Badiiy nutq va uning xususiyatlari
Reja:
1. Badiiy nutqning milliy va adabiy tildan farqlanish. Metatil tushunchasi.
2. Qahramon va muallif nutqi xususiyatlari.
3. Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari.
4. Badiiy nutqning tovush jihatdan shakllanishi. Fonika, fonologiya va
intonatsiya.
5. Poetik sintaksis va uning jihatlari
Tayanch tusunchalar: badiiy nutq, adabiy til, metatil, qahramon va muallif
nutqi, poetik leksika, ko‘chim, ko‘chim turlari, fonika, fonologiya, intonatsiya,
poetik sintaksis.
Badiiy asar tili – ayrim manbalarda poetik til; muayyan bir asarning so‘z orqali
ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga
chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli
badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning
tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab
“poetik til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar
yozishdan oldin uni o‘quvchilarga etkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan,
muayyan tabiiy-milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z
jumlalari bilan ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta
ishlangani, unga ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq
merosini olmaydi desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obekt,
sababi kitobxon o‘sha jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.
Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil
deyiladi. Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat
bo‘lishi mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya
holatlari, ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan
bo‘ladi. Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.
Stilizatsiya – usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni
tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda
fonika deb nomlangan qismning obekti hisoblanadi.
Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati,
ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz
adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili
hisoblanadi.
Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar
kuzatiladi.
Assonans (lotincha: assono – tovush; fransuzcha: assonanse – uyg‘unlik) –
unlilarning uyg‘unligi. Asosan, urg‘u olgan bo‘g‘inlar Assonans bo‘lib keladi.
Assonans ma’noni kuchaytirish, urg‘u berilayotgan so‘zning ta’sir-chanligini
oshirish uchun qo‘llanadi. Mas., ushbu she’rda u va yu tovushlari yordamida A.
hosil qilingan:
Broju li ya vdol ulits shumnыx,
Vxoju l vo mnogolyudnыy xram,
Siju l mej yunoshey bezumnыx
Ya predayus moim mechtam.
(A.S.Pushkin)
Assonans istilohi rus she’riyatida noaniq qofiya ma’nosida ham ishlatiladi.
Bunda urg‘u olgan unli tovushlar uyg‘un holda keltirilib, undosh tovushlarning
uyg‘unligi mutlaqo kuzatilmaydi. Mas., rus t.da ogromnost – opomnyus; jajda –
jalko.
Sharq she’riyatida assonansdan unumli foydalaniladi. Ayniqsa, aruz vazni o‘z
tabiatiga ko‘ra cho‘ziq unlilarning uyg‘unligiga asoslangani uchun A. turkiy
she’riyatdagi eng faol vositalardan hisoblanadi.
Mas.,
Iloho podshoho kirdikoro,
Sango ochug‘ nihonu oshkoro
(Alisher Navoiy)
Yoki:
Men ketay deb, tez etay deb
bog‘ladim belga kamar,
Sen netay deb, sabr etay deb
solmading dilga kadar.
(CHo‘lpon)
Alliteratsiya (lotincha: al – ga, uchun; littera – harf, yozuv) – she’rdagi undosh
tovushlarning uyg‘unligi asosida yaratilgan badiiy san’at (vosita). Fonika, ya’ni
adabiyotshunoslikda badiiy asarning tovush jihati va ohang tizimini o‘rganishda
muhim poetik hodisa sanaladi. Bunda bir xil undoshlar yoki o‘zaro yaqin
ohangdosh undoshlar uyg‘un kelishi asosida ohangdorlik kuchaytirilishi,
ta’sirchanlik oshirilishi mumkin. Alliteratsiya, ko‘pincha, misradagi so‘zlarning
boshlang‘ich bo‘g‘inlarida keladi. Ta’sirchanlikni oshirishga qaratilgan A. ko‘proq