ATMOSFERADA SUV BUG‘I

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

193,1 KB


ATMOSFERADA SUV BUG‘I
Yer sirtidan bug’lanish, suv bug’ining tarqalishi 
Kondensatsiyasi (yoki sublimatsiyasi)
Bulutlar hosil bo’lishi va yog’inlar yog’ishi 
Havo namligining xarakteristikalari
Yer sirtidan bug’lanish, suv bug’ining tarqalishi 
Yer atmosferasi tarkibida boshqa gazlar bilan bir qatorda, suv bug’i ham
mavjud bo’lib, Yer atmosferasida muhim rol o’ynaydi. SHuni ta’kidlash joizki
azot,  kislorod  va  boshqa  shu  kabi  gazlarning  miqdori  atmosferada  deyarli
o’zgarmaydi, lekin suv bug’ining miqdori juda katta chegarada o’zgarib turadi.
Ayni paytda suv bug’i suyuqlik yoki qattiq fazaga o’tishi mumkin va u quruqlik va
dengiz  yuzasi  bilan  o’zaro  ta’sirda  bo’ladi,  undan  suv  bug’lanib,  ma’lum
sharoitlarda yog’in shaklida yana Yer sirtiga qaytib tushadi. 
Atmosferada kuzatiladigan ma’lum haroratlarda suvning barcha uch agregat
holati mavjud bo’lishi mumkin.  Boshqa tomondan esa, suv bug’i butun fazoni
to’yintirish  imkoniga  ega.  Buning  hammasi  atmosferada  suvning  to’xtovsiz
aylanishiga sharoit yaratadi. Dengiz va katta namlikka ega bo’lgan quruqlik ustida
hosil  bo’lgan  suv  bug’lari  havoning  ko’tariluvchi  va  gorizontal  oqimlari,
shuningdek turbulentlik harakatlar sababli atmosferaga tarqaladi.
Suv aylanishining bo’g’inlaridan biri bug’larning kondensatsiyalanishi va
bulutlarning shakllanishidan iborat bo’ladi. Bulutlar, asosan troposfera qatlamida
havoning sovushi va suv bug’lariga to’yinishidan hosil bo’ladigan mayda suv
tomchilari yoki muz kristallari yoxud ularning aralashmasidan iborat bo’ladi. 
Oddiy  suv  tomchilari  uzluksiz  o’zgarib  turadi:  ya’ni,  hosil  bo’ladi,
kattalashadi, bug’lanadi, yo’qoladi; ularning o’lchami va miqdori o’zgarib turadi,
ular bir-biriga to’qnashadi, qo’shiladi, muzlaydi, kristallanadi.
Logotip
ATMOSFERADA SUV BUG‘I Yer sirtidan bug’lanish, suv bug’ining tarqalishi Kondensatsiyasi (yoki sublimatsiyasi) Bulutlar hosil bo’lishi va yog’inlar yog’ishi Havo namligining xarakteristikalari Yer sirtidan bug’lanish, suv bug’ining tarqalishi Yer atmosferasi tarkibida boshqa gazlar bilan bir qatorda, suv bug’i ham mavjud bo’lib, Yer atmosferasida muhim rol o’ynaydi. SHuni ta’kidlash joizki azot, kislorod va boshqa shu kabi gazlarning miqdori atmosferada deyarli o’zgarmaydi, lekin suv bug’ining miqdori juda katta chegarada o’zgarib turadi. Ayni paytda suv bug’i suyuqlik yoki qattiq fazaga o’tishi mumkin va u quruqlik va dengiz yuzasi bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi, undan suv bug’lanib, ma’lum sharoitlarda yog’in shaklida yana Yer sirtiga qaytib tushadi. Atmosferada kuzatiladigan ma’lum haroratlarda suvning barcha uch agregat holati mavjud bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan esa, suv bug’i butun fazoni to’yintirish imkoniga ega. Buning hammasi atmosferada suvning to’xtovsiz aylanishiga sharoit yaratadi. Dengiz va katta namlikka ega bo’lgan quruqlik ustida hosil bo’lgan suv bug’lari havoning ko’tariluvchi va gorizontal oqimlari, shuningdek turbulentlik harakatlar sababli atmosferaga tarqaladi. Suv aylanishining bo’g’inlaridan biri bug’larning kondensatsiyalanishi va bulutlarning shakllanishidan iborat bo’ladi. Bulutlar, asosan troposfera qatlamida havoning sovushi va suv bug’lariga to’yinishidan hosil bo’ladigan mayda suv tomchilari yoki muz kristallari yoxud ularning aralashmasidan iborat bo’ladi. Oddiy suv tomchilari uzluksiz o’zgarib turadi: ya’ni, hosil bo’ladi, kattalashadi, bug’lanadi, yo’qoladi; ularning o’lchami va miqdori o’zgarib turadi, ular bir-biriga to’qnashadi, qo’shiladi, muzlaydi, kristallanadi.
