OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi kafedrasi
“Patentshunoslik” bakalavr yo`nalishi
Fuqarolik huquqi fanidan
KURS ISHI
ASOSSIZ ORTTIRILGAN BOYLIKNI QAYTARISH
MAJBURIYATI.
ASOSSIZ ORTTIRILGAN BOYLIKNI QAYTARISH
HAQIDAGI TALABLARNI BOSHQA TALABLAR BILAN
O'ZARO BOG'LANISHI
Patentshunoslik yo'nalishi
1
Reja(Mundarija):
1.1
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan
majburiyatlar tushunchasi va ahamiyati
6
1.2
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan
majburiyatlarni vujudga kelish asoslari
8
1.3
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan
majburiyatda taraflar, ularning huquq va majburiyatlari
11
Ikkinchi bob – Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish,
to`lash va qaytarib bermaslik shartlari.
12-18
2.1
Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
12
2.2
Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini tòlash
15
2.3
Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik
17
Xulosa
19
Foydalanilgan adabiyotlar
22
Kirish
3-5
Birinchi bob - Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib
chiqadigan majburiyatlarning umumiy tavsifi.
6-11
2
KIRISH
Fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga solishda, uni yanada rivojlantirishda,
takomillashtirishda fuqarolik huquqining o'rni nihoyatda beqiyosdir. Fuqarolik
huquqining boshqa huquq tarmoqlaridan farqi shundan iboratki,boshqa huquq
tarmoqlari bir yoki ikki sohani tartibga solsa,fuqarolik huquqi fuqarolik, uy-
joy,mehnat,oila
munosabatlarini
tartibga
solishi
bilan
ahamiyatga
molikdir.Fuqarolik huquqi—yuridik jihatdan teng bo'lgan subyektlar o'rtasidagi
mulkiy, shaxsiy nomulkiy va tashkiliy- huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi
normalar yig'indisi hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 1-moddasiga muvofiq,
tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag'lar O'zbekiston Respublikasi hududida
erkin harakatda bo'lishi ta'kidlab o'tilgan.Tovarlar,xizmatlar va moliyaviy
mablag'lar mamlakatimizda erkin harakatda bo'lishi o'z-o'zidan fuqarolik huquqiy
munosabatlarni shakllantiradi.Shaxslar o'rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlar
shakllanar ekan,ya'ni mulk topshirish,xizmatlar ko'rsatish,pul to'lash kabi
harakatlarni
bajarishar
ekan,majburiyat
tushunchas
vujudga
kela
boshlaydi.Majburiyat–fuqarolik huquqiy munosabat bo'lib,unga asosan bir
shaxs(qarzdor) boshqa shaxs(kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga
oshirishga,jumladan:mol-mulkni topshirish,ishlar bajarish,xizmatlar ko'rsatish,
pul to'lash yoki va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur
bo'ladi,kreditor esa qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish
huquqiga ega bo'ladi.Majburiyatlar bevosita shartnomadan,ziyon yetkazish
natijasida hamda asossiz boylik orttirish natijasida ham yuzaga kelishi
mumkin.Asossiz boylik orttirish qonun hujjatlarida ta'qiqlanadigan holat bo'lib,
lekin
u
kundalik
hayotimizda
uchrab
turadigan
holatlardan
biri
