ATMOSFERA MONITORINGI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

26,1 KB


ATMOSFERA MONITORINGI
1. Tabiatdan foydalanishdagi tabiat qonunlari va qonuniyatlari
2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari
3.Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari
Tayanch iboralar:
Tabiat  qonunlari,  geojuftlik,  paragenetik  geotizim,  resurslarning
qashshoqlanishi,  Landshaft  xilma-xilligi,  “tabiat-jamiyat”  tizimi,  ekologik  toza
texnologiya, ekologik toza mahsulot, me’yorga yarasha, sabab-oqibatlar zanjiri,
voha, tuproq-meliorativ ahvol, chiqitsiz texnologiya.
Tabiat  boyliklaridan  foydalanish  murakkab  jarayon.  Ayniqsa,  hozirgi
ilmiy-texnik  taraqqiyot  bosqichida  resurslarni  xo‘jalik  muomalasiga  ko‘plab
kiritilayotgan bir paytda tabiiy muhit inson omili ta’sirida kuchli o‘zgarishlarga
duchor bo‘lmokda. Buning oqibatida ekologik vaziyat jiddiylashmoqda, aholining
sog‘ligiga  putur  etmoqda,  boyliklarning  qashshoqlashishi  tezlashmoqda,  tabiat
komponentlari ifloslanmoqda va boshqalar. Bu vaziyatda tabiatdan foydalanishning
ilmiy asoslari naqadar katta ahamiyat kasb etadi.  Inson-tabiatning bir qismidir.
Insonning tabiat bilan aloqasi ularning o‘zaro ta’sirida seziladi. Insonning tabiat
bilan  o‘zaro  ta’sirining  o‘ziga  xosligi  uning  turmushining  madaniy  darajasida
ifodalanadi.  Ma’lumki,  ekologik  ong  yoki  savodxonlik  ekologik  madaniyatni
belgilaydi. Ma’rifatparvarlardan biri shunday degan ekan: agar madaniyat stixiyali
rivojlansa, u holda undan so‘ng faqat cho‘l qoladi, bu gapning ma’nosi ancha
chuqur, hozirgi vaqtda bu o‘tmish haqida darak beribgina qolmay, balki kelajakka
nisbatan ogoh bo‘lishlik to‘g‘risida ham xabar beradi.
Logotip
ATMOSFERA MONITORINGI 1. Tabiatdan foydalanishdagi tabiat qonunlari va qonuniyatlari 2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari 3.Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari Tayanch iboralar: Tabiat qonunlari, geojuftlik, paragenetik geotizim, resurslarning qashshoqlanishi, Landshaft xilma-xilligi, “tabiat-jamiyat” tizimi, ekologik toza texnologiya, ekologik toza mahsulot, me’yorga yarasha, sabab-oqibatlar zanjiri, voha, tuproq-meliorativ ahvol, chiqitsiz texnologiya. Tabiat boyliklaridan foydalanish murakkab jarayon. Ayniqsa, hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot bosqichida resurslarni xo‘jalik muomalasiga ko‘plab kiritilayotgan bir paytda tabiiy muhit inson omili ta’sirida kuchli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmokda. Buning oqibatida ekologik vaziyat jiddiylashmoqda, aholining sog‘ligiga putur etmoqda, boyliklarning qashshoqlashishi tezlashmoqda, tabiat komponentlari ifloslanmoqda va boshqalar. Bu vaziyatda tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslari naqadar katta ahamiyat kasb etadi. Inson-tabiatning bir qismidir. Insonning tabiat bilan aloqasi ularning o‘zaro ta’sirida seziladi. Insonning tabiat bilan o‘zaro ta’sirining o‘ziga xosligi uning turmushining madaniy darajasida ifodalanadi. Ma’lumki, ekologik ong yoki savodxonlik ekologik madaniyatni belgilaydi. Ma’rifatparvarlardan biri shunday degan ekan: agar madaniyat stixiyali rivojlansa, u holda undan so‘ng faqat cho‘l qoladi, bu gapning ma’nosi ancha chuqur, hozirgi vaqtda bu o‘tmish haqida darak beribgina qolmay, balki kelajakka nisbatan ogoh bo‘lishlik to‘g‘risida ham xabar beradi.
