Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

27,7 KB


Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi
Ma’lumki, er  usti  va  er  osti  suvlari  hosil  bo‘lishining  asosiy  manbayi
atmosfera yog‘inlaridir. Ushbu mavzu atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining
shakllanish  bosqichlarini  hamda  ularga  ta’sir  etuvchi  omillarni  o‘rganish
masalalariga bag‘ishlangan.
Reja:
1.  Er atmosfera havosi va uning kimyoviy tarkibi;
2. Atmosfera yog‘inlarini  kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlash;
3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlari;
4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillar. 
Ma’lumki,  Er  atmosferasi havosi gazsimon  moddalardan  tarkib  topgan
bo‘lib. Uning tarkibida massasi bo‘yicha azot (N)  78 % ni, kislorod (O2)  20,95 %
ni, argon  0,93 % ni (Ar), uglerod ikki oksidi (CO2) 0,03 % ni tashkil etadi.
Ulardan tashqari atmosfera tarkibida vodorod (H), neon (Ne), geliy (He), kripton
(Kr),  ksenon  (Xe),  radon  (Rn),  changlar  va  suv  bug‘lari  ham  ishtirok  etadi.
Atmosferadagi  suv  bug‘larining  miqdori  havo  harorati  bilan  chambarchas
bog‘liqdir.  Masalan,  havo  harorati  +30  0S  ga  teng  bo‘lganda,  undagi  suv
bug‘larining miqdori 30 g/m3 gacha bo‘ladi. Havo harorati pasaya borishi bilan
undagi suv bug‘larining miqdori ham kamaya boradi. Jumladan, +10 0S haroratda
havodagi suv bug‘lari miqdori 8 g/m3 atrofida bo‘lsa, 30 0S  da esa 0,3 g/m3 gacha
kamayadi. 
Ta’kidlash  lozimki,  er  usti  va  er  osti  suvlari  kimyoviy  tarkibi
shakllanishining  birinchi  bosqichi  atmosferada  kechadi.  Hozirgi  kunda
atmosferadagi suvlarning kimyoviy tarkibi tabiatdagi barcha suvlar orasida eng
kam o‘rganilgan hisoblanadi. Ayni paytda ular kimyoviy tarkibining makon va
Logotip
Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi Ma’lumki, er usti va er osti suvlari hosil bo‘lishining asosiy manbayi atmosfera yog‘inlaridir. Ushbu mavzu atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlarini hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan. Reja: 1. Er atmosfera havosi va uning kimyoviy tarkibi; 2. Atmosfera yog‘inlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlash; 3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlari; 4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillar. Ma’lumki, Er atmosferasi havosi gazsimon moddalardan tarkib topgan bo‘lib. Uning tarkibida massasi bo‘yicha azot (N) 78 % ni, kislorod (O2) 20,95 % ni, argon 0,93 % ni (Ar), uglerod ikki oksidi (CO2) 0,03 % ni tashkil etadi. Ulardan tashqari atmosfera tarkibida vodorod (H), neon (Ne), geliy (He), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn), changlar va suv bug‘lari ham ishtirok etadi. Atmosferadagi suv bug‘larining miqdori havo harorati bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, havo harorati +30 0S ga teng bo‘lganda, undagi suv bug‘larining miqdori 30 g/m3 gacha bo‘ladi. Havo harorati pasaya borishi bilan undagi suv bug‘larining miqdori ham kamaya boradi. Jumladan, +10 0S haroratda havodagi suv bug‘lari miqdori 8 g/m3 atrofida bo‘lsa, 30 0S da esa 0,3 g/m3 gacha kamayadi. Ta’kidlash lozimki, er usti va er osti suvlari kimyoviy tarkibi shakllanishining birinchi bosqichi atmosferada kechadi. Hozirgi kunda atmosferadagi suvlarning kimyoviy tarkibi tabiatdagi barcha suvlar orasida eng kam o‘rganilgan hisoblanadi. Ayni paytda ular kimyoviy tarkibining makon va
zamonda tez o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.  
Atmosfera  yog‘inlarining  minerallashuv  darajasi  er  usti  va  er  osti
suvlarinikidan kichik bo‘ladi. Ayni paytda ular turli geografik kengliklarda turlicha
qiymatlarda  kuzatiladi.  Masalan,  Osiyo  qit’asining  shimolida  atmosfera
yog‘inlarining o‘rtacha minerallashuv darajasi 10 mg/l bo‘lsa, uning janubiga qarab
30 mg/l gacha, janubiy rayonlarida esa 60 mg/l gacha ortadi. Ushbu hududlarning
cho‘l va yarim cho‘l rayonlarida esa undan ham yuqori bo‘ladi. Lekin, barcha
holatlarda  ham  atmosfera  yog‘inlarining  minerallashuv  darajasi  aynan  shu
hududlardagi daryolar suvining minerallashuvidan kichik bo‘ladi . 
