Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
149,5 KB
Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari.
Reja:
1.
Advokat faoliyatining axloqiy asoslari
2.
Ichki ishlar xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari
3.
Prokuratura xodimi faoliyatining axloqiy asoslari
4.
Adliya organlari va muassasalari xodimlari faoliyatining axloqiy
asoslari
5.
Notarius faoliyatining axloqiy asoslari
6.
Yuridik xizmat xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari
1. Advokat faoliyatining axloqiy asoslari
Advokat
faoliyatining
axloqiy
asoslari
haqida
gapirilganda
O’zbekiston
Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi to’g’risida”gi qonunining 2-moddasida advokatlik faoliyatining asosiy
tamoyillaridan biri sifatida “kasb etikasi, advokatlik siri va qasamyodiga rioya etish”
belgilanganligini e’tirof etish joiz bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi “Advokatlar to’g’risida”gi qonunining 9-moddasi
talabiga binoan “Advokat, advokat yordamchisi, advokatning byurolari, hay’atlari va
firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo’lmish
ma’lumotlarni oshkor etishi va bu ma’lumotlardan o’z manfaatlari yoki uchinchi
shaxslar manfaatlari yo’lida foydalanishi man etiladi”.
Advokatning majburiyati sifatida advokatlik sirini oshkor qilish mumkin
emasligi O’zbekiaston Respublikasi JPK 53-moddasida belgilangan bo’lib, unda
“Himoyachi:
gumonni
yoki
ayblovni
rad
etadigan
yoxud
javobgarlikni
engillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita
va usullarni qo’llashi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga
zarur yuridik yordam ko’rsatishi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo’q qilish,
soxtalashtirish, guvohlarni ko’ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar
bilan to’sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi
shartligi ko’rsatilgan.
Advokatlar rioya qilishi lozim bo’lgan kasbiy talablar O’zbekiaston
Respublikasi Advokatlar Palatasining ta’sis konferentsiyasida 12.09.2008 йилда
qabul qilingan “O’zbekiaston Respublikasi Advokatlari kasb etika qoidqalari”da
belgilab qo’yilgan, unga ko’ra advokatlar kasb etika qoidalari bu - advokatlar o’z
kasb vazifasini ado etish jarayonida ularning odob-axloqi, ishonch bildiruvchi va
hamkasblar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va boshqaruv, jamoat
tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlariga qo’yilgan talablar majmuidir.1 Ushbu
qoidalarning 2.8-bandida, “kasbiy faoliyatini sherikchilik shartnomasi asosida
birgalikda amalga oshiruvchi advokatlar yuridik yordam ko’rsatishda barcha
sheriklarga sirni tarqatish qoidasiga amal qilishlari kerak”ligi,2 2.6- bandida advokat
o’ziga ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan ishonilgan axborotni faqatgina uning
manfaatlari
yo’lida,
agar
u
qarshi
bo’lmasa,
boshqa
advokatlar
bilan
maslahatlashuvlar o’tkazishi mumkinligi3 istisno tariqasida belgilab qo’yilgan.
Advokatning o’ziga xos odob-axloqi, ma’naviy tamoyillari va boshqa kasbiy
fazilatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Advokat o’zining odob-axloqi bilan xalq o’rtasida hurmat va e’tiborga sazovor
bo’lishi, advokatlik sha’niga dog’ tushiradigan, kasbining obro’sini to’kadigan,
jamiyatning unga nisbatan bo’lgan hurmati va ishonchiga putur etkazadigan xatti-
harakatlarni sodir etishdan o’zini saqlashi lozim.
1 Cаломов Б.Жиноят ишларида адвокатнинг иштироки.Т., Адолат, 2007.- 56 б.
2 Адвокат. 2009, №1. – 32 б.
3 O'sha yerda. – 32 б.
Kasb etikasi, avvalombor, advokatlarga himoyasi ostidagi shaxslar bilan
advokatlik
sirini
saqlash
orqali
ishonchli
munosabatlarni
ta’minlashga
ko’maklashadi;
Ikkinchidan, himoyasi ostidagilar bilan yaqin munosabatda bo’lganligi, bu
kasbning aynan yuqori darajada erkin, mustaqilligi va ma’lum darajada yopiqliligi
sababli advokatning o’zini himoya qiladi;
Uchinchidan, advokatning sud, davlat hokimiyati organlari, boshqa
tashkilotlar bilan, ammoviy axborot vositalari bilan, kasbdoshlari va advokatlik
uyushmalari bilan munosabatlarini tartibga solishga yordamlashadi;
To’rtinchidan, advokatlik kasbining nufuzini uning axloqiy normalari,
tamoyillari va qoidalarining qattiyligi, jiddiyligi, “yuksakligi” va “oydinligi”ni,
shuningdek ularga rioya qilish bo’yicha nazorat tizimini jamiyatdoshlariga namoish
qilish hisobidan qo’llab-quvvatlaydi4.
Axloq tamoyillari advokatga u yoki bu masalani, muammolarni hal qilishda,
o’zining shaxsiy yoki himoyasi ostidagi shaxsning harakat faoliyatini tanlashda
mo’ljal vazifasini o’taydi. Bu mo’ljallarning zarurligi shu bilan ifodalanadiki,
avvalombor barcha hayotiy voqealarni oldindan ko’rib bilib bo’lmaydi, ammo
shunday bo’lsada har bir holatda va har vaqtda advokat o’z oldiga, ishoch bildirgan,
davlat, jamiyat, kasbdoshlari, kasbi oldida o’z nuqtai nazarini, amalga oshirmoqchi
bo’lgan xatti-harakatini ishonchli asoslab berishi kerak.
Xalqaro yuristlar Assotsiatsiyasi advokatlari etikasining bosh tamoyillarida
advokatlarning kasbiy burchlari quyidagicha keltirilgan:
1. Advokatlar o‘zlari munosabatda bo‘layotgan kishilar bilan o‘zaro ishonch va
hamdardlikning eng yuqori darajasiga erishishi kerak;
2. Advokatlar sud oldidagi majburiyatlarni, odil sudlov talablarini hamda
kasbiy etika talablarini bajarish asosida o‘z mijozlarining manfaatlariga eng muhim
narsa sifatida qarashlari lozim;
4 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. -108 b.
3. Advokatlar kasbiy burchini bajarish jarayonida olingan har qanday
majburiyatlarni ular amalga oshirilmaguncha yoki bekor bo‘lmaguncha hurmat qilishi
kerak;
4. Advokatlar, agar ularning yoki boshqa mijozlarining manfaatlari mijozning
manfaatlari bilan qarama-qarshi bo‘lsa taklifni qabul qilmasliklari darkor;
5. Advokatlar qonunda ko‘zda tutilgan holatlardan boshqa holatlarda o‘zining
oldingi va hozirgi mijozlarining sirlarini saqlashlari lozim;
6. Advokatlar o‘z mijozlarining advokatni erkin tanlash huquqini hurmat
qilishlari lozim va h.k.5
Advokatlik kasbi uchun kasb etikasi ahamiyatining yuksakligi shu bilan
belgilanadiki, uning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida,
ko’pchilik asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasining advokatura to’g’risidagi
qonunida belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida ayblanuvchi
himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi, deb belgilab qo’yilgan. Tergov va sud ishini
yuritishning har qanday bosqichda malakali yuridik yordam olish huquqi
kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam
berish uchun advokatura faoliyat ko’rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning
tartibi qonun bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Advokatura to’g’risida”gi qonunining 6-moddasida
advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog’ida tegishli masalalarni hal etishda
vakolatli bo’lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy
va yuridik shaxslarning topshirig’iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va
huquqlarini himoya qilish va b. harakatlarni bajarish, 7-moddasida o’z kasbiy
faoliyatida amaldagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi, unga yuridik
yordam so’rab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya etish uchun qonunda ko’zda tutilgan vositalar va usullardan
foydalanish shartligi belgilab qo’yilgan.
5 Qarang: Генеральные принципы этики адвокатов международной ассоциации юристов. //Российская юстиция, 1996,
№ 2
Advokatlik kasbi zimmasiga qonun talablariga og’ishmay amal qilish, o’z
obro’sini jamiyat oldida qo’llab-quvvatlash va jamiyat oldidagi ijtimoiy-axloqiy
javobgarligini kelishilgan shakllarda amalga oshirishni muayyan axloqiy tamoyillarga
binoan harakat qilish majburiyatini yuklaydi. Qonun advokatlik faoliyatining
quyidagi asosiy tamoyillarini belgilagan:
- qonunning ustunligi;
− advokatning mustaqilligi;
− kasb etikasiga, advokatlik siri va qasamyodiga qat’iy rioya etish;
− qonun hujjatlarida man qilinmagan usullar va vositalarni qo’llash.
O’zR “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
to’g’risida”gi qonuni, 5-moddasiga binoan, davlat o’z o’rnida tegishli mas’uliyatlarni
oladi. Misol uchun, advokatning mustaqilligi davlat tomonidan unga vakolatlik
faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi orqali ta’minlanadi.
- Davlat har bir fuqaronong teng va erkin yuridik yordam olish huquqini
ta’minlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi, advokaturani fuqarolar murojaat
etish uchun qulay bo’lgan joylarda zarur binolar bilan belgilangan tartibda
ta’minlaydi (mazkur qonunning 12-m);
- advokatning hayoti va sog’lig’I davlat himoyasida bo’ladi (mazkur qonunning
10-m).
Mazkur qonunning 2-moddasi mohiyatiga ko’ra advokat zimmasiga o’zini
odobli-axloqli, halol, oqilona tutish va ishonch bildirganning huquq va qonuniy
manfaatlarini qonun hujjatlarida man qilinmagan barcha usullar va vositalar bilan
himoya qilish, advokatlar kasb etika qoidqalariga og’ishmay rioya qilish
majburiyatini yuklaydi.
2. Ichki ishlar xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari
Axloq tamoyillarini biron-bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy
munosabatlarga muvofiq moddiy va ma'naviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy
turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda
aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun-qoidalar
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, umuminsoniy axloq tamoyillari deb jamiyatning ongida
ishlab chiqilgan, insonning ma'naviy mohiyatiga, burchiga, hayotining mazmuniga va
kishilar o‘rtasidagi o‘zaro talablarning tabiatiga taaluqli bo‘lgan umumiy talablarni
aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yo’nalishini ko‘rsatib beradigan va
muayyan hulq-atvor normalariga asos bo‘lib xizmat qiladigan qonun-qoidalarga
aytiladi.
Umuminsoniy axloq tamoyillariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, o‘zaro
yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik,
qonuniylik va h.k.lar bo’lib, ular axloq normalari orqali nomayon bo’ladi.
Shunga ko‘ra ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi tamoyillari ham
amalda axloq normalari orqali vojib bo‘ladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb
axloqining asoslari deb, jamiyat, davlat, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan, ichki
ishlar idoralari xodimlarining xulqi, fe'l-atvorlarini tartibga soluvchi, bajarilishi shart
bo‘lgan axloqiy -huquqiy talablar majmuasiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining asoslari umumiylikdan
xususiylikka va undan alohidalikka qarab amal qilgan holda xodimning o‘z xulqiy
xatti-harakatlarini sodir etishda nima qilishi lozimligiga emas, balki uning qanday
bo‘lishi kerakligiga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek,
axloqiy
normalar
jamiyatning,
davlatning,
xizmat
jamoalarining
xodimga
munosabatini ifodalab, uning shaxsiga muayyan baho beradi. Shunday qilib, axloq
normalari bir vaqtning o‘zida talab va baho normalari shaklini oladi, ya'ni jamiyat,
davlat, xizmat jamoalari yomonlik keltiradigan xatti-harakatlarni ular orqali qoralaydi
va yaxshilikka erishishga qaratilgan xatti-harakatlarni ular orqali maqullaydi. Bu
bilan axloq, normalari faqat yomonlik uchun to‘siq emas, balki ayni paytda
xodimlarni yaxshi ishlarga chorlovchi ma'naviy-axloqiy omil bo‘lib ham xizmat
qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqining normalariga quyidagilar
kiradi: xushmuomalalik va odoblilik, oddiy va kamtarlik, halollik va rostgo’ylik,
ochiq ko‘ngillik va dangalchilik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona
munosabat, samimiylik, sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.
Axloqqa zid illatlar, birinchidan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi; ikkinchidan, yoshlarni axloqiy-estetik tarbiyalash ishlariga halaqit
beradi, uchinchidan, jinoyatlarning kelib chiqishini kuchaytirib yuboradi. Shuning
uchun ham axloqqa zid illatlarga qarshi kurashish ichki ishlar idoralari xodimlarining
asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan axloqiy yomonliklarning eng qabih shakllaridan
biri jinoyatdir. Uning jamiyatga zarari va uni tugatish yo‘llari haqida I.A.Karimov
shunday degan edi: “Demokratik davlat o‘z fuqarolariga tinch yashash va mehnat
qilish imkonini to‘la ta'minlab bermog‘i kerak. Lekin, ayni zamonda, jinoyatchilikka
qarshi kurash shunchaki vaqtinchalik kampaniyaga aylanib ketmasligi lozim. Bu ish
davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmog‘i zarur. Jinoyatning yashirin va
eng qabih turi bor. Bu - korruptsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv
apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin.
Byurokrat kimsa hadik yoki mas'uliyatsizlik tufayli jarayonni sekinlashtirib
qo‘ysa, poraxo‘r ko‘pincha ko‘ra-bila turib, o‘z manfaatini o‘ylab davlat va xalq
manfaatlariga zid qarorlarni qabul qiladi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlarning poraxo‘rlik, qonunni chetlab o‘tib
chayqovchilik qilishi, eng avvalo, tijorat ahlining o‘zini obro‘sizlantiradi, aholining
qarg‘ishiga duchor etadi. Shu sababli, bozor munosabat-larining vijdonli va sofdil
tarafdorlari turli o‘g‘ri va muttahamlarga o‘z oralaridan o‘rin bermasliklari kerak”6.
Odamlar o‘rtasida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish ishlarini, ya'ni
azaliy udumlar - kattani hurmat, kichikni izzat qilish, ayollarga oliyjanob
munosabatda bo‘lish, har kuni salomlashish, mehmonning izzat-hurmatini joyiga
qo‘yish, kamtarlik kabilarning hayotda qo‘llanilishini nazorat qilish asosida
muntazam ravishda ish olib borish. Bu tadbirlarni amalga oshirishda ichki ishlar
idorlari xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Chunki u axloq, va huquq himoyachisi
sifatida bu ishlarni amalga oshirishga mas'uldir.
6 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т 2.- Т.: “ Ўзбекистон”, 1996. 222-б.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1993 yil 30 dekabrda
chiqargan va “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb
odobnomasi»ni e'lon qilgan 446-buyrugida shunday deyiladi: “Ichki ishlar idoralari
xodimi fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishi, ularning ish bilan bog‘liq
chigal savollariga va boshqa holatlar bo‘yicha murojaatlariga to‘g‘ri va aniq javob
berishi, arz va shikoyatlarini imkoni boricha qonuniy hal qilishi lozim. Joylardagi
aholi bilan aloqani mustahkamlab, takomillashtirib boradi. O‘z xizmat vazifasini
bajarishi evaziga hadya va tortiqlardan voz kechadi”.7
Ichki ishlar idoralari xodimlarining maxsus kiyim-kechagini kiyganda va uni
kiyish bilan bog‘liq holda quyidagilarni qilish qat'iyan man etiladi:
- qimor o‘ynash, spirtli ichimliklar iste'mol qilish;
- to‘y-xashamlarga, restoranlarga borish, u yerda raqsga tushish;
- fuqarocha kiyimlar bilan aralashtirib kiyish;
- mavsumga mos bo‘lmagan kiyimlarni kiyish, ularni iflos holda saqlash;
- davlat belgilarini va boshqa farqlovchi belgilarni noto‘g‘ri taqish, ularga
nisbatan hurmatsizlik qilish;
- kiyimlarni o‘zgalarga berish, bosh kiyimsiz yurish, iflos oyok kiyimida,
ayniqsa, ta'mirlanmagan, moylanmagan poyabzalda aholi oldida, ish joyida paydo
bo‘lish;
- cho‘ntaklarni har xil narsalar bilan to‘ldirish yoki qo‘lni cho‘ntakka tiqib
yurish;
- formadan o‘z xizmat vakolatini suiiste'mol qilgan holda shaxsiy maqsadlarda
foydalanish va kiyim kiyish qoidalariga zid bo‘lgan boshqa xatti-harakatlarni qilish.8
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni qayd etish mumkinki, ichki ishlar
idoralari xodimlarining tashqi ko‘rinishi, birinchidan, uning ichki madaniyati, ya'ni
tirishqoqligi, xizmatga shayligi, intizomliligi, o‘z kasbi va atrofdagilarga
munosabatini bildiruvchi; ikkinchidan, fuqarolar va o‘z hamkasblarining ishonchiga
7 Ўзбекистон республикаси ички идоралари ходимларининг касб одобномаси. - Т.: ИИВ, 1993. - 5-б.
8 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб одобномаси.-Т.:ИИВ, 1993.- 5-6.
sazovar qiluvchi; uchinchidan, insonga estetik zavq beruvchi; to‘rtinchidan,
atrofdagilarga axloqiy-ruhiy ta'sir o‘tkazish tarbiyalovchi omillardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 35-moddasiga
asosan, “jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar
organlarining va milliy xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar”.
Tergovchi tergov ishlarini uch asosiy qoidaga rioya etgan holda amalga oshirishi
kerak:
- protsessual normalarga, ya'ni tergov ishlarini qaysi mazmunda, qaysi shaklda
va qaysi tartibda olib borishni belgilab beradigan qonun hujjatlariga tayanish;
- kriminalistik taktikaga, ya'ni jinoyatni tezrok va samaraliroq ochish uchun
zarur metodlardan unumli foydalanishga asoslanish;
- axloq normalariga suyanish.
Bunda protsessual qonunlar - tergovchi ishining mazmuni va shaklini;
kriminalistik taktika - tergov metodikasini; etika esa uning axloqiy asoslarini belgilab
beradi.
Tergovchi yuqorida ko‘rsatilgan qoidalar asosida ish ko‘rish jarayonida, o‘ziga
yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun bir qator shaxsiy, qolaversa,
kasbiy hislatlarga ega bo‘lishi kerak. Bular quyidagilardan iborat:
1. Tergovchi intellektual aqlga ega bo‘lishi, ya'ni barcha bilimlardan,
voqealardan, kasb-hunarlardan habardor bo‘lishi lozim. Aniqrog‘i, u har qanday
mutaxassis bilan suhbatlasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishi maqsadga muvofikdir;
2.
Tergovchi o‘z kasbining ustasi bo‘lishi, ya'ni hamma normativ
hujjatlarni yaxshi bilishi, kriminalistik taktikani yuqori darajada egallagan bo‘lishi,
nihoyatda sinchkov va notiq bo‘lishi zarur.
Tergovchi ruxshunos bo‘lishi, ya'ni odamlarning kayfiyatini tez ilg’ab olishi,
o‘zining muomalasi, xatti-harakatlari bilan odamlarning ko’ngliga yo‘l topa olishi
kerak.
Tergovchi axloqan pok, ma'naviy jihatdan go‘zal bo‘lishi kerak. U axloq,
odamlarni tarbiyalash vositasi ekanligini, go‘zallik esa dunyoni, odamlarni jaholatdan
qutqaruvchi kuch ekanligini hech vaqt unutmasligi kerak.
5.
Tergov harakatlarining axloqiy va huquqiy asoslari O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida quyidagicha bayon etilgan: “hech
kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashkdri birovning turar joyiga
kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda
so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”.
3.
Prokuratura organlari xodimi faoliyatining axloqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2005 yil 7 apreldagi 45-son
buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari
hodimining kasb odobnomasi - axloq-odob normalariga rioya qilgan holda,
mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, inson va uning
sha'nini, qadriyatlarini sidqidildan va vijdonan, faqat qonunga rioya etgan holda
huquqiy himoyasini ta'minlashga yo’naltirilgan qoidalardan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari, Bosh prokuratura huzuridagi
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi
kurashish departamenti organlari hodimlari (bundan keyin matnda prokuratura
organlari hodimlari deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlar, “Prokuratura to’g’risida”gi qonun hamda ushbu Kasb odobnomasiga va
Bosh prokurorning rahbariy buyruqlari hamda ko’rsatmalariga og’ishmay rioya
qilgan holda o’z faoliyatlarini amalga oshiradilar. (O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining 22.05.2006 yildagi 58-son buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilgan)
Ushbu kasb odobnomasida prokuratura organlari hodimlarining kasbiy burchlari
deb quyidagilar belgilngan:
- prokuratura organlari hodimlarining qasamyodiga sodiq bo’lish hamda unga
amal qilish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, qonunlar, Respublika
Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Bosh
prokurorning rahbariy buyruqlari talablarini mas'uliyat bilan halol va vijdonan
bajarish;
- har qanday qonun buzilishiga qarshi qat'iyatlilik bilan murosasiz kurashish,
fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish;
- ish faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va
boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek, prokuratura organlarida o’rnatilgan
ichki mehnat tartib-qoidalariga qat'iy amal qilgan holda mansabdor shaxslar va
fuqarolarda qonunlarga hurmat hissini shakllantirishda ishtirok etish, ularga rioya
etishda shaxsan o’zi namuna bo’lish;
- yurish-turishda boshqalarga ijobiy tomondan o’rnak bo’lish, yuksak ma'naviy
va axloqiy fazilatlar sohibi bo’lish;
- xolis, odil va mustaqil bo’lish, har qanday huquqbuzarliklarga, shu jumladan,
korrupsiyalashgan jinoiy ko’rinishlarga nisbatan murosasiz bo’lish;
- vakolatlarini Konstitutsiya, qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar doirasida
qat'iy ravishda qo’llash, yuklatilgan vazifani bajarishda rasmiyatchilik va
ko’zbo’yamachilik hollariga yo’l qo’ymaslik;
- o’z hamkasblariga va fuqarolarga xushmuomalada bo’lish, ularning qadr-
qimmatini va hurmatini saqlash;
- ishonib topshirilgan hizmat xonalari, davlat mulkini avaylab-asrash va tejab
foydalanish;
- hizmat va kasb odobi normalariga hamda umume'tirof etilgan axloq
qoidalariga rioya qilish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va halq an'analariga nisbatan
hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- mamlakatimiz sha'nini e'zozlash, ona-Vatan bilan g’ururlanish, olib
borilayotgan davlat siyosatiga sodiq bo’lish.
Mazkur kasb odobnomasida prokuratura organlari hodimlariga qo’yiladigan
talablar belgilangan, unga ko’ra prokuratura organlari hodimi quyidagi talablarga
amal qilishi shart:
- xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi;
- o’z faoliyatida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish
hamda himoyasini ta'minlash prokuratura organlarining ustuvor vazifalari ekanligidan
kelib chiqishi;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa me'yoriy-
huquqiy hujjatlari, shuningdek, prokuratura organlarida o’rnatilgan ichki mehnat
tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilishi;
- prokuratura organlarida xizmat bilan bog’liq qonunda belgilangan
cheklashlarni o’z zimmasiga olishi va ularga amal qilishi;
- hizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaga
ega bo’lishi hamda kasb mahoratining yuqori darajasiga erishishi;
- yuqori turuvchi prokurorning qonunga asoslangan va vakolat doirasida
berilgan buyruq va farmoyishlari, qaror va ko’rsatmalarini bajarishi;
- mustaqil bo’lishi va qonun talablariga zid bo’lgan tashqi ta'sirlarga
berilmasligi;
- xizmat vakolatlaridan shahsiy yoki g’arazli maqsadlarda, shuningdek, biror-bir
jismoniy yoxud yuridik shaxslarning noqonuniy manfaatlari uchun foydalanmasligi;
- bo’ysunuvidagi xodimni noqonuniy qarorlar qabul qilish va g’ayriqonuniy
harakatlar sodir etishga majbur etmasligi;
- fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda sezgirlik,
e'tiborlilik hamda xolislikni namoyon etishi;
- prokuratura organini obro’sizlantirish va uning nufuziga putur yetkazishi
mumkin bo’lgan harakatlardan o’zini tiyishi;
- shahsiy manfaatdorligi hizmat vazifalarini holisona bajarishiga ta'sir qilishi
mumkin bo’lgan holat to’g’risida bevosita raxbariga zudlik bilan ma'lum qilishi;
- shaxsiy masalalarini hal qilishda boshqa davlat organlari, xo’jalik yurituvchi
sub'yektlar, mansabdor shahslar va fuqarolarga ta'sir o’tkazish uchun mansab
mavqeidan foydalanmasligi;
- hizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bog’liq harakat yoki harakatsizlik
evaziga sovg’a, pul va xizmatlar ko’rinishida haq olmasligi.
Shuningdek odobnomada prokuratura organlari hodimining kasb odobnomasi
qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi belgilangan bo’lib, prokuratura organlari
hodimi sodir etgan nomunosib, nojo’ya hatti-harakatlari va harakatsizligi uchun
shaxsan javobgardir va mazkur qoidalarga amal qilmaslik qonunda belgilangan
tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
4. Adliya organlari va muassasalari xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2008 yil 22 oktyabrdagi 84-sonli
buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya organlari va muassasalari
xodimlarining kasb etikasi qoidalari qabul qilingan bo’lib, unga binoan O’zbekiston
Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi qoidalari
(bundan buyon matnda - Kasb etikasi qoidalari deb yuritiladi) axloq-odob
normalariga rioya qilgan holda, adliya organlari va muassasalarining oldiga qo’yilgan
vazifalarni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishga yo’naltirilgan qoidalardan
iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya
boshqarmalari hamda ularning tarkibiy tuzilmalari, Normativ-huquqiy hujjatlarning
amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar
faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti, Yuristlar
malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza
markazi, Toshkent Davlat yuridik instituti (hozirda universiteti), Toshkent yuridik
kolleji mansabdor shaxslari va xodimlariga (bundan buyon matnda - tegishlicha
adliya organlari va adliya organlari xodimlari deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Adliya organlari xodimlari qonun ijodkorligi va huquqni qo’llash sohasida yagona
davlat
siyosatining
amalga
oshirilishini
hamda
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining
himoya qilinishini ta'minlashga, huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Kasb etikasi qoidalariga amal qilish majburiyati xodim adliya organlariga ishga
qabul qilingan kundan e'tiboran, u bilan tuziladigan mehnat shartnomasi hamda
korxonada o’rnatiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish majburiyatidan
kelib chiqadi.
Kasb etikasi qoidalari Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlari belgilangan
bo’lib, unga binoan Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlariga quyidagilar
kiradi:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Adliya vazirligi
Hay'ati qarorlariga, buyruqlari va ko’rsatmalariga hamda mazkur Kasb etikasi
qoidalariga amal qilish;
yuksak ma'naviy va axloqiy fazilatlar sohibi bo’lib, yurish-turish, kiyinish va
muomalada boshqalarga ijobiy tomondan o’rnak bo’lish;
qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan har qanday vazifalarni amalga
oshirishda qonuniylik, halollik, xolislik, odillik, mustaqillik va mas'uliyatni his
qilishga tayangan holda murosasiz bo’lish;
adliya organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida berilgan
vakolatlarni qonun hujjatlari doirasida qatiy ravishda amalga oshirish, sansalorlik va
ko’zbo’yamachilik holatlariga yo’l qo’ymaslik;
o’z hamkasblari va fuqarolarga xushmuomalada bo’lish, ularning qadr-qimmatini va
hurmatini saqlash;
ishonib topshirilgan xizmat xonalari, davlat mulkini asrab-avaylab, moddiy-texnika
jihozlari va materiallaridan tejab oqilona foydalanish;
umume'tirof etilgan axloq qoidalariga rioya qilish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va
xalq an'analarini hurmat qilish;
O’zbekiston Respublikasi sha'nini e'zozlash, mamlakatimiz erishgan yutuqlarini
hurmat qilish, ularni mustahkamlashga o’z hissasini qo’shish hamda O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan tamoyillarga va konstitutsiyaviy
tuzumga sodiq bo’lish.
Ushbu kasb etikasi qoidalarida Adliya organlari xodimlariga qo’yiladigan talablarga
ko’ra Adliya organlari xodimlari quyidagilarga amal qilishi shart:
o’z faoliyatida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga hamda xo’jalik
yurituvchi sub'yektlarning qonuniy manfaatlariga rioya qilgan holda ularning huquq
va qonuniy manfaatlari himoyasini
ta'minlash - adliya organlarining eng muhim
vazifalaridan ekanligini his qilish;
xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaga ega
bo’lish hamda kasb-mahoratini doimiy ravishda oshirib borish;
xizmat vazifalarini halol, vijdonan va mas'uliyat bilan bajarish hamda qonunda
belgilangan cheklashlarni o’z zimmasiga olish va ularga amal qilish;
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda xolislik,
mas'uliyat, sinchkovlik bilan bir qatorda talabchanlik, omilkorlik va jonkuyarlik kabi
hislat va fazilatlarni namoyon etish;
yuqori turuvchi adliya organlari va mansabdor shaxslarining qonunga asoslangan va
vakolat doirasida berilgan buyruq va farmoyishlarini, talab va ko’rsatmalarini so’zsiz
bajarish;
ish joyi va vaqtidan tashqarida xizmat masalalarini muhokama qilmaslik;
xizmat vazifalarini amalga oshirishi jarayonida qonun talablariga zid bo’lgan tashqi
ta'sirlarga berilmaslik;
xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki g’arazli maqsadlarda, shuningdek, boshqa
shaxslarning noqonuniy manfaatlari uchun foydalanmaslik;
bo’ysinuvdagi idoralar va xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish va
g’ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etishga majbur etmaslik;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari o’ziga yuklatilgan vazifalarni
amalga oshirish jarayonida to’plangan ma'lumotlarni boshqa shaxslarga oshkor
qilmaslik, ulardan ish faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda foydalanmaslik;
adliya organlarini obro’sizlantirish, ularning maqomi va nufuziga putur yetkazishi
mumkin bo’lgan xatti-harakatlardan o’zini tiyish;
shaxsiy manfaatdorligi xizmat vazifalarini xolisona bajarishiga to’sqinlik qilishi
yohud ta'sir qilishi mumkin bo’lgan holatlar haqida o’z rahbariga zudlik bilan ma'lum
qilish;
xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida u yoki bu harakati yohud
harakatsizligi uchun pul, moddiy qimmatliklar, qimmatbaho buyumlar va xizmatlar
ko’rinishida haq olmaslik;
adliya organlarining boshqa xodimlariga hamda ishga yangi qabul qilingan
xodimlarga zarur amaliy va uslubiy yordam berish;
Mazkur kasb etikasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo’lib,
unga binoan Adliya organlari xodimlari sodir etgan nomunosib, nojo’ya xatti-
harakatlari (harakatsizligi) uchun shaxsan javobgardirlar va ushbu qoidalarga amal
qilmaslik qonunda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
5. Notarius faoliyatining axloqiy asoslari
Notariat davlat huquqiy tizimining ustunlaridan biri hisoblanadi. U zimmasiga
nizoli bo’lmagan fakt-holatlarni tasdiqlash, hujjatlarni tasdiqlash, hujjatlarga ijro
kuchini berish va boshqa harakatlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan davlat
organlari va mansabdor shaxslari tizimini o’zida namoyon qiladi va fuqarolarning
hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Fuqarolar
va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning usuli
bo’lib notariuslar tomonidan notarial harakatlarning davlat tomonidan amalga
oshrilishi hisoblanadi.
Notariuslar quyidagi turdagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
- bitimlarni, vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
-
er-xotinning
umumiy
mulkidagi
ulushga
mulk
huquqi
to’g’risida
guvohnomalar beradi;
- mol-mulkni o’zga shaxsga o’tkazishni tasdiqlab qo’yadi va ta’qiqni bekor
qiladi;
- merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnoma beradi;
- meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko’radi;
- hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko’chirmalarning to’g’riligini
shahodatlaydi;
- hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to’g’ri tarjima qilinganligini
shahodatlaydi;
- hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
- ko’chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
- fuqoraning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
-fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
- fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
- hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
- jismoniy va yuridik shaxlarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik
shaxslarga topshiradi;
- pul summalari va qimmatli qog’ozlarni depositga qabul qilib oladi;
- hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
- pul to’lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo’yicha pul
to’lanmaganligini tasdiqlaydi;
- ijro xatlarini yozadi;
- veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
- dengiz protestlarini amalga oshiradi;
- notariyal tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reestrlardan
ko’chirmalarni beradi va qonunda nazarda tutilgan boshqa natarial harakatlarni ham
amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasida notarial faoliyat O’zR 1996 yil 26 dekabrda
qabul qilingan “Notariat to’g’risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi “Notariat to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga
binoan notariyat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan
bevosita bog’liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga
oshrish yo’li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etigan huquqiy institutdir.
Qonunchilik notarius faoliatini tartibga soladi.
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O’zbekiston Respublikasi
konsullari amalga oshiradi.
Qonun notarial faoliyatning mustaqilligini kafolatlaydi, Qonuninig 5-
moqqasiga binoan notarius o’z faoliyatida mustaqil bo’lib, bu faoliyatni amalga
oshirishda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi. Shuning
bilan birga qonun notariusning o’zi xizmat faoliyatini amalga oshirayotganda
mustaqil va beg’araz bo’lishin talab qiladi. Manfaatlar to’qnashuvining bo’lmasligi
yoki bo’lishining oldini olish maqsadida qonun tomonidan notarius faoliyatiga
ma’lum cheklovlar qoyilgan, ya’ni notarius, notarius yordamchisi va stajyori:
- ilmiy, ijodiy va pedogogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa
faoliyat bilan shug’ullanishga;
- shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati ko’rsatishga haqli emas.
Notariuslar qonuniylik tamoyliga rioya qilishlari, ya’ni o’z faoliyatlarida
O’zbekiston qonunlariga va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
amal qilishlari kerak. Qonun notariusga qonunga zid bo’lgan notarial harakatlarni
amalga oshirishni rad qilish vazifasini yuklaydi.
Notariuslar o’z faoliyatlarida maxfiylikka rioya qilishlari ham talab qilinadi,
ya’ni qonun notariuslarga va notaiyat idorasida ishlovchi xodimlarga notarial
harakatlar amalga oshirilganligi natijasida o’zlariga ma’lum bo’lgan hujjatlarni
oshkor qilish va ma’lumotlarni tarqatishni ta’qiqlaydi. Notariuslar va notaiyat
idorasida ishlovchi xodimlar maxfiylik tamoiyiliga vakolatlari tugagan yoki
bo’shatilgan hollarda ham, qonunda ko’zda tutilgan hollardan tashqari, rioya
qilishlari lozim.
Notarius o’z kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun shaxsan javobgardir.
Qonunning 3-moddasiga ko’ra quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Notarius
vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O’zbekiston Respublikasining Konstitsiyasi
va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”. Bizningcha bu
qasamyodga “kasbiy sirni saqlashga” degan so’zlar qo’shilsa maqbul bo’lar edi.
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlarining amalga
oshrilishiga va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishiga ko’maklashishi, ya’ni u
fuqarolarga huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, amalga oshirilayotgan notarial