hisoblanadi.Asossiz orttirilgan boylik boshqa shaxs ya'ni da'vogar yoki
jabrlanuvchi shaxs tomonidan mol-mulk egallab olingan yoxud mulkni tejab
qolish natijasida uni qo'lga kirituvchi shaxs tomonidan qo'lga kiritilgan boylik
3
sifatida e'tirof etilishi mumkin.Mol-mulklar ko'char va ko'chmas mol-mulklarga
bo'linadi.Asossiz boylik orttirish kundalik hayotimizda ko'p uchraydigan
holatlardan biridir.Ammo biz unga yetarli e'tibor bermasligimiz mumkin.Oddiy
holdek tuyulishi mumkin.Agarda chuqur mushohada qiladigan bo'lsak,aslida bu
holat fuqarolik huquq va erkinliklarining buzilishi bo'lib,unga nisbatan qonuniy
chora ko'rilishini ham bilib olganimiz maqsadga muvofiqdir.Mening bu kurs
ishimni yozishimdan asosiy maqsad ham mana shunday asossiz boylik orttirishlar
yetarli darajada oshib borayotganligi hamda bu holatlarga yetarli darajada e'tibor
qaratish,ularning
huquqiy
yechimlarini
yanada
takomillashtirish,
mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlashga ko'maklashishdir. Qonunda
huquqiy normalar mavjud bo'lsayu,ularning amaldagi ijrosi bo'lmasa, huquqiy
normalar shunchaki ishlatilmaydigan buyumga o'xshaydi.Qachonki u huquqiy
normalar amalga taqdim etilsa, u o'rganiladi,takomillashtiriladi,huquqiy
yechimlar topiladi,agarda kamchiliklar mavjud bòladigan bòlsa ular bartaraf
etiladi.Jamiyatda hayotimiz va iqtisodiyotning raqamlashib borishi barchani
yangi
texnologiyalardan
foydalanish
bilan
bogʻliq
fuqarolik
huquqiy
munosabatlari ishtirokchisiga aylantirdi. Elektron toʻlov tizimi orqali mobil
telefon yoki boshqa turdagi xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish jarayonida
biror raqamni notoʻgʻri ishlatib, toʻlov amalga oshirilishi shaxsga asossiz boylik
orttirishiga sabab boʻladi.Buni kengroq tushuntiradigan bo'lsak,misol uchun siz
telefoningizning hisobiga mablag' tashlash maqsadida Payme ilovasiga
kirdingiz.Shoshilib yoki beparvolik yuzasidan raqamingizni bir raqamini noto'g'ri
terdingiz.Qarabsizki, raqamingizni noto'g'ri terganingiz hisobiga mablag'ingiz
boshqa abonent hisobiga kelib tushdi.Mana shu siz yuborgan mablag' noto'g'ri
terilgan abonent raqaming egasiga nisbatan asossiz orttirilgan boylik
hisoblanadi.Siz bemalol o'sha raqam egasiga qo'ng'iroq qilib,bo'lgan vaziyatni
tushuntirishingiz va mablag'ni qaytarishni talab qilishingiz mumkin.Mana shu
holatda siz jabrlanuvchi ikkinchi taraf esa asossiz boylik orttirgan shaxs sifatida
namoyon bo'ladi.Biz ko'pincha bunday munosabatlarda "mayli,so'ramay
4
qo'yaveray" deb istihola qilib, so'ramaymiz.To'g'ri oramizda sòraydiganlar
topilishi mumkin ammo so'ramaydiganlar ham topilishi mumkin.Mana shunday
huquqiy munosabatlarda albatta jabrlanuvchi tarafda mablag'ni so'rash ikkinchi
tarafda esa asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati yuzaga keladi.Bu
kundalik hayotimizda uchraydigan oddiy holatlardan biri.Biz bu kabi asossiz
boylik orttirishlarga misollarni turlilarini ko'rib chiqishimiz mumkin.Men kurs
ishim davomida mana shunday holatlarni yetarli darajada ochib berishga harakat
qilaman.