Kuzatish ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, atmosfera yog‘inlari er usti va er
osti suvlaridan nafaqat minerallashuv darajasi bilan, balki tarkibidagi ionlar va
organik  moddalar  miqdori  bilan  ham  keskin  farq qiladi.  Jumladan,  atmosfera
yog‘inlari  tarkibida  SO4
2- ionlari  miqdori  ko‘p  bo‘ladi.  SHuningdek,  asosiy
anionlar orasida SO4
2- > HCO3
- > Cl- munosabat mavjud bo‘ladi.
Evroosiyo  materigiga  yog‘adigan  atmosfera  yog‘inlarining  kimyoviy
tarkibini  A.A.Matveev,  O.I.Bashmakov  va  boshqa  olimlar  o‘rganganlar.  Ular
atmosfera yog‘inlarini  tarkibidagi ionlar miqdorining ustuvorligiga bog‘liq holda
quyidagi 6 ta guruhga ajratganlar: 
1) xlorli - natriyli (Cl- , Na+);
2) sulfatli - natriyli (SO4
2- , Na+);
3) sulfatli - kalsiyli (SO4
2- , Ca2+ ); 
4) sulfatli - girokarbonatli - kalsiyli (SO4
2-, HCO3
- , Ca2+ );  
5) gidrokarbonatli - kalsiyli (HCO3
- , Ca2+ );
6) gidrokarbonatli - natriyli (HCO3
- , Na+). 
Birinchi  guruhga mansub  bo‘lgan  atmosfera  yog‘inlari  Qora  dengiz
sohillarida va SHarqiy evropaning shimoliy qismlarida yog‘adi.  Ikkinchi, ya’ni
sulfatli - natriyli (SO4
2- , Na+) atmosfera yog‘inlari esa Osiyo qit’asining shimoliy
va shimoliy-sharqiy hududlari uchun xosdir. Osiyoning markaziy rayonlarida esa
uchinchi guruhga, uning janubi va SHimoliy Kavkazda to‘rtinchi guruhga tegishli
yog‘inlar yog‘adi. Kavkazning tog‘li qismida beshinchi guruhga, Kaspiy dengizi
va Qora dengizbo‘yi hududlariga yog‘adigan yog‘inlar  oltinchi guruhga to‘g‘ri
keladi.
Logotip
zamonda tez o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi er usti va er osti suvlarinikidan kichik bo‘ladi. Ayni paytda ular turli geografik kengliklarda turlicha qiymatlarda kuzatiladi. Masalan, Osiyo qit’asining shimolida atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha minerallashuv darajasi 10 mg/l bo‘lsa, uning janubiga qarab 30 mg/l gacha, janubiy rayonlarida esa 60 mg/l gacha ortadi. Ushbu hududlarning cho‘l va yarim cho‘l rayonlarida esa undan ham yuqori bo‘ladi. Lekin, barcha holatlarda ham atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi aynan shu hududlardagi daryolar suvining minerallashuvidan kichik bo‘ladi . Kuzatish ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, atmosfera yog‘inlari er usti va er osti suvlaridan nafaqat minerallashuv darajasi bilan, balki tarkibidagi ionlar va organik moddalar miqdori bilan ham keskin farq qiladi. Jumladan, atmosfera yog‘inlari tarkibida SO4 2- ionlari miqdori ko‘p bo‘ladi. SHuningdek, asosiy anionlar orasida SO4 2- > HCO3 - > Cl- munosabat mavjud bo‘ladi. Evroosiyo materigiga yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibini A.A.Matveev, O.I.Bashmakov va boshqa olimlar o‘rganganlar. Ular atmosfera yog‘inlarini tarkibidagi ionlar miqdorining ustuvorligiga bog‘liq holda quyidagi 6 ta guruhga ajratganlar: 1) xlorli - natriyli (Cl- , Na+); 2) sulfatli - natriyli (SO4 2- , Na+); 3) sulfatli - kalsiyli (SO4 2- , Ca2+ ); 4) sulfatli - girokarbonatli - kalsiyli (SO4 2-, HCO3 - , Ca2+ ); 5) gidrokarbonatli - kalsiyli (HCO3 - , Ca2+ ); 6) gidrokarbonatli - natriyli (HCO3 - , Na+). Birinchi guruhga mansub bo‘lgan atmosfera yog‘inlari Qora dengiz sohillarida va SHarqiy evropaning shimoliy qismlarida yog‘adi. Ikkinchi, ya’ni sulfatli - natriyli (SO4 2- , Na+) atmosfera yog‘inlari esa Osiyo qit’asining shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlari uchun xosdir. Osiyoning markaziy rayonlarida esa uchinchi guruhga, uning janubi va SHimoliy Kavkazda to‘rtinchi guruhga tegishli yog‘inlar yog‘adi. Kavkazning tog‘li qismida beshinchi guruhga, Kaspiy dengizi va Qora dengizbo‘yi hududlariga yog‘adigan yog‘inlar oltinchi guruhga to‘g‘ri keladi.