ASAR BILAN TANISHTIRISH

Yuklangan vaqt

2024-05-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

24,1 KB


 
 
 
 
ASAR BILAN TANISHTIRISH 
 
 
Tayyorgarlik davridan so’ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bos-qichning 
asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish 
muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir 
darsda o’rganishga mo’Ijallangan qismi yaxlit o’qish usulida tanishtiriladi. 
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shu-ningdek, matnning 
hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega. 
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar: 
1. Matn o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon 
orqali ham eshittirilishi mumkin). O’quvchilar main mazmuni bilan tanishtirilgach, 
o’qituvchi ularga boshlang’ich taas-surotlarini aytishni talab qiladigan savollar 
beradi. Masalan, ,,Hikoya-ning qaysi o’rni sizga yoqdi?", „ Qahramonlardan qaysi 
biri sizga ayniqsa yoqdi?", „Hikoya o ‘qilganda sii qaysi o ‘rindajuda \ursand bo 
‘Idingiz,?" kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o’quvchilarga 
qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga 
qiziqtirish, darsda o’quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko’zda tutadi. 
2. Yaxshi o’qiydigan o’quvchiga o’qitish. O’quvchini oldindan 0’qituvchi o’qish 
yo’llari bilan tanishtiradi va uning o’qishini o’zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni 
bartaraf etadi. Shundan so’ng tayyor-langan o’quvchi sinf jamoasiga o’qib beradi. 
3. Og’zaki qayta hikoyalab, so’zlab berish. Bu o’qituvchidan alo-hida tayyorgarlikni 
talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to’liq saqlagan 
holda hikoyalash zarur, aks holda o’quvchilarning badiiy asarni o’qishga bo’lgan 
qiziqishi susayadi. 
4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali 
tanishtirilsa, o’quvchi o’qituvchining mahoratini yuqori baho-laydi. O’zida ham yod 
olishga qiziqish paydo bo’ladi. 
ASAR BILAN TANISHTIRISH Tayyorgarlik davridan so’ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bos-qichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o’rganishga mo’Ijallangan qismi yaxlit o’qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shu-ningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar: 1. Matn o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O’quvchilar main mazmuni bilan tanishtirilgach, o’qituvchi ularga boshlang’ich taas-surotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, ,,Hikoya-ning qaysi o’rni sizga yoqdi?", „ Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?", „Hikoya o ‘qilganda sii qaysi o ‘rindajuda \ursand bo ‘Idingiz,?" kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o’quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o’quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko’zda tutadi. 2. Yaxshi o’qiydigan o’quvchiga o’qitish. O’quvchini oldindan 0’qituvchi o’qish yo’llari bilan tanishtiradi va uning o’qishini o’zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan so’ng tayyor-langan o’quvchi sinf jamoasiga o’qib beradi. 3. Og’zaki qayta hikoyalab, so’zlab berish. Bu o’qituvchidan alo-hida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to’liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o’quvchilarning badiiy asarni o’qishga bo’lgan qiziqishi susayadi. 4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o’quvchi o’qituvchining mahoratini yuqori baho-laydi. O’zida ham yod olishga qiziqish paydo bo’ladi.
 
 
5. Asarning muhim dialogli o’rinlarini yoki butun asarni sahna-lashtirish orqali 
tanishtirish. 
6. Asarning bir qismini (muammoli o’rnini) o’qituvchining o’qib berishi, qolgan 
qismini o’quvchilarning ichda mustaqil o’qishi. 
7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish. 
8. Asarni musiqa sadolari ostida o’qib berish. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, 
o’quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toli-qishdan saqlaydi. 
Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan 
tanishtirishning o’ziga xos usullarini tanlash lozim. 
Badiiy asar matni ustida ishlash 
Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi 
o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga 
oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro 
bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. 
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning 
asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, 
kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslar-ning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, 
asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-
ifodaviy vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida 
ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish 
hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, 
shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va 
muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga 
yordam beradi. 
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi tur-laridan foydalaniladi: 
1. Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. 
Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, 
badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan 
iborat bo’lishi mum-kin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan ,,Tabiatdagi 
5. Asarning muhim dialogli o’rinlarini yoki butun asarni sahna-lashtirish orqali tanishtirish. 6. Asarning bir qismini (muammoli o’rnini) o’qituvchining o’qib berishi, qolgan qismini o’quvchilarning ichda mustaqil o’qishi. 7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish. 8. Asarni musiqa sadolari ostida o’qib berish. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, o’quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toli-qishdan saqlaydi. Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o’ziga xos usullarini tanlash lozim. Badiiy asar matni ustida ishlash Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslar-ning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi. Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy- ifodaviy vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi tur-laridan foydalaniladi: 1. Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mum-kin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan ,,Tabiatdagi
 
 
o’zgarishlar berilgan qismlarni topib o’qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi ,,Taqa-
chining nasihati berilgan joyni topib o’qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. 
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o’qishdan matn 
ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyin-chilikda, murakkablikda 
foydalaniladi. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan birga ularning 
ijodiy tasawuri, nutqi va zeh-nini o’stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o’qish 
asar 
mazmuni 
yuzasidan 
bo’ladi. 
Masalan, 
4-sinfda 
,,Toshkentnoma"(M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o’qish uchun quyidagi 
topshiriqlar beriladi: 
— She’rdan o’zbek xalqining mehmondo’stligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing. 
— Yoz faslining zo’rligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing. 
,,Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan 
,,Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o’qing" kabi topshiriq 
berilishi mumkin. 
Tanlab o’qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati 
bilan bog’langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o’rinlarini 
topib o’qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) hikoyasi yuzasidan 
topshiriqlar quyidagicha_bo’lishi mumkin: 
— Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo’ydi? Shu o’rinni topib 
o’qing. 
— Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o’rinni topib o’qing. 
Bunda o’quvchi biror qatnashuvchi shaxs o’zini qanday tutishini, nima uchun u 
shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o’qiydi. 
Tanlab o’qish ongli va ifodali o’qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash 
ko’nikmasini shakllantirish bilan birga qo’shib olib borishga, bolalarning ijodiy 
tasawurini, nutqi va zehnini o’stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan o’qish 
darslarida keng foydalaniladi. 
Tanlab o’qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini ifodalaydigan 
gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan 
qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar 
o’zgarishlar berilgan qismlarni topib o’qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi ,,Taqa- chining nasihati berilgan joyni topib o’qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o’qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyin-chilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan birga ularning ijodiy tasawuri, nutqi va zeh-nini o’stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o’qish asar mazmuni yuzasidan bo’ladi. Masalan, 4-sinfda ,,Toshkentnoma"(M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o’qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi: — She’rdan o’zbek xalqining mehmondo’stligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing. — Yoz faslining zo’rligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing. ,,Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan ,,Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o’qing" kabi topshiriq berilishi mumkin. Tanlab o’qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog’langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o’rinlarini topib o’qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha_bo’lishi mumkin: — Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo’ydi? Shu o’rinni topib o’qing. — Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o’rinni topib o’qing. Bunda o’quvchi biror qatnashuvchi shaxs o’zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o’qiydi. Tanlab o’qish ongli va ifodali o’qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish bilan birga qo’shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasawurini, nutqi va zehnini o’stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan o’qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o’qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar
 
 
tanlash)da, asar g’oyasini aniqlash (g’oyani anglatgan o’rinni topib o’qish)da tatbiq 
etiladi. 
2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. 
Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yiizasidan muhokama yuritish 
ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif 
tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga 
imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga 
yo’naltirilgan va rnuayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikriashga 
undashi lozim. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi 
maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Asar mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 
2. Asar tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. 
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi asar g’oyasini 
tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab-natija tarzida 
bo’ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo’lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g’oyasi 
o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini 
tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi ,,Anvar Obidjon 
aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z’so’zingiz bilan aytib bering", 
,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning sichqoncha haqidagi 
fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar 
O’tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she’ri asosida esa ,,Non nima? Uni 
ta’riflang", ,,Non qayerdan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi 
savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang’ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o’rin berilgan. 
O’qituvchining vazifasi anashu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan 
belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o’quvchilarni mustaqil fikriashga 
undaydi. 4-sinf ,,O’qish kitobi"dan o’rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan 
o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi ,,Sobir o’qishdan kechikish sababini 
ochiq aytib to’g’ri qildimi?", „Uning o’mida siz bo’lganingizda nima qilar-dingiz?" 
kabi savollar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqini o’stiradi va 
tanlash)da, asar g’oyasini aniqlash (g’oyani anglatgan o’rinni topib o’qish)da tatbiq etiladi. 2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yiizasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va rnuayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikriashga undashi lozim. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Asar mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 2. Asar tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi asar g’oyasini tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo’ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo’lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g’oyasi o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi ,,Anvar Obidjon aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z’so’zingiz bilan aytib bering", ,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O’tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she’ri asosida esa ,,Non nima? Uni ta’riflang", ,,Non qayerdan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o’rin berilgan. O’qituvchining vazifasi anashu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o’quvchilarni mustaqil fikriashga undaydi. 4-sinf ,,O’qish kitobi"dan o’rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi ,,Sobir o’qishdan kechikish sababini ochiq aytib to’g’ri qildimi?", „Uning o’mida siz bo’lganingizda nima qilar-dingiz?" kabi savollar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqini o’stiradi va
 
 
matnni yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid 
savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta 
ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" 
she’ri asosida ,,She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She ‘rdagi fikr 
yuritilgan narsalami ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahomi tasvirlashda qanday 
tasvir usullaridanfoydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o’quvchilar 
faolligini oshiradi. 
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 
3. O’quvchilarni savol tuzishga o’rgatish. O’quvchilarni savol tuzishga o’rgatish 
matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to’g’ri 
berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira 
olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarga savol tuzishni 
o’rgatishni 2-sinfdan bosh-lash maqsadga muvofiqdir. 
O’quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o’rgatish uchun o’qituvchi matnga o’zi 
tuzgan yoki ,,O’qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun ,,Nega 
u yoki bu savol qo’yilgan?", ,,Unda kirn yoki nima haqida gap boradi?", ,,Savol 
ko’proq qaysi so’zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan 
foydalangan holda bu savollarga javob berishni o’rgatadi. Ikkinchidan, o’qituvchi 
o’quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo’liga qaratadi va savol tuzishdan oldin 
matnni diqqat bilan o’qish, qatnashuvchi shaxslarni ko’rsatish, savol tuziladigan 
qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o’rgatishning boshlang’ich 
bosqichida bu mashq jamoa bo’lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo’ladi; buning 
uchun qulayroq savpl ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay 
bo’lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda ,,Ahillik ulug’ baxt" 
ertagida 
„ 
Odamlarning 
chaining 
bolalari 
haqidagi 
fikri 
yuzasidan 
savo/faЈ/>zg"topshirig’i berilgach, o’quvchilar ,,Odamlar aqlli chaining bolalari 
haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 
4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish 
topshirig’i beriladi: 
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o’qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. 
matnni yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" she’ri asosida ,,She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She ‘rdagi fikr yuritilgan narsalami ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahomi tasvirlashda qanday tasvir usullaridanfoydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o’quvchilar faolligini oshiradi. Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 3. O’quvchilarni savol tuzishga o’rgatish. O’quvchilarni savol tuzishga o’rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarga savol tuzishni o’rgatishni 2-sinfdan bosh-lash maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o’rgatish uchun o’qituvchi matnga o’zi tuzgan yoki ,,O’qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun ,,Nega u yoki bu savol qo’yilgan?", ,,Unda kirn yoki nima haqida gap boradi?", ,,Savol ko’proq qaysi so’zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o’rgatadi. Ikkinchidan, o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo’liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o’qish, qatnashuvchi shaxslarni ko’rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o’rgatishning boshlang’ich bosqichida bu mashq jamoa bo’lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo’ladi; buning uchun qulayroq savpl ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo’lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda ,,Ahillik ulug’ baxt" ertagida „ Odamlarning chaining bolalari haqidagi fikri yuzasidan savo/faЈ/>zg"topshirig’i berilgach, o’quvchilar ,,Odamlar aqlli chaining bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig’i beriladi: — Hikoyadagi birinchi xatboshini o’qing va shu qism yuzasidan savol tuzing.
 
 
— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo’llangan so’zlarning ma’-nosini izohlash 
bo’yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto’r so’zlarining ma’nosini 
izohlang) 
— Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing. 
Keyinchalik o’quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o’zlashtirib 
oladilar. 
4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega 
bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri 
foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq 
tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash 
mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. 
So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z 
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik 
tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, 
qatnashuvchilarning tashqi ko’rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi 
zarur. So’z bilan tasvirlashda so’zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o’quvchilar 
nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. 
Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, 
qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda 
foydalanadi. Tasvirlashdan tnustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o’qituvchi 
matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan manzarani so’z bilan 
yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so’zini tanlashni hamda turli tabiat man-
zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan 
joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. 
Matnni so’z bilan tasvirlashga o’rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu 
rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. 
So’z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so’ng amalga 
oshiriladi: 
1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko’-rinishi tasvirlangan 
o’rinlar aniqlanadi. 
— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo’llangan so’zlarning ma’-nosini izohlash bo’yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto’r so’zlarining ma’nosini izohlang) — Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing. Keyinchalik o’quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o’zlashtirib oladilar. 4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko’rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So’z bilan tasvirlashda so’zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o’quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan tnustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o’qituvchi matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan manzarani so’z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so’zini tanlashni hamda turli tabiat man- zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Matnni so’z bilan tasvirlashga o’rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. So’z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so’ng amalga oshiriladi: 1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko’-rinishi tasvirlangan o’rinlar aniqlanadi.
 
 
2. Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi. 
3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko’riladi, ya’ni yozuvchi, 
shoir qo’llagan lug’aviy birliklarga o’quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil 
qilinadi. Tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beriladi. 
4. 
So’z 
bilan 
tasvirlashga 
o’rgatishning 
dastlabki 
paytida 
xattaxtaga 
foydalaniladigan so’zlar yozib qo’yilishi zarur. So’z bilan tasvirlash qayta 
hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. 
Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan 
matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini 
o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o’quvchilar bilan qanday 
ranglardan foydalanish, ranglar ifoda-laydigan ma’nolar bo’yicha suhbat o’tkaziladi. 
Rasmlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o’zi chizgan rang tasvirini 
izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham 
bajartirilishi mumkin. Bunda o’quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon 
beriladi. 
O’quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda 
tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim 
fikrlarni yozib qo’yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to’liq qayta hikoyalash, 
shuningdek, o’qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning 
tasviriy vosita-larini bilib olishga yordam beradi. 
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tus-hunishda, asosiy 
fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilash-da, matn qismlarining o’zaro 
bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash 
o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan 
qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq 
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o’rganadilar. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. 
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn 
mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda 
o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bplalar topgan sarlavhani 
2. Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi. 3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko’riladi, ya’ni yozuvchi, shoir qo’llagan lug’aviy birliklarga o’quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beriladi. 4. So’z bilan tasvirlashga o’rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga foydalaniladigan so’zlar yozib qo’yilishi zarur. So’z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o’quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifoda-laydigan ma’nolar bo’yicha suhbat o’tkaziladi. Rasmlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o’zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o’quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O’quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo’yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to’liq qayta hikoyalash, shuningdek, o’qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vosita-larini bilib olishga yordam beradi. 5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tus-hunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilash-da, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o’rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bplalar topgan sarlavhani
 
 
tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab 
o’qish hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan 
o’rinni topib o’qiydilar. 
Reja 
tuzish 
,,oddiydan 
murakkabga" 
tamoyili 
asosida 
asta-sekin 
murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o’tkazib boriladi. O’quvchilar 1-sinfda 
o’qilgan kichik matnga o’qituvchi rahbarligida so’roq gap tar zida sarlavha 
tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o’qituvchi rahbarligida so’roq yoki 
darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o’qilgan matn rejasini jamoa bo’lib tuzishlari, 
4-sinfda mustaqil reja tuza olish-lari kerak. 
Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar 
kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tan-lashga va uni nomlashga 
o’rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z 
bilan tasvirlaydilar. Hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha tahlil qilinadi, so’ng 
o’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizish 
mumkin-ligini so’raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. 
O’quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo’yadilar. Ular qo’ygan nom 
sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. 
O’quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o’tadilar. Bunday reja 
tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi: 
1. O’qituvchi qismlarga bo’lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining 
o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi. 
O’quvchilar matnning l-qismini o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani 
topadilar, uni o’qituvchi xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda 
xattaxtada o’qilgan matnning rejasi hosil bo’ladi. 
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida har bir 
qismdagi asosiy g’oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o’qituvchi 
sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 
3. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida 
xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni 
tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar. Reja tuzish ,,oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o’tkazib boriladi. O’quvchilar 1-sinfda o’qilgan kichik matnga o’qituvchi rahbarligida so’roq gap tar zida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o’qituvchi rahbarligida so’roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o’qilgan matn rejasini jamoa bo’lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olish-lari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tan-lashga va uni nomlashga o’rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha tahlil qilinadi, so’ng o’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkin-ligini so’raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O’quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo’yadilar. Ular qo’ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. O’quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o’tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi: 1. O’qituvchi qismlarga bo’lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar matnning l-qismini o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o’qituvchi xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o’qilgan matnning rejasi hosil bo’ladi. 2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g’oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o’qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 3. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni
 
 
qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qishadi va sarlavhalarga tegishli 
qismni ajratadilar. 
4. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga 
yoziladi. O’quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar 
matnni o’qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani 
xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. 
O’quvchilarda reja tuzish ko’nikmasi hosil bo’lgach, 3-4-sinflarda ular matnni 
mustaqil ravishda qismlarga bo’ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak 
va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida 
bo’lishi lozim. 
O’quvchilar lug’atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini kuchay-tirish, badiiy 
vositalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o’stirish 
maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish 
kitobi" darsligidagi ,,Kitobga ixlos" matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha 
ishlash mumkin: 
Kartonga ko’chma ma’noli so’zlar yozib qo’yiladi. Ularning ma’nosini izohlash 
bo’yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: 
- Birikmalarni o ‘qing. Tagiga chizilgan so ‘darning ma ‘nosiga diqqat qiling. 
Ularning qaysi ma ‘noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling. 
olovning qip-qizil tillari - guaillab yonayotgan olovning yuqoriga bo’ralab-bo’ralab 
ko’tarilishi; 
olovning ... tillari osmonni yalar — baland ko’tarilar; 
o’zini o’tga urmoqchj- olovning ichiga kirmoqchi. 
O’quvchilarga yordam berish maqsadida shu so’zlarni o’z ma’nosida qo’llab, 
taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: 
olovning till — odamning till; 
odam till bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi; 
o’tga urmoqchi — bolani urmoqchi. 
Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so’zlari o’z ma’nosida, qaysi birikmada 
ko’chma ma’noda qo’llanganligi aniqlanadi. 
qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar. 4. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar matnni o’qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. O’quvchilarda reja tuzish ko’nikmasi hosil bo’lgach, 3-4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo’ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida bo’lishi lozim. O’quvchilar lug’atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini kuchay-tirish, badiiy vositalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o’stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi" darsligidagi ,,Kitobga ixlos" matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin: Kartonga ko’chma ma’noli so’zlar yozib qo’yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo’yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: - Birikmalarni o ‘qing. Tagiga chizilgan so ‘darning ma ‘nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma ‘noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling. olovning qip-qizil tillari - guaillab yonayotgan olovning yuqoriga bo’ralab-bo’ralab ko’tarilishi; olovning ... tillari osmonni yalar — baland ko’tarilar; o’zini o’tga urmoqchj- olovning ichiga kirmoqchi. O’quvchilarga yordam berish maqsadida shu so’zlarni o’z ma’nosida qo’llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning till — odamning till; odam till bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi; o’tga urmoqchi — bolani urmoqchi. Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so’zlari o’z ma’nosida, qaysi birikmada ko’chma ma’noda qo’llanganligi aniqlanadi.