SHartli ravishda aytish mumkinki, bulutlarning paydo bo’lishi o’zi murakkab
termodinamik jarayon hisoblanadi.
Bulutlarda  hosil  bo’ladigan  oddiy  mikrofizik  jarayonlar,  bu:  birlamchi
kondensatsiya,  kondensatsiya  tufayli  tomchilarning  kattalashuvi,  tomchilar
koagulyatsiyasi, ularning sovushi, kristallarning hosil bo’lishi, ularning rivojlanishi
va bu elementlarning bulutlardan tushishidan iborat bo’ladi.
Ma’lumki, havoda doimo qandaydir miqdorda suv bug’i bo’ladi. Suv bug’i
havoda asosan yer yuzasining 70% dan ko’proq maydonini egallab turgan okean va
dengizlardan suvning bug’lanishi orqali paydo bo’ladi. Yana quruqlikdagi ko’llar,
sun’iy  suv  havzalari,  daryolar,  nam  tuproq,  sug’oriladigan  maydonlardan
bug’lanish va o’simliklar transpiratsiyasidan ham atmosferaga anchagina suv bug’i
qo’shiladi.
Har qanday gaz singari suv bug’i ham bosimga ega.  Bu  suv bug’ining
partsial bosimi deyiladi va odatda ye bilan belgilanib, Pa, gPa (ilgari millimetr
yoki millibar) da ifodalanadi. 
Suv  bug’ining  ko’payishi  bilan  uning  bosimi  ham  ortib  boradi.  Suv
bug’ining bosimi ma’lum bir haroratda shu haroratga mos miqdor Ye gacha ortib
borishi mumkin. Bu kattalik shu haroratdagi suv bug’ining maksimal bosimi yoki
to’yingan  bug’  bosimi deyiladi.  Agar  suv  bug’i  to’yinmagan  bo’lsa  ye<E,
to’yingan bo’lsa ye=E bo’ladi.
To’yingan  suv  bug’ining  bosimi  asosan  haroratga  bog’liq  bo’lib,  uning
ko’tarilishiga mos ravishda kattalashib boradi. 
Suv bug’ining har xil haroratdagi maksimal bosimi yoki to’yingan bug’
bosimi quyidagi qiymatlarga ega (2-jadval):
2-jadval
Suv bug’ining har xil haroratdagi maksimal yoki 
to’yingan bug’ bosimi
t, C
-30
-20
-10
0
10
20
30
E, gPa
0,51
1,25
2,86
6,11
12,27
23,37
42,42
Logotip
SHartli ravishda aytish mumkinki, bulutlarning paydo bo’lishi o’zi murakkab termodinamik jarayon hisoblanadi. Bulutlarda hosil bo’ladigan oddiy mikrofizik jarayonlar, bu: birlamchi kondensatsiya, kondensatsiya tufayli tomchilarning kattalashuvi, tomchilar koagulyatsiyasi, ularning sovushi, kristallarning hosil bo’lishi, ularning rivojlanishi va bu elementlarning bulutlardan tushishidan iborat bo’ladi. Ma’lumki, havoda doimo qandaydir miqdorda suv bug’i bo’ladi. Suv bug’i havoda asosan yer yuzasining 70% dan ko’proq maydonini egallab turgan okean va dengizlardan suvning bug’lanishi orqali paydo bo’ladi. Yana quruqlikdagi ko’llar, sun’iy suv havzalari, daryolar, nam tuproq, sug’oriladigan maydonlardan bug’lanish va o’simliklar transpiratsiyasidan ham atmosferaga anchagina suv bug’i qo’shiladi. Har qanday gaz singari suv bug’i ham bosimga ega. Bu suv bug’ining partsial bosimi deyiladi va odatda ye bilan belgilanib, Pa, gPa (ilgari millimetr yoki millibar) da ifodalanadi. Suv bug’ining ko’payishi bilan uning bosimi ham ortib boradi. Suv bug’ining bosimi ma’lum bir haroratda shu haroratga mos miqdor Ye gacha ortib borishi mumkin. Bu kattalik shu haroratdagi suv bug’ining maksimal bosimi yoki to’yingan bug’ bosimi deyiladi. Agar suv bug’i to’yinmagan bo’lsa ye<E, to’yingan bo’lsa ye=E bo’ladi. To’yingan suv bug’ining bosimi asosan haroratga bog’liq bo’lib, uning ko’tarilishiga mos ravishda kattalashib boradi. Suv bug’ining har xil haroratdagi maksimal bosimi yoki to’yingan bug’ bosimi quyidagi qiymatlarga ega (2-jadval): 2-jadval Suv bug’ining har xil haroratdagi maksimal yoki to’yingan bug’ bosimi t, C -30 -20 -10 0 10 20 30 E, gPa 0,51 1,25 2,86 6,11 12,27 23,37 42,42
Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  havodagi  suv  bug’i  ma’lum  bir  haroratda
to’yinish darajasiga yetadi. Bu harorat darajasi  to’yinish nuqtasi yoki  shudring
nuqtasi harorati deb ataladi.
Atmosferada suv bug’i
Yuqorida  sanab  o’tilgan atmosferadagi  gazlarga, xususan,  atmosferaning
quyi qatlamlarida, doim gaz holatidagi suv, ya’ni suv bug’i qo’shiladi. Tarkibida
suv bug’i bo’lgan atmosfera havosi nam havo deb ataladi. Uni quruq havo va suv
bug’ining mexanik aralashmasi deb qarash mumkin. Yer sirti yaqinida suv bug’i
nam  havo  hajmining  o’rtacha  0,2%  dan  (qutbiy  kengliklarda)  2,5%  gacha
(ekvatorda) qismini tashkil etadi. Ba’zi hollarda suv bug’ining miqdori 0% dan 4%
gacha o’zgarishi mumkin.
Suv bug’i sayyoramizdagi fiziologik va atmosfera jarayonlarda nihoyatda
katta rol o’ynaydi. 
Suv  bug’i  atmosferaga  suv  va  nam  yer  sirtlardan  bug’lanishi  va
o’simliklardan  transpiratsiya  yo’llari  orqali  uzluksiz  kelib  turadi.  Yer  sirtidan
yuqoriga va bir joydan ikkinchi joyga havo oqimlari bilan tarqaladi (1 – rasm).
Bulut hosil bo’lishining birlamchi manbai bo’lib suv bug’lari hisoblanadi.
Bulutlar to’xtovsiz evolyutsiya jarayonida bo’lgan tomchi va kristallardan tarkib
topadi. SHu sababli bulut hosil bo’lishini, suvning fazaviy o’tishi bilan bog’liq
holda murakkab termodinamik jarayon sifatida qarash kerak, ya’ni bulutlar statik
tushunchaga  ega  bo’lmaydi,  balkim  atmosferik  jarayonlarning  umumiy
dinamikasini aks ettiradi.
Atmosferada quyidagi fazaviy o’tishlar kuzatiladi:
1. Kondensatsiya – bug’lanish, ya’ni suyuqlik ↔ bug’.
2. Muzlash – erish, ya’ni qattiq holat ↔ suyuqlik.
3. Sublimatsiya – vozgonka (haydash,), ya’ni qattiq holat ↔ bug’.
Sublimatsiya deb, suv bug’ini to’g’ridan-to’g’ri gaz holatidan qattiq holat
(muz) ga o’tishi, ya’ni nam havoda bevosita muz va atmosferada kristallarning
hosil bo’lishiga aytiladi.
Vozgonka deb, qattiq jismni to’g’ridan-to’g’ri qattiq holatidan (muz) gaz
holatiga (suv bug’i) o’tishiga aytiladi.
Bulut hosil bo’lish jarayoni quyidagicha: 
Logotip
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, havodagi suv bug’i ma’lum bir haroratda to’yinish darajasiga yetadi. Bu harorat darajasi to’yinish nuqtasi yoki shudring nuqtasi harorati deb ataladi. Atmosferada suv bug’i Yuqorida sanab o’tilgan atmosferadagi gazlarga, xususan, atmosferaning quyi qatlamlarida, doim gaz holatidagi suv, ya’ni suv bug’i qo’shiladi. Tarkibida suv bug’i bo’lgan atmosfera havosi nam havo deb ataladi. Uni quruq havo va suv bug’ining mexanik aralashmasi deb qarash mumkin. Yer sirti yaqinida suv bug’i nam havo hajmining o’rtacha 0,2% dan (qutbiy kengliklarda) 2,5% gacha (ekvatorda) qismini tashkil etadi. Ba’zi hollarda suv bug’ining miqdori 0% dan 4% gacha o’zgarishi mumkin. Suv bug’i sayyoramizdagi fiziologik va atmosfera jarayonlarda nihoyatda katta rol o’ynaydi. Suv bug’i atmosferaga suv va nam yer sirtlardan bug’lanishi va o’simliklardan transpiratsiya yo’llari orqali uzluksiz kelib turadi. Yer sirtidan yuqoriga va bir joydan ikkinchi joyga havo oqimlari bilan tarqaladi (1 – rasm). Bulut hosil bo’lishining birlamchi manbai bo’lib suv bug’lari hisoblanadi. Bulutlar to’xtovsiz evolyutsiya jarayonida bo’lgan tomchi va kristallardan tarkib topadi. SHu sababli bulut hosil bo’lishini, suvning fazaviy o’tishi bilan bog’liq holda murakkab termodinamik jarayon sifatida qarash kerak, ya’ni bulutlar statik tushunchaga ega bo’lmaydi, balkim atmosferik jarayonlarning umumiy dinamikasini aks ettiradi. Atmosferada quyidagi fazaviy o’tishlar kuzatiladi: 1. Kondensatsiya – bug’lanish, ya’ni suyuqlik ↔ bug’. 2. Muzlash – erish, ya’ni qattiq holat ↔ suyuqlik. 3. Sublimatsiya – vozgonka (haydash,), ya’ni qattiq holat ↔ bug’. Sublimatsiya deb, suv bug’ini to’g’ridan-to’g’ri gaz holatidan qattiq holat (muz) ga o’tishi, ya’ni nam havoda bevosita muz va atmosferada kristallarning hosil bo’lishiga aytiladi. Vozgonka deb, qattiq jismni to’g’ridan-to’g’ri qattiq holatidan (muz) gaz holatiga (suv bug’i) o’tishiga aytiladi. Bulut hosil bo’lish jarayoni quyidagicha: