va Samarqandni, 715 yili Farg‘onani o‘zlariga qaram
qiladilar. VIII asrning 30-yillariga kelib Movarounnahrning deyarli barcha erlari
arablarga bo‘ysundiriladi. 715 yili Qutayba yo‘llarda qiynalgan o‘z askarlari
tomonidan o‘ldiriladi, so‘ng arab askarlari Xurosonga qaytishga majbur bo‘ladilar.
Erli xalqlarning arab bosqinchiligiga qarshi harakati, xalq qo‘zg‘olonlari uzoq vaqt
davom etdi. Haris ibn Surayj (30- yillar), Abu Muslim (40-yillar), Muqanna (70-
80-yillar), Hamza al-Xarij (VIII—IX asrlar), Rafi ibn Lays (IX asr boshlari)
kabilar boshchiligidagi mustaqillik uchun olib borilgan harakatlar shular
jumlasidandir. 18 Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari O‘rta Osiyoni arablar
tomonidan zabt etilib, arab xalifaligiga bo‘ysundirilishida, O‘rta Osiyo xalqlari
orasida islom dinini tarqatishda muhim rol o‘ynadi. Arablarning bosqinchiligi
raqiblarni o‘ldirish, qarshilik ko‘rsatganlarni qirib tashlash, madaniyat boyliklarini
talon-toroj qilish, zo‘ravonlik o‘tkazish, erli aholiga katta soliqlar solish kabilar
bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi.
24
Ilk O‘rta asr tarixchisi Narshaxiy «Buxoro tarixi» kitobida shunday yozadi:
«Buxoro aholisi har safar (islom lashkari kelganida) musulmon bo‘lar, arablar
qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch
marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib kofir bo‘lar edilar. Bu
to‘rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib Buxoro shahrini oldi, ko‘p
qiyinchiliklardan keyin (bu erda) islom dinini o‘rnatdi va har turli yo‘llar bilan
buxoroliklarga qiyinchiliklar tug‘dirib, dillariga musulmonchilikni singdirdi. Ular
esa islom dinini yuzaki qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar.
Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan
xabardor bo‘lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda
Buxoro aholisidan o‘z uylarining yarmini arablarga berishni talab etib, buyruq
chiqardi va shu yo‘l bilan u musulmonchilikni o‘rnatdi hamda shariat hukmlarini
bajarishga ularni majbur etdi.
Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlikka oid asarlarni
yo‘qotdi. U ko‘p jiddya^jayl ktiib, har kimdan shariat hukmlarini bajarishda
kamchilik sodir bo‘lsa, uni jazolar edi». O‘rta osiyolik mashhur mutafakkir
Beruniyning (X asr) yozishicha, Qutayba va boshqa arab hukmdorlari mahalliy
din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o‘ldirganlar, ularning asarlarini,
madaniyat bonliklarini yondirib, mahalliy yozuvni, turli hujjatlarni yo‘q qilib
yuborganlar: «Qutayba Xorazm xashi yaxshi bilgan, ularning xabar va
rivoyatlarini; o‘rgangan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi».
Qutayba erli xalk.ning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklarni
yo‘qotishga harakat qilgan va islomni xalq o‘rtasiga olib kirish, uni targ‘ib etish
yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solgan. Islomni qabul etganlarni soliqlardan 19
ozod etgan, turli imtiyozlar yaratgan. Moddiy jihatdan rag‘batlantirgan, machitlar
qurdirgan, xullas harbiy yurishlari bilan birga g‘oyaviy-siyosiy ishlarii ham olib
borgan. Erli xalqni har tomonlama: ham iqtisodiy, ham g‘oyaviy-ma’naviy
jihatdan arab xalifaligiga qaram qilish yo‘lida faol harakat qilgan. O‘rta Osiyoning
bosib olinishi, majburan islomning singdirilishi, zulm va xo‘rliklar erli xalqning
25
keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Islom arab xalifaligiga bo‘ysundirilgan
mamlakatlarning ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
U faqat diniy aqidalar sistemasi sifatidagina emas, balki dunyoqarash,
ma’naviy madaniyatning muhim yo‘nalishi sifatida turli sohalarni ham o‘ziga
bo‘ysundira bordi. shuning uchun ham ko‘p adabiyotlarda islom dini tarqalgan va
hukmron dinga aylangan o‘lkalar madaniyati yaxlit holda «islom madaniyati» deb
yuritiladi. Islom kelib chiqqandan so‘nggi 3-4 asr davomida u tarqalgan
mamlakatlarning madaniyati ta’sirnda bu yangi diniy-g‘oyaviy tizim ichida turli
oqimlar, ta’limot, yo‘nalish-lar vujudga keldi. Bu oqimlar umumiy islom dini
prinsiplarini e’tirof etgan holda kator sohalar, aqidalar talqinida bir-biridan tafovut
qilar edi.
Ular o‘rtasida vujudga kelgan ziddnyat va kurashlar musulmon mamlakatlari
ma’naviy hayotini murakkablashtirib yubordi. Islomdagi demokratii oqimni
ifodalovchi xorijiylar harakati vujudga keldi. U mayda guruhlarga bo‘linnb,
so‘ngroq diniy aqidalarni e’tirof etishda bir-biridan farq etuvchi shialar va
sunniylar yo‘nalishi shakllandi. Mehnatkash xalqning adolat uchun kurashi
jarayonida sektantlik harakati vujudga kelib, islomda u ismoilizm va karmatlik
yo‘nalishn shaklida o‘z nfodasini topdi. Ismoilizm va karmatlar islomda
hurfikrlilik va demokratiya uchun kurashnipg ko‘rinishlaridan biri edi.
Karmatlarning tenglik, o‘zaro yordam kabi fikrlarini atoqli mutafakkir, shoirlar
Rudakiy, Nosir Xisrav, al-Maariy, Abu Ali ibn Sino kabilar himoya qildilar,
shuningdek, ayrim aqidalarni, xususan, iroda erkinligi, taqdnr, inson faoliyatining
maqsadlari kabi masalalarni talqin etishda mutazilliylar va mutakallimlar
yo‘nalishi tashkil topib ular o‘rtasidagi kurash ko‘p olim. mutafakkirlor
dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatd?. Islom bilan uzviy bog‘liq holda vujudga
kelgan va uusulmoi mamlakatlarida keng tarqalgan g‘oyaviy oqimlardan 20 biri
tasavvuf-so‘fizm bo‘ldi.
Buoqimlar O‘rta Osiyo xalqlari ilk o‘rta asr madaniyatida ham o‘zining
yorqin ifodasini topdi. Bu oqimlarning shakllanishi va rivojida o‘rtaosiyolik
olimlar ham faol ishtirok etdilar. Islom madaniyati adabiyot, san’at, fan, falsafa,
26
axloq, urf-odat, ta’lim-tarbiya kabilarning barchasiga o‘z ta’siripi ko‘rsatdi. Islom
juda katta muzofotdagi xalqlar madaniy boyliklari, an’analarning o‘zaro ta’sirini
ham kuchaytirib yubordi. O‘rta Osiyo xalqlarining boy madaniy an’analari nafaqat
bu erdagi, balki boshqa muzofotlardagi musulmon madaniyati rivojiga xam katta
ta’sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlariking arablarga qarshi olib borgan uzluksiz
kurashi IX asrning oxirlariga kelib Xuroson va Movarounnahrda mustaqil feodal
davlatlarining shakllanishi bilan yakunlandi. Bu katta hududda IX—XI asrlar
davomida Somoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar
davlatlari vujudga keldi, lekin shu bilan birga ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar xam
avj oldi.
Bu yerda davlatlarning shakllanishida arab xalifaligida taxt uchun olib
borilgan turli nizolar, o‘zaro kurashlar, islomda vujudga kelgan turli oqimlar
o‘rtasidagi ziddiyatlar ham ma’lum rol o‘ynadi. Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili
vafot etdi, u Xuroson hokimi, Marvda istiqomat qilayotan o‘z o‘g‘li Ma’munni
xalifalikka merosxo‘r qilib qoldirdi. Lekin Ma’mun bilan uning akasi Amin
o‘rtasida taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Ma’mun 813 yilda Movarounnahr va
Xuroson feodallari yordamida xalifalik taxtini egalladi va so‘ng 818 ynli
Bag‘dodga ko‘chdi. Erli feodallardan YAh’yo, Axmad va boshqa somoniylarni
Mavarounnahrda hokim qilib tayinladi, ayrim feodallarni, o‘z atrofidagi olimu
fozillar, hunarmandlarni o‘zi bilan Bag‘dodga olib ketdi.
Xurosonda esa hokimiyat tepasiga Tohiriylar sulolasi chiqdi. Ular o‘zlarini
xalifalikka tobe deb atasalarda, mustaqil siyosat olib bordilar. shunday qilib, IX
asrga kelib O‘rta Osiyo va Xurosonda siyosiy-ijtimoiy vaziyat o‘zgardi, u
xalifalik-dan ozod bo‘lib mustaqil rivojlanish yo‘liga kirdi.
27
XULOSA
Biz tarixi necha ming yillarni qamrab olgan buyuk xalqmiz. Ulug‘
ajdodlarimiz asrlar davomida siyosat, ilmu fan va madaniyat, dinu diyonat
sohasida dunyoni xayratga soladigan ulkan ishlarni amalga oshirib kelaganlar.
Vatanimiz istiqloli ana shunday an'ana va qadriyatlarimizni tiklash, ularni zamon
talablari asosida boyitish va rivojlantirish, o‘zligimizni anglash, dunyo
hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash imkonini bergani uchun ham benixoya
aziz va qadrlidir1 . Biz yuqoridagi manbaalarga tayangan holda shuni ta'kidlab
o‘tishimiz mumkinki, jahon sivilizatsiyasida arab madaniyatining salmoqli hissasi
borligi va u hoh u adabiyot bo‘ladimi, hoh u matematika yoki fizika bo‘ladimi, hoh
u astronomiya yoki tibbiyot bo‘ladimi, qo‘yingchi fan va madaniyatning qaysi
tarmog‘i bo‘lishidan qat'iy nazar arablarning ta'siri juda kuchli bo‘lganligini his
qilishimiz mumkin. G‘arb mamlakatlari Sitsiliya va Venetsiya davlatlari
arxitekturasida yoki bo‘lmasa, Florensiya va Lukka matolarida arablarning o‘ziga
xos bo‘lgan naqshlari va gullaridan ustalik bilan foydalanganliklariga guvoh
bo‘lamiz. Ma'lumki, tarixda payg‘ambarlik ijtimoiy va siyosiy hayotga ta'sir eta
oladigan katta saloxiyat sifatida xalqlar va mamlakatlar hayotida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Buni Injildagi Isay, Ieremiya va boshqalarning oldingi
payg‘ambardardan farqli yakkaxudolik, ijtimoiy tartibot g‘oyalarini ilgari
surganligida, xamda ko‘pgina ijtimoiy va ma'naviy o‘zgarishlarni boshlab
berganida ko‘rish mumkin. Arablar muhitidan kelib chiqqan islom dini
mintaqaning eng qadimgi tub joy axolisi xisoblangan islom sivilizatsiyasi semit
etnosining qo‘xna tarixi bilan bog‘liq. Ilmiy xolislik zaminida turuvchi tadqiqotlar
islom dini kelib chiqishining shart-sharoitlari to‘g‘risida gap borganda semitlarning
Yaqin sharq sivilizatsiyasida o‘ziga xos ijobiy o‘rin tutganligini ob'ektiv
