ATMOSFERA BOSIMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

291,5 KB


ATMOSFERA BOSIMI
Atmosfera bosimi. Havo molekulalarining harakati va ular-ning o’z og’irligi,
ya’ni  qattiq Yerga tortilishi  atmosfera bosimini  vujudga keltiradi. Havo tinch
turganda bosimning maydon birli-giga bo’lgan kattaligi shu maydon ustidagi havo
ustunining og’ir-ligiga teng bo’ladi. Bu havo ustunidagi havo massasining kama-
yishi bosimning kamayishiga, ko’payishi esa uning ortishiga olib keladi.
Berilgan nuqta dengiz sathidan qancha balandda (tog’larda) bo’lsa, bu nuqta
ustidagi havo ustuni shuncha kichik va, binobarin, atmosfera bosimi shuncha kam
bo’ladi. Havo qisilish xususiyatiga ega bo’lganligidan yuqoriga ko’tarilgan sari
bosim bir xilda kama-yib bormay, geometrik progressiya bo’yicha kamayadi, ya’ni
bosim pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda sekinroq pasaya boradi.
Yuqoriga  ko’tarilgan  sari  bosimning  o’zgarishi  barik  bosqich  bilan
ifodalanadi.  Atmosfera  bosimi  yuqoriga  ko’tarilganda  1  mm  yoki  1  mb  ra
kamayadigan yoki pastga tushganda shuncha miq-dorga ortadigan vertikal masofa
(j hisobida) barik bosqich deyiladi. Dengiz sathida bir barik bosqich 8 m/mb yoki
10,5 m/mm ga, 5 km balandlikda 15 m/mb ra, 18 km da esa kariyb 70 m/mb ga
teng. Bir xil balandlikda barik bosqichning katta-kichikligi havo haroratiga bog’liq:
u iliq havoda katta, salqin havoda kichik bo’ladi.
Havo ko’zga ko’rmmasa ham, lekin biz uni sezamiz. Havo har bir kvadrat
santimetr yuzaga 1033 gramm kuch bilan ta’sir etadi. Buni taqqoslash uchun havo
odam tanasiga qancha kuch bilan ta’sir etishini ko’raylik Odam tanasining tashqi
sirt yuzasi o’rtacha 15 000 sm2 ni tashkil etadi. Demak, havo odam tanasiga 12000 -
15000 kg yoki 12 - 15 t yuk og’irligiga teng bosim bilan ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu
og’irlikni tanamiz sezmaydi, chunki tashqaridagi bosim gavdamiz ichidagi havo
bosimi bilan muvozanatlashadi.
Yerdagi hayot aynan ana shu bosimga moslashgan. Shuning uchun kishi
balandlikka ko’tarilgan sari faqat kislorod yetishmas-ligi uchungina emas, balki
Logotip
ATMOSFERA BOSIMI Atmosfera bosimi. Havo molekulalarining harakati va ular-ning o’z og’irligi, ya’ni qattiq Yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi. Havo tinch turganda bosimning maydon birli-giga bo’lgan kattaligi shu maydon ustidagi havo ustunining og’ir-ligiga teng bo’ladi. Bu havo ustunidagi havo massasining kama- yishi bosimning kamayishiga, ko’payishi esa uning ortishiga olib keladi. Berilgan nuqta dengiz sathidan qancha balandda (tog’larda) bo’lsa, bu nuqta ustidagi havo ustuni shuncha kichik va, binobarin, atmosfera bosimi shuncha kam bo’ladi. Havo qisilish xususiyatiga ega bo’lganligidan yuqoriga ko’tarilgan sari bosim bir xilda kama-yib bormay, geometrik progressiya bo’yicha kamayadi, ya’ni bosim pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda sekinroq pasaya boradi. Yuqoriga ko’tarilgan sari bosimning o’zgarishi barik bosqich