BADIIY TAHLIL TARIXI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

28,1 KB


BADIIY TAHLIL TARIXI
(ILMI-G‘ARIBA)
REJA:
1. Qadimgi Sharqda matnga yondoshuv masalasi
2. Tafsir, ilmi-sharh, ilmi-aruz, ilmi-qofiya, ilmi-bade’
3. O’zbek mumtoz adabiyotida ilmi-g’ariba
4. Ilmi-g’ariba, fununi-ajiba mumtoz tahlil namunasi sifatida
5. Ilmi-g’aribaning hozirgi adabiyotshunoslikdagi o’rni va ekvivalentlari
6. Badiiy matn va asarni tahlil etishda ilmi-g’aribaning o’rni
Tayanch tushunchalar:
Qadimgi Sharq. Matn. Manba. Talqin. Tafsir. Ilmi-aruz, ilmi-qofiya. Ilmi-g’ariba.
Fununi-ajiba. Badiiy asar. Badiiy matn. Matn tarkibi. Badiiy so’z. Poetik fikr.
Tahlil. Umumiy tahlil. Xususiy tahlil. Lisoniy tahlil.
Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan fikr egalarining diqqatini tortib
kelgan. Turli davrda yshagan har xil maqom va darajadagi olimlar badiiy tahlilning
mohiyati va unga xos xususiyatlarni tasvirlab ushbu tushunchaga ta’rif berishga
urinib kelishgan. Miloddan 4 ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni
ming  xil  tushunish  mumkinligi  aytiladi.  Farobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Ahmad
Taroziy, Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga
islomiy-turkiy dunyoqarash asosida yondashuv namayon bo‘lgan.  
Sharq  she’riyati  uzoq  tarixga  ega.  Sharq  she’rshunosligi  ada-
biyotshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, u mukammalligi va murakkabligi bilan
alohida ajralib turadi. Sharq she’riyatshu- nosligi “ilmi aruz”, “ilmi bade’” va “ilmi
qofiya”  deb  nomlangan  bir-biriga  chambarchas  bog‘liq  uch  qismdan  iborat.
Mumtoz ada- biyotshunoslikda ulaming har biriga alohida fan deb qaralgan.
Logotip
BADIIY TAHLIL TARIXI (ILMI-G‘ARIBA) REJA: 1. Qadimgi Sharqda matnga yondoshuv masalasi 2. Tafsir, ilmi-sharh, ilmi-aruz, ilmi-qofiya, ilmi-bade’ 3. O’zbek mumtoz adabiyotida ilmi-g’ariba 4. Ilmi-g’ariba, fununi-ajiba mumtoz tahlil namunasi sifatida 5. Ilmi-g’aribaning hozirgi adabiyotshunoslikdagi o’rni va ekvivalentlari 6. Badiiy matn va asarni tahlil etishda ilmi-g’aribaning o’rni Tayanch tushunchalar: Qadimgi Sharq. Matn. Manba. Talqin. Tafsir. Ilmi-aruz, ilmi-qofiya. Ilmi-g’ariba. Fununi-ajiba. Badiiy asar. Badiiy matn. Matn tarkibi. Badiiy so’z. Poetik fikr. Tahlil. Umumiy tahlil. Xususiy tahlil. Lisoniy tahlil. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan fikr egalarining diqqatini tortib kelgan. Turli davrda yshagan har xil maqom va darajadagi olimlar badiiy tahlilning mohiyati va unga xos xususiyatlarni tasvirlab ushbu tushunchaga ta’rif berishga urinib kelishgan. Miloddan 4 ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni ming xil tushunish mumkinligi aytiladi. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga islomiy-turkiy dunyoqarash asosida yondashuv namayon bo‘lgan. Sharq she’riyati uzoq tarixga ega. Sharq she’rshunosligi ada- biyotshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, u mukammalligi va murakkabligi bilan alohida ajralib turadi. Sharq she’riyatshu- nosligi “ilmi aruz”, “ilmi bade’” va “ilmi qofiya” deb nomlangan bir-biriga chambarchas bog‘liq uch qismdan iborat. Mumtoz ada- biyotshunoslikda ulaming har biriga alohida fan deb qaralgan.
Ilmi aruz - aruz she’r tizimining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha,
aruzshunoslik. IX asrda yashagan arab olimi Xalil ibn Ahmad aruz ilmi asoschisi
sifatida  e’tirof  etiladi.  Aruz  ilmi  arab  she’riyatini  o‘rganish  zaminida  yuzaga
kelgan. Ilmi aruz asrlar davomida takomillashib borgan. Xalil ibn Ahmad, Ibn
Usmon Maziniy, Imom Ahmackibn Abdurabbih, Ibn al- Xatib at - Tabriziy kabi
olimlar  aruzshunosi  sifatida tanilgan. Mavlono Yusuf  Nishopuriy, Rashididdin
Votvot, Shams Qays, Nosiriddin Tusiy, Salmon Savojiy, Abdurahmon Jomiy fors
aruzshunosligiga oid risolalar yaratishgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Shayx Ahmad Xudaydod Taroziy kabilar turkiy aruzshunoslik rivojiga
munosib  hissa  qo‘shishgan.  Umuman,  Sharq  mumtoz  adabiyotining  aksariyat
namoyandalari  she’riyat,  aruz  ilmi  to‘g‘risida  alohida  asar  bitishgan  yoki
asarlarida,  albatta,  bu  xususda  mulohaza  bildirishgan.  Masalan,  Abdurahmon
Jomiy sakkiz ravza (bog‘) dan iborat “Bahoriston” asarining yettinchi ravzasini
“She’r va shoirlik bobida” deb nomlagan va: “Qadimiy donishmandlar hukmiga
qaraganda she’r shunday kalimadirkim, u maqaddimoti xayol, ya’ni tinglovchi
xayolini qo‘zg‘otuvchi va ma’nosi unga iqbol berguvchidir. Bu haqiqat bo‘lishi va
bo‘lmasligidan va bunga tinglovchining ishonishi va ishonmasligidan qat’i nazar.
Masalan, “may la’ldir yoki eritilgan yoqutdir” yoki “bol - asalari chiqarib tashlagan
sho‘r, achchiq narsa” deganlaridek. Umuman olganda, donishmandlar bunda vazn
va qofiyani e’tiborga oladilar. Demak, vaznli va qofiyali kalimadirkim, bunda
xayolning bor - yo‘qligi yoki haqiqatning bor-yo‘qligi unchalik e’tiborga ega emas.
Haqiqatan ham she’r nechog‘li go‘zal, nechogdi fazilatga boy va nechogdi yuksak.
“She’rdan buyukroq fazilat bomiikan?! She’rdan sehrliroq sehr bormikan?!”deydi.
Ulug‘  shoir  Abdurahmon  Jomiy,  Rudakiy,  Daqiqiy,  Imora,  Unsuriy,  Asjadiy,
Farruxiy, Firdavsiy, Nosir Xusrav, Amir Muizziy, Adib Sobir Tirmiziy, Anvariy,
Rashididdin Votvot, Afzaliddin Hoqoniy, Faxr Jurjoniy, Nizomiy, Salmon Sovajiy,
Shayx Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Xusrav Dehlaviy, Orif Haraviy,
Alisher Navoiy kabi Sharq she’riyatida yorqin iz qoldirgan shoirlar ijodiga baho
beradi. Masalan, Alisher Navoiy to‘g‘risida: “Bizning zamonamiz bu sohibdavlat
vujudi  ila  musharrafdir.  U  o‘z  martabasi,  ulugdigi  va  shohga  yaqinligi  va
shuningdek, Alloh ato etgan va o‘qish - odganish bilan orttirilgan ilm-u donish va
aql-u zakovati bilan she’rlari husn-u kamoli uchun har qanday maqtovdan yuqori
Logotip
Ilmi aruz - aruz she’r tizimining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha, aruzshunoslik. IX asrda yashagan arab olimi Xalil ibn Ahmad aruz ilmi asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Aruz ilmi arab she’riyatini o‘rganish zaminida yuzaga kelgan. Ilmi aruz asrlar davomida takomillashib borgan. Xalil ibn Ahmad, Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmackibn Abdurabbih, Ibn al- Xatib at - Tabriziy kabi olimlar aruzshunosi sifatida tanilgan. Mavlono Yusuf Nishopuriy, Rashididdin Votvot, Shams Qays, Nosiriddin Tusiy, Salmon Savojiy, Abdurahmon Jomiy fors aruzshunosligiga oid risolalar yaratishgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Shayx Ahmad Xudaydod Taroziy kabilar turkiy aruzshunoslik rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Umuman, Sharq mumtoz adabiyotining aksariyat namoyandalari she’riyat, aruz ilmi to‘g‘risida alohida asar bitishgan yoki asarlarida, albatta, bu xususda mulohaza bildirishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy sakkiz ravza (bog‘) dan iborat “Bahoriston” asarining yettinchi ravzasini “She’r va shoirlik bobida” deb nomlagan va: “Qadimiy donishmandlar hukmiga qaraganda she’r shunday kalimadirkim, u maqaddimoti xayol, ya’ni tinglovchi xayolini qo‘zg‘otuvchi va ma’nosi unga iqbol berguvchidir. Bu haqiqat bo‘lishi va bo‘lmasligidan va bunga tinglovchining ishonishi va ishonmasligidan qat’i nazar. Masalan, “may la’ldir yoki eritilgan yoqutdir” yoki “bol - asalari chiqarib tashlagan sho‘r, achchiq narsa” deganlaridek. Umuman olganda, donishmandlar bunda vazn va qofiyani e’tiborga oladilar. Demak, vaznli va qofiyali kalimadirkim, bunda xayolning bor - yo‘qligi yoki haqiqatning bor-yo‘qligi unchalik e’tiborga ega emas. Haqiqatan ham she’r nechog‘li go‘zal, nechogdi fazilatga boy va nechogdi yuksak. “She’rdan buyukroq fazilat bomiikan?! She’rdan sehrliroq sehr bormikan?!”deydi. Ulug‘ shoir Abdurahmon Jomiy, Rudakiy, Daqiqiy, Imora, Unsuriy, Asjadiy, Farruxiy, Firdavsiy, Nosir Xusrav, Amir Muizziy, Adib Sobir Tirmiziy, Anvariy, Rashididdin Votvot, Afzaliddin Hoqoniy, Faxr Jurjoniy, Nizomiy, Salmon Sovajiy, Shayx Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Xusrav Dehlaviy, Orif Haraviy, Alisher Navoiy kabi Sharq she’riyatida yorqin iz qoldirgan shoirlar ijodiga baho beradi. Masalan, Alisher Navoiy to‘g‘risida: “Bizning zamonamiz bu sohibdavlat vujudi ila musharrafdir. U o‘z martabasi, ulugdigi va shohga yaqinligi va shuningdek, Alloh ato etgan va o‘qish - odganish bilan orttirilgan ilm-u donish va aql-u zakovati bilan she’rlari husn-u kamoli uchun har qanday maqtovdan yuqori
tursa-da, u o‘zini past tutib, she’r ahli jamoasiga qo‘shildi va boshqalarga ham
pardani  oradan  kodarib,  she’riyat  yodini  ochib  berdi.  Ammo  haqqoniyatini
aytganda u mana shu anjumanlaming barchasiga boshliq va she’r ahli sardaftarida
nomi bitiq...
Tabiati taqozosi va qobiliyat keng fazosiga ko‘ra u turkiy va forsiy she’rlarida
yuksalishga muyassar bodgan bodsa-da, turkiyga ko‘proq moyillik kodsatdi va bu
tildagi  g‘azaliyoti  o‘n  ming  baytdan  ziyodroq  boddi.  Nizomiy  “Xamsa”si
muqobilida yozgan masnaviylari uch ming baytga yaqin va bu tilda hech kim
bunchalik ko‘p va ko‘b she’r yozmagan. Forsiy she’rlari orasida Amir Xusrav
Dehlaviyning “Yaxshilar daryosi” qasidasiga javob tariqasida bitilgan qasidasi bor.
Unda ajib mazmun va nozik xayolatga ega baytlar juda ko‘p...” degan.
0‘tmish donishmandlari she’r bitish ham, she’rni tushu- nish, his etish ham jo‘n
ish  emasligini  ta’kidlashgan.  Xususan  bayt,  rukn,  hijo,  bahr,  zihof  kabi
tushunchalar bilan tanishish ham aruz ilmini o‘rganish va o‘zlashtirishga osongina
erishilmasligini bildiradi. Nizomiy Aruziy Samarqandiy: (XI asr oxiri - 1160):
“Shoirlik  shunday  san’atki,  (shoir)  bu  san’at  orqali  hayajonlantiruvchi
tushunchalami hosil qiladi va ta’sirchan qiyoslami bir-biriga ulaydi. U shunday
yo‘l bilan, masalan, kichik ma’noni kattaga, katta ma’noni esa kichikka aylantiradi,
chiroylini xunuk libosda ko‘rsatadi, xunukni esa chiroyli suratda jilvagar etadi.
Ilhom san’ati bilan g‘azab hamda hissiy quvvatlami qo‘zg‘atadi, natijada, kishilar
tabiatida qayg‘u yoki xurramlik pay do bo‘ladi. Bu esa ulug‘ kishilar faoliyatida
olamni  tartibga  solib  turish  uchun  xizmat  qiladi...  Har  kimning  she’r  ta’bi
mustahkam, so‘zlari  esa  ravon bo‘lsa, she’r ilmini  o‘rganishga, aruz o‘qishga
kirishadi” deb ta’kidlaydiki, bu she’mi tushunish kishidan zehn va sabotni talab
etishini anglatadi. Shu bois ulug‘ nemis shoiri va mutafakkir Yoxan Volfgang
Gyote (1749-1832) “Har qanday lirik asar yaxlit holda to‘liq tushunarli, qisman
holda esa oz - moz tushunarsiz bofiishi mumkin” deydi. Aruz tizimining bahr,
rukn,  qofiya  singari  tarkibiy  qismlari  ham  o‘z  holicha  chuqur  ma’noni
ifodalamaydi. Undagi barcha qismlar uzviy birlashganidagina teran mazmunini
anglatadi. San’at asarlarining tarkibiy qismlari to‘g‘risida muayyan tushunchaga
ega  bo‘lish  ularda  mujassamlashgan  ma’nolami  anglashga  imkon  beradi.  Shu
boisdan  Sharqda  she’rshunoslikka  azaldan  alohida  e’tibor  berib  kelingan.