SHuni e’tiborga olib inson faoliyati jamiyatda tabiat qonunlariga qanchalik
rioya qilsa yoki mos kelsa, bu harakat jamiyat uchun ham foydalidir va aksincha,
uning faoliyati tabiat qonunlariga mos kelmasa, u holda jamiyat uchun ham yomon,
chunki  bu  holda  resurslarning  holati  va  sifatiga  ta’sir  etuvchi  noqulay  tabiiy
jarayonlar tarkib topishi tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir
butun tizimdan iborat, bunda ayrim hodisalar bir-birlari bilan organik bog‘liqlikda
mavjud bo‘ladi. Tabiat o‘z tarkibiga juda ham ko‘plab aniq shakllarni birlashtiradi,
ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda va bog‘liqlikda rivojlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati tabiatda sodir bo‘lar ekan, u albatta tabiat
qonunlarini hisobga olishi, qonuniyatlarga rioya qilishi lozim, aks holda uning
ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ish unumi, barqaror tarakqiyot,
mahsulot  sifatini  yaxshilash  va  boshqa  sohalarda  jiddiy  yutuqlarga  erishishda
oldinga siljish yuz bermaydi, shuningdek ekologik va iqtisodiy–ijtimoiy oqibatlar
ko‘lami ortib boradi.
P.N.G‘ulomov  (1990)  fikricha,  inson  xo‘jalik  faoliyatining  tabiatga
ta’sirini o‘rganishda quyidagi 4 ta jihatga alohida ahamiyat berish zarur:
1. Insonning xo‘jalik faoliyati  geografik tizim  (Landshaft)ning qanday
komponentiga, komponentlar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, uning ko‘lami qanday,
qanday natijalar ko‘zda tutiladi?
2. Insonning bu ta’siri tabiat komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda
qanday o‘zgarishlarga olib keladi?
3. Ma’lumki, tabiat komponetlarigina o‘zaro bog‘langan bo‘lmay, qo‘shni
geografik  tizim  (Landshaft)lar  ham  o‘zaro  bir–biriga  ta’sir  ko‘rsatib  turadi.
Binobarin, inson  xo‘jalik faoliyati  ta’sirida  o‘zgargan  geografik  tizim  qo‘shni
tizimlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
4. Geografik tizimlarga, Landshaftlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir
ularda muntazam ro‘y beradigan o‘zgarishlarga olib boradi.
Tabiatning tub qonunlaridan biri mavjud moddiy tizim va uni o‘rab turgan
atrof  muhitning  bir  butunligi  hisoblanadi.  Bu  holatni  jamiyatga  nisbatan
qo‘llanilsa, u holda uning geografik muhit bilan bir butunlik qonuni deb qarash
mumkin. Tabiatda, odatda bir hodisaning o‘zgarishi qo‘shni geotizimdagi huddi
shunday  hodisaning  o‘zgarishiga  ta’sir  etadi,  bunda  ular  orasidagi  bog‘liqlik
Logotip
SHuni e’tiborga olib inson faoliyati jamiyatda tabiat qonunlariga qanchalik rioya qilsa yoki mos kelsa, bu harakat jamiyat uchun ham foydalidir va aksincha, uning faoliyati tabiat qonunlariga mos kelmasa, u holda jamiyat uchun ham yomon, chunki bu holda resurslarning holati va sifatiga ta’sir etuvchi noqulay tabiiy jarayonlar tarkib topishi tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir butun tizimdan iborat, bunda ayrim hodisalar bir-birlari bilan organik bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi. Tabiat o‘z tarkibiga juda ham ko‘plab aniq shakllarni birlashtiradi, ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda va bog‘liqlikda rivojlanadi. Insonning xo‘jalik faoliyati tabiatda sodir bo‘lar ekan, u albatta tabiat qonunlarini hisobga olishi, qonuniyatlarga rioya qilishi lozim, aks holda uning ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ish unumi, barqaror tarakqiyot, mahsulot sifatini yaxshilash va boshqa sohalarda jiddiy yutuqlarga erishishda oldinga siljish yuz bermaydi, shuningdek ekologik va iqtisodiy–ijtimoiy oqibatlar ko‘lami ortib boradi. P.N.G‘ulomov (1990) fikricha, inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’sirini o‘rganishda quyidagi 4 ta jihatga alohida ahamiyat berish zarur: 1. Insonning xo‘jalik faoliyati geografik tizim (Landshaft)ning qanday komponentiga, komponentlar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, uning ko‘lami qanday, qanday natijalar ko‘zda tutiladi? 2. Insonning bu ta’siri tabiat komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda qanday o‘zgarishlarga olib keladi? 3. Ma’lumki, tabiat komponetlarigina o‘zaro bog‘langan bo‘lmay, qo‘shni geografik tizim (Landshaft)lar ham o‘zaro bir–biriga ta’sir ko‘rsatib turadi. Binobarin, inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan geografik tizim qo‘shni tizimlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. 4. Geografik tizimlarga, Landshaftlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir ularda muntazam ro‘y beradigan o‘zgarishlarga olib boradi. Tabiatning tub qonunlaridan biri mavjud moddiy tizim va uni o‘rab turgan atrof muhitning bir butunligi hisoblanadi. Bu holatni jamiyatga nisbatan qo‘llanilsa, u holda uning geografik muhit bilan bir butunlik qonuni deb qarash mumkin. Tabiatda, odatda bir hodisaning o‘zgarishi qo‘shni geotizimdagi huddi shunday hodisaning o‘zgarishiga ta’sir etadi, bunda ular orasidagi bog‘liqlik
qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zaro ta’sir ham shunchalik kuchli bo‘lishi kuzatiladi.
SHuning uchun tabiatdan foydalanishda bu qonunga rioya qilish naqadar muhim,
ayniqsa geojuftlik, paragenetik tizimlar (Orolbo‘yi va Orol dengizi, Balxashbo‘yi
va Balxash ko‘li)da bu tabiiy hodisa jiddiy kuzatiladi. Orol sathining tez sur’atlarda
tushib  ketishi  tufayli  Orolbo‘yida  sodir  bo‘layotgan  antropogen  cho‘llanish
hodisasi
 
Amudaryo
 
va
 
Sirdaryo
 
deltalarida
tabiiy  muhitning  tiklab  bo‘lmaydigan  darajada  o‘zgarishiga  olib
kelmoqda.
Tabiiy  muhitning  tezkorlik  bilan  taraqqiy  qilishida  Landshaft
(geotizim)larning  xilma-xilligi  qonuni  ta’siri  ustuvorlik  qiladi.  Aniqlanishicha,
hududda  tabiiy  muhit  va  resurslarning  xilma  –  xilligi  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,
jamiyatning rivojlanishi uchun ham qulay sharoit vujudga keladi. Aksincha, tabiiy
sharoit bir xil bo‘lib, boyliklar ham kambag‘al bo‘lsa, ishlab chiqarish quchlarining
rivojlanishi  uchun  imkoniyatlar  kam  bo‘ladi.  Tabiiy  muhit  xilma-xil  bo‘lgan
hududlarda insonniig xo‘jalik faoliyati ham faolroq yoki kuchli sodir bo‘lishligi
tufayli geotizimlarning o‘zgarishi ham tezligi bilan ajralib turadi. Bu jarayonda
moddiy tizim va atrof muhit birligi qonuni, Landshaftlar xilma-xilligi qonuni bir-
birini to‘ldiradi hamda ularning bir vaqtdagi harakati yuz berishi mumkin. Bu
hodisa  Landshaftlarning  tuzilmali-tadrijiy  holati  murakkab  bo‘lgan  hududlarda
tabiiy muhitning tezkorlik bilan o‘zgarishi natijasida rivojlanadi. U hududda tabiiy
geografik sharoitning xilma-xilligi va shu munosabat bilan tabiiy majmualarning
bir-biridan keskin farq qilishi bilan bog‘liq. Ushbu qonunlarning ta’siri natijasida
katta hududlarda tabiiy (ekologik) sharoitlarning o‘zgarishi kuzatiladi.
Tabiiy qomponentlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik, aloqa, hamjihatlik
munosabatda bo‘lish qonuni muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tashqi
ta’sir natijasida biror komponentning o‘zgarishi boshqa komponetlarga ham ta’sir
etadi, binobarin bu jarayonda geotizim ham ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi.
SHu
munosabat  bilan  tabiatdan  foydalanish  jarayonida  bu  qonunga  amal
qilmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tabiatdan  foydalanish  murakkab  va  serqirra  jarayon,  bunda  ko‘pgina
omillarga muntazam ahamiyat berish talab etiladi. Avvalo me’yor, qo‘llaniladigan
Logotip
qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zaro ta’sir ham shunchalik kuchli bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun tabiatdan foydalanishda bu qonunga rioya qilish naqadar muhim, ayniqsa geojuftlik, paragenetik tizimlar (Orolbo‘yi va Orol dengizi, Balxashbo‘yi va Balxash ko‘li)da bu tabiiy hodisa jiddiy kuzatiladi. Orol sathining tez sur’atlarda tushib ketishi tufayli Orolbo‘yida sodir bo‘layotgan antropogen cho‘llanish hodisasi Amudaryo va Sirdaryo deltalarida tabiiy muhitning tiklab bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishiga olib kelmoqda. Tabiiy muhitning tezkorlik bilan taraqqiy qilishida Landshaft (geotizim)larning xilma-xilligi qonuni ta’siri ustuvorlik qiladi. Aniqlanishicha, hududda tabiiy muhit va resurslarning xilma – xilligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishi uchun ham qulay sharoit vujudga keladi. Aksincha, tabiiy sharoit bir xil bo‘lib, boyliklar ham kambag‘al bo‘lsa, ishlab chiqarish quchlarining rivojlanishi uchun imkoniyatlar kam bo‘ladi. Tabiiy muhit xilma-xil bo‘lgan hududlarda insonniig xo‘jalik faoliyati ham faolroq yoki kuchli sodir bo‘lishligi tufayli geotizimlarning o‘zgarishi ham tezligi bilan ajralib turadi. Bu jarayonda moddiy tizim va atrof muhit birligi qonuni, Landshaftlar xilma-xilligi qonuni bir- birini to‘ldiradi hamda ularning bir vaqtdagi harakati yuz berishi mumkin. Bu hodisa Landshaftlarning tuzilmali-tadrijiy holati murakkab bo‘lgan hududlarda tabiiy muhitning tezkorlik bilan o‘zgarishi natijasida rivojlanadi. U hududda tabiiy geografik sharoitning xilma-xilligi va shu munosabat bilan tabiiy majmualarning bir-biridan keskin farq qilishi bilan bog‘liq. Ushbu qonunlarning ta’siri natijasida katta hududlarda tabiiy (ekologik) sharoitlarning o‘zgarishi kuzatiladi. Tabiiy qomponentlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik, aloqa, hamjihatlik munosabatda bo‘lish qonuni muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tashqi ta’sir natijasida biror komponentning o‘zgarishi boshqa komponetlarga ham ta’sir etadi, binobarin bu jarayonda geotizim ham ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi. SHu munosabat bilan tabiatdan foydalanish jarayonida bu qonunga amal qilmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi. Tabiatdan foydalanish murakkab va serqirra jarayon, bunda ko‘pgina omillarga muntazam ahamiyat berish talab etiladi. Avvalo me’yor, qo‘llaniladigan
texnologiya, ish rejimi, chiqindilarni ushlab qolish (yig‘ish) va ularni majmuali
qayta  ishlash  hamda  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ishlab  chiqarish
texnologiyasi  jarayonining  murakkabligiga  qarab  kam  chiqindili  yoki  berk
texnologiyaga  o‘tish  masalalarini  bosqichma-bosqich  hal  qilish  asosiy  maqsad
bo‘lishi lozim. Bunday vaziyatda atrof muhitning korxonalar chiqindilari hisobiga
ifloslanishi kamayib boradi.
Tabiat boyliklaridan foydalanishda hududning geografik sharoitini hisobga
olish naqadar ahamiyatli, ko‘p hollarda bunga amal qilmaslik oqibatida nomaqbul
hodisalarning shakllanishi sodir bo‘lishi natijasida tabiat va jamiyat jiddiy zarar
ko‘radi. Bu borada hududiy va mahalliy sharoitlar hamda qonuniyatlarni e’tiborga
olish  eng  zaruriy  shart  hisoblanadi.  (Tabiatdan  foydalanishning  turli  nazariy
jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar: Rafiqov A.A., Abirqulov Q.N., Xojimatov
A.N. tomonidan yozilgan “Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti”. T, 2004. O‘quv
qo‘llanmasida ham batafsil yoritilgan).
V.A.Anuchin (1978)ning ta’kidlashicha, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir qonunlarini bilmaslik biosfera resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishga
olib keladi. Uning fikricha, tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liqlik qonuniga
ko‘ra birorta komponentning o‘zgarishi tabiiy muhitning o‘zgarishiga sababchi
bo‘ladi.
«Tabiat—jamiyat»  tizimidagi  o‘zgarishda  ikki  qonuniyatni  kuzatish
mumkin: 1) jamiyatning tabiatga ta’siri borgan sari oshib bormoqda;         
2)  jamiyat  borgan  sari  tabiiy  muhitga  qaram  bo‘lib  bormoqda.  Bunda
birinchi  qonuniyatning  kuchayib  borayotganligi  ikkinchi  qonuniyatni  keltirib
chiqarmoqda.
 6.2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari
Tabiiy  resurslardan  foydalanishning  geoekologik  asoslari  hal  qiluvchi
ahamiyatga ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat-ekologik toza
texnologiya  va  mahsulot-ekologik  tozalik  va  salomatlik  tizimlarida  ishlab
chiqarishni tashkil  qilish va amalga oshirish muhim  ahamiyat  kasb etadi. Bu
jihatdan  geoekologik  asoslar  geografik  tamoyillarga  yaqin  turadi  yoki  ularni
to‘ldiradi, ular bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqada rivojlanadi.
Logotip
texnologiya, ish rejimi, chiqindilarni ushlab qolish (yig‘ish) va ularni majmuali qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonining murakkabligiga qarab kam chiqindili yoki berk texnologiyaga o‘tish masalalarini bosqichma-bosqich hal qilish asosiy maqsad bo‘lishi lozim. Bunday vaziyatda atrof muhitning korxonalar chiqindilari hisobiga ifloslanishi kamayib boradi. Tabiat boyliklaridan foydalanishda hududning geografik sharoitini hisobga olish naqadar ahamiyatli, ko‘p hollarda bunga amal qilmaslik oqibatida nomaqbul hodisalarning shakllanishi sodir bo‘lishi natijasida tabiat va jamiyat jiddiy zarar ko‘radi. Bu borada hududiy va mahalliy sharoitlar hamda qonuniyatlarni e’tiborga olish eng zaruriy shart hisoblanadi. (Tabiatdan foydalanishning turli nazariy jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar: Rafiqov A.A., Abirqulov Q.N., Xojimatov A.N. tomonidan yozilgan “Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti”. T, 2004. O‘quv qo‘llanmasida ham batafsil yoritilgan). V.A.Anuchin (1978)ning ta’kidlashicha, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir qonunlarini bilmaslik biosfera resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishga olib keladi. Uning fikricha, tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liqlik qonuniga ko‘ra birorta komponentning o‘zgarishi tabiiy muhitning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. «Tabiat—jamiyat» tizimidagi o‘zgarishda ikki qonuniyatni kuzatish mumkin: 1) jamiyatning tabiatga ta’siri borgan sari oshib bormoqda; 2) jamiyat borgan sari tabiiy muhitga qaram bo‘lib bormoqda. Bunda birinchi qonuniyatning kuchayib borayotganligi ikkinchi qonuniyatni keltirib chiqarmoqda. 6.2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat-ekologik toza texnologiya va mahsulot-ekologik tozalik va salomatlik tizimlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan geoekologik asoslar geografik tamoyillarga yaqin turadi yoki ularni to‘ldiradi, ular bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqada rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanishda shunday
ilmiy  tamoyillarga  asoslanish  zarurki,  bunda  tabiat  ham,  jamiyat  ham  aziyat
chekmasligi lozim. Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o‘zaro
muvozanatda bo‘lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra har bir tabiiy chegaralangan hududda ikki
turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat mavjud bo‘ladiki, bunda ular bir-
birlarini ma’lum muvozanatda bo‘lishligini taqazo qiladi. Lekin ulardan birining
tashqi
ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) muvozanatning ishdan
chiqishiga  olib  keladi.  Ushbu  buzilishning  parametrlari  asosida  sodir  bo‘lgan
hodisa boshqa bir necha hodisalarning tarkib topishiga ta’siri bilan belgilanadi
(sabab- oqibatlar zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). Ekologik muvozanat
juda  ham  mo‘rt  bo‘lib,  ko‘p  hollarda  Landshaftlarning  suv  maromi,  o‘simlik
olamining qashshoqlashishi, tuproq qoplamining buzilishi bilan bog‘liq (Orolbo‘yi,
Balxashbo‘yi va boshqalar). 
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar
echimida  amaliy  ahamiyatga  ega.  Bu  tamoyil  ishlab  chiqarish  jarayonida  va
kundalik  turmushda,  vujudga  kelgan  turli  qattiq,  suyuq  va  gazsimon
chiqindilarning atmosfera va suv havzalari, tuproqqa chiqarishdan oldin ularni
obdon  tozalab,  butunlay  zararsizlantirilganidan  so‘ng  tabiiy  muhitga  chiqarish
zarurligini asoslaydi. Mazkur tamoyilning amaliyotda tatbiq etilishi atrof muhit
ifloslanishini to‘xtatish va uni barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi.
Bizningcha, avvaliga qisman, keyinchalik vaqt mobaynida to‘liq amal qilishga
bosqichma-bosqich o‘tish bilan tabiiy muhitning tozalanishiga erishish mumkin
bo‘ladi.
Tabiat resurslaridan me’yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi
tamoyil bilan birgalikda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini
taqazo etadi. Tabiat va uning resurslari cheksiz emas, ular o‘z o‘lchamiga ega.
Ularning  ifloslanishi  esa  foydalanish  jarayonini  murakkablashtiradi,  su’niy
taqchilliklarga sabab bo‘ladi. Binobarin, tabiiy boyliklardan ehtiyoj va me’yorga
katta e’tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada
tiklanadigan,  tiklanmaydigan,  ikkilamchi  resurslarning  barcha  o‘lchamlarini
Logotip
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanishda shunday ilmiy tamoyillarga asoslanish zarurki, bunda tabiat ham, jamiyat ham aziyat chekmasligi lozim. Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o‘zaro muvozanatda bo‘lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra har bir tabiiy chegaralangan hududda ikki turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat mavjud bo‘ladiki, bunda ular bir- birlarini ma’lum muvozanatda bo‘lishligini taqazo qiladi. Lekin ulardan birining tashqi ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) muvozanatning ishdan chiqishiga olib keladi. Ushbu buzilishning parametrlari asosida sodir bo‘lgan hodisa boshqa bir necha hodisalarning tarkib topishiga ta’siri bilan belgilanadi (sabab- oqibatlar zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). Ekologik muvozanat juda ham mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda Landshaftlarning suv maromi, o‘simlik olamining qashshoqlashishi, tuproq qoplamining buzilishi bilan bog‘liq (Orolbo‘yi, Balxashbo‘yi va boshqalar). Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar echimida amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda, vujudga kelgan turli qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning atmosfera va suv havzalari, tuproqqa chiqarishdan oldin ularni obdon tozalab, butunlay zararsizlantirilganidan so‘ng tabiiy muhitga chiqarish zarurligini asoslaydi. Mazkur tamoyilning amaliyotda tatbiq etilishi atrof muhit ifloslanishini to‘xtatish va uni barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi. Bizningcha, avvaliga qisman, keyinchalik vaqt mobaynida to‘liq amal qilishga bosqichma-bosqich o‘tish bilan tabiiy muhitning tozalanishiga erishish mumkin bo‘ladi. Tabiat resurslaridan me’yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi tamoyil bilan birgalikda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini taqazo etadi. Tabiat va uning resurslari cheksiz emas, ular o‘z o‘lchamiga ega. Ularning ifloslanishi esa foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, su’niy taqchilliklarga sabab bo‘ladi. Binobarin, tabiiy boyliklardan ehtiyoj va me’yorga katta e’tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada tiklanadigan, tiklanmaydigan, ikkilamchi resurslarning barcha o‘lchamlarini
hisobga olgan holda me’yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi
ishlab chiqarish jarayonida va insonning kundalik turmushida qo‘llanilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarni
ekologik jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy
ta’sirini  iloji  boricha  kamaytirishga,  muhitning  tozalanishiga,  aholining  turli
kasalliklarga  mubtalo  bo‘lmasligiga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Tabiiy  resurslardan
foydalanish  chog‘ida  barcha  texnologik  jarayonlarning  ekologik  jihatdan  atrof
muhitga  ta’siri  eng  kichik  ko‘rsatkichlarga  qadar  pasaytirilishi  ekologik
muammolarning  echimini  tezlashtiradi.  Bunga  chiqindisiz  texnologiya,
biotexnologiya,  innovatsion  texnologiya  kabi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini
qo‘llashga o‘tish bilan erishiladi.
Ikkilamchi resurslarni majmuali to‘liq qayta ishlash tamoyiliga  amal qilish
bilan  ishlab  chiqarish  jarayonida  vujudga  kelgan  terrikonlar,  ag‘darmalar  va
boshqalarni, maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash
bilan atrof muhitning ifloslanishini va yaylovlarning band bo‘lishini oldi olinadi.
6.3. Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari
Tabiiy muhitni optimallashtirish-tabiat bilan hamkorlik tamoyilini hayotga
tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u 
a) tabiiy muhitni hayot, jamiyatning faoliyati va rivojlanishining optimal
sharoitlarini ta’minlash uchun maqsadli o‘zgartirish (turli meliorativ tadbirlarni,
halokatli stixiyaviy jarayonlarni kuchsizlantirish, himoyalanish va ularni bartaraf
qilish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish);        
b) insonning tabiatga ta’sirini cheklash va tartibga solish (ishlab chiqarish
chiqindilarini zararsizlantirish, suv, havo va tuproqlarning ifloslanishiga, biotaning
zarar ko‘rishi va yo‘qolishiga qarshi kurashish va boshqalar)ni nazarda tutadi.
Tabiatdan oqilona foydalanishda optimallashtirishning har ikkala vazifasi o‘zaro
muvofiqlashtirilgan  bo‘lishi  lozim.  Tabiatdan  foydalanishda  muhim  bo‘g‘inni
tabiatni  maqsadli  o‘zgartirish  ishlari  tashkil  etadi.  Tabiatni  o‘zgartirishning
umumiy maqsadi Landshaftlarning mahsuldorligini oshirish va inson hayotining
ekologik  sharoitlarini  yaxshilashdan  iborat.  Masalan,  cho‘l  Landshaftlaridan
sug‘oriladigan  dehqonchilikda  foydalanish  jarayonida  tabiiy  Landshaftlarga
Logotip
hisobga olgan holda me’yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi ishlab chiqarish jarayonida va insonning kundalik turmushida qo‘llanilishi darkor. Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarni ekologik jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy ta’sirini iloji boricha kamaytirishga, muhitning tozalanishiga, aholining turli kasalliklarga mubtalo bo‘lmasligiga ijobiy ta’sir etadi. Tabiiy resurslardan foydalanish chog‘ida barcha texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan atrof muhitga ta’siri eng kichik ko‘rsatkichlarga qadar pasaytirilishi ekologik muammolarning echimini tezlashtiradi. Bunga chiqindisiz texnologiya, biotexnologiya, innovatsion texnologiya kabi ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llashga o‘tish bilan erishiladi. Ikkilamchi resurslarni majmuali to‘liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish bilan ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag‘darmalar va boshqalarni, maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash bilan atrof muhitning ifloslanishini va yaylovlarning band bo‘lishini oldi olinadi. 6.3. Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari Tabiiy muhitni optimallashtirish-tabiat bilan hamkorlik tamoyilini hayotga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u a) tabiiy muhitni hayot, jamiyatning faoliyati va rivojlanishining optimal sharoitlarini ta’minlash uchun maqsadli o‘zgartirish (turli meliorativ tadbirlarni, halokatli stixiyaviy jarayonlarni kuchsizlantirish, himoyalanish va ularni bartaraf qilish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish); b) insonning tabiatga ta’sirini cheklash va tartibga solish (ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish, suv, havo va tuproqlarning ifloslanishiga, biotaning zarar ko‘rishi va yo‘qolishiga qarshi kurashish va boshqalar)ni nazarda tutadi. Tabiatdan oqilona foydalanishda optimallashtirishning har ikkala vazifasi o‘zaro muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Tabiatdan foydalanishda muhim bo‘g‘inni tabiatni maqsadli o‘zgartirish ishlari tashkil etadi. Tabiatni o‘zgartirishning umumiy maqsadi Landshaftlarning mahsuldorligini oshirish va inson hayotining ekologik sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Masalan, cho‘l Landshaftlaridan sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalanish jarayonida tabiiy Landshaftlarga