ASOSIY VOSITALAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

7,8 MB


 
 
 
 
ASOSIY VOSITALAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 
 
REJA: 
1.Asosiy vositalarga oid umumiy qoidalar 
2.Asosiy vositalarni tasniflash 
3.Asosiy vositalarni hisobga olish birligi 
4.Asosiy vositalarni balansga kirim qilinshi. 
 
1.Asosiy vositalarga oid umumiy qoidalar 
«Asosiy vosita» tushunchasidan boshlasak. Mol-mulk – biz uchun muayyan 
qimmatga ega moddiy ashyo ekanligini hamma biladi. Misol uchun, sumka, 
televizor, avtomobil, bino, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va h.k. 
Aynan qaysi mol-mulkni asosiy vosita deb tan olish mumkin? Istalganinimi? 
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘q. 
5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga (AV ro‘yxat raqami 1299, 20.01.2004 
y.) muvofiq asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik 
faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar 
ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga 
oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar. 
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi ikkita mezonga bir vaqtning o‘zida javob 
beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 
1) aktivdan o‘z ishlab chiqarish yoki umumxo‘jalik jarayonlarida 
foydalanish chog‘ida uning xizmat muddati 1 yildan oshadi. Bu aktiv uzoq 
muddatli (nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-
uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzi va kechiktirilgan 
xarajatlar bilan bir qatorda) ekanligini anglatadi; 
Logotip
ASOSIY VOSITALAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR REJA: 1.Asosiy vositalarga oid umumiy qoidalar 2.Asosiy vositalarni tasniflash 3.Asosiy vositalarni hisobga olish birligi 4.Asosiy vositalarni balansga kirim qilinshi. 1.Asosiy vositalarga oid umumiy qoidalar «Asosiy vosita» tushunchasidan boshlasak. Mol-mulk – biz uchun muayyan qimmatga ega moddiy ashyo ekanligini hamma biladi. Misol uchun, sumka, televizor, avtomobil, bino, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va h.k. Aynan qaysi mol-mulkni asosiy vosita deb tan olish mumkin? Istalganinimi? Ma’lum bo‘lishicha, yo‘q. 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga (AV ro‘yxat raqami 1299, 20.01.2004 y.) muvofiq asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi ikkita mezonga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 1) aktivdan o‘z ishlab chiqarish yoki umumxo‘jalik jarayonlarida foydalanish chog‘ida uning xizmat muddati 1 yildan oshadi. Bu aktiv uzoq muddatli (nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob- uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzi va kechiktirilgan xarajatlar bilan bir qatorda) ekanligini anglatadi;
2) bir birlik (to‘plam) uchun asosiy vosita qiymati xarid paytida 
O‘zbekistonda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan 
ortiq bo‘lishi kerak. Bunda korxona rahbari hisob siyosatida buyumlarni asosiy 
vositalar tarkibida hisobga olish uchun ularning qiymatining eng kam chegarasini 
belgilashga haqli.  
 
 
Asosiy vositalar» tushunchasini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz. 
1-misol. Mebel yasash korxonasi taxtalarni silliqlash uchun dastgoh sotib oldi. 
Dastgoh: 
a) 
bevosita 
ishlab 
chiqarish jarayonida ishlatiladi va eskirmaguncha yoki buzilmaguncha ko‘p yil ishl
atish mo‘ljallanayapti; 
b) 14,3 mln so‘m turadi (bu 50 BHMdan ortiq – xarid kunida BHM 270 000 so‘m 
bo‘lganda). 
Shu sababli dastgoh asosiy vosita deb tan olinishi kerak. 
Qayta sotish uchun mo‘ljallangan mol-
mulk asosiy vositalarga emas, balki aylanmadagi aktivlarga kiradi. 
2-
misol. Avtosalon qayta sotish uchun avtomobillar turkumini sotib oldi, ushbu mol-
Logotip
2) bir birlik (to‘plam) uchun asosiy vosita qiymati xarid paytida O‘zbekistonda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan ortiq bo‘lishi kerak. Bunda korxona rahbari hisob siyosatida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ularning qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. Asosiy vositalar» tushunchasini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz. 1-misol. Mebel yasash korxonasi taxtalarni silliqlash uchun dastgoh sotib oldi. Dastgoh: a) bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladi va eskirmaguncha yoki buzilmaguncha ko‘p yil ishl atish mo‘ljallanayapti; b) 14,3 mln so‘m turadi (bu 50 BHMdan ortiq – xarid kunida BHM 270 000 so‘m bo‘lganda). Shu sababli dastgoh asosiy vosita deb tan olinishi kerak. Qayta sotish uchun mo‘ljallangan mol- mulk asosiy vositalarga emas, balki aylanmadagi aktivlarga kiradi. 2- misol. Avtosalon qayta sotish uchun avtomobillar turkumini sotib oldi, ushbu mol-
mulkdan bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanmaydi (misol uchun, unda yuk tashima
ydi). 
Avtomobillar 
avvalboshdan qayta sotish maqsadida sotib olingani bois asosiy vositalar sifatida e
mas, balki tovar sifatida hisobga olinishi kerak. 
 
Korxona birovning asosiy vositalarini o‘z aktivlari tarkibida hisobga olishi 
mumkin emas. U mulkka egalik, xo‘jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi 
asosida foydalanilishini nazorat qiladigan aktivlargina uning asosiy vositalari 
bo‘ladi (5-son BHMSning 7-b.). 
3-misol. «A» kompaniyasi «B» kompaniyasiga tegishli binodagi bir nechta ofis 
xonalarini operativ ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oldi. 
Ushbu 
xonalar «B» kompaniyasi 
uchun 
asosiy 
vositalar hisoblanishi bois «A» kompaniyasi ularni asosiy vositalar sifatida o‘z 
balansida hisobga olishi mumkin emas. 
Logotip
mulkdan bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanmaydi (misol uchun, unda yuk tashima ydi). Avtomobillar avvalboshdan qayta sotish maqsadida sotib olingani bois asosiy vositalar sifatida e mas, balki tovar sifatida hisobga olinishi kerak. Korxona birovning asosiy vositalarini o‘z aktivlari tarkibida hisobga olishi mumkin emas. U mulkka egalik, xo‘jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida foydalanilishini nazorat qiladigan aktivlargina uning asosiy vositalari bo‘ladi (5-son BHMSning 7-b.). 3-misol. «A» kompaniyasi «B» kompaniyasiga tegishli binodagi bir nechta ofis xonalarini operativ ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oldi. Ushbu xonalar «B» kompaniyasi uchun asosiy vositalar hisoblanishi bois «A» kompaniyasi ularni asosiy vositalar sifatida o‘z balansida hisobga olishi mumkin emas.
 
Ba’zan amaliyotda moddiy aktivlarni tasniflash bo‘yicha nizoli masalalar yuzaga 
keladi: ularni qaerga kiritish kerak – asosiy vositalargami (AV) yoki tovar-moddiy 
zaxiralargami? Mana, masalan, bolg‘a, ombir, elektr drel, tova va kastryullar, 
stullar, kalkulyatorlar... Xo‘jaligimizda yillab foydalaniladigan ozmuncha 
ashyomiz bormi! Bolg‘a umuman yedirilmaydi! Bunday mol-mulk arzimas 
qiymatga ega, biroq hisob siyosati va tartibga solinadigan eng kam qiymat 
chegarasi shartiga ham amal qilish lozim... 
Buxgalter ularni nima qilishi kerak? Ular AVmi yoki AV emasmi? 
Bunday savollarning barchasiga javob berishga 5-son BHMS (4-b.) yordam beradi, 
unda nazarda tutilishicha, xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar 
AV tarkibiga kiritilmaydi, balki TMZ sifatida qaraladi (4-son BHMSning 6-b.): 
Logotip
Ba’zan amaliyotda moddiy aktivlarni tasniflash bo‘yicha nizoli masalalar yuzaga keladi: ularni qaerga kiritish kerak – asosiy vositalargami (AV) yoki tovar-moddiy zaxiralargami? Mana, masalan, bolg‘a, ombir, elektr drel, tova va kastryullar, stullar, kalkulyatorlar... Xo‘jaligimizda yillab foydalaniladigan ozmuncha ashyomiz bormi! Bolg‘a umuman yedirilmaydi! Bunday mol-mulk arzimas qiymatga ega, biroq hisob siyosati va tartibga solinadigan eng kam qiymat chegarasi shartiga ham amal qilish lozim... Buxgalter ularni nima qilishi kerak? Ular AVmi yoki AV emasmi? Bunday savollarning barchasiga javob berishga 5-son BHMS (4-b.) yordam beradi, unda nazarda tutilishicha, xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar AV tarkibiga kiritilmaydi, balki TMZ sifatida qaraladi (4-son BHMSning 6-b.):
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
 
 
 
2.Asosiy vositalarni tasniflash 
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi (21-son BHMSga 2-ilova, AV 
ro‘yxat raqami 1181, 23.10.2002 y.): 
 
 
Logotip
2.Asosiy vositalarni tasniflash Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi (21-son BHMSga 2-ilova, AV ro‘yxat raqami 1181, 23.10.2002 y.):
 
 
 
 
 
Logotip
 
3.Asosiy vositalarni hisobga olish birligi 
Inventar ob’ekti asosiy vositalarni hisobga olish birligi hisoblanadi. 
Logotip
3.Asosiy vositalarni hisobga olish birligi Inventar ob’ekti asosiy vositalarni hisobga olish birligi hisoblanadi.
 
Bitta ob’ekt turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta qismdan 
iborat bo‘lsa, har bir bunday qism mustaqil inventar ob’ekti sifatida hisobga 
olinadi. 
Asosiy vositalar tarkibi va guruhini aniqlash chog‘ida asosiy fondlar 
tasniflagichi – Qayta baholash uchun foydalaniladigan asosiy vositalar kodlariga 
(shifrlariga) (AAYaN) amal qilish maqsadga muvofiq. Masalan, binodagi lift 
almashtirilgan taqdirda u asosiy vositalarning alohida inventar ob’ekti hisoblanish-
hisoblanmasligi masalasini hal qilayotganda tasniflagich har bir alohida turgan 
imoratni «Binolar» tarkibida belgilashidan kelib chiqish lozim. Foydalanish uchun 
zarur barcha ichki kommunikatsiyalar: isitish tizimi, shu jumladan binoning 
ichidagi qozonxona mashinasi, suv va gaz quvuri ichki tarmoqlari, barcha 
qurilmalarga ega kanalizatsiya, barcha yoritish apparaturasiga ega kuch va yoritish 
elektr o‘tkazgichining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya tarmoqlari, 
umumsanitariya 
ahamiyatiga 
ega 
ventilyatsiya 
qurilmalari, 
va, 
nihoyat, 
ko‘targichlar (liftlar) bino tarkibiga kiradi. Biroq, ayni paytda bino keyinroq liftlar 
bilan qo‘shimcha jihozlanishi va binodan ko‘ra boshqa foydalanish muddatiga ega 
bo‘lishi mumkin. Shu sababli boshqa foydali foydalanish muddatiga ega asosiy 
vositalar ob’ektining alohida qismlarini mustaqil inventar ob’ektlari sifatida tan 
Logotip
Bitta ob’ekt turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta qismdan iborat bo‘lsa, har bir bunday qism mustaqil inventar ob’ekti sifatida hisobga olinadi. Asosiy vositalar tarkibi va guruhini aniqlash chog‘ida asosiy fondlar tasniflagichi – Qayta baholash uchun foydalaniladigan asosiy vositalar kodlariga (shifrlariga) (AAYaN) amal qilish maqsadga muvofiq. Masalan, binodagi lift almashtirilgan taqdirda u asosiy vositalarning alohida inventar ob’ekti hisoblanish- hisoblanmasligi masalasini hal qilayotganda tasniflagich har bir alohida turgan imoratni «Binolar» tarkibida belgilashidan kelib chiqish lozim. Foydalanish uchun zarur barcha ichki kommunikatsiyalar: isitish tizimi, shu jumladan binoning ichidagi qozonxona mashinasi, suv va gaz quvuri ichki tarmoqlari, barcha qurilmalarga ega kanalizatsiya, barcha yoritish apparaturasiga ega kuch va yoritish elektr o‘tkazgichining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya tarmoqlari, umumsanitariya ahamiyatiga ega ventilyatsiya qurilmalari, va, nihoyat, ko‘targichlar (liftlar) bino tarkibiga kiradi. Biroq, ayni paytda bino keyinroq liftlar bilan qo‘shimcha jihozlanishi va binodan ko‘ra boshqa foydalanish muddatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli boshqa foydali foydalanish muddatiga ega asosiy vositalar ob’ektining alohida qismlarini mustaqil inventar ob’ektlari sifatida tan
olish uchun asosiy vositalarning alohida qismlari quyidagicha bo‘lishi kerakligini 
hisobga olgan holda aniq holatlardan kelib chiqish lozim: 
 
Ya’ni ko‘rib chiqilayotgan vaziyatda korxona yo bino va liftlarni mustaqil inventar 
ob’ektlari sifatida hisobga olishi, yoki faqat binoni inventar ob’ekt sifatida hisobga 
olishi mumkin, undagi liftlarni emas.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
olish uchun asosiy vositalarning alohida qismlari quyidagicha bo‘lishi kerakligini hisobga olgan holda aniq holatlardan kelib chiqish lozim: Ya’ni ko‘rib chiqilayotgan vaziyatda korxona yo bino va liftlarni mustaqil inventar ob’ektlari sifatida hisobga olishi, yoki faqat binoni inventar ob’ekt sifatida hisobga olishi mumkin, undagi liftlarni emas.
 
 
 
 
 
 
4.Asosiy vositalarni balansga kirim qilinshi. 
4.1.Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi 
Tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan AVning boshlang‘ich qiymati 
deb 5-son BHMSning 11-b. nazarda tutilgan barcha xarajatlarni hisobga olgan 
holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy (bozor) qiymati 
tan olinadi. 
Ob’ektning bozor qiymati quyidagilarga asosan aniqlanishi mumkin: 
a) yetkazib beruvchilarning prays-varaqlari; 
b) axborot-baholash agentliklarining ma’lumotlari; 
c) OAV ma’lumotlari; 
d) birja ma’lumotlari; 
e) Davlat bojxona qo‘mitasi e’lon qiladigan yoki so‘rovga asosan taqdim etadigan 
tashqi savdo bojxona statistikasi; 
f) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda narxlarni aniqlash uchun 
normativlarni belgilovchi vakolatli organlarning ma’lumotlari. 
Logotip
4.Asosiy vositalarni balansga kirim qilinshi. 4.1.Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi Tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan AVning boshlang‘ich qiymati deb 5-son BHMSning 11-b. nazarda tutilgan barcha xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy (bozor) qiymati tan olinadi. Ob’ektning bozor qiymati quyidagilarga asosan aniqlanishi mumkin: a) yetkazib beruvchilarning prays-varaqlari; b) axborot-baholash agentliklarining ma’lumotlari; c) OAV ma’lumotlari; d) birja ma’lumotlari; e) Davlat bojxona qo‘mitasi e’lon qiladigan yoki so‘rovga asosan taqdim etadigan tashqi savdo bojxona statistikasi; f) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda narxlarni aniqlash uchun normativlarni belgilovchi vakolatli organlarning ma’lumotlari.
Hadya shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi
 
QQS to‘lovchi oluvchida hadya qiluvchi taqdim etgan QQS hisobga 
olinmaydi (SK 267-m. 1-q. 6-b.). Siz AVni import bo‘yicha tekinga oladigan 
holatlar 
bundan mustasno. 
Bunday 
holatlarda hisobga 
kiritishga haqli 
bo‘lgan «bojxona» QQSni to‘laysiz. AVni xarid qilish (olish) bilan bog‘liq 
xarajatlar bo‘yicha QQS uning barcha shartlariga rioya etganda hisobga 
olinadi (SK 266-m. 1-q.). 
 
4.2.Asosiy vositalarning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishi 
Korxonaning ustav kapitaliga kiritilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich 
qiymati deb taraflarning ahdlashuviga ko‘ra uning muassislari (ishtirokchilari) 
tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan olinadi. Korxonaning ustav 
kapitaliga pulsiz hissalarning bahosi ko‘p jihatdan uning tashkiliy-huquqiy 
shakliga bog‘liq. 
Logotip
Hadya shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi QQS to‘lovchi oluvchida hadya qiluvchi taqdim etgan QQS hisobga olinmaydi (SK 267-m. 1-q. 6-b.). Siz AVni import bo‘yicha tekinga oladigan holatlar bundan mustasno. Bunday holatlarda hisobga kiritishga haqli bo‘lgan «bojxona» QQSni to‘laysiz. AVni xarid qilish (olish) bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha QQS uning barcha shartlariga rioya etganda hisobga olinadi (SK 266-m. 1-q.). 4.2.Asosiy vositalarning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishi Korxonaning ustav kapitaliga kiritilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb taraflarning ahdlashuviga ko‘ra uning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan olinadi. Korxonaning ustav kapitaliga pulsiz hissalarning bahosi ko‘p jihatdan uning tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Asosiy vositalarning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishining 
buxgalteriya hisobi 
Logotip
Asosiy vositalarning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishining buxgalteriya hisobi
AVning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishi va ularning o‘z AV 
tarkibiga boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kiritilishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:  
 
 
Logotip
AVning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishi va ularning o‘z AV tarkibiga boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kiritilishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
 
 
4.3.Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra asosiy vositalarning kelib tushishi 
Mol-mulk inventarizatsiya qilinganda ularning ortiqchasi ko‘rinishida 
aniqlanishi AV kelib tushishi uchun yana bir asos hisoblanadi. Bunday asosiy 
vositalar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va ularning 
haqiqiy holatini hisobga olgan holda ortiqchasi aniqlangan sanadagi shunga 
o‘xshash ob’ektlarning joriy (bozor) qiymati bo‘yicha hisobga qabul qilinadi. 
Ortiqchasining bozor qiymati tekinga olingan mol-mulk qiymati kabi aniqlanadi. 
Ortiqchasida 
aniqlangan 
asosiy 
vositalarning 
kirim 
qilinishi 
va 
foydalanishga topshirilishi buxgalteriya hisobida quyidagi provodka bilan aks 
ettiriladi: 
 
 
Logotip
4.3.Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra asosiy vositalarning kelib tushishi Mol-mulk inventarizatsiya qilinganda ularning ortiqchasi ko‘rinishida aniqlanishi AV kelib tushishi uchun yana bir asos hisoblanadi. Bunday asosiy vositalar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va ularning haqiqiy holatini hisobga olgan holda ortiqchasi aniqlangan sanadagi shunga o‘xshash ob’ektlarning joriy (bozor) qiymati bo‘yicha hisobga qabul qilinadi. Ortiqchasining bozor qiymati tekinga olingan mol-mulk qiymati kabi aniqlanadi. Ortiqchasida aniqlangan asosiy vositalarning kirim qilinishi va foydalanishga topshirilishi buxgalteriya hisobida quyidagi provodka bilan aks ettiriladi:
 
 
 
4.4.Tayyor mahsulot va tovarlardan asosiy vositalarni o‘tkazish 
Oddiy misol: kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi. O‘zi ishlab chiqargan 
bir nechta avtomobildan xo‘jalik faoliyatida foydalaniladi… 
Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’ektlarning 
boshlang‘ich qiymati «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari 
tarkibi 
hamda 
moliyaviy 
natijalarni 
shakllantirish 
tartibi 
to‘g‘risidagi» Nizomga (5.02.1999 yildagi 54-son VMQga ilova) muvofiq  
aniqlanadigan ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi. 
Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga uni ishlab chiqarish bilan 
bevosita 
bog‘liq 
bo‘lgan 
hamda 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
va 
tashkillashtirilishi taqozo etgan sarf-xarajatlar kiritiladi. 
Tovar-moddiy zaxiralardan (tayyor mahsulotdan tashqari) asosiy vositalarga 
o‘tkazilgan ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati 4-son BHMS «Tovar-moddiy 
zaxiralar»ga  (AV ro‘yxat raqami 3259, 30.06.2020 y.) muvofiq aniqlanadigan 
ularning balans qiymati hisoblanadi. 
Logotip
4.4.Tayyor mahsulot va tovarlardan asosiy vositalarni o‘tkazish Oddiy misol: kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi. O‘zi ishlab chiqargan bir nechta avtomobildan xo‘jalik faoliyatida foydalaniladi… Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi» Nizomga (5.02.1999 yildagi 54-son VMQga ilova) muvofiq aniqlanadigan ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi. Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga uni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkillashtirilishi taqozo etgan sarf-xarajatlar kiritiladi. Tovar-moddiy zaxiralardan (tayyor mahsulotdan tashqari) asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga (AV ro‘yxat raqami 3259, 30.06.2020 y.) muvofiq aniqlanadigan ularning balans qiymati hisoblanadi.
 
 
 
4.5.Asosiy vositalarni import bo‘yicha xarid qilish 
Import shartnomalari bo‘yicha korxonaga kelib tushadigan asosiy vositalar 
ularning xarid qilinganini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlarida (tovarga ilova 
qilinuvchi yoki BYuD) ko‘rsatilgan va ularni xarid qilish bo‘yicha boshqa 
xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi 
Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda qayta hisoblangan qiymatda kirim qilinishi 
kerak. Ushbu qiymat quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
Logotip
4.5.Asosiy vositalarni import bo‘yicha xarid qilish Import shartnomalari bo‘yicha korxonaga kelib tushadigan asosiy vositalar ularning xarid qilinganini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlarida (tovarga ilova qilinuvchi yoki BYuD) ko‘rsatilgan va ularni xarid qilish bo‘yicha boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda qayta hisoblangan qiymatda kirim qilinishi kerak. Ushbu qiymat quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
 
Quyidagilar bojxona to‘lovlari tarkibiga kiradi (BK 289-m.): 
 bojxona boji; 
 qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); 
 aksiz solig‘i; 
 bojxona yig‘imlari. 
Bojxona bojlari, yig‘imlari va aksiz solig‘i import qilingan asosiy vositaning 
boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi. «Bojxona» QQSini faqat QQS to‘lamaydiganlar 
asosiy vositaning qiymatiga kiritadilar. Soliqni to‘lovchilar esa hisobga olish 
shartlarining barchasiga rioya etganda uni hisobga olishga haqli bo‘ladilar (SK 
266-m. 1-q.). Bunda aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi hisoblangan va 
tovarlarni, sh.j. o‘zi foydalanishi uchun asosiy vositalarni ilk bor import qiluvchi 
korxonalar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab — import kontrakti tuzilgan 
sanadan boshlab yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab 
QQSni to‘lovchilar sifatida hisobda turishlari shart (SK 462-m. 15-q.). 
Bojxona deklaratsiyalari yoki ularning nusxalari, shuningdek import qilish 
chog‘ida bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar xaridor korxonada 
saqlanishi kerak. 
Import orqali olingan asosiy vositalarni hisobga olish 
Logotip
Quyidagilar bojxona to‘lovlari tarkibiga kiradi (BK 289-m.):  bojxona boji;  qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);  aksiz solig‘i;  bojxona yig‘imlari. Bojxona bojlari, yig‘imlari va aksiz solig‘i import qilingan asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi. «Bojxona» QQSini faqat QQS to‘lamaydiganlar asosiy vositaning qiymatiga kiritadilar. Soliqni to‘lovchilar esa hisobga olish shartlarining barchasiga rioya etganda uni hisobga olishga haqli bo‘ladilar (SK 266-m. 1-q.). Bunda aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi hisoblangan va tovarlarni, sh.j. o‘zi foydalanishi uchun asosiy vositalarni ilk bor import qiluvchi korxonalar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab — import kontrakti tuzilgan sanadan boshlab yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab QQSni to‘lovchilar sifatida hisobda turishlari shart (SK 462-m. 15-q.). Bojxona deklaratsiyalari yoki ularning nusxalari, shuningdek import qilish chog‘ida bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar xaridor korxonada saqlanishi kerak. Import orqali olingan asosiy vositalarni hisobga olish