Asiklik aminokislotalar va ularning tibbiyotda qo'llanadigan preparatlari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
607,8 KB
Asiklik aminokislotalar va ularning tibbiyotda qo'llanadigan preparatlari
Darsning maqsadi: Glutamin kislota, Aminalon, Sistein, Metionin,
Aminokapron kislota, Metilmetioninsulfoniy xlorid, Atsetilsistein haqidagi
ma’lumotlarni o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Molekula tuzilishida bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi
xossaga ega bo’lgan asos xossali amin va kislota xossali karboksil guruhlarini
saqlagan organik birikmalar aminokislotalar deb ataladi. Shuning uchun ham
aminokislotalar amfoter xossaga ega bo’lib, ular ham kislota, ham asos xossalarini
namoyon qiladi.
Aminokislotalardagi amin guruhlarining karboksil guruhiga nisbatan tutgan
o'rni (holati)ga qarab, ular α,β, y va hokazo aminokislotalarga bo’linadi:
O'simlik va hayvon oqsillarining tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar α-
aminokislotalardan iborat bo'lib, ular L-izomer holida bo'ladi. Monoaminokarbon
kislotalar suvli eritmalarida ulardagi karboksil va aminoguruhlarning o'zaro
neytrallanishi natijasida ichki tuzlar hosil qiladi. Bu ichki tuz molekulasi bipolar,
ya’ni ikki qarama-qarshi zaryadli ion holida bo'ladi deb tushuniladi:
Aminokislotalar ham karbon kislotalarga o'xshab spirtlar bilan murakkab
efirlar hosil qiladi. Ulaming og‘ir metall tuzlari bilan hosil qilgan ichki kompleks
tuzlaridan
preparatlaming
chinligini
aniqlashda
foydalaniladi.
Masalan,
aminokislotalar mis (II) sulfat ta’sirida ko‘k rangii ichki kompleks tuz hosil qiladi.
Bunda mis faqat karboksildagi vodorod atomi o‘miga birikibgina qolmay, balki
kislotadagi azot atomi bilan ham bog‘langan bo'ladi. Mis va azot atomlari o'rtasidagi
bog1, azotning erkin elektronlar jufti hisobiga koordinatsion bog‘dir. Buni β-
aminopropion kislotaning mis bilan bo’lgan tuzi misolida quyidagicha ifodalash
mumkin: