Badiiy obraz

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

25,1 KB


Badiiy obraz
Reja:
1. Obraz va uning xillari
2. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlari
3. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki
Badiiylik – san’atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi
asosiy  vositalardan  biri  –  badiiy  obrazlardir  va  u  adabiyotshunoslik  fanining
markaziy muammosi sanaladi. 
Chunki  adabiyotshunoslik  ilmida  “obraz”  deganda  inson  ongida  in’ikos
etilgan voqea – hodisalargina emas, balki shu bilan birga so’z vositasida san’atkor
tomonidan anglangan, qayta ishlangan (bichib to’qilgan) va tasvirlangan hayot
tushuniladi. “... Unda hyech bir tasodifiy va ortiqcha narsa yo’q. Hamma qismlar
butunga buysungan, hammasi bitta maqsadga yo’naltirilgan, hammasi birlikda bitta
go’zallik, yaxlitlik, individuallikni maydonga keltiradi”.1 
Shuning uchun ham biz bu odam Yusufbek hoji, bu odam Qori Ishkamba,
mana bu qiz Layli, mana bu yigit Majnun deymiz. Ularning har biri “Voqyelikdagi
ma’lum hodisalarning mag’zini chaqib beradigan, umumlashtiruvchi... har qanday
voqyeiy hodisadan yuksak... har qanday tarixdan ishonchliroqdir” (V.Belinskiy).
Lekin “obraz” atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, falsafada
hayotni inson ongidagi in’ikosini – obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. “Fan –
voqyelik faktlaridan ularning mohiyatini – g’oyasini ajratib oladi” (V.Belinskiy),
undagi obrazning maqsadi – ana shu g’oya (tushuncha, muhokama, isbot, xulosa)ni
ta’kidlash, ko’rgazmali tarzda yetkazishdir. Fandagi obraz voqea – hodisaning
shunchaki tashqi ko’rinishi emas, balki ana shu ko’rinishlarning eng tipigi (o’rnakli
misolini,  eng  arzirli  namunasi)ni  ifodalashga  xizmat  qiladi,  u  ko’rgazmali
1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур  Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти, 1977, 101-бет.
Logotip
Badiiy obraz Reja: 1. Obraz va uning xillari 2. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlari 3. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki Badiiylik – san’atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri – badiiy obrazlardir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy muammosi sanaladi. Chunki adabiyotshunoslik ilmida “obraz” deganda inson ongida in’ikos etilgan voqea – hodisalargina emas, balki shu bilan birga so’z vositasida san’atkor tomonidan anglangan, qayta ishlangan (bichib to’qilgan) va tasvirlangan hayot tushuniladi. “... Unda hyech bir tasodifiy va ortiqcha narsa yo’q. Hamma qismlar butunga buysungan, hammasi bitta maqsadga yo’naltirilgan, hammasi birlikda bitta go’zallik, yaxlitlik, individuallikni maydonga keltiradi”.1 Shuning uchun ham biz bu odam Yusufbek hoji, bu odam Qori Ishkamba, mana bu qiz Layli, mana bu yigit Majnun deymiz. Ularning har biri “Voqyelikdagi ma’lum hodisalarning mag’zini chaqib beradigan, umumlashtiruvchi... har qanday voqyeiy hodisadan yuksak... har qanday tarixdan ishonchliroqdir” (V.Belinskiy). Lekin “obraz” atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, falsafada hayotni inson ongidagi in’ikosini – obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. “Fan – voqyelik faktlaridan ularning mohiyatini – g’oyasini ajratib oladi” (V.Belinskiy), undagi obrazning maqsadi – ana shu g’oya (tushuncha, muhokama, isbot, xulosa)ni ta’kidlash, ko’rgazmali tarzda yetkazishdir. Fandagi obraz voqea – hodisaning shunchaki tashqi ko’rinishi emas, balki ana shu ko’rinishlarning eng tipigi (o’rnakli misolini, eng arzirli namunasi)ni ifodalashga xizmat qiladi, u ko’rgazmali 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 101-бет.
(illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati
bo’lsa-da, lekin voqyelik faktlarini mubolag’ali tarzda ko’rsata olmaydi. Hayotda
“obraz” atamasi  yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni  suratli (fotografik)
obraz deb yuritish mumkin. U ham voqea – hodisani aks ettirishda eng xarakterli
vaziyat va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo’ysunadi va uning asosiy
maqsadi  –  voqea  –  hodisaga  xos  bo’lgan  individuallikni  ko’rsatishdir.  Uning
asosida individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko’zga tashlansa-da, u orqali
suratkash  o’zining  unga  bo’lgan  hissiy  munosabatlarini  bera  olmaydi.  Shu
sababdan ham ularning ta’sir doirasi tor bo’ladi va barchaga zavq bera olmaydi,
maftun etolmaydi. San’at va adabiyotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan
bo’ladi, chunki hayotiy voqea – hodisalar san’atkorning aql - tafakkuri, qalbi, ruhi,
salohiyati bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor “unga o’z idealini singdiradi va
shunga ko’ra qayta yaratadi”, “oqilana voqyelikning bunyodkori” (V. Belinskiy)
bo’ladi. Natijada bu obraz go’zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qalbini zabt
etadi. V.Belinskiy aytganidek, “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni
va  joni,  uning  shu’lasi  va  quyoshi”ga  aylanadi.  Chunki  obraz  jonli  harakati,
jozibadorligi va yorqinligi bilan o’zida voqea – hodisalarning qonuniyatini asosli
va chuqur mujassam etadi. 
Badiiy obraz xususiyatlarini o’rganishni atamaning mazmunidan boshlagan
ma’qulroq.  “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz”
so’zidan “razit” (“chizmoq, yo’nmoq, o’ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib,
o’yib,  yo’nib  shakl  yasamoq”)  so’zi  yasalgan.  “Obrazit”dan  “obraz”
(“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan.  
“Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so’z bo’lib, u voqea – hodisalarning
xayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda,
avvalo, odamzotni azob – uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan
yuborilgan  Iisus  Xristos   (Iso  payg’ambar)ning  rassomlar,  haykaltaroshlar
tasvirlagan qiyofasini tushunishgan. 
Xristian (nasroniy) dinida payg’ambar Isoning tug’ilishi, hayoti, o’limi bilan
bog’liq  voqealarni  aks  ettiruvchi  san’at  asarlarini  yaratish  keng  tarqalgan.
Rassomlar, haykaltaroshlar o’z xayol – tasavvurlari asosida Isoga bag’ishlangan
Logotip
(illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati bo’lsa-da, lekin voqyelik faktlarini mubolag’ali tarzda ko’rsata olmaydi. Hayotda “obraz” atamasi yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni suratli (fotografik) obraz deb yuritish mumkin. U ham voqea – hodisani aks ettirishda eng xarakterli vaziyat va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo’ysunadi va uning asosiy maqsadi – voqea – hodisaga xos bo’lgan individuallikni ko’rsatishdir. Uning asosida individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko’zga tashlansa-da, u orqali suratkash o’zining unga bo’lgan hissiy munosabatlarini bera olmaydi. Shu sababdan ham ularning ta’sir doirasi tor bo’ladi va barchaga zavq bera olmaydi, maftun etolmaydi. San’at va adabiyotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan bo’ladi, chunki hayotiy voqea – hodisalar san’atkorning aql - tafakkuri, qalbi, ruhi, salohiyati bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor “unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra qayta yaratadi”, “oqilana voqyelikning bunyodkori” (V. Belinskiy) bo’ladi. Natijada bu obraz go’zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qalbini zabt etadi. V.Belinskiy aytganidek, “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”ga aylanadi. Chunki obraz jonli harakati, jozibadorligi va yorqinligi bilan o’zida voqea – hodisalarning qonuniyatini asosli va chuqur mujassam etadi. Badiiy obraz xususiyatlarini o’rganishni atamaning mazmunidan boshlagan ma’qulroq. “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz” so’zidan “razit” (“chizmoq, yo’nmoq, o’ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib, o’yib, yo’nib shakl yasamoq”) so’zi yasalgan. “Obrazit”dan “obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan. “Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so’z bo’lib, u voqea – hodisalarning xayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda, avvalo, odamzotni azob – uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg’ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan. Xristian (nasroniy) dinida payg’ambar Isoning tug’ilishi, hayoti, o’limi bilan bog’liq voqealarni aks ettiruvchi san’at asarlarini yaratish keng tarqalgan. Rassomlar, haykaltaroshlar o’z xayol – tasavvurlari asosida Isoga bag’ishlangan
ko’plab asarlar ijod qilishgan. Yog’och, tosh va boshqa materiallardan chizib,
o’yib, yo’nib yasalgan bu asarlar juda ta’sirchan yaratilgan”1. 
Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak, bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga
hayotning  hamma  (inson,  narsa,  buyum,  hayvon,  hodisa,  predmet,  o’simlik;
ko’chma ma’nodagi so’zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda – tasvir vositalari –
mubolag’a,  kichraytirish,  o’xshatish,  omonim,  sinonim  antonimlar;  anafora,
epifora, asindenton va sh. k.) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va
qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va birbutunlik kasb
etib muhrlanar ekan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir. Shu
nuqtai nazardan birgina misolga – benazir shoir, o’zbekning ko’z qorasi Hamid
Olimjonning “O’zbekiston” she’ridan kichik bir parchaga e’tibor qilaylik:
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,  
Dostonlarda bitgan guliston –
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur. 
Chiroylidir go’yo yosh kelin, 
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog’lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam
Aslo yo’qdir bundayin ko’klam.1
Unda O’zbekiston ham – obraz, ko’klam ham - obraz, “Chiroyldir go’yo
yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin” - o’xshatishi ham obraz. Lekin ularning
barchasi ham – ko’z o’ngimizda o’xshashi yo’q O’zbekistonni betakror ranglari,
ijodi, turmushi. baxti, tolesi, iqboli, yallasi, allasi, shirmoni, butun bag’riyu aziz
tuprog’i  bilan  yaqqol  va  butunligicha  aniq  gavdalantiradi,  qalbni  g’ururga
to’ldiradi. 
Biroq, V.Belinskiy ta’kid etganidek, san’atdagi eng oliy predmet - inson
hisoblanarkan,  demak,  “obraz”  atamasini  insonga  (badiiy  asardagi  insonga)
nisbatan qo’llash ma’quldir. Chunki, “Yozuvchining materiali – uning o’zi kabi
11 А.Улуғов. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Университет”, 2000, 14-бет.
11 Ҳ.Олимжон. МАТ, 1 – том, Т., “Фан”, 1979, 244-бет.
Logotip
ko’plab asarlar ijod qilishgan. Yog’och, tosh va boshqa materiallardan chizib, o’yib, yo’nib yasalgan bu asarlar juda ta’sirchan yaratilgan”1. Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak, bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga hayotning hamma (inson, narsa, buyum, hayvon, hodisa, predmet, o’simlik; ko’chma ma’nodagi so’zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda – tasvir vositalari – mubolag’a, kichraytirish, o’xshatish, omonim, sinonim antonimlar; anafora, epifora, asindenton va sh. k.) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va birbutunlik kasb etib muhrlanar ekan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir. Shu nuqtai nazardan birgina misolga – benazir shoir, o’zbekning ko’z qorasi Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ridan kichik bir parchaga e’tibor qilaylik: O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston, Dostonlarda bitgan guliston – O’zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Chiroylidir go’yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin. Qorli tog’lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. Chor atrofga yoyganda gilam Aslo yo’qdir bundayin ko’klam.1 Unda O’zbekiston ham – obraz, ko’klam ham - obraz, “Chiroyldir go’yo yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin” - o’xshatishi ham obraz. Lekin ularning barchasi ham – ko’z o’ngimizda o’xshashi yo’q O’zbekistonni betakror ranglari, ijodi, turmushi. baxti, tolesi, iqboli, yallasi, allasi, shirmoni, butun bag’riyu aziz tuprog’i bilan yaqqol va butunligicha aniq gavdalantiradi, qalbni g’ururga to’ldiradi. Biroq, V.Belinskiy ta’kid etganidek, san’atdagi eng oliy predmet - inson hisoblanarkan, demak, “obraz” atamasini insonga (badiiy asardagi insonga) nisbatan qo’llash ma’quldir. Chunki, “Yozuvchining materiali – uning o’zi kabi 11 А.Улуғов. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Университет”, 2000, 14-бет. 11 Ҳ.Олимжон. МАТ, 1 – том, Т., “Фан”, 1979, 244-бет.
xususiyatlar,  niyatlar,  xohishlarga  ega  bo’lgan,  did  va  kayfiyatlari  o’zgarib
turadigan insondir” (M.Gorkiy, 101-bet). Adabiyotda ana shu Insonga va unga
asoslanib hayotning qolgan barcha predmetlari, hodisalari  ham insoniylashadi;
Insonning badiiy kashfi uchun xizmat qiladilar. 
Badiiy obraz ko’rgazmali obrazdagi umumlashtirishni va suratli obrazdagi
individuallikni o’zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson –
umumiy  va  individual  tomonlarning  birligidan  iborat:  bir  tomondan,  u  jonli
mavjudotning bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron – bir urug’ning,
millatning, sohaning, mutaxassislikning vakili. Unga o’xshash minglab, millionlab
kishilar bor. Lekin, ayni paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham,
xarakteri jihatidan ham o’xshamaydi, ulardan farqlanib turuvchi o’z dunyosi bor.
Yozuvchi  muayyan  obrazda  voqea  –  hodisalarning  eng  muhim
xususiyatlarini  umumlashtiradi.  Jumladan,  “Sudxo’rning  o’limi”dagi  Qori
Ishkambada  bosh  xususiyat  qilib  xasislik,  ochko’zlik,  sudxo’rlik  xislatlari
shunchalik umumlashtirilganki, biz hayotda uchratgan xasis va sudxo’r kishilarni –
qori ishkambalar deb atayveramiz. 
Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o’ziga xos original
qilig’i, odati, o’y – orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor.
Bu o’ziga xosliklar – individuallashgan tarzda ro’yobga chiqqan va ular ta’kidlab
ko’rsatiladi, esda qoladigan qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini
ko’z o’ngimizga keltiraylik:
“U o’rta bo’yli, qorni katta, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta
va sergo’sht bir odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu
darajada ediki, uning gavdasi suv to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar
uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning
oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu tuyaning oshqozonidan
kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz, tullagan keksa
bo’g’oz cho’chqaning xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi,
T., 1978, 176-bet).
Ko’rinadiki,  bu  qiyofa  faqatgina  “Sudxo’rning  o’limi”dagi  Qori
Ishkambagagina  tegishlidir;  xasis,  ochko’z,  tekinni  ko’rsa  yeb  to’ymaydigan
qorining  judayam  aniq,  judayam  ishonchli,  judayam  esda  qoladigan  tarzdagi
Logotip
xususiyatlar, niyatlar, xohishlarga ega bo’lgan, did va kayfiyatlari o’zgarib turadigan insondir” (M.Gorkiy, 101-bet). Adabiyotda ana shu Insonga va unga asoslanib hayotning qolgan barcha predmetlari, hodisalari ham insoniylashadi; Insonning badiiy kashfi uchun xizmat qiladilar. Badiiy obraz ko’rgazmali obrazdagi umumlashtirishni va suratli obrazdagi individuallikni o’zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson – umumiy va individual tomonlarning birligidan iborat: bir tomondan, u jonli mavjudotning bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron – bir urug’ning, millatning, sohaning, mutaxassislikning vakili. Unga o’xshash minglab, millionlab kishilar bor. Lekin, ayni paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham, xarakteri jihatidan ham o’xshamaydi, ulardan farqlanib turuvchi o’z dunyosi bor. Yozuvchi muayyan obrazda voqea – hodisalarning eng muhim xususiyatlarini umumlashtiradi. Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambada bosh xususiyat qilib xasislik, ochko’zlik, sudxo’rlik xislatlari shunchalik umumlashtirilganki, biz hayotda uchratgan xasis va sudxo’r kishilarni – qori ishkambalar deb atayveramiz. Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o’ziga xos original qilig’i, odati, o’y – orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor. Bu o’ziga xosliklar – individuallashgan tarzda ro’yobga chiqqan va ular ta’kidlab ko’rsatiladi, esda qoladigan qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini ko’z o’ngimizga keltiraylik: “U o’rta bo’yli, qorni katta, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta va sergo’sht bir odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz, tullagan keksa bo’g’oz cho’chqaning xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi, T., 1978, 176-bet). Ko’rinadiki, bu qiyofa faqatgina “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambagagina tegishlidir; xasis, ochko’z, tekinni ko’rsa yeb to’ymaydigan qorining judayam aniq, judayam ishonchli, judayam esda qoladigan tarzdagi
portretidir;  ikkali  unsurning  –  umumlashtirish  va  individuallashtirishning
hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir. 
Demak,  umumlashmadan  individuallik,  individuallikdan  umumlashmalik
tug’ilgandagina,
 
to’g’rirog’i
 
ular
 
bir–birlarining
 
ichlarida
mujassamlashganlaridagina  (mazmun  va  shakl  hodisasiga  o’xshab)  –  yaxlitlik
vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta’sirdorlikka erishadi. Obraz
yaratila boshlaydi. 
Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok
etadi.  “Zotan,  butun  adabiyot  badiiy  to’qimalardan   iborat,  chunki  turmush
hodisalari zamon va makon ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u
o’zining mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so’zni bugun aytsa, ikkinchisini
bir  haftadan,  uchinchisini  bir  yildan  keyin  aytishi,  balki  hyech  bir
aytmay  o’tib  ketishi  ham  mumkin.  Yozuvchi  ana  shunday  odamni  ketma-ket
so’zlatadi.  Uning  mohiyati  va  tabiati  uchun  xarakterli  so’zlarning  hammasini
ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo,
badiiy  to’qimadagi  hayot  oddiy  turmushdan  ko’ra  realroq  va
to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab, voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot
tig’izroq, keskinroq, go’zalroq, yorqinroq, mag’izliroq, ma’nodorroqdir. 
Garchi  barcha  go’zallik  mavjud  voqyelikning  mazmunida  bo’lsa-da,
yozuvchi  qahramon  hayotining  shunday  nuqtalarini  tanlaydiki,  ular  asarning
g’oyasi  talabidan  kelib  chiqadi.  Ana  shu  g’oyaga  aloqasi  bo’lmagan  barcha
narsalardan  yozuvchi  voz  kechadi.  Jumladan,  “O’tgan  kunlar”da  Kumush
tasvirlanar  ekan,  u  o’zbek  xonadonida  bo’ladigan  birorta  yumush(kir  yuvish,
qozon-tovoqqa unnash, uy va hovli  supirish kabi o’nlab ishlar)ni  bajarmaydi.
Chunki  yozuvchi  Kumushning  faqatgina  bir  jihatini  –  Otabekka  sevgisini
ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni tasviridan asosli
ravishda voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli
gavdalantiradigan,  shu  muhabbat  mantig’iga  mos  keladigan,  badiiy  to’qima
yordamida kashf qilingan voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini,
ularning holatini eslang) tasvirlaydi. 
Odamlarning  hislarini  qo’zg’atish,  “tuyg’ularimizdagi  to’lqunlarni”
uyg’otmoq orqali hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan,
Logotip
portretidir; ikkali unsurning – umumlashtirish va individuallashtirishning hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir. Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik tug’ilgandagina, to’g’rirog’i ular bir–birlarining ichlarida mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl hodisasiga o’xshab) – yaxlitlik vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta’sirdorlikka erishadi. Obraz yaratila boshlaydi. Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok etadi. “Zotan, butun adabiyot badiiy to’qimalardan iborat, chunki turmush hodisalari zamon va makon ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o’zining mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so’zni bugun aytsa, ikkinchisini bir haftadan, uchinchisini bir yildan keyin aytishi, balki hyech bir aytmay o’tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni ketma-ket so’zlatadi. Uning mohiyati va tabiati uchun xarakterli so’zlarning hammasini ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo, badiiy to’qimadagi hayot oddiy turmushdan ko’ra realroq va to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab, voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot tig’izroq, keskinroq, go’zalroq, yorqinroq, mag’izliroq, ma’nodorroqdir. Garchi barcha go’zallik mavjud voqyelikning mazmunida bo’lsa-da, yozuvchi qahramon hayotining shunday nuqtalarini tanlaydiki, ular asarning g’oyasi talabidan kelib chiqadi. Ana shu g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz kechadi. Jumladan, “O’tgan kunlar”da Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek xonadonida bo’ladigan birorta yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa unnash, uy va hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning faqatgina bir jihatini – Otabekka sevgisini ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni tasviridan asosli ravishda voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli gavdalantiradigan, shu muhabbat mantig’iga mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang) tasvirlaydi. Odamlarning hislarini qo’zg’atish, “tuyg’ularimizdagi to’lqunlarni” uyg’otmoq orqali hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan,
demak, badiiy obraz mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek
hoji,  O’zbekoyim  ...  kabi)  bo’lgandagina  badiiy  qiymatga  ega  bo’ladi;  obraz
yaratishga  o’tadi:  undan  hayajonlanib  o’rnak  olamiz  yoki  nafratlanamiz,  his-
tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq” beramiz, yomonlari (salbiylari)ni
yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining - samimiy tasviridan ba’zan
yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz.
Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi
nega yig’laydi” (“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida
yozadi:
Uning  (“Dunyoning  ishlari”-H.U)  eng  oxirgi  sahifasi  qanday  tug’ilgani
hamon  ko’z  o’ngimda  turibdi.  Bahor  edi.  Kechasi  gumburlagan  tovushdan
uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar.
Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib
turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig’layapti...
Qo’rqib ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib ketdilar... Ko’z yoshi
tomgan sahifalarni beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu “Iltijo” degan
bob edi.
“Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q,
yo’q, yig’laganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi...”
Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas.
Biroq,  “Dunyoning  ishlari”ni  bir  boshidan  o’qib,  Onani  qattiq  sevib  qolgan
kitobxon bu satrlarni o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda
yosh bilan o’qib bergan ko’plab talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki
eshik  orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining “Oppoq,
oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki o’qigan kitobxonlar ham oz
emas.  Balki  muallifning  o’zi  ularni  rosmana  yig’lab  yozgani  uchun  ham
shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib
kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”.
Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz
uyg’onayapti? Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli
masalliqlarni  ajratishni,  eng  yaxshilarini  saralashni  va  bir  joyga  to’plashni-
Logotip
demak, badiiy obraz mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, O’zbekoyim ... kabi) bo’lgandagina badiiy qiymatga ega bo’ladi; obraz yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his- tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq” beramiz, yomonlari (salbiylari)ni yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining - samimiy tasviridan ba’zan yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz. Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi nega yig’laydi” (“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida yozadi: Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon ko’z o’ngimda turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu “Iltijo” degan bob edi. “Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’laganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi...” Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq, “Dunyoning ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan o’qib bergan ko’plab talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining “Oppoq, oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani uchun ham shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”. Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz uyg’onayapti? Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli masalliqlarni ajratishni, eng yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-