Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
Reja:
1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar.
2. YAlpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari.
3. YAIMni ishlab chiqarish uslubida aniqlash.
4. YAIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash.
5. YAIMni daromadlar bo‘yicha hisoblash.
Tayanch iboralar: milliy iqtisodiyot, makroko‘rsatkichlar, YAIM, YAMM,
MXT, rezidentlar, qo‘shilgan qiymat, YAIMni hisoblash usullari, makroiqtisodiy
ayniyatlar, nominal YAIM, real YAIM, deflyator, iste’mol narxlar indeksi.
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi:
YAlpi ichki mahsulot (YAIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy
daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), Shaxsiy daromad (SHD), Shaxsiy
tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste’mol (S), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining
hajmi va o‘sish sur’atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o‘sish
suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar
(Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari indeksi, inflyasiyaning
o‘sish sur’atlari;
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning
jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyasiya surati kabi ko‘rsatkichlar umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD,
SHD, SHTD, S, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va
dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
2.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
1993 yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga ko‘ra, YAlpi ichki
mahsulot (YAIM) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
YAIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy
yig‘indisidan iborat.
Boshqa bir ta’rifga ko‘ra YAIM – mamlakat hududida ma’lum muddat
davomida yangidan yaratilgan qiymatlar yig‘indisidir.
YAIMning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari
tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda, faqatgina mamlakatning yuridik va
jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa
mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‘sha mamlakat rezidenti deb
qaraladi.
YAIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar
istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu birga-birga har uchala usul bilan
YAIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
2.3. YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida
aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga
uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga
olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab
chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan
xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.
2.1-jadval
O‘zbekistonda YAIMning tarmoqlar tarkibi, (joriy narxlarda, mlrd. so‘m)
1995y.
2000y.
2005y.
2010y.
2016y.*
I. YAIM, jami
302,8
3 255,6 15 923,4 62 388,3 199 325,1
shu jumladan:
- yalpi qo‘shilgan qiymat
263,0
2 848,0 14 233,3 56 671,4 182 071,9
- mahsulotlarga sof soliqlar
39,8
407,6
1 690,1
5 716,9
17 253,2
II. Yalpi qo‘shilgan qiymat
263,0
2 848,0 14 233,3 56 671,4 182 071,9
- qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligi
85,1
978,5
4 192,8
11 201,0 32 048,1
- sanoat
51,7
462,4
3 370,9
15 114,8 46 708,7
- qurilish
21,4
196,2
771,1
3 760,5
13 112,2
- xizmatlar
104,8
1 210,9 5 898,5
26 595,1 90 202,9
- savdo, yashash va
ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar
23,1
351,6
1 400,2
5 982,7
19 137,3
- tashish va saqlash, axborot
va aloqa
22,1
250,6
1 676,7
7 337,7
22 745,8
- boshqa xizmat tarmoqlari
59,6
608,7
2 821,6
13 274,7 48 319,8
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
2.1-jadval ma’lumotlariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab
chiqarilgan YAIMning tarmoq tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
2016 yilda YAIMning 25,6 foizi sanoat tarmoqlarida, 17,6 foizi qishloq
xo‘jaligida, 7,2 foizi qurilish sohasida va 49,5 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida
yaratildi. Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradorligi oshib
borishi bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalarining YAIMdagi ulushi
ortib borilishi jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir. O‘zbekiston
Respublikasida o‘tgan yillarda sanoat tarmoqlarining YAIMdagi ulushi ortib
borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi.
Qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblangan YAIM tarkibiga sof
bilvosita soliqlar, ya’ni davlat byudjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i va bojxona boji to‘lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat byudjetidan ishlab
chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o‘rtasidagi farq ham qo‘shiladi.
2.4. YAIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAIMni hisoblash
uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib
chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (S);
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I);
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G);
Sof eksport (Xp); mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha
xarajatlar o‘rtasidagi farq.
YAIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
YAIM = S + I + G + Xp
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga
ko‘ra) tarkibi tahlili (2.2-jadval) shuni ko‘rsatadiki uy xo‘jaliklarining iste’mol
xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning
YAIMdagi ulushiga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va
Fransiya davlatlariga yaqin turadi. YAlpi jamg‘arish, yoki yalpi investitsiyalar
ulushi kattaligi bo‘yicha ikkinchi komponent bo‘lib 2016 yilda YAIMning 24,9
%ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 27,8 %ni, zahiralarning
o‘zgarishi -2,9 % ni tashkil etgan.
2.2-jadval.
YAIMning foydalanish tarkibi, foizda
1991y. 1995y. 2000y. 2005y. 2010y. 2016y.
YAIM – jami (foizda)
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Yakuniy iste’mol xarajatlari 77,0
72,9
80,6
64,3
64,8
74,4
- uy xo‘jaliklari;
54,9
50,1
60,9
47,4
47,9
57,5
- davlat boshqaruv organlari;
20,7
22,3
18,7
15,9
15,8
16,1
- uy xo‘jaliklariga xizmat
ko‘rsatayotgan nobozor
tashkilotlari;
1,4
0,5
1,0
1,0
1,1
0,8
Yalpi jamg‘arish
26,8
24,2
19,6
28,0
26,6
24,9
-
asosiy
kapitalning
yalpi
jamg‘arilishi;
25,1
33,0
24,0
22,0
27,3
27,8
- moddiy aylanma vositalari
zahirasining o‘zgarishi;
1,7
-8,8
-4,4
6,0
-0,7
-2,9
Tovar va xizmatlar eksport-
importi saldosi
-3,8
2,9
-0,2
7,7
8,6
0,7
- eksport;
35,3
31,6
26,5
37,9
33,1
18,8
- import;
39,1
28,7
26,7
30,2
24,5
18,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
2.5. YAIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash
YAIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida rezident - ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar
hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi.
YAIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
- sof bilvostia soliqlar (Tn);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi
(R).
R = Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof
daromadlari (R2) + amortizatsiya (A);
YAIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch
guruhga bo‘lib topish mumkin:
YAIM = Tn + W+R
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YAIM hajmi o‘zaro
mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har
qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi.
2.6. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi
nisbat
YAMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat
tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich
daromadlari yig‘indisidir.
YAMD = YAIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan
daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlari YAIM
va YAMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital)
summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YAIM - A
SMD = YAMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan SHaxsiy daromad
(SHD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi.
SHD = SMD – [ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) +
R1.1 (korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning
taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR)
+ foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan
foiz daromadlari ham kiritiladi.
SHTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun
ishlatiladi.
SHTD =C + S
YAMTD= YAMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan
transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
YAMTD= YAkuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
YAkuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari
hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
2.7. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi
mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro
tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YAIM ko‘rsatkichlarining
o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi
tenglik hisoblanadi.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga
qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud
bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu erda: Sp - xususiy jamg‘armalar;
Sd - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (U), transfert to‘lovlari (TR), davlat
zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (S) xarajatlari
yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg‘armalari nolga
teng bo‘lsa, davlat byudjeti
muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT)
bildiradi:
BT = - Sg
Bu erda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz
hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan
harajatlarini ayirib topiladi.
Sx=M – X yoki Sx = -Xn
Agar
mamlakat
eksportiga
nisbatan
ko‘proq
import
qilsa,
unda
daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar
tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda
foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi
investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T) - C + (T – TR – N)) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar
hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi
mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun
yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi
muhim shartlardan biridir.
2.8. Nominal va real YAIM
Iqtisodiyotda doimiy inflyasiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki,
inflyasiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish,
muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi.
Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan
emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan
foydalanish zarur. Baholar indeksini yoki inflyasiya darajasini hisoblash uchun:
deflyator (deflyator indeksi); iste’mol narxlari indeksi (Laspeyres indeksi); sanoat
ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflyator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Qi1 Pi1
Deflyator = ------------- x 100
Qi1 Pi0
Nominal YAIM
Real YAIM = ———————————— x 100
Deflyator
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
Qi0 Pi1
INI = ------------- x 100
Qi0 Pi0
Bu erda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari
hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji
baholarda hisoblanadi.