bilan ifodalanadi. Atmosfera bosimi yuqoriga ko’tarilganda 1 mm yoki 1 mb ra kamayadigan yoki pastga tushganda shuncha miq-dorga ortadigan vertikal masofa (j hisobida) barik bosqich deyiladi. Dengiz sathida bir barik bosqich 8 m/mb yoki 10,5 m/mm ga, 5 km balandlikda 15 m/mb ra, 18 km da esa kariyb 70 m/mb ga teng. Bir xil balandlikda barik bosqichning katta-kichikligi havo haroratiga bog’liq: u iliq havoda katta, salqin havoda kichik bo’ladi. Havo ko’zga ko’rmmasa ham, lekin biz uni sezamiz. Havo har bir kvadrat santimetr yuzaga 1033 gramm kuch bilan ta’sir etadi. Buni taqqoslash uchun havo odam tanasiga qancha kuch bilan ta’sir etishini ko’raylik Odam tanasining tashqi sirt yuzasi o’rtacha 15 000 sm2 ni tashkil etadi. Demak, havo odam tanasiga 12000 - 15000 kg yoki 12 - 15 t yuk og’irligiga teng bosim bilan ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu og’irlikni tanamiz sezmaydi, chunki tashqaridagi bosim gavdamiz ichidagi havo bosimi bilan muvozanatlashadi. Yerdagi hayot aynan ana shu bosimga moslashgan. Shuning uchun kishi balandlikka ko’tarilgan sari faqat kislorod yetishmas-ligi uchungina emas, balki
bosimning kamayib borganligi sababli ham o’zini yomon his etadi. Bosim qancha
past bo’lsa, suv shuncha past haroratda qaynaydi. Masalan, 20 km balandlikda suv
harorat  37°C  bo’lganda  qaynaydi.  Odamning  normal  tana  harorati  36,6°C
ekanligini e’tiborga olsak, bu balandlikda qon bosimi ortishini kuzatish mumkin.
Shuning uchun ham fazogirlarga maxsus kiyim kiydirilib, kosmik kema
ichida harorat, namlik, bosim va shu kabi boshqa holatlarni bir xil me’yorda
saqlaydigan sharoit yaratiladi.
Xalqaro  birliklar  tizimi  (SI)  da  bosim  paskalda  (Pa)  o’lchanadi.  Yaqin
vaqtgacha meteorologiyada bosim birligi sifatida millibarlar-dan (mb) foydalanilar
edi.
1 mb + 100 Pa = 1 gPa.
 Hozir  meteorologiyada bosim  birligi  etib paskal  qabul  qilingan. Lekin
amaliyotda bosim  birligi  sifatida millimetr  simob ustuni  (mm  sim. ust.)  keng
qo’llaniladi.
Bu birlikni boshqa birliklar bilan o’zaro bog’lanishini keltiramiz:
1 mm sim. ust. = 133,33 Pa = 1,3333 gPa;
1 gPa = 0,75 mm sim. ust. yoki
1 gPa = 3/4 mm sim. ust.
1 mm sim. ust. = 4/3 gPa.
Og’irlik kuchi turli kengliklarda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni
dengiz sathidan balandlikka va haroratga bog’liq bo’lganligi sababli normal havo
bosimi  deb  45°  kenglikdagi  dengiz  sathida  harorat  0°C  ga  teng  bo’lgandagi
atmosfera bosimi qa-bul qilingan. Bunday holatda havo ustunining og’irligi  760
mm li simob ustunining og’irligiga teng bo’ladi. Bunda o’rtacha havo bosimi
dengiz sathida 1013,3 gPa ga yaqin bo’ladi.
Yerdan  yuqoriga  ko’tarilgan  sari  havo  bosimi  pasayib,  yerga  yaqin
qatlamlarda har 10 – 11 metr balandlikda bir millimetr simob ustunining bosimiga
kamayadi. Havo bosimining bunday qonu-niyatidan foydalanib (haroratni nazarda
tutgan  holda),  samolyotlar,  yer  yuzasi  va  tog’larning  dengiz  sathiga  nisbatan
balandligini o’lchash mumkin.
