ARXEOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-03-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
291,5 KB
ARXEOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1. Arxeologiya fanining rivojlanish tarixi.
2. Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari.
3. Arxeologik davrlashtirish va xronologiya.
4. Arxeologiyaning siyosiy maqsadda qo’llanilishi.
TAYANCH SO’ ZLAR
Arxeologiya, numizmatika, epigrafika, sfragistika, arxeologik manbalar,
arxeologik yodgorliklar, arxeologik davrlashtirish, madaniy qatlam.
Arxeologiya – tarix fanining mustaqil yo’nalishi bo’lib, o’zining tadqiqot
obyekti, shuningdek, ularni ochib o’rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi.
Ya’ni zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, o’rta asrlarga oid
yodgorliklarni o’rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi.
Arxeologiya va tarixni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ikkala fanning ham
maqsadi bir xil, ya’ni insoniyat tarixini o’rganishdan iborat. Mazkur sohada
faoliyat yuritayotgan kishilar tarixchi va arxeolog deb yuritiladi.
Arxeologiya o’zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Rivojlanish tarixi
bevosita insoniyat jamiyatining umumiy tarzda rivojlanib, ilm va fanning
rivojlanish jarayonidagi o’zgarishlarni arxeologik topilmalar misolida ko’rish
mumkin.
Arxeologiya – yosh ijtimoiy fanlardan biri bo’lsa-da, uning ildizlari uzoq
tarixga borib taqaladi. Yozma manbalardan ma’lumki, mil. avv. VI asrda Bobil
podshosi Nabonid (Nabunaid, Nabonagid, mil. avv. 555-538 yy.) saroy va
ibodatxonalarning asos qismida qazuv ishlarini olib borgan. Ayni paytda Britaniya
muzeyida Nabonid tomonidan topilgan yozuvli taxtacha saqlanmoqda.
“Arxeologiya” atamasi yozma manbalarda ilk marta yunon faylasufi Platon
(mil. avv. 427-347 yy.) ning “Katta Gippiy bilan suhbat” asarida tilga olinadi.
Arxeologiya ikkita qadimgi yunon so’zidan iborat bo’lib, “arxeos” – qadimgi,
“logos” – fan degan ma’nolarni anglatadi. Xuddi shunga o’xshash iborani yunon
yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiy (mil. avv. 80-29 yy.) ham qayd etgan. Ya’ni Troya
urushigacha bolgan davr ellinlar nazarida “Ellinlar arxeologiyasi” hisoblangan.
Diodor Sitsiliyskiyning zamondoshi Dionisiy Galikarnasskiy Rim tarixini Puni
urushigacha bo’lgan davrini “Rim arxeologiyasi” deb atagan. “Arxeologiya”
atamasini shuningek Strabon va boshqa yunon muarrixlari ham ishlatib, ularning
nazarida bu atama nafaqat qadimgi, balki ibtidoiy davrni ham qamrab olgan.
Rim imperiyasining lotin mualliflari “qadimiyat” – a n t i q u i t a t e s -
atamasini qo’llaganlar. O’rta asrlarda “arxeologiya” atamasi “qadimiyat” atamasi
tomonidan siqib chiqarilib, ancha vaqtgacha (XIX asrgacha) yodga olinmaydi.
Rim imperiyasida shuningdek “a n t i q u a r i e u s” – antikvariy, ya’ni
qadimiyatga qiziquvchi atamasi ham qo’llanilgan. O’rta asrlarda antikvariylar
jumlasiga turli qadimiy qo’lyozmalarni yig’uvchi kishilar kirgan bo’lsa, Uyg’onish
davriga kelib asosan klassik madaniyat namunalarini yig’uvchilarni, ya’ni antik
davr madaniyatiga qiziquvchilarni shunday ataganlar.
1767 yilda Gettingen universiteti prof. Xristian Gottlib Geyni “arxeologiya”
atamasiga “Yunon va rimliklarning qadimgi san’ati arxeologiyasi” kursi
bo’yicha ma’ruza o’qib, uni qaytadan muomalaga kiritadi. Lekin bu yunonlarning
“arxeologiya” ga bergan ta’riflari singari keng qamrovli bo’lmay, faqat klassik
san’at yodgorliklarini ta’riflash va klassifikatsiya qilish bilan cheklangan. XIX asr
boshigacha qadimiyat bilan shug’ullanuvchilarni faqat antik madaniyat namunalari
qiziqtirgan.
Shu davrdan boshlab arxeologiyaning yordamchi tarmoqlari – numizmatika
(tangashunoslik), epigrafika (toshlardagi bitiklarni o’rganish), sfragistika
(muhrlarni o’rganuvchi fan) vujudga kela boshlaydi.
Epigrafikaga qiziqish Angliyada ham yoyila boshlaydi. Bu yerda
arxeologiya qirol Karl I va uning yaqinlari homiyligida boyitila boshlandi.
XVII asrning o’rtalarida Fransiyada Pomponiy Letning birinchi Antikvar
akademiyasi ochiladi. Keyinchalik Qo’lyozmalar akademiyasi, Me’morchilik
akademiyasi, Haykaltaroshlik va rassomchilik akademiyasi ochiladi. Bu
tashkilotlar turli ekspeditsiyalar uyushtirib, topilgan materiallarni o’rganish va
ularni sistemalashtirish ustida ish olib boradilar.
1733 yilda Angliyada Delitantlar jamiyati ochiladi. 1753-1756 yy. Juda
ko’plab arxeologik ashyolarni qo’lga kiritgan Britaniya muzeyi ociladi.
1718 yilda Rossiyada Pyotr I boshchiligida ilk marta antikvar materiallarni
izlash, to’plash va o’rganish boshlanadi. Barcha topilmalar Kunstkameraga
joylashtirilgan. Shu davrda Sibirdagi mozor-qo’rg’onlarda qazuv ishlari olib
borilib, juda ko’plab bronza va tilladan yasalgan buyumlar topiladi.
XVIII asrning oxiridan arxeologiya Rossiyada keng ko’lamda yoyila
boshlanadi. Arxeologik topimalarni saqlash uchun turli ilmiy jamiyat va muzeylar
tashkil etiladi (1806 yil Nikolayevoda, 1811 yil Feodeasiyada, 1825 yil Odessada,
1826 yil Kerchda).
1839 yilda Odessa tarix va qadimiyat jamiyati tashkil etilib, 1844 yildan
olib borilgan qazuv ishlarining natijalari har yili nashr etib borilgan.
Yevropa davlatlari singari Rossiya jamiyatida ham Sharqqa qiziqish ortadi.
Chor hukumati a’zolari Kavkaz va O’rta Osiyo hududlarida amaliy san’at
namunalari va qo’l yozma asarlarni izlash va yig’ishga qiziqish kuchayadi.
1818 yil Kunstkamera tarkibida Osiyo muzeyi tashkil etiladi. 1846 yil
Peterburgda arxeologiya va numizmatika jamiyati tashkil qilinib, bu jamiyat
arxeologik ishlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. 1855 yil Peterburg
universitetida Sharq fakulteti ochiladi. Uning birinchi dekani Kazanbek O’rta
Osiyoda bir necha marta ekspeditsiyalar uyushtirib, qator tarixchi olimlarni
yuboradi.
Turkiston o’lkasi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, bu yerda ham
mazkur fanga qiziqish orta boshlaydi. 1895 yil 11 dekabrdaTurkiston arxeologiya
havaskorlari to’garagi tuziladi.
XIX asrning 80-90-yillarida mahalliy aholi orasidan ham qadimiyatga
qiziquvchilar ko’payadi. Masalan, Mirza Buxoriy Mirza Abdullo, Mirza Barat
Mullaqosimov, Akram Polvon Asqarov, Muhammad Vafo, Alixo’ja Yunusov, Mirza
Hakim va boshqalar qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to’plash bilan
shug’ullanishgan. Bu davrda Afrosiyob, Ulug’bek rasadxonasi va Poykand
xarobalarida dastlabki qazuv ishlari olib borilgan.
Keyinchalik V.L. Vyatkin Afrosiyob xarobasini (1925, 1929-30), B.P.
Denike qadimgi Termizni (1926-27), M.Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925-
28), Ayritom xarobalarini (1932-33), qadimgi Termizni (1936-38), A.Yu.
Yakubovskiy Zarafshon vodiysini (1934, 1939), V.A. Shishkin Tali Barzu (1936-
38) va Varaxshani (1936-39), S.P. Tolstov va Ya.G’. G’ulomov qadimgi Xorazm
vohasida (1937-50), A.P. Okladnikov Teshiktosh va Machay g’orlarini (1938-39),
V.V. Grigorev Qovunchitepa xarobalarini qazib o’rgandilar.
1940 yilda O’rta Osiyo Davlat universitetining Tarix fakulteti bazasida
M.Ye. Massonning tashabbusi bilan O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tashkil
etiladi. Kafedra a‘zolari tomonidan O’rta Osiyoning turli respublikalarida, ayniqsa
Turkmaniston va O’zbekistonda keng ko’lamli qazuv ishlari olib borildi. 1963
yilda Qashqadaryo vohasining yuqori qismini tadqiq etish uchun Kesh arxeologik-
topografik ekspeditsiyasi tashkil etiladi.
1970 yilda O’zR FA Arxeologiya institutining tashkil etilishi arxeologik
tadqiqotlarning ko’lamini yanada kengaytirdi.
XX asr davomida butun Orta Osiyo hududida barcha davrlarga taalluqli
arxeologik yodgorliklar, qadimgi kanallar, suv o’zanlari o’rganildi.
2001 yil 24 oktabrda Termiz Arxeologiya muzeyi Termiz shahrining 2500
yilligi munosabati bilan (2 aprel 2002 yil) tashkil etildi. Ushbu muzey O’rta
Osiyodagi yagona mutaxassislashtirilgan muzey hisoblanadi.
M.Ye. Massonning ta’rificha arxeologiya – tarixning bir sohasi bo’lib,
kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini xilma xil izlariga, aksariyat hollarda
moddiy yodgorliklarga, imkoniyat bo’lgan joyda esa, yozma manbalarga, til,
etnografiya, geologiya, tuproqshunoslik, antropologiya, zoologiya, botanika va
boshqa fanlar yutuqlariga tayanuvchi fandir.
Bizga ma’lumki, tarix fani moddiy manbalarni o’z ichiga oladi. O’tmish
tarixni tiklashda qazish natijasida topilgan moddiy manbalar alohida o’rin tutadi.
Moddiy manbalar madaniy qatlamlarda saqlanadi. Moddiy manbalar yozma
manbalardan qadimiy bo’lib, tarixning ulkan qismini moddiy manbalar, ya’ni
arxeologik topilmalar orqaligina tiklash mumkin.
Moddiy manbalarning ko’pi yer qa’rida saqlanadi. Bular – tosh qurollari, har
xil mehnat qurollari, suyaklar va hakozalar. Moddiy manbalar yordamida o’tmish
tarixiy jarayonlari – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealari o’rganiladi.
Arxeologik manbalarni shartli ravishda 2 turga bo’lish mumkin:
1. Tabiiy manbalar inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va
geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan zoologlar va botaniklar o’rganadi.
2. Sun’iy yoki inson tomonidan yaratilgan manbalar. Ular mehnat qurollari,
yarog’-aslahalar, sopol idishlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari,
yozuv hamda uning manbalari va hakozolar.
Arxeologiya
insoniyatning
o’tmish
tarixini
o’rganishda
arxeologik
ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar,
mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga suyanib
ko’radi. Arxeologik ekspeditsiyalar deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va
boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala tadqiqot yo’li bilan
o’rganish usuli tushuniladi.
Joylarda arxeologik ekspeditsiyalarni maxsus ilmiy tadqiqot institutlari, oliy
o’quv yurtlarining arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar,
shuningdek o’lkani o’rganish to’garaklari tashkil etadi.
Arxeologik ekspeditsiya va otryadlarning ish uslubi uch bosqichli bo’lib,
arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iboratdir, uning
vazifasi yodgorliklarning paydo bo’lgan davri, qancha yashaganligi, inqirozga yuz
tutishi va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida qo’lga
kiritilgan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joyda yodgorlikni to’liq qazib ochishdan
va yodgorlik haqida xulosalar chiqarishdan iborat bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, arxeologik yodgorliklarning bir qismi yer
ostida va boshqa xillari yer ustidadir. Arxeolog u yoki bu yodgorliklarni qazir
ekan, shubhasiz madaniy qatlamlarga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda
insoniyatning turmushi, xo’jaligi va g’oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan
tuproq qatlami tushuniladi. Chunonchi, g’or-makon, ochiq manzilgoh, qishloq va
shahar madaniy qoldiqlarning jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq holda joylanishi
madaniy qatlamni ifodalaydi. Bu qatlam yillar, asrlar va ming yillar osha asta-sekin
vujudga keladi. Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o’n madaniy qatlamdan
iborat bo’lib. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi
mumkin. Bu esa, mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog’liq
bo’ladi. Madaniy qatlam u yoki bu yodgorlikda shurf tashlash, keng ko’lamdagi
qazish ishlari natijasida aniqlanadi. Shurf aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida
qazimoq degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deyilganda yodgorlikdagi dastlabki
qazish ishlari tushunilib, shurf tashlashdan asosiy maqsad madaniy qatlamni
aniqlash va yodgorlik haqida dastlabki ma’lumat olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat
va to’g’ri to’rtburchak shaklllarida bo’lib, chuqurligi va kengligi madaniy
qatlamga qarab har xil bo’lishi mumkin. Keng ko’lamdagi qazish natijasida
madaniy qatlam to’la ochilib, insin faoliyatining izlari bo’lmagan yergacha kavlab
tushiladi. Arxeologiyada u “materik” – bezovta qilinmagan yer deb ataladi1.
1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 7-bet.
Arxeologik yodgorliklarining bir qismi yer ostida yoki bir xillari yer ustida
joylashgan bo’ladi. Demak, «arxeologik yodgorliklar», qadimgi insoniyat yashagan
manzillar
(qishloqlar,
shaharlar)
xarobalari,
binolar,
qoyatosh
rasmlari,
ibodatxonalar, sug’orish inshootlari va hakozolar bo’lib, O’rta Osiyoda asosiy
qurilish materiallari qadim zamonlarda paxsa va xom g’isht bo’lganligidan
makonlar, shahar va qishloqlar asrlar davomida turli hodisalarga uchrab tepaliklarga
aylangan. Ularning nomlari geografik, tarixiy va hokozo ma’nolarni bildiradi
(Afrosiyob, Oqtepa, Dalvarzintepa, Yerqo’rg’on). Arxeologiyada mustahkamlangan
turar joylar – «shahar xarobalari»; mustahkamlanmagan qadimiy turar joylar –
«qishloq xarobalari» juda qadimgi xarobalar esa, «makonlar» deb ataladi.
«Makonlar» shaharlardan qadimiyroq bo’ladi.
Insoniyat tarixini u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning rivojlanish
bosqichlariga qarab, quyidagi davrlarga bo’lish mumkin:
1. Ibtidoiy davr.
2. Qadimgi dunyo.
3. O’rta asrlar.
4. Yangi davr.
Insoniyat taraqqiyotining birinchi davri ibtidoiy jamoa davri bo’lib, juda
uzoq davom etgan. Bu davrda inson qiyofasi, faoliyati o’zgarib, mehnat qurollari
va insonlar o’rtasidagi munosabatlar davrlar o’tishi natijasida takomillashib
brogan. Ibtidoiy davr tarixi ham o’z navbatida bir necha bosqichlarga bo’linadi.
Arxeologlar tomonidan mehnat qurollarining rivojlanishiga qarab o’ziga xos bir
davrlashtirish qilinganki, ularga tosh, bronza va temir davrini kiritish mumkin.
Har bir davrning davom etishi turlicha bo’lgan. Masalan, tosh davri bronza
davriga nisbatan juda uzoq davom etgan. 800 ming – 1 mln. yil davom etgan. Tosh
davrida uzluksiz ravishda inson faoliyati natijasida tosh qurollari va ularni yasalish
uslubi takomillashib borgan. Tosh davri ham o’z navbatida bir necha davrga
bo’linadi: paleolit (qadimgi tosh davri), mezolit (o’rta tosh davri), neolit (yangi
tosh davri). Tosh va bronza davri o’rtasida o’tish davri bo’lgan-ki, misdan qilingan
mehnat qurollari bilan birga tosh qurollaridan ham foydalanilgan. Bu davrni eneolit