Badiiy asar haqida ta’limot

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

21,9 KB


Badiiy asar haqida ta’limot
1. Badiiy asar haqida tushuncha
2. Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi
3. Adabiy asar yaxlitligi va uni yuzaga chiqaruvchi omillar
Logotip
Badiiy asar haqida ta’limot 1. Badiiy asar haqida tushuncha 2. Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi 3. Adabiy asar yaxlitligi va uni yuzaga chiqaruvchi omillar
Tayanch tusunchalar: Badiiy asar, ijodiy niyat, badiiy matn, adabiy asar,
yaxlitlik.
Badiiy  asar –  adabiyot  va  san’atning  yuzaga  chiqish  shakli,  muayyan
maqsadga  qaratilgan,  badiiy  butunlikdagi  timsollarning  mazmunan  bog‘langan
qismi; ijodkor  va kitobxon o‘rtasidagi  badiiy muloqot vositasi.  Badiiy asar  –
adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy
butunlikdagi  timsollar  mazmunan  bog‘langan  tizimi,  shuningdek,  ijodkor  va
kitobxon o‘rtasidagi  badiiy muloqot  vositasi.  Badiiy  Adabiyot  ko‘plab Badiiy
asarlarning majmuasi bo‘lib, ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb
etadi va ijodkor adabiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi
nafis san’atning hamma turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Adabiyotda  esa  so‘z  vositasida  ifodalangan,  adabiy  talablar  asosida
shakllantirilgan,  o‘ziga  xos  shakl  va  mazmunga  ega  badiiy  butunlikdagi  ijod
namunasi. 
Badiiy lik tushunchasi adabiy asarning san’at turiga tegishli ekaniga ishora
qiladi. Badiiy asar, birinchi navbatda, mazmunan va shakl jihatidan tugallangan
matn bo‘lib, u muallif ijodiy mehnati natijasida yuzaga chiqadi va muayyan milliy-
adabiy tilda ifodalangan bo‘ladi. Badiiy asar o‘z tarkibiga ko‘ra, sarlavha (ayrim
she’riy asarlar sarlavhasi bo‘lishi, ayrimlari birinchi misra bilan sarlavhalanishi
ham  mumkin),  matn  va  muallif  ismi-sharifi  yoki  taxallusidan  iborat.  Ayrim
asarlarda tagsarlavha (mazmun yo‘nalishiga ishora yoki janriy belgi) bo‘lishi ham
mumkin. Asar sarlavhasini o‘qish b-n uning mazmuniga kiriladi. Asar mazmuni
matn  bilan  tanishish  natijasida  o‘zlashtiriladi.  Matnning  esa  o‘z  chegarasi,
shakllantirish vositasi, janriy va shakliy ko‘rinishlari bo‘ladi. Bularning hammasi
badiiy asarda yaxlitlikda, jonli butunlikda tasvirlanadi. Badiiy asar janr belgilari
uning ichki birliklarini tutashtirish barobarida shu tipdagi boshqa mualliflar asarlari
bilan ham bog‘lanadi. Bundan tashqari, asarni badiiy butunlikda tutib turuvchi
muallif niyati, mavzu, g‘oya, muammo, muallif konsepsiyasi;  timsollar olami,
syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va uning vositalari kabi bir qator komponentlar
borki, ularning har biri  badiiy  asar muayyan estetik vazifani bajaradi. Ulardan
birining ifodasi sust yoki oqsoq bo‘lsa, tabiiyki, butun jonli organizm hisoblangan
Logotip
Tayanch tusunchalar: Badiiy asar, ijodiy niyat, badiiy matn, adabiy asar, yaxlitlik. Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan, badiiy butunlikdagi timsollarning mazmunan bog‘langan qismi; ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy butunlikdagi timsollar mazmunan bog‘langan tizimi, shuningdek, ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy Adabiyot ko‘plab Badiiy asarlarning majmuasi bo‘lib, ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb etadi va ijodkor adabiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi nafis san’atning hamma turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo‘llaniladi. Adabiyotda esa so‘z vositasida ifodalangan, adabiy talablar asosida shakllantirilgan, o‘ziga xos shakl va mazmunga ega badiiy butunlikdagi ijod namunasi. Badiiy lik tushunchasi adabiy asarning san’at turiga tegishli ekaniga ishora qiladi. Badiiy asar, birinchi navbatda, mazmunan va shakl jihatidan tugallangan matn bo‘lib, u muallif ijodiy mehnati natijasida yuzaga chiqadi va muayyan milliy- adabiy tilda ifodalangan bo‘ladi. Badiiy asar o‘z tarkibiga ko‘ra, sarlavha (ayrim she’riy asarlar sarlavhasi bo‘lishi, ayrimlari birinchi misra bilan sarlavhalanishi ham mumkin), matn va muallif ismi-sharifi yoki taxallusidan iborat. Ayrim asarlarda tagsarlavha (mazmun yo‘nalishiga ishora yoki janriy belgi) bo‘lishi ham mumkin. Asar sarlavhasini o‘qish b-n uning mazmuniga kiriladi. Asar mazmuni matn bilan tanishish natijasida o‘zlashtiriladi. Matnning esa o‘z chegarasi, shakllantirish vositasi, janriy va shakliy ko‘rinishlari bo‘ladi. Bularning hammasi badiiy asarda yaxlitlikda, jonli butunlikda tasvirlanadi. Badiiy asar janr belgilari uning ichki birliklarini tutashtirish barobarida shu tipdagi boshqa mualliflar asarlari bilan ham bog‘lanadi. Bundan tashqari, asarni badiiy butunlikda tutib turuvchi muallif niyati, mavzu, g‘oya, muammo, muallif konsepsiyasi; timsollar olami, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va uning vositalari kabi bir qator komponentlar borki, ularning har biri badiiy asar muayyan estetik vazifani bajaradi. Ulardan birining ifodasi sust yoki oqsoq bo‘lsa, tabiiyki, butun jonli organizm hisoblangan
asar (matn)ning badiiyligiga putur etkazishi mumkin. SHunday ekan, badiiy asar
ijodiy mehnat mahsuli sifatida tushunilganda ham, badiiy muloqot vositasi sifatida
idrok etilganda ham uning yaxlit jonli organizm ekanligini yoddan chiqarmaslik
kerak. 
 Badiiy asar ijodiy  muloqot  vositasi  sifatida  muallif  bilan  kitobxonni
yaqinlashtiradi, muayyan bir maqsad yo‘lida harakatga soladi. CHunki muallifda
ijodiy niyat paydo bo‘lishi bilan birga u o‘z o‘quvchisini ko‘z oldiga keltiradi,
uning bilan xayoliy suhbatga kirishadi, nimanidir uqtirmoqchi bo‘ladi, xayoldagi
kitobxon savollariga javob beradi v.h. Kitobxon badiiy asarni o‘qish bilan ijodiy
muloqotni  davom  ettirishga  kirishadi.  O‘sha  asardan  ta’sirlanadi,  uning
qahramonlari bilan birga “yashaydi”, ayrimlarini yoqtiradi, ayrimlariga bo‘lgan
munosabatini yashirmaydi. Qisqasi,  mana shu asar  vositasida muallifning ijod
dunyosiga yo‘l topadi. Bu muloqot jarayonida  badiiy  asar o‘ziga xos ko‘prik
vazifasini o‘taydi. Bu muloqotning davomiyligi yoki kitobxonlarga asqаtishi mana
shu “ko‘prik”ning qay darajada badiiy jihatdan mustahkam qurilganligiga bog‘liq.
Demak,  badiiy  asar ilmiy, diniy, axloqiy, publitsistik v.b. asarlardan farqli
ravishda, asosan, go‘zallik qonunlariga bo‘ysungan holda badiiy timsollar orqali
ifodalanadi. Badiiy asar ta’sir kuchi, kitobxonlar va adabiy jamoatchilik tomonidan
e’tirof etilishi, milliy adabiyotdagi va badiiy tafakkur tarixidagi o‘rni mana shu
badiiy  timsollarning  naqadar  hayotiyligi,  badiiy  mushakkalligi  va  jonliligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Badiiy ijod  – ijodiy jarayon mahsuli bo‘lib,  dastlabki ma’noda yangi badiiy
voqelikni  vujudga keltirishdan  iborat. San’at  asari  hayotdan  nusxa  ko‘chirish,
takrorlash  yoki  unga  taqlid  qilish  bilangina  o‘zining  mavjudlik  shaklini
belgilamaydi, balki yangi, avval bilinmagan badiiy voqelik yaratadi. U muayyan
ijodkor  tomonidan  istalgan  vaqtda  yozilgani  uchun  rejalashtirilgan,  hayotning
dasturiy ifodasi emas, balki tasodifiy yaratilgan voqelik hisoblanadi. Badiiy ijod
jarayonida (Sinergetika nazariyasi, Prigojin) tarixda amal qiladigan tasodifiylik va
kutilmaganlik yanada murakkabroq va sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi. “San’at
asari, – deb yozadi V.E.Xalizev, – avvalo, ijodiy (yaratuvchanlik) xarakteriga ega.
Badiiy ijod tashabbuskor kishilarning zavq-shavq beruvchi, ilhomli faoliyatidirki,
ular  mavjud  qadriyatlar  (madaniy  va  tabiiy)ni  saqlab  qolishgina  emas,  balki
Logotip
asar (matn)ning badiiyligiga putur etkazishi mumkin. SHunday ekan, badiiy asar ijodiy mehnat mahsuli sifatida tushunilganda ham, badiiy muloqot vositasi sifatida idrok etilganda ham uning yaxlit jonli organizm ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Badiiy asar ijodiy muloqot vositasi sifatida muallif bilan kitobxonni yaqinlashtiradi, muayyan bir maqsad yo‘lida harakatga soladi. CHunki muallifda ijodiy niyat paydo bo‘lishi bilan birga u o‘z o‘quvchisini ko‘z oldiga keltiradi, uning bilan xayoliy suhbatga kirishadi, nimanidir uqtirmoqchi bo‘ladi, xayoldagi kitobxon savollariga javob beradi v.h. Kitobxon badiiy asarni o‘qish bilan ijodiy muloqotni davom ettirishga kirishadi. O‘sha asardan ta’sirlanadi, uning qahramonlari bilan birga “yashaydi”, ayrimlarini yoqtiradi, ayrimlariga bo‘lgan munosabatini yashirmaydi. Qisqasi, mana shu asar vositasida muallifning ijod dunyosiga yo‘l topadi. Bu muloqot jarayonida badiiy asar o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu muloqotning davomiyligi yoki kitobxonlarga asqаtishi mana shu “ko‘prik”ning qay darajada badiiy jihatdan mustahkam qurilganligiga bog‘liq. Demak, badiiy asar ilmiy, diniy, axloqiy, publitsistik v.b. asarlardan farqli ravishda, asosan, go‘zallik qonunlariga bo‘ysungan holda badiiy timsollar orqali ifodalanadi. Badiiy asar ta’sir kuchi, kitobxonlar va adabiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi, milliy adabiyotdagi va badiiy tafakkur tarixidagi o‘rni mana shu badiiy timsollarning naqadar hayotiyligi, badiiy mushakkalligi va jonliligiga bog‘liq bo‘ladi. Badiiy ijod – ijodiy jarayon mahsuli bo‘lib, dastlabki ma’noda yangi badiiy voqelikni vujudga keltirishdan iborat. San’at asari hayotdan nusxa ko‘chirish, takrorlash yoki unga taqlid qilish bilangina o‘zining mavjudlik shaklini belgilamaydi, balki yangi, avval bilinmagan badiiy voqelik yaratadi. U muayyan ijodkor tomonidan istalgan vaqtda yozilgani uchun rejalashtirilgan, hayotning dasturiy ifodasi emas, balki tasodifiy yaratilgan voqelik hisoblanadi. Badiiy ijod jarayonida (Sinergetika nazariyasi, Prigojin) tarixda amal qiladigan tasodifiylik va kutilmaganlik yanada murakkabroq va sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi. “San’at asari, – deb yozadi V.E.Xalizev, – avvalo, ijodiy (yaratuvchanlik) xarakteriga ega. Badiiy ijod tashabbuskor kishilarning zavq-shavq beruvchi, ilhomli faoliyatidirki, ular mavjud qadriyatlar (madaniy va tabiiy)ni saqlab qolishgina emas, balki
ularning  boyitilishiga  xizmat  qiladi”.  Mumtoz  adabiyotshunoslik  tarixi  badiiy
ijodning estetik, ma’ri-fiy va yaratuvchanlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi.
Badiiy  voqelik  tarixiy  voqelikka  parallel  holda  yaratilishi  mumkin,  ammo
chinakam san’at asari hech qachon real hayotdan nusxa ko‘chirmaydi, chunki
san’atda betakror  asar  ijod qilishning o‘z qonuniyatlari  bor. San’atda har  gal
yangicha natija tug‘iladi. Uning o‘z ildizi, taraqqiyot yo‘li, o‘z mantiqi va istiqboli
bor. U tarixga parallel holda yaratilganda ham har gal yangicha estetik, badiiy
voqelik hosil qiladi.
San’atkor tasavvurida hayotdan parallel ravishda olingan ilk unsurlar: taassurot,
fantaziya, shaxsning individual va ijtimoiy xususiyatlari kabilar birikib, badiiy
tasvir (obraz) yaratilishi orqasida badiiy voqelik tug‘iladi. Mana shu bosqichda
turli qahramonlar, personajlar va hayotiy holatlardan ijodkor o‘z estetik didiga
muvofiqlarini tanlab oladi, boshqalarini “o‘chiradi”. Tasodifiy hayot hodisasidan
muallifning go‘zallik qonunlari bo‘yicha harakati natijasida go‘zal, kutilmagan
badiiy voqelik paydo bo‘ladi. Bu ijodiy jarayonni muallifning o‘zi to‘liq boshqara
olmaydi. Badiiy voqelikning kutilmaganligi, avvaldan ma’lum emasligi “San’at –
san’at uchun” va “San’atning tendensiozligi” (tarafkashligi) kabi tushunchalarning
o‘zaro mohiyati badiiy ijodning murakkabligi bilan izohlanadi.
Har qanday badiiy matnning tarixiy ildizlari qad. madaniyatga borib ulanadi.
Inson hali tabiatni o‘zlashtirmagan vaqtida ham san’atga o‘xshash narsalarni ijod
qiladi (qoyatoshlarga rasmlar chizadi, ovda o‘lja mo‘lligini tilash va kasalliklarni
haydash so‘zlarini o‘rganadi). Farq shundaki, hoz. badiiy matnlar xalq o‘qishi,
tinglashi uchun yaratilgan bo‘lsa, qadimgisi magiya uchun xizmat qilgan.
Badiiy  asar  yozish  jarayoni  ijodkorning  g‘oyaviy  niyat,  maqsadi  bilan
boshlanadi. Ijodiy maqsadning muhim yoki arzimasligi ijodkor shaxsining olamni
qanday idrok etishi, iste’dodi tabiati, hayotiy tajribasi, umumiy madaniy saviyasi
bilan bog‘liqdir. Badiiy ijodda aksariyat muallif o‘quvchi, tinglovchiga qanday
qilsa, etib borishini o‘ylaydi, ya’ni ijodning oxiri boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan, ammo asarning
umumiy g‘oyasi aniqlangan bo‘ladi; ijodiy niyat bo‘lg‘usi badiiy matnning shakl-
shamoyilida ko‘rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi.
Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so‘zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni
Logotip
ularning boyitilishiga xizmat qiladi”. Mumtoz adabiyotshunoslik tarixi badiiy ijodning estetik, ma’ri-fiy va yaratuvchanlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi. Badiiy voqelik tarixiy voqelikka parallel holda yaratilishi mumkin, ammo chinakam san’at asari hech qachon real hayotdan nusxa ko‘chirmaydi, chunki san’atda betakror asar ijod qilishning o‘z qonuniyatlari bor. San’atda har gal yangicha natija tug‘iladi. Uning o‘z ildizi, taraqqiyot yo‘li, o‘z mantiqi va istiqboli bor. U tarixga parallel holda yaratilganda ham har gal yangicha estetik, badiiy voqelik hosil qiladi. San’atkor tasavvurida hayotdan parallel ravishda olingan ilk unsurlar: taassurot, fantaziya, shaxsning individual va ijtimoiy xususiyatlari kabilar birikib, badiiy tasvir (obraz) yaratilishi orqasida badiiy voqelik tug‘iladi. Mana shu bosqichda turli qahramonlar, personajlar va hayotiy holatlardan ijodkor o‘z estetik didiga muvofiqlarini tanlab oladi, boshqalarini “o‘chiradi”. Tasodifiy hayot hodisasidan muallifning go‘zallik qonunlari bo‘yicha harakati natijasida go‘zal, kutilmagan badiiy voqelik paydo bo‘ladi. Bu ijodiy jarayonni muallifning o‘zi to‘liq boshqara olmaydi. Badiiy voqelikning kutilmaganligi, avvaldan ma’lum emasligi “San’at – san’at uchun” va “San’atning tendensiozligi” (tarafkashligi) kabi tushunchalarning o‘zaro mohiyati badiiy ijodning murakkabligi bilan izohlanadi. Har qanday badiiy matnning tarixiy ildizlari qad. madaniyatga borib ulanadi. Inson hali tabiatni o‘zlashtirmagan vaqtida ham san’atga o‘xshash narsalarni ijod qiladi (qoyatoshlarga rasmlar chizadi, ovda o‘lja mo‘lligini tilash va kasalliklarni haydash so‘zlarini o‘rganadi). Farq shundaki, hoz. badiiy matnlar xalq o‘qishi, tinglashi uchun yaratilgan bo‘lsa, qadimgisi magiya uchun xizmat qilgan. Badiiy asar yozish jarayoni ijodkorning g‘oyaviy niyat, maqsadi bilan boshlanadi. Ijodiy maqsadning muhim yoki arzimasligi ijodkor shaxsining olamni qanday idrok etishi, iste’dodi tabiati, hayotiy tajribasi, umumiy madaniy saviyasi bilan bog‘liqdir. Badiiy ijodda aksariyat muallif o‘quvchi, tinglovchiga qanday qilsa, etib borishini o‘ylaydi, ya’ni ijodning oxiri boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan, ammo asarning umumiy g‘oyasi aniqlangan bo‘ladi; ijodiy niyat bo‘lg‘usi badiiy matnning shakl- shamoyilida ko‘rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi. Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so‘zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni