ASOSIY METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA TAMOYILLAR (Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika, tushunchalari, Hozirgi zamon metodlari: abduksiya kumatoid, keys stadis, evristika)

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

7

Sahifalar soni

36

Faytl hajmi

227,0 KB


 
 
 
 
 
ASOSIY METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA TAMOYILLAR 
 
 
8.1. Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika, tushunchalari.  
8.2. Metodlarning tasnifi. 
8.3.Hozirgi zamon metodlari: abduksiya kumatoid, keys stadis, evristika.  
8.4. Asosiy metodologik tamoyillar. 
 
 
8.1.Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika tushunchalari.  
 
Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo‘nalishini 
o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi bo‘lib, unda 
muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. 
Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.  
  
Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi 
tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va 
lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A,Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy 
maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa,  mamlakat, alohida oliy ta’lim 
muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy 
maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z 
navbatida o‘z yetakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning 
majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq yetakchilar bo‘lishi 
mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovatsion mexanizmlar amal qiladi, 
ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy qilishda shu 
g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi 
olimlarning fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan 
ASOSIY METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA TAMOYILLAR 8.1. Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika, tushunchalari. 8.2. Metodlarning tasnifi. 8.3.Hozirgi zamon metodlari: abduksiya kumatoid, keys stadis, evristika. 8.4. Asosiy metodologik tamoyillar. 8.1.Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika tushunchalari. Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo‘nalishini o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir. Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A,Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z yetakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq yetakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovatsion mexanizmlar amal qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan
 
 
amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu g‘oyani 
himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir. Ilmiy maktabda 
ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim 
ahamiyatga ega.  Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalarni rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maktablar 
ilgari surilgan g‘oyalarning masshtabi, ularning ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq 
qiladi. Ilmiy maktablarning o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish 
xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib borish 
metodi shakllanadi. 
Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday 
shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, 
usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar 
tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum 
natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, 
maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. 
Metodning 
asosiy 
vazifasi 
faoliyatning 
bilish 
va 
boshqa 
shakllarini 
boshqaruvdan iborat. Biroq: 
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki 
to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm"); 
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha 
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi 
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. 
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur 
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z 
navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va 
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. 
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini 
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. 
Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. 
amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir. Ilmiy maktabda ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maktablar ilgari surilgan g‘oyalarning masshtabi, ularning ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ilmiy maktablarning o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib borish metodi shakllanadi. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq: -birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm"); -ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas.
 
 
Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va 
yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon 
bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar 
yangidan shakllanadi. 
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning 
xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor 
dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning 
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. 
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob’ekt) predmetining 
mazmuni bilan bog‘liq. 
Metod sub’ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson 
umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y 
yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. 
Metod sub’ekt va ob’ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda 
oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, eng 
avvalo, ob’ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub’ektiv hamdir. 
Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob’ektiv ilmiylikning davomi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va 
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, 
ularga asoslanadi. 
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. 
Eng avvalo, ma’naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat 
metodlarini ajratmoq lozim. 
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. 
Yangilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot 
tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan 
nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning 
uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday 
fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga 
Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob’ekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq. Metod sub’ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. Metod sub’ekt va ob’ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, eng avvalo, ob’ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub’ektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob’ektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi. Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, ma’naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim. Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga
 
 
mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning 
o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, 
hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. 
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga 
oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, 
olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash 
jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. 
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, 
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy 
bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular 
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y 
yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan 
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy 
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
 Metodologiya - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, 
siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi 
sifatida amal qiladi. 
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin 
emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida 
amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy 
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak. 
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa 
vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, 
kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. 
Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning 
o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb 
nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.  
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va 
usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish 
mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Metodologiya - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi sifatida amal qiladi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish
 
 
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Xullas, metodologiya metodlar yig‘indisi 
va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 
 
8.2.Metodlarning tasnifi.  
 
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga 
bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot 
metodlari,empirik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy 
metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar 
fanlar metodlari kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz. 
Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda 
vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir 
fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot 
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod 
tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida 
o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri 
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq 
bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda 
muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki 
unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. 
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish 
jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, 
izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, 
bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari 
ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash 
o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. 
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal 
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida 
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar 
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.  
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Xullas, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 8.2.Metodlarning tasnifi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari,empirik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz. Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
 
 
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan 
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va 
tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-
gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada 
zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli 
o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Empirik tadqiqot metodlari. O‘rganilayotgan har qanday ob’ekt haqida 
egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik 
bilishning asosiy metodidir. Kuzatish–narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish 
bo‘lib, unda asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish 
jarayonida biz bilish ob’ektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard 
maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. 
Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida 
bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora 
murakkablashib, 
uning 
vositalari 
ko‘payib 
bormoqda. 
Ilmiy 
kuzatishga 
qo‘yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish ob’ekti)ning aniqligi; qayta 
kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat 
qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini 
o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta 
zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va 
empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham 
qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan 
boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega 
bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. 
 Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog‘liq holda u ochiq va yashirin, 
dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ko‘ra – qayd etuvchi, baholovchi 
va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko‘ra kuzatuvlar bevosita va instrumental 
turlarga bo‘linadi. O‘rganilayotgan ob’ektlarni qamrab olish hajmiga ko‘ra esa 
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy- gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Empirik tadqiqot metodlari. O‘rganilayotgan har qanday ob’ekt haqida egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish–narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish bo‘lib, unda asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish ob’ektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo‘yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish ob’ekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog‘liq holda u ochiq va yashirin, dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ko‘ra – qayd etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko‘ra kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo‘linadi. O‘rganilayotgan ob’ektlarni qamrab olish hajmiga ko‘ra esa
 
 
yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga ko‘ra – doimiy, davriy va bir 
martalik kuzatuvlar bo‘ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili – o‘z-o‘zini 
kuzatuv bo‘lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan. 
Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. 
Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat, uning 
psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchi 
muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlarni tasdiqlashga qaratilganida 
kuzatuvning ob’ektiv natijalarini buzilishiga yanada ko‘proq moyil bo‘ladi. 
Kuzatuvning ob’ektiv natijalarini olish uchun intersub’ektivlik talablariga 
rioya qilish lozim, ya’ni kuzatuv ma’lumotlari, imkon qadar, boshqa kuzatuvchilar 
tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart (va/yoki mumkin). 
Bevosita 
kuzatishni 
asbob-uskunalar 
bilan 
almashtirish 
kuzatuv 
imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham sub’ektivlikni 
istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish sub’ekt 
tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y 
beradi. 
 Eksperiment–o‘rganilayotgan 
jarayonga 
faol 
va 
izchil 
aralashish, 
eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga 
olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki 
uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan ob’ekt uning mohiyatini 
buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da 
ifoda etiladi.  
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:  
a) tadqiqot ob’ektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu 
jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish; 
b) ob’ektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining 
mavjudligi; 
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan ob’ektni bir necha marta aks 
ettirish mumkinligi; 
yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga ko‘ra – doimiy, davriy va bir martalik kuzatuvlar bo‘ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili – o‘z-o‘zini kuzatuv bo‘lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan. Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat, uning psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlarni tasdiqlashga qaratilganida kuzatuvning ob’ektiv natijalarini buzilishiga yanada ko‘proq moyil bo‘ladi. Kuzatuvning ob’ektiv natijalarini olish uchun intersub’ektivlik talablariga rioya qilish lozim, ya’ni kuzatuv ma’lumotlari, imkon qadar, boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart (va/yoki mumkin). Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham sub’ektivlikni istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish sub’ekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi. Eksperiment–o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan ob’ekt uning mohiyatini buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi. Eksperimentning asosiy xususiyatlari: a) tadqiqot ob’ektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish; b) ob’ektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi; v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan ob’ektni bir necha marta aks ettirish mumkinligi;
 
 
g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish 
imkoniyatining mavjudligi.  
Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot 
(qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. 
Ob’ektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k. 
eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy 
eksperiment–ideallashtirilgan ob’ektlar haqida fikr yuritish protseduralari tizimi 
hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.  
 Taqqoslash–ob’ektlar (yoki ayni bir ob’ektning rivojlanish bosqichlari)ning 
o‘xshash yoki farqli jihatlarini, ya’ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi 
bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina 
ma’no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim 
belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan 
predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo‘lmasligi ham mumkin. 
Taqqoslash mantiqiy usul–analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va 
qiyosiy-tarixiy metodning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi–ayni bir 
hodisa yoki birgalikda mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari 
(davrlari, darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash.  
  Tavsiflash–tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan 
ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operatsiyasi. 
  O‘lchash–qabul qilingan o‘lchov birliklarida o‘lchanayotgan kattalikning 
son miqdorini topish maqsadida ma’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar 
majmui. O‘lchashning tuzilmasi quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
-bilish sub’ekti, muayyan bilish maqsadlarida o‘lchashni amalga oshiradi;-
o‘lchash vositalari,tabiiy va inson tomonidan yaratilgan; 
-o‘lchash ob’ekti, ya’ni o‘lchanadigan kattalik yoki qiyoslash amaliyotini 
qo‘llash mumkin bo‘lgan xossa; 
-o‘lchash usuli ya’ni, o‘lchash asboblari yordamida bajariladigan amaliy 
harakatlar, operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga muayyan mantiqiy 
va hisoblash amaliyotlarini ham oladi; 
g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi. Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Ob’ektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy eksperiment–ideallashtirilgan ob’ektlar haqida fikr yuritish protseduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan. Taqqoslash–ob’ektlar (yoki ayni bir ob’ektning rivojlanish bosqichlari)ning o‘xshash yoki farqli jihatlarini, ya’ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina ma’no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo‘lmasligi ham mumkin. Taqqoslash mantiqiy usul–analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy metodning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi–ayni bir hodisa yoki birgalikda mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari (davrlari, darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash. Tavsiflash–tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operatsiyasi. O‘lchash–qabul qilingan o‘lchov birliklarida o‘lchanayotgan kattalikning son miqdorini topish maqsadida ma’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmui. O‘lchashning tuzilmasi quyidagi elementlardan tashkil topadi: -bilish sub’ekti, muayyan bilish maqsadlarida o‘lchashni amalga oshiradi;- o‘lchash vositalari,tabiiy va inson tomonidan yaratilgan; -o‘lchash ob’ekti, ya’ni o‘lchanadigan kattalik yoki qiyoslash amaliyotini qo‘llash mumkin bo‘lgan xossa; -o‘lchash usuli ya’ni, o‘lchash asboblari yordamida bajariladigan amaliy harakatlar, operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga muayyan mantiqiy va hisoblash amaliyotlarini ham oladi;
 
