Аyollarning jinsiy a'zolari

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

26,6 KB


 
 
 
 
Аyollarning jinsiy a'zolari 
 
 
Аyollarning jinsiy a’zolari o’z navbatida ikkita guruhga bo’linadi: 
1. Ichki jinsiy a’zolar – tuxumdon ovarium, bachadon uterus, bachadon nayi tuba 
uterina va qin vagina. 
2. Tashqi jinsiy a’zolar – ayollarning jinsiy sohasi va klitor.  
Tuxumdon 
Tuxumdon, ovarium – kichik chanoq bushlig’ida joylashgan, ayollarning juft 
jinsiy a’zosi hisoblanadi. Unda tuhum hujayra rivojlanadi va jinsiy garmonlar ishlab 
chiqariladi. Ko’rinishi cho’zinchoq shaklda bo’lib, oldindan orqaga qarab biroz 
yassilashgan. Uzunligi o’rtacha 2,5 sm, kengligi 1,5 sm, qalinligi 1,0 sm, og’irligi 5 - 8 
gr. Tuxumdonning ikkita yuzasi, ikkita tomoni va yuqorigi uchi - extremitas tubaria va 
pastki uchi - extennitas uterina farqlanadi. 
Tuxumdanning yuzalari: 
- Ichki yuzasi - facies medialis 
- Tashqi yuzalari- facies lateralis 
Tuxumdonning chekkalari: 
- Orqa erkin kirrasi - margo liber 
- Oldingi tutqichli qirrasi - margo mesoovaricus 
Tuxumdonning darvozasi - hilus ovarii deyiladi. Bu darvozadan arteriya va 
tuxumdonning nervlari tuxumdon ichiga kiradi, vena va limfa tomirlar chiqadi. 
Tuxumdonning yuqori uchi bachadon naylariga qaragan boʼladi, pastki uchi esa 
bachadonga qaragan boʼlib, u tuxumdonning hususiy boylami - lig. ovuli proprium bilan 
bachadonga yopishib turadi. U tuxumdonning bachadon uchidan boshlanadi va 
bachadonning lateral burchagiga birikadi. Kichik chanoq boʼshligʼida tuxumdonni 
Logotip
Аyollarning jinsiy a'zolari Аyollarning jinsiy a’zolari o’z navbatida ikkita guruhga bo’linadi: 1. Ichki jinsiy a’zolar – tuxumdon ovarium, bachadon uterus, bachadon nayi tuba uterina va qin vagina. 2. Tashqi jinsiy a’zolar – ayollarning jinsiy sohasi va klitor. Tuxumdon Tuxumdon, ovarium – kichik chanoq bushlig’ida joylashgan, ayollarning juft jinsiy a’zosi hisoblanadi. Unda tuhum hujayra rivojlanadi va jinsiy garmonlar ishlab chiqariladi. Ko’rinishi cho’zinchoq shaklda bo’lib, oldindan orqaga qarab biroz yassilashgan. Uzunligi o’rtacha 2,5 sm, kengligi 1,5 sm, qalinligi 1,0 sm, og’irligi 5 - 8 gr. Tuxumdonning ikkita yuzasi, ikkita tomoni va yuqorigi uchi - extremitas tubaria va pastki uchi - extennitas uterina farqlanadi. Tuxumdanning yuzalari: - Ichki yuzasi - facies medialis - Tashqi yuzalari- facies lateralis Tuxumdonning chekkalari: - Orqa erkin kirrasi - margo liber - Oldingi tutqichli qirrasi - margo mesoovaricus Tuxumdonning darvozasi - hilus ovarii deyiladi. Bu darvozadan arteriya va tuxumdonning nervlari tuxumdon ichiga kiradi, vena va limfa tomirlar chiqadi. Tuxumdonning yuqori uchi bachadon naylariga qaragan boʼladi, pastki uchi esa bachadonga qaragan boʼlib, u tuxumdonning hususiy boylami - lig. ovuli proprium bilan bachadonga yopishib turadi. U tuxumdonning bachadon uchidan boshlanadi va bachadonning lateral burchagiga birikadi. Kichik chanoq boʼshligʼida tuxumdonni
osiltirib turuvchi boylam - lig. saspensorium ovarii joylashadi. Bu boylam ichida 
tuxumdonning qon-tomiri va fibroz tolalari joylashgan boʼladi. Tuxumdon tashqi 
tomondan bir qavat pushti rangli epiteliy bilan qoplangan, uning tagida pishiq 
biriktiruvchi toʼqimali oraliq parda - tunica albuginea oʼrab turadi. Biriktiruvchi 
toʼqimali parda ostida tuxumdonning parenximasi mavjud, u tashqi va ichki qavatga 
ajraladi. Ichki qavti magʼiz modda - medulla ovarii deyiladi. Tashqi poʼstloq qavatda - 
cortex ovarii, yetilgan folikulalar - folliculi ovarici maturis va birlamchi folikulalar - 
folliculi ovarici primarii boʼladi. Yetilgan folikulalar ichida ayollar jinsiy hujayralari - 
ootsit boʼladi. Folikula pufakchalari tuxumdonning yuza qavatida yaqinlashib yoriladi va 
tuxum hujayra qorin boʼshligʼiga chiqadi, bular bachadon nayi shokilalari yordamida 
bachadon nayining qorin teshigi orqali bachadon nayiga kiradi. Yorilgan folikulaning 
oʼrniga qon bilan toʼlgan pufak qoladi unga sariq tana - corpus luteum boʼladi. Bu tuxum 
hujayra urugʼlanmasa sariq tana kichrayib oq tanaga - corpus albicans aylanadi. Аgar bu 
urugʼlanib homila hosil boʼlsa sariq tana kattalashadi 1.5-2 sm boʼladi bu - corpus luteum 
graviditatis deb nomlanadi. U oʼzidan sariq tana garmonini ishlab chiqaradi va homilani 
oʼsishida ishtirok etadi. Folikulalar yorilib qancha koʼp hujayra chiqqani sari tuxumdon 
kichrayadi va yuzasi burishadi. 
Bachadon 
Bachadon, uterus - toq mushakdan tuzilgan, noksimon shakldagi ayollar jinsiy 
a’zosi. Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin, qovuq va to 'g 'ri ichakning orasida 
joylashadi va oldinga qovuq ustiga egilib turadi, bu - antiversio uteri deyiladi. Ba’zi 
hollarda bachadon orqaga qarab egilgan holatda - retroversio, (retroflexio) bo‘ladi. 
 Bachadon uch qismdan iborat: 
1. Bachadonning tubi - fundus uteri 
2. Bachadonning tanasi - corpus uteri 
3. Bachadonning bo'yni – cervix uteri 
Bachadonning tubi fundus uteri -  unga bachadon naylari kiradigan chiziqdan yuqorida 
joylashgan bo’lib,  do'ng shaklida ko'tarilib turadi. 
Bachadon tanasining bo'yinga o'tish joyi torayib bachadonning toraygan qismini - 
isthmus uteri  hosil qiladi. Bachadon bo'yni ikki qismdan iborat: qin ichiga kirib turgan 
Logotip
osiltirib turuvchi boylam - lig. saspensorium ovarii joylashadi. Bu boylam ichida tuxumdonning qon-tomiri va fibroz tolalari joylashgan boʼladi. Tuxumdon tashqi tomondan bir qavat pushti rangli epiteliy bilan qoplangan, uning tagida pishiq biriktiruvchi toʼqimali oraliq parda - tunica albuginea oʼrab turadi. Biriktiruvchi toʼqimali parda ostida tuxumdonning parenximasi mavjud, u tashqi va ichki qavatga ajraladi. Ichki qavti magʼiz modda - medulla ovarii deyiladi. Tashqi poʼstloq qavatda - cortex ovarii, yetilgan folikulalar - folliculi ovarici maturis va birlamchi folikulalar - folliculi ovarici primarii boʼladi. Yetilgan folikulalar ichida ayollar jinsiy hujayralari - ootsit boʼladi. Folikula pufakchalari tuxumdonning yuza qavatida yaqinlashib yoriladi va tuxum hujayra qorin boʼshligʼiga chiqadi, bular bachadon nayi shokilalari yordamida bachadon nayining qorin teshigi orqali bachadon nayiga kiradi. Yorilgan folikulaning oʼrniga qon bilan toʼlgan pufak qoladi unga sariq tana - corpus luteum boʼladi. Bu tuxum hujayra urugʼlanmasa sariq tana kichrayib oq tanaga - corpus albicans aylanadi. Аgar bu urugʼlanib homila hosil boʼlsa sariq tana kattalashadi 1.5-2 sm boʼladi bu - corpus luteum graviditatis deb nomlanadi. U oʼzidan sariq tana garmonini ishlab chiqaradi va homilani oʼsishida ishtirok etadi. Folikulalar yorilib qancha koʼp hujayra chiqqani sari tuxumdon kichrayadi va yuzasi burishadi. Bachadon Bachadon, uterus - toq mushakdan tuzilgan, noksimon shakldagi ayollar jinsiy a’zosi. Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin, qovuq va to 'g 'ri ichakning orasida joylashadi va oldinga qovuq ustiga egilib turadi, bu - antiversio uteri deyiladi. Ba’zi hollarda bachadon orqaga qarab egilgan holatda - retroversio, (retroflexio) bo‘ladi. Bachadon uch qismdan iborat: 1. Bachadonning tubi - fundus uteri 2. Bachadonning tanasi - corpus uteri 3. Bachadonning bo'yni – cervix uteri Bachadonning tubi fundus uteri - unga bachadon naylari kiradigan chiziqdan yuqorida joylashgan bo’lib, do'ng shaklida ko'tarilib turadi. Bachadon tanasining bo'yinga o'tish joyi torayib bachadonning toraygan qismini - isthmus uteri hosil qiladi. Bachadon bo'yni ikki qismdan iborat: qin ichiga kirib turgan
qin qismi portio vaginalis va qin usti qismi  portio supravaginalis.Bo’yinning qin 
qismiga bachadon teshigi - ostium uteri ochiladi. Bachadon teshigi oldingi va orqa lablar 
-  labium anterius et posterius bilan chegaralangan.  
Bachadonning ikkita yuzasi :  
1. Qovuqqa qaragan oldingi yuzasi - facies vesicatis  
2. To‘g‘ri ichakka qaragan orqa yuzasidan - facies intestinalis  
Va bundan tashqari o‘ng va chap chekkalari - margo uteri dexter et margo uteri sinister 
tafovut qilinadi. Bachadonning  o‘rtacha uzunligi 7-8 sm, kengligi 4 sm, qalinligi 2-3sm, 
og‘irligi tug‘magan ayollarda 40-50 g, tuqqan ayollarda 80-90 g bo‘ladi. Bachadon 
devori qalin bo’lib, tor uchburchak shaklidagi bachadon bo‘shlig‘ini - cavitas uteri 
atrofdan turadi. Uchburchakning asosi bachadon tubiga qaragan bo'ladi. Bachadon 
bo‘shlig‘ining uchi pastga bachadon bo‘yniga qaragan bachadon bo‘yni kanaliga - 
canalis cervicalis uteri o ‘tib ketadi va qinga bachadon teshigi bo‘lib ochiladi. 
Bachadon devori uch qavatdan iborat: 
1. Tashqi seroz qavat - tunica serosa  
2. O‘rta mushak qavat - tunica muscularis  
3. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa  
Bachadonning shilliq pardasi - bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Unda oddiy 
naysimon bachadon bezlari - glandulae uterinae bo’ladi. Qorin parda bachadonni o ‘rab, 
ikki yon tarafga yo‘naladi va bachadonning keng boylami - lig. latai uteri hosil qiladi. 
Bachadon chov kanalidagi teri sohasi bilan lig. teres uteri – yumaloq boylam vositasida 
birlashadi. Bachadon bilan tuxumdon orasida lig. ovarii proprium - tuxumdonning 
xususiy boylami, qov suyagi bilan bachadon bo‘yni orasida lig. pubocervicale, to‘g ‘ri 
ichak bilan bachadon orasida - lig. rectouterinum boylamlari tortilgan bo’adi. 
Bachadonning bo‘yin sohasida ko‘ndalang boylam - lig. transversum cervicis mavjud.  
Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin joylashadi va oldinga qovuq ustiga 
egilib turadi, bu - antiversio uteri deyiladi. Bu holatda bachadon tanasi, bo‘yni bilan 
oldinga ochilgan burchak - antiflexio uteri hosil qiladi. Ba’zi hollarda bachadon orqaga 
qarab egilgan holatda - retroversio, retroflexio bo‘ladi. 
 
Logotip
qin qismi portio vaginalis va qin usti qismi portio supravaginalis.Bo’yinning qin qismiga bachadon teshigi - ostium uteri ochiladi. Bachadon teshigi oldingi va orqa lablar - labium anterius et posterius bilan chegaralangan. Bachadonning ikkita yuzasi : 1. Qovuqqa qaragan oldingi yuzasi - facies vesicatis 2. To‘g‘ri ichakka qaragan orqa yuzasidan - facies intestinalis Va bundan tashqari o‘ng va chap chekkalari - margo uteri dexter et margo uteri sinister tafovut qilinadi. Bachadonning o‘rtacha uzunligi 7-8 sm, kengligi 4 sm, qalinligi 2-3sm, og‘irligi tug‘magan ayollarda 40-50 g, tuqqan ayollarda 80-90 g bo‘ladi. Bachadon devori qalin bo’lib, tor uchburchak shaklidagi bachadon bo‘shlig‘ini - cavitas uteri atrofdan turadi. Uchburchakning asosi bachadon tubiga qaragan bo'ladi. Bachadon bo‘shlig‘ining uchi pastga bachadon bo‘yniga qaragan bachadon bo‘yni kanaliga - canalis cervicalis uteri o ‘tib ketadi va qinga bachadon teshigi bo‘lib ochiladi. Bachadon devori uch qavatdan iborat: 1. Tashqi seroz qavat - tunica serosa 2. O‘rta mushak qavat - tunica muscularis 3. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa Bachadonning shilliq pardasi - bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Unda oddiy naysimon bachadon bezlari - glandulae uterinae bo’ladi. Qorin parda bachadonni o ‘rab, ikki yon tarafga yo‘naladi va bachadonning keng boylami - lig. latai uteri hosil qiladi. Bachadon chov kanalidagi teri sohasi bilan lig. teres uteri – yumaloq boylam vositasida birlashadi. Bachadon bilan tuxumdon orasida lig. ovarii proprium - tuxumdonning xususiy boylami, qov suyagi bilan bachadon bo‘yni orasida lig. pubocervicale, to‘g ‘ri ichak bilan bachadon orasida - lig. rectouterinum boylamlari tortilgan bo’adi. Bachadonning bo‘yin sohasida ko‘ndalang boylam - lig. transversum cervicis mavjud. Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin joylashadi va oldinga qovuq ustiga egilib turadi, bu - antiversio uteri deyiladi. Bu holatda bachadon tanasi, bo‘yni bilan oldinga ochilgan burchak - antiflexio uteri hosil qiladi. Ba’zi hollarda bachadon orqaga qarab egilgan holatda - retroversio, retroflexio bo‘ladi.
Bachadon nayi 
Bachadon nayi tuba uterina - tuxum hujayrani qorinparda bo‘shlig‘idan bachadonga 
o‘tkazib beruvchi naysimon a’zo. Bachadon nayi kichik chanoq bo‘shlig‘ida  
bachadonning keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan. Uning uzunligi 10-12 
sm, 
bo'shlig'ining kengligi 2-4 mm. Bachadon nayining bir uchi bachadon teshigi - ostium 
uterinum tubae bilan bachadon bo‘shlig‘iga ochilsa, ikkinchiuchi esa qorin teshigi - 
ostium abdominalis tubae uterinae yordamida qorin bo‘shlig‘iga ochiladi. Unda to‘rt 
qism tafovut qilinadi.  
1. Nayning bachadon devoridagi qismi - pars uterina  
2. Nayning siqilgan bo'yin qismi - isthmus tubae uterine  
Bachadon nayining kengaygan qismi - ampulla tubae uterine  eng uzun qismi 
hisoblanadi, uning diametri asta - sekin kengayib borib kengaygan qismni - infiindibulum 
tubae uterina o'tadi. Uning chekkalari uzun va qisqa nay shokilalari - fimbriae tubae 
uterina bilan tugaydi 
Bachadon nayining devori to ‘rt qavatdan iborat:  
     1. Tashqi seroz qavat - tunica serosa  
     2. Seroz osti tana - tela subserosa 
     3. Mushak qavat - tunica muscularis 
     4. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa  
Shilliq parda kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, kiprikchalar bachadonga qarab 
harakat qiladi. Sababi etilgan tuxum hujayrani bachadon bo’shlig’iga yo’naltiradi. 
Qin 
Qin vagina - kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan, bachadondan tashqi jinsiy 
yoriqqacha cho'zilgan naysimon a ’zo. Uning uzunligi 8-10 sm, devorining 
qalinligi 3 mm. Qinning ikkita devori: oldingi devor paries anterior va orqa devor paries 
posterior tafovut qilinadi. Qin oldingi devorining yuqori qismi qovuq tubiga tegib turadi, 
pastki qismi esa ayollar siydik chiqarish kanali devoriga birikib ketgan.  
Qin devorlari bir-biriga tegib turadi. Ular bachadon bo‘ynining qin qismini o‘rab oladi, 
va uning atrofida tor yoriq  qin gumbazi - fornix vaginae ni hosil qiladi. Qinning orqa 
Logotip
Bachadon nayi Bachadon nayi tuba uterina - tuxum hujayrani qorinparda bo‘shlig‘idan bachadonga o‘tkazib beruvchi naysimon a’zo. Bachadon nayi kichik chanoq bo‘shlig‘ida bachadonning keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan. Uning uzunligi 10-12 sm, bo'shlig'ining kengligi 2-4 mm. Bachadon nayining bir uchi bachadon teshigi - ostium uterinum tubae bilan bachadon bo‘shlig‘iga ochilsa, ikkinchiuchi esa qorin teshigi - ostium abdominalis tubae uterinae yordamida qorin bo‘shlig‘iga ochiladi. Unda to‘rt qism tafovut qilinadi. 1. Nayning bachadon devoridagi qismi - pars uterina 2. Nayning siqilgan bo'yin qismi - isthmus tubae uterine Bachadon nayining kengaygan qismi - ampulla tubae uterine eng uzun qismi hisoblanadi, uning diametri asta - sekin kengayib borib kengaygan qismni - infiindibulum tubae uterina o'tadi. Uning chekkalari uzun va qisqa nay shokilalari - fimbriae tubae uterina bilan tugaydi Bachadon nayining devori to ‘rt qavatdan iborat: 1. Tashqi seroz qavat - tunica serosa 2. Seroz osti tana - tela subserosa 3. Mushak qavat - tunica muscularis 4. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa Shilliq parda kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, kiprikchalar bachadonga qarab harakat qiladi. Sababi etilgan tuxum hujayrani bachadon bo’shlig’iga yo’naltiradi. Qin Qin vagina - kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan, bachadondan tashqi jinsiy yoriqqacha cho'zilgan naysimon a ’zo. Uning uzunligi 8-10 sm, devorining qalinligi 3 mm. Qinning ikkita devori: oldingi devor paries anterior va orqa devor paries posterior tafovut qilinadi. Qin oldingi devorining yuqori qismi qovuq tubiga tegib turadi, pastki qismi esa ayollar siydik chiqarish kanali devoriga birikib ketgan. Qin devorlari bir-biriga tegib turadi. Ular bachadon bo‘ynining qin qismini o‘rab oladi, va uning atrofida tor yoriq qin gumbazi - fornix vaginae ni hosil qiladi. Qinning orqa
devori uzun bo'lgani uchun gumbazning orqa qismi pars posterior oldingi qismidan pars 
anterior chuqurroq b o ‘ladi. Qinning pastki uchi qin dahliziga qin teshigi ostium 
vaginae  bilan ochiladi. U qizlik pardasi hymen bilan bekilgan. Qizlik 
pardasi qin dahlizini, qin  bo’shlig‘idan ajratib turadi. U yarimoysimon yoki 
ilma - teshik plastinka shaklida bo‘ladi. Ba’zi hollarda qizlik pardasida teshik bo‘lmasligi 
hymen inperforantus mumkin.  
Qin devori uch qavatdan iborat:  
1. Tashqi adventitsial qavat - tunica adventitia 
2.  O‘rta mushak qavat - tunica muscularis  
3. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa  
 
Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari 
Organa genitalia feminina externa 
Ayollarning tashqi tanosil a’zolariga - ayollar jinsiy sohasi va klitor kiradi. 
Ayollaming jinsiy sohasiga  pedendun feminine -  qov do‘mbog‘i, katta va kichik jinsiy 
lablar hamda qin dahlizi kiradi. 
Qov do'mbog'i  mons pubis - qorin sohasidan qov egati,  sondan esa chanoq-son egati 
bilan ajrab turadi. U tuklar bilan qoplangan va teri osti yog'  kletchatkasi yaxshi 
rivojlangan bo'ladi. 
Katta jinsiy lablar  labium majus pudenda  - juft bo’lib,  yumaloq shaklda bo’ladi. 
Uning uzunligi 7-8 sm, kengligi 2-3 sm. Ular jinsiy tirqishni -  ruma pudenda  yon 
tomondan chegaralab turadi. Katta lablarning ichki yuzasi pushti rangda  bo'lib, bir-biriga 
qaragan. Katta jinsiy lablar terisining pigmenti k o 'p bo'lib, ko'plab yog’  va te r  beziari  
bo'ladi. 
Kichik jinsiy lablar  labium minus pudenda - juft, yupqa bo'ylama teri burma shaklida 
bo'lib, ular katta lablar ichida joylashadi, qin dahlizini chegaralab turadi. Kichik jinsiy 
lablar tarkibida elastik va mushak tolalari ko'p bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. 
Kichik jinsiy lablarning yuqori uchlari ikkiga bo'linadi va klitorga qarab yo'naladi.  
Qin ahlizi vestibulum vaginae – qayiqsimon shakldagi chuqurlik, yon tomondan 
Logotip
devori uzun bo'lgani uchun gumbazning orqa qismi pars posterior oldingi qismidan pars anterior chuqurroq b o ‘ladi. Qinning pastki uchi qin dahliziga qin teshigi ostium vaginae bilan ochiladi. U qizlik pardasi hymen bilan bekilgan. Qizlik pardasi qin dahlizini, qin bo’shlig‘idan ajratib turadi. U yarimoysimon yoki ilma - teshik plastinka shaklida bo‘ladi. Ba’zi hollarda qizlik pardasida teshik bo‘lmasligi hymen inperforantus mumkin. Qin devori uch qavatdan iborat: 1. Tashqi adventitsial qavat - tunica adventitia 2. O‘rta mushak qavat - tunica muscularis 3. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari Organa genitalia feminina externa Ayollarning tashqi tanosil a’zolariga - ayollar jinsiy sohasi va klitor kiradi. Ayollaming jinsiy sohasiga pedendun feminine - qov do‘mbog‘i, katta va kichik jinsiy lablar hamda qin dahlizi kiradi. Qov do'mbog'i mons pubis - qorin sohasidan qov egati, sondan esa chanoq-son egati bilan ajrab turadi. U tuklar bilan qoplangan va teri osti yog' kletchatkasi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Katta jinsiy lablar labium majus pudenda - juft bo’lib, yumaloq shaklda bo’ladi. Uning uzunligi 7-8 sm, kengligi 2-3 sm. Ular jinsiy tirqishni - ruma pudenda yon tomondan chegaralab turadi. Katta lablarning ichki yuzasi pushti rangda bo'lib, bir-biriga qaragan. Katta jinsiy lablar terisining pigmenti k o 'p bo'lib, ko'plab yog’ va te r beziari bo'ladi. Kichik jinsiy lablar labium minus pudenda - juft, yupqa bo'ylama teri burma shaklida bo'lib, ular katta lablar ichida joylashadi, qin dahlizini chegaralab turadi. Kichik jinsiy lablar tarkibida elastik va mushak tolalari ko'p bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Kichik jinsiy lablarning yuqori uchlari ikkiga bo'linadi va klitorga qarab yo'naladi. Qin ahlizi vestibulum vaginae – qayiqsimon shakldagi chuqurlik, yon tomondan
kichik jinsiy lablar, pastdan qin dahlizi chuqurchasi, yuqoridan klitor bilan chegaralanadi. 
Uning tubida qin teshigi, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi, katta va kichik dahliz 
bezlarining naychalari ochiladi. 
Qin dahlizning katta bezi (Bartolin bezi) glandulae vestibularis major - juft, ovalsimon 
bo'lib, kattaligi no‘xatdek alveolar naysimon bez hisoblanadi. Ular kichik jinsiy lablar 
asosida joylashib, naychasi kichik jinsiy lablar asosiga ochiladi. Bez qinning kirish 
qismini namlab turuvchi shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. 
Dahlizning kichik bezlari glandulae vestibularis minors- qin dahlizi devorida joylashadi, 
naychalari shu yerga ochiladi. 
Dahliz so’g’oni bulbus vestibule - biriktiruvchi to ‘qima va silliq mushak 
tolalaridan iborat. U taqasimon shaklda klitor bilan siydik chiqarish kanalining tashqi 
teshigi o'rtasida joylashgan.  
                                                                   Klitor 
Klitor clitoridis- erlik olati g'ovak tanasiga o'xshagan juft g'ovak tanadan - corpus 
cavernosum clitoridis iborat.  Klitorning oyoqchasi - crus clitoridis, tanasi - corpus 
clitoridis, tana boshchasi - glans clitoridis kabi hosilalari bo’ladi. . Klitor tanasining 
uzunligi 2,5-3,5 sm bo'ladi.  Uning ichida to‘siqlar - septum corporum cavernosum, 
to‘siqlar orasida g ‘ovakli tana - corpus  cavernosum clitoridis mavjud.  Klitorning tashqi 
yuzasi fassiya - fascia clitoridis bilan qoplanib, boylam - lig. suspensorium clitoridis da 
osilib turadi. 
Oraliq 
Oraliq perineum -  kichik chanoqning chiqish teshigini qoplab turuvchi, yumshoq 
to’qimadan tashkil topgan qism. Oraliq old tomondan qov simfizining pastki chekkasi, 
orqadan dum suyagining uchi, yon tomondan qov va o ‘tirg‘ich suyaklarining pastki 
shoxlari va o ‘tirg‘ich bo‘rtig‘i bilan chegaralangan. Qisqacha aytganda ma’noda oraliq 
deganda old tomondan tashqi tanosil a’zolari, orqadan orqa teshik o‘rtasida joylashgan 
oraliqning pay markaziga to‘g‘ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha jinsiy 
yorig‘ning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi, 
erkaklarda esa yorg‘oqning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasigacha 
davom etadi.  
Logotip
kichik jinsiy lablar, pastdan qin dahlizi chuqurchasi, yuqoridan klitor bilan chegaralanadi. Uning tubida qin teshigi, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi, katta va kichik dahliz bezlarining naychalari ochiladi. Qin dahlizning katta bezi (Bartolin bezi) glandulae vestibularis major - juft, ovalsimon bo'lib, kattaligi no‘xatdek alveolar naysimon bez hisoblanadi. Ular kichik jinsiy lablar asosida joylashib, naychasi kichik jinsiy lablar asosiga ochiladi. Bez qinning kirish qismini namlab turuvchi shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. Dahlizning kichik bezlari glandulae vestibularis minors- qin dahlizi devorida joylashadi, naychalari shu yerga ochiladi. Dahliz so’g’oni bulbus vestibule - biriktiruvchi to ‘qima va silliq mushak tolalaridan iborat. U taqasimon shaklda klitor bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi o'rtasida joylashgan. Klitor Klitor clitoridis- erlik olati g'ovak tanasiga o'xshagan juft g'ovak tanadan - corpus cavernosum clitoridis iborat. Klitorning oyoqchasi - crus clitoridis, tanasi - corpus clitoridis, tana boshchasi - glans clitoridis kabi hosilalari bo’ladi. . Klitor tanasining uzunligi 2,5-3,5 sm bo'ladi. Uning ichida to‘siqlar - septum corporum cavernosum, to‘siqlar orasida g ‘ovakli tana - corpus cavernosum clitoridis mavjud. Klitorning tashqi yuzasi fassiya - fascia clitoridis bilan qoplanib, boylam - lig. suspensorium clitoridis da osilib turadi. Oraliq Oraliq perineum - kichik chanoqning chiqish teshigini qoplab turuvchi, yumshoq to’qimadan tashkil topgan qism. Oraliq old tomondan qov simfizining pastki chekkasi, orqadan dum suyagining uchi, yon tomondan qov va o ‘tirg‘ich suyaklarining pastki shoxlari va o ‘tirg‘ich bo‘rtig‘i bilan chegaralangan. Qisqacha aytganda ma’noda oraliq deganda old tomondan tashqi tanosil a’zolari, orqadan orqa teshik o‘rtasida joylashgan oraliqning pay markaziga to‘g‘ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha jinsiy yorig‘ning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi, erkaklarda esa yorg‘oqning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi.