“AVESTO” O‘RTA OSIYO VILOYATLARI IJTIMOIY TUZUMINI O‘RGANISHDAGI O‘RNI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

32

File size

Fayl hajmi

163,5 KB


KURS ISHI
“AVESTO” O‘RTA OSIYO VILOYATLARI IJTIMOIY TUZUMINI
O‘RGANISHDAGI O‘RNI
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. AVESTONING  O‘RGANILISHI  VA  UNING  TARIXIMIZDA
TUTGAN O‘RNI
1.1-§  Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi
1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari
II-BOB AVESTO – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI MUHIM
MANBA
2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida
2.2-§ Avestoda qadimgi dehqonchilik an’analari
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1
Logotip
KURS ISHI “AVESTO” O‘RTA OSIYO VILOYATLARI IJTIMOIY TUZUMINI O‘RGANISHDAGI O‘RNI MUNDARIJA KIRISH I-BOB. AVESTONING O‘RGANILISHI  VA UNING TARIXIMIZDA TUTGAN O‘RNI 1.1-§ Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi 1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari II-BOB AVESTO – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI MUHIM MANBA 2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida 2.2-§ Avestoda qadimgi dehqonchilik an’analari XULOSA FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1
KIRISH
Mavzuning  dolzarbligi. Bugungi  kunda  vatanimiz  tarixida  hukmronlik
qilgan  har  bir  davlat  tarixini  o‘rganish  har  bir  tarixchining  asosiy  vazifasi
hisoblanadi.  Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy
nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni
yo‘ldan  urush,  har  xil  aqidalar  ta’siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari
insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Mustaqillik tufayli o‘zbek  xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy
va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida
foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat,
shaxsning  bebaho  xazinasi  va  taraqqiyot  manbai  hisoblanadi.  Aynan  ushbu
ma’naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani
alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom
Karimov ta’kidlaganidek: “....tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”1. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi notinch va tahlikali
zamonda taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz
qoldirgan, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni
va ahamiyati beqiyosdir2.
Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni beqiyos. 
Zardushtiylik dunyodagi eng qadimgi dinlardan bir bo‘lib, insoniyat madaniyatiga
katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu din juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta
Osiyoda ham  uzoq vaqt asosiy dinlardan bo‘lib keldi. Zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi “Avesto”  bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida
1 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
  кафолатлари. – Тошкент.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 14.
2 Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ш.М.Мирзиёевнинг  Ислом  ҳамкорлик  ташкилотининг  фан  ва
технологиялар бўйича I саммитидаги нутқи. https: //president.uz/uz/lists/view/1018. – 10.09.2017.
2
Logotip
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda vatanimiz tarixida hukmronlik qilgan har bir davlat tarixini o‘rganish har bir tarixchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urush, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma’naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “....tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”1. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi notinch va tahlikali zamonda taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir2. Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni beqiyos.  Zardushtiylik dunyodagi eng qadimgi dinlardan bir bo‘lib, insoniyat madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu din juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta Osiyoda ham  uzoq vaqt asosiy dinlardan bo‘lib keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”  bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida 1 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 14. 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ислом ҳамкорлик ташкилотининг фан ва технологиялар бўйича I саммитидаги нутқи. https: //president.uz/uz/lists/view/1018. – 10.09.2017. 2
istiqomad  qilgan  ajdodlarimizning biz  avlodlariga  qoldirgan ma’naviy, tarixiy
merosidir.  “Avesto”  ayni  zamonda  bu  qadim  o‘lkada  buyuk  davlat,  buyuk
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik  beruvchi tarixiy hujjatdir.
Aynan Avestoda  O‘rta Osiyo viloyatlari  ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni
yoritib berish mavzuning dolzarblik jihati sanaladi.
Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi Avestoning
paydo  bo‘lishi  tarixi  va  unda  yurtimizning  qadimgi  viloyatlari  haqidagi
ma’lumotlarni o‘rganib, mavzuni xolislik asosida yoritish hisoblanadi.
Tadqiqot  obyekti  va  predmeti.  Ushbu  kurs  ishining  tadqiqot  obyekti
Avesto O‘rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni, predmeti
mavzuga  oid  o‘sha  davrda  yozilgan  manbalar,  hozirgi  kunga  qadar  ilmiy
nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan
ilmiy adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning
Xorazmda  paydo  bo‘lganligi  haqida  B.G‘ofurov,  N.Mallaev,  X.Homidov,
A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov,
G.Dresvyanskaya,  Y.Xo‘jamurodov,  A.Irisov,  M.Qodirov,  S.Hasanovlarning
maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda
paydo  bo‘lganligi,  balki  qachon  paydo  bo‘lganligi  xususida  ham  arxeologik
qazishmalar  davomida  ajoyib  natijalarga  erishgan  S.P.Tolstovning  fikriga
qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning payg‘ambari Zaratushturaning
Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi.
Davriy (xronologik) chegaralanishi.  Kurs ishining xronologik chegarasi
mil. avv I ming yillikni o‘z ichiga oladi
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 32 sahifani tashkil qiladi.
  
3
Logotip
istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik  beruvchi tarixiy hujjatdir. Aynan Avestoda O‘rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni yoritib berish mavzuning dolzarblik jihati sanaladi. Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi Avestoning paydo bo‘lishi tarixi va unda yurtimizning qadimgi viloyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, mavzuni xolislik asosida yoritish hisoblanadi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining tadqiqot obyekti Avesto O‘rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni, predmeti mavzuga oid o‘sha davrda yozilgan manbalar, hozirgi kunga qadar ilmiy nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan ilmiy adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqida B.G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo bo‘lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga erishgan S.P.Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi. Davriy (xronologik) chegaralanishi. Kurs ishining xronologik chegarasi mil. avv I ming yillikni o‘z ichiga oladi Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 32 sahifani tashkil qiladi. 3
I-BOB. “AVESTO” KITOBINING O‘RGANILISHI  VA UNING
TARIXIMIZDA TUTGAN O‘RNI
1.1-§  Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi
Zardushtiylik  dining  muqaddas  kitobi  “Avesto”  bundan  XXX  asr
muqaddam ikki daryo oralig‘ida istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. Avesto ayni zamonda bu qadim o‘lkada
buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik  beruvchi
tarixiy  hujjatdir.  Unda  markaziy  Osiyo  xalqlari  bundan  3  ming  yil  oldingi
davrlarda yoritib berilgan. Yevropada Zardushtiylik  ta’limoti antik davr – qadimgi
zamonlardayoq  katta  qiziqish  uyg‘otgan,  Zardo‘sht  va  uning  ta’limoti  haqida
ko‘pchilik  yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar
yozishgan.  Sosoniylar  sulolasi  davrida,  III-VII  asrlarda  zardo‘shtiylikning 
muqaddas  kitobi  –  “Avesto”  matnlari  o‘rta  forsiy  tilga  ko‘chirila  boshlagan
vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi3.
Miloddan avvalgi V asr oxiri tarixshunoslarining yozishicha, Gerodotning
zamondoshi  lidiyalik  Ksanor  Zardo‘sht  nomini  tilga  olgan.  Keyingi
tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardo‘shtning ossuriyaliklardan
yengilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy
asari ancha ilgari qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiy olimlari ana shu
qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning “Kiropediya” va
“Anabasis” asarlarida Zardo‘sht haqida ma’lumot uchramaydi4.
Holbuki, Ksenofont Ahomoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va
marosimlari  bilan yaxshi  tanish edi.  Gerodot, Ktesiy  va Ksenofont  asarlarida
keltirilgan  ma’lumotlarni  umumlashtirib  aytish  mumkinki,  Ahomoniylar  davri
(mil.avv  VI-V  asrlar)da  hali  Zardo‘shtni  hukmron  din  asoschisi  deb
hisoblashmagan. Zardo‘shtiylik dini tadqiqotchilari E.Benvenist, A.K.Kristensen,
X.Nyuberg, V.Struve va boshqalar ham  shu fikrdalar. Zardo‘shtiylik dini tarixiga
3 http://taqvim.uz/uz/library/view/167
4 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/
4
Logotip
I-BOB. “AVESTO” KITOBINING O‘RGANILISHI  VA UNING TARIXIMIZDA TUTGAN O‘RNI 1.1-§ Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”  bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. Avesto ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik  beruvchi tarixiy hujjatdir. Unda markaziy Osiyo xalqlari bundan 3 ming yil oldingi davrlarda yoritib berilgan. Yevropada Zardushtiylik  ta’limoti antik davr – qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg‘otgan, Zardo‘sht va uning ta’limoti haqida ko‘pchilik  yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozishgan. Sosoniylar sulolasi  davrida, III-VII asrlarda zardo‘shtiylikning  muqaddas kitobi – “Avesto” matnlari o‘rta forsiy tilga ko‘chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi3. Miloddan avvalgi V asr oxiri tarixshunoslarining yozishicha, Gerodotning zamondoshi lidiyalik Ksanor Zardo‘sht nomini tilga olgan. Keyingi tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardo‘shtning ossuriyaliklardan yengilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy asari ancha ilgari qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiy olimlari ana shu qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning “Kiropediya” va “Anabasis” asarlarida Zardo‘sht haqida ma’lumot uchramaydi4. Holbuki, Ksenofont Ahomoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va marosimlari bilan yaxshi tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib aytish mumkinki, Ahomoniylar davri (mil.avv VI-V asrlar)da  hali  Zardo‘shtni hukmron din asoschisi deb hisoblashmagan. Zardo‘shtiylik dini tadqiqotchilari E.Benvenist, A.K.Kristensen, X.Nyuberg, V.Struve va boshqalar ham  shu fikrdalar. Zardo‘shtiylik dini tarixiga 3 http://taqvim.uz/uz/library/view/167 4 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/ 4
oid  ko‘plab  maqolalar  va  asarlar  yaratilgan  bo‘lsa-da,  ammo  mamlakatimiz
xalqlari tarixida zardo‘shtiylikning o‘rni va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma
asarlar yaratilmagan.
Ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan islom dini egallagan. Natijada
bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning
juda  ko‘p  qismi,  sosoniylar  davrida  amalda  bo‘lgan  “Avesto”  to‘plamining
taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan5. Avesto kitobining o‘rganilishi va
uning tariximizda tutgan o‘rni.  Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy O‘rta
Osiyoga yurish qilgan davrda bu yerda yuksak sivilizatsiya mavjud edi. Haqiqatda
esa, Avestoga  qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi.  
Abu  Rayhon  Beruniy  yozadi:  Podshoh  Doro  ibn  Doro  xazinasida
Abisto(Avesto)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi
bor  edi.  Aleksandr  otashxonalarni  vayron  qilib,  ularda  xizmat  etuvchilarni
o‘ldirgan  vaqtda  uni  kuydirib  yubordi.  Shuning  uchun  o‘sha  vaqtdan  beri
Abistonning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz “nask” edi, majusiylar
qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’oni Karim bo‘laklarini xaftiyak
deganimizdek, nask Abisto bo‘laklaridan har bitta bo‘lakning nomidir6.
Eramizning  VII-VIII  asrlarida  ro‘y  bergan  arablar  bosqini  O‘rta  Osiyo
xalqlari  boshiga  misli  ko‘rilmagan  talofatlar  olib  kelgani  ham  ma’lum.  Abu
Rayhon Beruniy yozadi: Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar
va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok
etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi7. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar ) islom
davridan  keyin,  haqiqatni  bilib  bo‘lmaydigan  darajada  yashirin  qoldi.  Keyin
Qutayba  ibn  Muslim  al-Bohiliy  xorazmliklarning  kitoblarini  halok  etib,
bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib,
o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar. Uzoq zamon shunday
bo‘lgach,  ular  ixtilofli  narsalarini  unutib  kelishib  qolganlarini  yodda  saqlab
5 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
6 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 6.
7 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abu-rayhon-beruniy-ilmlarning-foydasi
5
Logotip
oid ko‘plab maqolalar va asarlar yaratilgan bo‘lsa-da, ammo mamlakatimiz xalqlari tarixida zardo‘shtiylikning o‘rni va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma asarlar yaratilmagan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan islom dini egallagan. Natijada bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning juda ko‘p qismi, sosoniylar davrida amalda bo‘lgan “Avesto” to‘plamining taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan5. Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni.  Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoga yurish qilgan davrda bu yerda yuksak sivilizatsiya mavjud edi. Haqiqatda esa, Avestoga  qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi. Abu Rayhon Beruniy yozadi: Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abisto(Avesto)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Aleksandr otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistonning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz “nask” edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’oni Karim bo‘laklarini xaftiyak deganimizdek, nask Abisto bo‘laklaridan har bitta bo‘lakning nomidir6. Eramizning VII-VIII asrlarida ro‘y bergan arablar bosqini O‘rta Osiyo xalqlari boshiga misli ko‘rilmagan talofatlar olib kelgani ham ma’lum. Abu Rayhon Beruniy yozadi: Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi7. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar ) islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar. Uzoq zamon shunday bo‘lgach, ular ixtilofli narsalarini unutib kelishib qolganlarini yodda saqlab 5 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650 6 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 6. 7 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abu-rayhon-beruniy-ilmlarning-foydasi 5
qoldilar. Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P.Tolstovning arxeologik
dalillar  asosida  isbot  etishicha,  islomgacha  bo‘lgan  sivilizatsiyaning  nodir
yodgorliklari, tarixiy adabiyot, ma’naviyat durdonalari yonib kulga aylantirilgan. 
Binobarin zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas “Avesto” kitobi ham
yondirilib, yo‘q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning bu
noyob yodgorligi keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqini asosidagina
bizgacha  etib  kelgan.  Mana  shu  hol  zardushtiylik  ta’limoti  tarixi  va
tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda “Avesto”
muhim  manbadir.  Chunki  “Avesto”  faqat  zardushtiylik  dinining  urf-odatlari,
e’tiqodi  jamlangan  muqaddas  kitob  bo‘libgina  qolmay,  unda  O‘rta  Osiyo  va
Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan. Yer
yuzidagi  eng  qadimgi  dinlar,  jumladan,  zardushtiylik  haqida  ilmiy-tadqiqotlar
vujudga kelgan. 
Amerikalik  olim  R.Fray,  fransuz  olimi  E.Benvenist,  belgiyalik  olim
J.Dyushen – Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik
K.Barr,  nemis  olimi  B.Xins  boshqalarning  asarlarini  ko‘rsatish  mumkin.
Zardushtiylik  tarixini  o‘rganish  bir  qator  muammolarni  o‘z  ichiga  oladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ni o‘rganish muammolari quyidagilar:
1)  Zardo‘shtning  vatani  qayer  ekanligi   2)  Avestoning  o‘rganish  masalalari
3)  Zardushtiylik dinining tarqalish bosqichlarini o‘rganish.
“Avesto”ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni o‘rta asrlarda yashab, ijod qilgan
alloma  Abu  Rayhon  Beruniy  boshlab  bergan  bo‘lsa  (alloma  o‘zining  “Osor
ulboqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida zardushtiylik dini
haqida ancha mufassal fikr yuritgan), Yevropada 1723-yil Jorj Bouje va ayniqsa
fransuz olimi Anketil Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi.
Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni juda katta. 
London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar
bilan  zardushtiylikning  o‘rta  asrlardagi  va  yangi  zamonlardagi  tarixini
6
Logotip
qoldilar. Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P.Tolstovning arxeologik dalillar asosida isbot etishicha, islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyaning nodir yodgorliklari, tarixiy adabiyot, ma’naviyat durdonalari yonib kulga aylantirilgan. Binobarin zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas “Avesto” kitobi ham yondirilib, yo‘q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning bu noyob yodgorligi keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqini asosidagina bizgacha etib kelgan. Mana shu hol zardushtiylik ta’limoti tarixi va tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda “Avesto” muhim manbadir. Chunki “Avesto” faqat zardushtiylik dinining urf-odatlari, e’tiqodi jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo va Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan. Yer yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. Amerikalik olim R.Fray, fransuz olimi E.Benvenist, belgiyalik olim J.Dyushen – Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik K.Barr, nemis olimi B.Xins boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin. Zardushtiylik tarixini o‘rganish bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ni o‘rganish muammolari quyidagilar: 1) Zardo‘shtning vatani qayer ekanligi 2) Avestoning o‘rganish masalalari 3) Zardushtiylik dinining tarqalish bosqichlarini o‘rganish. “Avesto”ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni o‘rta asrlarda yashab, ijod qilgan alloma Abu Rayhon Beruniy boshlab bergan bo‘lsa (alloma o‘zining “Osor ulboqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr yuritgan), Yevropada 1723-yil Jorj Bouje va ayniqsa fransuz olimi Anketil Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi. Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni juda katta.  London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan zardushtiylikning o‘rta  asrlardagi va yangi  zamonlardagi tarixini 6
o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Meri Boys 1963 – 1964-yillarda Yazd vodiysi
shimolidagi olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari
va rasm-rusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan
iborat “Zardushtiylik tarixi” nomli  yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr
etdi. Shuningdek, Meri Boys zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqida
fikrlari munozaralidir. 
Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon
davom  etib  kelmoqda.  G‘arb  olimlaridan  A.Meye  va  P.Tedeskolar 
zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston) degan farazni bildiradilar,
Daristetir, Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfel’d esa Midiyada paydo
bo‘lgan deydilar.  I.Markvart, B.A.To‘raev, X.Nyuberg, E.Benvenist, E.E. Bertels,
Gayger, Bartold, Shpigellar fikriga qaraganda, zardushtiylik Baqtriyada paydo
bo‘lgan,  E.Gersveld o‘zining dastlabki arxeologik qazilmalariga binoan hamda
V.V.Struve,  K.V.Trever,  Yu.A.Rapoport,  S.F.Oldenburg,  V.M.Lukonin,
B.I.Avdiev  singari  olimlarning  fikricha,  zardushtiylik  Turonzamin  (Xorazm,
Baqtriya,  So‘g‘d,  Farg‘ona)da  paydo  bo‘lib,  so‘ngra  Eron  va  boshqa
mamlakatlarga tarqalgan8.
Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning
bundan uch ming besh yuz yillar ilgari paydo bo‘lgani va boshqa dinlarning
shaklllanishi  va  rivojlanishiga  ko‘rsatgan  ta’siridan  tashqari,  oliyjanob  din
ekanligini,  asrlar  mobaynida  quvg‘inlikka  uchrasada,  unga  e’tiqod  qo‘yganlar
sa’y-harakati  tufayli  bizgacha  etib  kelganligini  ta’kidlaydi.  Meri  Boys  ham
otashparaslar dinining muqaddas kitobi Avesto qadimgi Xorazm vohasida paydo
bo‘lganini qayd etadi9.
Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqidagi
faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov,
M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov,
A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini
8 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/
9 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 18.
7
Logotip
o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Meri Boys 1963 – 1964-yillarda Yazd vodiysi shimolidagi olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari va rasm-rusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan iborat “Zardushtiylik tarixi” nomli  yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. Shuningdek, Meri Boys zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqida fikrlari munozaralidir. Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. G‘arb olimlaridan A.Meye va P.Tedeskolar  zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston) degan farazni bildiradilar, Daristetir, Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfel’d esa Midiyada paydo bo‘lgan deydilar. I.Markvart, B.A.To‘raev, X.Nyuberg, E.Benvenist, E.E. Bertels, Gayger, Bartold, Shpigellar fikriga qaraganda, zardushtiylik Baqtriyada paydo bo‘lgan, E.Gersveld o‘zining dastlabki arxeologik qazilmalariga binoan hamda V.V.Struve, K.V.Trever, Yu.A.Rapoport, S.F.Oldenburg, V.M.Lukonin, B.I.Avdiev singari olimlarning fikricha, zardushtiylik Turonzamin (Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona)da paydo bo‘lib, so‘ngra Eron va boshqa mamlakatlarga tarqalgan8. Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning bundan uch ming besh yuz yillar ilgari paydo bo‘lgani va boshqa dinlarning shaklllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siridan tashqari, oliyjanob din ekanligini, asrlar mobaynida quvg‘inlikka uchrasada, unga e’tiqod qo‘yganlar sa’y-harakati tufayli bizgacha etib kelganligini ta’kidlaydi. Meri Boys ham otashparaslar dinining muqaddas kitobi Avesto qadimgi Xorazm vohasida paydo bo‘lganini qayd etadi9. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqidagi faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini 8 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/ 9 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 18. 7
topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo
bo‘lganligi  xususida  ham  arxeologik  qazishmalar  davomida  ajoyib  natijalarga
erishgan S.P.Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning
payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi. 
Avesto ham boshqa ko‘plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko‘p
qatlamlidir – deb  yozadi S. P. Tolstov, – biroq unda, shubhasiz, O‘rta Osiyo
tarixining  arxaik  davriga  borib  taqaluvchi  ma’lumotlar  ustunlik  qiladi,  hozir
bizning qo‘limizda bor materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi
1 ming yillikning birinchi yarmiga mansub deb hisoblash mumkin.
Zardushtiylik bilan bog‘liq etnografik va lingivistik tadqiqotlar ham juda
ko‘p  narsalarni  oydinlashtirishi  mumkin.  Masalan  
B.I.Avdievning
zardushtiylikning  Xorazm  bilan  bog‘liqligini  quyidagicha  izohlaydi:
zardushtiylikning  birinchi  muqaddas  olovi  Xorazmda  yoqilgan.  Avestoda
tasvirlangan  Aryonam  Vayjo  degan  mamlakat  Xorazm  bo‘lishi  ehtimol.
Avestoning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi  1324-yili ko‘chirilgan
nusxasi  Kopengagen  shahrida  saqlanadi.  1771-yilda  Avestoni  tarjima  qilgan
A.Dyupperon  1288-yilda  ko‘chirilgan  qo‘lyozma  nusxasidan  foydalangan.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sosoniylar davridan  Avestoning 21 kitobi (nask)
saqlanib qolgan10.
Zardushtiylik paydo bo‘lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik
davri endi paydo bo‘layotgan davr edi. U urug‘-qabilachilik tuzumiy yemirilib
aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo‘linayotgan davr bo‘lgan. Bu
din eng avval O‘rta Osiyo, so‘ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun
O‘rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u
yerda yashagan turkiy elatlar bo‘lgan, shulardan o‘zbek elati tashkil topgan11.
Zardushtiylik eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo‘lgan din sifatida
undan oldingi urug‘ qabilachilik dinlari negizida paydo bo‘lgan yakka xudolik dini
10 Авеста. Хордэ Авеста (Младшая Авеста) / Подготовка авестийского текста, перевод, предисловие,      
   комментарий М.В.Чистякова. – СПб., 2005. – Б. 24.
11 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 20.
8
Logotip
topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo bo‘lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga erishgan S.P.Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi. Avesto ham boshqa ko‘plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko‘p qatlamlidir – deb  yozadi S. P. Tolstov, – biroq unda, shubhasiz, O‘rta Osiyo tarixining arxaik davriga borib taqaluvchi ma’lumotlar ustunlik qiladi, hozir bizning qo‘limizda bor materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga mansub deb hisoblash mumkin. Zardushtiylik bilan bog‘liq etnografik va lingivistik tadqiqotlar ham juda ko‘p narsalarni oydinlashtirishi mumkin. Masalan  B.I.Avdievning zardushtiylikning Xorazm bilan bog‘liqligini quyidagicha izohlaydi: zardushtiylikning birinchi muqaddas olovi Xorazmda yoqilgan. Avestoda tasvirlangan Aryonam Vayjo degan mamlakat Xorazm bo‘lishi ehtimol. Avestoning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 1324-yili ko‘chirilgan nusxasi Kopengagen shahrida saqlanadi. 1771-yilda Avestoni tarjima qilgan A.Dyupperon  1288-yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasidan foydalangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sosoniylar davridan  Avestoning 21 kitobi (nask) saqlanib qolgan10. Zardushtiylik paydo bo‘lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo‘layotgan davr edi. U urug‘-qabilachilik tuzumiy yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo‘linayotgan davr bo‘lgan. Bu din eng avval O‘rta Osiyo, so‘ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun O‘rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo‘lgan, shulardan o‘zbek elati tashkil topgan11. Zardushtiylik eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo‘lgan din sifatida undan oldingi urug‘ qabilachilik dinlari negizida paydo bo‘lgan yakka xudolik dini 10 Авеста. Хордэ Авеста (Младшая Авеста) / Подготовка авестийского текста, перевод, предисловие, комментарий М.В.Чистякова. – СПб., 2005. – Б. 24. 11 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 20. 8
bo‘lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so‘ng o‘rnini islom
egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o‘rta Sharqqacha
tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga
kelgan dindir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita
eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ilohiy hukm
amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta
tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din
doirasida fikr yuritildi. 
Keyingi  asrlarda  bu  g‘oyalar  yahudiylik,  xristianlik  va  boshqa  dinlar
tarafidan o‘zlashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ushbu din paydo bo‘lgan davr va uning
vatani – hali fanda oxirigacha to‘liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini
payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi.
Aslida  esa  u  mazkur  dinning  muqaddas  kitobi  hisoblanmish  Avestoda
“Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so‘zni “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilish
mumkin. Mazda so‘zi “donish, donishmand, oqil” kabi talqin etiladi12. 
Zardushtiylik yana Behdin, ya’ni “eng yaxshi din” deb ham ulug‘langan.
Uning ta’limotiga ko‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan.
Mazda  so‘zi  oldiga  ulug‘lash  ma’nosini  anglatuvchi  “Axura”  qo‘shilib,
zardushtiylikning  ilohiyati  –  Axura-Mazda  nomi  paydo  bo‘lgan.  Bu  –  Janob
Mazda yoki Iloh demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts,
Zoroatsr  ko‘rinishlarida  ham  ishlatiladi.  Tadqiqotchilar  o‘rtasida  Zardushtning
tarixda bo‘lgan yoki  bo‘lmaganligi borasida turli  fikrlar  mavjud. Ba’zilar uni
tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar13. 
Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida
yashagan  ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi  M.Boys  ta’kidlashicha,  u
mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida
mavjud bo‘lgan ko‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni
12 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
13 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 17.
9
Logotip
bo‘lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so‘ng o‘rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o‘rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g‘oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o‘zlashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ushbu din paydo bo‘lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to‘liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so‘zni “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilish mumkin. Mazda so‘zi “donish, donishmand, oqil” kabi talqin etiladi12. Zardushtiylik yana Behdin, ya’ni “eng yaxshi din” deb ham ulug‘langan. Uning ta’limotiga ko‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. Mazda so‘zi oldiga ulug‘lash ma’nosini anglatuvchi “Axura” qo‘shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo‘lgan. Bu – Janob Mazda yoki Iloh demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning tarixda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar13. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M.Boys ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo‘lgan ko‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni 12 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650 13 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 17. 9
isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini
boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – G‘arb nazariyasi bo‘lib,
unga  ko‘ra  Midiya  (hozirgi  Eron  hududida)  Zardushtning  vatani  va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili
shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi
bo‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin
yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo‘lganligidir. 
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi –
Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. avv. XI asrdan to
mil. XII asrgacha ketma-ket aynan Yaqin va O‘rta Sharqda davlat dini maqomida
bo‘lgan.  Ikkinchisi,  Sharq  nazariyasi  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  Zardusht  vatani  va
zardushtiylikning  ilk  tarqalgan  joyi  Xorazm  hisoblanadi.  Ko‘pchilik
manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. 
Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan
va  eng  buyuk  xudo  –  Axura-Mazdaning  Zardusht  bilan  bog‘langan  joyi
hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: Birinchi bor muqaddas
olov – “Ozarxurra”, “Airyanem-Vaeja” (ba’zi manbalarda – Eran-vej)da yoqildi,
deyiladi. Airyanem-Vaejaning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri
keladi14. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan “Barakot va najot” sohibi
bo‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, “dunyoda
hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja”, keyin esa odamlar va
chorva podalariga mo‘l Sug‘d (So‘g‘d), qudratli va muqaddas Mouru (Marv),
baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi15.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, hajmi g‘oyat katta bo‘lgani uchun
undan  foydalanish  osonlashtirish  niyatida  «kichik  avesto»  yaratildi.  Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak,
Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto
O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
14 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
15 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 78.
10
Logotip
isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – G‘arb nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo‘lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. avv. XI asrdan to mil. XII asrgacha ketma-ket aynan Yaqin va O‘rta Sharqda davlat dini maqomida bo‘lgan. Ikkinchisi, Sharq nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko‘pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: Birinchi bor muqaddas olov – “Ozarxurra”, “Airyanem-Vaeja” (ba’zi manbalarda – Eran-vej)da yoqildi, deyiladi. Airyanem-Vaejaning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri keladi14. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan “Barakot va najot” sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, “dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja”, keyin esa odamlar va chorva podalariga mo‘l Sug‘d (So‘g‘d), qudratli va muqaddas Mouru (Marv), baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi15. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, hajmi g‘oyat katta bo‘lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy 14 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650 15 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 78. 10
hayoti, diniy qarashlari,  olam  to‘g‘risidagi  tasavvurlari, urf-odatlari,  ma`naviy
madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. 
Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib,
avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus
olguniga  qadar  Avestoning  bo‘laklari  Turon  va  Eron  zamini  xalqlari  orasida
tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari
deb  hisoblangan  bo‘laklar  turli  diniy  duolar,  madhiyalar  sifatida  yig‘ila
boshlangan.
                          
11
Logotip
hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila boshlangan. 11
1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari
Avesto  zardushtiylik  muqaddas  kitoblarining  majmuidir.  U  –  murakkab
to‘plam.  Avestoning  saqlanib  qolgan  to‘rtta  kitobidan  birinchisining  nomi
“Videvdat” (vi-dayevodatam – Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. Ushbu kitob
Avestoning  saqlanib  qolgan  kitoblari  orasida  eng  mukammali  hisoblanadi.  U
yigirma ikki bob bo‘lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi,
vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha
yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to‘g‘risida bo‘lib, ular orasida Xorazm,
So‘g‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor.
 Ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar
bo‘lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi.
 Uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida. Shuningdek,
Videvdatning  boshqa  fragardlaridan  Zardusht  bilan  Axura-Mazdaning
savol-javoblari va muloqotlari ham o‘rin olgan. Ikkinchi kitob Yasna deb atalib,
Avestoning  e’tiborli  bo‘limi  sanaladi.  Yasna  –  yaz  o‘zagidan  bo‘lib,  “sajda,
topinch, namoz” ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo‘lgan. Boblari
ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o‘rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda
kohinlar tomonidan o‘qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. 
Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o‘zi ijod qilgan targ‘ibot she’rlari
ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo‘lib, 17 ta hasini
tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha
“bashorat” demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti
ha Haptanxati Yasna – Yetti bob Yasna deb nomlangan. Ular orasida olovning
muqaddasligi haqida bob bo‘lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod
qilish, dinning esa otashparatslik deb atalishi shunga bog‘liq. Binobarin, olov
Axura-Mazda  nurining  quyoshda  namoyonligi  va  uning  yerdagi  zarrasi  deb
hisoblangan. Oliy haqiqat  Arta ham olovda o‘z ifodasini  topgan. Olov haqni
nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rotsdan ajratib bergan. 
12
Logotip
1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to‘plam. Avestoning saqlanib qolgan to‘rtta kitobidan birinchisining nomi “Videvdat” (vi-dayevodatam – Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo‘lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to‘g‘risida bo‘lib, ular orasida Xorazm, So‘g‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor. Ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi. Uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o‘rin olgan. Ikkinchi kitob Yasna deb atalib, Avestoning e’tiborli bo‘limi sanaladi. Yasna – yaz o‘zagidan bo‘lib, “sajda, topinch, namoz” ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo‘lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o‘rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o‘qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o‘zi ijod qilgan targ‘ibot she’rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo‘lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha “bashorat” demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti ha Haptanxati Yasna – Yetti bob Yasna deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo‘lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa otashparatslik deb atalishi shunga bog‘liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o‘z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rotsdan ajratib bergan. 12
Yolg‘on  esa  chin  e’tiqodga  xiyonat  deb  qoralangan.  Arta  so‘zi  fonetik
o‘zgarib, datslab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob
“Vispered” deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida
karde deb atalib, ma’budlar  sha’niga  o‘qilgan duolar  va  ibodat  utsida  ularga
murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat
namozlari  yig‘indisi  ham  deyishadi.  Ayni  paytda  u  Yasnaga  qo‘shimcha
hisoblanadi. 
To‘rtinchi kitob “Yasht”  deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami
bo‘lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va
uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan
iborat16. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning
yig‘ma  parchalar  to‘plami  “Xo‘rdak  Avesto”  kitobida  jamlangan.  Masalan,
Exrpatatsan kitobidan ma’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv
tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi
qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. 
Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari)
asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to‘la ta’riflab berilgan17. Bu ta’riflar savobli
ishlar  yo‘riqnomasi, diniy marosimlar  va rasm-rusumlar  qoidasi,  zardushtiylik
ta’limoti asoslari, dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va
undagi  hisob-kitob,  falakiyot,  ijtimoiy-huquqiy  qonun-qoidalar,  Zardushtning
tug‘ilishi va bolaligi, haq yo‘lini tutish, jamiyat a’zolarining haq-huquqlari, devlar,
jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o‘qiladigan duolar, amallar va boshqalardan
iboratdir.  Zardushtiylik  dini  haqida  frantsuz  olimi  Anketil  Dyuperron  juda
qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. 
