BADIIY ASARNING RUHIY (PSIXOANALIZ) TAHLILI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

24

File size

Fayl hajmi

44,1 KB


BADIIY ASARNING RUHIY(PSIXOANALIZ) TAHLILI
   REJA:
1. Badiiy asarni ruhiy tahlil etish usulining paydo bo’lishi va taraqqiyoti
2. G’arb adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixoanaliz masalasi
3. Asarni ruhiy tahlil etish tarixi va uning salmoqdorligi
4. Adabiyotshunoslikda ruhiy tahlil muammosi
5. O’zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil taraqqiyoti
6. H.Umurovning asarni ruhiy tahlil etish haqidagi tadqiqotlari
7. Asarni ruhiy tahlil etish omillari, tamoyillari va ruhiy tahlil formalari
8. Asarni ruhiy tahliliga oid asosiy epizodlar talqini
9. Asarda tush epizodi, badiiy nutq ruhiyati, xarakter ruhiyati 
ADABIYOTLAR:
1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
3. Q.  Yo‘ldoshev,  M.  Yo‘ldosheva.  Badiiy  tahlil  asoslari.  O‘quv  qo‘llanma.  T.
Kamalak. 2016.
4. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,200
XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllannish bosqichiga kirib, butun
yuz yil davomida dunyoni ta’sir doirasida tutib kelayotgan psixoanaliz avstriyalik
vrach-psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) nomi bilan bog’liq. Z. Freyd o’zining
ko’p yillik amaliy faoliyati, izlanishlari natijasi o’laroq «Ruhiy bezovtalik tadqiqi»
(1895),  «Tushlar  talqini»  (1900),  «Kundalik  hayot  psixopatologiyasi»  (1904),
«Chechanlik  va uning ongsizlikka  munosabati»  (1905), «Seksuallik nazariyasi
xususida uch ocherk» (1905), «Leonardo da Vinchi psixo seksuallik nazariyasiga
chizgi  sifatida»  (1910),  «Totem  va  tabu»  (1913),  «G’ayri  odatiy  lazzatlanish
Logotip
BADIIY ASARNING RUHIY(PSIXOANALIZ) TAHLILI REJA: 1. Badiiy asarni ruhiy tahlil etish usulining paydo bo’lishi va taraqqiyoti 2. G’arb adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixoanaliz masalasi 3. Asarni ruhiy tahlil etish tarixi va uning salmoqdorligi 4. Adabiyotshunoslikda ruhiy tahlil muammosi 5. O’zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil taraqqiyoti 6. H.Umurovning asarni ruhiy tahlil etish haqidagi tadqiqotlari 7. Asarni ruhiy tahlil etish omillari, tamoyillari va ruhiy tahlil formalari 8. Asarni ruhiy tahliliga oid asosiy epizodlar talqini 9. Asarda tush epizodi, badiiy nutq ruhiyati, xarakter ruhiyati ADABIYOTLAR: 1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992 2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 3. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 4. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,200 XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllannish bosqichiga kirib, butun yuz yil davomida dunyoni ta’sir doirasida tutib kelayotgan psixoanaliz avstriyalik vrach-psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) nomi bilan bog’liq. Z. Freyd o’zining ko’p yillik amaliy faoliyati, izlanishlari natijasi o’laroq «Ruhiy bezovtalik tadqiqi» (1895), «Tushlar talqini» (1900), «Kundalik hayot psixopatologiyasi» (1904), «Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» (1905), «Seksuallik nazariyasi xususida uch ocherk» (1905), «Leonardo da Vinchi psixo seksuallik nazariyasiga chizgi sifatida» (1910), «Totem va tabu» (1913), «G’ayri odatiy lazzatlanish
tamoyili», «Omma psixologiyasi va inson «men»I tahlili» (1921), «Men va U»
(«Iendit»-  1923),  «Tamaddun  va  undan  norozilar»  (1929),  «Musova  yakka
xudolik»  (1939)  kabi  qator  tadqiqotlar  yozgan,  psixoanalizning  markaziy
konsepsiyalarini ishlab chiqqan, asoslashga uringan va amaliyotda qo’llagan. Shu
bois Z. Freyd tom  ma’noda psixoanaliz amaliyoti va nazariyasining asoschisi
hisoblanadi. Psixoanaliz falsafasi va nazariyasiga tatbiq anfreydizm istilohining
qo’llanishi  ham  shu  sabablidir.Freyddan  so’ng  psixoanaliz  taxminan  uch
yo’nalishda davom etdi. Birinchi yo’nalish freydizmning o’zak muammolarini,
konseptual jihatlarini rivojlantirish, ba’zi holatlarda boshqacharoq talqin etishga
qaratilgan bo’lib, A. Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, Ye.Fromm kabi mashhur
vakillariga ega. Ular freydizmning nazariyotchilari sanaladilar. Ikkinchi yo’nalish
anchayin keng miqyos kasb etadi va, asosan freydizm nazariyasini turli sohalarga
tatbiq  etishga  qaratilgan.  Bu  yo’nalish  vakillari  sirasiga  dunyo  miqyosidagi
faylasuf  va  falsafashunoslar,  siyosatchi  va  siyosashunoslar,  san’atkor  va
san’ashunoslar, pedagoglar, antropologlar, etnograflar kiradi. Uchinchi yo’nalish
esa tor professional faoliyat bilan cheklanadi. Ruhiy bemorlarni psixoanaliz usulida
muolaja qilish bilan shug’ullanadi. Ular  vrach-psixoanalitik nomlanib, hozirda
dunyoning  barcha  hududlarida  faoliyat  yurgizadilar.  Freydizm  insonga  tom
ma’nodagi  biologic  mavjudot  sifatida  yondashadi.  Ayniqsa  odamga  nisbatan
o’zigacha an’ana bo’lgan atamalarni emas, individuum (individuum) atamasini
qo’llaydi. Freydizmning o’zak falsafasiga ko’ra, «insoniyat faoliyatini ijtimoiy
taraqqiyot qonunlari emas, g’ayri shuuriy psixik kuchlar boshqaradi. Aql esa real
voqyelikni  aks  ettirmaydi,  balki  g’ayri  shuuriy  mayllarni niqoblovchi  vosita
vazifasini o’taydi. Aniqroq aytganda, inson (individ) va ijtimoiy muhit doimiy, sirli
kurash  holatida  bo’ladi».1Bunday  konsepsiyaning  shakllanishi  psixoanalizning
ibtidosi  tarixi,  metodologik  prinsiplari  bilan  izohlanadi.  Insonf  aoliyatining
Freydgacha bo’lgan psixologik talqinlarida tadqiqot obyekti vazifasini asosan, ong
va u bilan bog’liq jarayonlar bajararedi. Freyd esa mana shu ongli jarayonlar ortida
yashirin  faoliyat  mavjudligini  kashf  etdi  va  uni  ong  osti  psixologiyasi,  deb
nomladi. Avstriyalik munaqqid-adib Stefan Sveyg (1881-1942) yozadi: «Freyd o’z
davri an’analari bilan zarracha hisoblashmasdan, zamondoshlari oldiga yashirin va
1
Logotip
tamoyili», «Omma psixologiyasi va inson «men»I tahlili» (1921), «Men va U» («Iendit»- 1923), «Tamaddun va undan norozilar» (1929), «Musova yakka xudolik» (1939) kabi qator tadqiqotlar yozgan, psixoanalizning markaziy konsepsiyalarini ishlab chiqqan, asoslashga uringan va amaliyotda qo’llagan. Shu bois Z. Freyd tom ma’noda psixoanaliz amaliyoti va nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Psixoanaliz falsafasi va nazariyasiga tatbiq anfreydizm istilohining qo’llanishi ham shu sabablidir.Freyddan so’ng psixoanaliz taxminan uch yo’nalishda davom etdi. Birinchi yo’nalish freydizmning o’zak muammolarini, konseptual jihatlarini rivojlantirish, ba’zi holatlarda boshqacharoq talqin etishga qaratilgan bo’lib, A. Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, Ye.Fromm kabi mashhur vakillariga ega. Ular freydizmning nazariyotchilari sanaladilar. Ikkinchi yo’nalish anchayin keng miqyos kasb etadi va, asosan freydizm nazariyasini turli sohalarga tatbiq etishga qaratilgan. Bu yo’nalish vakillari sirasiga dunyo miqyosidagi faylasuf va falsafashunoslar, siyosatchi va siyosashunoslar, san’atkor va san’ashunoslar, pedagoglar, antropologlar, etnograflar kiradi. Uchinchi yo’nalish esa tor professional faoliyat bilan cheklanadi. Ruhiy bemorlarni psixoanaliz usulida muolaja qilish bilan shug’ullanadi. Ular vrach-psixoanalitik nomlanib, hozirda dunyoning barcha hududlarida faoliyat yurgizadilar. Freydizm insonga tom ma’nodagi biologic mavjudot sifatida yondashadi. Ayniqsa odamga nisbatan o’zigacha an’ana bo’lgan atamalarni emas, individuum (individuum) atamasini qo’llaydi. Freydizmning o’zak falsafasiga ko’ra, «insoniyat faoliyatini ijtimoiy taraqqiyot qonunlari emas, g’ayri shuuriy psixik kuchlar boshqaradi. Aql esa real voqyelikni aks ettirmaydi, balki g’ayri shuuriy mayllarni niqoblovchi vosita vazifasini o’taydi. Aniqroq aytganda, inson (individ) va ijtimoiy muhit doimiy, sirli kurash holatida bo’ladi».1Bunday konsepsiyaning shakllanishi psixoanalizning ibtidosi tarixi, metodologik prinsiplari bilan izohlanadi. Insonf aoliyatining Freydgacha bo’lgan psixologik talqinlarida tadqiqot obyekti vazifasini asosan, ong va u bilan bog’liq jarayonlar bajararedi. Freyd esa mana shu ongli jarayonlar ortida yashirin faoliyat mavjudligini kashf etdi va uni ong osti psixologiyasi, deb nomladi. Avstriyalik munaqqid-adib Stefan Sveyg (1881-1942) yozadi: «Freyd o’z davri an’analari bilan zarracha hisoblashmasdan, zamondoshlari oldiga yashirin va 1
anglanmagan o’zlikni anglash muammosini qat’iy qilib qo’ydi»2. S. Sveygning
ushbu ikrlari hissiy unsurlardan xoli bo’lmasa-da, psixoanaliz mohiyatini o’zida
ifodalaydi. Darhaqiqat, psixoanaliz ong osti psixologiyasini klinik tadqiq etish
natijasi o’laroq tug’ildi. Freyd o’zining klinik-muolajaviy faoliyati davomida inson
ong osti  psixologiyasini  tadqiq etar ekan, psixoanalizga doir qonun-qoidalarni
bosqichma-bosqich tizimga sola bordi. Shu tariqa o’zqarashlarini asosladi, ilmiy
doiralarga, jamoatchilikka tatbiq etdi.
Psixoanalitik  talqinda,  psixoanalizga  doir  lug’atlarda  ong  osti
psixologiyasiga ikki ma’noda izoh beriladi. Birinchisi keng ma’noda bo’lib, psixik
holatning vaqtinchalik anglanmagan yo anglash qiyin bo’lgan yoki umuman anglab
bo’lmaydigan  ko’rinishidir.  Mazkur  holatning  o’zi  ham  ikki  xil  tushunchani
keltirib chiqaradi: anglash mumkin bo’lgan va mustaqil holatda mavjud bo’lgan
ongsizlik.  Ikkinchisi  muqarrar o’zgarmas, tor ma’nodagi ong osti psixologiyasi
hisoblanadi. Bu anglash mutlaqo qiyin, jilovlash mumkin bo’lmagan ongsizlik
shakli bo’lib, Freyd uni inson psixologik faoliyatining «eng tuban» yoki «eng oliy»
tarzda namoyon bo’lishi, deb tushuntirgan3. Psixoanaliz insonning ongli va ong osti
jarayonlaridan  kelib  chiquvchi  faoliyati  tabiatini  maxsus  istilohlar  yordamida
tushuntiradi. Bunga ko’ra, inson intilish va istaklarini harakatga keltiruvchi kuchli
bido (libido), deb nomlanadi. Freydning qayd etishicha, «libido-psixik faoliyatning
dvigateli»  hisoblanib,  uning  asosida  insonning  anglanmagan  seksual  mayllari
yotadi4. Bu tushuncha Freydning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan. Agar Freyd
libido istilohi ostida faqat insonga xos biologic intilishlarni tushungan bo’lsa, A.
Adler,  K.Yung,  Ye.  Frommlar  insonga  xos  barcha  istaklarini  (xususan,
hokimiyatga, boylikka, maishiy turmushga) libido asosida talqin etishgan. Mazkur
tushunchaning har ikki talqini Sharq insonshunoslik ilmida azaldan bo rbo’lgan
shahvat  tushunchasiga  to’g’ri  keladi.  Chunki  sharqda  shahvat  tushunchas  itor
ma’noda insonning jinsiy mayllarini, keng ma’noda umuman nafsoniy istaklarini
ifodalaydi. Psixoanaliz o’zagida libido turgan inson faoliyatini Id, Yego, Super ego
deb nomlangan uch tushunchaning sistematik munosabati natijasi, deb hisoblaydi.
Id ijtimoiy qoidalarni tan olmaydigan, insoniyat yoki inson hayotining ilk davrlari
bilan  bog’liq  bo’lgan  primitive  xirsiy  intilishlarini  o’zida  mujassamlovchi
2
3
4
Logotip
anglanmagan o’zlikni anglash muammosini qat’iy qilib qo’ydi»2. S. Sveygning ushbu ikrlari hissiy unsurlardan xoli bo’lmasa-da, psixoanaliz mohiyatini o’zida ifodalaydi. Darhaqiqat, psixoanaliz ong osti psixologiyasini klinik tadqiq etish natijasi o’laroq tug’ildi. Freyd o’zining klinik-muolajaviy faoliyati davomida inson ong osti psixologiyasini tadqiq etar ekan, psixoanalizga doir qonun-qoidalarni bosqichma-bosqich tizimga sola bordi. Shu tariqa o’zqarashlarini asosladi, ilmiy doiralarga, jamoatchilikka tatbiq etdi. Psixoanalitik talqinda, psixoanalizga doir lug’atlarda ong osti psixologiyasiga ikki ma’noda izoh beriladi. Birinchisi keng ma’noda bo’lib, psixik holatning vaqtinchalik anglanmagan yo anglash qiyin bo’lgan yoki umuman anglab bo’lmaydigan ko’rinishidir. Mazkur holatning o’zi ham ikki xil tushunchani keltirib chiqaradi: anglash mumkin bo’lgan va mustaqil holatda mavjud bo’lgan ongsizlik. Ikkinchisi muqarrar o’zgarmas, tor ma’nodagi ong osti psixologiyasi hisoblanadi. Bu anglash mutlaqo qiyin, jilovlash mumkin bo’lmagan ongsizlik shakli bo’lib, Freyd uni inson psixologik faoliyatining «eng tuban» yoki «eng oliy» tarzda namoyon bo’lishi, deb tushuntirgan3. Psixoanaliz insonning ongli va ong osti jarayonlaridan kelib chiquvchi faoliyati tabiatini maxsus istilohlar yordamida tushuntiradi. Bunga ko’ra, inson intilish va istaklarini harakatga keltiruvchi kuchli bido (libido), deb nomlanadi. Freydning qayd etishicha, «libido-psixik faoliyatning dvigateli» hisoblanib, uning asosida insonning anglanmagan seksual mayllari yotadi4. Bu tushuncha Freydning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan. Agar Freyd libido istilohi ostida faqat insonga xos biologic intilishlarni tushungan bo’lsa, A. Adler, K.Yung, Ye. Frommlar insonga xos barcha istaklarini (xususan, hokimiyatga, boylikka, maishiy turmushga) libido asosida talqin etishgan. Mazkur tushunchaning har ikki talqini Sharq insonshunoslik ilmida azaldan bo rbo’lgan shahvat tushunchasiga to’g’ri keladi. Chunki sharqda shahvat tushunchas itor ma’noda insonning jinsiy mayllarini, keng ma’noda umuman nafsoniy istaklarini ifodalaydi. Psixoanaliz o’zagida libido turgan inson faoliyatini Id, Yego, Super ego deb nomlangan uch tushunchaning sistematik munosabati natijasi, deb hisoblaydi. Id ijtimoiy qoidalarni tan olmaydigan, insoniyat yoki inson hayotining ilk davrlari bilan bog’liq bo’lgan primitive xirsiy intilishlarini o’zida mujassamlovchi 2 3 4
tushuncha.  Aniqroq  aytganda  Id  tafakkurdan  mutloq  xoli  o’z-o’zicha  tiyilish
xususiyatiga ega bo’lmagan nafsdir. Freydga ko’ra, Id (u-it) libidoning asosiy
energiya manbaidir. Shuningdek, birinson (individuum) hayotini umuminsoniyat
(universum) hayotining biologic modeli, deb bilgan Z.Freyd Idning jilov bilmas
intilishlari  negizida  o’zining  «Yedip  kompleksi»  konsepsiyasini  ilgari  suradi.
Bunda ShohYedip haqidagi qadimy yunon mifologiyasi syujetini asos qilib oladi.
G‘ayri ixtiyoriy tarzda otasini o’ldirib, o’z onasiga uylangan Edip qismatini butun
insoniyat uchun xarakterli hodisa sifatida talqin etadi. Uning fikricha, o’zining ong
osti istaklaridan g’ofil Yedip, aslida ijtimoiy voqyelikka xos sabab va oqibatlar
natijasida emas, anglanmagan nafsoniy intilishlari (Id) bois shu holatga tushgan.
Uningcha,  umuminsoniyat  hayoti  modeli(universum)ning  bir  bo’lagini  tashkil
etuvchi Yedip holati har bir inson (individuum) bosib o’tishi muqarrar bo’lgan
holatdir. Shu konsepsiyasiga asosan Freyd 3-4 yosh orasidagi go’dakda seksual
intilishlar mavjud; go’dak uchun dastlabki seksual qoniqish obyekti bo’lib uning
onasi  xizmat  qiladi,  degan  xulosaga  keladi.  Ya’ni,  3-4  yoshli  go’dak  ayni
g’ayrishuuriy istaklari sabab, o’z otasini raqib sifatida yo’lidan olib tashlashni
istaydi. Freyd xuddi shu yoshdagi qiz bolada ayni holatning teskarisi mavjud, deb
hisoblaydi.Uni Yedipning qizi Yelektra nomi bilan bog’laydi va mazkur psixologik
jarayonni «Yelektra kompleksi», deb ataydi. Yedip yoki elektra kompleksiga xos
holat muayyan tashqi ta’sir natijasida insonning keyingi faoliyatida bevosita rol
o’ynaydi. Buning ijobiy yoki salbiy natija berish masalasini psixoanaliz Id – Yego-
Superego munosabati bilan bog’lab tushuntiradi.5 Yego istilohi ostida psixoanaliz
Id va Superego o’rtasida vositachilik qiluvchi, ijtimoiy–axloqiy nuqtai nazardan
ideal darajaga yetgan inson fenomeni bilan, tuban nafsoniy fenomen markazda
turuvchi psixologik faoliyat shaklini tushunadi. Bir so’z bilan aytganda, Yego
muayyan individuumning jamiyat yoki tashqi muhitdagi qiyofasi. Yego va Id
munosabati Freyd tomonidan shunday tushuntiriladi: «Id va Yego aro munosabat
suvoriy va ot o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi. Farq shundaki, suvoriy otning
kuchidan foydalanar ekan, o’z xohishini aqli va kuchi orqali amalga oshiradi. Yego
ham Idning kuchidan foydalanadi. Faqat buni o’zining kuchi vositasida emas, balki
har  ikki  kuchni  birlashtirish  yo’li  bilan  amalga  oshiradi.  Yanada  aniqroq
qiyoslaganda, suvoriy otini xafa qilmaslik uchun uning istaklarini bajarganidek,
5. 
Logotip
tushuncha. Aniqroq aytganda Id tafakkurdan mutloq xoli o’z-o’zicha tiyilish xususiyatiga ega bo’lmagan nafsdir. Freydga ko’ra, Id (u-it) libidoning asosiy energiya manbaidir. Shuningdek, birinson (individuum) hayotini umuminsoniyat (universum) hayotining biologic modeli, deb bilgan Z.Freyd Idning jilov bilmas intilishlari negizida o’zining «Yedip kompleksi» konsepsiyasini ilgari suradi. Bunda ShohYedip haqidagi qadimy yunon mifologiyasi syujetini asos qilib oladi. G‘ayri ixtiyoriy tarzda otasini o’ldirib, o’z onasiga uylangan Edip qismatini butun insoniyat uchun xarakterli hodisa sifatida talqin etadi. Uning fikricha, o’zining ong osti istaklaridan g’ofil Yedip, aslida ijtimoiy voqyelikka xos sabab va oqibatlar natijasida emas, anglanmagan nafsoniy intilishlari (Id) bois shu holatga tushgan. Uningcha, umuminsoniyat hayoti modeli(universum)ning bir bo’lagini tashkil etuvchi Yedip holati har bir inson (individuum) bosib o’tishi muqarrar bo’lgan holatdir. Shu konsepsiyasiga asosan Freyd 3-4 yosh orasidagi go’dakda seksual intilishlar mavjud; go’dak uchun dastlabki seksual qoniqish obyekti bo’lib uning onasi xizmat qiladi, degan xulosaga keladi. Ya’ni, 3-4 yoshli go’dak ayni g’ayrishuuriy istaklari sabab, o’z otasini raqib sifatida yo’lidan olib tashlashni istaydi. Freyd xuddi shu yoshdagi qiz bolada ayni holatning teskarisi mavjud, deb hisoblaydi.Uni Yedipning qizi Yelektra nomi bilan bog’laydi va mazkur psixologik jarayonni «Yelektra kompleksi», deb ataydi. Yedip yoki elektra kompleksiga xos holat muayyan tashqi ta’sir natijasida insonning keyingi faoliyatida bevosita rol o’ynaydi. Buning ijobiy yoki salbiy natija berish masalasini psixoanaliz Id – Yego- Superego munosabati bilan bog’lab tushuntiradi.5 Yego istilohi ostida psixoanaliz Id va Superego o’rtasida vositachilik qiluvchi, ijtimoiy–axloqiy nuqtai nazardan ideal darajaga yetgan inson fenomeni bilan, tuban nafsoniy fenomen markazda turuvchi psixologik faoliyat shaklini tushunadi. Bir so’z bilan aytganda, Yego muayyan individuumning jamiyat yoki tashqi muhitdagi qiyofasi. Yego va Id munosabati Freyd tomonidan shunday tushuntiriladi: «Id va Yego aro munosabat suvoriy va ot o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi. Farq shundaki, suvoriy otning kuchidan foydalanar ekan, o’z xohishini aqli va kuchi orqali amalga oshiradi. Yego ham Idning kuchidan foydalanadi. Faqat buni o’zining kuchi vositasida emas, balki har ikki kuchni birlashtirish yo’li bilan amalga oshiradi. Yanada aniqroq qiyoslaganda, suvoriy otini xafa qilmaslik uchun uning istaklarini bajarganidek, 5.
Yego ham Idning kuchini muayyan maqsadga yo’naltirar ekan, bu aslida Idning
ham istagi bo’ladi».6 Demak, Id va Yego munosabatida Yego o’z-o’zicha mustaqil,
shu bilan birga mutloq ozod bo’lmagan psixologik holatni ifodalydi. Ya’ni Yego
ko’p  o’rinlarda  Idning  tiyiqsiz,  o’ta  murakkab  istaklarini  nazorat  qiluvchi
maqomida turadi. Ammo, shunga qaramasdan uning faoliyatini Idning qutqularidan
xoli, deb bo’lmaydi. 
Psixoanalizda Superego «Oliy-men» yoki «Ideal-men» deb ham yuritiladi.
Superego ko’p jihatdan oliy nozir funksiyasini bijaradi. Id va Yego harakatlarini
nazorat qilar ekan, bu harakat individuumning umumfaoliyatida ba’zan ijobiy,
ba’zan  esa  salbiy  natijalar  berishi  mumkin.  F.Bassin,  M.Yaroshevskiylar
tomonidan  berilgan  mazkur  tushuntirish  Superego  talqin  doirasini  yanada
kengaytiradi, aniqlashtiradi: «Agar Yego Idning foydasiga biron harakatni amalga
oshirsa yoki biror qarorga kelsa-yu, bu Superego xohishiga zid bo’lsa, unda Yego
vijdon azobi, gunohkorlik iztirobi shakllarida jazo oladi».7Umuman, psixoanalizda
Id insonning genetik, biologik, Yego individual-shaxsiy tajribalari, Super-ego esa
o’zgalar (oila, ijtimoiy muhit)ning ta’siri sifatida vujudga keldi, deb tushuntiriladi.
