Badiiy obraz va obrazlilik

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

23,9 KB


Badiiy obraz va obrazlilik
Reja:
1. Badiiy obraz haqida tushuncha. Obrazlilik can’at va adabiyotning bosh
xususiyati.
2. Obrazning umumiy turlari: kishilar obrazlari, hayvonlar, narsa-predmetlar
va tabiat obrazi (peyzaj). 
3.  Asarda  kishilar  obrazi  va  ularning  ifodalanish:  personaj,  qahramon,
xarakter, tip.
4. Tabiat, jonzod va o‘simliklar obrazlari. Majoziy obrazlar.
5. Narsa-predmetlar obrazi. Ramziy obrazlar.
6. Obrazlarning ifodaviyligi: portret, prototip, arxetip.
Tayanch  tusunchalar: badiiy  obraz, obrazlilik,  umumiy  turlar, kishilar
obrazlari,  hayvonlar,  narsa-predmetlar, tabiat  obrazi  (peyzaj),  personaj,
qahramon, xarakter,  tip, majoziy obrazlar, ramziy obrazlar, portret,  prototip,
arxetip.
Obraz  lotincha  so‘z  bo‘lib,  “manzara”,  “ko‘rinish”  ma’nolarini  ifoalaydi.
Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa
va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini
anglatadi. 
Badiiy obraz1 – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy
idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har
qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya)
muayyan  terminologik  ma’noda  qo‘llanadi.  Jumladan,  estetika  va
adabiyotshunoslikda  u  “badiiy  obraz”  ma’nosida  tushuniladi.  Badiiy  obraz
deganda, borliq (undagi  inson,  narsa, hodisa  va h.)ning san’atkor  ko‘zi  bilan
1 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.
Logotip
Badiiy obraz va obrazlilik Reja: 1. Badiiy obraz haqida tushuncha. Obrazlilik can’at va adabiyotning bosh xususiyati. 2. Obrazning umumiy turlari: kishilar obrazlari, hayvonlar, narsa-predmetlar va tabiat obrazi (peyzaj). 3. Asarda kishilar obrazi va ularning ifodalanish: personaj, qahramon, xarakter, tip. 4. Tabiat, jonzod va o‘simliklar obrazlari. Majoziy obrazlar. 5. Narsa-predmetlar obrazi. Ramziy obrazlar. 6. Obrazlarning ifodaviyligi: portret, prototip, arxetip. Tayanch tusunchalar: badiiy obraz, obrazlilik, umumiy turlar, kishilar obrazlari, hayvonlar, narsa-predmetlar, tabiat obrazi (peyzaj), personaj, qahramon, xarakter, tip, majoziy obrazlar, ramziy obrazlar, portret, prototip, arxetip. Obraz lotincha so‘z bo‘lib, “manzara”, “ko‘rinish” ma’nolarini ifoalaydi. Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi. Badiiy obraz1 – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan terminologik ma’noda qo‘llanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u “badiiy obraz” ma’nosida tushuniladi. Badiiy obraz deganda, borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h.)ning san’atkor ko‘zi bilan 1 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.
ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda
borliqning ko‘plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o‘zi
emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir.
Xuddi shu hol badiiy obrazni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar birligiga aylantiradi.
Ya’ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda
mavjud bo‘lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha,
tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor
badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy
qayta  yaratadi. Shunga ko‘ra,  badiiy  obrazning  vujudga  kelishini  quyidagicha
sxemada ko‘rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi – tafakkur
kuchi  bilan  o‘z  ma’naviy-ruhiy  ehtiyojlariga  mos  ijodiy  qayta  ishlash  va
umumlashtirish – konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash.
Konkret his etiladigan tarzda ifodalangan B.o. qator spetsifik xususiyatlarga ega.
Avvalo, badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo‘ladi.
Voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan uning
o‘zigagina  xos  xususiyatlar  mujassamdir.  Narsa-hodisaning  umumiy
xususiyatlariga tayanuvchi abstrakt tafakkurdan farqli o‘laroq, obrazli tafakkur
uning individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman
odam haqida (mas., biolog umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so‘z
yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi.
Shu ma’noda konkretlilik – badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatidir. Misol
uchun,  A.Oripovning  “Ayol”  she’ridagi  ayol  obrazi  o‘zida  katta  badiiy
umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o‘quvchi tasavvurida konkret bir inson
sifatida gavdalanadi. San’at konkret narsa-hodisaning individual xususiyatlarini
bo‘rttirish orqali umumlashtirishga erishadi. Mas., A.Qahhor “O’g‘ri” hikoyasida
amin haqida: “og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”,
“chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” qabilidagi individual
belgilarni  bo‘rttiradi.  Shu  individual  belgilarni  bo‘rttirish  bilan  adib  zamona
amaldorlariga xos umumiy xususiyatni – qo‘l ostidagi fuqaro taqdiriga befarqlikni
ko‘rsatadi. Ya’ni individuallashtirish hisobiga, bir tomondan, amin obrazi ko‘z
oldimizda konkret inson sifatida gavdalanadi, ikkinchi tomondan, obraz badiiy
umumlashmalilik kasb etadi. Shu tariqa badiiy obrazda bir-biriga zid ikki jihat
Logotip
ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning ko‘plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Xuddi shu hol badiiy obrazni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar birligiga aylantiradi. Ya’ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda mavjud bo‘lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha, tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi. Shunga ko‘ra, badiiy obrazning vujudga kelishini quyidagicha sxemada ko‘rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi – tafakkur kuchi bilan o‘z ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlash va umumlashtirish – konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash. Konkret his etiladigan tarzda ifodalangan B.o. qator spetsifik xususiyatlarga ega. Avvalo, badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo‘ladi. Voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan uning o‘zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga tayanuvchi abstrakt tafakkurdan farqli o‘laroq, obrazli tafakkur uning individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (mas., biolog umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so‘z yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Shu ma’noda konkretlilik – badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatidir. Misol uchun, A.Oripovning “Ayol” she’ridagi ayol obrazi o‘zida katta badiiy umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o‘quvchi tasavvurida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. San’at konkret narsa-hodisaning individual xususiyatlarini bo‘rttirish orqali umumlashtirishga erishadi. Mas., A.Qahhor “O’g‘ri” hikoyasida amin haqida: “og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”, “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” qabilidagi individual belgilarni bo‘rttiradi. Shu individual belgilarni bo‘rttirish bilan adib zamona amaldorlariga xos umumiy xususiyatni – qo‘l ostidagi fuqaro taqdiriga befarqlikni ko‘rsatadi. Ya’ni individuallashtirish hisobiga, bir tomondan, amin obrazi ko‘z oldimizda konkret inson sifatida gavdalanadi, ikkinchi tomondan, obraz badiiy umumlashmalilik kasb etadi. Shu tariqa badiiy obrazda bir-biriga zid ikki jihat
(individuallik  va  umumiylik)  uyg‘un  birikadi.  Shunga  o‘xshash,  badiiy  obraz
o‘zida aql bilan hisni ham birlashtiradi, shu bois uni ratsional va emotsional birlik
sifatida  tushuniladi.  Badiiy  obrazdagi  ratsional  jihat  shuki,  uning  yordamida
ijodkor  o‘zini  qiynagan  muammolarni  badiiy  idrok  etadi.  Mas.,  “Kecha”
romanidagi qator obrazlar yordamida Cho‘lpon Turkistonning tarixiy taraqqiyoti
masalalari, yurtining ertasi bilan bog‘liq muammolarni badiiy tadqiq etadi, obrazlar
tizimi  vositasida  bu  boradagi  fikr-qarashlarini  shakllantiradi  va  o‘zi  anglagan
haqiqatni  badiiy  kontseptsiya  (tugal  bir  qarash,  tizim  holidagi  badiiy  xulosa)
tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asardagi obrazlarda adibning hissiy munosabati
ham o‘z aksini topgan. Hissiy munosabat badiiy kontseptsiyani shakllantirishda,
asar mazmunining o‘quvchiga yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir
konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo‘lib, bu, birinchi galda, ijodiy niyat
bilan bog‘liqdir. “Kecha”ning boshlanishidayoq Cho‘lpon Zebiga bir turli, Razzoq
so‘figa  yana  bir  turli,  Akbaraliga  esa  boshqa  bir  turli  munosabatda  bo‘ladi.
