ATMOSFERA AEROZOLLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

26,1 KB


ATMOSFERA AEROZOLLARI
Tabiiy va antropogen chiqindilarning atmosferadagi tarqalishi. 
Atmosfera  aerozoli  murakkab  kimyoviy  va  fizikaviy  jarayonlarning
mahsulotidir. 
Atmosfera aerozollarining tarkibi va hosil bo’lish manbalariga sinflari. 
Atmosfera gaz tarkibi
Atmosfera,  quruq  havo  deb  ataluvchi  turli  gazlarning  mexanik
aralashmasidan iborat. Butun atmosferaning massasi taxminan 5,157·1018 kg ni
tashkil etadi (taqqosslash uchun Yer massasi 5,98·1024 kg ga teng). Taxminan bir
necha yuz million yil avval shakllanib bo’lgan Yer atmosferasi quruq havosining
zamonaviy tarkibi quyidagi asosiy gazlardan tashkil topgan (3-jadval). 
Quruq havo umumiy hajmining 99,96% azot, kislorod va argonga to’g’ri
keladi. Qolgan gazlarning foiz ulushi 0,04% dan kamroqni tashkil etadi. Ulardan
ayrimlarining hajm bo’yicha ulushi mingdan bir (Ne) va hatto milliondan bir (Xe)
ulushni tashkil etadi. 
3-jadval
Yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi
Gaz
Hajm
bo’yicha
ulushi*, %
Nisbiy molekulyar
massasi (uglerod
shkalasi bo’yicha)
Havoga
nisbatan
zichligi
Azot (N2)
Kislorod (O2)
Argon (Ar)
Uglerod
 
dioksidi
78,084
20,946
0,934
28,0134
31,9988
39,948
0,967
1,105
1,379
Logotip
ATMOSFERA AEROZOLLARI Tabiiy va antropogen chiqindilarning atmosferadagi tarqalishi. Atmosfera aerozoli murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning mahsulotidir. Atmosfera aerozollarining tarkibi va hosil bo’lish manbalariga sinflari. Atmosfera gaz tarkibi Atmosfera, quruq havo deb ataluvchi turli gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Butun atmosferaning massasi taxminan 5,157·1018 kg ni tashkil etadi (taqqosslash uchun Yer massasi 5,98·1024 kg ga teng). Taxminan bir necha yuz million yil avval shakllanib bo’lgan Yer atmosferasi quruq havosining zamonaviy tarkibi quyidagi asosiy gazlardan tashkil topgan (3-jadval). Quruq havo umumiy hajmining 99,96% azot, kislorod va argonga to’g’ri keladi. Qolgan gazlarning foiz ulushi 0,04% dan kamroqni tashkil etadi. Ulardan ayrimlarining hajm bo’yicha ulushi mingdan bir (Ne) va hatto milliondan bir (Xe) ulushni tashkil etadi. 3-jadval Yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi Gaz Hajm bo’yicha ulushi*, % Nisbiy molekulyar massasi (uglerod shkalasi bo’yicha) Havoga nisbatan zichligi Azot (N2) Kislorod (O2) Argon (Ar) Uglerod dioksidi 78,084 20,946 0,934 28,0134 31,9988 39,948 0,967 1,105 1,379
(CO2)**
Neon (Ne)
Geliy (He)
Kripton (Kr)
Vodorod (H2)
Ksenon (Xe)
Ozon (O3)
Quruq havo
0,033
1,818·10-3
5,239·10-4
1,14·10-4
~5·10-5
8,7·10-6
10-6 −10-5
44,00995
20,183
4,0026
83,800
2,01594
131,300
47,9982
28,9645
1,529
0,695
0,138
2,868
0,070
4,524
1,624
1,000
* Hajm bo’yicha ulush – bir xil bosim va harorat sharoitida gaz egallagan hajmning
aralashma umumiy hajmiga nisbatining foizdagi ifodasidir.
** CO2 miqdori 1980 yil holati bo’yicha keltirilgan.
Atmosferadagi  asosiy  gazlar  –  N2,  O2  va  Ar  miqdorining  o’zgarishlari
hozircha  aniqlanmagan.  Biroq  har  yili  katta  miqdordagi  kislorod  organik
yoqilg’ining yonishiga sarflanmoqda. 
Fotosintez natijasida yiliga 1,55·109 t miqdorda kislorod hosil bo’lsa, yiliga
2,16·1010 t  miqdordagi  kislorod  sarflanadi.  Ya’ni  kislorod  sarfi  uning  hosil
bo’lishidan bir tartibga katta. Kislorod sarfining bunday sur’atlarida 2020 yilga
borib uning miqdori 0,77% ga kamayishi mumkin. 
Atmosfera  azoti  atmosfera  jarayonlarida  deyarli  qatnashmaydi,  biroq  u
atmosfera bosimini hosil qiluvchi asosiy gaz hisoblanadi. 
Gazlar taqsimotining gravitatsion g’oyasiga muvofiq, atmosferaning yuqori
balandliklarida  yengil  gazlar  kattaroq  ulushni  tashkil  qilishi  kerak.  Biroq,
meteorologik raketalar yordamida o’tkazilgan bevosita o’lchovlar 90-95 km lik
pastki  qatlamda  gazlar  taqsimotining  yo’qligini  ko’rsatadi.  Atmosferaning  bu
qatlami  gomosfera deb ataladi. Havoning nisbiy molekulyar massasi balandlik
bo’yicha amalda o’zgarmaydi va 28,9645 kg/molni tashkil etadi. Atmosfera havosi
tarkibining  ham  vertikal,  ham  gorizontal  bo’ylab  doimiyligi  uning
aralashuvchanligi tufayli saqlanib turadi.
Atmosfera tarkibi, uning 95 km dan yuqori qismida sezilarli o’zgaradi va bu
qatlam  geterosfera deb  ataladi.  Ko’rinishidan  bunday  o’zgarishda  gazlarning
Logotip
(CO2)** Neon (Ne) Geliy (He) Kripton (Kr) Vodorod (H2) Ksenon (Xe) Ozon (O3) Quruq havo 0,033 1,818·10-3 5,239·10-4 1,14·10-4 ~5·10-5 8,7·10-6 10-6 −10-5 44,00995 20,183 4,0026 83,800 2,01594 131,300 47,9982 28,9645 1,529 0,695 0,138 2,868 0,070 4,524 1,624 1,000 * Hajm bo’yicha ulush – bir xil bosim va harorat sharoitida gaz egallagan hajmning aralashma umumiy hajmiga nisbatining foizdagi ifodasidir. ** CO2 miqdori 1980 yil holati bo’yicha keltirilgan. Atmosferadagi asosiy gazlar – N2, O2 va Ar miqdorining o’zgarishlari hozircha aniqlanmagan. Biroq har yili katta miqdordagi kislorod organik yoqilg’ining yonishiga sarflanmoqda. Fotosintez natijasida yiliga 1,55·109 t miqdorda kislorod hosil bo’lsa, yiliga 2,16·1010 t miqdordagi kislorod sarflanadi. Ya’ni kislorod sarfi uning hosil bo’lishidan bir tartibga katta. Kislorod sarfining bunday sur’atlarida 2020 yilga borib uning miqdori 0,77% ga kamayishi mumkin. Atmosfera azoti atmosfera jarayonlarida deyarli qatnashmaydi, biroq u atmosfera bosimini hosil qiluvchi asosiy gaz hisoblanadi. Gazlar taqsimotining gravitatsion g’oyasiga muvofiq, atmosferaning yuqori balandliklarida yengil gazlar kattaroq ulushni tashkil qilishi kerak. Biroq, meteorologik raketalar yordamida o’tkazilgan bevosita o’lchovlar 90-95 km lik pastki qatlamda gazlar taqsimotining yo’qligini ko’rsatadi. Atmosferaning bu qatlami gomosfera deb ataladi. Havoning nisbiy molekulyar massasi balandlik bo’yicha amalda o’zgarmaydi va 28,9645 kg/molni tashkil etadi. Atmosfera havosi tarkibining ham vertikal, ham gorizontal bo’ylab doimiyligi uning aralashuvchanligi tufayli saqlanib turadi. Atmosfera tarkibi, uning 95 km dan yuqori qismida sezilarli o’zgaradi va bu qatlam geterosfera deb ataladi. Ko’rinishidan bunday o’zgarishda gazlarning
gravitatsion taqsimoti jarayoni asosiy rolni o’ynaydi. Bundan tashqari 100 km dan
yuqori balandliklarda havo tarkibining o’zgarishlariga olib keluvchi asosiy jarayon
– 0,24 mkm dan kichik to’lqin uzunlikli Quyosh radiatsiyasi ta’siridagi kislorod
dissotsiatsiyasidir. Bunday zaryadlangan atomlar atomar ion deb ataladi. 100-150
km qatlamda atmosfera (ionosfera) atomar va molekulyar kislorod ionlari va azot
oksididan iborat. 250-300 km balandlikdan boshlab atmosfera tarkibida atomar
azot ionlari paydo bo’ladi. Yuqori qatlamlarda gidroksil OH va natriy Na izlari
ham  kuzatiladi.  Geterosferada  havoning  nisbiy  molekulyar  massasi  balandlik
bo’yicha kamayib borishi quyidagi jadvalda keltirilgan (4-jadval).
4-jadval
z, km
225
250
300
350
400
450
500
µ, kg/kmol
21,28
20,15
18,50
17,47
16,84
16,43
16,1
1000 km dan yuqorida atmosfera tarkibida geliy ulushi ortib boradi. Yer toji
deb  ataluvchi  2000-20000  km  qatlamda  esa  neytral  vodorod  asosiy  gaz
hisoblanadi. Atmosferaning bu yuqori qatlamlarida vodorod kontsentratsiyasi juda
kichik – o’rtacha 1 sm3 da 1000 ga yaqin ionni, atmosferadan tashqarida, ochiq
kosmosda esa ionlar kontsentratsiyasi 1 sm3 da 100 ta va undan kam ionni tashkil
etadi.
Aerozollar
Uglerod dioksidi  va ozon miqdori o’zgaruvchan bo’lib, quruq havoning
muhim  tashkil  etuvchilaridan  hisoblanadi.  Uglerod  dioksidi  (SO2)  o’simliklar
uchun  eng  muhim  gazlardan  biri  hisoblanadi.  U  atmosferaga  yonish,  nafas
chiqarish va chirish jarayonlarida qo’shiladi, o’simliklarning yutishi (fotosintez)
jarayonida esa sarf  bo’ladi. So’nggi  70-80 yil davomida organik yoqilg’ilarni
(toshko’mir, neft, gaz) qazib olish va yoqishning keskin ortishi bilan butun yer
sharida  CO2
 miqdorining  to’xtovsiz  ortib  borishi  kuzatilmoqda.  Mavjud
baholashlarga muvofiq CO2  miqdori bu vaqt ichida 10-12% ga ko’paygan: 1900
yilda 0,029% dan 1980 yilda 0,033%, 2000 yilda esa 0,036% ni tashkil etgan.
Logotip
gravitatsion taqsimoti jarayoni asosiy rolni o’ynaydi. Bundan tashqari 100 km dan yuqori balandliklarda havo tarkibining o’zgarishlariga olib keluvchi asosiy jarayon – 0,24 mkm dan kichik to’lqin uzunlikli Quyosh radiatsiyasi ta’siridagi kislorod dissotsiatsiyasidir. Bunday zaryadlangan atomlar atomar ion deb ataladi. 100-150 km qatlamda atmosfera (ionosfera) atomar va molekulyar kislorod ionlari va azot oksididan iborat. 250-300 km balandlikdan boshlab atmosfera tarkibida atomar azot ionlari paydo bo’ladi. Yuqori qatlamlarda gidroksil OH va natriy Na izlari ham kuzatiladi. Geterosferada havoning nisbiy molekulyar massasi balandlik bo’yicha kamayib borishi quyidagi jadvalda keltirilgan (4-jadval). 4-jadval z, km 225 250 300 350 400 450 500 µ, kg/kmol 21,28 20,15 18,50 17,47 16,84 16,43 16,1 1000 km dan yuqorida atmosfera tarkibida geliy ulushi ortib boradi. Yer toji deb ataluvchi 2000-20000 km qatlamda esa neytral vodorod asosiy gaz hisoblanadi. Atmosferaning bu yuqori qatlamlarida vodorod kontsentratsiyasi juda kichik – o’rtacha 1 sm3 da 1000 ga yaqin ionni, atmosferadan tashqarida, ochiq kosmosda esa ionlar kontsentratsiyasi 1 sm3 da 100 ta va undan kam ionni tashkil etadi. Aerozollar Uglerod dioksidi va ozon miqdori o’zgaruvchan bo’lib, quruq havoning muhim tashkil etuvchilaridan hisoblanadi. Uglerod dioksidi (SO2) o’simliklar uchun eng muhim gazlardan biri hisoblanadi. U atmosferaga yonish, nafas chiqarish va chirish jarayonlarida qo’shiladi, o’simliklarning yutishi (fotosintez) jarayonida esa sarf bo’ladi. So’nggi 70-80 yil davomida organik yoqilg’ilarni (toshko’mir, neft, gaz) qazib olish va yoqishning keskin ortishi bilan butun yer sharida CO2 miqdorining to’xtovsiz ortib borishi kuzatilmoqda. Mavjud baholashlarga muvofiq CO2 miqdori bu vaqt ichida 10-12% ga ko’paygan: 1900 yilda 0,029% dan 1980 yilda 0,033%, 2000 yilda esa 0,036% ni tashkil etgan.
Atmosferadagi CO2 ning mutlaq miqdori 712 mlrd. t ni, yillik o’sishi esa – 3 mlrd. t
ni tashkil etadi.
Atmosfera jarayonlarida uglerod dioksidi gazining asosiy roli uni  “parnik
(issiqxona)” effektida ishtirok  etishidadir. Uglerod dioksidi  yer  sirti  nurlanish
spektri  maksimumiga  yaqin  bo’lgan  12,9-17,1  mkm  to’lqin  uzunliklari
diapazonidagi infraqizil nurlanishni kuchli yutadi. Atmosfera,  huddi  “parnik”ka
o’xshab, quyoshdan kelgan qisqa to’lqinli radiatsiyani bemalol o’tkazib, yer sirti
infraqizil nurlanishining koinotga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Natijada Yerda
harorat ortib boradi.
M.I.Budikoning baholashlari bo’yicha uglerod dioksidining 0,042% gacha
ortishi yer yuzida qutbiy muzliklarning butunlay erib ketishiga, va, aksincha, uning
0,015% gacha kamayishi Yer sharining batamom muzlashiga olib keladi. XX asr
boshidagi miqdorga nisbatan uglerod dioksidi gazi miqdorining ikki baravarga
ortishi (0,060% gacha) Yer sharida haroratni 3ºS ga orttiradi. Sayyorada iqlimning
isishi atmosferadagi boshqa  “parnik” gazlarining (metan, xlorftoruglerodlar, azot
birikmalari) ko’payishi natijasida ham ro’y berishi mumkin.
Atmosferaning yuqori  qatlamlaridagi  (stratosferadagi)  fizik  jarayonlarda
miqdori nihoyatda oz bo’lgan ozon gazi (O3) ham muhim rol o’ynaydi. Ozon yer
sirtidan 70 km balandlikkacha bo’lgan atmosfera qatlamida kuzatiladi, uning asosiy
miqdori esa atmosferaning 20-55 km qatlamida yig’ilgan. Ozon gazining maksimal
miqdori  20-26  km  balandliklarda  kuzatiladi.  Agar  vertikal  ustundagi  ozon
miqdorini harorat 0ºS ga teng bo’lganda normal atmosfera bosimi (1013,2 gPa)
holatiga keltirilsa, u holda Yer sharini qamrab olgan ozon qatlamining qalinligi 1
mm dan 6 mm gacha bo’lar edi. Bu kattalik ozon qatlamining keltirilgan qalinligi
deb ataladi. Atmosferada ozonning umumiy massasi 3,2109 t ga teng.
Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga yetib kelgan quyosh radiatsiyasining
3% ni yutadi. Radiatsiyani yutish 0,22-0,29 mkm to’lqin uzunlikli ultrabinafsha
radiatsiya diapazonida ro’y beradi. Ko’rilayotgan to’lqinlar diapazonida yutilish
shunchalik kuchliki, quyosh nurlari energiyasi ozon qatlamining yuqori qismida,
50-45 km balandliklarda butunlay yutiladi. SHuning uchun ham bu balandliklarda
havo harorati 0ºS gacha ko’tariladi.
Logotip
Atmosferadagi CO2 ning mutlaq miqdori 712 mlrd. t ni, yillik o’sishi esa – 3 mlrd. t ni tashkil etadi. Atmosfera jarayonlarida uglerod dioksidi gazining asosiy roli uni “parnik (issiqxona)” effektida ishtirok etishidadir. Uglerod dioksidi yer sirti nurlanish spektri maksimumiga yaqin bo’lgan 12,9-17,1 mkm to’lqin uzunliklari diapazonidagi infraqizil nurlanishni kuchli yutadi. Atmosfera, huddi “parnik”ka o’xshab, quyoshdan kelgan qisqa to’lqinli radiatsiyani bemalol o’tkazib, yer sirti infraqizil nurlanishining koinotga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Natijada Yerda harorat ortib boradi. M.I.Budikoning baholashlari bo’yicha uglerod dioksidining 0,042% gacha ortishi yer yuzida qutbiy muzliklarning butunlay erib ketishiga, va, aksincha, uning 0,015% gacha kamayishi Yer sharining batamom muzlashiga olib keladi. XX asr boshidagi miqdorga nisbatan uglerod dioksidi gazi miqdorining ikki baravarga ortishi (0,060% gacha) Yer sharida haroratni 3ºS ga orttiradi. Sayyorada iqlimning isishi atmosferadagi boshqa “parnik” gazlarining (metan, xlorftoruglerodlar, azot birikmalari) ko’payishi natijasida ham ro’y berishi mumkin. Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi (stratosferadagi) fizik jarayonlarda miqdori nihoyatda oz bo’lgan ozon gazi (O3) ham muhim rol o’ynaydi. Ozon yer sirtidan 70 km balandlikkacha bo’lgan atmosfera qatlamida kuzatiladi, uning asosiy miqdori esa atmosferaning 20-55 km qatlamida yig’ilgan. Ozon gazining maksimal miqdori 20-26 km balandliklarda kuzatiladi. Agar vertikal ustundagi ozon miqdorini harorat 0ºS ga teng bo’lganda normal atmosfera bosimi (1013,2 gPa) holatiga keltirilsa, u holda Yer sharini qamrab olgan ozon qatlamining qalinligi 1 mm dan 6 mm gacha bo’lar edi. Bu kattalik ozon qatlamining keltirilgan qalinligi deb ataladi. Atmosferada ozonning umumiy massasi 3,2109 t ga teng. Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga yetib kelgan quyosh radiatsiyasining 3% ni yutadi. Radiatsiyani yutish 0,22-0,29 mkm to’lqin uzunlikli ultrabinafsha radiatsiya diapazonida ro’y beradi. Ko’rilayotgan to’lqinlar diapazonida yutilish shunchalik kuchliki, quyosh nurlari energiyasi ozon qatlamining yuqori qismida, 50-45 km balandliklarda butunlay yutiladi. SHuning uchun ham bu balandliklarda havo harorati 0ºS gacha ko’tariladi.
Ultrabinafsha  nurlarning  asosiy  xususiyati  ularning  yuqori  biologik
faolligidadir. Ultrabinafsha radiatsiyasi bakteriyalarning ko’p turlarini o’ldiradi,
teri qorayishiga olib keladi,  organizmda D vitaminining hosil bo’lishiga sabab
bo’ladi. Ultrabinafsha radiatsiyasi faqat kichik miqdorlardagina foydalidir. Uning
katta miqdorlari odamlarda teri kasalliklariga (eritema) va hatto teri kuyishlariga
olib kelishi mumkin. Agar atmosferada ozon gazi bo’lmaganida, biologik faol
ultrabinafsha nurlari barcha biologik jarayonlarni, balki umuman Yer sharidagi
organik hayotni o’zgartirar edi. 
SHunday qilib, atmosferadagi ozon qatlami Yer shari uchun himoya qalqoni
rolini o’taydi. Ba’zi kimyoviy va fizikaviy moddalar bilan atmosferaning global
ifloslanishi ozon ekrani zichligiga ta’sir etib, ozon tuynuklarining paydo bo’lishiga
sabab bo’ladi.
Ozon hosil bo’lishidagi fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga
ega. Kislorod molekulalari ultrabinafsha radiatsiyani yutish jarayonida atomlarga
parchalanadi va g’alayonlangan holatda bo’ladi, ya’ni normal holatdagidan ko’proq
energiya  zahirasiga  ega  bo’ladi.  SHuning  uchun  ham  ozon  molekulasi  faqat
kislorod molekulasi, uning g’alayonlangan holatdagi atomi va azot yoki boshqa
molekulalarning uch tomonlama to’qnashuvi natijasida hosil bo’ladi. SHu bilan bir
vaqtda teskari jarayon – ozonning kislorodga aylanishi ham kuzatiladi.
Atmosferadagi  ozonning  miqdori  yaqqol  sutkalik  (kunduzi  –  maksimum,
tunda  –  minimum)  va  mavsumiy  (bahorda  –  maksimum,  qish  va  kuzda  –
minimum) o’zgarishlarga ega.  Kenglik ortishi bilan maksimumga erishish payti
kechroq keladigan oylarga suriladi.
Atmosfera tarkibiga aerozollar deb ataluvchi havoda muallaq holatda bo’lgan
ko’psonli qattiq va suyuq moddalarning aralashmalari ham kiradi. Qattiq aerozol
zarralarining radiusi  10-810-2 sm, tomchilarning radiusi esa -10-510-1 sm  ni
tashkil etadi.
Atmosfera  aerozoli  murakkab  kimyoviy  va  fizikaviy  jarayonlarning
mahsulotidir.  Bu  jarayonlarning  murakkabligi  va  aerozol  qisqa  vaqt  mavjud
bo’lganligi tufayli, uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xarakteristikalari nihoyatda
o’zgaruvchan.
Logotip
Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faolligidadir. Ultrabinafsha radiatsiyasi bakteriyalarning ko’p turlarini o’ldiradi, teri qorayishiga olib keladi, organizmda D vitaminining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Ultrabinafsha radiatsiyasi faqat kichik miqdorlardagina foydalidir. Uning katta miqdorlari odamlarda teri kasalliklariga (eritema) va hatto teri kuyishlariga olib kelishi mumkin. Agar atmosferada ozon gazi bo’lmaganida, biologik faol ultrabinafsha nurlari barcha biologik jarayonlarni, balki umuman Yer sharidagi organik hayotni o’zgartirar edi. SHunday qilib, atmosferadagi ozon qatlami Yer shari uchun himoya qalqoni rolini o’taydi. Ba’zi kimyoviy va fizikaviy moddalar bilan atmosferaning global ifloslanishi ozon ekrani zichligiga ta’sir etib, ozon tuynuklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ozon hosil bo’lishidagi fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga ega. Kislorod molekulalari ultrabinafsha radiatsiyani yutish jarayonida atomlarga parchalanadi va g’alayonlangan holatda bo’ladi, ya’ni normal holatdagidan ko’proq energiya zahirasiga ega bo’ladi. SHuning uchun ham ozon molekulasi faqat kislorod molekulasi, uning g’alayonlangan holatdagi atomi va azot yoki boshqa molekulalarning uch tomonlama to’qnashuvi natijasida hosil bo’ladi. SHu bilan bir vaqtda teskari jarayon – ozonning kislorodga aylanishi ham kuzatiladi. Atmosferadagi ozonning miqdori yaqqol sutkalik (kunduzi – maksimum, tunda – minimum) va mavsumiy (bahorda – maksimum, qish va kuzda – minimum) o’zgarishlarga ega. Kenglik ortishi bilan maksimumga erishish payti kechroq keladigan oylarga suriladi. Atmosfera tarkibiga aerozollar deb ataluvchi havoda muallaq holatda bo’lgan ko’psonli qattiq va suyuq moddalarning aralashmalari ham kiradi. Qattiq aerozol zarralarining radiusi 10-810-2 sm, tomchilarning radiusi esa -10-510-1 sm ni tashkil etadi. Atmosfera aerozoli murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning mahsulotidir. Bu jarayonlarning murakkabligi va aerozol qisqa vaqt mavjud bo’lganligi tufayli, uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xarakteristikalari nihoyatda o’zgaruvchan.
Atmosfera aerozollarining tarkibi va hosil bo’lish manbalariga ko’ra ularni
quyidagi sinflarga bo’lish mumkin. 
Kelib chiqishi tabiiy bo’lgan aerozollarga quyidagilar kiradi:
- tuproq  zarrachalari  va  tog’  jinslarining  shamol  natijasida  yemirilishi
hisobiga  hosil  bo’lgan  mahsulotlar  (chang),  atmosferaga  yil  mobaynida
qo’shiladigan bu zarralarning miqdori keng chegaralarda o’zgaradi va 130 dan
8000 mln. tonnagachani tashkil qiladi;
- vulqon aerozoli (kul), atmosferaga yiliga 200 dan 1000 mln. tonnagacha
qo’shiladi;
- dengiz  mavjlari  tomchilaridan  bug’lanish  mahsulotlari (asosan  NaCl),
atmosferaga yiliga 300 dan 1300 mln. tonnagacha qo’shiladi;
- o’rmon yong’inlarining qurum zarrachalari, atmosferaga yiliga 3 dan 360
mln. tonnagacha qo’shiladi;
- koinot changi, meteoritlar yonishidan paydo bo’ladi, ularning miqdori yiliga
0,25 dan 14 mln. tonnagacha;
- atmosferaga  
bevosita
 
chiqariladigan
 
(o’simliklarning
 changi,
mikroorganizmlar va h.k.) va uchuvchan organik birikmalar kondensatsiyasi yoki
bu birikmalar orasidagi kimyoviy reaktsiyalar natijasida shakllanadigan biogen
kelib chiqishga ega bo’lgan zarrachalar, shuningdek tabiiy gazsimon reaktsiyalar
mahsulotlari (masalan,  oltingugurtning  okean  sirtidan  ajralib,  uning  qayta
tiklanishi  hisobiga  hosil  bo’luvchi  sulfatlar).   Turli  baholashlarga  ko’ra
atmosferaga bu zarrachalar 345 dan 1460 mln. tonnagacha qo’shiladi.
Kelib chiqishi tabiiy bo’lgan aerozollarning umumiy miqdori yiliga 978 dan
12100 mln. tonnagacha o’zgarishi mumkin.
Antropogen kelib chiqishga ega bo’lgan aerozollar ikkinchi sinfni tashkil
etadi. Bunday aerozol manbalariga quyidagilar kiradi:
- sanoat korxonalari, transport va yoqilg’i yoquvchi qurilmalardan bevosita
chiqindilar (qurum, tutun, yo’l changi zarrachalari va h.k.), shuningdek  qishloq
xo’jaligi  yerlaridan  shamol  natijasida  ko’tariluvchi  mahsulotlar;  jami  bu
manbalardan atmosferaga bir yilda 18 dan 240 mln. tonnagacha zarralar chiqarildi;
- gaz fazali  reaktsiyalar  mahsulotlari (ikkilamchi  aerozollar), ular  yonish
jarayonlari va kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladi (sulfatlar, nitratlar,
Logotip
Atmosfera aerozollarining tarkibi va hosil bo’lish manbalariga ko’ra ularni quyidagi sinflarga bo’lish mumkin. Kelib chiqishi tabiiy bo’lgan aerozollarga quyidagilar kiradi: - tuproq zarrachalari va tog’ jinslarining shamol natijasida yemirilishi hisobiga hosil bo’lgan mahsulotlar (chang), atmosferaga yil mobaynida qo’shiladigan bu zarralarning miqdori keng chegaralarda o’zgaradi va 130 dan 8000 mln. tonnagachani tashkil qiladi; - vulqon aerozoli (kul), atmosferaga yiliga 200 dan 1000 mln. tonnagacha qo’shiladi; - dengiz mavjlari tomchilaridan bug’lanish mahsulotlari (asosan NaCl), atmosferaga yiliga 300 dan 1300 mln. tonnagacha qo’shiladi; - o’rmon yong’inlarining qurum zarrachalari, atmosferaga yiliga 3 dan 360 mln. tonnagacha qo’shiladi; - koinot changi, meteoritlar yonishidan paydo bo’ladi, ularning miqdori yiliga 0,25 dan 14 mln. tonnagacha; - atmosferaga bevosita chiqariladigan (o’simliklarning changi, mikroorganizmlar va h.k.) va uchuvchan organik birikmalar kondensatsiyasi yoki bu birikmalar orasidagi kimyoviy reaktsiyalar natijasida shakllanadigan biogen kelib chiqishga ega bo’lgan zarrachalar, shuningdek tabiiy gazsimon reaktsiyalar mahsulotlari (masalan, oltingugurtning okean sirtidan ajralib, uning qayta tiklanishi hisobiga hosil bo’luvchi sulfatlar). Turli baholashlarga ko’ra atmosferaga bu zarrachalar 345 dan 1460 mln. tonnagacha qo’shiladi. Kelib chiqishi tabiiy bo’lgan aerozollarning umumiy miqdori yiliga 978 dan 12100 mln. tonnagacha o’zgarishi mumkin. Antropogen kelib chiqishga ega bo’lgan aerozollar ikkinchi sinfni tashkil etadi. Bunday aerozol manbalariga quyidagilar kiradi: - sanoat korxonalari, transport va yoqilg’i yoquvchi qurilmalardan bevosita chiqindilar (qurum, tutun, yo’l changi zarrachalari va h.k.), shuningdek qishloq xo’jaligi yerlaridan shamol natijasida ko’tariluvchi mahsulotlar; jami bu manbalardan atmosferaga bir yilda 18 dan 240 mln. tonnagacha zarralar chiqarildi; - gaz fazali reaktsiyalar mahsulotlari (ikkilamchi aerozollar), ular yonish jarayonlari va kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladi (sulfatlar, nitratlar,
organik birikmalar); bu aerozollarning yillik miqdori 100 dan 360 mln. tonnagacha
o’zgarishi mumkin.
Antropogen  manbalar  bir  yilda  jami  118  dan  601  mln.  tonnagacha
chiqindilarni atmosferaga tashlaydi.
Turli aerozollarning atmosferaga kelib qo’shilishining yuqorida keltirilgan
miqdoriy ko’rsatkichlari sezilarli xatoliklarga ega. Bu ayniqsa, tabiiy manbalardan
chiqayotgan  chiqindilarni  baholashga  taalluqli.  Masalan,  atmosferaga
qo’shilayotgan  tuproq  changi  miqdori  ikki  tartib  aniqligidagina  baholanadi.
Baholashning  ayrim  manbalariga  muvofiq  o’rmon  yong’inlari  natijasida  hosil
bo’lgan aerozollar miqdori yiliga 36-360 mln. tonnani tashkil etsa, boshqalari
bo’yicha esa – yiliga 3 mln. tonna atrofida.
Barcha manbalardan chiqayotgan changning yillik yig’indi miqdori o’rtacha
2,3 mlrd. tonna bo’lib, mumkin bo’lgan chetlanish ±1,4 mlrd. tonnani tashkil etadi.
Atmosfera aralashmalari orasida sun’iy radioaktiv parchalanish mahsulotlari
alohida o’rinni egallaydi. Ular atom va termoyadro sinov portlatishlari, shuningdek
atom  elektrostantsiyalaridagi  texnogen  falokatlar  natijasida  atmosferaga
chiqariladi.
Atmosferada  ro’y  beruvchi  fizikaviy  jarayonlarda  atmosfera  aerozollari
muhim rol o’ynaydi.
Dengiz suvi mavjlanganda atmosferaga qo’shiluvchi gigroskopik dengiz tuzi
zarrachalari, shuningdek gigroskopik chang zarralari atmosferada  kondensatsiya
yadrolari vazifasini bajaradi, ya’ni ularga suv bug’i molekulalari yopishib suv
tomchilarini  hosil  qiladi.  Kondensatsiya  yadrolarining  roli  shundaki,  ular
gigroskopik xususiyati tufayli hosil bo’lgan tomchining turg’unligini oshirishadi.
Agar havoda kondensatsiya yadrolari bo’lmaganida edi, o’ta to’yinish holatlarida
ham kondensatsiya yuz bermasdi.
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  eruvchan  gigroskopik  tuzlar,  ayniqsa  dengiz
tuzlari, muhim kondensatsiya yadrolari hisoblanadi. Dengiz to’lqinlanganida va
dengiz  suvining  sachrashida  hamda  tomchilarning  keyinchalik  havoda
bug’lanishida ular atmosferaga katta miqdorda qo’shiladi. To’lqin o’rkachlarida
havo pufakchalari paydo bo’lib, ular keyinchalik yoriladi. Natijada dengiz suvining
sachrashi sodir bo’ladi. 
Logotip
organik birikmalar); bu aerozollarning yillik miqdori 100 dan 360 mln. tonnagacha o’zgarishi mumkin. Antropogen manbalar bir yilda jami 118 dan 601 mln. tonnagacha chiqindilarni atmosferaga tashlaydi. Turli aerozollarning atmosferaga kelib qo’shilishining yuqorida keltirilgan miqdoriy ko’rsatkichlari sezilarli xatoliklarga ega. Bu ayniqsa, tabiiy manbalardan chiqayotgan chiqindilarni baholashga taalluqli. Masalan, atmosferaga qo’shilayotgan tuproq changi miqdori ikki tartib aniqligidagina baholanadi. Baholashning ayrim manbalariga muvofiq o’rmon yong’inlari natijasida hosil bo’lgan aerozollar miqdori yiliga 36-360 mln. tonnani tashkil etsa, boshqalari bo’yicha esa – yiliga 3 mln. tonna atrofida. Barcha manbalardan chiqayotgan changning yillik yig’indi miqdori o’rtacha 2,3 mlrd. tonna bo’lib, mumkin bo’lgan chetlanish ±1,4 mlrd. tonnani tashkil etadi. Atmosfera aralashmalari orasida sun’iy radioaktiv parchalanish mahsulotlari alohida o’rinni egallaydi. Ular atom va termoyadro sinov portlatishlari, shuningdek atom elektrostantsiyalaridagi texnogen falokatlar natijasida atmosferaga chiqariladi. Atmosferada ro’y beruvchi fizikaviy jarayonlarda atmosfera aerozollari muhim rol o’ynaydi. Dengiz suvi mavjlanganda atmosferaga qo’shiluvchi gigroskopik dengiz tuzi zarrachalari, shuningdek gigroskopik chang zarralari atmosferada kondensatsiya yadrolari vazifasini bajaradi, ya’ni ularga suv bug’i molekulalari yopishib suv tomchilarini hosil qiladi. Kondensatsiya yadrolarining roli shundaki, ular gigroskopik xususiyati tufayli hosil bo’lgan tomchining turg’unligini oshirishadi. Agar havoda kondensatsiya yadrolari bo’lmaganida edi, o’ta to’yinish holatlarida ham kondensatsiya yuz bermasdi. Yuqorida ta’kidlanganidek, eruvchan gigroskopik tuzlar, ayniqsa dengiz tuzlari, muhim kondensatsiya yadrolari hisoblanadi. Dengiz to’lqinlanganida va dengiz suvining sachrashida hamda tomchilarning keyinchalik havoda bug’lanishida ular atmosferaga katta miqdorda qo’shiladi. To’lqin o’rkachlarida havo pufakchalari paydo bo’lib, ular keyinchalik yoriladi. Natijada dengiz suvining sachrashi sodir bo’ladi.