BADIIY ASAR TARIXIY-QIYOSIY TAHLILI
REJA:
1. Badiiy asarni qiyosiy-tarixiy tahlil metodining shakllanishi.
2. Asarni qiyosiy-tarixiy va tipologik tahlil metodi
3. Qiyosiy-tarixiy tahlil usuli namoyondalari.
4. O'zbek adabiyotshunosligida qiyosiy-tarixiy yo'nalishdagi tadqiqotlar.
5. Qiyosiy adabiyotshunoslik va uning samaradorligi
6. Tipologik tahlil usuli
7. Romantik va realistik asarlar qiyosiy tahlili
ADABIYOTLAR:
1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
3. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma.
T. Kamalak. 2016.
4. Saidov A. Qiyosiy adabiyotshunoslikka kirish. T. G‘.G‘ulom nomidagi
nashriyot matbaa-ijodiy uyi. 2020. 769 b.
5. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy
uyi”,2006.
6. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa-
ijodiy uyi , 2018.
7. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. –Т.: «Янги аср авлоди», 2006.
8. Arastu. Poetika. Axloq kabri. – T.: “Yangiasiravlodi”, 2004.
9. Komilov N. Tafakkur karvonlari. T., Sharq. 2011.
10.Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000.
11.Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. – T., 2004.
Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi haqida so'z borganda mifologik
maktab asoschilaridan germaniyalik aka-uka Grimmlar - Vilgelm (1786 - 1859) va
Yakoblar (1785 - 1863) tilga olinadi. Ular tomonidan yozilgan «Nemis
mifologiyasi» kitobida mifologik maktabning nazariy qarashlari va qiyosiy metod
xususida qiziqarli fikrlar bildirilgan. Aka-uka Grimmlar hind-yevropa xalqlari
og'zaki ijod namunalarini qiyosiy tahlil ular o'rtasidagi o'xshashlik yagona ildizidan
kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradilar. Bunday holatni ular qadimgi
qabilalarining uzoq o'tmishdagi yagona mifologik tasavvurlar bilan izohlaydilar
(keyinchalik esa miflar oriy qabilalarining dunyo bo'ylab tarqalishi natijasida turli-
tuman o'zgarishlarga uchrab, o'zlarining dastlabki ilohiy ma'nolarini yo'qotib, ertak,
epic afsonaga aylanadilar). Shu qarash asosida aka-uka Grimmlar hind-yevropa
xalqlari miflarini qiyosiy-tarixiy aspektda o'rganib, qadimgi bobo mifni tiklashni
asosiy maqsad deb biladilar. Madaniy hodisalarning, hududlarning uzoq va
yaqinligiga qaramay takrorlanishi mifologik maktab vakillarini ularning kelib
chiqishi (genezisi) yagonadir degan yanglish xulosalarga olib keldi. Keyinchalik
ular ilgari surgan fikrlar rad etilgan bo'lsa ham to'plangan yirik faktik material,
uning tasnifi va eng asosiysi, undan keyin kelib chiqadigan nazariy
umumlashmalar keying davr adabiyotshunosligining rivojiga samarali ta'sir
etdi.Yana bir nemis olimi Teodor Benfeyning nazariy qarashlari qadimgi hind
eposi «Panchatantra»ning nemis tilidagi tarjimasiga (1859) yozgan so'z boshisida
aks etgan. Benfeyning fikriga ko'ra, ayrim badiiy asarlarning bir-biriga yaqinligi,
sujet yo'nalishidagi o'xshashliklarning sababi faqatgina mif yoki mifologik manba
bo'lmay, «sayyor syujetlar»dir. Boshqacha aytganda badiiy asarlar bir xalqdan
boshqasiga o'tishi mumkin. Bu fikr aka-uka Grimmlar tomonidan ilgari surilgan
qarashlarga nisbatan oldinga tashlangan bir qadam edi. Ayni paytda, Benfey
fikrlarida cheklanganlik ko'zga tashlanadi. Buning sababi Benfey ham mifologik
maktab vakillari singari barcha sujetlarining vatani Hindiston deb hisoblagan.
Bunday qarash bir madaniyatning ikkinchisiga tobe deb hukm chiqarilishiga olib
keladi. Lekin Benfey mifologiyasi tarixiylik nuqtai nazaridan cheklanganligiga
qaramay, adabiyotshunoslikda muhim bir yo'nalishga-«sujetlar migrasiyasi»ga asos
bo'ldi. Biz bu yerda adabiy o'zlashtirish yoxud adabiy ta'sir hodisasining dastlabki
kurtaklarini ko'ramiz va bu narsa keyinchalik yaratilgan tadqiqotlarga samarali
ta'sir ko'rsatdi. Shunday qilib, dastlab Germaniyada shakllana boshlagan qiyosiy-
tarixiy metod tez orada butun Yevropaga yoyildi.
Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi Rossiyada adabiyot va
adabiyotshunoslik fanining jadal rivoji bilan ajralib turadi. Rus ijtimoiy falsafiy
tafakkuri tarixida muhim o'rin tutgan Rossiya mifologik maktabining asoschisi.
akad. F.I.Buslayev (1818-1897), qiyosiy mifologik maktab vakillaridan
A.N.Afanasyev (1826-1871), madaniy-tarixiy maktab vakili A.N.Pipin (1833-
1904) adabiyotshunoslik fanining psixologik yo'nalishiga mansub A.A.Potebnya
(1835 - 1891) kabi olimlarning ilmiy faoliyati aynan shu davrga to'g'ri keladi.
Ularning barchasi rus adabiyotshunosligida akademik maktab asoschilaridir. Ular
orasida ilmiy tadqiqotlarning miqyosi va darajasi, jahon adabiyotshunoslik ilmiga
ko'rsatgan ta'siri bilan akademik A.N.Veselovskiy (1839 - 1906) alohida mavqyega
ega. Uning tadqiqotlari qiyosiy-tarixiy metodning rivojini ko'p yillarga belgilab
berdi. A.N.Veselovskiy qiyosiy-tarixiy metod namoyandalari tadqiqotlarining
yutuq va kamchiliklarini qunt bilan o'rgandi. Ulardagi rivojlantirish va tayanish
mumkin bo'lgan jihatlarga e'tibor berdi, o'z ilmiyt adqiqotlarida unumli foydalandi.
Olim adabiy hodisalarni tadqiq etar ekan, ularni yuzaga keltirgan sharoitga diqqat-
e'tiborini qaratdi. Masalan, uning: «Menga xalq qanday yashaganini ayting, men
sizga uning nima yozganini aytaman», - degan fikri ilmiy aoliyatining dastlabki
davridayoq adabiy qarashlarining shakllanganidan darak beradi.
Adabiyotshunoslikka oid ayrim tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy o'zidan oldingi
komparativizm vakillarining davomchisi sifatida baholanadi. Biroq keying
yillardagi tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatida aka-uka Grimmlar va
T.Benfey nazariyasining tutgan o'rni adabiyotshunosning salaflari ilmiy merosiga
munosabati yangi dalillar asosida atrotlicha ko'rsatib o'tilgan. U «Solomon va
Ketavraz haqid asl avian afsonalari, Morolf va Merling bilan bog'liq G'arb
rivoyatlari» (1872) nomli doktorlik dissertasiyasida tayyor sujetlar bilan bog'liq
qiziqarli fikr-mulohazala rbildirilgan. A.N.Veselovskiy o'xshash adabiy hodisalarni
qiyosiy-tarixiy aspektdat ahlil qilar ekan shunday yozadi: «Ikki Sharq va G'arb
povestlari aro o'xshashlik ular o'rtasidagi tarixiy aloqalardan darak bermaydi: bu
hol mifologik maktab vakillari zo'r berib ta'kidlaganlaridek, uzoq o'tmishning
mahsuli ham emas, bu bir maromdagi psixik rivojlanishning mevasi bo'lib, u yoki
bu yerda bir shakl va mazmunda ifodalangan». Olimni salaflaridan farqli o'laroq,
birinchi galda, adabiy g'oyalar tarixi, o'zaro aloqadorligi kabi masalalar qiziqtirgan.
A.N.Veselovskiy adabiy hodisalar tahlilida badiiy asarning vujudga kelishida
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni birinchi o'ringa qo'yadi. U katta bir faktik material bilan
ish ko'rishi sababli tadqiqotida turli xalqlar adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil
etib, muhim umumlashmalar chiqargan. Masalan, doktorlik ishida vizantiya,
slavyan, rus yodgorliklarini chuqur o'rganish o'rta asrlar g'arb adabiyotini tahlil
etganda muhim ma'lumotlar berishiniq ayd etib yozadi: «O'rta asrlar adabiyotini
o'rganuvchilar shu vaqtga qadar slavyan yodgorliklariga e'tibor qaratmadilar, biroq
mening ishonchim komilki, ularni o'rganish g'arb adabiyotiga doir ayrim
qarashlarni o'zgartirib, adabiy hodisalarning yuzaga kelishi va shakllanish
bosqichlarini o'zgacha izohlaydi». U rus adabiyoti namunalarini tahlil qilganda
g'arb manbalarining muhim o'rin tutishini ham to'g'ri qayd etgan.
A.N.Veselovskiyga qadar rus adabiyoti tarixini tadqiq etganlar bu masalalarga
deyarli diqqatlarini qaratmaganlar. U qadimgi rus madaniy muhiti o'z qobig'iga
o'ralib qolmay, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga qarab Yevropa bilan uzviy aloqada
bo’lganligini isbotlab ko'rsatdi. Demak, dunyoda bir-biridan o'rganmagan va bir-
biriga ta'sir ko'rsatmagan adabiyotning o'zi yo'q. Olimni o'zlashgan adabiy
hodisaning shakily jihatlari emas, balki uning kirib borgan madaniy muhitidagi
o'rni, yangi ma'nolar kasb etishi, unga bo'lgan munosabat kabi muammolar
qiziqtirgan. Shu o'rinda A.N.Veselovskiyning adabiyot tarixiga oid qarashlari
qiziqarlidir. Uningcha, «Adabiyot tarixi keng ma'noda bu – jamiyat tafakkuri
tarixidir...». Olim adabiyotni madaniyatning uzviy ajralmas bo'lagi sifatida
tushunadi va talqin etadi. U tadqiqot olib brogan davrda adabiyot tarixining
metodologik asoslari ishlab chiqilmagan edi. Uning «Adabiyot tarixining fan
sifatidagi metodi va vazifalari» tadqiqoti adabiyot tarixining metodologik
muammolariga diqqatni qaratganligi tufayli ham hozirgi kunga qadar o'z ilmiy
ahamiyatini saqlab kelmoqda. A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatining cho'qqisi
«Tarixiy poetika» asaridir. Katta faktik materiallar asosida o'rta asrlar adabiyotini
chuqur o'rgangan olim jahon adabiyoti rivojining qonuniyatlari bilan ham qiziqdi.
Ma'lumki, Aristotel davridan beri poetika deganda poeziyaning nazariy
jihatlarigina tushunilar edi. A.N.Veselovskiy esa poetikani lmiy asosga qurishni
hamda uni adabiyotning ilmiy-nazariy quroliga aylantirishni asosiy maqsad deb
bildi. Uning fikricha, adabiyotshunoslikning eng muhim masalalarini hal qilmay
turib, uni adabiyot haqidagi fanga aylantirib bo'lmaydi. A.N.Veselovskiy tarixiy
poetikasining asosini «Poetik tafakkur va uning shakllari evolyusiyasi»ni
o'rganishda ko'rdi. Olimning adabiy turlar, poetic uslub, sujet xususidagi
tadqiqotlarining asosida poetic tafakkur evolyusiyasi va bunga omil bo'lgan
ijtimoiy-siyosiy tafakkur yotadi.
A.N.Veselovskiy poetic janrlar evolyusiyasini o'rganar ekan, diqqatni
poeziyaning ibtidoiy shakllariga qaratdi va uning dastlabki ko'rinishlari sinkretik
(qorishiq) holatda bo'lganligini isbotlab ko'rsatdi. U ilk poeziya namunalarining
real hayot bilan bog'liq jihatlariga e'tibor qildi. Keyinchalik esa, taraqqiyotning va
poetic tafakkurning asta-sekin rivojlanishi natijasida poetic janrlarning
differensiyasi boshlandi. Bu jarayonda lirikaning ajralib chiqishini olim individual
psixikaning uzoq davom etgan rivojlanishi bilan bog'laydi. Bir so'z bilan aytganda,
Veselovskiy «Tarixiy poetika asari» orqali jahon adabiyotining umumiy
nazariyasini yaratmoqchi va adabiy jarayonning ichki rivojlanish qonuniyatlarini
ko'rsatmoqchi bo'ldi. Afsuski, uning fundamental tadqiqoti yakunlanmay qolgan.
Biroq u ko'targan muammolar shunchaki sanab o'tishning o'zi ham olimning
adabiyotshunoslik fanining rivojiga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Masalan, uning
yana bir jihati haqiqiy olim qanday ilmiy kashfiyotlar qilmasin agar uning ilmiy
yo'nalishlari keyinchalik ham davom etmasa, u holda bu kashfiyotlar uning o'zi
bilan birga tugaydi. A.N.Veselovskiy ilmiy yo'nalishi esa, davom ettirildi va davom
etmoqda. Taniqli adabiyotshunos akademik V. F. Shishmarev o'tgan asrning 30-
yillari so'ngida A.N.Veselovskiy haqida shunday yozadi: «Biz ko'pincha tayyor fikr
va qoidalarga suyanamiz, ba'zan ularni Veselovskiyga olib borishga o'zimizga
hisob ham bermaymiz yoki buni unutamiz».
Qiyosiy adabiyotshunoslik rivoji, metodologiyasi shakllanishida akd. V. M.
Jirmunskiy (1891 - 1971)ning xizmatlari beqiyos. U o'zining dastlabki
adqiqotlaridan boshlab qiyosiy-tarixiy metodning o'zak masalalari bilan qiziqdi.
Masalan, uning «Bayron va Pushkin» (1924) risolasi adabiy ta'sir yoki adabiy
o'zlashtirish muammolariga yangicha yondashuv bilan diqqatni tortadi. Ma'lumki
ushbu muammolar bilan shug'ullangan tadqiqotchilar nazaridan yuqoridagi
masalalarning o'ziga xos qonuniyatlari, g'oyaviy asoslari chetda edi. Yosh
adabiyotshunos esa dastlab jiddiy ishida shunday yozadi: «Pushkin Bayrondan
shoir sifatida ilhomlangan. Bunda u Bayrondan nimalarni o'rgandi? O'z ustoz
ipoetik asarlaridagi nimalardan «ta'sirlangan» va buni o'z individual ta'bi va
qobiliyatiga ko'ra qanday aks ettirgan?» Olim ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida
adabiy ta’sir muammosining ichki qonuniyatlarini ko’rsata olmagan bo’lsada bir
masalaning to’g’ri qo’yilishi va asoslanishi katta bir qadam edi. Ayni paytda
adabiy ta'sirni shunchaki bir passiv o'zlashtirish tarzida emas, balki faol qayta
ishlash, hattoki o'ziga xos kurash va buning natijasida yangi bir san'at asarining
yuzaga kelishi sifatida bu muhim prinsipial qarashdir. Uning fikricha, har qanday
adabiy materialning qayta ishlanganligini aniqlash o'rganilayotgan badiiy asarning
o'ziga xos jihatlarini tushunishga va muallifning ijodi individualligini to'g'ri
belgilashga xizmat qiladi. Risola hali-hanuz o'z ilmiy ahamiyatini yo'qotmaganligi
sababli ham oradan ko'p yillar o'tganiga qaramay, «Tanlangan asarlar»idan joy
oldi. Kezi kelganda aytib o'tish lozimki, rus adabiyotshunosligi fanidagi vorisiylik
an'anasining barqarorligi V. M. Jirmunskiy ilmiy tadqiqotlariga mustahkam
poydevor bo'lib xizmat qildi. 1935 yili e'lon qilingan «Qiyosiy adabiyotshunoslik
va adabiy ta'sir muammolari» tadqiqoti adabiyotshunoslar tomonidan
V.M.Jirmunskiy ilmiy faoliyatida «keskin burilish» deb baholanadi. Bu
tadqiqotida u tarixiy-adabiy jarayonning o'xshashligi jamiyatning ijtimoiy-tarixiy
rivojlanishi bilan bog'liqligi xususidagi yangi konsepsiyani ilgari surdi.
Ma'lumki, qiyosiy-tarixiy metodning V.M.Jirmunskiygacha bo'lgan vakillari
adabiy hodisalarning o'xshashligi masalasini faqat bevosita adabiy aloqalardagina
ko'radilar. V. M. Jirmunskiy esa shunday yozadi: «Ayni shu nuqtai nazardan biz
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning bir xil rivojlanish bosqichida paydo bo'ladigan
o'zaro o'xshash adabiy hodisalarni ular o'rtasidagi o'zaro ta'sirning borlig yok
iyo'qligidan qat'iy nazar bemalol qiyoslay olamiz va qiyosiy o'rganishmiz zarur
ham». V. M. Jirmunskiy qiyosiy adabiyotshunoslikning maqsad va vazifalarini
jahon adabiyotining umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishda ko'rdi. Uning
fikricha tipologik aloqalar konkret bil vosita aloqalarni yoki adabiy ta'sirni inkor
etmaydi. Milliy adabiyotlarga xalqaro adabiy aloqalarning kirib kelishi adabiy
muhitda unga bo'lgan talab va ehtiyojdan darak beradi. Ayni paytda olimning
yozishiga ko’ra, har qanday adabiy ta’sir yangi muhitda uning sharoiti va
talablariga moslashadi. Shu bilan birga ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi
natijasida turli ijtimoiy formasiyalarda turli adabiy ta'sir vujudga keladi. Qiyosiy-
tarixiy metod umumjahon adabiy jarayonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotning rivojlanish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har
bir geografik mintaqa doirasida o'ziga xos belgilarga ega bo'lgani holda birqa tor
qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu qonuniyatlardan kelib chiqib turli xalqlar
adabiyotlarini qiyosiy aspektda o'rganish mumkin.V.M.Jirmunskiyning «Gyote rus
adabiyotida» (1937) monografiyasi xalqaro adabiy ta'sirning yangi qirralariga
diqqatni tortgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o'zlashgan adabiy
materialning ijodiy qayta ishlanishi masalasiga e'tibor qaratiladi. Uning fikricha,
adabiy asar tarjima qilinganda o'sha muhitga moslashib, adabiy jarayonga kirishib,
o'sha muhitning o'z asaridek bo'lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, milliy
adabiyotning to'laqonli mahsuliga aylanadi: «Shu ma'noda rus Gyotesi rus adabiy
va ijtimoiy taraqqiyotining muammosidir». Demak, xalqaro adabiy aloqalarni
tadqiq etganda tor, ya'ni tarjima jarayoni bilan bog'liq masalalarga diqqatni
qaratibgina qolmay, balki tarjima etilgan – qayta ijodiy ishlangan badiiy asar yangi
adabiy muhitga qanday moslashgani, unga bo'lgan munosabat kabi muammolarni
o'rganish qiziqarli natijalar berishi mumkin.V.M.Jirmunskiy har bir adabiy
hodisani tahlil qilar ekan, eng avvalo uning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omil –
jamiyatning ma'naviy ehtiyojlari kabi masalalarga atroflicha to'xtaladi. Olim
qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalarini quyidagicha izohlaydi:
«Qiyosiy adabiyotshunoslik milliy adabiyotlar taraqqiyotining qonuniyatini Sharq
va G'arbni qamrab olgan jahon adabiyoti kontekstida ko'radi. Bunda uyuqorida
qayd etib o'tilganidek, tarixiy sharoitning birligi va xalqaro madaniy aloqalarning
doimiyligidan kelib chiqadi...» Adabiyotshunos «Alisher Navoiy va Sharq
adabiyotida Renessans muammosi» maqolasida shoir ijodini unga zamondosh
G'arb mutafakkirlari merosi bilan qiyosiy o'rganib birqa tor muhim tipologik
nuqtalarni aniqladi. Masalaning yana bir g'oyat muhim jihati shundaki, shoir ijodi