Shu ma’nodaki, Id sof biologik, Super-ego sof ijtimoiy asosga ega bo’lsa, Yego
ham biologik, ham ijtimoiy omillarga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Bu uch
tushunchaning  sistematik  birligi  Freyd  tomonidan  «Yerkin  assosiasiya»
konsepsiyasi  hosilasi,  deb  tushuntiriladi.  «Yerkin  assosiasiya»  o’z  xarakteriga
ko’ra,  inson  hayotining  o’tish  bosqichidan  energiya  olsa-da,  aslida  universal
funksiya bajaradi.Freyd o’z faoliyatining boshlang’ich davrida parijlik nevrolog
Sharko  bilan  hamkorlikda  mijozlarini  gipnoz  usulida  davolar  ekan,  «Yerkin
assosiasiya»  tomonidan  keladigan  ruhiy  iztiroblarni  bemorda  katarsis  holatini
tug’dirish orqali davolashga uringan edi. Katarsis Freydning kasbdoshi  doktor
Breyr  tomonidan  qadim  yunon  faylasuflarining  estetikaga  doir  atamalaridan
o’zlashtirilgan  bo’lib,  bu  usul  bemorni  ichki  iztiroblarini  to’kib  solish  orqali
poklashni  ko’zda  tutar  edi.  Gipnoz  esa  mijozning  tortinish,  xijolat  chekish
hislaridan  ozod  qilish  uchun  qo’llangan.  Ammo  bu  usul,  gipnoz  holatidagi
mijozning ixtiyorsiz ravishda psixoanalitik talablariga bo’ysundirishini anglangach,
samarasiz deb topiladi. Psixoanalizning sistemaga tushishi, muayyan natija berishi
6.
7
Logotip
Yego ham Idning kuchini muayyan maqsadga yo’naltirar ekan, bu aslida Idning ham istagi bo’ladi».6 Demak, Id va Yego munosabatida Yego o’z-o’zicha mustaqil, shu bilan birga mutloq ozod bo’lmagan psixologik holatni ifodalydi. Ya’ni Yego ko’p o’rinlarda Idning tiyiqsiz, o’ta murakkab istaklarini nazorat qiluvchi maqomida turadi. Ammo, shunga qaramasdan uning faoliyatini Idning qutqularidan xoli, deb bo’lmaydi. Psixoanalizda Superego «Oliy-men» yoki «Ideal-men» deb ham yuritiladi. Superego ko’p jihatdan oliy nozir funksiyasini bijaradi. Id va Yego harakatlarini nazorat qilar ekan, bu harakat individuumning umumfaoliyatida ba’zan ijobiy, ba’zan esa salbiy natijalar berishi mumkin. F.Bassin, M.Yaroshevskiylar tomonidan berilgan mazkur tushuntirish Superego talqin doirasini yanada kengaytiradi, aniqlashtiradi: «Agar Yego Idning foydasiga biron harakatni amalga oshirsa yoki biror qarorga kelsa-yu, bu Superego xohishiga zid bo’lsa, unda Yego vijdon azobi, gunohkorlik iztirobi shakllarida jazo oladi».7Umuman, psixoanalizda Id insonning genetik, biologik, Yego individual-shaxsiy tajribalari, Super-ego esa o’zgalar (oila, ijtimoiy muhit)ning ta’siri sifatida vujudga keldi, deb tushuntiriladi. Shu ma’nodaki, Id sof biologik, Super-ego sof ijtimoiy asosga ega bo’lsa, Yego ham biologik, ham ijtimoiy omillarga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Bu uch tushunchaning sistematik birligi Freyd tomonidan «Yerkin assosiasiya» konsepsiyasi hosilasi, deb tushuntiriladi. «Yerkin assosiasiya» o’z xarakteriga ko’ra, inson hayotining o’tish bosqichidan energiya olsa-da, aslida universal funksiya bajaradi.Freyd o’z faoliyatining boshlang’ich davrida parijlik nevrolog Sharko bilan hamkorlikda mijozlarini gipnoz usulida davolar ekan, «Yerkin assosiasiya» tomonidan keladigan ruhiy iztiroblarni bemorda katarsis holatini tug’dirish orqali davolashga uringan edi. Katarsis Freydning kasbdoshi doktor Breyr tomonidan qadim yunon faylasuflarining estetikaga doir atamalaridan o’zlashtirilgan bo’lib, bu usul bemorni ichki iztiroblarini to’kib solish orqali poklashni ko’zda tutar edi. Gipnoz esa mijozning tortinish, xijolat chekish hislaridan ozod qilish uchun qo’llangan. Ammo bu usul, gipnoz holatidagi mijozning ixtiyorsiz ravishda psixoanalitik talablariga bo’ysundirishini anglangach, samarasiz deb topiladi. Psixoanalizning sistemaga tushishi, muayyan natija berishi 6. 7
«Yerkin assosiasiya» va Id, Yego, Super-ego aro bevosita munosabatda aks etadi.
Ruhiy bemorlik yoki ruhiy bezovtalikning ildizlari, psixoanalitik talqinga ko’ra,
insonning ongsizlikka asoslanuvchi assosiativ ekskurslari bilan bog’liq. Yekskurs
masofasi qanchalik uzoq, anglanmagan voqyelik qanchalik murakkab va chigal
bo’lsa, uning oqibati ham shunchalik og’ir bo’ladi. Oqibatning salbiylik darajasi
sababning  hajmi  bilan  belgilanadi.  Psixoanaliz  metodi  ong  ostidagi  assosiativ
dunyo aro yo’lga chiqib, ruhiy iztirob sababini aniqlash va uni ongga yetkazishdan
iborat. Bu nihoyatda og’ir jarayon. Chunki anglanmagan ruhiy iztirob qachonlardir
inson psixologiyasida paydo bo’lgan kuchli istak yoki qo’rquv bo’lib, ularning ilk
kurtaklari Idda boshlanadi. Bunday favqulodda holatni talqin eta boshlagan Yego
uni Super-egoga uzatadi. Super-ego esa ayni holatni tashqi muhit mezonlari bilan
qiyoslaydi.  Muqoyasa  natijasi  ijobiy  chiqsa,  muammo  yechiladi  va  bu  hyech
qanday ruhiy tushkunlikka olib kelmaydi. Agar muqoyasa natijasi salbiy chiqsa,
kurtak holatidagi iztirob ayni holatda Yegoga qaytariladi va uning yo’liga Super-
ego tomonidan to’siq qo’yiladi. Iztirobning yuqoriga bo’lgan harakati to’siqqa
uchrab, taqiqlangani bilan ish tugamaydi. Arosatda qolgan Yego uni yana Idga
qaytaradi  va  kurtak  holatidagi  iztirob  Id  maydonida  yuksala  boshlaydi.  Shu
darajada  yuksaladiki,  endilikda  uning  ko’lami  Yegoni  ham,  Super-egoni  ham
qamrab olishi hyech gap bo’lmay qoladi.So’z yuritilgan jarayon, psixoanalizga
ko’ra, uch shaklda maydonga chiqishi mumkin. Bularning birinchisi sirli g’oyib
bo’lishi (vo’tesneniye), deb nomlanadi.8 Anglanmagan iztirobning ongdan quvilishi
bilan bog’liq holatini ifodalaydi. U ong ostiga tushgach, inson faoliyatiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi, kuchli ruhiy qiynoqlar, hatto ruhiy xastalikni keltirib chiqaradi.
Ikkinchisi  regressiya  deb  nomlanadi  va  Id  darajasida  faoliyat  yurgizar  ekan,
insonning aqliy faoliyatini inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Oqibatda inson
yashirin iztirob iskanjasida qolib ketadi. Masalan, o’sha anglanmagan iztirob inson
o’tmishidagi shamoldan qo’rqish holati bilan bog’liq bo’lsa, u yetmishga kirganda
ham shamoldan qo’rqaveradi. Uchinchisi esa sublimasiya bo’lib, psixoanalizda
yuzaga chiqmagan inson istaklarining shaxs va jamiyat uchun favqulodda namoyon
bo’lish shaklidir. Bu jihat, asosan, yuksak darajadagi ijodiy faoliyat ko’rinishida
namoyon bo’ladi.
8
Logotip
«Yerkin assosiasiya» va Id, Yego, Super-ego aro bevosita munosabatda aks etadi. Ruhiy bemorlik yoki ruhiy bezovtalikning ildizlari, psixoanalitik talqinga ko’ra, insonning ongsizlikka asoslanuvchi assosiativ ekskurslari bilan bog’liq. Yekskurs masofasi qanchalik uzoq, anglanmagan voqyelik qanchalik murakkab va chigal bo’lsa, uning oqibati ham shunchalik og’ir bo’ladi. Oqibatning salbiylik darajasi sababning hajmi bilan belgilanadi. Psixoanaliz metodi ong ostidagi assosiativ dunyo aro yo’lga chiqib, ruhiy iztirob sababini aniqlash va uni ongga yetkazishdan iborat. Bu nihoyatda og’ir jarayon. Chunki anglanmagan ruhiy iztirob qachonlardir inson psixologiyasida paydo bo’lgan kuchli istak yoki qo’rquv bo’lib, ularning ilk kurtaklari Idda boshlanadi. Bunday favqulodda holatni talqin eta boshlagan Yego uni Super-egoga uzatadi. Super-ego esa ayni holatni tashqi muhit mezonlari bilan qiyoslaydi. Muqoyasa natijasi ijobiy chiqsa, muammo yechiladi va bu hyech qanday ruhiy tushkunlikka olib kelmaydi. Agar muqoyasa natijasi salbiy chiqsa, kurtak holatidagi iztirob ayni holatda Yegoga qaytariladi va uning yo’liga Super- ego tomonidan to’siq qo’yiladi. Iztirobning yuqoriga bo’lgan harakati to’siqqa uchrab, taqiqlangani bilan ish tugamaydi. Arosatda qolgan Yego uni yana Idga qaytaradi va kurtak holatidagi iztirob Id maydonida yuksala boshlaydi. Shu darajada yuksaladiki, endilikda uning ko’lami Yegoni ham, Super-egoni ham qamrab olishi hyech gap bo’lmay qoladi.So’z yuritilgan jarayon, psixoanalizga ko’ra, uch shaklda maydonga chiqishi mumkin. Bularning birinchisi sirli g’oyib bo’lishi (vo’tesneniye), deb nomlanadi.8 Anglanmagan iztirobning ongdan quvilishi bilan bog’liq holatini ifodalaydi. U ong ostiga tushgach, inson faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, kuchli ruhiy qiynoqlar, hatto ruhiy xastalikni keltirib chiqaradi. Ikkinchisi regressiya deb nomlanadi va Id darajasida faoliyat yurgizar ekan, insonning aqliy faoliyatini inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Oqibatda inson yashirin iztirob iskanjasida qolib ketadi. Masalan, o’sha anglanmagan iztirob inson o’tmishidagi shamoldan qo’rqish holati bilan bog’liq bo’lsa, u yetmishga kirganda ham shamoldan qo’rqaveradi. Uchinchisi esa sublimasiya bo’lib, psixoanalizda yuzaga chiqmagan inson istaklarining shaxs va jamiyat uchun favqulodda namoyon bo’lish shaklidir. Bu jihat, asosan, yuksak darajadagi ijodiy faoliyat ko’rinishida namoyon bo’ladi. 8
Freyd  qarashlariga  ko’ra,  yuqorida  tushuncha  berilgan  har  uchala  holat
ostida  insonning  amalga  oshmagan  jinsiy  mayllari  yotadi.  Neofeydistlar  ayni
masalada Freyd qarashlarini chuqurlashtiradilar. Ya’ni ong osti faoliyati energiya
manbai  deb,  individuumning  barcha  biologik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  istak  va
intilishlarini tushunadilar (xususan, K.Yung. A.Adler, Ye.Fromm).Psixoanaliz ayni
jarayonlarning namoyon bo’lishga doir bir necha murakkab manbaviy nuqtalarni
kashf etgan. Ularning har biriga nisbatan muayyan tahlil usullarini ishlab chiqqan.