Logotip
tursa-da, u o‘zini past tutib, she’r ahli jamoasiga qo‘shildi va boshqalarga ham pardani oradan kodarib, she’riyat yodini ochib berdi. Ammo haqqoniyatini aytganda u mana shu anjumanlaming barchasiga boshliq va she’r ahli sardaftarida nomi bitiq... Tabiati taqozosi va qobiliyat keng fazosiga ko‘ra u turkiy va forsiy she’rlarida yuksalishga muyassar bodgan bodsa-da, turkiyga ko‘proq moyillik kodsatdi va bu tildagi g‘azaliyoti o‘n ming baytdan ziyodroq boddi. Nizomiy “Xamsa”si muqobilida yozgan masnaviylari uch ming baytga yaqin va bu tilda hech kim bunchalik ko‘p va ko‘b she’r yozmagan. Forsiy she’rlari orasida Amir Xusrav Dehlaviyning “Yaxshilar daryosi” qasidasiga javob tariqasida bitilgan qasidasi bor. Unda ajib mazmun va nozik xayolatga ega baytlar juda ko‘p...” degan. 0‘tmish donishmandlari she’r bitish ham, she’rni tushu- nish, his etish ham jo‘n ish emasligini ta’kidlashgan. Xususan bayt, rukn, hijo, bahr, zihof kabi tushunchalar bilan tanishish ham aruz ilmini o‘rganish va o‘zlashtirishga osongina erishilmasligini bildiradi. Nizomiy Aruziy Samarqandiy: (XI asr oxiri - 1160): “Shoirlik shunday san’atki, (shoir) bu san’at orqali hayajonlantiruvchi tushunchalami hosil qiladi va ta’sirchan qiyoslami bir-biriga ulaydi. U shunday yo‘l bilan, masalan, kichik ma’noni kattaga, katta ma’noni esa kichikka aylantiradi, chiroylini xunuk libosda ko‘rsatadi, xunukni esa chiroyli suratda jilvagar etadi. Ilhom san’ati bilan g‘azab hamda hissiy quvvatlami qo‘zg‘atadi, natijada, kishilar tabiatida qayg‘u yoki xurramlik pay do bo‘ladi. Bu esa ulug‘ kishilar faoliyatida olamni tartibga solib turish uchun xizmat qiladi... Har kimning she’r ta’bi mustahkam, so‘zlari esa ravon bo‘lsa, she’r ilmini o‘rganishga, aruz o‘qishga kirishadi” deb ta’kidlaydiki, bu she’mi tushunish kishidan zehn va sabotni talab etishini anglatadi. Shu bois ulug‘ nemis shoiri va mutafakkir Yoxan Volfgang Gyote (1749-1832) “Har qanday lirik asar yaxlit holda to‘liq tushunarli, qisman holda esa oz - moz tushunarsiz bofiishi mumkin” deydi. Aruz tizimining bahr, rukn, qofiya singari tarkibiy qismlari ham o‘z holicha chuqur ma’noni ifodalamaydi. Undagi barcha qismlar uzviy birlashganidagina teran mazmunini anglatadi. San’at asarlarining tarkibiy qismlari to‘g‘risida muayyan tushunchaga ega bo‘lish ularda mujassamlashgan ma’nolami anglashga imkon beradi. Shu boisdan Sharqda she’rshunoslikka azaldan alohida e’tibor berib kelingan.
Kishilaming bilim darajasi ulaming she’r san’atidan qay darajada xabardorligiga
qarab  belgilangan.  Sharqda  kasb-  koridan  qat’i  nazar,  barcha  kishilar  she’r
yodlashni burchi deb bilgan. Ziyolilar she’r san’atidan, albatta, atroflicha xabardor
bo‘lishgan.  Sharqda  shuning  uchun  ham  she’rshunoslik  alohida  fan  sifatida
shakllangan. Ilmi amz, ilmi bade’, ilmi qofiya she’rshunoslikning alohida tarmog‘i
sifatida rivojlangan.
Ilmi bade’ arabcha so‘z bo‘lib, chiroyli so‘zlash, go‘zal, nafis, nodir, ajoyib;
badiiyat ilmi demakdir. Ilmi bade’ mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi
bo‘lib,  unda  nutqqa  be-  zak,  jilo  beruvchi  san’atlar,  ulaming  o‘ziga  xos
xususiyatlari, tasniflanishi, fikmi chiroyli va mazmunli ifodalashdagi o‘rni kabi
masalalar o‘rganiladi.
Lirik janrlaming o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish ham ilmi bade’ sanaladi. So‘z,
ibora, tasviriy vositalar nutqni bezashuchun ishlatiladigan vositalar sirasiga kiradi.
Nutqni  go‘zal  qiluvchi  badiiy  usul  va  vositalar  sanoyi’,  ya’ni  san’atlar  deb
yuritiladi. Sanoyi’ esa ilmi bade’ning o‘rganish obyektidir.
Sanoyi’  arabcha  so‘z  bo‘lib  san’atlar  demakdir.  Nutqni  go‘zal,  jozibador,
ta’sirchan etuvchi barcha vositalar sanoyi’ deyiladi. Ilmi bade’da sanoyi’, ya’ni
nutqni  ta’sirchan  etuvchi  vositalar  lafziy,  ma’naviy  hamda  lafziy  -  ma’naviy
san’atga ajratiladi.
Lafziy san’atlar deganda she’ming ko’proq shakl tomoniga e’tibor qaratgan
holda, uning uslubiga bezak beruvchi san’atlar nazarda tutiladi. Tarse’, tajnis, saj’,
qalb, tajziya, zulqofiyatayn kabilar lafziy san’at sanaladi.
Ma’naviy san’atlar deganda nutqning ma’nodorligini ta’min- laydigan san’atlar
e’tiborga olinadi. Iyhom, tavjih, tajohuli orif, talmeh, irsol ul masal, husni ta’lil,
laffu nashr, mubolag’a, tashbeh, tamsil, istiora kabilar ma’naviy san’at deyiladi.
Nutqning ham shakli, ham ma’nosiga aloqador san’atlar lafziy - ma’naviy
san’atlar hisoblanadi. Taqobul, muqobala, ta’dil, tansiq us sifot, iqtibos, tazmin,
husni ibtido, husni taxallus, husni matla’, husni maqta’ kabilar shu turkumdagi
san’atdir. Lafziy - ma’naviy san’atlar bir paytning o‘zida nutqning ham shakl, ham
ma’no jihatiga daxldor bo’lgani bois mushtarak san’atlar deb ham yuritiladi.
Lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo’lib,
ular  o‘zaro  birlashgan  holda,  nutqning  ma’no  -  mazmuni,  ohangdorligi,
Logotip
Kishilaming bilim darajasi ulaming she’r san’atidan qay darajada xabardorligiga qarab belgilangan. Sharqda kasb- koridan qat’i nazar, barcha kishilar she’r yodlashni burchi deb bilgan. Ziyolilar she’r san’atidan, albatta, atroflicha xabardor bo‘lishgan. Sharqda shuning uchun ham she’rshunoslik alohida fan sifatida shakllangan. Ilmi amz, ilmi bade’, ilmi qofiya she’rshunoslikning alohida tarmog‘i sifatida rivojlangan. Ilmi bade’ arabcha so‘z bo‘lib, chiroyli so‘zlash, go‘zal, nafis, nodir, ajoyib; badiiyat ilmi demakdir. Ilmi bade’ mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, unda nutqqa be- zak, jilo beruvchi san’atlar, ulaming o‘ziga xos xususiyatlari, tasniflanishi, fikmi chiroyli va mazmunli ifodalashdagi o‘rni kabi masalalar o‘rganiladi. Lirik janrlaming o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish ham ilmi bade’ sanaladi. So‘z, ibora, tasviriy vositalar nutqni bezashuchun ishlatiladigan vositalar sirasiga kiradi. Nutqni go‘zal qiluvchi badiiy usul va vositalar sanoyi’, ya’ni san’atlar deb yuritiladi. Sanoyi’ esa ilmi bade’ning o‘rganish obyektidir. Sanoyi’ arabcha so‘z bo‘lib san’atlar demakdir. Nutqni go‘zal, jozibador, ta’sirchan etuvchi barcha vositalar sanoyi’ deyiladi. Ilmi bade’da sanoyi’, ya’ni nutqni ta’sirchan etuvchi vositalar lafziy, ma’naviy hamda lafziy - ma’naviy san’atga ajratiladi. Lafziy san’atlar deganda she’ming ko’proq shakl tomoniga e’tibor qaratgan holda, uning uslubiga bezak beruvchi san’atlar nazarda tutiladi. Tarse’, tajnis, saj’, qalb, tajziya, zulqofiyatayn kabilar lafziy san’at sanaladi. Ma’naviy san’atlar deganda nutqning ma’nodorligini ta’min- laydigan san’atlar e’tiborga olinadi. Iyhom, tavjih, tajohuli orif, talmeh, irsol ul masal, husni ta’lil, laffu nashr, mubolag’a, tashbeh, tamsil, istiora kabilar ma’naviy san’at deyiladi. Nutqning ham shakli, ham ma’nosiga aloqador san’atlar lafziy - ma’naviy san’atlar hisoblanadi. Taqobul, muqobala, ta’dil, tansiq us sifot, iqtibos, tazmin, husni ibtido, husni taxallus, husni matla’, husni maqta’ kabilar shu turkumdagi san’atdir. Lafziy - ma’naviy san’atlar bir paytning o‘zida nutqning ham shakl, ham ma’no jihatiga daxldor bo’lgani bois mushtarak san’atlar deb ham yuritiladi. Lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo’lib, ular o‘zaro birlashgan holda, nutqning ma’no - mazmuni, ohangdorligi,
ta’sirchanligi ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki ma’no va shakl bir-biridan ayro
emas,
balki yaxlit hodisadir. Shaklsiz ma’no va ma’nosiz shakl bo‘lmaydi.
Ilmi bade’ ham ilmi aruz va ilmi qofiya bilan chambarchas bogdiqdir. Sharq
she’riyati turfa san’atlar she’riyatidir. U g‘arb she’riyatidan shu jihatdan ham farq
qiladi. Sharq she’riyatida doston, g‘azallar emas, bir bayt - (ikki misra) dan iborat
fard ham san’atga asoslanadi, fikr chiroyli, ta’sirchan shaklda ifodalanadi. Sharq
she’riyatidagi  san’atlar  yuqorida  ko‘rsatilganlardangina  iborat  emas.  Sharq
she’riyati  san’atga  nihoyatda  boy.  Masalan,  Rashididdin  Votvot  (1080-  1177)
“Hadoyiq- s - sehr fi daqoyiq ush - she’r” (“She’r nafosatidan bino bo‘lgan sehrli
bog‘lar”) asarida arab va fors she’riyatidagi 63 ta san’atni tahlil qilib ko‘rsatadi.
Ya’ni olim ellik besh bobdan iborat ushbu kitobining har bir bobida bitta san’at
to‘g‘risida  so‘z yuritib, ilovada  yana 8 ta san’at  to‘g‘risida  ma’lumot  beradi.
Mazkur  asarda  birgina  tajnisning  7  xil  ko‘rinishi,  maqlub  (qalb)ning  4  xili
tushuntiriladi.
Atoulloh Husayniy (XV asr o‘rtasi - 1513) ning “Bado’ye us-sanoe” (“San’at
go‘zalliklari”) asarida esa she’riyatdagi san’atlar uch turkumga: lafziy, ma’naviy va
lafziy - ma’noviy san’atlarga ajratilib, 220 dan ortiq san’at tahlil qilinadi. Alisher
Navoiy “Bado’ye us sanoe’” muallifi to‘g‘risida: “Bo vujudi donishmandliq, she’ru
muammovu sanoyi’da dag‘i mahorat paydo qildi... Ammo sanoyi’da kitobe tasnif
qiliptur “Badoyi’ - i Atoyi” g‘a mavsumdir. Bo vujudi ixtisor, maqlubi mustaviy
san’atidin kim, andin mushkilroq san’at bo‘lmas, bu bayt ul risolada aning xossa
baytidurkim:
Shakardahano g‘ame nadorid,
Diyro daniyi mug‘ona darkash
Aning tab’i diqqatig‘a bu bayt dalili bastur” degan.
Shayx Ahmad Taroziy (XV asr) ning “Funun ul-balog‘a” (“Balog‘at ilmlari)
asari ilmi bade’ga oid turkiy tilda yozilgan dastlabki asarlardan biridir. Muallif
asarini Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlagan. Unda she’r nav’ (janr)lari, qofiya va radif,
badiiy san’atlar, aruz ilmi masalalari yoritilgan. Hijriy 840 (melodiy 1436 - 37)
yilda bitilgan ushbu asar “Latoyifu Taroziy” deb ham yuritiladi. Mazkur asarda har
bir odam adabiyotdan xabardor boTishi to‘g‘risida so‘z yuritilib: “Har odamekim,
Logotip
ta’sirchanligi ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki ma’no va shakl bir-biridan ayro emas, balki yaxlit hodisadir. Shaklsiz ma’no va ma’nosiz shakl bo‘lmaydi. Ilmi bade’ ham ilmi aruz va ilmi qofiya bilan chambarchas bogdiqdir. Sharq she’riyati turfa san’atlar she’riyatidir. U g‘arb she’riyatidan shu jihatdan ham farq qiladi. Sharq she’riyatida doston, g‘azallar emas, bir bayt - (ikki misra) dan iborat fard ham san’atga asoslanadi, fikr chiroyli, ta’sirchan shaklda ifodalanadi. Sharq she’riyatidagi san’atlar yuqorida ko‘rsatilganlardangina iborat emas. Sharq she’riyati san’atga nihoyatda boy. Masalan, Rashididdin Votvot (1080- 1177) “Hadoyiq- s - sehr fi daqoyiq ush - she’r” (“She’r nafosatidan bino bo‘lgan sehrli bog‘lar”) asarida arab va fors she’riyatidagi 63 ta san’atni tahlil qilib ko‘rsatadi. Ya’ni olim ellik besh bobdan iborat ushbu kitobining har bir bobida bitta san’at to‘g‘risida so‘z yuritib, ilovada yana 8 ta san’at to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mazkur asarda birgina tajnisning 7 xil ko‘rinishi, maqlub (qalb)ning 4 xili tushuntiriladi. Atoulloh Husayniy (XV asr o‘rtasi - 1513) ning “Bado’ye us-sanoe” (“San’at go‘zalliklari”) asarida esa she’riyatdagi san’atlar uch turkumga: lafziy, ma’naviy va lafziy - ma’noviy san’atlarga ajratilib, 220 dan ortiq san’at tahlil qilinadi. Alisher Navoiy “Bado’ye us sanoe’” muallifi to‘g‘risida: “Bo vujudi donishmandliq, she’ru muammovu sanoyi’da dag‘i mahorat paydo qildi... Ammo sanoyi’da kitobe tasnif qiliptur “Badoyi’ - i Atoyi” g‘a mavsumdir. Bo vujudi ixtisor, maqlubi mustaviy san’atidin kim, andin mushkilroq san’at bo‘lmas, bu bayt ul risolada aning xossa baytidurkim: Shakardahano g‘ame nadorid, Diyro daniyi mug‘ona darkash Aning tab’i diqqatig‘a bu bayt dalili bastur” degan. Shayx Ahmad Taroziy (XV asr) ning “Funun ul-balog‘a” (“Balog‘at ilmlari) asari ilmi bade’ga oid turkiy tilda yozilgan dastlabki asarlardan biridir. Muallif asarini Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlagan. Unda she’r nav’ (janr)lari, qofiya va radif, badiiy san’atlar, aruz ilmi masalalari yoritilgan. Hijriy 840 (melodiy 1436 - 37) yilda bitilgan ushbu asar “Latoyifu Taroziy” deb ham yuritiladi. Mazkur asarda har bir odam adabiyotdan xabardor boTishi to‘g‘risida so‘z yuritilib: “Har odamekim,
insoniyat yaqosidan bosh chiqorur, anga nazm va nasming qoidasin bilmaktin guzir
(iloj, chora, tadbir) yo‘qtur” deb ta’kidlanadi.
Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom”, Ibn Mo‘tazning “Kitob ul-bade’”,
Qudam  ibn  Ja’faming  “Naqd  ush-she’r”  asarlari  ilmi  bade’ga  oid  arab  tilida
yozilgan kitoblardir. Umar Roduyoniyning “Tarjimon ul-balog‘a”, Roshididdin
Votvotning  “Hadoyiq  us-sehr”,  Qays  Roziyning  “A1  -  mo‘jam”,  Atoulloh
Husayniyning “Badoyi us - sanoyi”’, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” asarlari
fors tilidagi ilmi bade’ga oid asarlardir.
Ilmi aruz, ilmi bade’ ilmi qofiya bilan bevosita bog‘liqdir. Ilmi qofiya arabcha
so‘z bo‘lib, qofiya ilmi demakdir. Mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi
ilmi qofiyada qofiya va uning turlari, tuzilishi, badiiy san’atlar bilan munosabati,
she’ming ohangdorligini ta’minlashda qofiyaning o‘mi kabi masalalar o‘rganiladi.
Ilmi aruz, ilmi bade’ga oid asarlarda ham qofiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Chunki  qofiya she’riy nutqning eng  muhim  unsuridir. Shayx Ahmad Taroziy
“Funun ul-balog‘a” asarida: “Bilgilkim, majmui ulamo va fuzalo mazhabinda ahli
ta’bg‘a  qofiya  ilmin  bilmak  muhimdir.  Zero,  ta’bning  natijasi  she’rdir.  Va
she’ming asli qofiya. Va qofiyasiz she’r mumkin ermas”, deydi. Qofiya misralarda
ohangdoshlik hosil qilish barobarida, ulardagi ma’no ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Shu  boisdan  Sharq  she’riyatida  qofiyaga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Qofiya
she’rdagi shakl unsuri emas. Qofiya she’r mazmunini ifodalaydigan eng muhim
jihatdir. Shu boisdan adabiyotshunoslikda qofiya she’ming barcha unsurlari bilan
uzviy bog‘liq tarzda tahlil qilinadi. 
Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g’ariba, g’ariba fani xususida talaygina
ma’lumotlar berilgan. G’arib (g’ariba) — ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan
narsa. Ilmi g’ariba talqin fani bilan bevosita bog’liq. Ilmi g’ariba fanning teran
nuqtalarini,  ich-ichidagi  ma’nilarini  anglash  san’atidir.  G’ariba  ilmi  mavjud
fanlarni  sinchiklab o’rganish orqali  kashfiyot  darajasida xulosa chiqarishgacha
yetish,  ajoyibot  nuqtasi  qadar  ko’tarilishdir.  Alisher  Navoiy  «Xamsatul-
mutaxayyirn» asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy uquvi nihoyatda kuchliligi
haqida  to’xtab:  «Va  g’aribdurkim,  zohir  ulumining  takmili  vaqtida  necha  ish
alarg’a muyassar bo’lib turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hech
qaysig’a voqe’ bo’lg’oni zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy
Logotip
insoniyat yaqosidan bosh chiqorur, anga nazm va nasming qoidasin bilmaktin guzir (iloj, chora, tadbir) yo‘qtur” deb ta’kidlanadi. Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom”, Ibn Mo‘tazning “Kitob ul-bade’”, Qudam ibn Ja’faming “Naqd ush-she’r” asarlari ilmi bade’ga oid arab tilida yozilgan kitoblardir. Umar Roduyoniyning “Tarjimon ul-balog‘a”, Roshididdin Votvotning “Hadoyiq us-sehr”, Qays Roziyning “A1 - mo‘jam”, Atoulloh Husayniyning “Badoyi us - sanoyi”’, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” asarlari fors tilidagi ilmi bade’ga oid asarlardir. Ilmi aruz, ilmi bade’ ilmi qofiya bilan bevosita bog‘liqdir. Ilmi qofiya arabcha so‘z bo‘lib, qofiya ilmi demakdir. Mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi ilmi qofiyada qofiya va uning turlari, tuzilishi, badiiy san’atlar bilan munosabati, she’ming ohangdorligini ta’minlashda qofiyaning o‘mi kabi masalalar o‘rganiladi. Ilmi aruz, ilmi bade’ga oid asarlarda ham qofiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Chunki qofiya she’riy nutqning eng muhim unsuridir. Shayx Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida: “Bilgilkim, majmui ulamo va fuzalo mazhabinda ahli ta’bg‘a qofiya ilmin bilmak muhimdir. Zero, ta’bning natijasi she’rdir. Va she’ming asli qofiya. Va qofiyasiz she’r mumkin ermas”, deydi. Qofiya misralarda ohangdoshlik hosil qilish barobarida, ulardagi ma’no ta’sirchanligini ta’minlaydi. Shu boisdan Sharq she’riyatida qofiyaga alohida e’tibor qaratiladi. Qofiya she’rdagi shakl unsuri emas. Qofiya she’r mazmunini ifodalaydigan eng muhim jihatdir. Shu boisdan adabiyotshunoslikda qofiya she’ming barcha unsurlari bilan uzviy bog‘liq tarzda tahlil qilinadi. Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g’ariba, g’ariba fani xususida talaygina ma’lumotlar berilgan. G’arib (g’ariba) — ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan narsa. Ilmi g’ariba talqin fani bilan bevosita bog’liq. Ilmi g’ariba fanning teran nuqtalarini, ich-ichidagi ma’nilarini anglash san’atidir. G’ariba ilmi mavjud fanlarni sinchiklab o’rganish orqali kashfiyot darajasida xulosa chiqarishgacha yetish, ajoyibot nuqtasi qadar ko’tarilishdir. Alisher Navoiy «Xamsatul- mutaxayyirn» asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy uquvi nihoyatda kuchliligi haqida to’xtab: «Va g’aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish alarg’a muyassar bo’lib turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hech qaysig’a voqe’ bo’lg’oni zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy
«Tarixi  anbiyo  va  hukamo»  asarida  Muso  alayhissalomning  yaqin  qarindoshi
Qorun haqida yozadi: «Va Muso alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso
alayhis-salom aning tarbiyatidan mubolag’a qilur edi. Va ulumi g’ariba va fununi
ajibakim, fayzi olihidin zamirig’a munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga
ta’lim  qilur  erdi».Abdurauf  Fitratning  «Hindistonda  bir  farangi  ila  buxoroli
mudarrisning  jadid  maktablari  xususinda  qilgan  munozarasi»  asarida  Buxoro
madrasalarining talabalari o’qishning to’rtinchi-yettinchi yillarida «Mulla Jomiy»ni
— «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid uz-ziyoiya», «Al-marfu’ot», «Al-majrurot», «Al-
mansubot»,  «Al-mabniyyot»)  asarlari  sharhi  o’qitilganligi  xususida  yoziladi.
Demak,  Jomiy  asarlaridagi  mantiqning  kuchliligi  —  ilmi  g’ariba  darajasiga
ko’tarilganligi rasman tan olingan edi.
Ilmi g’ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham
ma’lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma’lumot
diqqatga  sazovordir:  «Ko’pgina  ilm  sohalari  bo’yicha  yaxshi  tasniflari  bor.
Ayniqsa g’ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko’p ma’nolarni mo’jaz
va lo’nda kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko’p fikrlarni
anglatardi. Hazrat Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib
yuborgan ekan, mullo esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida
bir arabcha risola tasnif qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi
bobida olti yuz ellik ma’no aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning
shogirdi Mavlono Husayn Turkistoniy xaqida mana bu ma’lumot berilgan: «Ilmlar
ikir-chikirini shu darajada o’zlashtirganki, bu sohalarning ko’pida mahorat bilan
ish olib borardi... G’ariba fanida fasohatomez nutqi va balog’atangez kalomi bilan
ko’p ran tanobini tortib, farovon ma’noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin,
ravon  bayon  qilardiki,  dunyo  kezuvchi  aql  isbotlash  kemasi  bilan  tasavvur
dengizida  ketidan  qanchalik  ergashmasin,  uni  sharhlovchi  so’z  topa  olmasdi,
aniqrog’i, isbotlanmas masalalar turkumidan hisoblanardi».
XX asrda, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g’aribaning paydo
bo’lmaganligi  sabablarini  o’ylayman.  Birinchidan,  g’ariba  fani  haqiqiy  san’at
asarlari talqinida paydo bo’ladi. Sho’ro adabiyotida siyosat, mafkura, targ’ibotu
tashviqot  qorishib  ketdi.  Qolaversa,  sho’ro  adabiyotining  «xalqchilligi»  talabi
badiiy adabiyotni o’ta soddalashtirib, odmilashtirib yubordi. Ko’p o’rinlarda badiiy
Logotip
«Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Muso alayhissalomning yaqin qarindoshi Qorun haqida yozadi: «Va Muso alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso alayhis-salom aning tarbiyatidan mubolag’a qilur edi. Va ulumi g’ariba va fununi ajibakim, fayzi olihidin zamirig’a munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga ta’lim qilur erdi».Abdurauf Fitratning «Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan munozarasi» asarida Buxoro madrasalarining talabalari o’qishning to’rtinchi-yettinchi yillarida «Mulla Jomiy»ni — «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid uz-ziyoiya», «Al-marfu’ot», «Al-majrurot», «Al- mansubot», «Al-mabniyyot») asarlari sharhi o’qitilganligi xususida yoziladi. Demak, Jomiy asarlaridagi mantiqning kuchliligi — ilmi g’ariba darajasiga ko’tarilganligi rasman tan olingan edi. Ilmi g’ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham ma’lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma’lumot diqqatga sazovordir: «Ko’pgina ilm sohalari bo’yicha yaxshi tasniflari bor. Ayniqsa g’ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko’p ma’nolarni mo’jaz va lo’nda kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko’p fikrlarni anglatardi. Hazrat Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib yuborgan ekan, mullo esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida bir arabcha risola tasnif qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi bobida olti yuz ellik ma’no aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning shogirdi Mavlono Husayn Turkistoniy xaqida mana bu ma’lumot berilgan: «Ilmlar ikir-chikirini shu darajada o’zlashtirganki, bu sohalarning ko’pida mahorat bilan ish olib borardi... G’ariba fanida fasohatomez nutqi va balog’atangez kalomi bilan ko’p ran tanobini tortib, farovon ma’noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin, ravon bayon qilardiki, dunyo kezuvchi aql isbotlash kemasi bilan tasavvur dengizida ketidan qanchalik ergashmasin, uni sharhlovchi so’z topa olmasdi, aniqrog’i, isbotlanmas masalalar turkumidan hisoblanardi». XX asrda, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g’aribaning paydo bo’lmaganligi sabablarini o’ylayman. Birinchidan, g’ariba fani haqiqiy san’at asarlari talqinida paydo bo’ladi. Sho’ro adabiyotida siyosat, mafkura, targ’ibotu tashviqot qorishib ketdi. Qolaversa, sho’ro adabiyotining «xalqchilligi» talabi badiiy adabiyotni o’ta soddalashtirib, odmilashtirib yubordi. Ko’p o’rinlarda badiiy
adabiyot  sayqallashtirilgan  jurnalistikaga  aylanayozdi.  Sho’ro  hukumati,
kommunistik firqa qanday masalani qo’ymasin, badiiy adabiyot hamisha «labbay»
deb otilib chikdi. Sho’ro respublikalarida milliy mustaqillik uchun kurash paydo
bo’ldimi, adabiyotda bosmachilarga qarshi kurash mavzusi keng ishlana boshlandi.
Qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlandimi, adabiyotda
«Ochilgan qo’riq» monand romanlar, «Muraviya mamlakati» monand dostonlar
ko’payib  ketdi.  Adabiy  tanqid  badiiy  adabiyotga  nisbatana-da  mafkuralashdi,
siyosiylashdi. U badiiy adabiyot sohasida firqaning ko’zi, qulog’i, ovoziga aylandi.
Adabiy tanqidning siyosiy hushyorligi qatli omu qatag’on, ta’qiblarga sabab bo’ldi.
Sho’ro yozuvchilari yuksak minbarlardan turib qalb amriga ko’ra yozajakliklarini
va’da  qildilar,  Qalblari  esa  bus-butun  partiyaga  baxshida  ekanligini  qo’shib
qo’ydilar. Qalb amri bilan yozish — yurak qoni bilan bitishdir. «Yurak qoni bilan
yozgan odam uzun yozolmaydi»,— deydi A.Muxtor «Tundaliklar»ida. Chin dildan
gapirayotgan,  aytayotgan  gaplari  mas’uliyatini  sezgan  odam  ham  uzoq,  ravon
gapira olmaydi. «Abdulla Qodiriy... sirtdan qaraganda bosiq, kamgap ko’rinar,
chunki  u  har  bir  so’zni  taroziga  solib  ko’rar,  og’ziga  kelgan  har  bir  so’zni
aytavermas, sekin va gapi xuddi o’ziga xalal berayotgandek yoqinqiramay gap
boshlardi», — deb yozadi Oybek «Adabiyot, tarix, zamonaviylik» maqolasida.