Masalan, Anketil Dyuperron 1755-yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u
yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini
16 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 88.
17 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 68.
13
Logotip
Yolg‘on esa chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so‘zi fonetik o‘zgarib, datslab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob “Vispered” deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma’budlar sha’niga o‘qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig‘indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo‘shimcha hisoblanadi. To‘rtinchi kitob “Yasht” deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami bo‘lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat16. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning yig‘ma parchalar to‘plami “Xo‘rdak Avesto” kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan ma’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to‘la ta’riflab berilgan17. Bu ta’riflar savobli ishlar yo‘riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi, zardushtiylik ta’limoti asoslari, dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va undagi hisob-kitob, falakiyot, ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, Zardushtning tug‘ilishi va bolaligi, haq yo‘lini tutish, jamiyat a’zolarining haq-huquqlari, devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o‘qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil Dyuperron juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil Dyuperron 1755-yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini 16 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 88. 17 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 68. 13
yaxshi o‘rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima
1771-yilda nashr etilgan18. 
Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto
G‘arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi
nomlar, atamalar aksariyat  hollarda asliga to‘g‘ri kelmaydi. Avestoda turkona
jihatlar  kam  qolgan.  Zartushtiylikni  o‘rganish  hozirgi  kunlarda ham  faol  olib
borilyapti. Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O‘zbekiston uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko‘p qatlamli diniy tajribada
mazkur dinning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Avestoning  eng  qadimiy  qismi  Gat  (xat  –  noma)ni  ijod  etgan.  Avesto
tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil (miloddan avval 3000 yillik
ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o‘tgan davrda) yuzaga
kelib, avloddan-avlodga og‘zaki ko‘chirib olingan, uning ko‘p qismi yo‘qolgan,
yettidan bir  qismi  saqlangan. Miloddan avvalgi  III asrda Arshakiylar  sulolasi
davrida to‘plangan19.
Dinshunoslikda  Avesto  uch  tarixiy qatlamga ajratilgan:  1)  eng qadimiy
qismi  miloddan  avvalgi  3  ming  yillikda  vujudga  kelgan  Yashtlardir,  ularda
urug‘chilik  tuzumidagi  e’tiqodlar,  ko‘p  xudolik  tasavvurlari  tasvirlangan.
2) Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar
yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3) Qadimiy ko‘pxudolik va
keyingi yakkaxudolik g‘oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi
V asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning
oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.
Hozirgi  dinshunoslikka  xos  bo‘lgan  Avestoning  VI  asrlarda  Eronda
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib
tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy yozuviga ko‘plab
sharhlar berilgan. Bular “Zend” nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol
18 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
19 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 25.
14
Logotip
yaxshi o‘rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771-yilda nashr etilgan18. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G‘arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to‘g‘ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o‘rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilyapti. Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko‘p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o‘rni beqiyosdir. Avestoning eng qadimiy qismi Gat (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil (miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o‘tgan davrda) yuzaga kelib, avloddan-avlodga og‘zaki ko‘chirib olingan, uning ko‘p qismi yo‘qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi III asrda Arshakiylar sulolasi davrida to‘plangan19. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1) eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir, ularda urug‘chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko‘p xudolik tasavvurlari tasvirlangan. 2) Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3) Qadimiy ko‘pxudolik va keyingi yakkaxudolik g‘oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo‘lgan Avestoning VI asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy yozuviga ko‘plab sharhlar berilgan. Bular “Zend” nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol 18 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650 19 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 25. 14
terisiga  yozilib,  hajmi  g‘oyat  katta  bo‘lgani  uchun  undan  foydalanish
osonlashtirish niyatida “kichik avesto” yaratildi.
VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O‘rta
Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar
quvg‘in  va  ta’qib  ostiga  olingach  Avestoning  aksariyat  beshdan  uch  qismi
yo‘qolgan  va  unitilgan.  Avestoda  bu  dinning  diniy-falsafiy  tizimining  qoida
dasturlari  bayon  etilgan20.  U  qadimiy  ajdodlarimizni  dunyoqarash,  huquqiy,
axloqiy,  tamoyil  qoidalarini  o‘z  doirasiga  olgan.  Unda  tabiat  falsafasi,
kosmogoniya, tarix, etika doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy
tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o‘rin olgan. Hokim va
zolimlar ulug‘langan, ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak
deb da’vo qilingan.
Xulosa  shuki,  Avesto  Zardushtiylikning  muqaddas  kitobi  hisoblangan,
2000 yil davomida yaratilgan 3/5 qismi yo‘qolib ketgan u yakka hudolikni targ‘ib
etgan, olovga sig‘inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan21. Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak,
Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto
O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari,  olam  to‘g‘risidagi  tasavvurlari, urf-odatlari,  ma’naviy
madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. 
Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib,
avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus
olguniga  qadar  Avestoning  bo‘laklari  Turon  va  Eron  zamini  xalqlari  orasida
tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari
deb  hisoblangan  bo‘laklar  turli  diniy  duolar,  madhiyalar  sifatida  yig‘ila
boshlangan. Bular Zardushtning o‘limidan keyin kitob holida jamlangan va Avesto
20 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 24.
21 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 72.
15
Logotip
terisiga yozilib, hajmi g‘oyat katta bo‘lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida “kichik avesto” yaratildi. VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O‘rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg‘in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo‘qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy-falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan20. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o‘z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o‘rin olgan. Hokim va zolimlar ulug‘langan, ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 3/5 qismi yo‘qolib ketgan u yakka hudolikni targ‘ib etgan, olovga sig‘inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan21. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila boshlangan. Bular Zardushtning o‘limidan keyin kitob holida jamlangan va Avesto 20 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 24. 21 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 72. 15
– O‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar deb nom olgan. Bu qadimiy
yozma manba bizgacha to‘liq holda etib kelmagan. 
Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy  shunday yozadi: Yilnoma kitoblarida
bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida Avestoning 12 ming qoramol
terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron
qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning
uchun  o‘sha  vaqtda  Avestoning  beshdan  uchi  yo‘qolib  ketdi.  Avestoning
Aleksandr  Makedonskiy  tomonidan  Gretsiyaga  olib  ketilgani,  zarur  joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo
matn  haqida  (at-Tabariyda  –  12000  pergament)  keyingi  davrlarda  yaratilgan
zardushtiylik adabiyotida (Bundahishn, Shahrihoi Eron, Dinkard, IX asr Arda
Viraf-namak,   Tansar  xatlari,  al-Mas’udiyning  Muruj  az-zahab,  Forsnoma)
ma’lumotlar  bor.  Bu  asarlarda  yunonlar  otashxonalarni  vayron  qilganlari,
ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib
ketganliklari haqida yoziladi. 
Hozir  bizgacha  yetib  kelgan  Avesto,  Beruniyning  yozishicha,  aslining
beshdan ikki qismi xolos. U Avesto 30 “nask” edi, majusiylar (zardushtiylar)
qo‘lida 12 nask chamasi qoldi – deb yozgan. Yozma manbalarga ko‘ra, haqiqatan
ham Avestoni  mo‘badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib o‘tib, asrlar
osha saqlaganlar.  Buning sababi  mo‘badlar  mag‘lub xalqlar  (Yaqin va Sharq
xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt
jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto
qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243)
davrida,  ayniqsa,  Shopur  (243-273)  davrida  astrologiya,  tabobat,  riyoziyot  va
falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu
asosiy matn to‘ldirib borilgan. Avestoning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki
to‘liq  qo‘lyozmasi  Hindisonda  saqlanadi  –  biri  Mumbayda,  zardushtiylarning
madaniy markazi bo‘lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi
davlat kutubxonasida. 
16
Logotip
– O‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to‘liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida Avestoning 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida (Bundahishn, Shahrihoi Eron, Dinkard, IX asr Arda Viraf-namak, Tansar xatlari, al-Mas’udiyning Muruj az-zahab, Forsnoma) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U Avesto 30 “nask” edi, majusiylar (zardushtiylar) qo‘lida 12 nask chamasi qoldi – deb yozgan. Yozma manbalarga ko‘ra, haqiqatan ham Avestoni mo‘badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib o‘tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo‘badlar mag‘lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu asosiy matn to‘ldirib borilgan. Avestoning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki to‘liq qo‘lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. 16
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini
boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, “bu mamlakatning
ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov
va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l,
chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini Iskata
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so‘g‘dlar yashaydigan
yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor”. 
Shubhasiz, keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar bu Amudaryo va Sirdaryo
bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki
daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani,
zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm,
tarqalish yo‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz. 
Avestoning “Yasna” kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari
unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib,
qo‘shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo‘shni
davlat  bilan  urush  boshlanib,  Vishtaspa  g‘alaba  qozonadi.  Shundan  so‘ng  bu
ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‘ra,
Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o‘n ikki ming mol terisiga
yozib olingan.
17
Logotip
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, “bu mamlakatning ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l, chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so‘g‘dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor”. Shubhasiz, keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar bu Amudaryo va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning “Yasna” kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo‘shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo‘shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng bu ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‘ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o‘n ikki ming mol terisiga yozib olingan. 17
II-BOB “AVESTO” – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI
 MUHIM MANBA
2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn, ko‘pincha “Zend-Avesto”,
ya’ni “Tafsir qilingan matn” deb ataladi) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari
to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan
Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan22. Avesto
da  keltirilgan  geografik  ma’lumotlar  ham  buni  tasdiqlaydi.  Masalan,  Xudo
yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi
Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga
olinadi,  Orol  dengizi  (Vorukasha  yohud  Vurukasha)  va  Amudaryo  (Daiti)
tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va
Zarafshon vodiysi bo‘lgan. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. 
Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi
2-ming  yillik  oxiri  1-ming  yillik  boshiga  oid  bo‘lib,  og‘zaki  tarzda
avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-
odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazolar qo‘shilib borgan.
Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi
esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi23. U Persepolda saqlangan.
Aleksandr  (Makedoniyalik  Iskandar)  Eronni  zabt  etganda,  bu  nusxa  kuydirib
yuborilgan.  Arshakiylardan  Vologes  I  davrida  qayta  kitob  qilingan,  lekin  u
saqlanmagan. Sosoniylar davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan. 
Avesto  21  nask  (qism)dan  iborat  bo‘lgan.  Avesto  hajmi  katta  kitob
bo‘lganligi  sababli  dindorlar  kundalik  faoliyatida  foydalanish  uchun  uning
ixchamlashtirilgan shakli — “Kichik Avesto” (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar
Eronni  fath  etgach  zardushtiy  ruhoniylarining  bir  qismi  Hindistonga  ko‘chib
o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha
Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron
22 https://milliycha.uz/ru/avesto/
23 Ҳамидова.M. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Ўқув қўлланма. Тошкент., 2005. Б . 88.
18
Logotip
II-BOB “AVESTO” – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI MUHIM MANBA 2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn, ko‘pincha “Zend-Avesto”, ya’ni “Tafsir qilingan matn” deb ataladi) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan22. Avesto da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, Xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf- odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazolar qo‘shilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi23. U Persepolda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davrida qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan. Avesto 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Avesto hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — “Kichik Avesto” (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron 22 https://milliycha.uz/ru/avesto/ 23 Ҳамидова.M. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Ўқув қўлланма. Тошкент., 2005. Б . 88. 18
zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib
nashr etgan. Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir
qismidir.  U  Yasna,  Vispered,  Vendidad,  Gatlar  va  Yashtlar  nomi  bilan
yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. Avestoda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra,
olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik
bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat. 
Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma
tabiiy  boyliklarni  yaratgan.  Yomonlik  va  yovuzlik  timsoli  Anxramaynu
Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu
kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni
ifodalovchi  kuchlar  yer  ostida  joylashgan,  yer  sathi  esa  kurash  maydonidir.
Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham
tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat.
Cheksiz,  abadiy  fazo  va vaqt  ham  ikki  qarama-qarshi  qismdan:  yaxshilik  va
Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu
hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. 
Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam, forscha
Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin
davr  hisoblangan,  chunki  unda  o‘lim  bo‘lmagan,  Ahuramazda  doimiy  bahor
yaratgan. Kishilar bekamu kust, Baxtiyor yashagan24. 900 yil o‘tgach shoh Yima
g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu
hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda
amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var)
qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin
davri tugagach, Hayr bilan sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri
bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib,
ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. 
24 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 83.
19
Logotip
zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan. Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. Avestoda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam, forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu kust, Baxtiyor yashagan24. 900 yil o‘tgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. 24 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 83. 19
Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati “Ezgu fikr”, “Ezgu so‘z” va “Ezgu
amal”  kabi  muqaddas  uchlikda  o‘z  ifodasini  topadi.  Zardushtiylarning  ibodat
oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. Avesto o‘zbek,
umuman  O‘rta  Osiyo,  Eron,  Ozarbayjon  xalqlarining  qadimgi  davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy  hayoti,  diniy  qarashlari,  olam  to‘g‘risidagi  tasavvurlari,
urf-odatlari,  ma’naviy  madaniyatlarini  o‘rganishda  muhim  va  yagona  manba.
“Bu Nodir kitob ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan
ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”. 
Avesto  asarida  Xorazm,  Baqtriya  va  So‘g‘d  tuprog‘ida  paydo  bo‘lgan.
Avestoning eng qadimgi geografik nomlari O‘rta Osiyo va unga chegaradosh
viloyatlari bilan bog‘lanadi. Avesto kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi:  qadimgi  geografik  tushunchalar,  hududiy,  etnik,  qabilalar  va  viloyatlar
nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining
rivojlanishi haqida ma’lumotlar25. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan
avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O‘rta Osiyo xalqlarining
tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu  borada  O‘rta  Osiyo  xalqlari  to‘g‘risida  qisqa  bo‘lsada,  juda  aniq
ma’lumotlar  beruvchi  Gerodotning  Tarix  kitobi  qismlari  ayniqsa  qimmatlidir.
Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri
bo‘lib  hisoblangan.  Uning  muallifi  Gerodot  tarixning  otasi  deb  nom  olgan26.
Avesto  qadimgi  fors  yozuvlari,  Gekatey,  Gerodot,  Ktesiy  va  boshqa  yunon
tarixshunoslarining  asarlarida  O‘rta  osiyo  tarixiy  viloyatlari  nomlari  quyidagi
tartibda ko‘rsatib berilgan: Mouru tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona yerlari
Murg‘ob vohasi, So‘g‘diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona
(Baqtriya)  -  Afg‘onistonning  shimoli-sharqiy  qismi,  Janubiy  Tojikiston  va
Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o‘rta va quyi qismidagi yerlarini
o‘z ichiga olgan.Saklar  O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari va
cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalaridir. 
25 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 85.
26 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 28.
20
Logotip
Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati “Ezgu fikr”, “Ezgu so‘z” va “Ezgu amal” kabi muqaddas uchlikda o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. Avesto o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. “Bu Nodir kitob ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”. Avesto asarida Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d tuprog‘ida paydo bo‘lgan. Avestoning eng qadimgi geografik nomlari O‘rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog‘lanadi. Avesto kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar25. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan. Bu borada O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsada, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning Tarix kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot tarixning otasi deb nom olgan26. Avesto qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O‘rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko‘rsatib berilgan: Mouru tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona yerlari Murg‘ob vohasi, So‘g‘diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o‘rta va quyi qismidagi yerlarini o‘z ichiga olgan.Saklar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari va cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalaridir. 25 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 85. 26 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 28. 20
Ahamoniylar  yozuvlarida  saklar  quyidagi  guruhlarga  bo‘lingan:  saka
tigraxauda tigra - bu o‘tkir, xauda - bosh kiyim, saka-xaumovarka - xaomani
ulug‘lagan saklar (xaoma - muqaddas ichimlik), saka tiay darayyo - daryo, dengiz
narigi yog‘idagi saklar.
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo‘rg‘onlar juda
keng  hududda  topib  tekshirilgan  (Kaspiy,  Orol  dengizi  atrofidan  Balxash
ko‘ligacha, pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo
erlarida). Saklar xo‘jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu
kabilar  qoramol  mayda  chorva  hamda  otni  ko‘plab  urchitganlar.  Saklarning
yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat
qurollari va sopol idishlar uchraydi.
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O‘rta
Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganishda Avestodagi
ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning
ma’lumotlari  asos  bo‘lib  xizmat  qildi.  Ilmiy  adabiyotlarda  O‘rta  Osiyoda
ahamoniylar davrigacha mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z
yuritganlar: 1) Arshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi
2) Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va
Marg‘iyonada bo‘lgan Katta Xorazm yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm
davlati.
Olimlarning  aytishicha,  Aryoshayyona  Avestoda  tilga  olingan  Kavi
Vishtasining podsholigi bo‘lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana,
Satagadiya,  Ariya,  Marg‘iyona  va  Amudaryo  va  o‘rta  oqimidagi  viloyatlarni
birlashtirgan.  G‘arb  olimlari  V.B.Xenning,  I.Gershevichlar  Kavi  Vishtasining
davlati Marv va Hirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaganlar.
Bu masala ko‘plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo‘lgan bo‘lsada, katta
Xorazm muammosi to‘la yechimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning
Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo
bo‘lgan. Gerodot yozadi: Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan
21
Logotip
Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: saka tigraxauda tigra - bu o‘tkir, xauda - bosh kiyim, saka-xaumovarka - xaomani ulug‘lagan saklar (xaoma - muqaddas ichimlik), saka tiay darayyo - daryo, dengiz narigi yog‘idagi saklar. Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo‘rg‘onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko‘ligacha, pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo‘jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko‘plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganishda Avestodagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo‘lib xizmat qildi. Ilmiy adabiyotlarda O‘rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z yuritganlar: 1) Arshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi 2) Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg‘iyonada bo‘lgan Katta Xorazm yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati. Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona Avestoda tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo‘lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryo va o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Hirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaganlar. Bu masala ko‘plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo‘lgan bo‘lsada, katta Xorazm muammosi to‘la yechimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo‘lgan. Gerodot yozadi: Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan 21
o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga
qarashli  bo‘lib,  xorazmliklar,  parfiyaliklar,  saranglar  va  tamaneylarning
chegaradosh yerlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlangach vodiy fors
podshosi hukmronligiga o‘tgan. Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik
daryo boshlanadi. Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan
oldin  xorazmliklar  Parfiya  chegaradaridan  sharqiy  yo‘nalishda  Kopetdog‘
yonbag‘irlarida joylashganlar.
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu davlatni
forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng xorazmliklar Quyi
Amudaryo - hozirgi Xorazm  viloyatiga ko‘chib borganlar deb faraz qilingan.
Ushbu  nazariyaga  ko‘ra,  xorazmliklarni  Quyi  Amudaryo  erlariga  janubdan
miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar.
S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib, xorazmliklar O‘rta
Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar. Xorazm  davlati  Quyi  Amudaryoda
qadimgi  zamonlardayoq  vujudga  kelgan  deb  xulosa  qilganlar.  Ammo  bu
davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lgan.
O‘rta Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab xalqlarning qo‘shni-
qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda
yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining
Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi.
Agar  ko‘rsatib  o‘tilgan fikrlar, jumladan,  oxirgisi  to‘g‘ri  bo‘lsa,  qabilalarning
ko‘chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda
boshlangan  Janubiy  viloyatlarning  vakillari  va  mahalliy  aholisi  qo‘shilish
natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu
vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va xususan
O‘zbekiston  hududida bronza davrida va miloddan avvalgi  1 ming yillikning
boshlarida ancha taraqqiy topgan.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o‘rta oqimi
qismidan tortib Orolga yaqin bo‘lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning
22
Logotip
o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlangach vodiy fors podshosi hukmronligiga o‘tgan. Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi. Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo‘nalishda Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko‘chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar. S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib, xorazmliklar O‘rta Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar. Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lgan. O‘rta Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab xalqlarning qo‘shni- qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to‘g‘ri bo‘lsa, qabilalarning ko‘chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo‘shilish natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va xususan O‘zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan. Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o‘rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo‘lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning 22