Toshkent shahri dengiz sathidan 470 m balandlikda joylash-gan deb olsak, u
holda havo bosimi dengiz sathiga nisbatan simob ustunining 38 – 40 mm ga
Logotip
bosimning kamayib borganligi sababli ham o’zini yomon his etadi. Bosim qancha past bo’lsa, suv shuncha past haroratda qaynaydi. Masalan, 20 km balandlikda suv harorat 37°C bo’lganda qaynaydi. Odamning normal tana harorati 36,6°C ekanligini e’tiborga olsak, bu balandlikda qon bosimi ortishini kuzatish mumkin. Shuning uchun ham fazogirlarga maxsus kiyim kiydirilib, kosmik kema ichida harorat, namlik, bosim va shu kabi boshqa holatlarni bir xil me’yorda saqlaydigan sharoit yaratiladi. Xalqaro birliklar tizimi (SI) da bosim paskalda (Pa) o’lchanadi. Yaqin vaqtgacha meteorologiyada bosim birligi sifatida millibarlar-dan (mb) foydalanilar edi. 1 mb + 100 Pa = 1 gPa. Hozir meteorologiyada bosim birligi etib paskal qabul qilingan. Lekin amaliyotda bosim birligi sifatida millimetr simob ustuni (mm sim. ust.) keng qo’llaniladi. Bu birlikni boshqa birliklar bilan o’zaro bog’lanishini keltiramiz: 1 mm sim. ust. = 133,33 Pa = 1,3333 gPa; 1 gPa = 0,75 mm sim. ust. yoki 1 gPa = 3/4 mm sim. ust. 1 mm sim. ust. = 4/3 gPa. Og’irlik kuchi turli kengliklarda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni dengiz sathidan balandlikka va haroratga bog’liq bo’lganligi sababli normal havo bosimi deb 45° kenglikdagi dengiz sathida harorat 0°C ga teng bo’lgandagi atmosfera bosimi qa-bul qilingan. Bunday holatda havo ustunining og’irligi 760 mm li simob ustunining og’irligiga teng bo’ladi. Bunda o’rtacha havo bosimi dengiz sathida 1013,3 gPa ga yaqin bo’ladi. Yerdan yuqoriga ko’tarilgan sari havo bosimi pasayib, yerga yaqin qatlamlarda har 10 – 11 metr balandlikda bir millimetr simob ustunining bosimiga kamayadi. Havo bosimining bunday qonu-niyatidan foydalanib (haroratni nazarda tutgan holda), samolyotlar, yer yuzasi va tog’larning dengiz sathiga nisbatan balandligini o’lchash mumkin. Toshkent shahri dengiz sathidan 470 m balandlikda joylash-gan deb olsak, u holda havo bosimi dengiz sathiga nisbatan simob ustunining 38 – 40 mm ga
pasayadi. Ya’ni Toshkentda o’rtacha nor-mal havo bosimi 720 – 722 mm sim. ust.
ning bosimiga teng bo’ladi. Havo bosimi ob-havoning o’zgarishiga (siklon yoki
antisiklon-larning o’tishiga) bog’liq holda o’zgarib turadi.
Dengiz sathidagi o’rtacha bosim 760 mm sim.ust. yoki 1013,2 mb ga teng.
Bu miqdor standart, yoki «normal» deb qabul qilingan. Standart miqdor deb, 1000
mb ga teng bosimni qabul qilish mumkin.
Havo  bosimini  kuzatish  muddatlari.
 O’zbekiston  Respub-likasi
Boshgidrometida meteorologik stansiyalarda havo bosimini kuzatish har kuni 4
muddatda: Moskva vaqti bilan soat 0, 6, 12 va l8 larda olib boriladi.
Havo bosimining balandlik bo’yicha o’zgarishi. Kuzatish nuqtasi dengiz
sathidan qanchalik balandlikda joylashsa, havo ustunining balandligi shunchalik
kichik bo’ladi. Shuning uchun yuqoriga ko’tarilgan sari  havo bosimi  kamaya
boshlaydi. Baland tog’larda havo bosimi pasttekislik va tog’ oldi joylarga nisbatan
past bo’ladi. Balandlikka bog’liq holda bosimning o’zgarishi tufayli barometrni
barometrik nivelirlashda qo’llash mumkin. Bunda bo-sim miqdori bilan bir qatorda
havo harorati o’lchanadi. O’lchash natijalarini Babine formulasiga  qo’yib, ikki
nuqta orasidagi balan-dlik farqi topiladi.
Izobarlar.  Sinoptik  xaritalarda  bir  xil  bosim  qiymatiga  ega  bo’lgan
nuqtalarni birlashtirilsa, teng bosimlar chizig’ini, ya’ni izo-barlarni hosil qilamiz
(36-rasm).
36-rasm. Sinoptik xaritalarda izobarlar
Logotip
pasayadi. Ya’ni Toshkentda o’rtacha nor-mal havo bosimi 720 – 722 mm sim. ust. ning bosimiga teng bo’ladi. Havo bosimi ob-havoning o’zgarishiga (siklon yoki antisiklon-larning o’tishiga) bog’liq holda o’zgarib turadi. Dengiz sathidagi o’rtacha bosim 760 mm sim.ust. yoki 1013,2 mb ga teng. Bu miqdor standart, yoki «normal» deb qabul qilingan. Standart miqdor deb, 1000 mb ga teng bosimni qabul qilish mumkin. Havo bosimini kuzatish muddatlari. O’zbekiston Respub-likasi Boshgidrometida meteorologik stansiyalarda havo bosimini kuzatish har kuni 4 muddatda: Moskva vaqti bilan soat 0, 6, 12 va l8 larda olib boriladi. Havo bosimining balandlik bo’yicha o’zgarishi. Kuzatish nuqtasi dengiz sathidan qanchalik balandlikda joylashsa, havo ustunining balandligi shunchalik kichik bo’ladi. Shuning uchun yuqoriga ko’tarilgan sari havo bosimi kamaya boshlaydi. Baland tog’larda havo bosimi pasttekislik va tog’ oldi joylarga nisbatan past bo’ladi. Balandlikka bog’liq holda bosimning o’zgarishi tufayli barometrni barometrik nivelirlashda qo’llash mumkin. Bunda bo-sim miqdori bilan bir qatorda havo harorati o’lchanadi. O’lchash natijalarini Babine formulasiga qo’yib, ikki nuqta orasidagi balan-dlik farqi topiladi. Izobarlar. Sinoptik xaritalarda bir xil bosim qiymatiga ega bo’lgan nuqtalarni birlashtirilsa, teng bosimlar chizig’ini, ya’ni izo-barlarni hosil qilamiz (36-rasm). 36-rasm. Sinoptik xaritalarda izobarlar
Atmosfera  bosimining  O’rta  Osiyo  bo’ylab  taqsimlanishi.  O’rta
Osiyodagi  mustaqil  respublikalar  hududlarida  atmosfera  bosimi  bir  xil
taqsimlanmagan. Yilning qish oylari, shu jumladan, yanvarda dengiz sathidagi eng
yuqori havo bosimi (1028,9 mb) Qirg’iziston Respublikasining shimolidagi Chu
daryosi vodiysida kuzatiladi.
Shu paytning o’zida past bosim (1022 - 1024 mb) Kaspiy dengizi-ning janubiy
qismida  va  Turkmaniston  Respublikasining  janubi-g’arbiy  rayonlarida  ko’proq
kuzatiladi. Farg’ona vodiysi ustida bir muncha yuqori atmosfera bosimi kuzatilsa,
uning geografik xususiyatlariga ko’ra pasttekislik joylari sovuq havo oqimining
yo’nalishiga to’sqinlik qiladi. Bunda bosim gradientlari past-tekisliklarda shimoli-
sharqdan janubi-g’arbga yo’nalgan bo’lsa, Turkmaniston Respublikasi janubida
sharqdan g’arbga yo’nalgan bo’ladi.
Tyan-Shan va Pomir  usti  markazida  bosimi  1045 mb bo’lgan orografik
antisiklon mavjud bo’ladi. Bu yerda bosim gradienti pastga, pasttekisliklar tomon
yo’nalgan.
Issiqko’l va Fedchenko muzliklari ustida mahalliy depressiya kuzatiladi.
Xayrabod  meteostansiyasi  ma’lumotlariga  ko’ra,  Kopeddo-g’ning  yuqori
mintaqalarida  ham  bosimning  pasayishi  kuzatiladi.  Har  qalay  bu  depressiya
yuqorida  qayd  etilgan  Turkmaniston  Respublikasining  janubi-g’arbidagi  past
bosimning davomi bo’lishi kerak.
O’lkamizga bahor kelisi  bilan atmosfera bosmiining taqsim-lanisi keskin
o’zgaradi. Qozog’iston Respublikasi va Janubiy Ural ustida mustaqul antisiklon
bo’lganligi  sababli  yuqori  bosim  oqimi  O’rta  Osiyoning  shimoliga  suriladi.
Izobarlar  1018,  1017,  1016  mb  O’rta  Osiyoda  kenglik  bo’ylab  joylashib,
Qozog’iston  Respublikasi  ustidagi  maksimal  bosimning  janubiy  holatini  aks
ettiradi. Bosim gradientlari shimoldan janubga yo’nalgan. Orol dengizi rayonida
izobarlar  1017  va  1016  mb  janubga  qarab  bukiladi.  Izobar  1015  mb  esa
Turkmaniston Respublikasining janubiy chegarasi va Eron bo’ylab o’tadi. Mart
oyida Amudaryoning o’rta oqimida hosil bo’lgan past bosim oqimi aprel oyida
janubi-g’arbga, Bayramali tomon tarqaladi.
Logotip
Atmosfera bosimining O’rta Osiyo bo’ylab taqsimlanishi. O’rta Osiyodagi mustaqil respublikalar hududlarida atmosfera bosimi bir xil taqsimlanmagan. Yilning qish oylari, shu jumladan, yanvarda dengiz sathidagi eng yuqori havo bosimi (1028,9 mb) Qirg’iziston Respublikasining shimolidagi Chu daryosi vodiysida kuzatiladi. Shu paytning o’zida past bosim (1022 - 1024 mb) Kaspiy dengizi-ning janubiy qismida va Turkmaniston Respublikasining janubi-g’arbiy rayonlarida ko’proq kuzatiladi. Farg’ona vodiysi ustida bir muncha yuqori atmosfera bosimi kuzatilsa, uning geografik xususiyatlariga ko’ra pasttekislik joylari sovuq havo oqimining yo’nalishiga to’sqinlik qiladi. Bunda bosim gradientlari past-tekisliklarda shimoli- sharqdan janubi-g’arbga yo’nalgan bo’lsa, Turkmaniston Respublikasi janubida sharqdan g’arbga yo’nalgan bo’ladi. Tyan-Shan va Pomir usti markazida bosimi 1045 mb bo’lgan orografik antisiklon mavjud bo’ladi. Bu yerda bosim gradienti pastga, pasttekisliklar tomon yo’nalgan. Issiqko’l va Fedchenko muzliklari ustida mahalliy depressiya kuzatiladi. Xayrabod meteostansiyasi ma’lumotlariga ko’ra, Kopeddo-g’ning yuqori mintaqalarida ham bosimning pasayishi kuzatiladi. Har qalay bu depressiya yuqorida qayd etilgan Turkmaniston Respublikasining janubi-g’arbidagi past bosimning davomi bo’lishi kerak. O’lkamizga bahor kelisi bilan atmosfera bosmiining taqsim-lanisi keskin o’zgaradi. Qozog’iston Respublikasi va Janubiy Ural ustida mustaqul antisiklon bo’lganligi sababli yuqori bosim oqimi O’rta Osiyoning shimoliga suriladi. Izobarlar 1018, 1017, 1016 mb O’rta Osiyoda kenglik bo’ylab joylashib, Qozog’iston Respublikasi ustidagi maksimal bosimning janubiy holatini aks ettiradi. Bosim gradientlari shimoldan janubga yo’nalgan. Orol dengizi rayonida izobarlar 1017 va 1016 mb janubga qarab bukiladi. Izobar 1015 mb esa Turkmaniston Respublikasining janubiy chegarasi va Eron bo’ylab o’tadi. Mart oyida Amudaryoning o’rta oqimida hosil bo’lgan past bosim oqimi aprel oyida janubi-g’arbga, Bayramali tomon tarqaladi.
Tojikiston Respublikasining janubiy-sharqiy hududlari usti-dagi depressiya
sekin-asta  O’zbekiston  Respublikasining  janubiy rayonlari  (Termiz)  ni  egallab
oladi.
Farg’ona vodiysi ustidagi yuqori bosim sust depressiya bilan almashadi.
Tog’li  joylar  markazida  (Qorako’l)  1022  mb  dan  yuqori  bosimli  orografik
antisiklon saqlanib qoladi.
Yoz oylarida havo bosimining taqsimlanishi qish oylariga nisbatan keskin
farq qiladi. Ularning mutlaq miqdorlari kamayadi.
Eng  yuqori  bosimli  oqim  pasttekisliklarida  shimoliy-g’arbga  (Ustyurt
platosi) tog’li joylarda esa, shimolga, markaziy Tyan-Shanga ko’chadi. lyul oyida
Pomir ustidagi maksimum bosim markazdagi bosim 2000 mb bo’lgan chuqur
depressiyaga alma-shadi.
Past bosimli oqim Pomirning janubiy rayonlaridan tashqari yana O’zbekiston
Respublikasining  janubi-sharqiy  va  Tojikiston  Respublikasining  janubi-g’arbiy
hududlariga tarqaladi. Izobarlar 1000,1001,1002,1003 mb O’rta Osiyoning janubi-
sharqini janubi-g’arbdan, shimoli-sharqqa kesib o’tadi.
Shu bilan birgalikda markaziy Tyan-Shanda havo bosimi birmuncha yuqori
(markazda 1007 mb dan ko’p). Ikkinchi yuqori bosimli joy – Ustyurtning ustida
joylashgan. Bunday bosimning yu-qori miqdorlari O’rta Osiyoning shimoli-g’arbiy
qismida  antisik-lonli  sirkulatsiyani  yuzaga  chiqaradi.  Farg’ona  vodiysida  past
bosimli (markazda 1003 mb dan kam) oqim kuzatiladi.
O’rta  Osiyoda  kuzgi  davrda  bosimning  taqsimlanishi,  birinchi  navbatda
Osiyo antisiklonining yangitdan hosil bo’lishi bilan ifodalanadi.
Havo bosimini o’lchaydigan asboblar. Asbobning maqsadga muvofiqligiga
qarab atmosfera bosimini o’lchovchi asboblar xilma-xil modelda bo’lishi mumkin,
lekin  ularning  barchasi  uch  xil  turga  bo’linadi:  simobli  barometrlar  (yoki
manometrlar), aneroidlar va gipsotermometrlar.
Simobli  barometrlar  eng aniq bo’lib, asosan,  meteorologik stansiyalarda
atmosfera  bosimini  o’lchash  uchun  qo’llaniladi.  Ular  ichida  eng  ko’p
ishlatiladigani kosachali barometrdir.
Kosachali  barometr  -  atmosfera  bosimini  meteorologik  stan-siyalarda
o’lchaydigan asosiy asbobdir (37-rasm).
Logotip
Tojikiston Respublikasining janubiy-sharqiy hududlari usti-dagi depressiya sekin-asta O’zbekiston Respublikasining janubiy rayonlari (Termiz) ni egallab oladi. Farg’ona vodiysi ustidagi yuqori bosim sust depressiya bilan almashadi. Tog’li joylar markazida (Qorako’l) 1022 mb dan yuqori bosimli orografik antisiklon saqlanib qoladi. Yoz oylarida havo bosimining taqsimlanishi qish oylariga nisbatan keskin farq qiladi. Ularning mutlaq miqdorlari kamayadi. Eng yuqori bosimli oqim pasttekisliklarida shimoliy-g’arbga (Ustyurt platosi) tog’li joylarda esa, shimolga, markaziy Tyan-Shanga ko’chadi. lyul oyida Pomir ustidagi maksimum bosim markazdagi bosim 2000 mb bo’lgan chuqur depressiyaga alma-shadi. Past bosimli oqim Pomirning janubiy rayonlaridan tashqari yana O’zbekiston Respublikasining janubi-sharqiy va Tojikiston Respublikasining janubi-g’arbiy hududlariga tarqaladi. Izobarlar 1000,1001,1002,1003 mb O’rta Osiyoning janubi- sharqini janubi-g’arbdan, shimoli-sharqqa kesib o’tadi. Shu bilan birgalikda markaziy Tyan-Shanda havo bosimi birmuncha yuqori (markazda 1007 mb dan ko’p). Ikkinchi yuqori bosimli joy – Ustyurtning ustida joylashgan. Bunday bosimning yu-qori miqdorlari O’rta Osiyoning shimoli-g’arbiy qismida antisik-lonli sirkulatsiyani yuzaga chiqaradi. Farg’ona vodiysida past bosimli (markazda 1003 mb dan kam) oqim kuzatiladi. O’rta Osiyoda kuzgi davrda bosimning taqsimlanishi, birinchi navbatda Osiyo antisiklonining yangitdan hosil bo’lishi bilan ifodalanadi. Havo bosimini o’lchaydigan asboblar. Asbobning maqsadga muvofiqligiga qarab atmosfera bosimini o’lchovchi asboblar xilma-xil modelda bo’lishi mumkin, lekin ularning barchasi uch xil turga bo’linadi: simobli barometrlar (yoki manometrlar), aneroidlar va gipsotermometrlar. Simobli barometrlar eng aniq bo’lib, asosan, meteorologik stansiyalarda atmosfera bosimini o’lchash uchun qo’llaniladi. Ular ichida eng ko’p ishlatiladigani kosachali barometrdir. Kosachali barometr - atmosfera bosimini meteorologik stan-siyalarda o’lchaydigan asosiy asbobdir (37-rasm).
