Aseptika va antiseptika qonun-qoidalari bilan tanishish
Reja:
1–Ish: Mikrobiologiya va virusologiya laboratoriya ishlari
o’tkaziladigan xonalar ahvoli haqida ma’lumot
2–Ish: Laboratoriyada foydalanadigan elektr va boshqa asbob –
uskunalar bilan ishlashni xavfsizligi ta’minlanadi.
3–Ish: Laboratoriya ishlarini bajarishda talabalar qanday xolatda
ish boshlashlari tuShuntiriladi
Mashg’ulot maqsadi:
Mikrobiologiya laboratoriyasida
ishlash qoidalarini va ularga amal qilishni o’rgatish. Mikroskop
tuzilishini va mikroskopda ishlash qoidalarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Mikrobiologik laboratoriya xonasi kolbalar,
pipetkalar, spirt lampalari, bakteryal ilmoq, qurutkich shkaflari,
elektro plitka, avtoklav, suv xammomlari, lyumentsent lampalari,
spirt va boshqa kimyoviy eritmalar.
Ishning
borishi:
Oliygohlarda
ko’pincha
amaliy
mashg’ulotlar o’tkazish davrida tirik potogen mikroorganizmlar
bilan ishlashga ruhsat berilmaydi. Bunday mikroorganizmlar bilan
talabalar tayyor fiksatsiyalangan, ya’ni tibbiy laboratoriyalarda
tayyorlangan preparatlar orqali tanishadilar. Shunday bo’lishiga
qaramay mikrobiologik preparat tayyorlaganda hamma ehtiyot
choralarni ko’rish kerak chunki saprofit bakteriyalar bilan albatta
potogen bakteriyalar ham uchraydi.
Shunga ko’ra oliygohda mikrobiologiyadan laboratoriya
mashg’uloti o’tkazganda, bakteriologik laboratoriya qoidalari
asosida tashkillash kerak.
1.
Mikrobiologiya amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun alohida
xona ajratib bunda faqat mikrobiologiyadan amaliy
mashg’ulot o’tkazish kerak.
2.
Tozalash – (sterilizatsion) xona u yerda faqat avtoklav
o’rnatiladi va ishlaydi.
3.
Yuvish xonasi
4.
Preparatlar xonasi, bu xona faqat mikrobiologik
preparatlar saqlashga moslashgan bo’ladi.
Mikrobiologik preparatlarni va toza kulьtura olish uchun
xonalarni bir chetiga oynalangan burchak (boks) qilinadi. B xonani
sterillash uchun BUF–15, BUF–30 markali Lyumentset lampalarni
yerdan 2 m balandlikka o’rnatiladi.
Mikrobiologik laboratoriyani derazalari shimol tomoniga
o’rnatilgan bo’lib, laboratoriyadagi tabiiy yorug’lik 110 Lyuksni
tashkillash kerak.
Xona oq belila emulьtsiya bo’yog’i bilan bo’yalgan bo’lib, poli
linolium bilan qoplangan bo’ladi.
Laboratoriya stollariga elektr energiya va gaz o’tkazilgan
bo’lishi kerak chunki har bir talabaga mikroskop yoritgich va
fiksatsiya qilish uchun gaz yonilg’isi bo’lish kerak.
Ishchi stol ustida birorta ham ortiqcha narsa bo’lmasligi
kerak. Mikroskoplar polietilen plyonkalar bilan o’ralgan bo’lishi
kerak, ish joyida asosan: yoritkich, bo’yoqlar yig’indisi,
bakteriologik ilmoq, shpatel, chiziqchali va chiziqchasiz pipetkalar,
buyum oynasi, qoplag’ich oyna, vannochka, dizenfektsiyalovchi
suyuqlik, paxta, doka, voska, qalam, immersion moy, qum soat,
spirtovka, sirka va gugurt laboratoriyada doimo bo’lishi shart.
Yuqoridagi buyumlarni tozalash yetarli bo’lishni laborant nazorat
qilib boradi.