ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

514,0 KB


ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK
EKINLARI UCHUN AHAMIYATI
Mashg‘ulotning  maqsadi: 
Atmosfera  yog‘inlari  haqida  umumiy
tushunchaga  ega  bo‘lish.  Atmosfera  yog‘inlarini  o‘lchaydigan  asboblarni  va
yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. Tretyakov  yog‘in  o‘lchagichining  tuzilishi  va  ishlash  prinsipi  bilan
tanishish;
3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish;
4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish.
Kerakli  materiallar  va  asboblar: darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalari,
Tretyakov yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala
yomg‘ir o‘lchagichi.
1.1.
Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati
Atmosfera  yog‘inlariga  yomg‘ir,  qor,  do‘l  v.h.lar  kiradi.  Bulutlardagi
namlikning ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristalchalari
muallaq holda tura olmaydigan og‘irlikka yetganda yerga tushadi. Bulutlardagi
tomchilar bir–biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri 0,1–0,2 mm ga
yetganidan boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.
Logotip
ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI Mashg‘ulotning maqsadi: Atmosfera yog‘inlari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchaydigan asboblarni va yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish; 3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish; 4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qo‘llanmalari, Tretyakov yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala yomg‘ir o‘lchagichi. 1.1. Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati Atmosfera yog‘inlariga yomg‘ir, qor, do‘l v.h.lar kiradi. Bulutlardagi namlikning ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristalchalari muallaq holda tura olmaydigan og‘irlikka yetganda yerga tushadi. Bulutlardagi tomchilar bir–biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri 0,1–0,2 mm ga yetganidan boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq
yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi.
Yoppasiga  katta  maydonlarni  egallab  yog‘adigan  yog‘inlar  asosan  qatlamli–
yomg‘ir bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab–to‘xtab yog‘adi.
Jala  yomg‘iri  to‘p  yomg‘irli  bulutlardan  yog‘adi,  uzoq  davom  etmaydi.
Tomchilarning kattaligi 6–7 mm gacha yetadi. Uncha katta maydonni egallamaydi.
Polosa bo‘ylab, ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. Shivot yomg‘irga 0,5
mm dan kichik tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi.
Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbayi hisoblanadi. Ba’zi
hududlarda  uzoq vaqt  yomg‘ir  yog‘masligi  natijasida  tuproqda nam  kamayib,
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda
ham tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning
urug‘lanmay  qolishiga  sabab  bo‘ladi.  O‘rim–yig‘im  davrida  yomg‘irning
me’yoridan ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini
yomonlashtiradi.  Jala  yomg‘iri  tuproq  strukturasini  yomonlashtiradi.  Yoki
nihollarni nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi.
Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida
muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1
mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik  m3/ga,
meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm
o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga
teng bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi.
Meteorologik  stansiya  va  postlarda  atmosfera  yog‘inlarining  miqdori  va
intensivligini  aniqlashda  Tretyakov  yog‘in  o‘lchagichidan,  dala  yog‘in
o‘lchagichlaridan  foydalaniladi.  Bulardan  tashqari,  meteorologik  stansiyalarda
yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi.
Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir
o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
1.2.
Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi
Logotip
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi. Yoppasiga katta maydonlarni egallab yog‘adigan yog‘inlar asosan qatlamli– yomg‘ir bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab–to‘xtab yog‘adi. Jala yomg‘iri to‘p yomg‘irli bulutlardan yog‘adi, uzoq davom etmaydi. Tomchilarning kattaligi 6–7 mm gacha yetadi. Uncha katta maydonni egallamaydi. Polosa bo‘ylab, ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. Shivot yomg‘irga 0,5 mm dan kichik tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi. Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbayi hisoblanadi. Ba’zi hududlarda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi natijasida tuproqda nam kamayib, o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda ham tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning urug‘lanmay qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rim–yig‘im davrida yomg‘irning me’yoridan ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini yomonlashtiradi. Jala yomg‘iri tuproq strukturasini yomonlashtiradi. Yoki nihollarni nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi. Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1 mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik m3/ga, meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga teng bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi. Meteorologik stansiya va postlarda atmosfera yog‘inlarining miqdori va intensivligini aniqlashda Tretyakov yog‘in o‘lchagichidan, dala yog‘in o‘lchagichlaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari, meteorologik stansiyalarda yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi. Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir o‘lchagichlar o‘rnatiladi. 1.2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi
Bu asbob (9.2.1–rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob
hisoblanadi.  Usti  yopiq  silindrdan  iborat  (chelak)  bo‘lib,  qopqog‘i  ochib
qo‘yilganda  yog‘in  ichiga  tushadi  va  ichiga  tushgan  yog‘inning  miqdori
shkalalarga bo‘lingan silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning
balandligi 40 sm yog‘in qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus
voronka o‘rnatilgan, voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik
chelakning tagiga tushgan suv bug‘lanib ketishining oldini oladi.
9.1.2.1–rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi
Yoz oylarida bug‘lanishni kamaytirish uchun chelakning og‘zi qopqoq bilan
yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jo‘mragi bo‘lib, jo‘mrak orqali
shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq
holdagi  atmosfera  yog‘inlari  quyiladi.  Jo‘mrak  og‘zini  yopish  uchun  maxsus
zanjirga bog‘langan qopqoq jo‘mrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan,
chelak  joyiga  o‘rnatilgandan  so‘ng  jo‘mrak  og‘zi  qopqoq  bilan  yopiladi.
Shamolning  ta’sirini  kamaytirish  uchun  chelakning  atrofi  shamolni  to‘suvchi
Logotip
Bu asbob (9.2.1–rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob hisoblanadi. Usti yopiq silindrdan iborat (chelak) bo‘lib, qopqog‘i ochib qo‘yilganda yog‘in ichiga tushadi va ichiga tushgan yog‘inning miqdori shkalalarga bo‘lingan silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning balandligi 40 sm yog‘in qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus voronka o‘rnatilgan, voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik chelakning tagiga tushgan suv bug‘lanib ketishining oldini oladi. 9.1.2.1–rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi Yoz oylarida bug‘lanishni kamaytirish uchun chelakning og‘zi qopqoq bilan yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jo‘mragi bo‘lib, jo‘mrak orqali shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq holdagi atmosfera yog‘inlari quyiladi. Jo‘mrak og‘zini yopish uchun maxsus zanjirga bog‘langan qopqoq jo‘mrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan, chelak joyiga o‘rnatilgandan so‘ng jo‘mrak og‘zi qopqoq bilan yopiladi. Shamolning ta’sirini kamaytirish uchun chelakning atrofi shamolni to‘suvchi
trapetsiyasimon metall plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning
yuqori qismi tashqariga qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana
simga 1 mahkamlab chiqiladi.
Agar o‘lchash vaqtida xona issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun
barcha choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5
o‘lchov bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lak hajmi 1 sm3  ga
teng. Demak, stakan ichida har bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng.
Chelakning tag qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi
kerak. 
O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan
yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va
daraxtlarning  balandligi  6  metrdan  oshmasligi  kerak.  Chelakni  almashtirishda
narvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900,
1500, 2100  da chelak joyidan olinib, og‘zi darrov qopqoq bilan mahkamlanadi va
o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi.
Agar chelak ichidagi suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p
bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi.
O‘lchash  chelakdagi  suyuqlik  tugaguncha  davom  yetadi.  Suvning  balandligi
(miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, har safar
o‘lchov stakaniga suv quyayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv
miqdori hisoblanmay qoladi. Shu sababli chelakni namlashga ketgan suv miqdorini
hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan tashqari, yomg‘ir suvi
o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning yarmi bilan ikkinchi yarmi o‘rtasida
yoki  o‘rtasidan  balandroqda  bo‘lsa,  hisoblangan  yog‘in  miqdoriga  +0,2  mm,
suvning sathi chiziq o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi.
1.3.
Dala yomg‘ir o‘lchagichi M–99
Logotip
trapetsiyasimon metall plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning yuqori qismi tashqariga qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana simga 1 mahkamlab chiqiladi. Agar o‘lchash vaqtida xona issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5 o‘lchov bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lak hajmi 1 sm3 ga teng. Demak, stakan ichida har bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng. Chelakning tag qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi kerak. O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va daraxtlarning balandligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Chelakni almashtirishda narvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900, 1500, 2100 da chelak joyidan olinib, og‘zi darrov qopqoq bilan mahkamlanadi va o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi. Agar chelak ichidagi suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi. O‘lchash chelakdagi suyuqlik tugaguncha davom yetadi. Suvning balandligi (miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, har safar o‘lchov stakaniga suv quyayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv miqdori hisoblanmay qoladi. Shu sababli chelakni namlashga ketgan suv miqdorini hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan tashqari, yomg‘ir suvi o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning yarmi bilan ikkinchi yarmi o‘rtasida yoki o‘rtasidan balandroqda bo‘lsa, hisoblangan yog‘in miqdoriga +0,2 mm, suvning sathi chiziq o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi. 1.3. Dala yomg‘ir o‘lchagichi M–99