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
tushunchasi va ahamiyati
Fuqarolik huquqi o'z mohiyatiga ko'ra tovarlar,ishlar va xizmatlar erkin
muomalada bo'lishini,moddiy boyliklar va mulkiy huquqlar o'z egalarida
bo'lishini ta'minlaydi.Qachonki,mana shu harakatlarning tartibini buziladigan
5
bo'lsa,huquqiy buzilishlar yuzaga keladi va himoya mexanizmini yaratishga asos
vujudga keladi.Bu esa asossiz boylik orttirish natijasida yuzaga keladigan
majburiyatlar institutini vujudga keltiradi.Asossiz boylik orttirish instituti
majburiyat instituti bilan uzviy bog'liqdir.Asossiz boylik orttirish mulkiy
huquqlar bilan uzviy bog'liqdir.FKning 1023-moddasi asossiz orttirilgan boylikni
qaytarish majburiyatini nazarda tutadi va unga ko‘ra qonun hujjatlarida yoki
bitimda bеlgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-
mulkni egallab olgan yoki tеjab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab
olingan yoki tеjab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni)
jabrlanuvchiga qaytarib bеrishi shart. Qonun talabidan ko‘rinib turibdiki, asossiz
orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati vujudga kеlishi uchun, birinchidan, bir
shaxs ikkinchi shaxs hisobiga asossiz boylik orttirishi, ikkinchidan, bunday boylik
orttirishga hеch qanday qonuniy asos bo‘lmasligi shart, uchinchidan, mulk,
asosan, yanglishish, xatolik bilan olinadi yoki tejaladi.Ammo ba'zi holatlarda
asossiz boylik orttirish yanglishish ta'sirida emas balki qasddan sodir etilishi
mumkin.Asossiz ravishda boylik orttirish qonunda nazarda tutilgan boshqa
holatlarda davlat daromadiga o'tkaziladi.Agarda taraflar o'rtasida haqiqiy
bo'lmagan bitim tuziladigan bòlsa,mana shu bitim yuzasidan orttirilgan asossiz
boylik davlat daromadiga o'tkaziladi.1
Bundan kòrinib turibdiki, biz asossiz orttirilgan boylikning quyidagi huquqiy
belgilari mavjud ekan:
1. Asossiz orttirilgan boylik jabrlanuvchining hisobidan qo'lga kirituvchining
hisobiga òtgan bòlishi;
2. Asossiz boylik orttirishga hech qanday qonuniy asos bo'lmasligi;
3. Bu holat yanglishish ta'sirida vujudga kelganligi;
1 O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
6
Bu holatdan kelib chiqadiki, albatta jabrlanuvchi qo'lga kirituvchiga asossiz
orttirilgan boylikni qaytarib berishi lozim bòladi.
7
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarni vujudga
kelish asoslari
Asossiz boylik orttirish yuzasidan yuzaga keladigan majburiyatlar yuridik faktlar
natijasida yuzaga keladi.Yuridik faktlar:harakatlar va hodisalar,huquqiy holatlar
va qonuniy huquqbuzarlik hamda shartnomalar natijasida ham yuzaga kelishi
mumkin.Asossiz boylik orttirish majburiyatlar yengil bo'lmas kuch, tabiiy
ofatlar,vaziyatning tasodifiy kechishi,asossiz orttirilgan boylik orttirgan
shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladi.Asossiz boylik
orttirishga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin:
Masalan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi univеrsitеt talabasi O‘zbеkiston
Rеspublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi hisobvarag‘iga univеrsitеtning
shaxsiy hisobvarag‘ini ko‘rsatmagan holda pul mablag‘larini o‘tkazadi. Natijada
o‘tkazilgan pul mablag‘i Moliya vazirligi g‘aznachiligida qolib kеtadi. Buning
oqibatida talaba krеditor sifatida, g‘aznachilik esa qarzdor sifatida ko‘riladi. Yana
boshqa bir vaziyatda talabaning otasi o‘g‘li Bobojonov Islom uchun pul
mablag‘larini o‘tkazish uchun bankka topshiriq bеradi. Bank ushbu topshiriqni
bajarayotganda to‘lov maqsadini ko‘rsatganda boshqa kursda o‘quvchi
Bobojonov Islomning nomini ko‘rsatadi. Natijada Bobojonov Islomning asossiz
boylik orttirishi ro‘y bеradi.2
Xalqaro tеlеfon tarmog‘idan foydalanganlik uchun abonеntning manzili va
raqami ko‘rsatilgan holda to‘lovni amalga oshirish haqida xabarnoma xatolik
natijasida boshqa xonadonga taqdim qilinadi. Xabarnoma kimga bеrilganiga
e’tibor qaratmagan holda fuqaro tеlеfon o‘chirib qo‘yilmasligi uchun darhol
to‘lovni amalga oshirib yuboradi. Natijada tеlеfon xizmati haqini to‘lagan fuqaro
va aslida to‘lashi lozim bo‘lgan fuqaro o‘rtasida asossiz boylik orttirish oqibatida
kelib chiqadigan majburiyat sifatida baholash mumkin.
2 Asossiz boylik orttirish deganda nima tushuniladi? Maqola.
8
Bir shaxsning boshqa shaxs hisobidan boylik orttirishi bir shaxsning mol-
mulkining kamayishiga boshqa shaxsning esa mol-mulkining kòpayishiga olib
keladi.Mulkni tejash deganda,shaxs òz mablag'larini sarf qilishi lozimligi,lekin
sarf qilmaganligi,boshqa shaxsning xarajatlari qoplanmaganligi,boshqa shaxsga
mukofot to'lanmasligi nazarda tutiladi.Misol sifatida quyidagi holatni
keltirishimiz mumkinki, buyurtmachi va pudratchi o'rtasida pudrat shartnomasi
tuzildi.Pudrat shartnomasining obyekti savdo shoxobchasi.Buyurtmachi barcha
zarur xomashyolar bilan pudratchini ta'minladi.Ammo pudratchi savdo
shoxobchasini
qurayotganda,zarur
xomashyolardan
tejab
qoldi.Pudratchi
obyektni topshirayotganda buyurtmachi bu tejab qolishlardan xabardor bo'lib
qoldi.Mana shu holatda pudratchi o'zganing mol-mulkidan asossiz ravishda
boylik orttirdi.Mana shu holatda buyurtmachi pudratchidan asossiz ravishda
orttirilgan boylikni talab qilish huquqiga ega.
Xuddi shuningdek quyidagi ham asossiz boylik orttirish holatlari hisoblanadi:
uyni xarid qilish boʻyicha ogʻzaki dastlabki kelishuv asosida berilgan zakalat puli,
ogʻzaki kelishuv boʻyicha qarz berilgan, ammo qarz oluvchi mablagʻni
qaytarmagan holat;
koʻcha yuzidagi shaxsiy uy yoki korxona binosiga kelishuvsiz, ruxsatsiz reklama
bannerini oʻrnatib xizmat yoxud mahsulot reklama qilish;
soliq boʻyicha notoʻgʻri imtiyoz qoʻllash evaziga olingan daromad;
byudjet oldida majburiyat yoʻq soliq toʻlovchining soliq boʻyicha toʻlangan
ortiqcha toʻlovi.
Nafaqat O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida balki Qozog'iston va
Rossiya Fuqarolik kodeksida ham asossiz boylik orttirish haqida ham normalar
mavjud.Rossiya FK ning 314-moddasiga muvofiq asossiz boylik orttirgan shaxs
jabrlanuvchi mol-mulkini talab qilgan paytdan boshlab 7 kunlik muddat ichida
asossiz orttirilgan boylikni qaytarib berishi shart.
9
Qozogʻiston Respublikasi FKda belgilangan meʼyorlarga muvofiq mulk yoki
jamgʻarma boshqa shaxs hisobidan olingan, uning huquqiy asosi boʻlmagan va
uning oluvchisida mulk yoki jamgʻarmaga egalik qilish qasddan amalga
oshirilmagan holatlarda olingan boʻlsa, asossiz orttirilgan boylik, deb eʼtirof
etiladi.Òzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1023-1030 moddalari
"Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar" bilan boģliq
munosabatlarga bag'ishlangan.
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatda taraflar,
ularning huquq va majburiyatlari
FK 1023-moddasida asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan
majburiyatlar taraflari keltirilgan.Bu munosabatda ikkita taraf ishtirok etadi:
birinchi taraf mol-mulkni egallab olgan yoki tejab olgan shaxs "qo'lga kirituvchi"
va belgilangan asoslarsiz ixtiyoridan mol-mulk chiqib ketayotgan shaxs "
jabrlanuvchi" kòrsatilgan. Boshqa aytganda, bu yerda qo'lga kirituvchi qarzdor
jabrlanuvchi esa kreditor hisoblanadi.Asossiz orttirilgan yoki tеjab qolingan
10
boylik bo‘yicha majburiyatlarning subyekti bo‘lib, asossiz orttirilgan yoki tеjab
qolingan mol-mulkni yoki mulkiy (talab qilish) huquqini qo‘lga kiritgan qarzdor
va bu mulkni yoki mulkiy huquqni talab qilish huquqi ega bo‘lgan haqiqiy
mulkdor (krеditor) bo‘lishi mumkin. Bunda qarzdor va krеditor fuqarolar,
jumladan muomalaga layoqatsiz shaxslar ham, huquq subyektliligi xaraktеridan
qat’i nazar, yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.Asosiz boylik orttirish
natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar pul majburiyatlariga nisbatan
qo'llaniladi.Asossiz
boylik
orttirilgan
yoki
tejab
qolingan
boylik
majburiyatlarning obyekti hisoblanadi.Qo'lga kirituvchi asossiz boylik orttirdimi
unda mana shu orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati yuzaga keladi.Agarda u
jabrlanuvchiga asossiz orttirilgan boylikni qaytarmaydigan bo'lsa u holda
jabrlanuvchi bu boylikni talab qilishga agar tegishli muddatda qaytarmaydigan
bo'lsa, o'zganing pul mablag'laridan noqonuniy foydalanganligi uchun foizlar
talab qilish huquqiga egadir.Asossiz olingan yoki tejab qolingan boylikni asl
holida qaytarishi kerak.Agarda unday qaytarishning iloji bo'lmaganda uning
qiymatini to'lashni talab qilishga haqlidir.3
Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
Qo‘lga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk
jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim.Qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchining
oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki
bilishi lozim bo‘lgan paytdan keyin asossiz qo‘lga kiritilgan yoki tejab qolingan
mol-mulkning tasodifiy yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar
bo‘ladi. Bu paytgacha u qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchungina javobgardir.
Quyidagi normadan ham kelib chiqadiki,qo'lga kirituvchi asossiz boylik qo'lga
kiritdimi, uni jabrlanuvchiga asl ya'ni natura holida qaytarib berishi shart.Qo'lga
3 O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
11
kirituvchi mol-mulkka javobgar hisoblanadi.Mol-mulkka u asossiz ravishda
qo'lga kiritgandan so'ng shikast yetadigan bo'lsa shikast yetkazganligi uchun
jabrlanuvchiga zararni to'lashi kerak.Asossiz ravishda olingan mol-mulkni
qaytarish agar u tovar bo'ladigan bo'lsa tashish,yuklash,o'rnatish xarajatlarini ham
qo'lga kirituvchi o'z zimmasiga olishi kerak.
Misol uchun A va B o'rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzildi.A
shaxs B shaxsga muzqaymoq mahsulotlarini yetkazib berishi kerak edi.A shaxsga
B shaxsga muzqaymoq mahsulotlarini yetkazib berdi.B shaxs muzqaymoq
mahsulotlarini tekshirayotganida 100 ta muzqaymoq ortiqcha ekanligini bilib
qoldi.Ammo B shaxs A shaxsga bu haqda xabar bermadi.A shaxs esa muzqaymoq
mahsulotlari omborxonada kamligini sezib qoldi va B shaxsning oldiga bordi.A
shaxs B shaxsga tashuvchilar sanashda adashib ketishganini tushuntirdi va
ortiqcha bo'lgan muzqaymoqlarni qaytarishni talab qildi.
Mana shunday muammoli vaziyatda B qòlga kirituvchi A ismli shaxs esa
jabrlanuvchidir.Mana shunday holatda A ismli shaxs B ismli shaxsdan
mahsulotlarni asl holida qaytarishni agarda B ismli shaxs mahsulotlarni sotib
yuborgan bo'lsa,uning qiymatini talab qilishga haqlidir.
Misol:Koronavirus pandemiyasi tufayli umumiy ovqatlanish joylari, restoran,
kafelar faoliyati ta'qiqlangan (albatta ko‘pchilik yig‘ilmasligi va kasallikni
yuqtirmaslik nuqtai nazaridan). Agar siz u yerga borsangiz, hamma joy yopiqligi
sababli xizmatdan foydalana olmaysiz. Majburiyat huquqi nuqtayi nazaridan
majburiyat bajarish mumkin bo‘lmasa, majburiyat to‘liq bekor bo‘ladi. Bu o‘rinda
savol tug‘ilishi mumkin: ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan avans puli
to‘langan bo‘lsa-chi? Javob shunday bo‘ladi: baribir majburiyatni bajarib
bo‘lmaydi. Majburiyat huquqida kreditor va qarzdor o‘rtasida huquqiy aloqa
mavjud bo‘ladi. Sotuvchi tovarni berishi, xaridor pulini to‘lashi kerak. Restoran
sizga xizmat ko‘rsatishi kerak edi. Siz pulini oldindan bir oy oldin to‘lab
12
qo‘ygansiz. Qarzdor vaziyat tufayli Sizga xizmat ko‘rsata olmaydi. Bunday holda
puli to‘langan bo‘lsa, majburiyatni bajarish keyingi davrga suriladi.Bu vaziyatda
majburiyat huquqining oqibatlariga doir normalarga murojaat qilinadi. Taraflar
o‘rtasida o‘zaro bog‘liq ijrolar mavjud. Bir taraf avans to‘lagan, muqobil
majburiyat esa, vaziyat tufayli pandemiya sababli bajarilishi mumkin emas.
Bunda ikkinchi taraf majburiyatdan bosh tortishga haqli. Natijada shartnoma
bekor qilinishiga olib keladi. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish haqidagi
normani amaliyotga tatbiq etish tabiatan birmuncha qiyin. Ushbu vaziyatda puli
to‘langanlik fakti mavjud, shartnoma bekor bo‘lgan va natijada pulni olgan taraf
asossiz boylik orttiruvchi maqomiga tushib qoladi.FKning 1023-moddasida
asossiz boylik orttirishning oqibatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, qonun
hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz (shartnoma asos edi, lekin bekor
qilindi) boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan
yoki tejab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab
qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi
shart.Asosiysi,
ushbu
qoida
asossiz
boylik
orttirish
qo‘lga
kirituvchining,jabrlanuvchining o‘zining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori
natijasi bo‘lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo‘lganligidan qat'i
nazar qo‘llaniladi.4
4 O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh
13
Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to'lash
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-
mulkning qo‘lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to‘lashi, shuningdek agar
qo‘lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol
uning qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o‘zgarishi
tufayli ko‘rilgan zararni to‘lashi lozim.Egallab olish niyatisiz o‘zganing mol-
mulkidan yoki o‘zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs
jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish
tugallangan paytda va o‘sha joyda mavjud narx bo‘yicha to‘lashi lozim. Quyida
keltirilgan huquqiy normadan kelib chiqadiki,agarda qo'lga kirituvchi asossiz
boylikni asl holida qaytarib bera olmas ekan, uning qiymatini to'lab berishi
kerak bo'ladi.Ya'ni:
–bu mol-mulkni qòlga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to'lashi lozim;
–agar qo'lga kirituvchi mol-mulkning qiymatini vaqtida to'lay olmaydigan
bo'lsa,keyinchalik bir necha sabablarga ko'ra(bozorda bu mol-mulkning
14
narxining tushishi,pulning qadrsizlanishi) bo'ladigan bo'lsa,yetkazilgan zararni
to'lashi lozim.5
Egallab olish niyatisiz o‘zganing mol-mulkidan yoki o‘zganing xizmatlaridan
vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish
natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o‘sha joyda mavjud
narx bo‘yicha to‘lashi lozim. Masalan, FKning 881-moddasiga ko‘ra omonat
saqlovchi o‘ziga topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz
foydalanishga, shuningdek, uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini
berishga haqli emas. Agarda saqlovchi bunga zid ravishda saqlashga topshirilgan
ashyodan foydalansa, jabrlanuvchiga buning natijasida tejalgan narsani
qaytarishga majbur.
Qo'lga kirituvchi asossiz mol-mulkni topshirar ekan jabrlanuvchidan quyidagi
daromadlarni talab qilishga haqli:
–mol-mulkni saqlab turish uchun qilingan xarajatlarni;
–mol-mulkni asrash uchun qilingan xarajatlarni;
Faqatgina shuni nazarda tutish kerakki,faqatgina zaruriy xarajatlarni talab
qilishga haqli.
Agarda qo‘lga kirituvchi mol-mulkni yaxshilash uchun qandaydir xarajatlarni
qilgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkni bus-butunligi va vazifalarni bajarishga to‘sqinlik
qilmaydigan
va
buzmaydigan
holda
ajratib
olish
mumkin
bo‘lsa,
yaxshilanishlarni ajratib olib, o‘zida qoldirish mumkin. Agarda yaxshilanishlarni
ajratib olish mumkin bo‘lmasa, qo‘lga kirituvchi insofli egallovchi bo‘lsa,
yaxshilanishlar qiymatini (biroq mol-mulk qiymatidan oshmagan hajmlarda)
5 Fuqarolik huquqi darslik 2-qism
15
qoplanishini talab qilishga haqli.Qo‘lga kirituvchi qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-
mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo‘qoladi.
Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik
Quyidagi o'rinlarning barchasida qo'lga kirituvchi jabrlanuvchiga qaytarib berishi
lozim bo'lgan holatlar haqida fikr yuritdik.Endigi o'rinda esa qanday holatlarda
qaytarib beruvchi jabrlanuvchiga asossiz orttirilgan mol-mulkni qaytarib berishi
shart emasligi haqida so'z yuritamiz.
Quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:
ijro etish muddati to‘lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan
mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Bu holat bevosita FK 243-moddasi bilan uzviy bog'liq.Ya'ni qonun
hujjatlarida,ish
muomalasi
odatlariga,majburiyatning
mohiyatidan
anglashilmasa,qarzdor majburiyatni muddatidan oldin bajarishi,kreditor esa buni
qabul qilishga olishi shart. Agarda kreditor oldindan majburiyatni bajarishga
rozilik bildirgan bo'lsa,ijroni qabul qilgan bo'lsa,bunday tartibda olingan mol-
mulk asossiz orttirilgan boylik sifatida e'tirof etilmaydi.
16
da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan
mol-mulk;
Da'vo muddati o'tgandan keyin ham majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan
mol-mulk ham qaytarib berilmaydi.
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar,
hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush
kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan
vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda; 6
Bunda to‘lovlarni amalga oshirish hisob-kitoblarini to‘g‘riligi, shuningdek, ushbu
mablag‘larni qo‘lga kirituvchining insofliligi nazarda tutiladi. Binobarin,
mablag‘larni
qaytarib
olish
uchun
jabrlanuvchi
qo‘lga
kirituvchining
insofsizligini (qalbaki hujjatlar taqdim etish, aldash, chalg‘itish va h.k.) yoki
arifmetik xatolar ro‘y berganligini isbotlab berishi shart. Ushbu norma
mazmunida insonparvarlik, kishilarga g`amxo‘rlik yotadi, chunki xodim ko‘p
hollarda yuqoridagi asoslar bo‘yicha mablag‘larni darhol kundalik ro‘zg‘or sarf-
xarajatlariga ishlatib yuboradi va ularni qaytarish oddiy kishilar uchun mushkul
muammoga aylanishi mumkin.
mavjud bo`lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa
mol-mulk, agar qo`lga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan
shaxsning majburiyat yo‘qligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya
maqsadlarida berganligini isbotlasa.
Agarda jabrlanuvchi qo'lga kirituvchiga xayriya maqsadlarida bergan bòlsa, u
holda qo'lga kirituvchi jabrlanuvchiga mol-mulkni qaytarib berishi kerak emas.
6 .Asossiz boylik orttirish deganda nima tushuniladi? Bahodir Isroilov.https://uza.uz/oz/posts/asossiz-
boylik-orttirish-deganda-nima-tushuniladi-01-06-2020
17
Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boyliklarning ro'yxati mana shular
hisoblanib, bu ro'yxatga boshqa holatlarni kiritish mumkin emas.
Xulosa
Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, asossiz orttirilgan
boylikning taraflari qo'lga kirituvchi va jabrlanuvchi hisoblanadi. Asossiz
orttirilgan boylik jabrlanuvchining hisobidan qo'lga kirituvchiga o'tgan bo'lishi,
boylik qonun asoslarsiz qo'lga kiritilgan bo'lishi va yanglishish ta'sirida amalga
oshirilgan bòlishi kerak. Asossiz orttirilgan boylik jabrlanuvchiga qaytarib
berilishi kerak. Agarda qaytarib berilmaydigan asossiz boylik qaytarib
berilmaydigan bo'lsa, bemalol jabrlanuvchi boylikni talab qilish huquqiga ega
hisoblanadi. Qonunchiligimizda ham bu holatni tartibga soluvchi yetarli normalar
mavjud. Faqatgina biz ularni amalda qo'llash texnikasini vujudga keltirishimiz
zarur. Kundalik hayotimizda vujudga keladigan barcha holatlarni inobatga olgan
holda, bu kabi holatlar ham albatta uchrab turadi. Biz bu kabi holatlarga ko'z
yummasdan, bu holatlarni huquqiy yechimini topish choralarini òylash kòrishimiz
kerak. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham fuqarolarning huquq
va erkinliklari, majburiyatlari haqida so'z borgan. Avvalambor, biz o'zimizda
huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonunlarga hurmat hissini uyg'ota olsak, kerak
joyda, kerak paytda haq-huquqlarimizni, haqlarimizni talab qila olsak mana
shunda qonunimiz rivojlandi, yanada takommilashadi.
Quyidagi holatga nazar tashlasak, "Qo‘shnim “3 oyda avtomashina olib beraman”,
deb pul olganiga 7 oy bo‘ldi. Bugungi kunda pullarni qaytarib bermayapti, bu
masalada qaysi sudga murojaat qilsam bo‘ladi?" degan savolni yòllaganlar.
Bu holatga quyidagicha javob berishimiz mumkin.
18
— Fuqarolik kodeksining 1023-moddasiga muvofiq, qonunchilikda yoki bitimda
belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni
egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab olingan
yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga
qaytarib berishi shart, ushbu Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-
mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor bo‘lganda ham
yuzaga keladi. Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qo‘lga
kirituvchining, jabrlanuvchining o‘zining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori
natijasi bo‘lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo‘lganligidan qat’i
nazar qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksining 1024-moddasiga ko‘ra, agar qonunchilikda boshqacha tartib
belgilanmagan bo‘lsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa,
ushbu bobning qoidalari, shuningdek:
- haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘yicha bajarilgan narsani qaytarish to‘g‘risidagi;
- mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan
talab qilib olish to‘g‘risidagi;
- majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati
bilan qaytarish to‘g‘risidagi;
- zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-
harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarga nisbatan
qo‘llanilishi lozim.
Agar qo‘shningiz sizdan olgan pullarni olganligini tan olsa yoki pul olganligini
tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lgan holda belgilangan muddat ichida sizga
avtomashina olib bermagan bo‘lsa, avtomashina olib berishdan hamda olgan
19
pullarni qaytarishdan bosh tortayotgan bo‘lsa, ushbu pullar qo‘shningiz
tomonidan asossiz orttirilgan hisoblanadi.Bu shaxs yashash manzili bo‘yicha
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga qo‘shningizdan asossiz ravishda
orttirilgan pullarni undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz
mumkin.Asossiz boylik orttirish natijasida yuzaga keladigan normalarni yanada
rivojlantirishimiz va qonunlarga rioya qilishimiz zarur va muhimdir.
20
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
2.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh
3.Fuqarolik huquqi darslik 2-qism
4.Asossiz
boylik
orttirish
deganda
nima
tushuniladi?
Bahodir
Isroilov.https://uza.uz/oz/posts/asossiz-boylik-orttirish-deganda-nima-
tushuniladi-01-06-2020
5.https://aniq.uz/uz/yangiliklar/avtomashina-olib-beraman-deb-olingan-pullarni-
qaytarish-uchun-qaysi-sudga-murojaat-qilish-kerak