Ilmiybaza.uz
BADIIY SAN’ATLAR
Ming yillik tarixga ega bo’lgan adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha
she’r ahlining diqqat markazida bo’lib kelgan. U yoki bu san’atkor salohiyati haqida
so’z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga
e’tibot qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foydalanish
mahorati hamma davrlarda badiiy san’atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida
baholangan.
She’riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan g’oyalarning hayotiyroq,
ta’sirchanroq
ifodalanishiga,
lirik
va
epik
timsollarning
yorqinroq
gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi,
jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu asarga baho berilar ekan, ijodkor
ifodalayotgan g’oya o’z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma’rifiy-
tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko’lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda
qo’llangan she’riy san’atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar
mazmunini ochishdagi o’rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida e’tibot
ilingan.
Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she’riy san’atlar shoir
badiiy iqtidorini namoyish qilish emas, balki ijodkor badiiy tafakkuri dahosining
ko’lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g’oyalarni jilolantirish san’atkotligi ifodasi bo’lib
kelgan.
Ilmiybaza.uz
Bobur - lirik san’atkor. Turli –tuman she’riy san’atlardan badiiylikka erishishda,
tasvirning real va jonli bo’lishini ta’minlashda ustalik bilan keng foydalandi. U inson
qalbidagi hayajon va quvonchlari, iztirob va orzularini butun ko’lami va nozikliklari
bilan his etadi, ayniqsa, mo’jaz badiiy lavhalar, jonli sanalar yaratishda shoir katta
mahorat namoyish qiladi.Umuman olganda, she’rda g’oyaviy butunlikka erishishni
Bobur badiiylikning asosiy shartlaridan biri deb hisoblagan. “Bobur ruboiylari, -
degan edi Oybek, -uning poeziyasining cho’qqisidir. Umar Xayyomning ruboiylari
kabi uning ruboiylari ham falsafiy fikrlarga boy, shaklan mukammaldir”.2
Masalan, ruboiylarning birida uchrashuvga bora olmagan oshiqning ma’shuqa
oldida o’zini oqlash sahnasi nihoyatda go’zal, esda qolarlik; oshiq kela
olmaganligining sabablarini ham ma’shuqaga cheksiz muhabbati, uning ishqida
o’rtanishi bilan izohlaydi, o’z gunohsizligiga “mantiqiy dalillar” keltiradi:
Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi,
Vaslingga yetishmadim jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin
Yo’l bolchiq edi, kecha qorong’u erdi.
Bobur inson va uning go’zalligini, sevgi, sadoqat, vafo, do’stlik kabi insoniy
fazilatlarni, ulug’lovchi, ezgu intilishlar va orzularni targ’ib etuvchi go’zal asarlari
bilan, ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik va hayotsevarlik g’oyalari bilan,
o’quvchiga zavq-shavq baxsh etuvchi yuksak badiiy san’atko Sendin ayru
naylagaymen ayshu sahbo xushlug’in
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug’in, -
deya murojaat qildi ham uni umumga naf keltiruvchi xalqchil faoliyatga, ezgu
ishlarga da’vat etdi:
Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q –
Ilmiybaza.uz
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’!
Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek mumtoz she’riyatining o’ziga
xosligini, milliyligini, latofatiyu nazokatini, rang-barangligini, estetik go’zalligini,
jozibadorligiyu ta’sirchanligini namoyon qiluvchi vasitalardan biri bu badiiy
san’atlardir. She’r san’atlari o’zbek mumtoz adabiyotida shu qadar ko’p va rang-
barangki, ularning umumiy miqdorini aniqlash qiyin. Shuni aytish lozimki, barcha
she’rlarda qo’llangan she’r san’atlarining umumiy bo’g’liqlik jihatlari ko’p, ammo
arab, fors-tojik va turkiy she’r san’atlarining mushtarak jihatlari ko’p. Sharq
poetikasiga oid tadqiqotlarda arab va fors she’riyati san’atlari tahlil qilingan bo’lsa-
da, ular o’zbek she’riyatidagi badiiy san’atlarni o’rganishda ham qo’l keladi.
Chunki, yuqorida qayd etilganidek, she’r san’atlari borasidagi kuzatishlar , umumiy
qonuniyatlar Sharq xalqlari uchun bir xildir. O’zbek she’r san’atlari hali atroflicha
tahlil qilingani yo’q, lekin ayrim ilmiy kuzatishlar mavjud. Masalan,
V.Rahmonovning “She’r san’atlari” o’quv qo’llanmasi, M.Shayxzoda, A.Rustamov,
N.Mallayev, A.Hayitmetov, YO.Ishoqov, B.Sarimsoqov, U.To’ychiyev va boshqa
olimlarning qilgan ishlari mavjud. Ammo, bular kam. Chunki, she’r san’atlarini ham
nazariy, ham amaliy jihatdan bilmasdan o’zbek adabiyotini, ayniqsa, she’riyatinini
o’rganib bo’lmaydi. Biz ham mana shuning uchun ham Bobur ruboiylaridagi badiiy
san’atlarni o’rganishga jazm etdik. Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatida badiiy
san’atlar shu qadar o’rinli va chiroyli qo’llanganki, she’rlarining ta’sirchanligini
oshirishga katta hissa qo’shgan.Misol:
Kopdin berikim yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.
Bu ruboiyning g’oyaviy negizida ayriliq, hijron tuyg’usi yotadi, unda ijtimoiy rang
quyuq, ya’ni yor bilan barobar diyor qayg’usi asosiy planda talqin etilgan.
Ilmiybaza.uz
Mumtoz poetikada nido degan san’at bor. Agar shoir o’zining sub’yektiv fikru
tuyg’ularini insonga, tabiatdagi biror narsa yoki predmetga murojaat qilish yo’li
bilan ifoda etsa, o’sha nido san’atini amalda qo’llagan bo’ladi. Bobur bu san’atni
ruboiylarida ko’p qo’llagan.Masalan, shoir ba’zi she’rlarida o’z kechinmalarini “
bodi sabo”, “yel”, “ subh”, ”ko’ngil” kabilarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish
orqali tasvirlab :
Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar,
Mendin degil ul yori parishong’a xabar.
Necha safar o’z ko’nglung uchun qilg’aysen,
Endi bizning uchun ayla bu yong’a safar.
Bobur bu she’rni yozishda nido san’atini qo’llagan, ya’ni she’rni “Ey bodi sabo”
degan xitob so’zlari bilan boshlagan. Bu bilan shoir badiiy tasvir vositalaridan
hayotiy real kechinmalar tasviri uchun foydalangan.
Bobur qaysi mavzuda ruboiy yozmasin, albatta, uning o’ziga xos va betakror
ohangini topgan. Boshqacha qilib aytganda, shoir ruboiylarida mazmun va shakl
birligi bor.
Badiiy (she’riy) san’atlar Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek
adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi,
jozibadorligi, va ta’sirchanligini ifodalovchi vositadir. Badiiy sa’natlar uch guruhga
bo’linadi:
1.
Ma’naviy (ma’noga tegishli) san’atlar.
Ilmiybaza.uz
2.
Lafziy (shaklga oid) san’atlar.
Ma’naviy va lafziy san’atlar. Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli
zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir
ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr
qal’a-sining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga
bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslarni
lol qoldiradi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam:
mazmunli, ta’sirchan.
Biz “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Bobur “Devoni”va boshqa manbalarni
sinchiklab o’qish natijasida bu she’rning yaratilish tarixini taxmin qilib ko’rdik. Bu
ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh
marotaba yurishlarning birida yozilganmi?
Bizningcha, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik
paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor
“Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Biz ruboiyni quyidagicha uch xil o’qishga
moyilmiz. To’g’rirog’i, she’rning to’rtinchi misrasini yana uch xil yangi mazmun
ilovasi bilan o’qiymiz. Birinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Ilmiybaza.uz
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Bunga ko’ra rubioy Boburning jufti xaloli gulyuzli Mohim begimga atalgan.
Ikkinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux mohim.
Bu holatda to’rtlik shoirning xotini oyday Gulrux begimga bag’ishlangan.
Uchinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux, Mohim.
Boburning bir ruboiysining bir misrasini to’rt xil talqin qilishning o’ziyoq uning
mahorati yetuk shoir ekanligidan dalolat berib turibdi. Mumtoz Sharq poetikasida
“iyhom” nomli badiiy san’at bo’lib, buning lug’aviy ma’nosi “gumonsiratish” dir.
Iyhom o’ta nozik san’at bo’lgani uchun Alisher Navoiy bu san’atni “xossa ma’no”
(eng nozik ma’nolar) ni ifodalaydigan san’at ekanligini uqtirgan:
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Ilmiybaza.uz
Aning kunda yuz bayti havlom erur,
deya daho shoirimiz o’z cheksiz imkoniyati bilan faxrlangan edi. Bobur ana shu
san’atda qayta-qayta kitobxon qarshisida ma’no-mazmun rang-barangligini
namoyishkorona uyushtiradi. Quyidagi dilkash, jozib baytni o’qib, zukkolarcha
idrokini ishga sola olgan kitobxon “so’rorim bor” birikmasini “so’ramoqchiman” va
“so’rmoqchiman” ma’nolarida fahmlay oladi:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qilid, men ondin bir so’rorim bor.
Ushbu san’atda Alisher Navoiygacha yashagan mumtoz shoirlarimiz orasida eng
ko’p baytlar yaratgan shoirimiz Mavlono Lutfiy Shoshiy (Toshkandiy) bo’ladilar.
Bobur mahorati tafre’ san’atini qo’llashda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu badiiy
san’atni qo’llagan san’atkor ko’rinib turgan narsani “bu emas” deydida, “mana bu”
deb boshqa bir o’xshash narsani aytib, ajoyib mubolag’ali, o’ta ta’sirchan badiiy
voqelikni yaratadi:
Sel emasdir yer yuzin tutqan – ko’zumning yoshidur,
Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon – ko’ngul afg’onidur.
Mazmuni: Yer yuzini tutib ketgan sel emas, balki ko’z yoshlarimdir. Osmonga
qasirg’alar tashlayotgan momoqaldiroq emas, balki ko’nglim faryodidir.
“Tafre’” san’atining ta’sirchanlik imkoniyatlarini Alisher Navoiy Sa’diy
Sheroziydan kuzatgan bo’lsa ham ajab emas:
Nest on lolaho, ki dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonand, ki zi xok barovardi sarand.
Ilmiybaza.uz
Mazmuni: Dashtlarda jilvalanayotgan lolalar emas, so’yilgan odamlar boshlarini
tuproqdan chiqarib turibdilar.
Bobur harfiy san’atlar qo’llashda ham Alisher Navoiy bilan bellasha oladigan
san’atkor shoir. Uning kitobat qo’llagan ushbu bayti sodda va tushunarli, ayni paytda
nafis va jozibaligi bilan diqqatga sazovor. Qadni “alif”, qoshni “yo” harfiga
o’xshatish an’anaviy eski gap. Ma’shuqani oyga tashbeh berish ham ming marotaba
uchragan. Ammo “alif” va “yo” ni qovushtirib, bular yig’indisidan “oy” so’zini
keltirib chiqarish yangi fikriy kashfiyot – nuqtasidir :
Qadding chu “alif”, qoshing erur “yo”,
Desam, ne ajab, agar seni “oy”?
Ulug’ so’z san’atkorlari harfiy san’atlardan kitobat matnda harfni nomlash va
istixroj (so’z keltirib chiqarish)ning riyoziy murakkab namunalarini ham
yaratadilar. Chunonchi, “riyoziy ixtiroj” san’atini qo’llaganda baytda harf
nomlanmay, aytilmasdan so’zlar ifodalangan harflar yig’indisidan biror so’z
yasalgan bo’ladi. Masalan, quyidagi baytni tahlil etaylik:
Og’ziyu ikki zulfu qadi bo’lmasa manga,
Rayhonu sarvu g’uncha ko’kardin maloldur.
Mumtoz adabiy an’anaga ko’ra og’iz – “mim”(m), ikki zulf – ikki “lom”(ll) va qad
- “alif”(o) dir. Holbuki, matnda bu harflar aytilmagan. Sehrgar Bobur “Aqling yetsa,
kashf etib maza qil!” deb jilmayib qo’ygan. Chunki u baytdagi “malol” so’zini og’zi,
ikki zulfi va qaddidan (m+l+o+l) yasagandir. Eski yozuvda malolda “a” harfi
yozilmaydi. Bunday baytni riyoziy kashf etishga ancha –muncha kitobxongina
emas, hozirgi paytda ayrim olimlar ham qodir emaslar.
Nega bu ishni qiyin dedik? Chunki sehrgar Bobur olim ko’zini avval laff va nashr
san’ati bilan bog’lagan. Adabiyotshunos baytdan san’at kuzatganda birinchi misrada
Ilmiybaza.uz
tuzilgan so’zlar: og’zi, zulf va qadga ikkinchi misradan o’xshatishlar izlaydi: og’iz
– g’uncha, rayhon – zulf, qad – sarv. Ana shu holat laff va nashrdir.
Baytda istixroj borligi “ikki” so’zidan biroz seziladi.
Boburning bu sohadagi ulkan kashfiyoti mo’jizasi istixrojda “Olloh” so’zini
ifodalagan tubandagi baytaddir:
Qaddi bila ikki zulfu og’zi,
Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh!
Istixrojda yozilmay nazarda tutilgan harflar qad – “alif”, ikki zulf – ikki “lom” va
og’iz – “xo”dir. Ushbu harfalr yig’indisi Ollohdir. Bu undov so’z ulkan hayratni
ifodalamoqda.
Bobur she’riyati mavzulari rang –barangligi bilan ham e’tiborga molik. Sharqona
madaniyat – yaxshilik haqidagi ta’sirchan g’azal ham, xazon yaprog’i singari yuzi
sarg’aygan oshiq ohu zorlari talqini bo’lgan she’r ham, madaniy dam olishning ajib
to’kislikdagi ifodasi bo’lmish:
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati
matla’li she’r ham, g’ij-g’ij badiiy san’atlar qorishgan, ayni paytda ma’shuqa yuz
timsolining jozib tajassumi bo’lgan
Gul jamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidur,
G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur,
deb boshlanadigan g’azal ham Zahiriddin Muhammad Bobur inja she’riyati to’plami
“Devon”idadir.
Ilmiybaza.uz
Rubobiy timsollarning tabiiy – voqelikka mos xatti-harakatlari, oshiq va
ma’shuqalarning birining lobar sernozu ishvaligiyu ikkinchisining Farhodsifat ishq
mashaqqatlarini tortish va Majnun kabi shaydoligi ishonarli ifodalangan. Shuning
uchun Bobur lirik qahramoni o’zini Farhodu Majnundan, mahbubasini Shirinu
Laylidan yuqori qo’yadi:
Qani Shirin bila Layliki, sendin noz o’rgansa?
Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.
“Ishq” shu darajada ajoyib hissiyotki, oshiqlar uchrashganda ham baxtiyor
bo’lishlari amri mahol. Nozik hissiyot ikkalasini ham jizzaki holatga solganday.
Biror shoir Boburday bu “ziddiyat voqeligini” idrok etolmagan bo’lsa kerak. Har
ikki yosh sabr-toqatlari tugab bir-biriga zoru, uchrashganlarida esa har lahzada
achchiq-tiziqqa asoslar topilib qoladi. Ayriliqda o’rtanib visolga zoriqqanlar-u,
biroq uchrashuvda ham ular o’zaro yaxshi chiqisholmaganliklariga nima deysiz:
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dog’i bisyor mushkuldur.
Mijozing noziku sen – tundu, men – bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Bobur she’riyati Sharq poeziyasining go’zla va betakror namunasi sifatida she’r
ixlosmandlarini o’ziga rom etib kelmoqda.
Ma’naviy san’atlar. She’r san’atlarinig bu guruhiga she’r ma’nosi, g’oyasi bilan
bog’liq bo’lgan san’atlar kiradi. Ma’naviy san’atlar ham rang-barang ko’rinishlarga
ega: tavjih, iyhom, lutf, istibto’, idmoj, ta’liq, tajohuli orifona, talmeh, irsoli masal,
tafri’, jam’, tafriq, taqsim, takrir, ruju’, tafsir, iltifot, savolu javob, muammo, lug’z,
tashbeh, tamsil, kinoya, tazod, talxis, istiora, taajjub, ta’rix, muvashshah, chiston va
boshqalar.
Ilmiybaza.uz
Iyhom ( Shubhaga solish, adashtirish) – she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki
yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.
Bunda so’zning bir ma’nosi yuzaroqda bo’lib, boshqa ma’nosi (asosiysi) yashirin
(botin) bo’ladi. O’quvch bu so’zning yuzakiroq ma’nosini tezda anglaydi, shundan
so’ng uning yashirin ma’nosi ham borligi haqida o’ylaydi va fahm-farosat bilan
uning botiniy ma’nosini ham topadi (shoirning maqsadi so’zning na shu ma’nosida
ekanligini anglaydi). Iyhom nozik fikrlarni pardali ifodalashda juda qo’l keladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasidan olingan quyidagi baytda ishlatilgan
“so’rorim” so’ziga e’tibor qilaylik:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Endi bu baytni sharhlab ko’raylik: “So’rorim” so’zining ikki ma’nosi bor: 1) bag’rim
“qon” bo’ldi, ko’zimdin “qon” keldi. Buning sababini undan bir so’rashim bor; 2)
uning lablari totidan ahvolim juda g’alati bo’ldi – men u lablardan yana bir so’rorim
bor. Shoirning muddaosi “so’rorim” so’zining mana shu ma’nosida, ya’ni, so’zning
botiniy ma’nosida. Demak, shoir lirik qahramonning chuqur intim his-tuyg’ularini
yalang’och holda bayon qilmaydi, aksincha, nozik tuyg’uni nafis ifoda vositasida
latofat bilan ibo bilan tasvirlaydi. Iyhom san’ati shoirdan qanchalik san’atkorlikni
talab qilsa, o’quvchidan ham shunchalik fahm-farosatni, zehni o’tkirlikni,
topqirlikni talab etadi.
Keldim sanga yuz birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzingni ko’rmay, yuz oh,
Hamsuhbatiki hamrohni netay bu yo’lda?
Darding menga hamsuhbatu ishqung hamroh.
Ilmiybaza.uz
Ushbu ruboiyni birinchi va ikkinchi misralarida “yuz” so’zi qo’llangan. Birinchi
misradagi “yuz” so’zi yuz marta, ya’ni sanoq ma’nosida, ikkinchi misradagi “yuz”
so’zi esa “insonning yuzi” ma’nosida qo’llangan.
Davlat bila shodu shodmon bo’lg’aysen,
Shavkat birla mashhuri jahon bo’lg’aysen.
Ko’nglungdagidek dahr aro kom turib,
Bu dahr boricha komron bo’lg’aysen.
Bu ruboiyda “komron” so’zida iyhom qo’llangan. Birinchi ma’nosi “Baxtli, saodatli,
bekamu ko’st”, ikkinchisi esa Bobur o’g’lining nomidir.
Qosidki,yubording, ayladi shod meni,
Doim bu yusunliq aylagil yod meni.
Ozodingga qul bo’layki, xating keturub,
Hajring g’amidin ayladi ozod meni.
Bu ruboiyda ozod so’zi ikki ma’noda qo’llangan: birinchisi erkin ma’nosida;
ikkinchisi yor bo’yi ma’nosida kelgan.
Tazod (qarshilantirish) – zid tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni (ma’lum
maqsadda) bir-biriga bog’lab ishlatish usuli.
Tazodda bir-biriga zid narsa va tushunchalar to’qnashtiriladi, ayni choqda, bir-biriga
zid tushunchalarni o’zida mujassamlashtirgan ob’yektning mohiyatini g’oyatda
ochish va unga nisbatan kishi qalbida faol munosabat uyg’otish ko’zda tutiladi.
Tazod qisman antiteza usuliga ham o’xshaydi – ularning har ikkalasida ham bir-
biriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli
jihatlari bor: antitezada to’qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan
Ilmiybaza.uz
kelib chiqsa, tazoddagi to’qnashuvchi bir-biriga zid narsalarning kelib chiqish
manbai yagona: bir narsa ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o’z
ichiga qamrab oladi. Chunonchi, ma’shuqa mujgonlaridan o’q otib oshiqni halok
etsa, la’l lablari bilan unga hayot baxsh etadi, deylik. Demak, yomonlik (o’ldirish)
va yaxshilik (hayot baxsh etish) bir-biriga zid tushunchalr to’qnashadi, ammo, ayni
paytda, har ikkala xislatning ham manbai bir – ma’shuqa. Tazod mana shudir. Tazod
she’riyatda ham, nasrda ham keng qo’llaniladi. Misol:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.
Bu ruboiyda “vafo-jafo”, “yaxshi-yomon” so’zlari bir-biriga zid ma’noni ifodalaydi.
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri, may qilurmen payvast.
Ne ro’za-yu ne namoz yillar, oylar,
Tun-kun mayi ma’jun bila devonayu mast.
Ushbu ruboiyda tazod qo’llangan bo’lib, bu san’atni “tun-kun” so’zlari tashkil etgan.
Quyidagi ruboiyda esa, gul va tikon, hazil va jiddiy, yaxshi va yomon so’zlari orqali
bu san’at yuzaga keltirilgan:
Har yerda gul bo’lsa, tikon bo’lsa ne tong,
Har qaydaki may durdidan bo’lsa netonga,
She’rimda agar hazil, agar jiddiy kechiring,
Ilmiybaza.uz
Yaxshi borida agar yomon bo’lsa ne tong.
Irsolu masal (maqol qo’llash) – she’rda maqol, matal, hikmatli so’zlarni muayyan
maqsadda tamsil yo’li (tamsil – maqol keltirish san’ati) bilan ishlatish usuli. Irsolu
masal nazmda ham, nasrda ham qo’llaniladi
She’riyatga oid ilmiy asarlarda ta’kidlanganidek, adabiy asarlarda maqol, metal va
hikmatli so’zlar, asosan, quyidagi uch yo’l bilan qo’llaniladi: 1) qo’llanilgan maqol,
metal va hikmatli so’zlar shoirning aniq ishorasi bilan (derlar, aytibdurlar, masaldur,
masaldurkim) beriladi. Misol:
Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’qtur,
Derlarki, beri kelurg’a rog’ib yo’qtur.
Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo’qtur.
Ruju’ (qaytish) – tasvir ob’yektining dastlabki obrazli ifodasi (go’yo bu ifodaga
ko’ngil to’lmagandek)dan qaytib, undan ma’noliroq, ta’sirliroq, kuchliroq, obrazli
ifodaga o’tish usuli.Misol:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas ko’ngilni mehnatda kishi,
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
G’urbatda sevunmas emish albatta kishi.
Bu ruboiyda ruju’ boshqacha usulda yuz bergan: birinchi misraga nisbatan ikkinchi
misra, ikkinchi misraga nisbatan uchinchi misra va uchinchi misraga nisbatan
to’rtinchi misra ruju’ vazifasini o‘taydi.