ta'kidlaydi. Darhaqiqat, ular orasidan chiqqan akkadiylar, amoreylar, xoldeylarning
Mesopatamiya va umuman, butun g‘arbiy Osiyo sivilizatsiyaviy rivojlanishidagi
o‘rni fanda ma'lum. Islom dini Arabiston yarim orolida, hususan, uning janubida
qadimgi sivilizatsiyaviy zaminda paydo bo‘ldi. Yangi dinning kelib chiqishi
omillaridan biri yana shu bo‘ldiki, Arabistonda VII asr boshlarida yangi xudo va
28
haqiqatni topishga, intilgan ko‘pgina xanifa-targ‘ibotchilar bo‘lgan edi. Ulardan
biri va eng qobiliyatlisi bo‘lgan Muxammad yagona, qodir, mehribon va rahmdil
Allohga itoat qilish, u ko‘rsatgan yo‘ldan chiqmaslik, adolatpeshalik qadriyatlarini
targ‘ib qilib, rasululloh, ya'ni xudoning elchisi darajasiga ko‘tarildi. U arablarni
birlikka chaqirdi. Xalq esa oxir — oqibatda Muxammad dinini qabul qildi. Bu
bilan yangi bir jaxoniy sivilizatsiyaning poydevori toshi qo‘yildi. Bu din avval
boshdan yozma manbasiga — barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan —
qur'onga ega. Islom dini barcha musulmonlarni o‘zaro birodar deb xisoblaydi.
Uning xar bir e'tiqod etuvchi uchun oddiy va. bajarilishi qat'i bo‘lgan, yakka
xudolikka asoslangan qoidalari dindorlarni haqiqiy jannatga erishishiga
ishontirgan. Musulmon dini qaror topishi bilan bu dinga tayangan davlat xam,
maydonga keldi. Uning boshida dastlab payg‘ambarning o‘zi, so‘ngra ketma-ket
dastlabki to‘rt halifa turdilar. Ulardan keyin diniy va siyosiy xokimiyat Muoviylar
sulolasi qo‘lida 100 yilcha bo‘ldi. 750 yilda xalifaning hokimiyatiga Abbosiylar
sulolasi keldi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. “sharq”., 1998 y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T. “Ma'naviyat”., 2008y.
3. Karimov I., Olloh qalbimizda, yuragimizda, T., 1999
4. Apresyan. R.G, Botvinnik B.A. i dr.. Kulturologiya: uchebnik dlya vuzov; pod
red. B.A. Erengross. – M.: Izdatelstvo Oniks, 2007. – 480 s.
5 . Vasilev L.S. «Istoriya religiy Vostoka». Uchebnoe posobie dlya vuzov. – 4-e
izd. – M.: «Knijnыy dom «Universitet», 1999g. s.111 – 121
6. Gryunebaum G.E. Klassicheskiy islam. M., 1988
7. Grinenko G.V. Xrestomatiya po istorii mirovoy kulturы. M.: - Piter, 2004. – 245
8. Erыshev A.A. «Religiovedenie». – K.: MAUP, 1999g. – s.165 – 172, 176 – 179
9. Igpattko A.L. V poiskax schastya. M., 1989
10. Komilov N., Tasavvuf, T., 1999
29
11. Markovoy A. N. Kulturologiya. Istoriya mirovoy kulturы: Uchebnik dlya
vuzov / pod red. Prof. A. N. Markovoy. – 2-e izd., stereotip. – M.: YUNITI-
DANA, 2008. – 600 s
12. Mets L. Musulmanskiy Renessans. M., 1966
13. Maykl Kin «Religii mira». – Xarkov: «Klub semeynogo dosuga», 2003. –
s.147 – 154, 161 – 174.
14. Xusseyn M. Edinaya osnova gumanizma // Kurer YUNESKO. 1992
15. Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001
16. Sufizm v kontekste musulmanskoy kulturы. M.. 1989.
17. «Akademicheskoe religiovedenie». Uchebnik. Pod redaksiey professora
A.Kolodnogo. – K.: «Mir znaniy» 2000. – s.379 – 385.