BADIIY ASAR TARKIBI SHAKLIY TAHLIL VA MAZMUNIY
TAHLIL MUAMMOLI VA MUFASSAL TAHLIL
REJA:
1. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati.
2. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati.
3. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati.
4. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida.
Tayanch tushunchalar:
Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati,
Badiiy tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va
mazmunning falsafa hamda estetikadagi o’rni.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil
3. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy.
4. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil
5. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil
6. A. Gafurov. Badiiylik - bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil
Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda
ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy
tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek,
har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil
qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga
tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham
pedagogik problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan
zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday
qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy
fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sabab adabiyotshunoslikda
badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali
mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech
kimnikiga o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi
ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da, ochiqchasiga
kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik g‘oyalarni
ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan
adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy
asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi
bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga
kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri
boshqasini taqozo etadigan estetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi
shundaki, u muayyan estetik mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga
emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy
ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki, mazmun
birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san'atni
mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi
yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo’lgan
tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiy asarning shakli bilan mazmuni bir-biridan
ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi
ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha g‘oya emas.Mazmunda
xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, g‘oyada tendensiozlik, tarafkashlik,
sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal
qiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va
muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan
mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunli shakl
(soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga
qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning
badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy,
estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga
o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham
nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kam emas. Badiiy
matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali,
hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga ko’proq ahamiyat berish kerak:
shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiy asardagi shakldan mazmun sari
borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan
ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga
g‘oyaga aylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo’lmaganda va har qanday
asarga, avvalo, qanday g‘oyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor
turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala
qo’yib o‘tirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, g‘oya qidiradigan
va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana bunday demoqchi..."
qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina. Tahlilda
shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf etish
imkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz
imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan
badiiy mazmun teranlashib, xilma xillashib boraveradi. Asar tahlili g‘oya
qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi.
Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to’xtagan
joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu’jizakor lirik asarlar tahlilga
tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos
zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning
"Binafsha", "Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki
tong", "G‘azal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob",
Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yog‘ar", "Xato qildim", Omon
Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y
bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal
shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga
burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga
odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik
shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy
asarlarni o’rganishda mazmunni anglashga tutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu
ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun
izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi.
Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, Rauf
Parfining "Yomgir yog‘ar" she’ri tahlili xarakterlidir:
Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar,
Ham qayg‘umga, ham quvonchimga...
Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va
uning teng yarmi - olti misrasi "Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar" satrlari
takroridan iboratdir. Filolog – tahlilchi mushtariylarning e'tiborini misralar
zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shig‘alab
yog‘ayotgan ezgin yomg‘ir, yomg‘ir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan
shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yog‘ayotgan yomg‘irning lirik qahramon
Qayg‘usiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar
ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomg‘ir tagida turgan nozikta'b lirik
qahramon holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yog‘ayotgan yomg‘ir singari
moddiy narsa tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomg‘ir yog‘ayotgani
haqida xabar bermaydi, balki yomg‘irni she'rxon ko’z o’ngida "yog‘diradi".
O’quvchi misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomg‘irning behudud
shitirini,chakkilab tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab
yog‘ar, Tomchilar tomchilar sochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan
"ch" tovushi chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda,
she'rxon tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning
bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikki ma'no
tashishini kashf qiladi. Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub
bo’lib, urg‘u “i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub
bo’lib, urg‘u "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil
bo’lgan ikki so’zning yonma-yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa
bilish kishining fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his