ATMOSFERA BOSIMINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: atmosfera bosimi va uning o‘lchov birliklarini
o‘rganish. Kosachali barometr, barometr-aneroid va barograflarning tuzilishini
o‘rganish va ular yordamida atmosfera bosimini o‘lchashni. Bosim o‘zgarishiga
qarab balandlikni aniqlashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Atmosfera bosimi va uning o‘lchov birliklarini o‘rganish;
2. Kosachali barometrning tuzilishini o‘rganish;
3. Barometr-aneroidning tuzilishini o‘rganish;
4. Barografning tuzilishini o‘rganish;
5. Barometr-aneroid va barograf yordamida atmosfera bosimini o‘lchashni
o‘rganish;
6. Barometrik nivelirlash orqali balandliklar farqini aniqlang.
Kerakli materiallar va asboblar: ish daftari, darslik va o‘quv
qo‘llanmalar, meteorologik stansiya ma’lumotlari, jadvallar, kosachali barometr,
barometr-aneroid, barograf.
2.1. Atmosfera bosimi va uning o‘lchov birliklari
Atmosfera bosimi deganda, atmosferadagi havo massasining atmosferada
mavjud bo‘lgan barcha predmetlarga va Yer yuzasiga ko‘rsatadigan bosimi
tushuniladi. Aniqroq aytganda, yer yuzasidan to atmosferaning eng yuqori
qatlamigacha bo‘lgan ma’lum hajmdagi havo ustunining shu ustun tagidagi
maydonga bosib turadigan kuchga aytiladi va mm.sim.ust/sm2 yoki mb/sm2 da
o‘lchanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, dastlab atmosfera bosimi simob ustunining
balandligi mm da o‘lchanib kelingan. Ma’lumki, mm uzunlik o‘lchov birligi
1
bo‘lganligi uchun bosimni o‘lchashda birmuncha noqulayliklar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun 1930 yildan boshlab yangi xalqaro o‘lchov birligi qilib “bar” qabul
qilingan. Lekin amalda bosimni o‘lchash uchun millibar (mbar) ishlatiladi. 1980
yildan boshlab xalqaro birlik qilib Paskal (Pa) qabul qilingan, lekin, amalda
Gektapaskal (g/Pa) ishlatiladi.
Atmosfera bosimi asosiy meteorologik kattaliklardan biri bo‘lganligi uchun
ham u barcha meteorologik stansiyalarda o‘lchanadi. Atmosfera bosimi
qiymatlaridan barometrik nivelirlashda, ya’ni bir joyning ikkinchi joyga nisbatan
balandligini aniqlashda, joyning relef kartasini tuzishda, ob–havoning mahalliy
alomatlariga qarab, uning yaqin kunlarda qanday bo‘lishini oldindan aytib berish
kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Millimetr simob ustuni (mm sim. ust.) – kosachali barometrdagi simob
ustunining 1 mm ga o‘zgarishiga mos bo‘lgan atmosfera bosimining
ko‘rsatgichidir. Atmosfera bosimi SGS (santimetr-gramm-sekund) o‘lchov
birliklar sistemasida mb birlikda o‘lchanib, u 1 sm2 sirtga tik ravishda 1000 dina
kuch bilan ta’sir qiladigan bosimga teng;
Bosimning o‘lchov birliklari orasidagi tenglik quyidagicha:
1mm sim.ust=1,33 mb yoki 1 mb=0,75 mm sim.ust.
Xalqaro birliklar (SI) sistemasida atmosfera bosimi Paskal (Pa) da o‘lchanadi.
Paskal bilan mm sim.ust va mb lar o‘rtasidagi tenglik quyidagi ko‘rinishga ega:
1 mm.sim.ust=133Pa=1,33gPa (gektopaskal)
yoki
1 mb = 102 Pa = 1 gPa
Atmosfera bosimini o‘lchash uchun meteorologik stansiyalarda simobli stansion
barometr ishlatiladi. Bu barometrlar ko‘rsatkichi eng aniq bo‘lib, boshqa asboblar
ko‘rsatkichi simobli barometr ko‘rsatkichiga ko‘ra solishtiriladi. Aerologik,
ekspeditsion kemalar va dala sharoitida bosimni o‘lchash uchun metall barometr–
aneroidlar ishlatiladi.
Kosachali barometr. Meteorologik stansiyalarda xonaning ichiga maxsus
yog‘ochdan qilingan oynali g‘ilofga o‘rnatiladi va devorga mahkamlanadi. Shuning
uchun stansion barometr deb ham ataladi. Simobli barometrlarning aniqligi boshqa
2
barometrlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Asbobning quyi qismi simob to‘ldirilgan
shisha naycha kosacha 2 ga botirib qo‘yiladi.
a
b
2.1.1-rasm. a-kosachali barometrning tuzilishi, b-noniusning ko‘rinishi.
Naychaning yuqori qismi havo kirmaydigan qilib mahkamlangan. Naychaning quyi
qismi shayba yordamida kosachaga mahkamlangan bo‘ladi. Kosachaning ustki
qismida atmosfera havosi kirib turishi uchun teshikchamavjud bo‘lib u vint 3 bilan
yopilgan. SHisha naychaning yuqori qismida havo yo‘q, Shuning uchun
kosachaning ichidagi simob yuzasiga atmosfera bosimi ta’siri ostida naycha
ichidagi simob ustuni ma’lum balandlikkacha ko‘tariladi. Simob ustunining
og‘irligi atmosfera bosimiga teng Bu gardishning yuqori qismida naychaning ikki
tomonida uzunasiga joylashgan teshiklar ochilgan. Bu teshiklar orqali naychadagi
simob ustunining balandligi kuzatiladi. Bu bo‘ylama teshikning bir tomoniga mm
sim.ust. yoki gPa dagi shkala chizilgan. O‘ndan bir bo‘laklar hisobini olish uchun
3
gardishning ichiga vint 4 yordamida shkala bo‘yicha harakatlanadigan noniusli (b)
halqa o‘rnatilgan. Gardishning o‘rta qismiga termometr joylashtirilgan, bu
termometr yordamida simob ustuni balandligi hisobini olishdan oldin asbobning
harorati o‘lchanadi.
SHisha naychaning pastki qismiga termometr T o‘rnatilgan. Teshikning chap
tomoniga shkala yozilgan, shisha naycha bo‘ylab shkalaning ustidan balandga-
pastga harakatlanadigan noniusdi xalqa o‘rnatilgan. Bu xalqa maxsus vintga
o‘xshash qurilma bilan harakatga keltiriladi va simobning eng yuqori darajasiga
to‘g‘rilab hisob olinadi. G‘ilofning eng yuqori qismiga asbobni osib qo‘yish uchun
maxsus xalqa o‘rnatilgan.
Barometr isitgich asboblardan, eshik va derazalardan uzoqda o‘rnatilishi
lozim. Kosachali barometrda atmosfera bosimini o‘lchash uchun xonada yoritish
chiroqlari yoqilib, shkaf ochiladi. Eng avvalo 0,1 bo‘laklar hisobga olinadi va
keyinchalik simobning yuqori darajasi tekis chiziqli bo‘lish uchun barometr
g‘ilofiga barmoq bilan to‘qillatib urib qo‘yiladi. Simobning sathi bir tekis bo‘lgach
pastga tushiriladi va pastki kesma sathigacha tushirilib simob yuqori sathiga
tekkandan so‘ng o‘ng va chap tomondan qaraganda raqamlar yaxshi ko‘rinishi
uchun orqa tomondan yorug‘lik tushib turadi. Hisob aniqligi 0,1 mbar bo‘lishi
kerak.
Simobli barometr ko‘rsatkichlariga tuzatmalar kiritiladi. Bu tuzatmalar
asosan uch xil bo‘ladi:
1.Barometr haroratiga; 2.Erkin tushish tezlanishiga; 3.Asbobning
noaniqliklarga tuzatma kiritiladi.
Harorat 0 °C ga teng bo‘lganda, simob ustunining balandligi odatdagi
(normal) bosim deb qabul qilingan va bosim ko‘rsatishiga tuzatma kiritilmaydi.
Harorat 0°C dan yuqori bo‘lganda kiritiladigan tuzatma manfiy (0 °C dan past)
haroratda esa musbat ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Dengiz sathidan balandga ko‘tarilgan sari bu ko‘rsatkich kamayib boradi.
Og‘irlik kuchining tezlanishi yer sharining shimoliy va janubiy qutblarida yuqori.
Dengiz sathidan turlicha balandliklarda va yer sharining turli kengliklarida olingan
bosim ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash mumkin bo‘lishi uchun bir xil
4
o‘lchovga (standartga) keltirish kerak. Bunday bir xil og‘irlik kuchi tezlanishning
o‘lchov birligi qilib 45° kenglikdagi, dengiz sathidagi bosim ko‘rsatkichi qabul
qilingan. Yer sharining 0-45° gacha bo‘lgan kengliklarida barometr ko‘rsatkichlari
oshib borsa, 45-90° gacha bo‘lgan kengliklarda, aksincha kamayib boradi.
Asbobning noaniqligiga tuzatma zavod tomonidan qiritiladi va u har bir
asbobning pasportiga yoziladi. Atmosfera bosimining erkin tushish tezlanishga
bog‘liq o‘zgarishi juda kam. Shuning uchun uni har bir joy uchun, o‘rtacha yillik
bosim ko‘rsatkichiga ko‘ra, asbob noaniqligiga kiritiladigan tuzatma qo‘shilib,
“doimiy” tuzatma hisoblab chiqiladi. Demak, simobli barometr ko‘rsatkichiga
“doimiy” tuzatma va harorat bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatmalar kiritiladi (haroratga
kiritiladigan tuzatma maxsus jadvaldan olinadi).
Barometr-aneroidning tuzilishi. Aneroidning qabul qiluvchi qismi-
qopqog‘i va tagi to‘lqinsimon (gofrlangan) sirtli metall quticha 1 dan iborat. Bu
qutichadan havo so‘rib olingan (qutichaning ichidagi havo bosimi 102 mm. sim.
ust. dan ham kam). Atmosfera bosimi ta’sirida quticha-prujina bir-biriga yopishib
qolmasligi uchun qutichaning qopqog‘ini kuchli metall 2 prujina yuqoriga tortib,
muvozanatni saqlab turadi (2.1.2-rasm).
Bosim oshsa, qopqoq prujina pastga bukiladi va tortib turuvchi prujinani
pastga tortadi. Prujinaning ustki qismiga uzatkich qurilma orqali strelka
mahkamlangan. Quticha (prujinaning) pastki qismi asbobning asosiga
mahkamlangan. Shuning uchun bosim ortganda, prujina siqilsa, bosim
kamayganda, prujina yuqoriga ko‘tariladi. Qutichaning bosim o‘zgarish
deformatsiyasining miqdori juda kichik. Atmosfera bosimi 80 mm sim.ust. ga
o‘zgarsa, quticha deformatsiyasi 0,3 mm ga teng bo‘ladi. Bu kichik o‘zgarish
shkalaning ko‘rsatkich strelkasi orqali shunday moslashtirilganki, bosimni
ko‘rsatish shkalasiga 200 dan 800 martaga kattalashtirib beradi.
5
2.1.2-rasm. Barometr-aneroidning tuzilish sxemasi:
1-metall quticha; 2-prujina; 3-uzatkich qurilma; 4-ko‘rsatkich strelkasi.
Aneroid quticha qopqog‘ining kuchsiz tebranishlari richaglar orqali
kuchaytirilib, strelka 2 ga uzatiladi, bosim o‘zgarganda strelka shkala bo‘ylab o‘ng
yoki chap tomonga harakat qiladi. Strelkaning ko‘rsatishi simobli barometrning
ko‘rsatishlariga moslangan bo‘lib, shkalasi mm.sim.ust. va bevosita Pa birliklarda
ifodalangan.
Asbob haroratini o‘lchash uchun barometr aneroidga yoysimon simobli
termometr o‘rnatilgan. Termometr shkalasining har bir bo‘lagi 1 °C ga teng.
Barometr-aneroidning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ularning konstruksiyalari
ham turlichadir. Barometr-aneroidni ishlatishdan oldin maxsus gorizontal asosga
yoki gorizontal holatdagi stol ustiga o‘rnatiladi va asbobning g‘ilofi faqat o‘lchash
ishlari olib borilayotgan vaqtda ochiladi. Bosimni o‘lchashdan oldin asbobga
o‘rnatilgan simobli termometrning ko‘rsatkichi 0,1 °C aniqlikda yozib olinadi va
so‘ngra asbobning oynasiga sekingina barmoq bilan chertib (strelkaning
ishqalanishini oldini olish uchun) asbobning ko‘rsatkichi 0,1 gPa yoki 0,1
mm.sim.uct. teng bo‘lgan aniqlikda yozib olinadi. O‘lchash ishlari bajarilgandan
so‘ng bosimning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun unga shkaladagi va xatoliklar
bo‘yicha tuzatma va qo‘shimcha tuzatmalar kiritiladi. Tuzatmalar har-bir
asbobning tekshirish guvohnomasiga asosan yoziladi.
6
Barcha barometr-aneroidlarning shkalasi bir xil standart asosida ishlangan
bo‘lsa ham har bir aneroid boshqa aneroiddan uzatish qurilmasi, strelkasi, shkalasi
bo‘yicha qisman farq qiladi. Shuning uchun turli aneroid ko‘rsatkichlari bir xil
qiymatga ega bo‘lmaydi. Ularning ko‘rsatishlarini bir xilligini ta’minlash uchun
har bir asbobga yuqorida aytilgan tuzatmalar kiritiladi. Shundagina biz har bir
aneroid yordamida haqiqiy atmosfera bosimini aniqlashga erishamiz. Barometr-
aneroid orqali aniqlangan bosim ko‘rsatkichi, stansion yoki boshqa aniq simobli
barometr ko‘rsatishiga solishtiriladi va shunga asosan barometr-aneroid shkalasiga
tuzatmalar kiritiladi. Barometr-aneroid shkalasiga kiritiladigan tuzatmalar har 10
mm.sim.ust. uchun berilgan. Har 10 mm.sim.ust. oralig‘idagi miqdorlar uchun zurur
bo‘lgan tuzatmalar interpolyasiya usuli yordamida topiladi.
Ma’lumki, jismlar issiqda kengayib, sovuqda torayadi. Shunga ko‘ra,
barometr-aneroidning bosim ko‘rsatkichlari atrof muhit haroratiga bog‘liq holda
o‘zgaradi. Ya’ni muhit harorati aneroid quticha va prujinaga ta’sir etib, harorat
oshganda aneroid qutichasining elastikligini kamaytirsa, harorat pasayganda,
aksincha holat ro‘y beradi. Demak, harorat ta’sirida bosim o‘zgarmasa ham, asbob
ko‘rsatkichi o‘zgaradi. Shuning uchun ham aneroid xatoligini to‘g‘rilash uchun
asbob ko‘rsatkichiga harorat bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatma kiritiladi.
Barometr-aneroid bilan bosimni aniqlashda bosimga asbob haroratining
ta’sirini aniqlash uchun aneroid haroratini 0 °C ga keltirilish kerak. Shuning uchun
aneroid haroratini 1 oC o‘zgarishi uchun harorat tuzatma koeffitsienti aniqlanadi va
u har bir asbobning tekshirish guvohnomasida yozilgan bo‘ladi. Asbobning
haroratiga kiritiladigan tuzatma koeffitsientini K deb belgilasak, asbob
ko‘rsatadigan (0 °C ga tenglashtirish uchun) tuzatma qiymatni X deb belgilasak,
asbob haroratini t deb belgilasak, quyidagi ifodani hosil qilamiz:
X = K t
Prujina va qutichaning qoldiq deformatsiyasini hisobga olish uchun qo‘shimcha
tuzatma kiritiladi. Vaqt o‘tishi bilan qo‘shimcha tuzatma ham o‘zgarib turadi.
Shuning uchun asbobni tekshirish guvohnomasida qo‘shimcha tuzatma kiritilgan
sana yozib qo‘yiladi va sanaga qarab tuzatmani aniqlab turish talab etiladi.
7