ARXEOLOGIYA VA YORDAMCHI FANLAR

Yuklangan vaqt

2024-03-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

1,3 MB


 
 
 
 
 
 
 
 
ARXEOLOGIYA VA YORDAMCHI FANLAR 
 
 REJA: 
1. Arxeologiya fanida tarixiy fanlarning o‘rni 
2. Arxeologiya va aniq fanlar 
3. Arxeologiya va tabiiy fanlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ARXEOLOGIYA VA YORDAMCHI FANLAR  REJA: 1. Arxeologiya fanida tarixiy fanlarning o‘rni 2. Arxeologiya va aniq fanlar 3. Arxeologiya va tabiiy fanlar
 
 TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Arxeologiya, numizmatika, antropologiya, tarixiy geografiya, tarixiy 
etnografiya, etnologiya, geraldika, gliptika, dinlar tarixi, harbiy san’at tarixi, 
paleoekologiya, ximiya, fizika, geometriya, matematika, botanika, paleobotanika, 
paleozologiya, geologiya, geografiya,  statistika va h. k.  
 
1. ARXEOLOGIYA FANIDA TARIXIY FANLARNING O‘RNI 
 
Arxeologiya juda ko‘plab tarixiy fanlarni ilmiy manbalar bilan ta’minlaydi 
va ularning rivojlanishiga asos yaratib beradi. Shunday fanlardan numizmatika, 
antropologiya, tarixiy etnografiya, etnologiya, geraldika, gliptika, dinshunoslik, 
harbiy san’at tarixi va boshqalar.  
Yozma manbalarning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr tarixi asosan 
arxeologik manbalar asosida o‘rganiladi. O‘zbekiston tarixi misolida aytadigan 
bo‘lsak, mil.av. VI asrgacha bo‘lgan davr 100 % arxeologik manbalar asosida 
yaratilgan. Undan keyingi davrlarda Ahamoniy, Ellin, Kushon, Turk xoqonligi, 
Arablar davrini o‘rganish bo‘yicha ham yozma manbalar juda kam va 
arxeologiyaning o‘rni  balanddir.  
Arxeologiya va numizmatika 
Numizmatika – grekcha so‘z bo‘lib, tangashunoslik, yoki tangalar tarixi 
fanidir. Arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan tanga yordamida har bir 
inshootning qurilish, mavjud bo‘lish va inqirozga uchrash davrlari aniq sanalarda 
aniqlanadi. Numizmatik manbalarni to‘plash bo‘yicha maxsus ekspedisiyalar tashkil 
 TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Arxeologiya, numizmatika, antropologiya, tarixiy geografiya, tarixiy etnografiya, etnologiya, geraldika, gliptika, dinlar tarixi, harbiy san’at tarixi, paleoekologiya, ximiya, fizika, geometriya, matematika, botanika, paleobotanika, paleozologiya, geologiya, geografiya, statistika va h. k. 1. ARXEOLOGIYA FANIDA TARIXIY FANLARNING O‘RNI Arxeologiya juda ko‘plab tarixiy fanlarni ilmiy manbalar bilan ta’minlaydi va ularning rivojlanishiga asos yaratib beradi. Shunday fanlardan numizmatika, antropologiya, tarixiy etnografiya, etnologiya, geraldika, gliptika, dinshunoslik, harbiy san’at tarixi va boshqalar. Yozma manbalarning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr tarixi asosan arxeologik manbalar asosida o‘rganiladi. O‘zbekiston tarixi misolida aytadigan bo‘lsak, mil.av. VI asrgacha bo‘lgan davr 100 % arxeologik manbalar asosida yaratilgan. Undan keyingi davrlarda Ahamoniy, Ellin, Kushon, Turk xoqonligi, Arablar davrini o‘rganish bo‘yicha ham yozma manbalar juda kam va arxeologiyaning o‘rni balanddir. Arxeologiya va numizmatika Numizmatika – grekcha so‘z bo‘lib, tangashunoslik, yoki tangalar tarixi fanidir. Arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan tanga yordamida har bir inshootning qurilish, mavjud bo‘lish va inqirozga uchrash davrlari aniq sanalarda aniqlanadi. Numizmatik manbalarni to‘plash bo‘yicha maxsus ekspedisiyalar tashkil
qilishning iloji yo‘q. U yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek arxeologik tadqiqotlar 
natijasida to‘planadi. To‘g‘ri, gohida xalq qo‘lida saqlanib qolgan, dehqonchilik 
natijasida yerni tekislash davomida uning qa’rida saqlanib kelinayotgan tangalarga 
ham duch kelinadi.  
Numizmatik manbalar madaniy qatlamning yoshini aniqlashda eng ishonchli 
manbadir. To‘g‘ri, gohida aholi qo‘lida uzoq vaqt muomalada bo‘lgan, qimmatbaho 
tangalar madaniy qatlamning xronologiyasini adashtirishi mumkin.    
 
1-rasm. 
 
Arxeologiya va antropologiya 
Antropologiya grekcha so‘z bo‘lib, “antropos” – odam, “logos” – fan 
demakdir. Antropologiya uning bir tarmog‘i tarixiy antropologiya qadimgi 
odamning tana tuzilishi va taraqqiyotini arxeologik qazishmalar jarayonida 
to‘plangan manbalarga tayangan xolda o‘rganadi. 
 Antropologik manbalar ham arxeologik tadqiqotlar natijasida qo‘lga 
kiritiladi. Hattoki, qabriston va qo‘rg‘onlar ham arxeologlar tomonidan qaziladi va 
skelet antropolog tomonidan o‘rganiladi, chunki qazish metodi arxeologiya fani 
predmetiga oid. 
Arxeolog moddiy madaniyat tarixini o‘rgansa, antropolog shu moddiy 
madaniyatni yaratgan insonlarni o‘rganadi. Ikki mutaxassis mehnatining 
uyg‘unlashishi natijasida bir butun tarix yaratiladi. Antropologiya xalqlarning 
ko‘chishi va buning natijasida aholining irqiy o‘zgarishi masalalarini ham o‘rganadi. 
Markaziy Osiyo misolida aytadigan bo‘lsak, antik davrgacha O‘zbekiston hududida 
bironta ham mongoloid ko‘rinishli sklet uchramagan (Telman Xodjaev). Ilk mongol 
tuzilishli qabrlar Toshkent vohasida mil.avv. I asrlarga oid bo‘lib, Turk xoqonligi 
qilishning iloji yo‘q. U yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek arxeologik tadqiqotlar natijasida to‘planadi. To‘g‘ri, gohida xalq qo‘lida saqlanib qolgan, dehqonchilik natijasida yerni tekislash davomida uning qa’rida saqlanib kelinayotgan tangalarga ham duch kelinadi. Numizmatik manbalar madaniy qatlamning yoshini aniqlashda eng ishonchli manbadir. To‘g‘ri, gohida aholi qo‘lida uzoq vaqt muomalada bo‘lgan, qimmatbaho tangalar madaniy qatlamning xronologiyasini adashtirishi mumkin. 1-rasm. Arxeologiya va antropologiya Antropologiya grekcha so‘z bo‘lib, “antropos” – odam, “logos” – fan demakdir. Antropologiya uning bir tarmog‘i tarixiy antropologiya qadimgi odamning tana tuzilishi va taraqqiyotini arxeologik qazishmalar jarayonida to‘plangan manbalarga tayangan xolda o‘rganadi. Antropologik manbalar ham arxeologik tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritiladi. Hattoki, qabriston va qo‘rg‘onlar ham arxeologlar tomonidan qaziladi va skelet antropolog tomonidan o‘rganiladi, chunki qazish metodi arxeologiya fani predmetiga oid. Arxeolog moddiy madaniyat tarixini o‘rgansa, antropolog shu moddiy madaniyatni yaratgan insonlarni o‘rganadi. Ikki mutaxassis mehnatining uyg‘unlashishi natijasida bir butun tarix yaratiladi. Antropologiya xalqlarning ko‘chishi va buning natijasida aholining irqiy o‘zgarishi masalalarini ham o‘rganadi. Markaziy Osiyo misolida aytadigan bo‘lsak, antik davrgacha O‘zbekiston hududida bironta ham mongoloid ko‘rinishli sklet uchramagan (Telman Xodjaev). Ilk mongol tuzilishli qabrlar Toshkent vohasida mil.avv. I asrlarga oid bo‘lib, Turk xoqonligi
davrida bu jarayon juda oshib ketgan. Buning asosiy sababi Yevroosiyo 
mintaqasidan ko‘chmanchi xalqlarning doimiy ravishda kirib kelishi va 
o‘troqlashishi bilan bog‘liq.  
Ayrim Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniyada antropologiya 
fanini o‘rganish uzoq vaqt taqiqlanib kelindi. Hozir ham shu soha bo‘yicha 
mutaxassislar 
yo‘q 
darajada. 
Negaki, 
Adolof 
Gitler 
boshliq 
fashistlar 
Germaniyasining “ariylar, oq tanlilar” siyosatidan boshlangan ikkinchi jahon 
urishidagi xunrezlikning sababini xalqlarni ajratishda deb biladi va hamma inson bir, 
uni irqlarga ajratish sovuq urushlar keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblashadi. 
Antropologiya ikki turga bo‘linadi: tarixiy antropologiya va zamonaviy 
antropologiya.    
 
2-rasm. 
 
Arxeologiya va tarixiy etnografiya 
Etnografiya – grekcha so‘z bo‘lib, “etnos” - xalq, “grafi-kos”- yozish 
demakdir. Arxeologik qazuv davomida to‘plangan moddiy madaniyat namunalari, 
antrolodlogik topilmalar yordamida har bir etnik guruhning o‘ziga xos madaniyati, 
uning bir hududdan boshqa hududga migratsiya jarayoni kompleks yondashuv orqali 
mintaqada yuz bergan va etnik va madaniy jarayonlar etnografiya fani be’vosita 
aloqadorlikda o‘rganiladi. 
Etnografiya ham ikkiga, zamonaviy va tarixiy qismlarga bo‘linadi. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladigan taqinchoqlar, kiyim qoldiqlari, 
idishlar, qabrlarning xilma xilligi va skletlarning har xil holatda joylashishi, narsalar 
bilan qo‘milishi kabi ma’lumotlar tarixiy etnografiya uchun manba bo‘lib xizmat 
qiladi va qadimgi xalqlarning urf odatlari o‘rganiladi.  
O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar natijasida, har bir tarixiy mintaqalar 
bo‘yicha (Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Choch, Ustrushona) juda ko‘plab manbalar 
davrida bu jarayon juda oshib ketgan. Buning asosiy sababi Yevroosiyo mintaqasidan ko‘chmanchi xalqlarning doimiy ravishda kirib kelishi va o‘troqlashishi bilan bog‘liq. Ayrim Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniyada antropologiya fanini o‘rganish uzoq vaqt taqiqlanib kelindi. Hozir ham shu soha bo‘yicha mutaxassislar yo‘q darajada. Negaki, Adolof Gitler boshliq fashistlar Germaniyasining “ariylar, oq tanlilar” siyosatidan boshlangan ikkinchi jahon urishidagi xunrezlikning sababini xalqlarni ajratishda deb biladi va hamma inson bir, uni irqlarga ajratish sovuq urushlar keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblashadi. Antropologiya ikki turga bo‘linadi: tarixiy antropologiya va zamonaviy antropologiya. 2-rasm. Arxeologiya va tarixiy etnografiya Etnografiya – grekcha so‘z bo‘lib, “etnos” - xalq, “grafi-kos”- yozish demakdir. Arxeologik qazuv davomida to‘plangan moddiy madaniyat namunalari, antrolodlogik topilmalar yordamida har bir etnik guruhning o‘ziga xos madaniyati, uning bir hududdan boshqa hududga migratsiya jarayoni kompleks yondashuv orqali mintaqada yuz bergan va etnik va madaniy jarayonlar etnografiya fani be’vosita aloqadorlikda o‘rganiladi. Etnografiya ham ikkiga, zamonaviy va tarixiy qismlarga bo‘linadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladigan taqinchoqlar, kiyim qoldiqlari, idishlar, qabrlarning xilma xilligi va skletlarning har xil holatda joylashishi, narsalar bilan qo‘milishi kabi ma’lumotlar tarixiy etnografiya uchun manba bo‘lib xizmat qiladi va qadimgi xalqlarning urf odatlari o‘rganiladi. O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar natijasida, har bir tarixiy mintaqalar bo‘yicha (Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Choch, Ustrushona) juda ko‘plab manbalar
yig‘ilgan. Ammo shu soha bo‘yicha yirik tadqiqotlar qilinmagan. Etnografiya 
bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘proq zamonaviy xarakterga ega. Buning 
asosiy sababi etnograflarning arxeologik adabiyotlardan tanish emasligida. Fanlar 
integratsiyasining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligidir. 
 
