ARXEOLOGIK MANBALAR
Reja:
1. Arxeologik manbalar va ularning turlari.
2. Arxeologik manbalar asosida topilgan yodgorliklar.
3. Xulosa.
1. Yahyo Gulomov– qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga
asoslanib kishilik ja-miyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor
buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va
irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar
Arxeologiyaning bosh manbai boʻlib, ularni chuqur ilmiy oʻrganish asosida
oʻtmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy
manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmogʻi hisoblanadi.
Arxeologiya soʻzini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar
maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr
boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri boʻlib, Arxeologiya
fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga boʻlinib oʻrganilar edi;
Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini oʻrganuvchi mumtoz
Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-oʻrta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini
oʻrganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular
birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.Oʻzbekistonda
arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib
olganidan soʻng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning oʻtmishi, xalqining urf-
odati, qadimgi qoʻlyozmalarini oʻrganish orqali oʻlkada oʻzining mustamlakachilik
rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini oʻrganishni dastavval
rus Arxeologiya havaskorlari va oʻlkashunoslari boshlab berdi. 1895-yil V. V.
Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tuzilib,
Arxeologiya ishlari shu toʻgarak nazoratida olib boriladi. Oʻsha davrda oʻtkazilgan
Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning
xizmati katta boʻldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng
oʻrganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda
ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday boʻlsa ham 19-
asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar
Oʻzbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo
xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishda dastlabki
qadamlar qoʻyildi. Mahalliy xalq oʻrtasida oʻz vatanining oʻtmish yod-gorliklari bilan
qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi
qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni toʻplovchi havaskor oʻlkashunoslar paydo
boʻldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida boʻlib turli xil
(koʻproq numizmatikaga doir) topilmalarni toʻplashdan ibo-rat boʻlgan. Afrosiyob,
Ulugʻbek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan.
Oʻzbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob
harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye.
Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib
oʻrgandilar. 30-yillarda keng koʻlamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy
Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V.
A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F.
Gʻulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va
Machay gʻorlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–
37) olib bordilar. Toʻplangan arxeologik materiallar Oʻzbekiston tarixini
davrlashtirishda muhim manba boʻldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor,
Tozabogʻyop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) oʻrganilib, fanga kiritildi.
Teshiktosh gʻoridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi Oʻzbekiston
arxeologiyasida buyuk kashfiyot boʻlib, dunyo olimlarida katta qiziqish uygʻotdi.
Oʻzbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Oʻrta Osiyo davlat universitetida
arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), OʻzFA Arxeologiya boʻlimining tashkil
etilishi (1943) katta ahamiyatga ega boʻldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga
boʻlib oʻrganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-
etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Fargʻona ekspeditsiyalari katta rol
oʻynadi. 50-yillarda Oʻzbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent
vodiysida mozorqoʻrgʻonlarni (T. Aʼzamxoʻjayev), Zamonbobo jez davri
qabristonini (Ya. Gʻulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni
oʻrganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. Gʻulomov
rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4– 2-ming yillikka
mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh
konlari (A. Askarov, M. Qosimov, Oʻ. Islomov va T. Mirsoatov), Moʻminobod
qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Joʻraqulov), Chust
jez davri qishlogʻi harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A.
Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda
keng koʻlamda kazishlar olib bordi. Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolalik-tepa, Afrosiyob,
Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining oʻrganilishi, Samarqand va Mugʻ
togʻida qadimgi Sugʻd, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiOʻzbekiston
madaniyatining yuqori darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi.Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) Oʻzbekistonda
arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70–80-yillarda institut
jamoasi tomonidan Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli
arxeologik kuzatuv va qazishlar oʻtkazilib, oʻtmishning eng qadimgi davri – tosh
asridan to soʻnggi oʻrta asrlarga mansub koʻplab nodir yodgorliklar topildi. Mas,
Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh,
Amir Temur, Omonqoʻton, Obirahmat, Xoʻjakent, Qapchigʻay, Obishir, Qoratogʻ,
Xoʻjamazgil (M. Qosimov, Oʻ. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M.
Xoʻjanazarov) kabi qadimgi tosh davri gʻor makonlari hamda Xorazm choʻllarida
yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) oʻrganilishi
diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar Oʻzbekiston
tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba boʻlib xizmat qildi.
Ayniqsa Oʻzbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga
tegishli koʻplab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqoʻton, Kuchuktepa, Mir-shodi)
topilishi va oʻrganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi
Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar
madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar
Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va
Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimgi shaharlarni oʻrganishga
bagʻishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar – Yerqoʻrgʻon (R. Sulaymonov, M.
Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev),
Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turgʻunov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich),
qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar
(miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va
Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M.
Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-
gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali boʻldi. Xorazm va Zarafshon
vodiysida Ya. Gʻulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning
qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini
oʻrganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida
ahamiyatga ega boʻldi.Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va
Sirdaryo vohalari hamda Fargʻona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik
izla-nishlar tufayli Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston yerlarida yashovchi aholining
asosiy antropologik tiplarga boʻlinganligi ularning shakllanish tarixini yoritish
imkonini berdi; oʻzbek etnosining oʻziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning
ularga kelib qoʻshilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga
oydinlik kiritishda T. Xoʻjayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli boʻldi.
Shu asnoda A. fanining turli davr va yoʻnalishlari boʻyicha il-miy maktablar tarkib
toddi. Ularga Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G.
A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr
etildi.Mustamlaka davrida Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududidan topil-gan
eng nodir arxeologik topilmalar, 664qoʻlyozma asarlar talon-taroj etilib Moskva,
Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas,
mashhur
Amudaryo
xazi-nasi
Londondagi
Britaniya
muzeyiga
olib
ketilgan.Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini oʻzbek xalqi tarixi bilan
bogʻlash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston Arxeologiyasi
oʻz tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga koʻtarildi. Fransiya,
Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar
olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar
mavjud.
2. Arxeologiya yodgorliklari – arxeologik tadqikotlarning ob’ekti boʻlib xizmat
qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar.
Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy man-balar boʻlib, ularni oʻrganish bilan
kishilik jamiyatining oʻtmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining
yozma tarixga-cha boʻlgan eng qadimgi davrini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Arxeologik davrlar boʻyicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga
boʻlinadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr
yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa insho-otlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6)
qadimgi Mozor-moʻla va oʻbalar; 7) qadimgi me’morlik yodgorliklari; 8) qadimgi
hujjatlar; 9) oʻrta asr shahar va rabotparnnnng harobalari; 10) zargarlik buyumlari va
qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va oʻrta asr pullari, turli arxeologik
topilmalar.
Surxondaryo – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko‘proq vaqt
davomida dunyoning ko‘plab arxeologlari va sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Va bu tasodif emas. Yaqinda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan ko‘hna Termiz
shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa,
Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o‘ralgan.
Dalvarzintepa - Kushon podshohlarining qarorgohi
Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan
60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimgi
Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E.
Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya
maʼbudi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida
barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng
qadimgi buddaviylar binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar,
tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.
1972 yilda ko‘hna shaharchaning qadimgi mavzelari o‘rganilayotganda, uy deb taxmin
qilinayotgan binolardan birida, og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan.
O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan
mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.
Yaqinda Toshkentda mashhur Dalvarzin xazinasi to‘plamiga taalluqli buyumlar
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida turli xil fil suyaklaridan yasalgan
osori-atiqalar, alohida ahamiyat kasb etadigan dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari
(mil. avv. 1-2 asr), qadimgi Yunon-Baqtriya davriga oid qimmatbaho toshlar, tangalar,
mayda sopol buyumlar topilgan.
Qirq-Qiz qalʼasi
Eski Termizdan 3 kilometr g‘arbda qadimiy qalʼa joylashgan. Arxeologlar qalʼa
qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar
qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va
tadqiqotlar davomida bu yerda ko‘plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari,
tangalar, gipsli haykallar va boshqalar.
Qirq-qiz qalʼasi bilan qadimgi afsona bog‘liq. Bir vaqtlar bu qalʼada jasur malika
Guloyim 40 nafar dovyurak jangovar hur qizlardan iborat kanizaklari bilan birga
yashagan. Qadimiy qalʼaning nomi mazkur qizlar nomidan kelib chiqqan. Jasur hur
qizlar o‘zlarining qalʼalarini va bekalarini qattiq himoya qilganlar, dushmanlarning
hujumlarini qaytarib, erkaklarning yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymaganlar.
Ammo bir kuni Kokildor-ota ismli yigit qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U sochlarini
uzun qilib o‘stirdi va shu tufayli qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Yigitning ayyor rejasi
tezlikda oshkor bo‘ldi, malika esa unga oshiq bo‘lib,ular ajoyib to‘y o‘tkazdi.
Balkim shuning uchun Qirq-Qiz qalʼasining xarobalari yengib bo‘lmaydigan qalʼaga
o‘xshaydi. Lekin aslida bino keng yo‘lakli va ko‘p sonli xonalari bo‘lgan katta
saroylardan biri edi.
Agar siz qadimiy qalʼani ziyorat qilsangiz, ilgari mahalliy chillaxona vazifasini o‘tagan
g‘ayrioddiy xonaning qoldiqlarini ko‘rishingiz mumkin. U yerda hanuzgacha shoxlariga
mayda matochalar bog‘lab qo‘yilgan eski daraxt bor. Afsonaga ko‘ra, onalik baxtiga
erishish istagida bo‘lgan farzandsiz ayollar bu yerga kelib, zurriyot uchun ibodat qilib,
bo‘lg‘usi bolalarning ismlari yozilgan kichik matochalarni daraxt shoxiga bog‘lab
qo‘yadilar.
3. Xulosa qilib aytganda, arxeologik manbalar bizga o’tmishdan qolgan buyuk obida va
yodgorliklarni o’rganishda va kelajak avlodga ularni to’g’ri va mukammal tarzda
yetqazishimizga yordam beradi. Shu sababli arxeologiya hozirgi kunda dunyo
miqiyosida tan olingan fan sifatida o’rganilib kelinmoqda. Arxeologiya nafaqat
yodgorliklarni topishda balki insoniyat tarixida yuz bergan voqea va hodisalar haqida
ma’lumot beradi. Hozirgi kundagi tarixiy ma’lumotlar asosan arxeologik manba va
qazilmalarga asoslanib yoziladi.