Voqealar rivoji davomida hissiy munosabatda ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi.
Jumladan, asar boshlanishidagi Zebiga shaydolik to‘la mehr susayib (adib xarakter
mohiyatini xolis idrok etadi), Razzoq so‘fi yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat
qisman achinishga (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi) aylanib boradi.
Ya’ni  xarakter  mohiyatiga  kirilgani  sari  hissiy  munosabatda  o‘zgarish  yuzaga
keladi. Hissiy munosabatdagi o‘zgarish o‘qish jarayonida kitobxonga ham o‘tadi va
ayni shu narsa uni  asar  mazmunini adib istagandek tushunishiga yo‘naltiradi.
Demak,  B.o.dagi  ratsional  va  emotsional  jihatlar  uyg‘unligi  badiiy
kontseptsiyaning shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek muhim ekan. 
Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning ko‘p ma’noliligi
bo‘lib, bu uning metaforikligi va assotsiativligi bilan belgilanadi. Badiiy obrazga
xos  “metaforiklik”ni  “o‘xshashlik”  bilangina  bog‘lab  qo‘ymaslik  lozim.  Ya’ni
“metaforiklik” deganda, badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa
orqali  ochishga  intilishi,  san’atga  xos  fikrlash  yo‘sini  tushuniladi.  Chinakam
san’atkor  nigohi  mohiyatga  qaratiladi,  u  narsa-hodisalar  orasidagi  tashqi
o‘xshashlikka emas, nigohimizdan yashirin ichki o‘xshashligiga tayanib fikrlaydi.
U biz kutmagan ichki o‘xshashlikni kashf etadi, natijada o‘sha biz bilgan narsa-
hodisa ko‘z oldimizda butkul yangicha bir tarzda gavdalanadi, o‘zining bizga
Logotip
(individuallik va umumiylik) uyg‘un birikadi. Shunga o‘xshash, badiiy obraz o‘zida aql bilan hisni ham birlashtiradi, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o‘zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Mas., “Kecha” romanidagi qator obrazlar yordamida Cho‘lpon Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi bilan bog‘liq muammolarni badiiy tadqiq etadi, obrazlar tizimi vositasida bu boradagi fikr-qarashlarini shakllantiradi va o‘zi anglagan haqiqatni badiiy kontseptsiya (tugal bir qarash, tizim holidagi badiiy xulosa) tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asardagi obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o‘z aksini topgan. Hissiy munosabat badiiy kontseptsiyani shakllantirishda, asar mazmunining o‘quvchiga yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo‘lib, bu, birinchi galda, ijodiy niyat bilan bog‘liqdir. “Kecha”ning boshlanishidayoq Cho‘lpon Zebiga bir turli, Razzoq so‘figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli munosabatda bo‘ladi. Voqealar rivoji davomida hissiy munosabatda ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, asar boshlanishidagi Zebiga shaydolik to‘la mehr susayib (adib xarakter mohiyatini xolis idrok etadi), Razzoq so‘fi yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat qisman achinishga (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi) aylanib boradi. Ya’ni xarakter mohiyatiga kirilgani sari hissiy munosabatda o‘zgarish yuzaga keladi. Hissiy munosabatdagi o‘zgarish o‘qish jarayonida kitobxonga ham o‘tadi va ayni shu narsa uni asar mazmunini adib istagandek tushunishiga yo‘naltiradi. Demak, B.o.dagi ratsional va emotsional jihatlar uyg‘unligi badiiy kontseptsiyaning shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek muhim ekan. Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning ko‘p ma’noliligi bo‘lib, bu uning metaforikligi va assotsiativligi bilan belgilanadi. Badiiy obrazga xos “metaforiklik”ni “o‘xshashlik” bilangina bog‘lab qo‘ymaslik lozim. Ya’ni “metaforiklik” deganda, badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san’atga xos fikrlash yo‘sini tushuniladi. Chinakam san’atkor nigohi mohiyatga qaratiladi, u narsa-hodisalar orasidagi tashqi o‘xshashlikka emas, nigohimizdan yashirin ichki o‘xshashligiga tayanib fikrlaydi. U biz kutmagan ichki o‘xshashlikni kashf etadi, natijada o‘sha biz bilgan narsa- hodisa ko‘z oldimizda butkul yangicha bir tarzda gavdalanadi, o‘zining bizga
noayon  qirralarini  namoyon  qiladi.  Mas.,  shoir  (X.Davron)  rangtasvir  san’ati
haqida  yozadi:  “Musavvir  bo‘lmoq  ersang,  Tilingni  sug‘urib  ol  Va  yaradan
to‘kilgan  qon  rangiga  quloq  sol”.  Albatta,  rangtasvirda  ranglar  “gapirishi”
hammaga ma’lum, biroq ayni shu fikrni “gapirayotgan qon rangi” obrazi orqali
berilgani – kashfiyot, metaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga
soladi, shuurimizda muqim o‘rnashadi. Mohiyatga qaragan san’atkor qobig‘iga
o‘ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko‘lmakdagi tilla baliqcha yoxud o‘zida
cheksiz kuch-qudrat sezgani holda maqsadsiz yashayotgan odam bilan bemaqsad
uchib  yurgan  burgut  orasida  (A.Oripov),  turg‘unlikning  biqiq  muhitida
yashayotgan ziyoli bilan bir izdan beto‘xtov yurayotgan tramvay (A.A’zam) yoki
qatag‘on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga
oppoq  gul  uzatgancha  nafis  chayqalayotgan  na’matak  (Oybek)  orasida
o‘xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib beradi. Keltirilgan
misollar obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, asssotsiativlik umuman inson tafakkuriga xos, tashqi olam ta’sirida
ongimizda  biror  narsaning  aksi  paydo  bo‘lishi  hamono  u  bilan  bog‘liq
assotsiatsiyalar ham uyg‘onadi. Mas., “qish” deyilishi bilan xayolimizda assotsiativ
tarzda “qor”, “sovuq”, “po‘stin”, “chana” kabi u bilan bog‘liq tushunchalar ham
uyg‘onadi. Obrazli tafakkur yuksak darajada assotsiativ sanalishiga sabab shuki,
reallikda ko‘rilgan bir narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan
mutlaqo aloqasi bo‘lmagan narsani uyg‘otishi mumkin. Shu bois ham san’atkor
yuqoridagicha  o‘xshashliklarni  topadi  va  B.o.da  aks  etiradiki,  natijada  obraz
yuksak  darajadagi  assotsiativlik  kasb  etadi,  shu  asosda  u  ko‘p  ma’nolilik
xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Buni,  ayniqsa,  assotsiativlik  darajasi  yuqori  bo‘lgan
ramziy  obrazlar  misolida  yaqqol  ko‘rishimiz  mumkin.  Mas.,  Oybekning
“Na’matak” she’ridagi tabiat manzarasini badiiy obraz deb olsak, tabiiyki, uning
birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o‘zi. Holbuki, o‘z vaqtida shoir assotsiativ
ravishda shu manzarada istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini ko‘rgan va
shu ma’noni ifodalagan. Shu bilan birga, obrazning ma’no ko‘lami shular bilangina
cheklanmaydi: o‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi, she’rni o‘qish paytidagi ruhiy holati
bilan bog‘liq ravishda unda tamom boshqa mazmunni, o‘z mazmunini ham topishi
mumkin. Ko‘p ma’nolilik nafaqat ramziy, balki tom ma’nodagi realistik obrazlarga
Logotip
noayon qirralarini namoyon qiladi. Mas., shoir (X.Davron) rangtasvir san’ati haqida yozadi: “Musavvir bo‘lmoq ersang, Tilingni sug‘urib ol Va yaradan to‘kilgan qon rangiga quloq sol”. Albatta, rangtasvirda ranglar “gapirishi” hammaga ma’lum, biroq ayni shu fikrni “gapirayotgan qon rangi” obrazi orqali berilgani – kashfiyot, metaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda muqim o‘rnashadi. Mohiyatga qaragan san’atkor qobig‘iga o‘ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko‘lmakdagi tilla baliqcha yoxud o‘zida cheksiz kuch-qudrat sezgani holda maqsadsiz yashayotgan odam bilan bemaqsad uchib yurgan burgut orasida (A.Oripov), turg‘unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir izdan beto‘xtov yurayotgan tramvay (A.A’zam) yoki qatag‘on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga oppoq gul uzatgancha nafis chayqalayotgan na’matak (Oybek) orasida o‘xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib beradi. Keltirilgan misollar obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik bo‘lishini ko‘rsatadi. Ma’lumki, asssotsiativlik umuman inson tafakkuriga xos, tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo bo‘lishi hamono u bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham uyg‘onadi. Mas., “qish” deyilishi bilan xayolimizda assotsiativ tarzda “qor”, “sovuq”, “po‘stin”, “chana” kabi u bilan bog‘liq tushunchalar ham uyg‘onadi. Obrazli tafakkur yuksak darajada assotsiativ sanalishiga sabab shuki, reallikda ko‘rilgan bir narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan mutlaqo aloqasi bo‘lmagan narsani uyg‘otishi mumkin. Shu bois ham san’atkor yuqoridagicha o‘xshashliklarni topadi va B.o.da aks etiradiki, natijada obraz yuksak darajadagi assotsiativlik kasb etadi, shu asosda u ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Buni, ayniqsa, assotsiativlik darajasi yuqori bo‘lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mas., Oybekning “Na’matak” she’ridagi tabiat manzarasini badiiy obraz deb olsak, tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o‘zi. Holbuki, o‘z vaqtida shoir assotsiativ ravishda shu manzarada istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini ko‘rgan va shu ma’noni ifodalagan. Shu bilan birga, obrazning ma’no ko‘lami shular bilangina cheklanmaydi: o‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi, she’rni o‘qish paytidagi ruhiy holati bilan bog‘liq ravishda unda tamom boshqa mazmunni, o‘z mazmunini ham topishi mumkin. Ko‘p ma’nolilik nafaqat ramziy, balki tom ma’nodagi realistik obrazlarga
ham xos, faqat bunda ko‘p ma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi o‘zgacha, u
badiiy  obrazning  yaxshi  ma’nodagi  notugalligi  bilan  bog‘liqdir.  San’atkor
ifodalamoqchi bo‘lgan fikr badiiy obrazda tugal aytilmaydi (ya’ni kitobxon og‘ziga
chaynab solib qo‘yilmaydi), badiiy obrazning ayrim chizgilari punktir (uzuk-uzuk
chiziqlar)  bilan tortiladi. Ya’ni san’atkor  badiiy obrazda ma’lum  imkoniyatlar
yaratadi-da, ularni ro‘yobga chiqarishni o‘quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar,
ayniqsa, “ob’ektiv tasvir” yo‘sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida
turgan asarlarda kuchli namoyon bo‘ladi. Garchi asarda tasvirlangan narsa bitta
bo‘lsa-da, o‘quvchilar (ijodiy tasavvur imkoniyati, xarakteri, dunyoqarashi va b.ga
ko‘ra)  turlicha  bo‘lgani  uchun  konkret  badiiy  obraz  ularning  ongida  turlicha
akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois ham o‘quvchilar tasavvurida
minglab  Otabegu  Kumushlar,  Qobil  boboyu  Saidalar,  Zebiyu  Miryoqublar
yashaydi. Badiiy obrazga xos shu xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda
turlicha  tushunish,  uning  zamiridan  yangi-yangi  ma’nolarni  ochish  imkoni
yaratiladiki, ayni shu narsa chinakam san’at asarini boqiylikka daxldor etadi. 
Badiiy obraz turlari2 – adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif
etiladi, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog‘liqdir.
Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko‘ra ijobiy va salbiy obrazlar,
ijodiy metodga ko‘ra realistik, romantik va b., yaratilish usuliga ko‘ra fantastik,
grotesk  va  b.,  xarakter  xususiyati  va  estetik  belgisiga  ko‘ra  tragik,  satirik,
yumoristik obrazlar farqlanaveradi. Shuningdek, ba’zan badiiy obrazning tasvir
planidan  kelib  chiqib,  inson  obrazi,  jonivorlar  obrazi,  narsa-buyumlar  obrazi
tarzidagi atamalar ham qo‘llanadi. Albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar,
atamalar  ham  o‘rni  bilan  kerak.  Biroq  mavjud  tasniflarning  hech  biri  badiiy
obrazlarni  to‘la  qamrab  ololmaydi.  Qamrov  ko‘lami  kengroq  tasniflardan  biri
badiiy obrazlarni 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish darajasi; 3) tasvir va
ifoda qatlamlari munosabati (strukturasi)ga ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko‘zda
tutadi. 
Predmetlilik  darajasi  deyilganda,  badiiy  obraz  tasvirlayotgan  narsaning
ko‘lami nazarda tutilib, bu jihatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1)
detal obrazlar; 2) voqea-hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 4) dunyo va taqdir
obrazi  (badiiy  reallik).  Detal  obrazlar  (tafsilotlar,  narsa-buyumlar,  portret,
2 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.
Logotip
ham xos, faqat bunda ko‘p ma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi o‘zgacha, u badiiy obrazning yaxshi ma’nodagi notugalligi bilan bog‘liqdir. San’atkor ifodalamoqchi bo‘lgan fikr badiiy obrazda tugal aytilmaydi (ya’ni kitobxon og‘ziga chaynab solib qo‘yilmaydi), badiiy obrazning ayrim chizgilari punktir (uzuk-uzuk chiziqlar) bilan tortiladi. Ya’ni san’atkor badiiy obrazda ma’lum imkoniyatlar yaratadi-da, ularni ro‘yobga chiqarishni o‘quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatlar, ayniqsa, “ob’ektiv tasvir” yo‘sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turgan asarlarda kuchli namoyon bo‘ladi. Garchi asarda tasvirlangan narsa bitta bo‘lsa-da, o‘quvchilar (ijodiy tasavvur imkoniyati, xarakteri, dunyoqarashi va b.ga ko‘ra) turlicha bo‘lgani uchun konkret badiiy obraz ularning ongida turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois ham o‘quvchilar tasavvurida minglab Otabegu Kumushlar, Qobil boboyu Saidalar, Zebiyu Miryoqublar yashaydi. Badiiy obrazga xos shu xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha tushunish, uning zamiridan yangi-yangi ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu narsa chinakam san’at asarini boqiylikka daxldor etadi. Badiiy obraz turlari2 – adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etiladi, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog‘liqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko‘ra ijobiy va salbiy obrazlar, ijodiy metodga ko‘ra realistik, romantik va b., yaratilish usuliga ko‘ra fantastik, grotesk va b., xarakter xususiyati va estetik belgisiga ko‘ra tragik, satirik, yumoristik obrazlar farqlanaveradi. Shuningdek, ba’zan badiiy obrazning tasvir planidan kelib chiqib, inson obrazi, jonivorlar obrazi, narsa-buyumlar obrazi tarzidagi atamalar ham qo‘llanadi. Albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar, atamalar ham o‘rni bilan kerak. Biroq mavjud tasniflarning hech biri badiiy obrazlarni to‘la qamrab ololmaydi. Qamrov ko‘lami kengroq tasniflardan biri badiiy obrazlarni 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish darajasi; 3) tasvir va ifoda qatlamlari munosabati (strukturasi)ga ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko‘zda tutadi. Predmetlilik darajasi deyilganda, badiiy obraz tasvirlayotgan narsaning ko‘lami nazarda tutilib, bu jihatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1) detal obrazlar; 2) voqea-hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik). Detal obrazlar (tafsilotlar, narsa-buyumlar, portret, 2 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.
peyzaj)dan badiiy reallikning ikkinchi qatlami – ichki yoki tashqi harakatdan tarkib
topuvchi  voqea-hodisalar  obrazi  o‘sib  chiqadi.  Shu  harakat  ortida  turib  uni
yurgizayotgan  “xarakter  va  sharoit”  uchinchi  qatlamni  tashkil  qiladi  va
oldingilarini birlashtirgan holda “dunyo va taqdir” obrazini yuzaga keltiradi. Ya’ni
badiiy reallik g‘ishtchalardan – butunni tashkil qiluvchi unsurlardan tashkil topadi,
bu unsurlar o‘zaro predmetlilik darajasi, tasvir ko‘lami jihatidan farqlanadi. 
Umumlashtirish  darajasiga  ko‘ra  badiiy  obrazning  qator  ko‘rinishlari
farqlanadi. Jumladan, inson obraziga tatbiqan individual obraz, xarakter va tip
ajratiladi. Biroq bularning orasidagi farq doim ham yaqqol emas, bu xil tasnifda
muayyan shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deb o‘ziga xos fe’l-atvori,
gap-so‘zlari,  betakror  xarakter  xususiyatlari  bilan  namoyon  bo‘luvchi  obraz
tushuniladi (mas., “O’tmishdan ertaklar”dagi Babar, “Mening o‘g‘rigina bolam”
hikoyasidagi Roqiya bibi). Xarakter esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng
muhim,  xarakterli  umumiy  xususiyatlar  bilan  alohida  shaxsga  xos  individual
xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obrazdir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit,
davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz
esa tip deb yuritiladi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning yana
adabiy-madaniy an’analar doirasida muayyan turg‘un shaklga aylanib, asardan
asarga  ko‘chib  yurish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  motiv,  topos,  arxetip  deb
yuritiluvchi ko‘rinishlari ham ajratiladi. Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy
jihatlardan  muayyan  turg‘unlik  kasb  etgan,  bir  yoki  bir  necha  ijodkorning
asarlarida  qaytarilib  turishi  bilan  ularning  ijodiy  intilishlarini  namoyon  etib
turuvchi  obrazdir.  Mas.,  Cho‘lpon  ijodi  uchun  “yo‘l”  obrazi  motiv  sanalishi
mumkin.  Chunki  bu  obraz  uning  ham  she’riy,  ham  nasriy  asarlarida  tez-tez
takrorlanadi.  Yoki  “yulduz”,  “yo‘lchi”  motivlari  XX  asr  20  –  30-yillari
she’riyatida,  xususan,  A.Fitrat,  Cho‘lpon,  Oybek  va  U.Nosir  asarlarida  ko‘p
uchraydi. Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u milliy madaniyatda
katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. O’zbek mumtoz
she’riyatidagi  payg‘ambarlar  obrazlari,  gul  va  bulbul,  sham  va  parvona  kabi
takrorlanuvchi  obrazlar  topos  sanalishi  mumkin.  Arxetip  deganda  esa  inson
tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg‘un “sxema”lar, konstruktsiyalar,
qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi
Logotip
peyzaj)dan badiiy reallikning ikkinchi qatlami – ichki yoki tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi o‘sib chiqadi. Shu harakat ortida turib uni yurgizayotgan “xarakter va sharoit” uchinchi qatlamni tashkil qiladi va oldingilarini birlashtirgan holda “dunyo va taqdir” obrazini yuzaga keltiradi. Ya’ni badiiy reallik g‘ishtchalardan – butunni tashkil qiluvchi unsurlardan tashkil topadi, bu unsurlar o‘zaro predmetlilik darajasi, tasvir ko‘lami jihatidan farqlanadi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning qator ko‘rinishlari farqlanadi. Jumladan, inson obraziga tatbiqan individual obraz, xarakter va tip ajratiladi. Biroq bularning orasidagi farq doim ham yaqqol emas, bu xil tasnifda muayyan shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deb o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz tushuniladi (mas., “O’tmishdan ertaklar”dagi Babar, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi Roqiya bibi). Xarakter esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obrazdir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz esa tip deb yuritiladi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning yana adabiy-madaniy an’analar doirasida muayyan turg‘un shaklga aylanib, asardan asarga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko‘rinishlari ham ajratiladi. Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg‘unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir. Mas., Cho‘lpon ijodi uchun “yo‘l” obrazi motiv sanalishi mumkin. Chunki bu obraz uning ham she’riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki “yulduz”, “yo‘lchi” motivlari XX asr 20 – 30-yillari she’riyatida, xususan, A.Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va U.Nosir asarlarida ko‘p uchraydi. Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u milliy madaniyatda katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. O’zbek mumtoz she’riyatidagi payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin. Arxetip deganda esa inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg‘un “sxema”lar, konstruktsiyalar, qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi