ATMOSFERA YOG‘INLARINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Atmosfera yog‘inlari haqida umumiy tushunchaga
ega bo‘lish. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchaydigan asboblarni va yog‘inlarni
o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan
tanishish;
3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish;
4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qullanmalar, Tretyakov
yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala yomg‘ir
o‘lchagich.
1.1.
Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati
Atmosfera yog‘inlariga yomg‘ir, qor, do‘l v.h.lar kiradi. Bulutlardagi
namlikning ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristallchalari
muallaq holda turaolmaydigan og‘irlikka etganda yerga tomon tushadi.
Bulutlardagi tomchilar bir-biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri
0,1-0,2 mm ga etganidan boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq
yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi.
Yoppasiga katta maydonlarni egallab yog‘adigan yog‘inlar asosan qatlamli-
yomg‘ir bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab-to‘xtab yog‘adi.
Jala yomg‘irlar to‘p yomg‘irli bulutlardan yog‘adi, uzoq davom etmaydi.
1
Tomchilarning kattaligi 6-7 mm gacha etadi. Uncha katta maydonni egallamaydi.
Polosa bo‘ylab, ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. SHivot yomg‘irga 0,5
mm dan kichik tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi.
Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbai hisoblanadi. Ba’zi
hududlarda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi natijasida tuproqda nam kamayib,
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda
ham tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning
urug‘lanmay qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rim-yig‘im davrida yomg‘irning
me’yoridan ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini
yomonlashtiradi. Jala yomg‘ir tuproq strukturasini yomonlashtiradi. Yoki
nihollarni nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi.
Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida
muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1
mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik m3/ga
meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm
o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga
teng bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi.
Meteorologik stansiya va postlarda atmosfera yog‘inlarining miqdori va
intensivligini aniqlashda Tretyakov yog‘in o‘lchagidan, dala yog‘in
o‘lchagichlaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari meteorologik stansiyalarda
yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi.
Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir
o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
1.2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi
Bu asbob (9.2.1-rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob
hisoblanadi. Usti yopiq silindrdan iborat (chelak) bo‘lib, qopqog‘i ochib
qo‘yilganda yog‘in ichiga tushadi va ichiga tushgan yog‘inning miqdori
shkalalarga bo‘lingan silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning
balandligi 40 sm yog‘in qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus
2
voronka o‘rnatilgan, voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik
chelakning tagiga tushgan suvning bug‘lanib ketishini oldini oladi.
9.1.2.1-rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi
Yoz oylarida chelakning og‘zi bug‘lanishni kamaytirish uchun qopqoq bilan
yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jumragi bo‘lib, jumrak orqali
shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq
holdagi atmosfera yog‘inlari quyiladi. Jumrak og‘zini yopish uchun maxsus
zanjirga bog‘langan qopqoq jumrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan,
chelak joyiga o‘rnatilgandan so‘ng jumrak og‘zi qopqoq bilan yopiladi.
Shamolning ta’sirini kamaytirish uchun chelakning atrofi shamolni to‘suvchi
trapetsiyasimon metall plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning
yuqori qismi tashqariga qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana
simga 1 mahkamlab chiqiladi.
Agar xona o‘lchash vaqtida issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun
barcha choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5
o‘lchov bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har-bir bo‘lak hajmi 1 sm3 ga
teng. Demak stakan ichida har-bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng.
3
Chelakning tag qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi
kerak.
O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan
yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va
daraxtlarning balandligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Chelakni almashtirishda
norvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900,
1500, 2100 da chelak joyidan olinib og‘zi qopqoq bilan birdan mahkamlanadi va
o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi.
Agar chelak ichida suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p
bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi.
O‘lchash chelakdagi suyuqlik tugaguncha davom etadi. Suvning balandligi
(miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. SHuni aytib o‘tish kerakki, har safar
o‘lchov stakaniga suv qo‘yayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv
miqdori hisoblanmay qoladi. Shuning uchun chelakni namlash uchun ketgan suv
miqdorini hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan
tashqari yomg‘ir suvi o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning
yarmi bilan ikkinchi yarim o‘rtasida yoki o‘rtasidan balandroqda
bo‘lsa, hisoblangan yog‘in miqdoriga +0,2 mm, suvning sathi chiziq
o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi.
1.3.
Dala yomg‘ir o‘lchagich M-99
Dala sharoitida yomg‘ir o‘lchashga mo‘ljallangan. Ochiq
dalada, o‘simliklar orasida yomg‘irni ulchash uchun qulay (9.3.1-
rasm). Dala yomg‘ir o‘lchagichi darajalangan shisha stakandan iborat.
Balandligi 34 sm, stakanning og‘zi kengroq, yuzasi 30 sm2, o‘lchagich
stakan gorizontal chiziqlar bilan mm larga 1 bo‘lingan. Stakandan suv
bug‘lanmasligi uchun shisha varonka 2 bilan stakanning og‘zi yopiladi.
9.3.1-rasm. Dala yomg‘ir o‘lchagich
4