“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

19,4 KB


“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI,
VAZIFALARI
                                                   REJA:
1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti.
2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati.
3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar:
     Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh,
Ta’vil, Tafsir,   Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar,
Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat.
"Badiiy  tahlil  asoslari"  kursi  filolog  mutaxassislarni  badiiy  asar  bilan
professional  darajada  ishlashga  urgatish  omilidir.  Dunyoning  kupgina
universitetlari,  shuningdek,  MDHning  Rossiya,  Qozogiston,  Ukraina  singari
mamlakatlardagi  universitetlarning  filologiya  fakultetlarida  anchadan  buyon
"Badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy
tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik
ta'limni  samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi
darajasidan  orkadaligi,  xermenevtik  usullardan  yiroqligi,  psixoanalitik,
strukturalizm  imkoniyatlaridan  foydalanolmasligi,  badiiy  talqinning,  asosan,
sotsiologik  interpretatsiya  tusida  ekanligi  badiiy  tahlil  nazariyasini  bilmaslik
amaliyotini  uzlashtirmaganlik  oqibatidir.  Badiiy  asar  tahlili  juda  qadim
zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham
unga  olimlar  tomonidan  turlicha  ta'rif  berib  kelingan.  Badiiy  tahlil  SHarq
Logotip
“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI REJA: 1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti. 2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati. 3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining maqsad va vazifalari. Tayanch tushunchalar: Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh, Ta’vil, Tafsir, Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar, Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat. "Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga urgatish omilidir. Dunyoning kupgina universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya, Qozogiston, Ukraina singari mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan orkadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq
adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad
Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir
islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy
ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega
egadir.  Chunki  u  inson  ma'naviyatini  shakllantirishda  asosiy  o’rin  tutadigan
vositadir.  Goyat  ko’p  o’lchovli  murakkab  butunlik  bo’lmish  badiiy  adabiyot
o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-
ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga
ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili
alohida  mavqega,  ahamiyatga  egadir.  Adabiy  ta'lim  oldidagi  bosh  maqsadga
erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab
olishi  shartdir.  Badiiy  matn  tahlilisiz  barkamol  shaxs  shakllantirilishi  amalga
oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn
o’quvchiningtuygulariga  ta'sir  etmaydi,  ma'naviyatining  shakllanishiga  xizmat
qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi.
Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan
ijtimoiy  ma'no  bilan  ko’zlanar  edi,  xolos.  Natijada,  adabiyot  o’q’itish  quruq
nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi.
Bu faqat O’zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik
mafkura hukmronlik qilgan barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi
atalmish  bepoyon  imperiyaning  hamma  joyida  ham  talabalarga  yalangoch
haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar,
adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb
qaralar, yoshlar chinakam badiiy so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan
bevosita  zavqlanishdan  uzib  quyilgan  edi.  Jamiyat  a'zolarining  biror  ilmiy
haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy
yo’qotish  bo’lmagani  holda,  biror  ma'naviy  qadriyatni,  axloqiy  sifatni
o‘zlashtirmaganligi  chinakam  fojiadir.  Mamlakatimiz  o’rta  maktablarida  tahsil
ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan
iborat  ekanligini  tutilmay  aytib  bera  oladi.  "Tug‘ri  burchakli  uchburchak
gipotenuzasi  kvadrati  katetlar  kvadratlari  yigindisiga  teng"  ekani  haqidagi
ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur  haqiqat  hisoblanadi.
Logotip
adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan vositadir. Goyat ko’p o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik- ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, xolos. Natijada, adabiyot o’q’itish quruq nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O’zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy yo’qotish bo’lmagani holda, biror ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni o‘zlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz o’rta maktablarida tahsil ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib bera oladi. "Tug‘ri burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga teng" ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat hisoblanadi.
Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na jamiyat, na shaxs
rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish
o’quvchi  ma'naviyatiga,  qalbiga  deyarli  daxl  qilmaydi.  Pifagor  teoremasini
bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning mohiyati
uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning:
                                Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't,
                                Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't.
matla'li, yoki:
                               Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
                               Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
tarzida  boshlanadigan  g'azallari  bilan  tanishgan,  ularning  badiiy  jozibasi  va
mantiqiy qudratidan xabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot
ham boshqacharoq bo'lib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida,
uning  tabiatida,  ma'naviyatida  evrilish  sodir  qiladi.  Abdulla  Oripovning  har
satridan  insoniy  dard  balqib  turuvchi  "O'ylarim"  she'ridagi  quyidagi  satrlar
o'quvchi tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi:
Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat.
Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug',
Nimanidir qidiraman nondan azizroq.
Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug',
Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq.
...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim.
...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini
Inson uchun ming otashda kuyar edim men.
Logotip
Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish o’quvchi ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning mohiyati uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning: Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't, Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't. matla'li, yoki: Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas. tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va mantiqiy qudratidan xabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot ham boshqacharoq bo'lib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida, uning tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har satridan insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar o'quvchi tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi: Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada Iste'dodim so'nganidan qilar karomat. Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug', Nimanidir qidiraman nondan azizroq. Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug', Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq. ...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida, Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. Men umrimning bu suronli kechalarida Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim. ...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini Inson uchun ming otashda kuyar edim men.
O, qanchalar sevar edim inson zotini,
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men.
Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin,
O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar.
Men insonni bir insonday sevardim, lekin
Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar...
Haqiqiy  badiiyat,  anglangan  va  anglatilgan  go'zallik  kitobxonning
ma'naviyatigagina  emas,tafakkuriga  ham  ijobiy  ta'sir  ko'rsatadi,  uning  shaxs
sifatida  shakllanish  jarayoniga  to'g'riyo'nalish  beradi.  Badiiy  adabiyotni  faqat
hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy
vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob
bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda
yashash  kerak  deb  tavsiya  ham  bermaydi,  yo'l  ko'rsatmaydi.  Chunki  inson
tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu
xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani
tuzatsa  ham,  faqat  muhabbat  dorisi  bilan,  insoniylik  malhami  bilan  tuzatadi.
Saksoninchi  yillardan  boshlab,  adabiy  ta'limda  asar  tahlilining  hal  qiluvchi
ahamiyati  anglanadigan  bo'ldi.  O'sha  anglanishning,  asar  tahlili  inson
ma'naviyatining  shakllanishida  tutgan  yuksak  mavqei  tan  olinishining  natijasi
o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo
bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari
o'quv rejalariga kiritilib, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham
badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh
mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim.
Mazkur  fan  milliy  adabiyotshunoslik  tomonidan  nazariy  jihatdan  ishlab
chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda
bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari
filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga
muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining
o'zbek  filologik  ta'limidagi  xermenevtik  yo'nalishdagi  dastlabki  fan  sifatida
o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy
Logotip
O, qanchalar sevar edim inson zotini, qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men. Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin, O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar. Men insonni bir insonday sevardim, lekin Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar... Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go'zallik kitobxonning ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi ahamiyati anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson ma'naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari o'quv rejalariga kiritilib, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim. Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining o'zbek filologik ta'limidagi xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy
asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday
janrdagi  asarni  tahlillay  olish  malakasiga  ega  bo'lmas  ekan,  adabiy  ta'limdan
kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha,
adabiyot  darslari  zerikarliligicha,  asardan  chiqariladigan  xulosa  "ijtimoiy
nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni
oldiga  qo'yilgan  bosh  maqsad,  ya'ni  barkamol  shaxsni  shakllantirishga
erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy
adabiyotdan  bezdirish,  binobarin,  ularning  ma'naviyatini  kambag'allashtirish
davom  etaveradi.  Adabiyot  mutaxassislari  tahlillash  malakasiga  yetarlicha  ega
bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni
ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil va
keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga solmaydigan,
aqlini  zuriktirmaydigan  "javob"lar  adabiyot  bo’yicha  ijobiy  baho  olish  uchun
yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish qonunini
yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki bo’lganini
aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga "yomon" baho qo’yiladi
va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning
besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan
bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun
o’sha  "bilim"  ham  yetarli!  Badiiy  asar  matni  bilan  ishlashni  uz  faoliyatining
markaziy  masalasi  deb  hisoblamaydigan  adabiy  ta'lim  muvaffakiyatsizlikka
mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis
demakdir.  Yangilangan  milliy  adabiyotshunosligimiz  o’z  oldiga  ma'naviyati
yuksak  shaxslarni  shakllantirish  maqsadini  qo’yayotgan  ekan,  adabiy  ta'limda
badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi shubhasizdir. Malakali badiiy
tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo’qqa chiqadi,
uning  zamiridagi  badiiy  va  hayotiy  ma'no  payqalmay  qolaveradi.  Adabiyot
o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun ham millat ahlining
bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki
yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun kulami, kup
qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yuq. Badiiy tahlil
yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-elpi, ommaviy
Logotip
asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni barkamol shaxsni shakllantirishga erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma'naviyatini kambag'allashtirish davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar adabiyot bo’yicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga "yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta'lim muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini qo’yayotgan ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma'no payqalmay qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-elpi, ommaviy