 
-o‘lchash natijasi, nomlangan kattalikdan iborat bo‘lib, tegishli nomlar yoki 
belgilar yordamida ifodalanadi. 
-O‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi 
o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. O‘lchash aniqligi o‘lchash 
jarayonidagi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. 
-o‘rganilayotgan ob’ektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish 
imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi; 
-o‘lchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash 
jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini 
topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi 
traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k. 
O‘lchashning sub’ektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu 
jarayonni tashkil qilish va sub’ektning bilish imkoniyatlari – eksperiment 
o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab 
berish mahorati kiradi. 
Bevosita o‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment o‘tkazish jarayonida bilvosita 
o‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita o‘lchashda izlanayotgan kattalik 
dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog‘liq boshqa kattaliklarni bevosita o‘lchash 
asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o‘lchangan qiymatlariga ko‘ra 
uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning 
o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga 
ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa ob’ektiv reallik sharoitida bevosita 
o‘lchash mumkin bo‘lmaganida bilvosita o‘lchash uslubining roli katta. Masalan, 
har qanday kosmik ob’ekt (tabiiy)ning massasi boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash 
ma’lumotlarini qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida 
aniqlanadi. 
 Nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy asoslangan va isbotlangan bilimlar 
majmui nazariy tiadqiqot metodlari orqali egallanadi. Quyidagilar nazariy 
tadqiqot metodlaridir: 
-o‘lchash natijasi, nomlangan kattalikdan iborat bo‘lib, tegishli nomlar yoki belgilar yordamida ifodalanadi. -O‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. O‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. -o‘rganilayotgan ob’ektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi; -o‘lchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k. O‘lchashning sub’ektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu jarayonni tashkil qilish va sub’ektning bilish imkoniyatlari – eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi. Bevosita o‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment o‘tkazish jarayonida bilvosita o‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita o‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog‘liq boshqa kattaliklarni bevosita o‘lchash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o‘lchangan qiymatlariga ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa ob’ektiv reallik sharoitida bevosita o‘lchash mumkin bo‘lmaganida bilvosita o‘lchash uslubining roli katta. Masalan, har qanday kosmik ob’ekt (tabiiy)ning massasi boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash ma’lumotlarini qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi. Nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy asoslangan va isbotlangan bilimlar majmui nazariy tiadqiqot metodlari orqali egallanadi. Quyidagilar nazariy tadqiqot metodlaridir:
 
 
 Aksiomatik metod-ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim 
dastlabki qoidalar-aksiomalar qo‘yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari 
mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo‘l bilan isbotlash orqali keltirib 
chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa 
formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, 
aksiomatik metodda isbotlash–har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi 
formulalardan ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning 
ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod–olingan ilmiy bilimni tizimga solish 
usullaridan biri. Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat 
aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan 
holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan 
aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi 
bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi».  
     Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan gipotezalar 
tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada 
empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va 
haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga 
(deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa 
muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi.  
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi: 
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud 
nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning 
iloji bo‘lmasa: 
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va 
qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish; 
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan 
haqiqatga eng yaqinini tanlab olish; 
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va 
uning mazmuniga aniqlik kiritish; 
Aksiomatik metod-ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar-aksiomalar qo‘yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo‘l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlash–har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod–olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi». Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi: - nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa: - turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish; - farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish; - gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;
 
 
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda 
gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning 
isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. 
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.  
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. 
Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan 
ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. 
Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga 
taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-
deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra 
ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi 
gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.  
 Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki 
mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali 
natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon 
harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda 
predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda 
«mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan 
mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu 
yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan 
muayyan hissiylikka yuksalish–ayrim umumiy mavhumliklardan ularning 
yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu yerda sintez va 
deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik 
protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki 
qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks 
ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.  
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental 
nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib 
xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», 
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi. Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik- deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi. Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish–ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu yerda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir. Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model»,
 
 
«tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari 
tushunchalar kiritiladi.  
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida 
xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» 
yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik 
nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik 
kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir.  
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – 
muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy 
tushunchalarga ko‘proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-
formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy 
masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur 
shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim 
mezonidir.  
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, 
tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va 
uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.  
  Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning 
strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror munosabatlar 
va o‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni 
ajratish asosiga quriladi.  
Struktura–tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari 
o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. 
Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi 
(ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat funksiyalari, nazariyaning funksiyalari 
va h.k.).  
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali 
yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari: 
a) tizimli ob’ektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish; 
b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish; 
«tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi. Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum- formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir. Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi. Struktura–tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat funksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.). Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari: a) tizimli ob’ektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish; b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish;
 
 
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni tahlil 
qilish; 
g) butun tizimli ob’ektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; 
d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektning barcha tarkibiy qismlariga shu 
barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash.  
    Formallashtirish–ma’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. 
Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni aniq ifodalashga 
xizmat qiladi. Formallashtirishda ob’ektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) 
sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni 
yaratish bilan bog‘liq.  
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini 
bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy 
ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini 
dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, 
balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.  
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning 
formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib 
chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda 
turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. 
Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. 
Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar 
tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik 
mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, 
formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan 
bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi, 
chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech 
qachon 
to‘xtamaydi. 
Bu 
formallashtirishning 
ichki 
imkoniyatlari 
cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni hisoblash bilan 
almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. 
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish; g) butun tizimli ob’ektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektning barcha tarkibiy qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash. Formallashtirish–ma’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda ob’ektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq. Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni hisoblash bilan almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan.
 
 
Gedelning teoremalari ilmiy fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to‘liq 
formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan. 
Modellashtirish–borliqni 
bilvosita 
o‘rganish 
usuli. 
Biron 
ob’ektning 
xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta 
hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan uning 
modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot 
jarayonini yengillashtiradi, ob’ektning o‘rnini bevosita tadqiq etish mumkin 
bo‘lmagan, qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga 
ehtiyoj paydo bo‘ladi.  
Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va 
modellashtirish qo‘llanayotgan sohaga bog‘liq. Modellarning xususiyatiga qarab 
moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy 
modellar tabiiy ob’ektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar–fizika, 
mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida 
ifodalanadi.  
Muayyan ob’ektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original 
bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan 
almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). 
Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, 
tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng 
tarqalgan. 
 Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab 
tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi. Bu ko‘plab 
tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish 
imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan 
ehtimollik nazariyasiga tayanadi.  
Ehtimollik-haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi bo‘lmagan ilmiy 
hayotiy tushuncha. Ehtimollikning diapazoni-noldan (mumkin emaslikdan) 
birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar dinamik va statistik qonunlarni 
Gedelning teoremalari ilmiy fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan. Modellashtirish–borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron ob’ektning xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ob’ektning o‘rnini bevosita tadqiq etish mumkin bo‘lmagan, qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va modellashtirish qo‘llanayotgan sohaga bog‘liq. Modellarning xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modellar tabiiy ob’ektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar–fizika, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida ifodalanadi. Muayyan ob’ektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan. Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi. Bu ko‘plab tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan ehtimollik nazariyasiga tayanadi. Ehtimollik-haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi bo‘lmagan ilmiy hayotiy tushuncha. Ehtimollikning diapazoni-noldan (mumkin emaslikdan) birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar dinamik va statistik qonunlarni
 
 
farqlashga asoslanadi. Bunda ular mazkur qonunlardan kelib chiqadigan 
bashoratlarning xususiyatiga tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq 
belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada).  
Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega 
bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifiy omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy 
bilish tarixi ko‘rsatganidek, «biz zarurat va tasodif bilan bog‘liq barcha 
muammolarning ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz».  
Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifiy xususiyatga ega bo‘lgan ayrim hodisalarni 
emas, balki ommaviy hodisalarni o‘rganish (kvant mexanikasi, statistik fizika, 
sinergetika, sotsiologiya va boshqa fanlar)da keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda 
fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p 
gapirilmoqda.  
    Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, o‘zining «oraliq 
xususiyati»ga ko‘ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek, tegishli 
metod)larning o‘zaro o‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha 
fanlarda qo‘llanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo 
ularni fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, 
ijtimoiy va ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.     
    Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari - mantiqiy mushohada yuritish 
orqali egallangan bilimlar majmui bo‘lib ular quyidagilar: analiz–ob’ektni 
amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish; 
 sintez – qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish. Sintez 
natijasida mutlaqo yangi ob’ekt hosil bo‘ladi.  
Analiz (tahlil qilish faoliyati) jarayonida fikr murakkablikdan oddiylikka, 
tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat 
qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida 
bilish va ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Biroq, 
analiz mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, 
xilma-xillikdagi birlik sifatida hali ochilmagan bo‘ladi. Sintez, aksincha, analiz 
vositasi bilan ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunga 
farqlashga asoslanadi. Bunda ular mazkur qonunlardan kelib chiqadigan bashoratlarning xususiyatiga tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada). Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifiy omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy bilish tarixi ko‘rsatganidek, «biz zarurat va tasodif bilan bog‘liq barcha muammolarning ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz». Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifiy xususiyatga ega bo‘lgan ayrim hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarni o‘rganish (kvant mexanikasi, statistik fizika, sinergetika, sotsiologiya va boshqa fanlar)da keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, o‘zining «oraliq xususiyati»ga ko‘ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek, tegishli metod)larning o‘zaro o‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda qo‘llanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo ularni fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari - mantiqiy mushohada yuritish orqali egallangan bilimlar majmui bo‘lib ular quyidagilar: analiz–ob’ektni amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish; sintez – qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish. Sintez natijasida mutlaqo yangi ob’ekt hosil bo‘ladi. Analiz (tahlil qilish faoliyati) jarayonida fikr murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida bilish va ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Biroq, analiz mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, xilma-xillikdagi birlik sifatida hali ochilmagan bo‘ladi. Sintez, aksincha, analiz vositasi bilan ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunga
 
 
birlashtirish jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab 
yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiylik va ayrimlikni, birlik va xilma-xillikni muayyan 
jonli butunga birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi.  
Mavhumlashtirish-o‘rganilayotgan 
hodisaning 
bir 
qancha 
xossalari 
va 
nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalarni 
(eng avvalo, muhim, umumiy xossalarni) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon 
natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» 
deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», 
«fikrlash» va b.) hamda ularning tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, 
dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir.  
Ko‘rib chiqilayotgan xossalarning qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali 
ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir 
muayyan holatda, eng avvalo, o‘rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, 
tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi.  
Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni 
bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy 
(abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi 
mumkin.  
Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo‘lmaydigan, 
lekin real olamda ularning timsoli bo‘lgan ob’ektlarning tushunchalarini fikran 
shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va 
sh.k.) tushuncha.  
Ideallashtirilgan ob’ektlar, pirovard natijada, ob’ektiv ashyolar, real jarayon va 
hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida 
shakllangan tushunchalardan keyinchalik real ob’ektning in’ikosi sifatida 
izlanishlar olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlarning mavhum 
sxemalarini tuzishda foydalanish mumkin.  
Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud mavhum bo‘ladi. Ilmiy, real 
ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan farqlaydigan belgi shundan iboratki, 
birlashtirish jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiylik va ayrimlikni, birlik va xilma-xillikni muayyan jonli butunga birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi. Mavhumlashtirish-o‘rganilayotgan hodisaning bir qancha xossalari va nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalarni (eng avvalo, muhim, umumiy xossalarni) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», «fikrlash» va b.) hamda ularning tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir. Ko‘rib chiqilayotgan xossalarning qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir muayyan holatda, eng avvalo, o‘rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi. Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin. Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo‘lmaydigan, lekin real olamda ularning timsoli bo‘lgan ob’ektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha. Ideallashtirilgan ob’ektlar, pirovard natijada, ob’ektiv ashyolar, real jarayon va hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida shakllangan tushunchalardan keyinchalik real ob’ektning in’ikosi sifatida izlanishlar olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlarning mavhum sxemalarini tuzishda foydalanish mumkin. Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud mavhum bo‘ladi. Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan farqlaydigan belgi shundan iboratki,
 