Bunga  ko’ra,  insonning  amalga  oshmay  qolgan  intilishlari  inson  hayoti  va
faoliyatning  turli  bosqichlarida  turli  shakllarda  namoyon  bo’ladi.  Bularning
birinchisi va psixoanalizda anchayin keng ishlangan shakli tush bo’lib, Z.Freyd
bunday o’ziga xos voqyelik tahlilini inson ong osti dunyosiga eltuvchi «shohona
yo’l» (via regia), deb atagan.9 Tushlarning hyech qanday ma’no va mantiqni tan
olmaydigan sirli tabiatida inson ong osti dunyosida tinimsiz harakatda bo’lgan
jilovbilmas  istaklarining  simvollari,  belgilari  mavjud,  deb  qaragan.  U  yozadi:
«Tush  haqidagi  mengacha  bo’lgan  turlicha  talqinlardan  qat’i  nazar,  tushning
murakkab va tushuniksiz dunyosi ostida muayyan ma’no yotadi. Faqat ma’no qulfi
aniq  talqin  yo’li  bilan  ochilishi  mumkin.  Talqin  metodi  shunga  asoslanadiki,
xotirada  saqlanib  qolgan  tush  mazmuni  yo  boshqa  mazmun  bilan
chambarschaslikda yopiq qulfga nisbatan kalit bo’ladi yoki tushning bir butun
mazmuni  yashirin  mazmun  uchun  simvol  vazifasini  o’taydi»..Freydning
izdoshlaridan biri Yerix Frommning fikricha: «Aksariyat tushlarga xos umumiylik
shundaki,  ular  uyg’oq  ong  mantiqini,  qonun  qoidalarini  tan  olmaydi.  Tushda
zamon qonuniyatlari o’z ma’nosini yo’qotadi. Chunki tushda biz qachonlardir vafot
etgan odamlar bilan muloqotga kirishamiz, o’tmishda bo’lgan voqyealarga guvoh
bo’lamiz  yoki  vaqt  nuqtai  nazaridan  katta  farqqa  ega  bo’lgan  ikki  mustaqil
voqyeaning bir zamon ichida sodir bo’lganini kuzatamiz. Shuningdek, makonlarga
xos qonun-qoidalar ham tushda o’z qiymatini yo’qotadi. Biz eng kichik lahza
ichida ulkan makon chegaralarini bosib o’tamiz yoki bir paytning o’zida bir necha
makonda «mavjud» bo’lishimiz mumkin. Tushda ikki odam bir kishida va ayni
paytda bir odam ikki kishida namoyon bo’lishi yoxud bir kishi tamoman boshqa
kishiga  aylanib  qolishi  ...  uyg’oqlikda  mutlaqo  xayolga  kelmagan  kishilar,
9
Logotip
Freyd qarashlariga ko’ra, yuqorida tushuncha berilgan har uchala holat ostida insonning amalga oshmagan jinsiy mayllari yotadi. Neofeydistlar ayni masalada Freyd qarashlarini chuqurlashtiradilar. Ya’ni ong osti faoliyati energiya manbai deb, individuumning barcha biologik, ijtimoiy, iqtisodiy istak va intilishlarini tushunadilar (xususan, K.Yung. A.Adler, Ye.Fromm).Psixoanaliz ayni jarayonlarning namoyon bo’lishga doir bir necha murakkab manbaviy nuqtalarni kashf etgan. Ularning har biriga nisbatan muayyan tahlil usullarini ishlab chiqqan. Bunga ko’ra, insonning amalga oshmay qolgan intilishlari inson hayoti va faoliyatning turli bosqichlarida turli shakllarda namoyon bo’ladi. Bularning birinchisi va psixoanalizda anchayin keng ishlangan shakli tush bo’lib, Z.Freyd bunday o’ziga xos voqyelik tahlilini inson ong osti dunyosiga eltuvchi «shohona yo’l» (via regia), deb atagan.9 Tushlarning hyech qanday ma’no va mantiqni tan olmaydigan sirli tabiatida inson ong osti dunyosida tinimsiz harakatda bo’lgan jilovbilmas istaklarining simvollari, belgilari mavjud, deb qaragan. U yozadi: «Tush haqidagi mengacha bo’lgan turlicha talqinlardan qat’i nazar, tushning murakkab va tushuniksiz dunyosi ostida muayyan ma’no yotadi. Faqat ma’no qulfi aniq talqin yo’li bilan ochilishi mumkin. Talqin metodi shunga asoslanadiki, xotirada saqlanib qolgan tush mazmuni yo boshqa mazmun bilan chambarschaslikda yopiq qulfga nisbatan kalit bo’ladi yoki tushning bir butun mazmuni yashirin mazmun uchun simvol vazifasini o’taydi»..Freydning izdoshlaridan biri Yerix Frommning fikricha: «Aksariyat tushlarga xos umumiylik shundaki, ular uyg’oq ong mantiqini, qonun qoidalarini tan olmaydi. Tushda zamon qonuniyatlari o’z ma’nosini yo’qotadi. Chunki tushda biz qachonlardir vafot etgan odamlar bilan muloqotga kirishamiz, o’tmishda bo’lgan voqyealarga guvoh bo’lamiz yoki vaqt nuqtai nazaridan katta farqqa ega bo’lgan ikki mustaqil voqyeaning bir zamon ichida sodir bo’lganini kuzatamiz. Shuningdek, makonlarga xos qonun-qoidalar ham tushda o’z qiymatini yo’qotadi. Biz eng kichik lahza ichida ulkan makon chegaralarini bosib o’tamiz yoki bir paytning o’zida bir necha makonda «mavjud» bo’lishimiz mumkin. Tushda ikki odam bir kishida va ayni paytda bir odam ikki kishida namoyon bo’lishi yoxud bir kishi tamoman boshqa kishiga aylanib qolishi ... uyg’oqlikda mutlaqo xayolga kelmagan kishilar, 9
voqyealar, bilim  va  tajribalar  tushda  kashf  etilishi  mumkin».1111Psixoanalizga
ko’ra, tushlar ong ostida mavjud bo’lgan, ammo to’g’ridan-to’g’ri namoyon bo’lish
imkoniyati cheklangan inson intilishi va istaklarining ramziy ishoralariga kalit
vazifasini o’taydi. Bunday kalitga ega bo’lish uchun esa, chuqur psixoanalitik
tadqiq talab etiladi. Z.Freyd o’zining psixoseksuallik nazariyasiga asosan tush bilan
bog’liq talay simvollarning lug’atlarni ishlab chiqqan. Masalan, «Silliq devorli
uy»- erkakni «zinali uy»-ayolni; suv bilan bog’liq tushlar – to’lg’oqni; tayoqlar,
shamsiyalar, havo sharlari – shahvoniylikni; tishning sinishi - jinsiy ma’nodagi
tartibsizlik uchun jazoni bildiradi va h.k. Frommning yozishicha: «Freyd nafaqat
tush tabiatini belgilashiga urindi, balki tushning uyg’oqlikda taqiqlangan inson
irrasional istaklarining amalga oshish maydoni ekanligi haqidagi o’zigacha bo’lgan
qarashlarni  asoslab  berdi»12.Freyd  tadqiqotlarida  turli-tuman  tushlar,  ularning
tabiati va talqin darajasidagi farqlar haqida fikr yuritiladi. Individuum faoliyatini
tashkil  etuvchi  uch  sistematik  birlik  Id-Yego-Super-ego  tush  olami  aro  tom
ma’noda faol harakatda bo’ladi. Inson uxlayotganda uning real ongi harakatdan
to’xtasa  ham,  bu  sistema  «ishlayveradi».  Yendilikda  nazoratlar,  taqiqlashlar,
ziddiyatlar tush dunyosi ichra davom etadi. Biroq bunday konflikt shakllari o’z
dunyosiga yarasha, ya’ni: «Tushda o’zaro zid ikki tasavvur ayni bir elementda
namoyon bo’ladi. «Yo’q» so’zi baayni tush leksikasida mavjud emas. Bu holat
tushda  o’ta  g’ayrimantiqiy  tarzda  ifoda  topadi.  Bitta  voqyea  yoki  syujet  bir
paytning  o’zida  muayyan  intilishning  ham  iqroriga,  ham  inkoriga  xizmat
qildi».Z.Freyd tushga xos bu holatni «ixtiyoriy konflikt», deb ataydi. Uningcha,
tush voqyeligida «yo bunday yoki  unday» qoidasi  emas, «bunday va bunday
qoidasiga asoslanuvchi konflekt shakli xosdir».Z.Freyd tush tabiatidagi bunday
o’ziga xosliklardan kelib chiqib, uning ochiq va yashirin mazmun aro munosabatini
uchta kategoriyaga ajratadi. Bularning birinchisi aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli
tushlar. Ikkinchisi, aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli, ammo g’alatiroq tushlar.
Chunki biz bunday tushlar mazmunining ongli hayotimizga bog’liq nuqtalarini
topa olmaymiz. Uchinchisi, aqlga to’g’ri kelmaydigan, tushunib bo’lmaydigan,
chigal va murakkab tushlar. Psixoanaliz ushbu har uch kategoriyaga oid tushlar
ustida  ishlar  ekan,  yuqorida  so’z  yuritilgan  metodik  prinsiplarga  asoslanishni
11
Logotip
voqyealar, bilim va tajribalar tushda kashf etilishi mumkin».1111Psixoanalizga ko’ra, tushlar ong ostida mavjud bo’lgan, ammo to’g’ridan-to’g’ri namoyon bo’lish imkoniyati cheklangan inson intilishi va istaklarining ramziy ishoralariga kalit vazifasini o’taydi. Bunday kalitga ega bo’lish uchun esa, chuqur psixoanalitik tadqiq talab etiladi. Z.Freyd o’zining psixoseksuallik nazariyasiga asosan tush bilan bog’liq talay simvollarning lug’atlarni ishlab chiqqan. Masalan, «Silliq devorli uy»- erkakni «zinali uy»-ayolni; suv bilan bog’liq tushlar – to’lg’oqni; tayoqlar, shamsiyalar, havo sharlari – shahvoniylikni; tishning sinishi - jinsiy ma’nodagi tartibsizlik uchun jazoni bildiradi va h.k. Frommning yozishicha: «Freyd nafaqat tush tabiatini belgilashiga urindi, balki tushning uyg’oqlikda taqiqlangan inson irrasional istaklarining amalga oshish maydoni ekanligi haqidagi o’zigacha bo’lgan qarashlarni asoslab berdi»12.Freyd tadqiqotlarida turli-tuman tushlar, ularning tabiati va talqin darajasidagi farqlar haqida fikr yuritiladi. Individuum faoliyatini tashkil etuvchi uch sistematik birlik Id-Yego-Super-ego tush olami aro tom ma’noda faol harakatda bo’ladi. Inson uxlayotganda uning real ongi harakatdan to’xtasa ham, bu sistema «ishlayveradi». Yendilikda nazoratlar, taqiqlashlar, ziddiyatlar tush dunyosi ichra davom etadi. Biroq bunday konflikt shakllari o’z dunyosiga yarasha, ya’ni: «Tushda o’zaro zid ikki tasavvur ayni bir elementda namoyon bo’ladi. «Yo’q» so’zi baayni tush leksikasida mavjud emas. Bu holat tushda o’ta g’ayrimantiqiy tarzda ifoda topadi. Bitta voqyea yoki syujet bir paytning o’zida muayyan intilishning ham iqroriga, ham inkoriga xizmat qildi».Z.Freyd tushga xos bu holatni «ixtiyoriy konflikt», deb ataydi. Uningcha, tush voqyeligida «yo bunday yoki unday» qoidasi emas, «bunday va bunday qoidasiga asoslanuvchi konflekt shakli xosdir».Z.Freyd tush tabiatidagi bunday o’ziga xosliklardan kelib chiqib, uning ochiq va yashirin mazmun aro munosabatini uchta kategoriyaga ajratadi. Bularning birinchisi aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli tushlar. Ikkinchisi, aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli, ammo g’alatiroq tushlar. Chunki biz bunday tushlar mazmunining ongli hayotimizga bog’liq nuqtalarini topa olmaymiz. Uchinchisi, aqlga to’g’ri kelmaydigan, tushunib bo’lmaydigan, chigal va murakkab tushlar. Psixoanaliz ushbu har uch kategoriyaga oid tushlar ustida ishlar ekan, yuqorida so’z yuritilgan metodik prinsiplarga asoslanishni 11
tavsiya etadi.Fikrlar tushunarli bo’lishi uchun bir tushning psixoanalitik tomonidan
olib borilgan talqin jarayonini kuzatamiz.
28 yoshli advokatning tushi:
-Tushimda oq otga minib harbiy ko’rik qabul qilyapman. Askarlar izdihomi
meni sharaflamoqda. 
Tush syujeti bor-yo’g’i shu. Jo’n yondashganda bu shunchaki bir tush bo’lsa,
psixoanaliz usuli bilan yondoshganda tamomila o’zgacha talqin topadi. Kishining
xayoliga kelmaydigan sirlarini namoyon qiladi.Psixoanalitik bilan kechgan uzoq
muloqotdan  ma’lum  bo’ladiki,  advokat  yoshligida  o’sha  nimjon,  qo’rqoq  va
uyatchan  bola  bo’lgan.  O’z  tengdoshlari  uni  ayni  sababdan  kamsitishgan.
Shuningdek, otasining jismonan baquvvatligi, o’ktamligi va o’ziga bee’tiborligi
bolani bundan ham kuchliroq iztirobga solgan. Bola ojizligi bois o’ziga nisbatan
nafrat hissini tuygan. Ayni paytda hammadan kuchliroq, o’ktamroq bo’lishini orzu
qilgan. Orzulari ro’yobini buyuk sarkarda Napoleon siymosida ko’rgan. U bilan
bog’liq  ma’lumotlarni  o’rgangan,  rasmlarni  yiqqan.  Oradan  bir-ikki  yil  o’tib,
jamiyatda o’rnini topa boshlagach, Napoleon haqidagi orzulari, intilishlari uning
uchun ortiqcha bo’lib qolgan. Bular advokatning psixologik holati bilan bog’liq
assosiativ voqyelik. +achonlardir Super-ego tomonidan noto’g’ri topilgan, Yego
tomonidan Idga yo’llangan bolalikdagi hissiyot. Advokat bu haqda allaqachon
unutib yuborgan. Biroq advokatning ayni damdagi hayotida shunday voqyealar
sodir bo’lgan: Ishda boshlig’i bir xatosi uchun unga tanbeh bergan. Advokatni bu
holat bir oz cho’chitgan. Ammo tez orada ushbu holatining to’g’ri izohini topgan
va boshliq bilan bo’lgan voqyeani esdan chiqargan. Shunga qaramasdan ishda
o’zini  horg’in  sezgan.  Ishdan  so’ng  kinoga  borgan.  Kino  qahramonining
qashshoqligi,  azobu  uqubatlari  va,  nihoyat  g’alabaga  erishishi  voqyealarini
tomosha qilgan, hatto yig’lagan. Shundan so’ng mijoz uyquga yotgan va bizga
ma’lum  tushni  ko’rgan.Yechim  shunday:  Advokat  bolalgidagi  uyatchanlik,
qo’rqoqlik  hissi  (Id)dan  nafratlangan,  iztirobga  tushgan.  Real  muhit  (oilasi,
atrofdagilar)dan  najot  bo’lmagach,  u  (Yego)  butun  najotni  o’z  fantaziyasidan
qidirgan.  Jamiyatda  qisman  o’rnini  topgach,  u  (Superego)  o’zining  xayoliy
dunyosidan qocha boshlagan va u haqdagi tasavvurlarini quyi (Id)ga yo’naltirgan.
Ammo 28 yoshda ham to’la shakllanib ulgurmagan Yego arzimas tashqi ta’sir
Logotip
tavsiya etadi.Fikrlar tushunarli bo’lishi uchun bir tushning psixoanalitik tomonidan olib borilgan talqin jarayonini kuzatamiz. 28 yoshli advokatning tushi: -Tushimda oq otga minib harbiy ko’rik qabul qilyapman. Askarlar izdihomi meni sharaflamoqda. Tush syujeti bor-yo’g’i shu. Jo’n yondashganda bu shunchaki bir tush bo’lsa, psixoanaliz usuli bilan yondoshganda tamomila o’zgacha talqin topadi. Kishining xayoliga kelmaydigan sirlarini namoyon qiladi.Psixoanalitik bilan kechgan uzoq muloqotdan ma’lum bo’ladiki, advokat yoshligida o’sha nimjon, qo’rqoq va uyatchan bola bo’lgan. O’z tengdoshlari uni ayni sababdan kamsitishgan. Shuningdek, otasining jismonan baquvvatligi, o’ktamligi va o’ziga bee’tiborligi bolani bundan ham kuchliroq iztirobga solgan. Bola ojizligi bois o’ziga nisbatan nafrat hissini tuygan. Ayni paytda hammadan kuchliroq, o’ktamroq bo’lishini orzu qilgan. Orzulari ro’yobini buyuk sarkarda Napoleon siymosida ko’rgan. U bilan bog’liq ma’lumotlarni o’rgangan, rasmlarni yiqqan. Oradan bir-ikki yil o’tib, jamiyatda o’rnini topa boshlagach, Napoleon haqidagi orzulari, intilishlari uning uchun ortiqcha bo’lib qolgan. Bular advokatning psixologik holati bilan bog’liq assosiativ voqyelik. +achonlardir Super-ego tomonidan noto’g’ri topilgan, Yego tomonidan Idga yo’llangan bolalikdagi hissiyot. Advokat bu haqda allaqachon unutib yuborgan. Biroq advokatning ayni damdagi hayotida shunday voqyealar sodir bo’lgan: Ishda boshlig’i bir xatosi uchun unga tanbeh bergan. Advokatni bu holat bir oz cho’chitgan. Ammo tez orada ushbu holatining to’g’ri izohini topgan va boshliq bilan bo’lgan voqyeani esdan chiqargan. Shunga qaramasdan ishda o’zini horg’in sezgan. Ishdan so’ng kinoga borgan. Kino qahramonining qashshoqligi, azobu uqubatlari va, nihoyat g’alabaga erishishi voqyealarini tomosha qilgan, hatto yig’lagan. Shundan so’ng mijoz uyquga yotgan va bizga ma’lum tushni ko’rgan.Yechim shunday: Advokat bolalgidagi uyatchanlik, qo’rqoqlik hissi (Id)dan nafratlangan, iztirobga tushgan. Real muhit (oilasi, atrofdagilar)dan najot bo’lmagach, u (Yego) butun najotni o’z fantaziyasidan qidirgan. Jamiyatda qisman o’rnini topgach, u (Superego) o’zining xayoliy dunyosidan qocha boshlagan va u haqdagi tasavvurlarini quyi (Id)ga yo’naltirgan. Ammo 28 yoshda ham to’la shakllanib ulgurmagan Yego arzimas tashqi ta’sir
(boshliqning tanbehi, kinofilm) oqibatida bolalik hayotini qo’msab qolgan.  Bu
holat ongli faoliyatda anglanmagan, balki ong ostida, tushda ishora bergan. Bu
o’rinda psixoanalitikning vazifasi anglanmagan ong osti holatini mijozga anglatish
va  uni  ismsiz  iztirobdan  xalos  etishdir.Psixoanaliz  o’ta  muhim  sanaydigan
holatlardan yana biri Freydning «Kundalik hayot psixopatologiyasi» asarida tatqiq
etilgan faoliyatlar tizimidir1414. Mazkur tizim o’z nomi bilan inson faoliyatini
barcha hududsiz kengliklari bo’ylab qamrab oladi. Tadqiqotda shunday holatlardan
bir nechtasi xususida fikr yuritilgan. Bular quyidagilar: «O’z ismini unutish»,
«Xorijiy  so’zlarni  unutish»,  «Ot  va  fe’llarni  unutish»  «Bolalikni  xotirlash  va
qoliplovchi xotiralar haqida» «Noto’g’ri talaffuz» «Xato sanash va xato yozish»,
«Taassurot va burchlarni unitish» «Ixtiyoriy «xatokorlik» faoliyati» «Simptomatik
hamda  tasodifiy  faoliyat»,  «Adashib  xato  qilish»  «Rejalashtirilgan  xatokor
faoliyat» «Tasodifiyatga ishonish va xurofiylik».Freyd bunday faoliyat shakllarini
o’rganar ekan: «Ular qachonlardir ongda paydo bo’lib, keyin undan quvilgan,
ammo o’zini namoyon qilish qobiliyatini tamomila yo’qotmagan fenomenlardir»,
degan xulosaga keladi.1515Yuqorida sanab o’tilgan faoliyat shakllari inson hayotiga
bo’lgan ta’sir darajasi, struktural o’ziga xosligi, sodda yoki murakkabligi jihatdan
bir xil emas. Ularning biri o’ta jo’n va ko’p takrorlanadigan, boshqasi esa o’ta
murakkab va nihoyatda kam uchraydigan holat bo’lishi mumkin. Lekin, shunga
qaramasdan, Freyd kelgan xulosa ularning har biri uchun xarakterli hisoblanadi.
Mazkur faoliyat shakllarining yana bir muhim jihati: «ularning sog’lom odamlar
kundalik  turmush  tarzida  uchraydigan  arzimas  ruhiy  holatlar»  ekanida
ko’rinadi.1616Freyd yuqorida sanab o’tilgan holatlarning har birini o’nlab misollar
bilan asoslashga uringan. Shulardan birini ma’lumot uchun keltiramiz. Bu misol
bevosita Freydning o’z hayoti bilan bog’liq1717. U yozadi: «Tez-tez xabar olib
turadiganim bir bemorning eshigiga yaqinlashar ekanman, qo’ng’iroq tugmasini
bosish  o’rniga  beixtiyor  cho’ntagimdan  o’z  kvartiram  kalitini  chiqarardim.
Uyatdan kalitni cho’ntagimga yashirayotib, o’zimda ro’y bergan bu holatning –
«Ixtiyoriy xatokorlik faoliyati» ekanini anglardim. Bu holat mening ongim ostida
mavjud «bu yerda men o’zimni uydagidek his qilaman», degan fikrdan dalolat
14
15
16
17.
Logotip
(boshliqning tanbehi, kinofilm) oqibatida bolalik hayotini qo’msab qolgan. Bu holat ongli faoliyatda anglanmagan, balki ong ostida, tushda ishora bergan. Bu o’rinda psixoanalitikning vazifasi anglanmagan ong osti holatini mijozga anglatish va uni ismsiz iztirobdan xalos etishdir.Psixoanaliz o’ta muhim sanaydigan holatlardan yana biri Freydning «Kundalik hayot psixopatologiyasi» asarida tatqiq etilgan faoliyatlar tizimidir1414. Mazkur tizim o’z nomi bilan inson faoliyatini barcha hududsiz kengliklari bo’ylab qamrab oladi. Tadqiqotda shunday holatlardan bir nechtasi xususida fikr yuritilgan. Bular quyidagilar: «O’z ismini unutish», «Xorijiy so’zlarni unutish», «Ot va fe’llarni unutish» «Bolalikni xotirlash va qoliplovchi xotiralar haqida» «Noto’g’ri talaffuz» «Xato sanash va xato yozish», «Taassurot va burchlarni unitish» «Ixtiyoriy «xatokorlik» faoliyati» «Simptomatik hamda tasodifiy faoliyat», «Adashib xato qilish» «Rejalashtirilgan xatokor faoliyat» «Tasodifiyatga ishonish va xurofiylik».Freyd bunday faoliyat shakllarini o’rganar ekan: «Ular qachonlardir ongda paydo bo’lib, keyin undan quvilgan, ammo o’zini namoyon qilish qobiliyatini tamomila yo’qotmagan fenomenlardir», degan xulosaga keladi.1515Yuqorida sanab o’tilgan faoliyat shakllari inson hayotiga bo’lgan ta’sir darajasi, struktural o’ziga xosligi, sodda yoki murakkabligi jihatdan bir xil emas. Ularning biri o’ta jo’n va ko’p takrorlanadigan, boshqasi esa o’ta murakkab va nihoyatda kam uchraydigan holat bo’lishi mumkin. Lekin, shunga qaramasdan, Freyd kelgan xulosa ularning har biri uchun xarakterli hisoblanadi. Mazkur faoliyat shakllarining yana bir muhim jihati: «ularning sog’lom odamlar kundalik turmush tarzida uchraydigan arzimas ruhiy holatlar» ekanida ko’rinadi.1616Freyd yuqorida sanab o’tilgan holatlarning har birini o’nlab misollar bilan asoslashga uringan. Shulardan birini ma’lumot uchun keltiramiz. Bu misol bevosita Freydning o’z hayoti bilan bog’liq1717. U yozadi: «Tez-tez xabar olib turadiganim bir bemorning eshigiga yaqinlashar ekanman, qo’ng’iroq tugmasini bosish o’rniga beixtiyor cho’ntagimdan o’z kvartiram kalitini chiqarardim. Uyatdan kalitni cho’ntagimga yashirayotib, o’zimda ro’y bergan bu holatning – «Ixtiyoriy xatokorlik faoliyati» ekanini anglardim. Bu holat mening ongim ostida mavjud «bu yerda men o’zimni uydagidek his qilaman», degan fikrdan dalolat 14 15 16 17.
edi».1818Freydning  inson  kundalik  faoliyati  ustida  o’tkazgan  tajribalaridan
chiqargan xulosasi shunday: inson faoliyatida tasodifiy holatlar bo’lishi mumkin
emas; har bir «xato» o’zining muayyan tarixiga ega; inchinun,   bunday xatolar
ostida insonning ong osti istak va intilishlari yotadi. Xususan, nimanidir tasodifan
unutish,  ixtiyoriy  istak  tarzida,  shu  narsani  eslashni  istamaslikdan  kelib
chiqadi.Inson faoliyatining yana bir psixoanaliz asoslashga uringan yashirin jihati
Freydning «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili» asarida o’z aksini topgan. Bunga
ko’ra, insonning o’z vujudini saqlash, uzoq yashashga, hayotdan lazzat olishga
bo’lgan istaklariga zid ravishda, o’z vujudini mahv etaroq, o’limga intilishdan
lazzatlanish istagi  ham  mavjud. Bu istak hayotga bo’lgan istak bilan parallel
ravishda, teng proporsiyada yashaydi. Freydning fikricha, inson yoki insoniyat
hayoti faqat dinamik-progressiv qonuniyatlarga asoslanmaydi, balki uning uchun
permanent (aylanma harakat) qoidasi xosdir. Sof biologik instinktlar boshqaruvida
bo’lgan hayvonot, go’daklar va nevrotik holatdagi kishining o’sish, yangilanishdan
ko’ra, biror narsa yoki hodisaning takroriga ko’proq ruju qo’yishi bunga misol
bo’ladi. Freyd bunga qushlarning, baliqlarning dastlabki makonlariga qayta-qayta
intilishlarini yoki bolaning bir ertakni takror-takror eshitishini yaxshi ko’rishni
misol qilib keltiradi. O’rta asr italyan adibi Tarkvato Tossoning «Ozod etilgan
Iyerusalim» asaridan quyidagi voqyeaga ayni ruhiy holat ifodasi sifatida qaraydi.
Ya’ni  asar  qahramoni  Tankred  jangda  tasodifan  seviklisi  Klorindani  o’ldirib
qo’yadi.  Uning  dafn  marosimi  o’tar-o’tmas  Tankred  qo’rqinchli,  sehrlangan
o’rmonga yo’l oladi. U yerda baland bir daraxtni qilichi bilan chopib tashlaydi.
Shunda daraxtdan qon tomchilab seviklisi Klorindaning alamnok ovozi eshitiladi.
Joni daraxtga sehrlangan Klorinda Tankredning o’ziga yana azob berayotganidan
noliydi. Freydning talqiniga ko’ra, Tankred o’z sevganini tasodifan o’ldirmagan,
balki bu bilan o’zining ongi ostidagi yashirin istaklarini ikkinchi bor ro’yobga
chiqargan.  Daraxtni  ham  go’yo  ayriliq  iztiroblari  bergan  g’azabdan  qutulmoq
uchun beixtiyor chopgan bo’lsa-da, aslida sevgilisiga ikkinchi marta ozor berib,
uning  azobi  evaziga  azoblaridan  xalos  bo’lgan,  hatto  rohatlangan.  Bunday
g’ayrimantiqiy holatlarni Freyd shunday asoslashga urinadi: «Agar biz faktlarga
asoslanadigan bo’lsak, barcha tirik jonzot botiniy sababiyatlar bois o’ladi, ya’ni
organik modda noorganik moddaga aylanadi. Demakki, har qanday tiriklikning asl
18
Logotip
edi».1818Freydning inson kundalik faoliyati ustida o’tkazgan tajribalaridan chiqargan xulosasi shunday: inson faoliyatida tasodifiy holatlar bo’lishi mumkin emas; har bir «xato» o’zining muayyan tarixiga ega; inchinun, bunday xatolar ostida insonning ong osti istak va intilishlari yotadi. Xususan, nimanidir tasodifan unutish, ixtiyoriy istak tarzida, shu narsani eslashni istamaslikdan kelib chiqadi.Inson faoliyatining yana bir psixoanaliz asoslashga uringan yashirin jihati Freydning «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili» asarida o’z aksini topgan. Bunga ko’ra, insonning o’z vujudini saqlash, uzoq yashashga, hayotdan lazzat olishga bo’lgan istaklariga zid ravishda, o’z vujudini mahv etaroq, o’limga intilishdan lazzatlanish istagi ham mavjud. Bu istak hayotga bo’lgan istak bilan parallel ravishda, teng proporsiyada yashaydi. Freydning fikricha, inson yoki insoniyat hayoti faqat dinamik-progressiv qonuniyatlarga asoslanmaydi, balki uning uchun permanent (aylanma harakat) qoidasi xosdir. Sof biologik instinktlar boshqaruvida bo’lgan hayvonot, go’daklar va nevrotik holatdagi kishining o’sish, yangilanishdan ko’ra, biror narsa yoki hodisaning takroriga ko’proq ruju qo’yishi bunga misol bo’ladi. Freyd bunga qushlarning, baliqlarning dastlabki makonlariga qayta-qayta intilishlarini yoki bolaning bir ertakni takror-takror eshitishini yaxshi ko’rishni misol qilib keltiradi. O’rta asr italyan adibi Tarkvato Tossoning «Ozod etilgan Iyerusalim» asaridan quyidagi voqyeaga ayni ruhiy holat ifodasi sifatida qaraydi. Ya’ni asar qahramoni Tankred jangda tasodifan seviklisi Klorindani o’ldirib qo’yadi. Uning dafn marosimi o’tar-o’tmas Tankred qo’rqinchli, sehrlangan o’rmonga yo’l oladi. U yerda baland bir daraxtni qilichi bilan chopib tashlaydi. Shunda daraxtdan qon tomchilab seviklisi Klorindaning alamnok ovozi eshitiladi. Joni daraxtga sehrlangan Klorinda Tankredning o’ziga yana azob berayotganidan noliydi. Freydning talqiniga ko’ra, Tankred o’z sevganini tasodifan o’ldirmagan, balki bu bilan o’zining ongi ostidagi yashirin istaklarini ikkinchi bor ro’yobga chiqargan. Daraxtni ham go’yo ayriliq iztiroblari bergan g’azabdan qutulmoq uchun beixtiyor chopgan bo’lsa-da, aslida sevgilisiga ikkinchi marta ozor berib, uning azobi evaziga azoblaridan xalos bo’lgan, hatto rohatlangan. Bunday g’ayrimantiqiy holatlarni Freyd shunday asoslashga urinadi: «Agar biz faktlarga asoslanadigan bo’lsak, barcha tirik jonzot botiniy sababiyatlar bois o’ladi, ya’ni organik modda noorganik moddaga aylanadi. Demakki, har qanday tiriklikning asl 18
maqsadi  alal-oqibat  o’lim  tomon  yo’nalgan  bo’ladi»1919.  Uningcha,  inson
tabiatidagi  aylanma  harakat  (permanent)  tizimi  hayotning  davomiyligini
ta’minlaydi. Har qanday tirik jonzot hayotining davomiyligini ta’minlashga intilar
ekan, bunga o’z tirikligini mahv etish evaziga erishadi. Uning o’limga tomon
harakati hayotga bo’lgan intilish niqobi bilan o’ralgan bo’ladi. Freyd insonning
hayotga bo’lgan intilishlarini Yeros, o’limga bo’lgan intilishini esa Tanatos2020
instinkti,  deb  ataydi.  Bir  qarashda,  hayot  va  o’lim  abadiy  kurashda,  bular
o’rtasidagi  murakkab  kontrast  hayot  dialektikasini  belgilaydigandek  tasavvur
beradi. Ammo Freyd ushbu zohiriy kontrast asosida o’zgacha mazmun-estafeta
prinsipi bor, deb hisoblaydi. Yeros bilan ifodalanuvchi jinsiy mayllar o’zidagi
hayot  elementlarini  boshqa  organizmga  uzatar  ekan,  yangi  hayot  shaklini
maydonga keltiradi. Shuning barobarida o’zi  va yo’ldoshining  o’limga  tomon
harakatlarini ta’minlaydi. Bu jarayon Yeros va Tanotos o’rtasidagi doimiy va
ixtiyoriy munosabatdir. Barcha harakatlar markazida turuvchi libido mohiyatini
faqat  Yeros funksiyasi  emas,  balki  Yeros va Tanatos  aro sistematik  butunlik
funksiyasi  tashkil  etadi.  Shu  ma’noda,  libido  insonning  hayotga  bo’lgan
intilishlaridan qanchalik lazzatlansa, o’limga tomon intilishlaridan  ham shunchalik
lazzatlanadi.Bunday aylanma harakat jarayoni Yeros va Tanatos funksiyasi aro
tenglik bo’lganidagina normal hisoblanadi. Bu ikki kuch munosabatida tenglik
muvozanati buzilganda esa, individuum hayoti uchun anormal holat yuzaga keladi.
Muvozanatning buzilishi qay darajada bo’lsa, uning oqibati ko’lami ham shunday
bo’ladi.  G’ayriodatiy  lazzatlanish  tamoyilining  funksional  shakllari  oddiydan
murakkabga, sarkashlikdan vahshiylikkacha bo’lgan bepoyon makon va zamon
ko’lamiga ega. Chekish, ichish, qimorvozlik, betartib turmush kechirish kabi qator
umuminsoniy  qusurlar  mazkur  tamoyilining  eng  oddiy  va  kundalik  shakli
hisoblanadi. Inson aqlan bunday qusurlari vositasida o’z hayotini yemirayotganini
ko’pincha  anglamaydi.  Ayni  faoliyatlarni  amalga  oshirayotib,  hayotdan
zavqlanishini, unga bo’lgan intilishini qo’ymaydi. Bunday tushuncha uni hatto
narsissizm, sadizm, mozaxizm, nekrofillik2121 kabi anormal holatlarda ham tark
etmaydi. U o’z holatini hayotiy funksiya, deb anglaydi. Yerix Fromm ayni holatga
doir  shunday  misol  keltiradi.  «Tabiatida  sadistik  istak  mavjud  bo’lgan  ota
19
20
21
Logotip
maqsadi alal-oqibat o’lim tomon yo’nalgan bo’ladi»1919. Uningcha, inson tabiatidagi aylanma harakat (permanent) tizimi hayotning davomiyligini ta’minlaydi. Har qanday tirik jonzot hayotining davomiyligini ta’minlashga intilar ekan, bunga o’z tirikligini mahv etish evaziga erishadi. Uning o’limga tomon harakati hayotga bo’lgan intilish niqobi bilan o’ralgan bo’ladi. Freyd insonning hayotga bo’lgan intilishlarini Yeros, o’limga bo’lgan intilishini esa Tanatos2020 instinkti, deb ataydi. Bir qarashda, hayot va o’lim abadiy kurashda, bular o’rtasidagi murakkab kontrast hayot dialektikasini belgilaydigandek tasavvur beradi. Ammo Freyd ushbu zohiriy kontrast asosida o’zgacha mazmun-estafeta prinsipi bor, deb hisoblaydi. Yeros bilan ifodalanuvchi jinsiy mayllar o’zidagi hayot elementlarini boshqa organizmga uzatar ekan, yangi hayot shaklini maydonga keltiradi. Shuning barobarida o’zi va yo’ldoshining o’limga tomon harakatlarini ta’minlaydi. Bu jarayon Yeros va Tanotos o’rtasidagi doimiy va ixtiyoriy munosabatdir. Barcha harakatlar markazida turuvchi libido mohiyatini faqat Yeros funksiyasi emas, balki Yeros va Tanatos aro sistematik butunlik funksiyasi tashkil etadi. Shu ma’noda, libido insonning hayotga bo’lgan intilishlaridan qanchalik lazzatlansa, o’limga tomon intilishlaridan ham shunchalik lazzatlanadi.Bunday aylanma harakat jarayoni Yeros va Tanatos funksiyasi aro tenglik bo’lganidagina normal hisoblanadi. Bu ikki kuch munosabatida tenglik muvozanati buzilganda esa, individuum hayoti uchun anormal holat yuzaga keladi. Muvozanatning buzilishi qay darajada bo’lsa, uning oqibati ko’lami ham shunday bo’ladi. G’ayriodatiy lazzatlanish tamoyilining funksional shakllari oddiydan murakkabga, sarkashlikdan vahshiylikkacha bo’lgan bepoyon makon va zamon ko’lamiga ega. Chekish, ichish, qimorvozlik, betartib turmush kechirish kabi qator umuminsoniy qusurlar mazkur tamoyilining eng oddiy va kundalik shakli hisoblanadi. Inson aqlan bunday qusurlari vositasida o’z hayotini yemirayotganini ko’pincha anglamaydi. Ayni faoliyatlarni amalga oshirayotib, hayotdan zavqlanishini, unga bo’lgan intilishini qo’ymaydi. Bunday tushuncha uni hatto narsissizm, sadizm, mozaxizm, nekrofillik2121 kabi anormal holatlarda ham tark etmaydi. U o’z holatini hayotiy funksiya, deb anglaydi. Yerix Fromm ayni holatga doir shunday misol keltiradi. «Tabiatida sadistik istak mavjud bo’lgan ota 19 20 21
bolalarini  tez-tez  jazolab  turishga,  ular  bilan  qo’pol  muomala  qilishga,  moyil
bo’ladi. Lekin u bolalarini urar, jonini og’ritar ekan, bu ishini bola tarbiyasidagi
eng samarali  usul,  deb ishonadi. Uning maqsadi  bolalarida ezgulik, yaxshilik
fazilatlarini kuchaytirish bo’ladi. Aslida esa, ota bu bilan bolalarini tarbiyalashni
emas, o’zining sadistik istaklarini qondirayotganini anglamaydi»2222.G’ayriodatiy
lazzatlanishning eng tuban shakli – bu nekrofillik hisoblanadi. «Nekrofil odamlar
tiriklikni emas, jonsiz narsalarni: yiring va fotonatga botgan murdani ko’rganda
lazzatlanishadi. Nekrofillar, ayniqsa, kasallik, dafn marosimlari, o’lim haqida so’z
yuritishni sevishadi. Shundagina ularning doimiy tund yuzlariga hayot sharpasi
ko’rinadi».2323Freyd  va  freydchilar  insonga  xos  ayni  holatlarni  tush  ko’rish,
«xatokor»  faoliyat  kabi  chuqur  o’rganganlar.  Juda  ko’plab  jihatlarini  kashf
etganlar. Uning nafaqat individuum hayotidagi balki ijtimoiy voqyelikdagi sabab
va oqibatlarini asoslab berishga uringanlar.Umuman, psixoanalizning shakllanish
prinsiplari,  mohiyati,  metodologik  o’ziga  xosliklari  haqida  juda  ko’p  gapirish
mumkin.  Psixoanaliz  kashf  etgan  eng  kichik  elementlardan  tortib,  eng  katta
sistematik birliklargacha inson borlig’i (individuum) va uning faoliyatidan kelib
chiqadi. Ularning barchasi o’ta murakkab hodisalar hisoblanadi va ayni paytda har
tomonlama  keng  talqinni  talab  etadi.  Shu  ma’noda,  yuqorida  so’z  yuritilgan
masalalar psixoanalizni to’liq tadqiq etishga emas, balki u haqda muayyan tasavvur
uyg’otishga  qaratilganini  ta’kidlash  joiz.  Chunki  bizning  asl  maqsadimiz
psixoanaliz va adabiyot aro munosabat masalasini yoritishdan iboratki, buning
uchun so’z yuritilgan masalalar kifoya, deb o’ylaymiz.
Psixoanaliz va adabiyot o’rtasida qanday aloqadorlik bor?
Savolning  eng  oddiy  va  haqqoniy  javobi  har  ikkisining  obyekti,  talqin
usuldagi  mushtaraklikda  ko’rinadi.  Adabiyotning  ham  psixoanaliz  kabi  (yoki
aksincha) yagona talqin obyekti – bu inson. Adabiyot ham psixoanaliz kabi inson
borlig’iga universal yondashish xususiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, yuqorida
bayon etilgan fikrlar faqat psixoanalizga emas, balki adabiyotga ham tegishlidir.
Ishning asosiy qismini ayni masalaga qaratilishiga ham sabab shu. Endi adabiyot
va psixoanaliz aro munosabatning xususiy jihatlari, aniqrog’i psixoanalizning tahlil
usuli  sifatida adabiyoshunoslikdan  tutgan o’rni haqida fikr yuritamiz.Adabiyot
22
23
Logotip
bolalarini tez-tez jazolab turishga, ular bilan qo’pol muomala qilishga, moyil bo’ladi. Lekin u bolalarini urar, jonini og’ritar ekan, bu ishini bola tarbiyasidagi eng samarali usul, deb ishonadi. Uning maqsadi bolalarida ezgulik, yaxshilik fazilatlarini kuchaytirish bo’ladi. Aslida esa, ota bu bilan bolalarini tarbiyalashni emas, o’zining sadistik istaklarini qondirayotganini anglamaydi»2222.G’ayriodatiy lazzatlanishning eng tuban shakli – bu nekrofillik hisoblanadi. «Nekrofil odamlar tiriklikni emas, jonsiz narsalarni: yiring va fotonatga botgan murdani ko’rganda lazzatlanishadi. Nekrofillar, ayniqsa, kasallik, dafn marosimlari, o’lim haqida so’z yuritishni sevishadi. Shundagina ularning doimiy tund yuzlariga hayot sharpasi ko’rinadi».2323Freyd va freydchilar insonga xos ayni holatlarni tush ko’rish, «xatokor» faoliyat kabi chuqur o’rganganlar. Juda ko’plab jihatlarini kashf etganlar. Uning nafaqat individuum hayotidagi balki ijtimoiy voqyelikdagi sabab va oqibatlarini asoslab berishga uringanlar.Umuman, psixoanalizning shakllanish prinsiplari, mohiyati, metodologik o’ziga xosliklari haqida juda ko’p gapirish mumkin. Psixoanaliz kashf etgan eng kichik elementlardan tortib, eng katta sistematik birliklargacha inson borlig’i (individuum) va uning faoliyatidan kelib chiqadi. Ularning barchasi o’ta murakkab hodisalar hisoblanadi va ayni paytda har tomonlama keng talqinni talab etadi. Shu ma’noda, yuqorida so’z yuritilgan masalalar psixoanalizni to’liq tadqiq etishga emas, balki u haqda muayyan tasavvur uyg’otishga qaratilganini ta’kidlash joiz. Chunki bizning asl maqsadimiz psixoanaliz va adabiyot aro munosabat masalasini yoritishdan iboratki, buning uchun so’z yuritilgan masalalar kifoya, deb o’ylaymiz. Psixoanaliz va adabiyot o’rtasida qanday aloqadorlik bor? Savolning eng oddiy va haqqoniy javobi har ikkisining obyekti, talqin usuldagi mushtaraklikda ko’rinadi. Adabiyotning ham psixoanaliz kabi (yoki aksincha) yagona talqin obyekti – bu inson. Adabiyot ham psixoanaliz kabi inson borlig’iga universal yondashish xususiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, yuqorida bayon etilgan fikrlar faqat psixoanalizga emas, balki adabiyotga ham tegishlidir. Ishning asosiy qismini ayni masalaga qaratilishiga ham sabab shu. Endi adabiyot va psixoanaliz aro munosabatning xususiy jihatlari, aniqrog’i psixoanalizning tahlil usuli sifatida adabiyoshunoslikdan tutgan o’rni haqida fikr yuritamiz.Adabiyot 22 23
psixoanalizga nisbatan ham obyekt, ham subyekt vazifasini bajaradi. Adabiyotni
psixoanaliz
 
obyekti
 
sifatida
 
qaraganimizda,
 
psixoanaliz
 
nazariy
adabiyoshunoslikning bir tadqiq usuli o’laroq uning tarkibiy qismiga aylanadi.
Aksincha bo’lganda, psixoanaliz adabiyoshunoslikning obyekti o’laroq namoyon
bo’ladi.Psixoanaliz hyech qachon obrazli tafakkursiz ish ko’ra olmaydi. +olaversa,
freydizm nazariyasining asos konsepsiyasini tashkil etuvchi «Yedip komleksi» ham
bevosita obrazli tafakkur namunasiga tayanadi. Hatto, aytish mumkinki, obrazli
tafakkur Freydga psixoanaliz usulini ishlab chiqish uchun xamirturush vazifasini
o’tagan.Shuningdek,  Freyd,  Yung,  Froim,  Adler  va  Lakan  kabi  mashhur
psixoanalitiklar  ijodida  bevosita  adabiy  asarlar  tahlili  o’laroq  yuzaga  kelgan
tadqiqotlar talaygina.Freyd o’z nazariyasining o’ta nozik nuqtalarini talqin etishga,
asoslashga urinar ekan, albatta biror adabiy asarga murojaat qiladi. Uning tadqiq
usulidagi bu jihat bir paytning o’zida ikkita funksiya bajaradi. Avvalo, Freyd isbot
etmoqchi bo’lgan fikrga dalil vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan shu asarning
insonshunoslik  nuqtai  nazaridan  tutgan  darajasini  namoyon  etadi.  Masalan,
Freydning  «Kundalik  hayot  psixopatalogiyasi»  nomli  tadqiqotida  Shillerning
«Vallenshteyn» asarining 1 parda 5 -ko’rinishdan bir misol keltiriladi. Bunda asar
qahramoni Oktavio o’z suhbatdoshi Kvestenbergga «Ketdik. Gersogning oldiga!»
deyish o’rniga «Uning oldiga!» (K ney!), degan so’zni ishlatib qo’yadi. Freyd
talqinicha, bunday hardamxayollik (obmolovki) tasodifiy emas, balki Oktavio ongi
ostidagi yashirin istakning hardamxiyollik tarzida namoyon bo’lishidir. Bu birinchi
tomoni. Ikkinchidan, qahramon holatining bunday chuqur psixologizmda ochilishi
asar muallifi Shillerning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Shuningdek, ayni
tarzdagi nomantiqiy, tushunarsiz ifodalar mohiyatini anglamay turib, yozuvchining
ifoda  uslubiga  to’g’ri  baho  berib  bo’lmasligini  Freyd  alohida
ta’kidlaydi.2424«Dostoyevskiy va padarkushlik» Freydning badiiy asar va muallif
biografiyasi asosisda olib borgan tadqiqotlaridan hisoblanadi.2525 Psixoanalizning
sof  nazariy-metodologik,  tibbiy-psixologik  jihatlarini  asoslashga  qaratilgan
(«Seksuallik xususida uch ocherk», «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Kundalik
hayot psixopatalogiyasi kabi» ) asarlarda adabiyot, badiiy tafakkur bilvosita xizmat
qilgan bo’lsa, ushbu asarda bevosita xizmat qiladi. Tadqiqotda Freydning nazari
24
25
Logotip
psixoanalizga nisbatan ham obyekt, ham subyekt vazifasini bajaradi. Adabiyotni psixoanaliz obyekti sifatida qaraganimizda, psixoanaliz nazariy adabiyoshunoslikning bir tadqiq usuli o’laroq uning tarkibiy qismiga aylanadi. Aksincha bo’lganda, psixoanaliz adabiyoshunoslikning obyekti o’laroq namoyon bo’ladi.Psixoanaliz hyech qachon obrazli tafakkursiz ish ko’ra olmaydi. +olaversa, freydizm nazariyasining asos konsepsiyasini tashkil etuvchi «Yedip komleksi» ham bevosita obrazli tafakkur namunasiga tayanadi. Hatto, aytish mumkinki, obrazli tafakkur Freydga psixoanaliz usulini ishlab chiqish uchun xamirturush vazifasini o’tagan.Shuningdek, Freyd, Yung, Froim, Adler va Lakan kabi mashhur psixoanalitiklar ijodida bevosita adabiy asarlar tahlili o’laroq yuzaga kelgan tadqiqotlar talaygina.Freyd o’z nazariyasining o’ta nozik nuqtalarini talqin etishga, asoslashga urinar ekan, albatta biror adabiy asarga murojaat qiladi. Uning tadqiq usulidagi bu jihat bir paytning o’zida ikkita funksiya bajaradi. Avvalo, Freyd isbot etmoqchi bo’lgan fikrga dalil vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan shu asarning insonshunoslik nuqtai nazaridan tutgan darajasini namoyon etadi. Masalan, Freydning «Kundalik hayot psixopatalogiyasi» nomli tadqiqotida Shillerning «Vallenshteyn» asarining 1 parda 5 -ko’rinishdan bir misol keltiriladi. Bunda asar qahramoni Oktavio o’z suhbatdoshi Kvestenbergga «Ketdik. Gersogning oldiga!» deyish o’rniga «Uning oldiga!» (K ney!), degan so’zni ishlatib qo’yadi. Freyd talqinicha, bunday hardamxayollik (obmolovki) tasodifiy emas, balki Oktavio ongi ostidagi yashirin istakning hardamxiyollik tarzida namoyon bo’lishidir. Bu birinchi tomoni. Ikkinchidan, qahramon holatining bunday chuqur psixologizmda ochilishi asar muallifi Shillerning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Shuningdek, ayni tarzdagi nomantiqiy, tushunarsiz ifodalar mohiyatini anglamay turib, yozuvchining ifoda uslubiga to’g’ri baho berib bo’lmasligini Freyd alohida ta’kidlaydi.2424«Dostoyevskiy va padarkushlik» Freydning badiiy asar va muallif biografiyasi asosisda olib borgan tadqiqotlaridan hisoblanadi.2525 Psixoanalizning sof nazariy-metodologik, tibbiy-psixologik jihatlarini asoslashga qaratilgan («Seksuallik xususida uch ocherk», «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Kundalik hayot psixopatalogiyasi kabi» ) asarlarda adabiyot, badiiy tafakkur bilvosita xizmat qilgan bo’lsa, ushbu asarda bevosita xizmat qiladi. Tadqiqotda Freydning nazari 24 25
birinchi  navbatda  muallifning  ijodiga  emas,  shaxsiyatiga  qaratiladi.
«Dostoyevskiyning  serqirra  shaxsiyatini  to’rt  tomondan  o’rganish  mumkin:
yozuvchi sifatida, nevrotik sifatida, mutafakkir-etik sifatida va gunohkor sifatida»,
deb yozadi Freyd ushbu asarida2626. Freydning fikricha, Dostoyevskiy asarlaridagi
shahvatparastlar, jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar obrazi aynan muallif
ichki dunyosida yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog’liq ba’zi
hodisalardan kelib chiqadi. Shuningdek, yozuvchi ijodidagi padarkushlik talqini
ham ayni sabablar oqibati o’laroq namoyon bo’ladi. 
Ma’lumki, F.Dostoyevskiy 18 yoshida otasidan ajragan. Shu yoshga qadar
Dostoyevskiyda kuchsiz shaytonlash va qo’rquv holati yuz berib turgan. Faqat 18
yoshga kelib, ya’ni otasining o’limidan keyin, bu ruhiy simptom epilepsiyaga2727
aylangan. Freyd ushbu holatni yozuvchining bolalik yillari bilan bog’liq dalillar
asosida isbotlashga urinadi. Bunga ko’ra: «Uning bolaligidagi shaytonlashi bilan
bog’liq  bo’lgan  mazkur  holat  o’lim  vahimasi  nomlanib,  letargik  tushlar
ko’rinishida namoyon bo’ladi... Akasi Andreyning hikoya qilishicha, yosh Feodor
uxlash oldidan uyqusida o’lib qolishidan qo’rqishi, agar shunday holat yuz berib
qolsa, uni faqat besh kundan so’ng dafn etishlarini so’rab xat qoldirar ekan».2828
Freyd bunday ruhiy holat ong ostida birovning o’limini istab yurgan kishilarda ro’y
berishini aytadi. Shundan kelib chiqib, yosh Feodordagi ayni holatni uning otasiga
bo’lgan  munosabati  bilan  izohlaydi.  Uningcha,  yosh  Feodorning  ongi  ostida
seksual raqib sifatida otasining o’limini istash holati bo’lgan. Otasining o’limidan
so’ng undagi ruhiy kasallikning zo’rayishi esa o’ta murakkab ong osti jarayoni
bilan bog’liq. Ya’ni otasiga munosabatda Dostoyevskiy shaxsiyati bir paytning
o’zida ikki xil pozisiyaga ega bo’lgan. Bu psixoanalizda «ambivalentlik», deb
atalib, bir paytning o’zida bir obyektga nisbatan ham muhabbat, ham nafratni ifoda
etadi. Freydga ko’ra, yosh Feodor bir tomondan otasining o’limini istagan va
undan  nafratlangan,  ikkinchi  tomondan  otasini  sevgan  va  uning  o’limidan
vahimaga  tushgan.  18  yoshida  otasining  o’lim  topishi  unda  qoniqish  hissini
o’yg’otishi bilan birga, kuchli iztirob o’z-o’zidan nafratlanish hissini kuchaytirgan.
Natijada kuchli ruhiy kasallikni keltirib chiqargan.
26
27
28.
Logotip
birinchi navbatda muallifning ijodiga emas, shaxsiyatiga qaratiladi. «Dostoyevskiyning serqirra shaxsiyatini to’rt tomondan o’rganish mumkin: yozuvchi sifatida, nevrotik sifatida, mutafakkir-etik sifatida va gunohkor sifatida», deb yozadi Freyd ushbu asarida2626. Freydning fikricha, Dostoyevskiy asarlaridagi shahvatparastlar, jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar obrazi aynan muallif ichki dunyosida yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog’liq ba’zi hodisalardan kelib chiqadi. Shuningdek, yozuvchi ijodidagi padarkushlik talqini ham ayni sabablar oqibati o’laroq namoyon bo’ladi. Ma’lumki, F.Dostoyevskiy 18 yoshida otasidan ajragan. Shu yoshga qadar Dostoyevskiyda kuchsiz shaytonlash va qo’rquv holati yuz berib turgan. Faqat 18 yoshga kelib, ya’ni otasining o’limidan keyin, bu ruhiy simptom epilepsiyaga2727 aylangan. Freyd ushbu holatni yozuvchining bolalik yillari bilan bog’liq dalillar asosida isbotlashga urinadi. Bunga ko’ra: «Uning bolaligidagi shaytonlashi bilan bog’liq bo’lgan mazkur holat o’lim vahimasi nomlanib, letargik tushlar ko’rinishida namoyon bo’ladi... Akasi Andreyning hikoya qilishicha, yosh Feodor uxlash oldidan uyqusida o’lib qolishidan qo’rqishi, agar shunday holat yuz berib qolsa, uni faqat besh kundan so’ng dafn etishlarini so’rab xat qoldirar ekan».2828 Freyd bunday ruhiy holat ong ostida birovning o’limini istab yurgan kishilarda ro’y berishini aytadi. Shundan kelib chiqib, yosh Feodordagi ayni holatni uning otasiga bo’lgan munosabati bilan izohlaydi. Uningcha, yosh Feodorning ongi ostida seksual raqib sifatida otasining o’limini istash holati bo’lgan. Otasining o’limidan so’ng undagi ruhiy kasallikning zo’rayishi esa o’ta murakkab ong osti jarayoni bilan bog’liq. Ya’ni otasiga munosabatda Dostoyevskiy shaxsiyati bir paytning o’zida ikki xil pozisiyaga ega bo’lgan. Bu psixoanalizda «ambivalentlik», deb atalib, bir paytning o’zida bir obyektga nisbatan ham muhabbat, ham nafratni ifoda etadi. Freydga ko’ra, yosh Feodor bir tomondan otasining o’limini istagan va undan nafratlangan, ikkinchi tomondan otasini sevgan va uning o’limidan vahimaga tushgan. 18 yoshida otasining o’lim topishi unda qoniqish hissini o’yg’otishi bilan birga, kuchli iztirob o’z-o’zidan nafratlanish hissini kuchaytirgan. Natijada kuchli ruhiy kasallikni keltirib chiqargan. 26 27 28.
Umuman,  Freyd  talqinidagi  Dostoyevskiy  shaxsiyati  ambivalent
munosabatning  tipik  namunasidir.  Bunday  munosabat  yozuvchining  nafaqat
yaqinlariga,  atrofidagi  begona kishilarga, o’quvchilariga nisbatan,  balki  o’ziga
nisbatan ham ko’zga tashlanadi: «Har holda uning shaxsiyati sadistik qirralardan
holi  emas.  Undagi  qahru  g’azab,  sabrsizlik,  azoblashga  moyillik  istaklari  o’z
yaqinlariga  munosabatida,  o’quvchi  bilan  ichki  muloqotida  yaqqol  ko’zga
tashlanadi. Arzimas masalalarda u o’zgalarga nisbatan, asosiy holatlarda o’ziga
nisbatan sadist hisoblansa, ayni paytda hyech kimdan yordamini ayamaydigan,
yumshoq  ko’ngil,  ezgu  qalbli  kishi  sifatida  namoyon  bo’ladiki,  bu  undagi
mozaxizmdan dalolat»,3030 deb yozadi bu haqda Freyd. Otasining o’limi, garchi
bunda  jismonan  sababchi  bo’lmagan  bo’lsa-da,  Dostoyevskiyda  chuqur
gunohkorlik  hissini  uyg’otgan.  Bunday  hissiyot  manbai  uning  ongi  ostidagi
otasining o’limiga bo’lgan intilish bo’lib, aybdorlik hissining yozuvchi faoliyatida
namoyon bo’lish shakli esa, ayni mozaxistik sublimasiyadir. Freyd Dostoyevskiy
psixologiyasidagi mana shunday murakkab va chigal holat ifodasini «Aka-uka
Karamazovlar» romanida ko’radi. Ma’lumki, romanda otasining o’limini maqsad
qilib  yashayotgan  Ivan  Karamazov  istagi  boshqa  Karamazov  (o’gay  o’g’il
Smerdyakov)  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Dostoyevskiy  ifoda  usulida  aynan
o’sha qotil Karamazovga nisbatan simpatiyaning yetakchilik qilishi Freyd uchun
kalit vazifasini o’taydi. Uningcha, aslida qotil bir ijrochi xolos. Haqiqiy qotil esa,
otasining  o’limini  ich-ichdan  istab  yurgan  Ivan.  Shu  ma’noda  Ivanning  ichki
iztiroblari,  o’z  navbatida  Dostoyevskiyning  ham  iztiroblaridir.  Uning  ruhiy
bemorligi  aynan  Dostoyevskiyning  dardidir.  Shuning  uchun  muallif  bu
qahramonidan nafratlanar ekan, ayni nafrat barobarida qotil Karamazovni o’zining
xaloskori, deb biladi.Tahlil asnosida Freyd «Aka-uka Karamazovlar» romanini
jahon  adabiyotining  ikki  buyuk  asari  «Shoh  Yedip»  va  «Gamlet»dan  yuqori
qo’yadi. Dostoyevskiy romani haqida: «Bu yo’nalishda rus yozuvchisining romani
bir  qadam  olg’a  ketadi»,  degan  so’zlarni  yozadi.3131«Chechanlik  va  uning
ongsizlikka munosabati» Freydning bevosita adabiy manbalar, ijodiy jarayonlar
tahlili  orqali  yozilgan  muhim  tadqiqoti  hisoblanadi.3232  Mazkur  asar
chechanlikning estetik funksiyasini psixologik omillar tizimi sifatida asoslashga
30
31
32.
Logotip
Umuman, Freyd talqinidagi Dostoyevskiy shaxsiyati ambivalent munosabatning tipik namunasidir. Bunday munosabat yozuvchining nafaqat yaqinlariga, atrofidagi begona kishilarga, o’quvchilariga nisbatan, balki o’ziga nisbatan ham ko’zga tashlanadi: «Har holda uning shaxsiyati sadistik qirralardan holi emas. Undagi qahru g’azab, sabrsizlik, azoblashga moyillik istaklari o’z yaqinlariga munosabatida, o’quvchi bilan ichki muloqotida yaqqol ko’zga tashlanadi. Arzimas masalalarda u o’zgalarga nisbatan, asosiy holatlarda o’ziga nisbatan sadist hisoblansa, ayni paytda hyech kimdan yordamini ayamaydigan, yumshoq ko’ngil, ezgu qalbli kishi sifatida namoyon bo’ladiki, bu undagi mozaxizmdan dalolat»,3030 deb yozadi bu haqda Freyd. Otasining o’limi, garchi bunda jismonan sababchi bo’lmagan bo’lsa-da, Dostoyevskiyda chuqur gunohkorlik hissini uyg’otgan. Bunday hissiyot manbai uning ongi ostidagi otasining o’limiga bo’lgan intilish bo’lib, aybdorlik hissining yozuvchi faoliyatida namoyon bo’lish shakli esa, ayni mozaxistik sublimasiyadir. Freyd Dostoyevskiy psixologiyasidagi mana shunday murakkab va chigal holat ifodasini «Aka-uka Karamazovlar» romanida ko’radi. Ma’lumki, romanda otasining o’limini maqsad qilib yashayotgan Ivan Karamazov istagi boshqa Karamazov (o’gay o’g’il Smerdyakov) tomonidan amalga oshiriladi. Dostoyevskiy ifoda usulida aynan o’sha qotil Karamazovga nisbatan simpatiyaning yetakchilik qilishi Freyd uchun kalit vazifasini o’taydi. Uningcha, aslida qotil bir ijrochi xolos. Haqiqiy qotil esa, otasining o’limini ich-ichdan istab yurgan Ivan. Shu ma’noda Ivanning ichki iztiroblari, o’z navbatida Dostoyevskiyning ham iztiroblaridir. Uning ruhiy bemorligi aynan Dostoyevskiyning dardidir. Shuning uchun muallif bu qahramonidan nafratlanar ekan, ayni nafrat barobarida qotil Karamazovni o’zining xaloskori, deb biladi.Tahlil asnosida Freyd «Aka-uka Karamazovlar» romanini jahon adabiyotining ikki buyuk asari «Shoh Yedip» va «Gamlet»dan yuqori qo’yadi. Dostoyevskiy romani haqida: «Bu yo’nalishda rus yozuvchisining romani bir qadam olg’a ketadi», degan so’zlarni yozadi.3131«Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» Freydning bevosita adabiy manbalar, ijodiy jarayonlar tahlili orqali yozilgan muhim tadqiqoti hisoblanadi.3232 Mazkur asar chechanlikning estetik funksiyasini psixologik omillar tizimi sifatida asoslashga 30 31 32.