ATMOSFERANING NAMDORLIGI
Atmosferaning namdorligi namlik aylanishining muhim xarakteristikasi
bo’lib, bug’lanish, bulutlilik, tumanlar va yog’inlar kabi iqlimiy
xarakteristikalarning vaqt va fazo bo’yicha taqsimlanishi unga bog’liq.
Havo vertikal ustuning namdorligi suv hosil qilgan qatlamning mm da
o’lchangan qalinligida o’lchanadi (mm). Yetarlicha katta aniqlik bilan suvning
asosiy miqdori atmosferaning quyi 7-8 km li qatlamida joylashgan, deb hisoblash
mumkin.
Namdorlikning geografik taqsimoti 1-rasmda keltirilgan.
Umuman, Yer shari bo’yicha namdorlikning taqsimoti zonal xarakterga ega.
Yer sharining ekvatorial va ekvatorga yaqin mintaqalarida namdorlikning eng katta
qiymatlari kuzatiladi. Tinch okeanining g’arbiy qismi, Amazonka daryosi havzasi,
ekvatorial Afrika, Janubi-SHarqiy Osiyoning ekvatorial va tropik mussonlar
zonasida namdorlik 45-50 mm gacha yetadi. Quyi kengliklarda okeanlar va
quruqliklarning namdorliklari katta farq qilmaydi.
1-rasm. 0-7 km li atmosfera qatlamining o’rtacha yillik namdorligi (mm)
Yuqori kengliklar tomon atmosfera namdorligi kamayib, qutb hududlarida
minimumga erishadi. Grenlandiyada u 2 mm, Antarktidada 0,5 mm gacha
pasayadi. Subtropik antitsiklonlarning ta’sir zonasida, ayniqsa quruqliklar ustida,
namdorlikning kichik qiymatlari kuzatiladi. Masalan, SHimoliy va Janubiy
Afrikadagi tropik sahrolarda (Sahroi Kabir, Kalaxara) namdorlik 15 mm dan
ortmaydi. O’rta Osiyodagi subtropik sahrolarda u yanada kichik va 5-5,5 mm ni
tashkil etadi. Arktika, Antarktida muzliklari va sahro hududlaridagi namdorlik
minimumlari bu yerlarda bug’lanishning kamligiga bog’liq.
Iliq va sovuq dengiz oqimlari, shuningdek yirik tog’ tizmalari ustida
namdorlikning zonal taqsimotidan sezilarli chetlanishlar kuzatiladi. Tog’
yonbag’irlarining shamolga qaragan tomonida okeandan kelayotgan namlik
ushlanib qolib, yomg’ir ko’rinishida yog’adi va namdorlikni orttiradi. SHamolga
teskari yonbag’irlarda havo namdorligi kamayadi.
Ikkala yarimsharlarda okeanlar ustidagi namdorlik quruqliklar ustidagi
namdorlikka nisbatan yuqoriroq. Biroq, yozda, quruqliklarda bug’lanishning ortishi
bilan (sahro landshaftlaridan tashqari) namdorlik okeanlardagiga nisbatan kattaroq
bo’lishi mumkin.
Ekvatorga yaqin zonalardan tashqari, barcha kengliklar uchun namdorlikning
mavsumiy farqlari xarakterli. O’rta kengliklardagi quruqlik hududlarida va
ekvatorial mussonlar hududida ular eng kuchli ifodalangan bo’ladi.
O’rta Osiyoda yozda namdorlik 15-18 mm dan (sahrolarda) 28-30 mm gacha
(vohalarda) o’zgaradi. Qishda u tahminan 1,5-2,0 marotaba kamayadi.
Umuman Yer shari uchun atmosferaning o’rtacha namdorligi 25,3 mm ga
teng. SHunday qilib, atmosfera namligining tez almashishini hisobiga (har 8,1
sutkada) atmosfera yirik bevosita suv resurslariga ega. Bu resurslar daryolar va
vohalar hamda boshqa chuchuk suv havzalaridagi barcha suv zahiralaridan ko’p
marotaba katta.
Bug’lanish va bug’lanuvchanlik
Bug’lanuvchanlik deb, namlik zahirasi bilan cheklanmagan, mumkin bo’lgan
maksimal bug’lanishga aytilishini eslatib o’tamiz. Suv havzasi yoki ortiqcha
namlangan tuproq yuzasidan bug’lanish kattaligi bug’lanuvchanlik kattaligiga mos
keladi.
Yer shari bo’yicha bug’lanuvchanlikning miqdoriy qiymatini ko’rib
chiqamiz. Okeanlar uchun bu qiymat haqiqiy bug’lanish bilan mos keladi, quruqlik
uchun u bug’latgich ma’lumotlari bo’yicha hisoblangan.
Qutb hududlarida, bug’lantiruvchi sirt harorati past bo’lganda to’yingan suv
bug’i bosimi Yes va suv bug’ining haqiqiy bosimi ye kichik va ular bir-biriga
yaqin. SHu sababli Yes-e ayirma kichik va shu sababli bug’lanuvchanlik kichik.
SHpitsbergenda uning bir yillik qiymati 80 mm xolos, Angliyada 400 mm atrofida,
SHimoliy Yevropada 450 mm atrofida. Rossiyaning Yevropa qismida to’yinish
defitsiti shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon ortib borishi bilan
bug’lanuvchanlik ham ortib boradi. Sankt-Peterburgda uning yillik miqdori 320
mm, Moskvada 420 mm, Luganskda 740 mm. O’rta Osiyoda yozgi yuqori harorat
va to’yinish defitsitining kattaligi sababli bug’lanuvchanlik yuqori: Toshkentda
1340 mm va Nukusda 1800 mm.
Tropiklarda qirg’oq yaqinida bug’lanuvchanlik nisbatan kichik va qit’a
ichkarisiga tomon ortib boradi, cho’llarda ancha katta. SHunday qilib, Saxroi
Kabirning Atlantika qirg’oqlari hududida bir yillik bug’lanuvchanlik 600-700 mm,
qirg’oqdan 500 km uzoqlikda esa bug’lanuvchanlik 3000 mm. Arabistonning
qurg’oq hududlarida va Kolorado cho’llarida u 3000 mm dan ko’p. Faqat SHimoliy
Amerikada yillik bug’lanuvchanlik miqdori 2500 mm dan yuqori bo’lgan hududlar
yo’q.
Ekvator yaqinida to’yinish defitsiti kamligi sababli bug’lanuvchanlik
nisbatan kichik – 700-1000 mm. Peru, CHili va Janubiy Afrikaning qirg’oqqa
yaqin cho’llarida yillik bug’lanuvchanlik 600-800 mm dan ortmaydi.
O’simlik bilan qoplangan nam tuproq suv yuzasiga qaraganda ko’proq namni
yo’qotishi mumkin, chunki bu yerda bug’lanishga transpiratsiya ham qo’shiladi.
Albatta, kam namlangan tuproqli hududlarda bug’lanish kam, ya’ni u yomg’ir yoki
erigan qor orqali olgan suv miqdoridan ortmaydi.
Haqiqiy bug’lanishning geografik taqsimotini ko’ramiz (3-rasm).
Okeanlardan bug’lanish (u yerda bug’lanuvchanlik bilan teng) quruqlik
ustidan bug’lanishdan ancha ortiq. O’rta va quyi kengliklardagi dunyo okeanlari
akvatoriyasining katta qismida u 600 dan 2500 mm, maksimumi esa 3000 mm
gacha yetadi. Qutb suvlarida muz mavjudligida bug’lanish nisbatan kichik.
Quruqlik ustida bug’lanishning yillik summasi qutb va cho’l hududlarida
(Antarktidada bundan ham kam) 100-200 mm, nam tropik va subtropik hududlarda
(Osiyo janubi, Gvineya ko’rfazi davlatlari, Kongo, AQSHning janubi-sharqi,
Indoneziya orollari, Madagaskar) 800-1000 mm gacha. Quruqlikdagi maksimum
qiymat birmuncha yuqori 1000 mm (Amazonka daryosi havzasi).
Alohida kenglik zonalari bo’yicha bug’lanishning taqsimoti 1-jadvalda
keltirilgan.
2-rasm. To’shalgan sirtdan bug’lanish. O’rtacha yillik qiymatlar (mm/yil).
1-jadval
SHimoliy yarimsharning turli mintaqalarida bug’lanishning o’rtacha
qiymatlari, sm da (M.I.Budiko bo’yicha)
Hudud
Kenglik 0
0-10º
10-20º
20-30º
30-40º
40-50º
50-60º
60-90º
0-90º
Quruqlik
Okean
SHimoliy
yarimshar
112
110
110
57
135
114
37
130
95
41
115
83
37
70
53
23
60
39
10
15
12
41
101
77
SHimoliy yarimsharda tahminan 12-40º sh.k. da okean hududlari atmosfera
uchun suv bug’ining asosiy manbai hisoblanadi. Bu ortiqcha suv bug’ining sarfi
asosan ekvatoroldi hududining shimoliy tomoni – 40º shimoliy kengligi tomonga
sarflanadi. Janubiy yarimshar kengliklari bo’yicha ham bug’lanish huddi shunday
taqsimlanadi. Bu yarimsharda okean bilan qoplangan maydonning kattaligi sababli
bug’lanishning o’rtacha yillik qiymati 125 sm atrofida, shimoliy yarimsharda esa
77 sm. Butun Yer shari uchun o’rtacha yillik bug’lanish 100 sm atrofida.
3. Havo namligining geografik taqsimoti
Havo namligining geografik taqsimoti har bir hududdagi bug’lanish va
Yerning bir joyidan boshqa joyiga ko’chayotgan havo massasi bilan namlikning
olib kelinishiga bog’liq.
Bug’lanish to’yinish defitsitiga proportsional, to’yinish defitsiti harorat
qancha katta bo’lsa shuncha katta. SHu sababli namlik (bug’ bosimi, bug’ning
massa ulushi yoki mutlaq namlik) taqsimoti umuman olganda harorat taqsimotiga
bog’liq. Iqlim kartalarida namlik izochiziqlarining joylashishi harorat
izochiziqlarining joylashishiga yaqin (3, 4-rasmlar).
Havo namligi ko’p yillik o’rtacha oylik bug’ bosimi 20 gPa dan yuqori
bo’lgan ekvator atrofida eng yuqori, bir qator joylarda u ekstremal qiymatlarga (30-
35 gPa) yetadi. Quruqlikda ekvator o’rmonlari hududida katta namlik kuzatiladi.
3-rasm. Suv bug’i partsial bosimining (gPa) o’rtacha taqsimoti. Yanvar.