 
unda hosil etilgan ideallashtirish ob’ektlari, shaxslar muayyan sharoitlarda 
ideallashtirilgan, ya’ni real ob’ektlar atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin.  
Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ularni umumlashtirib xulosa 
chiqarishga) fikran harakat qilish; deduksiya–bilish jarayonining umumiydan 
ayrimlikka yuksalishi. Induksiya va deduksiya o‘zaro bog‘lanadi hamda bir-birini 
to‘ldiradi. Tajriba hamisha cheksiz va nomukammal bo‘lganligi uchun induktiv 
xulosalar 
doim 
muammoli 
(ehtimoliy) 
xususiyatga 
egadir. 
Induktiv 
umumlashtirishlarga, odatda, tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb 
qaraladi.  
Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz induksiya, to‘liq 
induksiya, ilmiy induksiya va matematik induksiya ajratiladi. Mantiqda sababiy 
aloqalarni aniqlashning induktiv metodlari–induksiya qonunlari (Bekon-Mill 
induktiv tadqiqot qoidalari) farqlanadi. Yagona o‘xshashlik, yagona tafovut, 
o‘xshashlik va tafovut, bog‘liq o‘zgarishlar metodlari va qoldiqlar metodi shular 
jumlasidandir.  
Deduksiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqotchi deduksiya vositasida 
bir sinf, bir jins, bir guruh narsa yoki hodisa to‘g‘risidagi umumiy bilimlardan 
ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish 
tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron xususiyat bir toifa yoki bir jinsdagi 
hamma narsa yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu toifa yoki jinsga oid 
har bir narsa yoki hodisaga ham xos bo‘ladi.  
Analogiya (moslik, o‘xshashlik)-o‘xshash bo‘lmagan ob’ektlarning ayrim 
jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi o‘xshashliklarni aniqlash. Aniqlangan 
o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Uning umumiy 
sxemasi: B ob’ekt a, b, c, d belgilarga ega; C ob’ekt b, c, d belgilarga ega; 
binobarin, C ob’ekt a belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki 
ehtimoliy bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan ob’ekt 
(«model»)ni ko‘rib chiqish natijasida olingan bilim boshqa nisbatan kam 
o‘rganilgan ob’ektga ko‘chiriladi.  
unda hosil etilgan ideallashtirish ob’ektlari, shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real ob’ektlar atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin. Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ularni umumlashtirib xulosa chiqarishga) fikran harakat qilish; deduksiya–bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi. Induksiya va deduksiya o‘zaro bog‘lanadi hamda bir-birini to‘ldiradi. Tajriba hamisha cheksiz va nomukammal bo‘lganligi uchun induktiv xulosalar doim muammoli (ehtimoliy) xususiyatga egadir. Induktiv umumlashtirishlarga, odatda, tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb qaraladi. Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz induksiya, to‘liq induksiya, ilmiy induksiya va matematik induksiya ajratiladi. Mantiqda sababiy aloqalarni aniqlashning induktiv metodlari–induksiya qonunlari (Bekon-Mill induktiv tadqiqot qoidalari) farqlanadi. Yagona o‘xshashlik, yagona tafovut, o‘xshashlik va tafovut, bog‘liq o‘zgarishlar metodlari va qoldiqlar metodi shular jumlasidandir. Deduksiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqotchi deduksiya vositasida bir sinf, bir jins, bir guruh narsa yoki hodisa to‘g‘risidagi umumiy bilimlardan ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron xususiyat bir toifa yoki bir jinsdagi hamma narsa yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu toifa yoki jinsga oid har bir narsa yoki hodisaga ham xos bo‘ladi. Analogiya (moslik, o‘xshashlik)-o‘xshash bo‘lmagan ob’ektlarning ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi o‘xshashliklarni aniqlash. Aniqlangan o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Uning umumiy sxemasi: B ob’ekt a, b, c, d belgilarga ega; C ob’ekt b, c, d belgilarga ega; binobarin, C ob’ekt a belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki ehtimoliy bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan ob’ekt («model»)ni ko‘rib chiqish natijasida olingan bilim boshqa nisbatan kam o‘rganilgan ob’ektga ko‘chiriladi.
 
 
Sistemali yondashuv-fanda turli ob’ektlarni sistemalar sifatida tadqiq etishni 
nazarda tutadigan metodologik tamoyil (talab)lar majmui. Mazkur talablarga 
quyidagilar kiradi: 
a) har bir elementning tizimdagi o‘rni va funksiyalariga bog‘liqligini aniqlash, 
bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig‘indisiga 
bog‘liq bo‘lmasligini e’tiborga olish; 
b) tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlari xususiyatlari hamda 
uning tuzilishi xossalariga qay darajada bog‘liqligini tahlil qilish; 
v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish; 
g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini o‘rganish; 
d) tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash; 
ye) tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash.  
Sistemali 
yondashuv 
o‘z-o‘zidan 
rivojlanuvchi 
murakkab 
ob’ektlarni 
(ko‘pdarajali, ierarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixologik, sotsial va 
h.k. sistemalarni) tadqiq etishda keng qo‘llaniladi. Sistemali yondashuvning 
muhim xususiyati shundaki, faqat tadqiqot ob’ektigina emas, balki tadqiqot 
jarayonining o‘zi ham murakkab sistema sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy 
vazifasi ob’ekt turli modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir.  
«O‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yondashuvning muhim 
tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qat’iy 
emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini 
rivojlantiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyatsiya, odamlar 
jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini 
tavsiflaydi.  
Hozirgi zamon fanida o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etish 
umumilmiy nazariyasi–sinergetikaning tadqiqot predmetini tashkil qiladi.  
  Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat 
bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri 
universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. 
Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga 
Sistemali yondashuv-fanda turli ob’ektlarni sistemalar sifatida tadqiq etishni nazarda tutadigan metodologik tamoyil (talab)lar majmui. Mazkur talablarga quyidagilar kiradi: a) har bir elementning tizimdagi o‘rni va funksiyalariga bog‘liqligini aniqlash, bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmasligini e’tiborga olish; b) tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlari xususiyatlari hamda uning tuzilishi xossalariga qay darajada bog‘liqligini tahlil qilish; v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish; g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini o‘rganish; d) tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash; ye) tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash. Sistemali yondashuv o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi murakkab ob’ektlarni (ko‘pdarajali, ierarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixologik, sotsial va h.k. sistemalarni) tadqiq etishda keng qo‘llaniladi. Sistemali yondashuvning muhim xususiyati shundaki, faqat tadqiqot ob’ektigina emas, balki tadqiqot jarayonining o‘zi ham murakkab sistema sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi ob’ekt turli modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir. «O‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yondashuvning muhim tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qat’iy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyatsiya, odamlar jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi. Hozirgi zamon fanida o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etish umumilmiy nazariyasi–sinergetikaning tadqiqot predmetini tashkil qiladi. Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga
 
 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, 
induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning 
qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy 
metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, 
taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga 
imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri 
dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan 
cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon 
analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va 
boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham 
ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan 
birlashtirishga harakat qiladi). 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish 
natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va 
boshqa sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (dalillar va 
hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan 
turib(bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va 
hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning 
o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy 
kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi–sezgilari, fikrlari, xohish-
istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.  
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy 
hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish 
g‘oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, 
ijtimoiy 
antropologiya, 
sotsiologiya 
va 
kulturologiyada 
tobora 
keng 
qo‘llanilmoqda.  
Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni 
oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko‘maklashmoqda. 
Ijtimoiy eksperiment ob’ekti odamlarning ma’lum guruhi eksperimentning 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (dalillar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan turib(bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi–sezgilari, fikrlari, xohish- istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi. Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g‘oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko‘maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment ob’ekti odamlarning ma’lum guruhi eksperimentning
 
 
bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga 
to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiladi. 
Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga 
qat’iy rioya etishni talab qiladi. Bu yerda (tibbiyotda bo‘lgani singari) «ziyon 
yetkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga kirish 
quroli bo‘lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati.  
Shakllantiruvchi eksperimentda muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishini 
aniqlash uchun tajriba o‘tkazilayotgan shaxs turli eksperimental sharoitlarga 
qo‘yiladi va unga ma’lum masalalarni hal qilish taklif etiladi. Bunda murakkab 
ruhiy jarayonlarni shakllantirish va ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq 
qilish mumkin. Mazkur yondashuv pedagogik psixologiyada qo‘llaniladi.  
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va 
amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, 
metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Ideografik metod–alohida tarixiy dalillar va hodisalarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini tavsiflash.  
Dialog «savol-javob metodi» ikki va undan ortiq kishilr orasidagi muloqot. 
Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi 
paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). 
Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz).  
So‘rovlar o‘tkazish– maxsus tayyorlangan savollar yordamida u yoki bu 
masalaga oid ijtimoiy fikrni aniqlash. «Yuzma-yuz» so‘rov (intervyu) yoki sirtdan 
(so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so‘rov o‘tkazish, ommaviy 
va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot 
olishning bosh manbai hisoblanadi. So‘rovnomada tadqiqot maqsadlari va faraziga 
muvofiq ma’lumot olish uchun zarur savollar turkumini o‘z ichiga olgan anketani 
ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi.  
So‘rovnomada a) maqsad asosli bo‘lishi; savollar tushunarli va ziddiyatli 
tuzilmagan bo‘lishi; respondentga (javob beruvchida) salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi 
lozim. 
bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiladi. Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga qat’iy rioya etishni talab qiladi. Bu yerda (tibbiyotda bo‘lgani singari) «ziyon yetkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga kirish quroli bo‘lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati. Shakllantiruvchi eksperimentda muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishini aniqlash uchun tajriba o‘tkazilayotgan shaxs turli eksperimental sharoitlarga qo‘yiladi va unga ma’lum masalalarni hal qilish taklif etiladi. Bunda murakkab ruhiy jarayonlarni shakllantirish va ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq qilish mumkin. Mazkur yondashuv pedagogik psixologiyada qo‘llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: Ideografik metod–alohida tarixiy dalillar va hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog «savol-javob metodi» ikki va undan ortiq kishilr orasidagi muloqot. Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz). So‘rovlar o‘tkazish– maxsus tayyorlangan savollar yordamida u yoki bu masalaga oid ijtimoiy fikrni aniqlash. «Yuzma-yuz» so‘rov (intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so‘rov o‘tkazish, ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbai hisoblanadi. So‘rovnomada tadqiqot maqsadlari va faraziga muvofiq ma’lumot olish uchun zarur savollar turkumini o‘z ichiga olgan anketani ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi. So‘rovnomada a) maqsad asosli bo‘lishi; savollar tushunarli va ziddiyatli tuzilmagan bo‘lishi; respondentga (javob beruvchida) salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
 
 
Savollar yopiq yoki ochiq shaklda berilishi mumkin. Anketada javob 
variantlarining to‘liq to‘plami berilgan savol yopiq savol deb ataladi. So‘rovdan 
o‘tayotgan shaxs uning fikriga mos variantni belgilab qo‘yadi, xolos. Bu holda 
ochiq savollardan foydalaniladi. Ochiq savolga javob bera turib, javob berayotgan 
odam faqat o‘z tasavvuriga tayanadi, bunday javob nisbatan ko‘proq 
individuallashgan hisoblanadi. 
Tadqiq etilayotgan hodisa, jarayon to‘g‘risida ishonchli ma’lumot olish uchun 
barcha kontingentni so‘rovga jalb etish shart emas, chunki tadqiqot ob’ekti miqdor 
jihatidan juda katta bo‘lishi mumkin. Tadqiqot ob’ekti bir necha yuz kishidan ko‘p 
bo‘lganida tanlab so‘rovnoma o‘tkaziladi. Yozma so‘rov – anketalashtirish. Uning 
asosida avvaldan ishlab chiqilgan savolnoma (anketa) yotadi, respondentlarning 
(so‘rovdan o‘tayotganlar) barcha savollarga javoblari izlanayotgan empirik 
axborotni tashkil etishi kerak. 
Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga 
qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli.  
Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar 
bo‘lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, 
xotira, zehn va sh.k.)ni o‘lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi 
farqlanadi–intellekt testlari (mashhur Q koeffitsienti) va erishilgan (kasbda, sportda 
va h.k.) natijalar testlari. Shuningdek, testlarning blankali, uskunali (masalan, 
kompyuterda) va amaliy turlari farqlanadi; shuningdek individual va guruhli 
uslublari qo‘llanadi. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb 
etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar 
keltirishi mumkin.  
Biografik va avtobiografik metodlar yordamida u yoki bu kishining hayot yo‘li 
o‘rganiladi.. 
Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan 
foydalanishdir. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo 
munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.  
Savollar yopiq yoki ochiq shaklda berilishi mumkin. Anketada javob variantlarining to‘liq to‘plami berilgan savol yopiq savol deb ataladi. So‘rovdan o‘tayotgan shaxs uning fikriga mos variantni belgilab qo‘yadi, xolos. Bu holda ochiq savollardan foydalaniladi. Ochiq savolga javob bera turib, javob berayotgan odam faqat o‘z tasavvuriga tayanadi, bunday javob nisbatan ko‘proq individuallashgan hisoblanadi. Tadqiq etilayotgan hodisa, jarayon to‘g‘risida ishonchli ma’lumot olish uchun barcha kontingentni so‘rovga jalb etish shart emas, chunki tadqiqot ob’ekti miqdor jihatidan juda katta bo‘lishi mumkin. Tadqiqot ob’ekti bir necha yuz kishidan ko‘p bo‘lganida tanlab so‘rovnoma o‘tkaziladi. Yozma so‘rov – anketalashtirish. Uning asosida avvaldan ishlab chiqilgan savolnoma (anketa) yotadi, respondentlarning (so‘rovdan o‘tayotganlar) barcha savollarga javoblari izlanayotgan empirik axborotni tashkil etishi kerak. Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli. Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar bo‘lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o‘lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi–intellekt testlari (mashhur Q koeffitsienti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari. Shuningdek, testlarning blankali, uskunali (masalan, kompyuterda) va amaliy turlari farqlanadi; shuningdek individual va guruhli uslublari qo‘llanadi. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar keltirishi mumkin. Biografik va avtobiografik metodlar yordamida u yoki bu kishining hayot yo‘li o‘rganiladi.. Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan foydalanishdir. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.
 
 
O‘yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion 
o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) 
vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va 
sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar muayyan individual va 
gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar.  
 
8.2. Hozirgi zamon metodologiyasi.  
 
«Kumatoid», «case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik 
tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan 
ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy 
muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini 
ko‘rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi 
bilan bog‘liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan 
bifurkatsiya, 
«fluktuatsiya», 
«dissipatsiya», 
«attraktor» 
tushunchalarini, 
shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani 
kiritish mumkin. 
Kumatoid - suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini 
aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi 
mumkin. U o‘zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o‘ziga xos 
«hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli ob’ekt–o‘zbek xalqini 
ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas. 
Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun o‘zbek xalqining 
barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta 
emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion-tarixiy 
jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir misol–talabalar 
guruhi. U dam paydo bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt 
sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, 
o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit ob’ekt sifatida mavjud 
bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, 
O‘yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar muayyan individual va gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar. 8.2. Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish mumkin. Kumatoid - suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi mumkin. U o‘zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli ob’ekt–o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun o‘zbek xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion-tarixiy jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir misol–talabalar guruhi. U dam paydo bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit ob’ekt sifatida mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami,
 
 
talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida namoyon 
bo‘ladi va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid 
guruh a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham 
qo‘llab-quvvatlanadi.  
Kumatoidning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u vaqt va makonda 
mahalliylashishga befarq bo‘libgina qolmay, substrat–o‘zini tashkil etuvchi 
materialga ham qattiq bog‘lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. 
Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud 
emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo‘nalishi yoxud xulq-atvor tarziga 
bog‘liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki 
bunday xususiyatlar to‘plami bilan aniq identifikatsiya qilish mumkin emas. Butun 
ijtimoiy hayot suzuvchi ob’ektlar–kumatoidlar bilan to‘lib-toshgan.  
«Case 
studies», 
ya’ni 
vaziyatli 
tadqiqotlar 
o‘tkazish 
hozirgi 
zamon 
metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo 
tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni, 
mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. 
«Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo‘lgan va 
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan 
ob’ektning 
mavjudligini 
aks 
ettiradi. 
Vaziyatli 
tadqiqot 
metodologiyasi 
neokantiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq.  
Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: matnli va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. 
Ularning ikkalasida ham Mahalliy determinatsiya (sababiy aloqadorlik) birinchi 
darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinatsiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi 
bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo‘lgan faoliyat, muloqot 
shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, 
alohida so‘zlar va harakatlarning ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-
madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, 
ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to‘plami, hayotiy 
vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.  
talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi. Kumatoidning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u vaqt va makonda mahalliylashishga befarq bo‘libgina qolmay, substrat–o‘zini tashkil etuvchi materialga ham qattiq bog‘lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo‘nalishi yoxud xulq-atvor tarziga bog‘liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki bunday xususiyatlar to‘plami bilan aniq identifikatsiya qilish mumkin emas. Butun ijtimoiy hayot suzuvchi ob’ektlar–kumatoidlar bilan to‘lib-toshgan. «Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan ob’ektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokantiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq. Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: matnli va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. Ularning ikkalasida ham Mahalliy determinatsiya (sababiy aloqadorlik) birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinatsiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo‘lgan faoliyat, muloqot shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so‘zlar va harakatlarning ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy- madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to‘plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.
 
 
Hozirgi zamon metodologiyasi o‘z an’anaviy metodlarining universalligi 
cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor 
gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab 
o‘tganligi uchun tanqid qilinadi.  
Abduksiya fikr yuritish orqali empirik dalillardan ularni tushuntiruvchi 
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va 
amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor 
abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning 
sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi 
shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya 
metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, 
keng e’tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik 
strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.  
Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so‘zdan 
kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi 
aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog‘lanadi. Bu nuqtai 
nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga 
mo‘ljallangan qoidalarning maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. «Mahorat 
sirlari» hamisha qat’iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar 
to‘g‘risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa 
hisoblangan. G. Leybnisning «Kashfiyot san’ati» g‘oyasi amalga oshmadi. B. 
Spinoza to‘g‘ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga 
ega bo‘lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd 
etgan bo‘lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi.  
Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar 
evristika sohasini to‘ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba’zan qayg‘urish, 
ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida 
evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo izlash va topish 
salohiyati katta bo‘lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik 
metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan 
Hozirgi zamon metodologiyasi o‘z an’anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o‘tganligi uchun tanqid qilinadi. Abduksiya fikr yuritish orqali empirik dalillardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so‘zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog‘lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga mo‘ljallangan qoidalarning maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. «Mahorat sirlari» hamisha qat’iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to‘g‘risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G. Leybnisning «Kashfiyot san’ati» g‘oyasi amalga oshmadi. B. Spinoza to‘g‘ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga ega bo‘lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd etgan bo‘lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi. Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to‘ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba’zan qayg‘urish, ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo izlash va topish salohiyati katta bo‘lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan
 
 
bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangilikni yaratish 
kutiladi.  
Ko‘pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bog‘lab, «evristik tafakkur» 
tarzida qo‘llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning 
yaratuvchi funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. G‘arb falsafasida evristik 
tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: 
«tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki 
insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi. 
Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo‘q. 
Ammo, o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va 
o‘ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar 
noan’anaviy yo‘llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika 
fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o‘ziga xos belgisidir. Ammo 
evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy 
izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo‘ladi. Reduksiya, metodlarini 
o‘zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan 
ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o‘zi 
ma’lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, 
oqilonalik va nooqilonalik o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. U 
xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri yo‘l topishga 
ko‘maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni 
rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning 
postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristik xususiyati bilim berish 
jarayonini o‘zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o‘yin tarzida o‘tkazish imkonini 
beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi.  
Evristika 
sirlariga 
yaqinlashishga 
bo‘lgan 
eng 
so‘nggi 
urinishlardan 
A.F.Osbornning «miyaga hujumi»ni qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning 
o‘rindoshlik, o‘tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog‘liq an’anaviy usullari 
bilan bir qatorda, xayolni rag‘batlantiruvchi usullar: tig‘iz muddatlar tizimi, 
muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini 
bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangilikni yaratish kutiladi. Ko‘pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bog‘lab, «evristik tafakkur» tarzida qo‘llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. G‘arb falsafasida evristik tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi. Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo‘q. Ammo, o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o‘ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan’anaviy yo‘llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o‘ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo‘ladi. Reduksiya, metodlarini o‘zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o‘zi ma’lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri yo‘l topishga ko‘maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristik xususiyati bilim berish jarayonini o‘zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o‘yin tarzida o‘tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi. Evristika sirlariga yaqinlashishga bo‘lgan eng so‘nggi urinishlardan A.F.Osbornning «miyaga hujumi»ni qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning o‘rindoshlik, o‘tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog‘liq an’anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag‘batlantiruvchi usullar: tig‘iz muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini