ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT ARUZNING NAZARIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
36,5 KB
Ilmiybaza.uz
ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT ARUZNING NAZARIY
ASOSLARI
Aruznung nazariy asoslari xususan, arab shе’riyati dastavval ko`chmanchi, tuya
boqish bilan shug`ullanuvchi arab badaviy qabilalarida vujudga kеlgan. Arab
tuyachilari tuyani tеzlatish uchun maxsus qo`shiqlar kuylaganlar va bu qo`shiqlar
arab xalqlari orasida kеng tarqalgan.
VIII asrga kеlib arab olimlari orasida shе’riyat va xalq og`zaki ijodi orasidagi
munosabatni o`rganish, ularning muayyan qonuniyatlarini ishlab chiqishga ehtiyoj
tug`ildi. Bu vazifa haqli ravishda «arab filologiyasining otasi» dеb e’tirof etiluvchi
olim Xalil ibn Ahmad (715/719 – 786/791) tomonidan amalga oshirildi. U aruz
ilmini bir butun tizim holiga kеltirdi va uning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
«Aruz» so`zining ko`plab lug`aviy ma’nolari bor. Adabiy istiloh sifatida
ularning qay biri asos qilib olingani aniq emas. Bu borada olim va ijodkorlar
tomonidan bir-biridan tubdan farq qiluvchi bir qancha fikrlar bildirilgan. Ulardan bir
nеchtasini kеltirib o`tamiz:
1.
Vodiy nomi.
2.
Makka shahrining nomlaridan biri.
3.
Taraf, jihat, mintaqa, yon.
4.
Bulut.
5.
Sarkash tuya.
6.
Chodirning o`rta ustuni.
7.
O`lchov.
Endi ushbu fikrlarning izohi bilan tanishsak:
Ilmiybaza.uz
Alishеr Navoiy o`zining «Mеzon ul-avzon» (Vaznlar o`lchovi) asarida aruz
ilmining asoschisi Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida Aruz dеgan vodiy
borligi haqida ma’lumot bеradi. Bu vodiyda arablar chodirdan uylar tikib, ularni
bеzatib sotar ekanlar. Uyni «bayt» dеb atasharkan. Baytning mavzun-nomavzun
(vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o`lchoviga solib ko`rishganidеk, bеzatilgan
uylar ham bahoga solib o`lchab ko`rilar ekan. Shu tariqa mazkur ilm ushbu vodiy
nomi bilan «aruz» dеb atala boshlangan.
Manbalarda, xususan Sayfiy Buxoriyning “Aruzi Sayfiy” asarida aytilishicha,
Xalil ibn Ahmad Makkada o`ziga yangi ilhom ato etilishini tilab duo qiladi. Duosi
ijobat bo`lib, aruz ilmiga asos soladi va uni Makkaning nomlaridan biri bo`lgan so`z,
ya’ni Aruz nomi bilan ataydi.
Aruz shе’rshununoslik ilmining bir qismidir. Uning «taraf, yon» dеgan ma’no
anglatishi shе’r ilmining bir tarafi dеgan mazmun bilan bog`liq.
Ba’zi rivoyatlarga ko`ra, aruz muammolarning yengil hal etilishiga olib borgan
yo`l ramzi bo`lmish bulutga o`xshaydi. Shе’r vaznining to`g`ri yoki yanglish
ekanligi shu ilm orqali aniqlangani uchun ham «aruz» so`zi bulut dеgan ma’noga
ham nisbat bеrilgan.
Aruz vazni tuya yurishining ritmidan olingan dеgan rivoyatlar ham mavjud.
Badaviylar tuya sahroda yurishni xohlamay, sarkashlik qilgan paytda uni tеzlatish
uchun maxsus qo`shiqlar kuylaganlar va bu qo`shiqlar ohangi aruz vaznining
vujudga kеlishi uchun asos bo`lgan dеgan qarashlar bor. Aruz tizimiga xos bo`lgan
ko`plab istilohlar ham tuya hayoti bilan bog`liq so`zlar asosida vujudga kеlgan
dеyish mumkin.
Aruz shе’riy tizimi arablardan forsiy va turkiy adabiyotga kеng yoyildi.
Hijratning ilk asrlarida Arab xalifaligi butun Eronni fath etdi. Qadimiy Sosoniylar
davlati madaniyati tomir otgan bu hududlarga islomiyat va arablar bilan Qur’oni
Karim va u ifodalangan til – arab tili kirib kеldi. Natijada shе’riyatda ham asta-asta
arablarga xos yangilanishlar bo`y ko`rsata boshladi.
Turkiy adabiyotda islomdan avval o`ziga xos maxsus nazm tеxnikasi bo`lgan va
bu tizim bo`g`inlar soniga asoslangan. Ushbu tizimda yozilgan shе’rlarning
Ilmiybaza.uz
aksariyat qismi to`rtliklardan iborat bo`lishi bilan ahamiyatli edi. Kuzatuvlarga
ko`ra, turkiy xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tеbrata boshlaganlarida barmoq vazn
tizimiga yaqin turuvchi vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk
davrlarda yozilgan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asari «Shohnoma»
vaznida, ya’ni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos Hojibning aynan shu
o`lchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy xalqlar
shе’riy tizimi – barmoqning eng faol shakllaridan bo`lgan o`n bir bo`g`inli vazniga
juda uyg`un ekanligini kеltirish mumkin. Adib Ahmadning «Hibat ul-haqoyiq»
asarida ham ushbu o`lchov to`rtliklar shaklida ifoda etilgan.
Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishida buyuk mutafakkir
shoir hazrat Alishеr Navoiy ijodining o`rni bеqiyos. Navoiy o`zining aruz qonun-
qoidalariga bag`ishlangan «Mеzon ul-avzon» asarida 19 bahr, 160 vazn haqida
ma’lumot bеradi, har bir vaznga turkiy tilda misollar kеltiradi.
Shoir shе’riyatining gultoji hisoblanmish «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotining
o`zida 13 bahr, 90 ga yaqin vazn istifoda etilgan. Agar bunga buyuk mutafakkirning
epik shе’riyati, forsiy tildagi shе’rlarida qo`llanilgan vaznlarni ham qo`shib
hisoblaydigan bo`lsak, mazkur ko`rsatkich 100 dan ortadi. Ularning barchasi aruz
tizimi turkiy shе’riyatning ajralmas qismiga aylanganligini bildirish barobarida bu
shе’riy tizimning turkiy til qonuniyatlariga naqadar mos kеlishini ham isbotlab
bеradi.
VIII asrda yashab ijod qilgan arab adabiyotshunos, musiqashunos olimi Xalil
ibn Ahmad tomonidan asos solingan “Aruz” she’riy o`lchov tizimi qariyb bir ming
uch yuz yildan beri arab, forsiy va turkiy adabiyotlarning asosiy she’riy mezoni
sifatida qo`llanib keladi. Uning bunchalik keng ko`lami, umrboqiyligi aruzga xos
latif musiqiylik, ohanglar rang-barangligi, hayot voqeligi va insoniy hissiyotlar
olamini serjilo misralar vositasida ta’sirchan, jozibador ifodalash imkoinyatlarining
benihoyaligi bilan belgilanadi.
Arab she’riyatiga VIII asrdan tatbiq etilgan mazkur o`lchov tizimi IX asr
boshlaridanovq fors-tojik adabiyotida ham qo`llana boshladi hamda Rudakiy,
Ilmiybaza.uz
Firdavsiy, Daqiqiy, keyinroq Umar Xayyom, Sa’diy, Hofiz She’roziy, Jomiy kabi
buyuk shoirlar ijodidan mustahkam o`rin egalladi.
Aruzning turkiy she’riyatga kirib kelishini ham shu davrga nisbat berish
mumkin.
IX-X asrlarda turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan ko`plab shoirlar o`sha
davr an’analariga muvofiq o`z asarlarini arab tilida bitar ekanlar, aruz o`lchoviga
asoslandilar, xilma-xil musiqiy va jozibador vaznlar zamirida g`oyaviy va badiiy
jihatdan barkamol qasida va g`azallar, ruboiy va qit’alar yaratdilar. IX asrning
mashhur adabiyotshunos olimi Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat-ud-dahr”
kitobida bunday ijodkorlardan ko`plarining nomlari va asarlari zikr qilingan. Bu
davrda turkiy tilda ham aruzning yengil va o`ynoqi o`lchovlarida ko`plab lirik
she’rlar yozliganligi shubhasiz. Zero, bu xil tajribalarsiz XI asrda Yusuf Xos
Xojibning “Qutadg`u biligi”dek yirik dostonining maydonga kelishi mahol edi.
XII asr turkiy adabiyotning namunasi sifatida bizgacha yetib kelgan “Hibatul
-haqoyiq” dostoni aruz nazariyasi va amaliyotini o`zlashtirib, nafis badiiy asarlar
yaratish an’anasi bu davrda ham davom etib, rivojlanib borganidan dalolat beradi.
XIII-XIV asrlar davomida aruz o`lchovi Pahlavon Mahmud, Badriddin Chochiy
kabi mutaffakkir shoirlarning forsiy she’riyatida ham, Nosiriddin Rabg`uziy,
Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroyi kabi sohibi kalomlarning turkiy asarlarida ham keng
qo`llandi va o`zbek adabiyotining asosiy she’riy mezoni bo`lib qoldi. Bu ijodkorlar
tomonidan ko`plab lirik she’rlar, “Qisasi Rabg`uziy” kitobi, “Muhabbatnoma”,
“Xisrav va Shirin”, “Guliston” tarjimalari kabi o`lmas asarlarni bitishda mohirona
foydalanilgan, o`ttizdan ortiq vazn aruz o`lchovlarining adabiyotimizga tobora
chuquqrroq kirib kirib borgani, shoirlarimiz ushbu murakkab o`lchov tizimi
nazariyasini tobora puxtaroq egallab, xilma-xil vaznlar asosida go`zal she’riy
badialar yaratish mahoratini ham izchillik bilan o`rganib borayotganlarini ko`rsatib
turibdi.
Aruz tizimi asrlar davomida arab, fors-tojik va turkiy she’riyatlarida amaliy
jihatdan qo`llanib kelishi bilan bir vaqtda ushbu adabiyotshunosliklarda nazariy
jihatdan ham takomillashib bordi, aruz maxsus ilm sifatida maktab va madrasalarda
Ilmiybaza.uz
muttasil o`rgatildi, mazkur she’riy mezon nazariyasi va amaliyotiga doir ko`plab
ilmiy tadqiqotlar yaratildi, risolalar bitildi. Xalil ibn Ahmaddan so`ng Ibn Usmon
Maziniy, Imom Ahmad ibn Abdurafiq, Ibn al-Xatib, at-Termiziy, Ziyovuddin Abul
Jaysh, al-Hazraniy kabi arab olimlari ushbu ilmga doir asarlar yaratib, aruz
taraqqiyotiga hissa qo`shdilar.
Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishi va izchil rivojlanib
borishida Alisher Naviyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan “Mezonul avzon”
(«Vaznlar o`lchovi») asari alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Ulug` mutafakkir shoir
aruz qoidalarini, xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon
qilish bilan cheklanib qolmay, turkiy xalqlarning og`zaki she’riyati mezoni bilan
aruz vaznlari hamohangligini atroflicha dalilladi hamda turkiy til xususiyatlarini
nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususuan, o`zbek she’riyatida
keng qo`llanishi mumkin bo`lgan ko`plab o`lchovlarini ham belgilab berdi.
Aruz ilmi rivojiga turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan adabiyotshunos
olimlar ham munosib hissa qo`shdilar. Mashhur faylasuf Abu Nasr Forobiy (X asr),
Qosim Zamaxshariy (X-XII asrlar), Abu Ya’qub Yusuf ibn Abubakr Sakkokiy (XII-
XIII asrlar) o`zlarining arab va forsiy tilda bitgan ilmiy asarlari bilan faqat arab va
forsiy aruzlarga emas, ayni vaqtda turkiy aruz taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir
ko`rsatdilar.
O`zbek aruzining naziriy va amaliy jihatdan yanada kamol topishida
Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” deb nomlangan yirik ilmiy asarining
ahamiyati beqiyosdir.
XIX asr oxirlarida Zokirjon Furqat ham aruz ilmiga doir risola bitgan edi.
Haligacha nashr qilinmagan bu asarni professor G`ulom Karimov Ostroumov
fondidan topgan edi. 16 betlik bu kichik risolada shoir aruzning she’riyatimizda
keng qo`llangan 55 vazni haqida ma’lumot bergan, har qaysi o`lchovga forsiy va
turkiy adabiyotlardan misollar keltirilgan.
Aslida aruz she’riy o`lchov tizimi sifatida arab va fors-tojik she’riyatlariga
xos jami 19 bahr, ularning jami 200 dan ortiq vaznlarini o`rganib, o`zlashtirib
kelgan. Aruz ilmiga bag`ishlangan risolalarning har birida shu holatni ko`ramiz.
Ilmiybaza.uz
Xalil ibn Ahmad o`zi asos solgan ilmni “Aruz” nomi bilan atagan edi. Bu
so`zning ma’nosini aruzshunoslar turlicha izohlab kelganlar. Alisher Navoiy
o`zining “Mezonul-avzon” asarida bu so`z ma’nosiini quyidagicha sharhlagan edi:
“Xalil ibn Ahmad” rahmatullohki, bu fanning voizidur, chun arab ermish va aning
yaqinida bir vodiy ermishki, ani “Aruz” derlar emish va ul vodiyda a’rob uylarin
tikib, jilva berib bahoga kiyururlar ermish. Va uyni arab “bayt” der. Chun baytlarni
bu fan ila mezon qilib mavzunini nomavzunidin ayururlar, guyoki qiymat va bahosi
ma’lum bo`lur, bu munosabat bila “aruz” debturlar”. Ko`rinadiki, ulug` shoir “aruz”
istilohi Xalil ibn Ahmad yashagan manzilga yaqin bo`lgan vodiy nomini bildiradi,
degan fikrni ta’kidlayapti, bu vodiyda arablar chodir uylarni tikib, ularni bezatib,
bahosini aniqlab sotar edilar.
Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakillanishi va izchil rivojlanib
borishida Alisher Navoiyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan “Mezonul avzon”
(“Vaznlar o’lchovi”) asari alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ mutafakkir shoir
aruz qoidalarini, xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon
qilish bilan cheklanib qolmay, turkiy xalqlarning og’zaki she’riyati mezoni bilan
aruz vaznlari hamohangligini atroflicha dalilladi hamda turkiy til xususiyatlarini
nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususan, o’zbek she’riyatida
keng qo’llanishi mumkin bo’lgan ko’plab o’lchovlarini belgilab berdi.
O’zining lirik she’rlari va dostonlarini yaratishda aruzning rango-rang
vaznlarini sinchkovlik bilan sinovdan o’tkazgan Navoiy turkiy tillarda ham aruz
o’lchovlari asosida turli-tuman janr va shakllarda g’oyat latif lirik asarlar yaratish
va yirik dostonlarni bitish mumkinligini amalda isbot ham qilib bergan edi. Bu bilan
shoir turkiy tilning beqiyos boyligi va betakror go’zalligini she’riy o’lchov jihatidan
ham namoyish qildi.
O’zbek aruzining nazariy va amaliy jihatdan yanada kamol topishida
Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” deb nomlangan yirik ilmiy asarining
ahamiyati beqiyosdir. Olim va shoir Bobur aruzning nazariy asoslarini mukammal
yoritadi, aruz o’lchovlarining forsiy va turkiy she’riyatlardagi mavqeyini, ko’lamini
har ikki adabiyotning o’lmas namunalari bilan dalillaydi, ayni vaqtda o’zbek aruzi
Ilmiybaza.uz
o’lchovlar doirasining nihoyatda kengligini takidlash maqsadida she’riyatimizda
qo’llanishi mumkin bo’gan 537 o’lchovni (ulardan 400 ga yaqini mutlaqo yangi,
Bobur tomonidan kashf qilingan) sanab o’tib, ulardan har biriga bir baytdan misol
keltiradi. Binobarin, ”Muxtasar” o’zbek aruzining ilm sifatida taraqqiyotida alohida
o’rin tutadi.
XIX asr oxirlarida Zokirjon Furqat ham aruz ilmiga doir risola bitgan edi.
Haligacha nash qilinmagan bu asarni professor G’ulom Karimov Ostroumov
fondidan topgan edi. 16 betlik bu kichik risolada shoir aruzning she’riyatimizda
keng qo’llangan 55 vazni haqida ma’lumot bergan, har qaysi o’lchovga forsiy va
turkiy adabiyotlardan misollar keltirilgan.
Inqilobdan keyingi davrda ham o’zbek aruzining nazariy va amaliy
masalalarini ilmiy tadqiq etish davom etdi.
1936-yil Fitrat qalamiga mansub “Aruz haqida” risolasi nash etildi. Olim
unda aruz qonunlarini soddalashtirib bayon qiladi, she’riyatimizda qo’llangan eng
musiqiy o’lchovlarning ohang xususiyatlarini takidlab, ularga o’zbek adabiyotidan
misollar keltiradi.
1948-yili adabiyotshunos olim Sodiq Mirzayev “Navoiy aruzi”
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozib tugalladi. Tadqiqotda aruzning
nazariy masalalari Navoiy “Mezonul avzon”i asosida bayon qilingan Navoiy
she’riyatida qo’llanilgan bahrlar ta’kidlab ko’rsatilgan edi. Olimning ulkan xizmati
shunda bo’ldiki, u Navoiyning “Xazoiyin ul-maoniy”asaridagi 3132 she’rning vazn
xususiyatlarini ilk bor aniqlab chiqdi, ularning ruknlarini, chizmalarini belgilab
berdi. Bu jadvallardan adabiyotshunoslarimiz hanuz foydalanib kelmoqdalar.
O’zbek aruzining nazariy va amaliy masalalari taniqli olim Alibek
Rustamovning “Aruz haqida suhbatlar” risolasida ham o’z ifodasini topgan.
Tadqiqotchi o’z asarida Fitrat risolasidagi an’analarni yanada rivojlantirib, aruz
qonunlari, xilma-xil bahrlar, vaznlarning ohang xususiyatlarini osonlashtirib
ifodalash usulini qo’lladi. A.Rustamovning Navoiy va Habibiy she’rlarining vazn
xususiyatlari haqidagi tadqiqotlari ham o’zbek aruzidagi badiy mahorat
muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Ilmiybaza.uz
Adabiyotshunos S.Hasanovning Bobur risolasi tadqiqiga bag’ishlangan
izlanishlari ham o’zbek aruzinig nazariy va amaliy muammolarini hal qilishga,
xususan, mazkur risolaning ilmiy-amaliy qimmatini atroflicha yoritishga
bag’ishlangan edi.
Keyingi yillarda o’zbek aruzining nazariy masalalarini o’rganish ustida
zahmatkash olim Ummat To’ychiyev jiddiy ilmiy tekshirishlar olib bordi, uning
“O’zbek poeziyasida aruz sistemasi’ sarlavhali yirik ilmiy asarida ana shu
tadqiqotlarning natijalari o’z ifodasini topgan.
Ko’rinib turibdiki, XV asrdan beri o’zbek aruzini ham nazariy, ham
amaliy masalalari izchillik bilan tadqiq qilinib keldi, ushbu she’riy mezonning
yetakchi xususiyatlari, eng maqbul, musiqiy bahrlari hamda vaznlari belgilandi,
imkoniyatlar ko’lami aniqlandi, ba’zi ijodkorlarning aruzdan foydalanishdagi
mahorati munosib baholandi.
Lekin o’zbek aruzi tarixi, kamolot xususiyatlari, har qaysi o’zbek shoiri
ijodidagi o’rni, har bir sohibi kalomning ohang yaratishdagi san’atkorligini
o’rganish sohasida ko’pdan-ko’p muammolar adabiyotshunosligimiz oldidagi
dolzab vazifalardan bo’lib turibdi. Bu muammolarni hal qilish uchu esa ,avvalo,
iqtidorli aruzshunos mutaxasislarni tarbiyalab yetishtirish, maktab va oliy o’quv
yurtlarida o’zbek aruzi nazariyasi va amaliyotini chuqur o’rganish lozim.
Shubhasiz, bu sohadagi eng katta mas’uliyat maktablardagi til va adabiyot
o’qituvchilari zimmasiga tushadi. Ularning aruz nazariyasi va amaliyoti
sohasodagini bilim va malakalari ushbu she’riy o’lchov tizimini maktablarda
muvaffaqiyatli o’rganib borishning asosiy garovidir.
Xalil ibn Ahmad aruz ilmi va amaliyotiga asos solar ekan, arab tilining xususiyatlari,
arab adabiyotining azaliy an’analari ,uslubiyati, She’r turlaridan kelib chiqqan edi.
U belgilab bergan bahrlar, vaznlar arab tili va she’riyatiga qoyilmaqom bo’lib
tushgan edi. Aruz boshqa xalqlar adabiyotlariga o’tib borar ekan, har qaysi til, har
qaysi adabiyot xususiyatlariga mos kelishi qiyin ekan, albatta. Shuning uchun ham
fors-tojik she’riyatiga kirib borgan aruz nazariy jihatdan ham, amaliy nuqtayi
nazardan ham qator o’zgarishlarga duch keladi. arab adabiyotiga muvofiq keluvchi
Ilmiybaza.uz
qator bahr hamda vaznlar, xususan, tavil, madid, basit, muqtazab, qarib, mushokil,
g’arib bahrlari fors-tojik she’riyatiga mos kelmaganligi tufayli tushib qoldi, boshqa
bahrlarning vaznlarida ham ko’pgina o’zgarishlar - almashuvlar ro’y berdi; bular
oqibatida fors-tojik aruzi deb atalgan she’riy o’lchov tizimi shakllanib bordi.
Aruz turkiy adabiyotlarga ko’chganligida ham xuddi shu xil holat yuz
berdi, yuqorida zikr etilgan bahrlarning turkiy she’riyatlarga ham mos tushmasligi
ma’lum bo’ldi. Turkiy tillarning arab va fors tillarga nisbatan o’zgachaligi, xususan,
unda cho’ziq hijolarning nisbatan kamroq qo’llanishi, qisqa hijolarning ketma – ket
kelishi kabi holatlari turkiy aruzning shakllanishiga sabab bo’ldi. Uning uzviy bir
qismi bo’lgan o’zbek aruzi ham bir qator jihatlari bilan arab va fors-tojik aruzidan
ajralib turadi. Aruz fonetikasi – hijolarning tuzilishi va turlari, asl ruknlarning hosil
qilinishi va xilma-xil ko’rinishlari, bahrlarning tashkil topishi, zihoflar –
o’zgarishlarning xususiyatlari va turlari arab, fors-tojik aruzi kabi o’zbek aruziga
ham xosdir. O’zbek aruziga maxsus jihatlar quyidagilar:
1. O’zbek aruzida 19 bahrdan 11 tasigina qo’llaniladi. Ular hazaj, rajaz, ramal,
munsarih, muzoyii, mujtass, hafif, sari, mutaqorib, mutadorik, komil bahrlaridir.
Arab she’riyatiga xos bo’lgan vofir, tavil, madid, basit, qarib, mushokil, g’arib,
muqtazab bahrlari o’zbek aruzida qo’llanmaydi.
2. O’zbek aruzida qo’llaniladigan bahrlarning o’zbek tili xususiyatlari bilan
belgilanadigan vaznlar doirasi mavjud. Binobarin, she’riyatimizda qo’llaniladigan
vaznlar soni va turlari jihatidan arab va fors-tojik she’riyatidagi vaznlardan
farqlanishi mumkin.
3.O’zgarishlarning barchasi ham o’zbek aruziga mos kelavermaydi, shuning
uchun arab va fors-tojik aruziga xos jami 44 xil o’zgarishning 23 turigina
she’riyatimizda qo’llaniladi.
Aslida aruz she’riy o’lchov tizimi sifatida arab va fors-tojik
she’riyatlariga xos jami 19 bahr, ularning jami 200 dan ortiq vaznlarini o’rganib,
o’zlashtirib kelingan. Aruz ilmiga bag’ishlangan risolalarning har birida shu
holatlarni ko’ramiz. Lekin o’zbek aruzi uchun xos bo’lmagan qoidalar, bahrlar,
o’zgarishlar, vaznlarni o’zlashtirish ortiqcha vaqt sarflashdan boshqa narsa emas.
Ilmiybaza.uz
Shuning uchun biz kitobda o’zbek aruzi qoidalarinigina, she’riyatimizda
foydalanilgan va foydalanilayotgan bahrlar hamda vaznlarnigina o’rganishni
maqsadga muvofiq deb bilib, o’zbek aruzining eng muhim qoidalarinigina bayon
qildik. Ayni chog’da, ana shu qoidalarni o’zlashtirish uchun qulay bo’lgan tartib
bilan yoritishga intildik.