37-rasm. Simobli barometr turlari:  a)  kosachali;  b)  sifonli;  d)  sifonli-
kosachali; e) kosachali barometr.
Italiyalik olim Torichelli tajribasi asosida yaratilgan asbob uzunligi 80 sm va
diametri 8 mm shisha trubkadan (1) iborat bo’lib, uning ochiq tomoni barometrik
kosachaga (2) tushirilgan. Kosacha tashqi havo bilan vint (3) bilan bekitiladigan
teshikcha orqali bog’-langan. Shisha trubkaning yuqori qismi kovsharlangan, uning
ichi-da  havo bo’lmaydi, shu sababli  kosachadagi  simob  yuzasiga  tashqi  havo
bosimi  ta’sirida  trubkadagi  simob  ustuni  ma’lum  baland-likkacha  ko’tariladi.
Simob ustunining og’irligi atmosfera bosimiga teng.
Shisha trubka kosachaga ulangan metaldan qilingan g’ilofga (4) o’rnatilgan,
uning  yuqorigi  qismida  trubkadagi  simob  ustu-nining  holatini  kuzatish  uchun
darcha qoldirilgan. Darchaning yon tomonida mm sim.ust. yoki mb da berilgan
shkala o’rnatilgan. Olinadigan sanoqning o’ndan bir bo’lagini topish uchun vint (5)
yordamida  shkala  bo’yicha  harakat  qiladigan,  g’ilof  ichida  konusli  uzuk
o’rnatilgan. G’ilof o’rtasidagi termometr  (6)  yordamida sanoq olinishidan oldin
asbob harorati o’lchanadi.
Kosachali  barometrlar  meteorologik  stansiyalarda  harorati  deyarli
o’zgarmaydigan  ichki  xonalarning  birida  devorga  mahkam-langan  maxsus
qutichaga joylashtiriladi. 
Atmosfera  bosimi  barometrik  kosachadagi  simob  ustuni  sathi-dan  to
trubkaning meniskigacha bo’lgan balandlikka teng. Ammo bu o’lchashlarda bosim
o’zgarib turganda kosachadagi simob sat-hining o’zgarishi e’tiborga olinmaydi,
Logotip
37-rasm. Simobli barometr turlari: a) kosachali; b) sifonli; d) sifonli- kosachali; e) kosachali barometr. Italiyalik olim Torichelli tajribasi asosida yaratilgan asbob uzunligi 80 sm va diametri 8 mm shisha trubkadan (1) iborat bo’lib, uning ochiq tomoni barometrik kosachaga (2) tushirilgan. Kosacha tashqi havo bilan vint (3) bilan bekitiladigan teshikcha orqali bog’-langan. Shisha trubkaning yuqori qismi kovsharlangan, uning ichi-da havo bo’lmaydi, shu sababli kosachadagi simob yuzasiga tashqi havo bosimi ta’sirida trubkadagi simob ustuni ma’lum baland-likkacha ko’tariladi. Simob ustunining og’irligi atmosfera bosimiga teng. Shisha trubka kosachaga ulangan metaldan qilingan g’ilofga (4) o’rnatilgan, uning yuqorigi qismida trubkadagi simob ustu-nining holatini kuzatish uchun darcha qoldirilgan. Darchaning yon tomonida mm sim.ust. yoki mb da berilgan shkala o’rnatilgan. Olinadigan sanoqning o’ndan bir bo’lagini topish uchun vint (5) yordamida shkala bo’yicha harakat qiladigan, g’ilof ichida konusli uzuk o’rnatilgan. G’ilof o’rtasidagi termometr (6) yordamida sanoq olinishidan oldin asbob harorati o’lchanadi. Kosachali barometrlar meteorologik stansiyalarda harorati deyarli o’zgarmaydigan ichki xonalarning birida devorga mahkam-langan maxsus qutichaga joylashtiriladi. Atmosfera bosimi barometrik kosachadagi simob ustuni sathi-dan to trubkaning meniskigacha bo’lgan balandlikka teng. Ammo bu o’lchashlarda bosim o’zgarib turganda kosachadagi simob sat-hining o’zgarishi e’tiborga olinmaydi,
natijada shkalaning nol da-rajasi  har doim kosachadagi simob sathiga to’g’ri
kelavermaydi.
Shunday usul  bilan  o’lchangan  bosim  har  qalay  aniqroq  bo’lishi  uchun
o’rnini bosuvchi shkaladan foydalaniladi, uning har bir bo’linmasi l mb ga teng
bo’lmagani sababli, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
n=
R
r1+r2
Bu yerda:  R - kosachaning ichki radiusi;  rx va  r2 - barometrik trubkaning
ichki va tashqi radiuslari.
 MDHdagi  o’rnatilgan  kosachali  barometrlarning  o’rnini  bosuvchi
shkalasining bir bo’linmasi 0,98 mb (l mb deb sanoq-lanadi) ga teng. Kosachali
barometr  bo’yicha  olingan  sanoq  oxirgi  natija  hisoblanmaydi.  Unga  quyidagi
tuzatmalar kiritilishi kerak: asbobiy, haroratga va joyning kengligi va uning dengiz
sathidan balandligiga bog’liq holda kiritilgan erkin tushish tezligi.
Tuzatilgan  bosim  (sanoqdan  tuzatma)  stansiya  sathidagi  havo  bosimini
ko’rsatadi. Agar turli xil balandliklarda joylashgan meteo-rologik stansiyalardagi
atmosfera bosimi bo’yicha ma’lumotlarni taqqoslash kerak bo’lib qolsa, o’lchangan
bosim dengiz sathiga "keltiriladi". Dengiz sathiga keltirish – stansiya sathidagi
atmosfera bosimi miqdoriga stansiya sathidan dengiz sathigacha bo’lgan bosim
birligidagi havo ustuni og’irligrni qo’shish demakdir:
Pden.s = Pst.s+∆P.
Har turli bosim va havo harorati miqdorlari uchun P miqdorini maxsus jadval
yordamida topish mumkin.
Gipsotermometr  -  yoki  termobarometr  atmosfera  bosimini  o’lchaydigan
asbob bo’lib, suvning qaynash nuqtasi bilan tashqi bosim o’rtasidagi bog’lanishdan
foydalanishga asoslangan (38-rasm).
Logotip
natijada shkalaning nol da-rajasi har doim kosachadagi simob sathiga to’g’ri kelavermaydi. Shunday usul bilan o’lchangan bosim har qalay aniqroq bo’lishi uchun o’rnini bosuvchi shkaladan foydalaniladi, uning har bir bo’linmasi l mb ga teng bo’lmagani sababli, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: n= R r1+r2 Bu yerda: R - kosachaning ichki radiusi; rx va r2 - barometrik trubkaning ichki va tashqi radiuslari. MDHdagi o’rnatilgan kosachali barometrlarning o’rnini bosuvchi shkalasining bir bo’linmasi 0,98 mb (l mb deb sanoq-lanadi) ga teng. Kosachali barometr bo’yicha olingan sanoq oxirgi natija hisoblanmaydi. Unga quyidagi tuzatmalar kiritilishi kerak: asbobiy, haroratga va joyning kengligi va uning dengiz sathidan balandligiga bog’liq holda kiritilgan erkin tushish tezligi. Tuzatilgan bosim (sanoqdan tuzatma) stansiya sathidagi havo bosimini ko’rsatadi. Agar turli xil balandliklarda joylashgan meteo-rologik stansiyalardagi atmosfera bosimi bo’yicha ma’lumotlarni taqqoslash kerak bo’lib qolsa, o’lchangan bosim dengiz sathiga "keltiriladi". Dengiz sathiga keltirish – stansiya sathidagi atmosfera bosimi miqdoriga stansiya sathidan dengiz sathigacha bo’lgan bosim birligidagi havo ustuni og’irligrni qo’shish demakdir: Pden.s = Pst.s+∆P. Har turli bosim va havo harorati miqdorlari uchun P miqdorini maxsus jadval yordamida topish mumkin. Gipsotermometr - yoki termobarometr atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob bo’lib, suvning qaynash nuqtasi bilan tashqi bosim o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishga asoslangan (38-rasm).