AUDITORLIK TANLASH
REJA:
1.Auditorlik tanlash haqida umumiy tushuncha va uning mohiyati
2.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash
risklari va natijalarini baholash
3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan
dasturiy ta’minot sharhi
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari
Tayanch so’z va iboralar:Auditorlik tanlash, reprezentativ tanlash,
statistik tanlash, tasodifiy tanlash, ichki nazorat tizimi, ichki audit bo’limi,
tanlashdagi xatolar, auditor etikasi va tajribasi, mos kelishini tanlab
tekshirish, mohiyatan tanlab tekshirish, yoppasiga tekshirish, tekshiruv
ob’ektlari.
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor
tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining
garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan
suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar
asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va
hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks
holda,
auditor
birlamchi
ma’lumotlarning
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki
nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda,
yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda
sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq
mijoz-korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la
ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab
qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash
yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik
tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda
aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan
o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha
darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi
tashkil
etilganligi,
malakali
mutaxassislar
tomonidan
amalga
oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh
hisob bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi
bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan
izohlanishi mumkin. Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil
qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar
ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar
asosida tanlab olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik
tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga
oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik
tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida
bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan
ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini
baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni
ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga
ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari
uchun majburiy hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:
1.
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish
2.
Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot
davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan
iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy
zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-
fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-
moddiy zahiralar-ni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli
hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini
qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy
tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining
qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi
shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol
bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish
tartibini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu
maqsadga erishishni ta’minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra
auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab
qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib
chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum
tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan
qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli
tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-
tanlash ko’lami;
-
kuzatish birligi;
-
tanlash birligi;
-
tanlash uslublari;
-
saylab olish hajmi;
-
salmoqli (reprezentativ) tanlash;
-
tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan
to’plamni aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan
shu to’plamga taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda
buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari
sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning
barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar,
vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga
bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar
haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-
kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan)
summadan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va
hokazolar to’plami tekshiriladigan to’plam bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi.
Bu mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan
olgan hujjatlaridir. Tanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi.
Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya
hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi
kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash
birliklari bo’lishi mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element
aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element
albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.
2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash
risklari va natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik
riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda
amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish
№14-«Audi-torlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan,
ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash
tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan.
Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam
qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi.
Tekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni
tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun
tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan
auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar
tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish
tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab
olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni
alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar
elementlari bir-biriga o’xshaydi. To’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi
guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal
stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa
o’z nav-batida auditor ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri-
reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan
teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti
ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan
foydalanishi mumkin:
1)
Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi
mumkin.
2)
Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan
ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi.
Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga
qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini
o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni
shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik qiymat ifodalangan hujjat
tanlanadi.
3)
Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash
usullaridan tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto
ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar
mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini
qo’llash uncha murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini
bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar
o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan
qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat)
larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni
tekshirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga
ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol
etkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol
etkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish
tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda
auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan
to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat
tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish
grafigining tuzilish printsipi statistik tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni
amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada
buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda
tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash
samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash
yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda
auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning
to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi.
Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq
tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda
tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga
tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash
ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi
qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori
bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti
quyidagilarni bajarishi lozim:
tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan
to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);
tanlash risklarini baholash.
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi
navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti
barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga
tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning
tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi
to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har
biri bo’yicha amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash
risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan
ma’lumotlar asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi
shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan
fikrdan farq qiladi. Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan
o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya
hisobida aks ettirishning to’g’riligini batafsil tekshirishda ham mavjud.
Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazish va
schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun
tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining
quyidagi turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining
ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli
bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining
ishonchliligidan dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida
noto’g’ri gipotezani qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks
ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda
jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda
bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda
jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy
xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning
natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va
umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi
Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning
tasdiqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot
davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to’liq tekshirish imkoni
bo’lmaganda qo’llaniladi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan
muomalalarning murakkabligi hamda qo’pligidan, mazkur muomalalarni
tekshirish iqtisodiy jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni
tekshirish, hisob – kitoblarni takror bajarish yoki tasdiqlarni jo’natish kabi
amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofik
bo’ladi. Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki boshqa auditorlik amallaridan,
jumladan so’rov, ko’zatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda
tanlashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
To’liq auditorlik tekshiruvi tanlashni o’z ichiga oladi, chunki auditor
hisobot davrida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish
imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar qoldiqini tashkil etadigan
asosiy hajimning batartibligi (akkuratnost) xaqida xulosalar qilishi lozim. Har
bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini
bevosita tekshirish uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo’ladi,
chunki auditor doimiy ravishdan mumkin qadar etarlicha ishonchli dalillar
yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida ishonchli xulosa
chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam uchun
reprezentativ bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini
oshirish uchun u etarlicha miqdorga ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh
to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy
ta’minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq
bosh to’plamnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun
foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum
soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi.
AUDT dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun
yaratilgan.
Auditorlar
AUDTdan
mijozning
kompyuterlashtirilgan
ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin
dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin.
Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi,
stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi
mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funktsiyalari tarkibiga
dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar, sanalar orasida
uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga
oladi. Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron
jadvaliga o’hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham
AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda AUDT, Excel
elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa zamonaviy
vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
17-jadval.
Tasdiqlar to’g’risida yig’iladigan auditorlik dalillarini to’plashda
yondoshuvlar
Moliyaviy
xisobotni
tasdiqlash
Dalillar yig’ish uchun
tanlashdan foydalanish
Dalillar yig’ish uchun
AUDTdan foydalanish
Mavjudlik
yoki
yuzaga kelish
Hisobga
olingan
operatsiyalardan
tanlashni amalga oshiring
Eng katta elementlarni, eng
kichik
elementlarni,
yil
davomidagi
oxirgi
va
tanlangan
elementlardan
tegishli
dalillarni tekshiring yoki
tasdiqlashga jo’nating
operatsiyalar
(o’z
vaqtidalikni testlash uchun)
yoki
faylda
tez
tez
foydalaniladigan
elementlarni sortirovkalash;
shuningdek
noodatiy
operatsiyalarni izlash uchun
foydali
To’liqlik
Hisobga
olinmagan
majburiyatlarni
izlash
uchun
navbatdagi
to’lovlar uchun tanlab
olishni bajarish
Eng qo’p foydalanilgan
sotuvchilarni, yoki eng kam
foydalanilgan sotuvchilarni
yoki o’tkan yilgi sotuvchilar
ro’yhatini
joriy
yil
sotuvchilar ro’yhati bilan
solishtirish
maqsadida
sotuvchilarni
sortirovka
qilish
Xuquq
va
majburiyatlar
Boshlang’ich hujjatlarni
hisobga olgan holda,
mavjudligi
bo’yicha
testlashni
amalga
oshirish
Noodatiy
bo’lgan
operatsiyalarni ko’rib chiqish
uchun fayllarni sortirovka
qilish
Baholash
yoki
taqsimlash
Elementlani tanlab oling
harid xaqida kelishuv
yoki schet fakturaga
o’xshash
hujjatlar
manbalarigacha
ko’zating
Fayllarni
jamlang
va
hisoblashlarni tekshiring
Taqdim etish va
ochish berish
Tegishli ochib ko’rish
uchun baholarni yoki
boshqa
elmentlarni
tekshiring
Yuqoridagi 17-jadval moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tasdiqlash
uchun auditorlik dalillarini to’plash bo’yicha alternativ yondoshuvni aks
ettiradi, shuningdek to’planadigan mahsus auditorlik dalillari na’munalarini
o’z ichiga oladi.
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki
nazorat tizmi samarali ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar
ular
samarali
ishlamasa,
auditor
mustaqil
protseduralarni
konstruktsiyalayotganda boshqaruvning ichki vositalari muxokamasi haqida
qaror qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim. Schetlar saldosini testlashda
tanlashning maqsadi bu schetlar saldosini buzib yozishlar sonini baholashdir.
Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa, auditor schetlar saldosini
to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni istaydi. Biroq
tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha
miqdordagi elementlarni ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim
uchun reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, auditorlar ular
tekshirayotganlar xaqidagi noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi
tanlab olishlarni kurib chiqishlari kerak.
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash
birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat
protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim
xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi
operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan
olishga ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin
edi. Auditor tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi
kerak.
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va
qanday xususiyatlari tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ?
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab
olish hajmi)?
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ?
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish
mumkin (baholash)?
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor
umumiy to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin,
chunki yo a) auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki
muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga
nisbatan reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq
auditorlik firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi.
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk. Faraz qilinadiki auditorlar
tanlashda hamma elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning
to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda audit amallarini tanlaydi. Lekin
auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash riski bilan
bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan
bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan
bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik protseduralarni bajarayotgan
auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Auditorlik
firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos
keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan
kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan audit
dasturlari vositalari bilan boshqaradi.
Tanlash bilan bog’liq risk. Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan
qilingan har qanday tanlovlar agar auditorlar 100% umumiy to’plamni
tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi. Loyihalangan natijalar xaqida
noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari umumiy to’plamning uncha
katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish miqdori qancha kam
bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha katta bo’lsa,
noaniqlik shuncha kam bo’ladi. Tanlash bilan bog’liq risk shunday riskki,
tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik protseduralari
jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval qilingan
xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash yordamida
auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda
riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk
tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash
uchun o’lchanishi mumkin.
Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari. Auditor ichki
nazoratni integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida samaradorligini
baholash uchun dalillarni yig’ishda ko’pincha tanlashdan foydalanadi.
Nazorat pasayishga uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini talab qiladi;
masalan, agar nazorat vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu
axborotdan nazorat samaradorligi haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan
mustaqil nazorat amallar miqdori yoki ichki nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish
uchun foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha ayrim noaniqliklarga ega
bo’ladi, shu bilan birga auditor yomon senariyni boshqarishga urinadi;
masalan, auditor nazorat vaqtning 8% dan ortig’iga pand bermaydi deya
95% ishonishni xohlaydi. Auditor hamisha tanlab olishning uncha katta
bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar chiqarish bo’yicha risklarni