 
3-rasm. 
 
Arxeologiya va etnologiya 
Xalqlarning 
kelib 
chiqishi 
(etnogenezi) 
va 
etnik 
tarixi 
bilan 
shug‘ullanadigan tarixning eng og‘ir fan tarmog‘i. Xalqlar doimi madaniy aloqada, 
assimlyatsiya, qorishuv jarayonlarini boshidan kechirgan. Jahonda bironta xalq 
yo‘qki, bir o‘zi shakllangan bo‘lsa. Arxeologiya tarixning mana shu eng qiyin 
tarmog‘ini ham manbalar bilan ta’minlaydi. Etnologiyaning antropologiyadan 
tubdan farqi shundaki u ko‘p ma’lumotlar asosida, jumladan epigrafika, til, 
etnografik ma’lumotlar asosida umumiy, global xulosalar chiqaradi.  
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi etnografik jihatdan akademik 
Karim Shoniyozov, arxeologik jihatdan akademik A.Asqarov tomonidan yoritilgan, 
monografik tadqiqotlar yaratilgan. Antropologik jihatdan Telman Qosimovning 
tadqiqotlari diqqatga sazovar. 
Arxeologiya va geraldika  
Geraldika (gerbshunoslik, lotincha heraldus – glashatay) maxsus tarix fanlari 
doirasiga kiradi. Gerblar va ularning tarixi bilan shug‘ullanadi. Emblematika 
fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatlar, siyosiy birlashmalar ramzlari tarixi 
bilan shug‘ullanuvchi geraldika fani hamma joyda ham bir xil rivojlangan emas. 
Davlat ramzlari yozma manbalar va rasmlarda saqlanib qolgan hududlarda to‘liqroq 
yig‘ilgan. Ammo shu soha bo‘yicha yirik tadqiqotlar qilinmagan. Etnografiya bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘proq zamonaviy xarakterga ega. Buning asosiy sababi etnograflarning arxeologik adabiyotlardan tanish emasligida. Fanlar integratsiyasining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligidir. 3-rasm. Arxeologiya va etnologiya Xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi) va etnik tarixi bilan shug‘ullanadigan tarixning eng og‘ir fan tarmog‘i. Xalqlar doimi madaniy aloqada, assimlyatsiya, qorishuv jarayonlarini boshidan kechirgan. Jahonda bironta xalq yo‘qki, bir o‘zi shakllangan bo‘lsa. Arxeologiya tarixning mana shu eng qiyin tarmog‘ini ham manbalar bilan ta’minlaydi. Etnologiyaning antropologiyadan tubdan farqi shundaki u ko‘p ma’lumotlar asosida, jumladan epigrafika, til, etnografik ma’lumotlar asosida umumiy, global xulosalar chiqaradi. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi etnografik jihatdan akademik Karim Shoniyozov, arxeologik jihatdan akademik A.Asqarov tomonidan yoritilgan, monografik tadqiqotlar yaratilgan. Antropologik jihatdan Telman Qosimovning tadqiqotlari diqqatga sazovar. Arxeologiya va geraldika Geraldika (gerbshunoslik, lotincha heraldus – glashatay) maxsus tarix fanlari doirasiga kiradi. Gerblar va ularning tarixi bilan shug‘ullanadi. Emblematika fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatlar, siyosiy birlashmalar ramzlari tarixi bilan shug‘ullanuvchi geraldika fani hamma joyda ham bir xil rivojlangan emas. Davlat ramzlari yozma manbalar va rasmlarda saqlanib qolgan hududlarda to‘liqroq
yoritilgan. Geraldika arxeologik va numizmatik manbalar asosida juda sekin, uzoq 
vaqt mobaynida to‘ldirib boriladi. Geraldika fani eng yaxshi rivojlangan hudud 
Yevropa mamlakatlari, jumladan Turkiya hisoblanadi. Ramzlarda ifodalangan 
tasvirlar juda katta ma’nolarni anglatadi. U xalqning tarixi, dini, madaniyati, 
umumiy psixologik qarashlari hamda orzularini ham ifodalaydi. 
Ifodalangan belgilarni tushunish va xalqqa yetkazib berish geraldika 
bo‘yicha mutaxassislardan juda katta ensiklopedik bilimni talab qiladi. Masalan, 
Amir Temur va Temuriylar bayrog‘idagi uchta aylana (doira) hozirgi kungacha ham 
mutaxassislarning tortishuvlariga sabab bo‘lib kelayotgan mavzulardan biridir. 
4-rasm. 
 
Arxeologiya va gliptika  
Gliptika – (yun. qlypho – kesaman) – qimmatbaho, yarim qimmatbaho 
toshlarga naqsh yoki tasvir o‘yish san’ati; amaliy bezak san’ati turi. Gliptika asari 
gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o‘tagan. 
Mil.av. 4 ming yillikda Mesopotamiya, Qadimgi Misr, G‘arbiy Osiyoda vujudga 
kelgan, Yunoniston, Qadimgi Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gliptika tasvirlari 
(hayvon va qushlar, xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham 
kompoziyiyasi bilan ajralib turadi. Bu fan sohasini, ayniqsa qadimgi davrlar 
gliptikasini arxeologiya manbalar bilan ta’minlaydi. 
yoritilgan. Geraldika arxeologik va numizmatik manbalar asosida juda sekin, uzoq vaqt mobaynida to‘ldirib boriladi. Geraldika fani eng yaxshi rivojlangan hudud Yevropa mamlakatlari, jumladan Turkiya hisoblanadi. Ramzlarda ifodalangan tasvirlar juda katta ma’nolarni anglatadi. U xalqning tarixi, dini, madaniyati, umumiy psixologik qarashlari hamda orzularini ham ifodalaydi. Ifodalangan belgilarni tushunish va xalqqa yetkazib berish geraldika bo‘yicha mutaxassislardan juda katta ensiklopedik bilimni talab qiladi. Masalan, Amir Temur va Temuriylar bayrog‘idagi uchta aylana (doira) hozirgi kungacha ham mutaxassislarning tortishuvlariga sabab bo‘lib kelayotgan mavzulardan biridir. 4-rasm. Arxeologiya va gliptika Gliptika – (yun. qlypho – kesaman) – qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o‘yish san’ati; amaliy bezak san’ati turi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o‘tagan. Mil.av. 4 ming yillikda Mesopotamiya, Qadimgi Misr, G‘arbiy Osiyoda vujudga kelgan, Yunoniston, Qadimgi Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gliptika tasvirlari (hayvon va qushlar, xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham kompoziyiyasi bilan ajralib turadi. Bu fan sohasini, ayniqsa qadimgi davrlar gliptikasini arxeologiya manbalar bilan ta’minlaydi.
 
5-rasm. 
 
Janubiy O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklaridan gliptikaga oid 
juda ko‘plab manbalar topilgan. Ular muhrlarda, tumorlarda, sopol buyumlarda 
ifodalangan. Arxeologik manbalarda ifodalangan, gliptikaga oid manbalar qadimgi 
ajdodlarimizning dunyo, tabiat, insonlarning bir biriga bo‘lgan munosabatlari 
haqidaga falsafik, mifologik dunyoqarashlarini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Arxeologiya va dinlar tarixi 
Arxeologik tadqiqotlar davomida ilohiyatga oid juda ko‘plab manbalar 
(haykal, terrakota, altarlar), ibodatxonalar topiladiki, bu manbalar asosida 
insonlarning ibtidoiy diniy qarashlari va dinlari tarixi yoritiladi. 
Ilohiy predmetlar asosida (kunlik ijtimoiy hayotda zarur bo‘lmagan ashyoviy 
manbalar) diniy qarashlarning xilma xil turlari o‘rganiladi. Markaziy Osiyo xalqlari 
arxeologiyasida bu soha bo‘yicha nihoyatda katta manbalar to‘plangan. Teshiktosh 
g‘oridan topilgan neondertal bolaning ustiga qizil oxrining sepilishi, qabr ustiga tog‘ 
echkisining shohlarini aylana shaklida qadab chiqilishi, minglab qoya tosh suratlari, 
eneolit davriga oid ayollarning terrakot haykallari, altarlar, ilohiy kulxonalar shular 
jumlasiga kiradi. Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy diniy qarashlari tarixi birorta 
ham mutaxassis tomonidan jamlanmagan, alohida, monografik tadqiqot ishlari olib 
borilmagan.  
Arxeologiya va harbiy san’at tarixi  
Markaziy Osiyo arxeologiyasida ibtidoiy davrlardan boshlab harbiy san’at 
uchun manbalar mavjud. Bu ibtidoiy tosh qurollari, qoya tosh suratlaridagi 
qurollarning tasvirlari, madaniy qatlamlardan ko‘plab paykon uchlari, nayzalarning 
topilishi, eneolit davridan boshlab qishloqlarning devorlar bilan o‘ralishi, bronza 
davridan boshlab mudofaa devorlarning paydo bo‘lishi, turli xildagi qurollarning 
topilishi, mudofaa qalqonlari, sovutlarning arxeologik izlanishlar davomida topilishi 
harbiy san’t tarixi uchun manbadir. 
5-rasm. Janubiy O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklaridan gliptikaga oid juda ko‘plab manbalar topilgan. Ular muhrlarda, tumorlarda, sopol buyumlarda ifodalangan. Arxeologik manbalarda ifodalangan, gliptikaga oid manbalar qadimgi ajdodlarimizning dunyo, tabiat, insonlarning bir biriga bo‘lgan munosabatlari haqidaga falsafik, mifologik dunyoqarashlarini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Arxeologiya va dinlar tarixi Arxeologik tadqiqotlar davomida ilohiyatga oid juda ko‘plab manbalar (haykal, terrakota, altarlar), ibodatxonalar topiladiki, bu manbalar asosida insonlarning ibtidoiy diniy qarashlari va dinlari tarixi yoritiladi. Ilohiy predmetlar asosida (kunlik ijtimoiy hayotda zarur bo‘lmagan ashyoviy manbalar) diniy qarashlarning xilma xil turlari o‘rganiladi. Markaziy Osiyo xalqlari arxeologiyasida bu soha bo‘yicha nihoyatda katta manbalar to‘plangan. Teshiktosh g‘oridan topilgan neondertal bolaning ustiga qizil oxrining sepilishi, qabr ustiga tog‘ echkisining shohlarini aylana shaklida qadab chiqilishi, minglab qoya tosh suratlari, eneolit davriga oid ayollarning terrakot haykallari, altarlar, ilohiy kulxonalar shular jumlasiga kiradi. Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy diniy qarashlari tarixi birorta ham mutaxassis tomonidan jamlanmagan, alohida, monografik tadqiqot ishlari olib borilmagan. Arxeologiya va harbiy san’at tarixi Markaziy Osiyo arxeologiyasida ibtidoiy davrlardan boshlab harbiy san’at uchun manbalar mavjud. Bu ibtidoiy tosh qurollari, qoya tosh suratlaridagi qurollarning tasvirlari, madaniy qatlamlardan ko‘plab paykon uchlari, nayzalarning topilishi, eneolit davridan boshlab qishloqlarning devorlar bilan o‘ralishi, bronza davridan boshlab mudofaa devorlarning paydo bo‘lishi, turli xildagi qurollarning topilishi, mudofaa qalqonlari, sovutlarning arxeologik izlanishlar davomida topilishi harbiy san’t tarixi uchun manbadir.
Shaharlarning paydo bo‘lishida mudofaa inshootlarining bo‘lishi bosh 
faktor sifatida e’tirof etilgan 
Arxeologiya va epigrafika  
Epigrafika (yun. epigrahe - bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va 
boshqalardagi, asosan, qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni to‘plash, 
nashr etish va sharhlash bilann shug‘ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda 
epigrafik yodgorliklar deb qadimgi bitiklar aytiladi. Uyg‘onish davrida, antik va 
sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. 
Dastlab epinarfika faqat Italiya, Gresiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan 
qadimgi yozuvlarni o‘rgangan (q. Paleografiya). Qadimgi turkiy tillarga oid yozma 
yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (q. O‘rxun-Yenisey yozuvlari). 
Tarixiy manbalar orasida epigrafik ma’lumotlar alohida  o‘rin egallaydi.  
Ular boshqa manbalarga nisbatan ko‘proq informativligi bilan ajralib turadi. 
Epigrafik ma’lumotlar tarixiy manbashunoslik bilan aloqador tarixiy fan bo‘lib, 
epigrafik ma’lumotlar eng aniq tarixiy manba sifatidagi ahamiyatlidir.  
 
Arxeologiya va toponimika  
Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastika joy 
nomlari (geografik atoqli nom-lar)ni, ularning paydo bo‘lishi yoki yaratilish 
qonuniyatlarini, rivojlanish va o‘zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va 
grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish 
sabablarini o‘rganuvchi bo‘limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — 
toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til 
leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so‘zlar singari til qonuniyatlariga 
bo‘ysunadi, lekin o‘zining paydo bo‘lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan 
jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va 
intilishlariga aloqador bo‘lib, ma’lum darajada boshqa guruh so‘zlardan farq qiladi. 
Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo‘lgan qadimiy fonetik, leksik 
va morfologik elementlar ko‘proq saklangan bo‘ladi. Joyning tabiiy geografik 
sharoiti (relef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg‘uloti, qazilma 
boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy 
manbalari hisoblanadi. 
Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada 
rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya 
va b.)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa, 
gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o‘zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, 
ko‘pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. 
Toponimika. xalklarning tarixiy o‘tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning 
joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, 
Shaharlarning paydo bo‘lishida mudofaa inshootlarining bo‘lishi bosh faktor sifatida e’tirof etilgan Arxeologiya va epigrafika Epigrafika (yun. epigrahe - bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni to‘plash, nashr etish va sharhlash bilann shug‘ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimgi bitiklar aytiladi. Uyg‘onish davrida, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab epinarfika faqat Italiya, Gresiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimgi yozuvlarni o‘rgangan (q. Paleografiya). Qadimgi turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (q. O‘rxun-Yenisey yozuvlari). Tarixiy manbalar orasida epigrafik ma’lumotlar alohida o‘rin egallaydi. Ular boshqa manbalarga nisbatan ko‘proq informativligi bilan ajralib turadi. Epigrafik ma’lumotlar tarixiy manbashunoslik bilan aloqador tarixiy fan bo‘lib, epigrafik ma’lumotlar eng aniq tarixiy manba sifatidagi ahamiyatlidir. Arxeologiya va toponimika Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastika joy nomlari (geografik atoqli nom-lar)ni, ularning paydo bo‘lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o‘zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o‘rganuvchi bo‘limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so‘zlar singari til qonuniyatlariga bo‘ysunadi, lekin o‘zining paydo bo‘lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo‘lib, ma’lum darajada boshqa guruh so‘zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo‘lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko‘proq saklangan bo‘ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg‘uloti, qazilma boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va b.)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o‘zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, ko‘pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. Toponimika. xalklarning tarixiy o‘tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini,
madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga 
yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga 
ko‘ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi Toponimikaning amaliy jihati 
hisoblanadi. 
Toponimlar yirik yoki mayda ob’ekt-larning nomlari ekanligiga qarab 
makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng 
hududlar, katta ob’ektlar (materiklar, okeanlar, tog‘lar, cho‘llar, daryolar, shaharlar, 
qishloqlar va sh.k.)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik ob’ektlar (jarliklar, 
tepaliklar, quduqlar, ko‘chalar, qo‘rg‘onlar va sh.k.) ning atokli otlari. Lekin 
toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko‘pincha makrotoponim bilan 
mikrotoponimni farqlash qiyin. 
Turli xil geografik ob’ektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq 
ravishda Toponimikaning quyidagi bo‘limlari ajratiladi: gidronimika — suv 
havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko‘l kabilarning nomlarini o‘rganuvchi 
soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, 
mahalla, guzar, ko‘cha, ovul, qo‘rg‘on nomlarini o‘rganuvchi soha; oronimika — 
yer yuzasining relef shakllari: tog‘, cho‘qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini 
tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday ob’ektlar nomlarini 
o‘rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tash-qaridagi ob’ektlar (osmon jismlari) 
nomlarini o‘rganuvchi soha va b. 
 
2. ARXEOLOGIYA VA ANIQ FANLAR 
 
Arxeologiya tarixiy gumanitar fanlar tarkibiga kirsada, uning ish usulida 
tabiiy va aniq fanlar keng qo‘llaniladi. Aniq fanlardan geometriya, ximiya, fizika, 
mineralogiya, tabiiy fanlardan botanika, zoologiya, geografiya fanlari ishtirokada 
arxeologik tadqiqotlar olib boriladi. 
Geometriya va arxeologiya.  
Geometriyasiz arxeologiya fani fundamental fanga aylanmagan bo‘lar edi. 
Arxeologiyaning alifbesi geometriya bilan boshlanadi. Jumladan, yodgorlikning 
umumiy maydoni geometrik qoida, formulalar asosida topiladi. 
Arxeologik qazishmaning plani ko‘chmas uch nuqta qoidasi asosida olinadi. 
Bunda qazishmaning uchta nuqtasiga ko‘chmas qoziqlar qoqiladi. Shu nuqta 
(qoziq)lar yordamida qazishma davomida o‘rganilgan me’morchilik qoldiqlari 
planga tushiriladi. Nuqta, nuqtalar xarakati geometriyaning oltin qoidasi 
hisoblanadi. 
Stratigrafik qazishmaning tarxlari esa qatiiy geometrik qoida - parallel 
chiziqlar (arxeologiyada yarus deb ataladi) ko‘magida olinadi. Har 50 sm.da parallel 
chiziqlar o‘tkazib olinadi va shu parallel chiziqlar ko‘magida stratigrafik 
madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga ko‘ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi Toponimikaning amaliy jihati hisoblanadi. Toponimlar yirik yoki mayda ob’ekt-larning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta ob’ektlar (materiklar, okeanlar, tog‘lar, cho‘llar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va sh.k.)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik ob’ektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko‘chalar, qo‘rg‘onlar va sh.k.) ning atokli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko‘pincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin. Turli xil geografik ob’ektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda Toponimikaning quyidagi bo‘limlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko‘l kabilarning nomlarini o‘rganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, ko‘cha, ovul, qo‘rg‘on nomlarini o‘rganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relef shakllari: tog‘, cho‘qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday ob’ektlar nomlarini o‘rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tash-qaridagi ob’ektlar (osmon jismlari) nomlarini o‘rganuvchi soha va b. 2. ARXEOLOGIYA VA ANIQ FANLAR Arxeologiya tarixiy gumanitar fanlar tarkibiga kirsada, uning ish usulida tabiiy va aniq fanlar keng qo‘llaniladi. Aniq fanlardan geometriya, ximiya, fizika, mineralogiya, tabiiy fanlardan botanika, zoologiya, geografiya fanlari ishtirokada arxeologik tadqiqotlar olib boriladi. Geometriya va arxeologiya. Geometriyasiz arxeologiya fani fundamental fanga aylanmagan bo‘lar edi. Arxeologiyaning alifbesi geometriya bilan boshlanadi. Jumladan, yodgorlikning umumiy maydoni geometrik qoida, formulalar asosida topiladi. Arxeologik qazishmaning plani ko‘chmas uch nuqta qoidasi asosida olinadi. Bunda qazishmaning uchta nuqtasiga ko‘chmas qoziqlar qoqiladi. Shu nuqta (qoziq)lar yordamida qazishma davomida o‘rganilgan me’morchilik qoldiqlari planga tushiriladi. Nuqta, nuqtalar xarakati geometriyaning oltin qoidasi hisoblanadi. Stratigrafik qazishmaning tarxlari esa qatiiy geometrik qoida - parallel chiziqlar (arxeologiyada yarus deb ataladi) ko‘magida olinadi. Har 50 sm.da parallel chiziqlar o‘tkazib olinadi va shu parallel chiziqlar ko‘magida stratigrafik
qazishmaning plani chiziladi. Parallel chiziqlar har 25 sm.da chizilishi ham mumkin. 
Yaruslarning farqi, madaniy qatlamning ko‘pligi yoki kamligiga bog‘liq.  
Arxeologik tadqiqotlar davomida topiladigan barcha moddiy madaniyat 
ashyolari (kulolchilik buyumlari, metal va hakoza) simmetrik qoida asosida 
chiziladi. Sopol buyum asosida tushuntiriladigan bo‘lsa avval idishning gardishi 
(venchik), bo‘yi (visota) va tagi (donsa) o‘lchab olinadi va idishning simmetrik 
skleti tayyorlab olinadi va shundan keyin idishning shakli chiziladi.  
Ximiya va arxeologiya.  
Zamonaviy arxeologiya fani ximiyasiz ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib 
bormaydi. Jahondagi barcha arxeologiya instituti tarkibida ximiyaviy laboratoriyalar 
mavjud, jumladan O‘zR FA arxeologiya instituti tarkibida ham “Moddiy madaniyat 
ashyolari tarkibini aniqlash va restavratsiya qilish” laboratoriyasi mavjud. Turli xil 
moddiy madaniyat ashyolarining tarkibini aniqlashda ximiya fani yutuqlaridan 
foydalaniladi. Masalan, bronza degan metall tabiatda sof holda uchramaydi. U 
qo‘rg‘oshin (ruh) va misning qorishmasidan tayyorlanadi. Qadimgi ajdodlarimiz 
tomonidan tayyorlangan metall buyumlarning tarkibini ximiya fani aniqlaydi. 
Har qanday arxeologik tadqiqot yodgorliklarning buzilishiga olib keladi. 
Yodgorlikni qazimasdan - buzmasdan uni o‘rganib bo‘lmaydi. Tamirlovchi - 
kimyogarning vazifasi ochilgan arxitektura inshootlarini ta’mirlash, devorlarni 
kimyoviy usulda qotirish, muzeylashtirishdan iboratdir.  
Tamirlovchi kimyogarlar nafaqat me’morchilik inshootlarini, balki yog‘och, 
suyak, loydan yasalgan, tez maydalanib ketadigan ashyolardan yasalgan 
predmetlarni ham ta’mirlab berishi kerak.  
Devoriy suratlarni ta’mirlash. O‘zbekistonda devoriy suratlarni ta’mirlash 
(qotirish), olish va muzeylashtirish bo‘yicha jahonda tengi yo‘q maktab yaratilgan. 
Afrosiyob, Bolaliktepa, Poykent devoriy suratlari bunga misoldir. Devoriy suratlar 
eng nozik amaliy san’at turlaridan biri bo‘lib, antik va ilk o‘rta asrlar davrida 
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Nafaqat shahar (Afrosiyob), balqi qishloqlarda 
(Bolaliqtepa) ham devoriy suratlar chizish an’anaga aylangan. Devoriy suratlar 
original kattalikda, yorqin bo‘yoqlarda, ma’lum obrazlar ifodalanishi bilan 
xarakterlanadi.  
Tadqiqotlar natijasida devoriy suratlar aniqlanganda 1-2 sm tuproq 
qoldiriladi. Ximik yo‘l bilan qoldirilgan tuproq qotiriladi. Surat tushirilgan devor 
kvadratlarga bo‘lib olinadi. Laboratoriya sharoitida qotirilgan 1-2 sm tuproq 
tozalanadi va surat ochiladi. 
Mis va bronzadan yasalgan buyumlarni tozalash va restavratsiya qilish. 
Juda ko‘p predmetlar, idishlar, taqinchoqlar, tangalar, muhrlar, tamg‘a kabi san’at 
asarlari mis va bronzadan yasalgan. Ular yer qariga tushganda juda tez korruziyaga 
uchraydi va yashil rangdagi qoplamaga o‘ralib qoladi. Misdan yasalgan topilmalar 
qazishmaning plani chiziladi. Parallel chiziqlar har 25 sm.da chizilishi ham mumkin. Yaruslarning farqi, madaniy qatlamning ko‘pligi yoki kamligiga bog‘liq. Arxeologik tadqiqotlar davomida topiladigan barcha moddiy madaniyat ashyolari (kulolchilik buyumlari, metal va hakoza) simmetrik qoida asosida chiziladi. Sopol buyum asosida tushuntiriladigan bo‘lsa avval idishning gardishi (venchik), bo‘yi (visota) va tagi (donsa) o‘lchab olinadi va idishning simmetrik skleti tayyorlab olinadi va shundan keyin idishning shakli chiziladi. Ximiya va arxeologiya. Zamonaviy arxeologiya fani ximiyasiz ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib bormaydi. Jahondagi barcha arxeologiya instituti tarkibida ximiyaviy laboratoriyalar mavjud, jumladan O‘zR FA arxeologiya instituti tarkibida ham “Moddiy madaniyat ashyolari tarkibini aniqlash va restavratsiya qilish” laboratoriyasi mavjud. Turli xil moddiy madaniyat ashyolarining tarkibini aniqlashda ximiya fani yutuqlaridan foydalaniladi. Masalan, bronza degan metall tabiatda sof holda uchramaydi. U qo‘rg‘oshin (ruh) va misning qorishmasidan tayyorlanadi. Qadimgi ajdodlarimiz tomonidan tayyorlangan metall buyumlarning tarkibini ximiya fani aniqlaydi. Har qanday arxeologik tadqiqot yodgorliklarning buzilishiga olib keladi. Yodgorlikni qazimasdan - buzmasdan uni o‘rganib bo‘lmaydi. Tamirlovchi - kimyogarning vazifasi ochilgan arxitektura inshootlarini ta’mirlash, devorlarni kimyoviy usulda qotirish, muzeylashtirishdan iboratdir. Tamirlovchi kimyogarlar nafaqat me’morchilik inshootlarini, balki yog‘och, suyak, loydan yasalgan, tez maydalanib ketadigan ashyolardan yasalgan predmetlarni ham ta’mirlab berishi kerak. Devoriy suratlarni ta’mirlash. O‘zbekistonda devoriy suratlarni ta’mirlash (qotirish), olish va muzeylashtirish bo‘yicha jahonda tengi yo‘q maktab yaratilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa, Poykent devoriy suratlari bunga misoldir. Devoriy suratlar eng nozik amaliy san’at turlaridan biri bo‘lib, antik va ilk o‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Nafaqat shahar (Afrosiyob), balqi qishloqlarda (Bolaliqtepa) ham devoriy suratlar chizish an’anaga aylangan. Devoriy suratlar original kattalikda, yorqin bo‘yoqlarda, ma’lum obrazlar ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotlar natijasida devoriy suratlar aniqlanganda 1-2 sm tuproq qoldiriladi. Ximik yo‘l bilan qoldirilgan tuproq qotiriladi. Surat tushirilgan devor kvadratlarga bo‘lib olinadi. Laboratoriya sharoitida qotirilgan 1-2 sm tuproq tozalanadi va surat ochiladi. Mis va bronzadan yasalgan buyumlarni tozalash va restavratsiya qilish. Juda ko‘p predmetlar, idishlar, taqinchoqlar, tangalar, muhrlar, tamg‘a kabi san’at asarlari mis va bronzadan yasalgan. Ular yer qariga tushganda juda tez korruziyaga uchraydi va yashil rangdagi qoplamaga o‘ralib qoladi. Misdan yasalgan topilmalar
yashil rangli qoplamadan tozalanmasa korruziya davom etaveradi. Shu sababli 
restavratsiya quyidagi usullarda olib boriladi: 
- Mexanik yo‘l. O‘tkir tig‘li asbob bilan yashil qoplamadan tozalanadi; 
- Biologik yo‘l. Kichik hajmdagi mis va bronzadan yasalgan predmetlar 
pomidor, limon kabi mevalar ichiga solib qo‘yiladi. Mevalar korruziyani so‘rib olish 
xususiyatiga ega. 
- Suvga solib qaynatish natijasida yashil qoplamadan tozalash. 
- Kimiyoviy yo‘l. Ximik moddalar yordamida korruziyadan tozalash. Bu 
yo‘l eng yomon bo‘lib, ehtiyot bo‘lmasdan uzoq vaqt ximikatda saqlansa 
predmetning o‘zini ham yemirib tashlash mumkin.     
Loydan yasalgan predmetlarni saqlash, restavratsiya qilish. Loydan 
yasalgan haykallar, tablichkalar, terrakotalar juda tez maydalanib ketish 
xususiyatiga ega. Shu sababli ular qotirishga, restavratsiya qilishga muhtoj. Ular har 
haftada bir marta kimyoviy yo‘l bilan qotirib boriladi. Qattiq moddaga aylangandan 
so‘ng bu ish to‘xtatiladi. Loydan yasalgan predmetlarni kimiyoviy yo‘l bilan 
qotirishning kamchilligi shundan iboratki, predmet rangga bo‘yalgan san’at asari 
bo‘lsa ranglar ximikat ta’sirida o‘zgarib ketadi. 
Suyaklarni qotirish usuli. Suyaklar namlik ta’sirida mo‘rd holatga kelib 
qoladi. Shu sababli ularni kimiyoviy usul bilan qotirish tavsiya etiladi. Qotirishdan 
avval suyak tuproqdan tozalanadi va turgan joyida qotiriladi va 1 sutkadan so‘ng 
olish tavsiya etiladi.      
Temirdan yasalgan predmetlarni restavratsiya qilish. Temir eng tez 
korruziyaga uchraydigan metaldir. Mis va bronzadan yasalgan predmetlar yashil 
qoplama bilan o‘ralib o‘zini himoya qilish xususiyatiga ega. Temir tez yemirilib, 
bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Shu sababli temirni joyida, qimirlatmasdan qotirib olish 
tavsiya etiladi. 
Fizikaviy fanlar va arxeologiya.  
Fizik xodisalar - texnik rivojlanishni anglash, tabiyat va jamiyatning bir 
biriga bog‘liq holda rivojlanishi tabiiy xol. Aylana (arava)ning, ya’ni ilk 
mexanikaning kashf etilishi jamiyat taraqqiyotiga qanchalik ta’sir etganligini anglab 
etishning o‘zi arxeologiya va fizikaning nihoyatda chambarchas ekanligini 
ko‘rsatadi. 
Sopolning kashf etilishi ham fizikaviy xodisa, bir jism (modda)ning 
olovning ta’sirida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi hodisasidir. Bunday 
misollarni yuzlab keltirish mumkin, albatta. 
Fizika fani arxeologiyaning ish uslubida ham qo‘llanmoqda. Buni biz 
madaniy qatlamlarning xronologiyasini aniqlashda Radiouglerod usulining 
qo‘llanishida ko‘rishimiz mumkin.  
yashil rangli qoplamadan tozalanmasa korruziya davom etaveradi. Shu sababli restavratsiya quyidagi usullarda olib boriladi: - Mexanik yo‘l. O‘tkir tig‘li asbob bilan yashil qoplamadan tozalanadi; - Biologik yo‘l. Kichik hajmdagi mis va bronzadan yasalgan predmetlar pomidor, limon kabi mevalar ichiga solib qo‘yiladi. Mevalar korruziyani so‘rib olish xususiyatiga ega. - Suvga solib qaynatish natijasida yashil qoplamadan tozalash. - Kimiyoviy yo‘l. Ximik moddalar yordamida korruziyadan tozalash. Bu yo‘l eng yomon bo‘lib, ehtiyot bo‘lmasdan uzoq vaqt ximikatda saqlansa predmetning o‘zini ham yemirib tashlash mumkin. Loydan yasalgan predmetlarni saqlash, restavratsiya qilish. Loydan yasalgan haykallar, tablichkalar, terrakotalar juda tez maydalanib ketish xususiyatiga ega. Shu sababli ular qotirishga, restavratsiya qilishga muhtoj. Ular har haftada bir marta kimyoviy yo‘l bilan qotirib boriladi. Qattiq moddaga aylangandan so‘ng bu ish to‘xtatiladi. Loydan yasalgan predmetlarni kimiyoviy yo‘l bilan qotirishning kamchilligi shundan iboratki, predmet rangga bo‘yalgan san’at asari bo‘lsa ranglar ximikat ta’sirida o‘zgarib ketadi. Suyaklarni qotirish usuli. Suyaklar namlik ta’sirida mo‘rd holatga kelib qoladi. Shu sababli ularni kimiyoviy usul bilan qotirish tavsiya etiladi. Qotirishdan avval suyak tuproqdan tozalanadi va turgan joyida qotiriladi va 1 sutkadan so‘ng olish tavsiya etiladi. Temirdan yasalgan predmetlarni restavratsiya qilish. Temir eng tez korruziyaga uchraydigan metaldir. Mis va bronzadan yasalgan predmetlar yashil qoplama bilan o‘ralib o‘zini himoya qilish xususiyatiga ega. Temir tez yemirilib, bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Shu sababli temirni joyida, qimirlatmasdan qotirib olish tavsiya etiladi. Fizikaviy fanlar va arxeologiya. Fizik xodisalar - texnik rivojlanishni anglash, tabiyat va jamiyatning bir biriga bog‘liq holda rivojlanishi tabiiy xol. Aylana (arava)ning, ya’ni ilk mexanikaning kashf etilishi jamiyat taraqqiyotiga qanchalik ta’sir etganligini anglab etishning o‘zi arxeologiya va fizikaning nihoyatda chambarchas ekanligini ko‘rsatadi. Sopolning kashf etilishi ham fizikaviy xodisa, bir jism (modda)ning olovning ta’sirida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi hodisasidir. Bunday misollarni yuzlab keltirish mumkin, albatta. Fizika fani arxeologiyaning ish uslubida ham qo‘llanmoqda. Buni biz madaniy qatlamlarning xronologiyasini aniqlashda Radiouglerod usulining qo‘llanishida ko‘rishimiz mumkin.