AYOLLAR TANOSIL A’ZOLARI FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. ORALIQ. SIYDIK-TANOSIL VA CHANOQ DIAFRAGMASI.
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
27,4 KB
AYOLLAR TANOSIL A’ZOLARI FUNKSIONAL VA KLINIK
ANATOMIYASI. ORALIQ. SIYDIK-TANOSIL VA CHANOQ
DIAFRAGMASI.
Ayollar jinsiy a’zolari.
Tuxumdon. Ovarium
Tuxumdon - ovarium - juft a’zo bo‘lib, quyidagi qismlari bo‘ladi: bachadon
nayiga qaragan uchi - extermitas tubaria; pastki bachadonga qaragan uchi -
extermitas uterina; lateral va medial yuzalar - facies lateralis et medialis; erkin
chekkasi - margo liber; tutqichli chekkasi - margo mesovaricus bo‘ladi. Tutqichli
chekkasi sohasida qon tomir va nervlarni saqlaydigan tuxumdon darvozasi - hilum
ovarii bo‘ladi. Tuxumdon bachadon bilan tuxumdonning xususiy boylami -- lig.
ovarii proprium vositasida birikkan bo‘ladi. Tuxumdonning bachadon nayiga qaraga
uchiga, nayning shokilasi fimbria ovarica hamda lig. suspensoriu ovarii –
tuxumdonni ushlab turuvchi boylami birikadi. Tuxumdonning tashqi yuzasi oqlik
parda tunica albuginea bilan qoplangan. Tuxumdonda po‘stloq qismi cortex ovarii
va mag‘iz qismi medulla ovarii ko‘rinadi.
Tuxumdon ichida tuxumdonning pufakchali xaltachalari - folliculi ovarici
vesiculosi - bo‘lib, uning ichida tuxum - ayollar jinsiy hujayrasi - ootsit - yetiladi.
Pufakli xaltachalar rivojlanib, yoriladi va uning ichidagi tuxum hujayralari -
ootsit - tuxumdon yuzasiga chiqadi. Pufakli xaltachalar sohasi qon va sariq to‘qima
bilan to‘lib qizil tana corpus rubrum va sariq tana - corpus luteum hosil bo‘ladi.
Tuxum hujayrasi urug‘lanib homila hosil bo‘lsa, sariq tana kattalashib uzoq
muddatga saqlanib qoladi va bu sariq tanaga corpus luteum graviditalis deyiladi.
Agarda tuxum hujayrasi - ootsit - urug‘lanmasa, sariq tana atrofiyaga uchraydi,
so‘riladi va oq tana - corpus albicans ga aylanib, yo‘qolib ketadi. Har 28 kun ichida
bitta follikula yetishadi. Tuxumdon qorin parda bilan o‘ralmaydi. Shu sababli ootsit
tuxumdon yuzasidan bachadon nayiga yo‘naladi.
Bachadon nayi -tuba uterina (salpinx)
Bachadon nayi - tuba uterina - tuxumdonda yetilgan ootsit xujayralarini
bachadonga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Bachadon nayining quyidagi qismlari
bo‘ladi: 1) nayning bachadon devoridagi qismi - pars uterina; 2) nayning siqilgan
(toraygan) bo‘yin qismi – isthmus tubae uterina. ; 3) nayning kengaygan qismi -
ampulla tubae uterina.; 4) nayning qorin bo‘shlig‘iga ochiladigan voronkasimon
kengaygan sohasi – bachadon nayining quyg‘ichi - infundibulum tubae uterina..
Infundibulum sohasida bachadon nayining shokilalari - fimbriae tubae uterina -
bo‘lib, ularning biri ancha uzunroq bo‘ladi va tuxumdonga birikkanidan - fimbria
ovarica -- tuxumdon shokilasi deyiladi. Bachadon nayining qorin bo‘shlig‘iga
ochilgan teshigi - ostium abdominale tubae uterina, bachadon nayining bachadon
bo‘shlig‘iga ochilgan teshigi - ostium uterinum tubae uterina deyiladi.
Bachadon nayining tashqi seroz pardasi - tunica serosa - qorin parda
to‘qimasidan hosil bo‘ladi. Bu pardaning ostida seroz parda osti asosi -- tunica
subserosa joylashadi. Tunica muscularis – mushakli qavatida 2 turdagi silliq mushak
tolalari (tashqi bo‘ylama va ichki xalqasimon) joylashadi. Ichki qavat esa shilliq
qavat - tunica mucosa bo‘lib, kiprikli epiteliy xujayralari bilan qoplangan va
bachadon burmalari - plicae tubaria hosil bo‘ladi.
Bachadon -uterus
Bachadon - uterus - homila taraqqiy etadigan mushakli, kichik chanoq
bo‘shlig‘idagi a’zodir. Bu a’zo siydik qopchasi bilan to‘g‘ri ichak orasida
joylashadi.
Bachadonning quyidagi qismlari bo‘ladi: bachadon tubi - fundus uteri yuqori
sohasida joylashadi; bachadon tanasi - corpus uteri; bachadonning bo‘yin qismi
cervix uteri. Yuqori sohada bachadon shoxi – cornu uteri, bachadonning chekkasi –
margo uteri bo‘ladi.
Bachadoning orqa yuzasi ichak tarafda bo‘lganligidan ichaklarga qaragan
yuzasi facies intistenalis (posterior), oldingi yuzasi siydik qopchasi tarafida
bo‘lganligidan facies vesicalis (anterior) deyiladi.
Bachadan bo‘shlig‘i cavitas uteri -- ichki anatomik teshik – ostium anatomicum
uteri internum vositasida bachadonning bo‘yin qismi cervix uteri ga davom etadi.
Cervix uteri ning quyidagi qismlari bo‘ladi:
a) portio supravaginalis cervici – bachadon bo‘ynining qin usti qismi. Bu
sohada torayma isthmus uteri hosil bo‘lib ichki gistologik teshik ostium
histologicum uteri internum vositasida keyingi bo‘limga davom etadi;
b) portio vaginalis cervicis – bachadon bo‘ynining qin qismi.
Bachadonning bo‘yin qismi, qin sohasiga bachadon teshigi - ostium uteri holida
ochiladi. Bu teshik sohasida oldingi lab – labium anterius va orqa lablar labium
posterius lar bo‘ladi.
Bachadon bo‘ynining kanali – canalis cervicis uteri ichki yuzasida palmasimon
burmalar – plicae palmatae, bo‘yin qismidagi bezlar - glandulae cervicales lar
bo‘ladi.
Bachadonning tashqi tarafini yog‘ moddali bachadon atrofidagi kletchatka
parametrium o‘rab turadi. Bachadon bo‘yin sohasidagi bu qavat paracervix deyiladi.
Bachadon devori uch qavatdan tashkil topgan.
1. Tashqi tarafdan bachadon seroz qorin parda tunica serosa bilan
qoplangan. Bachadonning bu tashqi qavati - perimetrium deyiladi.
2. O‘rta qavatida - silliq mushak tolalaridan iborat tunica muscularis bo‘ladi.
Bachadonning bu qavatini - myometrium deyiladi.
3. Ichki qavat - shilliq qavat - tunica mucosa bilan qoplangan bo‘lib,
bachadonda bu qavatga - endometrium deyiladi. Shilliq qavatda bachadon bezlari
- glandulae uterinae uchraydi.
Qorin parda bachadonni o‘rab, ikki yon tarafga yo‘nalishidan bachadonning
keng boylami - lig. latai uteri hosil bo‘ladi. Bachadon chov kanalidagi teri sohasi
bilan lig. teres uteri - bachadonning yumaloq boylami vositasida birlashadi.
Bachadon bilan tuxumdon orasida esa lig. ovarii proprium - tuxumdonning hususiy
boylami tortiladi. Qov suyagi bilan bachadon bo‘yni orasida lig. pubocervicale,
to‘g‘ri ichak bilan bachadon orasida lig. rectouterinum boylamlari tortilgan bo‘ladi.
Bachadonning bo‘yin sohasida ko‘ndalang boylam – lig transversum cervicis
(lig cardinale) bo‘ladi.
Bachadon devorining xususiy mushaklaridan tashqari to‘g‘ri ichakdan
yo‘naluvchi m. rectouterinus devorini mustahkamlaydi.
Qin - vagina
Qin - vagina 8 sm uzunlikga ega bo‘lgan nay bo‘lib, bachadon bo‘yni bilan
katta uyatli lablar sohasini qo‘shib turadi. Pastki sohada qin daxliziga ostium
vaginae teshigi ochiladi. Qizlar qininin tashqi teshigi halqa shaklidagi shilliq parda
burmasi hymen femininu bilan berkilgan bo‘ladi.
Qinning oldingi va orqa devorlari - paries anterior et posterior o‘zaro qo‘shiladi
va bachadon bo‘yinchasi sohasida qin gumbazi - fornix vaginae hosil bo‘ladi.
Qinnning oldingi devori yuqori qismida siydik qopining tubigacha borib, yumshoq
qo‘shuvchi to‘qima vositasida ajralib turadi. Oldingi devorning pastki uchi esa
siydik chiqaruv nayi bilan chegaralanib turadi.
Qin orqa devorining ustki qismi qisman qorin parda bilan qoplanib, pastroqda
to‘g‘ri ichak devori bilan chegaradoshdir.
Qin devori tashqi tarafdan pishiq qo‘shuvchi to‘qima bilan qoplanadi.
Devorning o‘rta qavatini ichki sirkulyar va tashqi bo‘ylama silliq mushak
to‘qimalari hosil etadi va tunica muscularis deyiladi. Qin devorining ichki qavati
tunica mucosa burmalar rugae vaginalis -ni hosil etgan shilliq qavat bilan qoplangan
bo‘ladi. Qin devorida g‘ovakli qavat tunica spongiosa ham bo‘ladi.
Ayollar tashqi jinsiy a’zolari – organa genitalia feminina externa.
Ayollar jinsiy a’zolari sohasi – pudendum feminina (vulva).