BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

22,8 KB


BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI
REJA:
1. Ilmiy tahlil, uning mahsad va vazifalari.
2. Ilmiy tahlil va unga xos xususiyatlar.
3. Ilmiy tahlilda adib, o’quvchi va matn munosabati dialektikasi.
4. Tahlilda davr ruhi, ijodkor va tadqiqotchi shaxsiyati.
Tayanch tushunchalar:
Ilmiy tahlil , Ilmiy tahlil maqsadi , Ilmiy tahlilning vazifalari, Yozuvchi, O’quvchi,
matn munosabatlari xarakteri , Davr va tahlil , tahlil va milliy mentalitet .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari.. – T., 2018.
3. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – Toshkent: 2004 yil
4. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: 2006 yil
5. A. Rustamov. So’z xususida so’z. – Toshkent: 1987 yil
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi.
Filologik  (ilmiy)  tahlilga  xos  xususiyatlarini  aniqlash  uchun  bu  xil  tahlilning
maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning
hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning
bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning
millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiy
tafakkuriga  qo’shgan  yangiligini  xolis  aniqlab  berish,  uning  jamiyat  a'zolari
ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi
Logotip
BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI REJA: 1. Ilmiy tahlil, uning mahsad va vazifalari. 2. Ilmiy tahlil va unga xos xususiyatlar. 3. Ilmiy tahlilda adib, o’quvchi va matn munosabati dialektikasi. 4. Tahlilda davr ruhi, ijodkor va tadqiqotchi shaxsiyati. Tayanch tushunchalar: Ilmiy tahlil , Ilmiy tahlil maqsadi , Ilmiy tahlilning vazifalari, Yozuvchi, O’quvchi, matn munosabatlari xarakteri , Davr va tahlil , tahlil va milliy mentalitet . Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari.. – T., 2018. 3. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – Toshkent: 2004 yil 4. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: 2006 yil 5. A. Rustamov. So’z xususida so’z. – Toshkent: 1987 yil Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi
o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar
turadi.
Ilmiy  (filologik)  tahlilda  tahlil  bajarilayotgan  zamon  va  makon  hamda
tahlilning  adresatiga  xos  xususiyatlar  deyarli  hisobga  olinmagan  holda  ish
ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir
didi-yu,  badiiy  imkoniyatlariga  moslab  amalga  oshirish  zaruriyati  bo’lmaydi.
Shuningdek,  ilmiy  tahlilda  bajaruvchi  bo’lajak  o’quvchilarining  yoshi  va
intellektual  hozirlik  darajalarining  qandayligiga  deyarli  e'tibor  qaratmaydilar.
Chunki ilmiy tahlilda tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni
qabul qiluvchi kishilar yo umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda
ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyat mavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik
tahlilda  faqat  tahlilning  teranligi,  xulosalarning  asosli  ekanligi  hamda
tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proq qirralari qamrab olinishi va
unga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi.
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki,
unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan
iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i
nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch
qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi
o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina,
u ma'naviy faktorga  aylanadi, shaxsning  mulki  bo’lib, uning axloqiy qiyofasi
shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati
jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy
tahlili  zarur  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  filolog  ilmiy  tahlil  jarayonida
mushtariylari  yuragida  badiiy  matnga  daxldorlik  hissini  tug’dirishga  erishishi
lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida
qayg’urmay,  ko’nglidagi  tuyg’ularni,  miyasidagi  fikrlarni  moddiylashtirishga
intilgani ma’qul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan
badiiy  asarning  qaysi  jihatlariga  qanday  yondashmoqchi  ekanligini  belgilab
qo’ygani ma’qul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki
qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.
Logotip
o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi. Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar yo umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyat mavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosli ekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proq qirralari qamrab olinishi va unga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi. Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani ma’qul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qo’ygani ma’qul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, xolisligi, ilmiy
jasorati,  hodisa  ortidagi  qonuniyatni  ko’ra  bilish  salohiyatiga  ega  ekanligiga
bog’liq  bo’ladi.  Filologik  tahlilda  mutaxassis  jasoratli  bo’lmasa,  asarning
saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi
mumkin.  Yoki  hukmron  qarashlar,  rahbar  qatlamlarning  tazyiqi  hamda
ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda
ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda
badiiy  matnga  muqaddas  va  daxlsiz,  davrning  o’tkinchi  injiqliklaridan  xoli
fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik
jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash",
U.Normatovning  "O’tkan  kunlar"  hayrati",  "Abdulla  Qahhorni  anglash
mashaqqatlari"  singari  tahliliy  asarlari  shu  xildagi  yondashuv  mevalaridir.
Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir
qadar  ehtirosli  yo’sinda  bayon  etilishiga  erishishi  lozim.  Chunki  hissiyotga
yo’g‘rilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda
ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston
xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz.
Dunyoning  buyuk  adiblaridan  biri  Ernest  Xemingueyda  shunday  gap  bor:
"Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda
To‘ra Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech meni yo‘q kishidir.
Go‘zal  Baxmal  tog‘lari  qo’ynidagi  Aldashmon  qishlog‘ida  tug‘ilgan  bo’lajak
shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatag‘on davriga
to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha
inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab,
kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra
siniqibroq, o‘ychanroq bo’lib o‘sdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va
butun  yozganlarida  ana  shu  siniqlik,  ko’ngli  yarimlik  nuqsi  sezilib  turadi.
She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay
qolgan  armonman’’,-  deb  yozganida  bolalikning  ana  shu  achchiq  iztiroblarini
ko’zda  tutgandi.  Otasi  qamoqdan  chiqqach,  1939  yilda  To’ralar  oilasi
Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u
tog‘da dunyoga kelib, cho‘lda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga
Logotip
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, xolisligi, ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan kunlar" hayrati", "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yo’g‘rilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda To‘ra Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech meni yo‘q kishidir. Go‘zal Baxmal tog‘lari qo’ynidagi Aldashmon qishlog‘ida tug‘ilgan bo’lajak shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatag‘on davriga to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra siniqibroq, o‘ychanroq bo’lib o‘sdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u tog‘da dunyoga kelib, cho‘lda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga
tushgan sho‘rishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash,
birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir
umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga,
odamlarga,  dunyoning  shevalariga  shunchaki  bir  tomoshabin  sifatida  qaray
olmasdi.  U  ko’p  o’qirdi,  butun-butun  dostonlarni  yod  bilardi.  Bolaligidanoq
nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga
tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay
yurdi. Birinchi  she'ri  e'lon qilinganida yigirma olti  yoshda edi. O’sha vaqtlar
yozgan  bir  she'rida  u  o’zini  she'riyat  dunyosida  umid  bilan  yo’lga  chiqqan
karvonga o’xshatadi:
Men ham umid bilan safarga chiqib,
Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman,
Birda Sirday toshib, birda tutoqib,
Katta yo‘lga chiqqan,
Kichik karvonman.
She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning
boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib
shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa
olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda.
Olamni boridan go‘zalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni
doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lg‘anadi, izlanadi:
Suvlar ham tinidi sunbula kelib,
Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot.
Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan
Hecham qoniqmadi, bu ko’nglim, hayhot!
Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib
yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yo‘lini malollanmay bosib
kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini
to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z
yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa,
Logotip
tushgan sho‘rishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. U ko’p o’qirdi, butun-butun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. O’sha vaqtlar yozgan bir she'rida u o’zini she'riyat dunyosida umid bilan yo’lga chiqqan karvonga o’xshatadi: Men ham umid bilan safarga chiqib, Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman, Birda Sirday toshib, birda tutoqib, Katta yo‘lga chiqqan, Kichik karvonman. She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda. Olamni boridan go‘zalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lg‘anadi, izlanadi: Suvlar ham tinidi sunbula kelib, Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot. Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan Hecham qoniqmadi, bu ko’nglim, hayhot! Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yo‘lini malollanmay bosib kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa,
Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yo‘li unga beg‘araz
muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi
bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi
iztiroblarini aytib ado qilolmaydi:
Men seni suydim, Qorako’z,
Suydim, suydirolmadim.
Ishqingda kuydim, Qorako’z,
Kuydim, kuydirolmadim.
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji
yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik-
dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi
dardmand. Ular go‘zallikning, ezgulikning dardi bilan og‘rigan bemorlar. Barcha
chinakam asarlar g‘amning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk
ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo
vayron yozajakman",- deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon
o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning pichog‘i sanchilar butkul",- deb ozorlanganida
haq edilar. Bilasizki, Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yog‘dirilgan qirq
kunlik yomg‘irning o’ttiz tuqqiz kuni g‘am, bir kuni shodlik yomg‘iri edi. Navoiy
hazratlari: "Ko’ngilda g‘am yuqligi o’zi g‘amdur, Alam yo’qlig‘i asru alamdir",-
deganlarida barcha ijodkorlarning ko‘ngillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan
bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday
she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi:
Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolg‘iz g‘arib bo’ldim,
Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman.
Yo’qotganlarining  topilmasligini,  ketganlarining  qaytmasligini  bilgan  kishining
adoqsiz armonlari ifodasiga qarang:
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Bahor, ketma, mening bog‘imdan.
Adolatning  toptalganini  ko’rgandagi  ko’ngil  rozlari  ham  g‘amli  ohang  bo’lib
misralarga quyiladi:
Logotip
Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yo‘li unga beg‘araz muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi iztiroblarini aytib ado qilolmaydi: Men seni suydim, Qorako’z, Suydim, suydirolmadim. Ishqingda kuydim, Qorako’z, Kuydim, kuydirolmadim. Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik- dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi dardmand. Ular go‘zallikning, ezgulikning dardi bilan og‘rigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar g‘amning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",- deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning pichog‘i sanchilar butkul",- deb ozorlanganida haq edilar. Bilasizki, Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yog‘dirilgan qirq kunlik yomg‘irning o’ttiz tuqqiz kuni g‘am, bir kuni shodlik yomg‘iri edi. Navoiy hazratlari: "Ko’ngilda g‘am yuqligi o’zi g‘amdur, Alam yo’qlig‘i asru alamdir",- deganlarida barcha ijodkorlarning ko‘ngillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi: Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolg‘iz g‘arib bo’ldim, Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman. Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan kishining adoqsiz armonlari ifodasiga qarang: Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari, Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari? Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari, Bahor, ketma, mening bog‘imdan. Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham g‘amli ohang bo’lib misralarga quyiladi:
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam,
Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko’rsam...
Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol.
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z ojizligidan
iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan o’ziga xos
yusinda tasvirlaydi:
Bu maskan qopqasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir,
Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir.
T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk,
salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r
bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan
mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir:
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar,
Qaydan bilsin ulanni bag‘ri toshlar.
To‘ra Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va
zalvorli fikrlar she'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat"
degan hadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi.
Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi
eng  murakkab  jarayonlarni  bor  chigalliklari  bilan  tasvirlashga  e'tibor  o’ta
kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon g‘oyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal
badiiy  topildiqlarni  sodda  yusinda,  chigallashtirmay,  murakkablashtirmay
tasvirlash  yo’lidan  boryapti.  Ko’pincha,  she'riyatdagi  soddalik  jo’nlikka  olib
boradi.  T.Sulaymon  ijodida  esa,  soddalik  teranlikka  xizmat  qilgan.  Asl  ijod
buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir  ruhiy muvozanatdan chiqmay
turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi
odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi.
Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalong‘och, himoyasiz, ro’y bergan
hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr
o’z  bolaligini  tasvirlash  bilan  band  bo’ladi.  Qishloqda  nari  borsa,  o‘n  yetti
yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay
Logotip
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam, Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam, Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam, Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko’rsam... Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol. Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z ojizligidan iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan o’ziga xos yusinda tasvirlaydi: Bu maskan qopqasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir, Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir. T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir: Ulan bilmas er asta ayniy boshlar, Qaydan bilsin ulanni bag‘ri toshlar. To‘ra Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlar she'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat" degan hadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon g‘oyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan boryapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa, soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalong‘och, himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. Qishloqda nari borsa, o‘n yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay
bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular
faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan
vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning:
“Telbanamo  edim  yoshlikda,Telbalikning  hali  aksi  bor”-  misralarini  faqat
hazilkashlik  yoki  kamtarlikning  ifodasi  emas,  balki  ilhomiy  holatning  suvrati
deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish,
qattiq xursand bo’lish yoki qayg‘urish, shu holatini qog‘ozga ko‘chirmaslikning
ilojini topolmaslik ro‘zgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi.
Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi,
ma'naviy  tarozilar  bilan  tortadi.  Shoir  devonafe'l  bo’lganligi,  darveshvash
yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan
zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga
o’xshab  ko’rinadi.  Chuqurroq  o’ylab  qaralsa,  uning  erki  qulning  erkidan
cheklanganroq  bo’lsa  borki,  ortiq  emas.  Nega?  Chunki  shoir  ijodidan  erkin
bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan
ijodning  erkinligini  anglatadi.  Shoir  o’z  tuyg‘ulariga,  hissiyotiga  xo’jayin
bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham
biylik qilolmaydi. Bil'aks  shoir  o’z ilhomining qulidir. Unda faqat  junbushga
bo’lgan tuyg‘uni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor,
xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, ko’ngillari
tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos qildingiz, bas
o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod sohiblari va ular
ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga tomoshabin bo’lsa bas.
Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom chala nasl beradi. Shu sabab
To’ra Sulaymon butun tuyg‘uga, butun yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi:
Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz to’la tun kerak.
Men yortilab muhabbatni olmayman,
Men yorti do’st xonasida qolmayman.
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi,
chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuyg‘usiga ega bo’lganligidan g‘ururlanadi.
Tuyg‘ular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuyg‘u olib, birovning ovozi
Logotip
bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning: “Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish, qattiq xursand bo’lish yoki qayg‘urish, shu holatini qog‘ozga ko‘chirmaslikning ilojini topolmaslik ro‘zgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi. Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi. Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa borki, ortiq emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir o’z tuyg‘ulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. Unda faqat junbushga bo’lgan tuyg‘uni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor, xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, ko’ngillari tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos qildingiz, bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod sohiblari va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom chala nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyg‘uga, butun yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi: Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak, Menga tutash yulduz to’la tun kerak. Men yortilab muhabbatni olmayman, Men yorti do’st xonasida qolmayman. U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuyg‘usiga ega bo’lganligidan g‘ururlanadi. Tuyg‘ular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuyg‘u olib, birovning ovozi