XX  asrda  ilmi  g’aribaga  manba  bo’ladigan  asarlarni  Abdulla  Qodiriy,
Cho’lpon,  Fitrat,  Oybek,  Odil  Yoqubov,  Pirimqul  Qodirov,  Erkin  Vohidov,
Abdulla  Oripov,  Rauf  Parfi,  Abduvali  Qutbiddin  singari  iste’dodli  ijodkorlar
yaratdilar.  Tog’ay  Murodning  qissalari  va  romani  g’ariba  fani  uchun  bebaho
material  bo’ldi.  Afsuski,  asrimizning  80—90-yillarigacha  mashhur  asarlarning
san’atkorona sir-asrorlari haqida maqola, tadqiqotlar kam yaratildi. Avvalo, sho’ro
adabiy siyosati ilmi g’ariba yo’lidagi bosh to’siq bo’ldi. Qolaversa, tanqidchilarda
mahorat masalalarini yoritish, asar go’zalliklari xususida fikr yuritishdan ko’ra
zamonasozlik  tuyg’usi  —  asarning  dolzarbligi,  mafkuraga  monandligi  haqida
gapirish kuchaydi. Muhimi, badiiy adabiyotda bo’lmasin, san’at asarlari xususida
bitilgan  tadqiqotlarda  bo’lmasin  go’zallik  tuyg’usiga  e’tibor  susaydi.  Badiiy
adabiyot,  u  haqida  bitilgan  asarlarda  go’zallik,  nazokat  tuyg’usini  tarbiyalash
asosiy  gap  ekanligi  unutildi.  Go’zallik  tuyg’usi  deganda,  avvalo,  ma’noning
teranligi, fikrlashga undash yetakchilik qiladi. Alisher Navoiy asarlaridagi har bir
Logotip
adabiyot sayqallashtirilgan jurnalistikaga aylanayozdi. Sho’ro hukumati, kommunistik firqa qanday masalani qo’ymasin, badiiy adabiyot hamisha «labbay» deb otilib chikdi. Sho’ro respublikalarida milliy mustaqillik uchun kurash paydo bo’ldimi, adabiyotda bosmachilarga qarshi kurash mavzusi keng ishlana boshlandi. Qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlandimi, adabiyotda «Ochilgan qo’riq» monand romanlar, «Muraviya mamlakati» monand dostonlar ko’payib ketdi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotga nisbatana-da mafkuralashdi, siyosiylashdi. U badiiy adabiyot sohasida firqaning ko’zi, qulog’i, ovoziga aylandi. Adabiy tanqidning siyosiy hushyorligi qatli omu qatag’on, ta’qiblarga sabab bo’ldi. Sho’ro yozuvchilari yuksak minbarlardan turib qalb amriga ko’ra yozajakliklarini va’da qildilar, Qalblari esa bus-butun partiyaga baxshida ekanligini qo’shib qo’ydilar. Qalb amri bilan yozish — yurak qoni bilan bitishdir. «Yurak qoni bilan yozgan odam uzun yozolmaydi»,— deydi A.Muxtor «Tundaliklar»ida. Chin dildan gapirayotgan, aytayotgan gaplari mas’uliyatini sezgan odam ham uzoq, ravon gapira olmaydi. «Abdulla Qodiriy... sirtdan qaraganda bosiq, kamgap ko’rinar, chunki u har bir so’zni taroziga solib ko’rar, og’ziga kelgan har bir so’zni aytavermas, sekin va gapi xuddi o’ziga xalal berayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi», — deb yozadi Oybek «Adabiyot, tarix, zamonaviylik» maqolasida. XX asrda ilmi g’aribaga manba bo’ladigan asarlarni Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin singari iste’dodli ijodkorlar yaratdilar. Tog’ay Murodning qissalari va romani g’ariba fani uchun bebaho material bo’ldi. Afsuski, asrimizning 80—90-yillarigacha mashhur asarlarning san’atkorona sir-asrorlari haqida maqola, tadqiqotlar kam yaratildi. Avvalo, sho’ro adabiy siyosati ilmi g’ariba yo’lidagi bosh to’siq bo’ldi. Qolaversa, tanqidchilarda mahorat masalalarini yoritish, asar go’zalliklari xususida fikr yuritishdan ko’ra zamonasozlik tuyg’usi — asarning dolzarbligi, mafkuraga monandligi haqida gapirish kuchaydi. Muhimi, badiiy adabiyotda bo’lmasin, san’at asarlari xususida bitilgan tadqiqotlarda bo’lmasin go’zallik tuyg’usiga e’tibor susaydi. Badiiy adabiyot, u haqida bitilgan asarlarda go’zallik, nazokat tuyg’usini tarbiyalash asosiy gap ekanligi unutildi. Go’zallik tuyg’usi deganda, avvalo, ma’noning teranligi, fikrlashga undash yetakchilik qiladi. Alisher Navoiy asarlaridagi har bir
ramz, har bir ifoda, har bir qiyos zaminida katta ma’no-mazmun yashiringan.
Kitobxon buyuk san’atkor asarlaridagi ma’noni anglagani sayin go’zallik olamiga
kirib borayotganligi, ruhiy-ma’naviy jihatdan boyib borayotganligini his qiladi.
Mohir san’atkor bir ishora, bir bayt orqali tarixning katta odimini, o’n yilliklar
tajribasini bera oladi. G’ariba fani tarix haqiqatini — qisqa satrlar zaminidagi
ma’noni yoritib berishi bilan g’aroyib, go’zaldir. Masalan, Abdulla Oripovning:
Labda tabassumu ko’zda yosh bilan
Senga intilaman buyuk nabiram...
Erkin Vohidovning:
Sen hilol, yulduz, salib,
Tavrot, Zaburdan yuksalib
Boymisan yoki g’arib,
Komron o’zing, yakson o’zing...
Rauf Parfining:
Parchin-parchin bo’ldi yedim sirlari, 
Simlar — ko‘zlarimga mil tortgan chizgu
singari  misralari  g’ariba  fani  uchun  boy  manbadir.  Tadqiqotchi  shoir  ruhiga
sinchkov nazar tashlab, tarix haqiqati — fojialarini aks ettirishi mumkin.
G’ariba ilmida san’atkor va tadqiqotchining o’zaro munosabati diqqatni jalb
etadi. San’atkor aytmoqchi bo’lgan fikrini nozik yashira olsa, katta ma’noniig biron
qirrasiga ishora qilish bilan cheklansa, fikrni lo’nda aytsayu his-tuyg’uni jilovlay
olsa yoxud asarni davom ettirish imkonini yaratsa, g’ariba fani uchun maydon
yaratiladi. Tog’ay Murodning  «Otamdan  qolgan  dalalar» romanida 3  qator  —
misradan iborat bo’lim bor. Mana shu uch satr zaminidagi  his-tuyg’uni alohida
kitob qilib yozish mumkin. Yozuvchi his-tuyg’ular olamida jo’sh urishni g’ariba
fani ustasiga qoldirgan. Mana o’sha «quruq» xabar — misralar:
Kuydi-kuydi — ayolimning tani kuydi.
Kuydi-kuydi — menibag’rim kuydi.
Kuydi-kuydi — bolalarimning sho’ri kuydi.
Logotip
ramz, har bir ifoda, har bir qiyos zaminida katta ma’no-mazmun yashiringan. Kitobxon buyuk san’atkor asarlaridagi ma’noni anglagani sayin go’zallik olamiga kirib borayotganligi, ruhiy-ma’naviy jihatdan boyib borayotganligini his qiladi. Mohir san’atkor bir ishora, bir bayt orqali tarixning katta odimini, o’n yilliklar tajribasini bera oladi. G’ariba fani tarix haqiqatini — qisqa satrlar zaminidagi ma’noni yoritib berishi bilan g’aroyib, go’zaldir. Masalan, Abdulla Oripovning: Labda tabassumu ko’zda yosh bilan Senga intilaman buyuk nabiram... Erkin Vohidovning: Sen hilol, yulduz, salib, Tavrot, Zaburdan yuksalib Boymisan yoki g’arib, Komron o’zing, yakson o’zing... Rauf Parfining: Parchin-parchin bo’ldi yedim sirlari, Simlar — ko‘zlarimga mil tortgan chizgu singari misralari g’ariba fani uchun boy manbadir. Tadqiqotchi shoir ruhiga sinchkov nazar tashlab, tarix haqiqati — fojialarini aks ettirishi mumkin. G’ariba ilmida san’atkor va tadqiqotchining o’zaro munosabati diqqatni jalb etadi. San’atkor aytmoqchi bo’lgan fikrini nozik yashira olsa, katta ma’noniig biron qirrasiga ishora qilish bilan cheklansa, fikrni lo’nda aytsayu his-tuyg’uni jilovlay olsa yoxud asarni davom ettirish imkonini yaratsa, g’ariba fani uchun maydon yaratiladi. Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida 3 qator — misradan iborat bo’lim bor. Mana shu uch satr zaminidagi his-tuyg’uni alohida kitob qilib yozish mumkin. Yozuvchi his-tuyg’ular olamida jo’sh urishni g’ariba fani ustasiga qoldirgan. Mana o’sha «quruq» xabar — misralar: Kuydi-kuydi — ayolimning tani kuydi. Kuydi-kuydi — menibag’rim kuydi. Kuydi-kuydi — bolalarimning sho’ri kuydi.
G’ariba maqola yozuvchi tani kuygan ayolning rohat-farog’asiz o’tgan umrini
o’ylab kuyadi; umr bo’yi inson sha’nini oyoq osti qiluvchi mehnatdan boshqasini
bilmagan, yolg’iz quvonchi, dardkashi, g’amgusori ayolidan ayrilgan Dehqonqul
holatiga kuyadi; shu uch misra haqida yozar ekan bolaligi bolalarcha o’tmagan,
endi  shum  yetimlik  azobiga duchor  bo’layotganlar  taqdiriga  kuyadi. Shu  uch
kuydiruvchi misra haqida yozuvchi odam «Osmol yiroq, yer qattiq» maqolini
epigraf qilib olsa yanglishmasligini sezadi.Ilmi g’ariba imkoniyatlari cheksiz. Shoir
borki,  shamol  o’yini,  nur  rangi,  dengiz  mavji  (Iosif  Brodskiy  singari)  orqali
tuyg’ularini ifodalaydi; shoir borki, yuragidagi og’riqlarni — malomat toshida
ochilgan gullarni (Rauf Parfi singari) tasvirlaydi; shoir borki, yuragini ochgani
sayin namakob to’la kosa lopillab goh u yon, goh bu yon borib turishini anglaydi.
Fariba ilmida qalam suruvchi ijodkor ruhidagi holatlarni, go’zallikdan go’zallik
yaratayotganini unutmagan holda, qog’ozga tushirishi joiz.Ilmi g’aribada badiiy
asar  muallifi  va  tadqiqot  yaratuvchi  aro  munosabatning  eng  nozik  ko’rinishi
mavjud. San’atkor yozuvchi ham, olim-tadqiqotchi ham iste’dod sohibi. Ammo
san’atkor iste’dodi bilan olim uquvi-bilimi aro fark bor. San’atkor — yozuvchi
aksariyat  hollarda  g’ayri  shuuriy  holatda,  savqi  tabiiy  ravishda  ijod  qiladi.
Yaratuvchi  ijodkor  ruhiyat  olamidagi  o’zgarish,  holat  o’sishlarni  tasvirlaydi.
Tadqiqotchi-olim, san’atkordan  farqli  o’laroq, mantiq  kuchi  bilan  ish  ko’radi.
Uning  faoliyatida  aql,  ziyraklik,  voqyea-hodisa  zaminiga  teran  kira  bilish
muhimdir.  G’ariba  ilmida  shuuriylikning  cho’qqisi  bilan  mantiqning  teranligi
birlashadi. Badiiy asar tirik tan misoli hamisha o’sib-o’zgarib borganiday, olim-
tadqiqotchi ham doimo uning yangi qirralarini kashf etaveradi. Mumtoz adabiyotda
Bedil, Navoiy, Fuzuliy asarlari yuzlab talqinlarga imkon berganini bilamiz. XX asr
oxiriga  kelib  uzbek  adabiyotida  jahon  adabiyotidan  o’rganish,  uning  yetuk
tomonlarini  ijodiy davom ettirish tamoyili kuchaymoqda. Bu hol g’ariba ilmi
taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochishi tabiiy. Asrimizning 90-yillarida Omon
Muxtor, Tog’ay Murod, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st singarilarning
o’ziga xos asarlari — roman, qissa, hikoyalari paydo bo’lmoqda. Bu asarlarda
nasrning  nazm  tomon  siljib  borishi  —  ruhiyat  olamini  aks  ettirishi;  qiyos,
ramzlarning noziklashuvi; moddiy tushunchalar tuyg’usini yengib, ruhiy-ma’naviy
Logotip
G’ariba maqola yozuvchi tani kuygan ayolning rohat-farog’asiz o’tgan umrini o’ylab kuyadi; umr bo’yi inson sha’nini oyoq osti qiluvchi mehnatdan boshqasini bilmagan, yolg’iz quvonchi, dardkashi, g’amgusori ayolidan ayrilgan Dehqonqul holatiga kuyadi; shu uch misra haqida yozar ekan bolaligi bolalarcha o’tmagan, endi shum yetimlik azobiga duchor bo’layotganlar taqdiriga kuyadi. Shu uch kuydiruvchi misra haqida yozuvchi odam «Osmol yiroq, yer qattiq» maqolini epigraf qilib olsa yanglishmasligini sezadi.Ilmi g’ariba imkoniyatlari cheksiz. Shoir borki, shamol o’yini, nur rangi, dengiz mavji (Iosif Brodskiy singari) orqali tuyg’ularini ifodalaydi; shoir borki, yuragidagi og’riqlarni — malomat toshida ochilgan gullarni (Rauf Parfi singari) tasvirlaydi; shoir borki, yuragini ochgani sayin namakob to’la kosa lopillab goh u yon, goh bu yon borib turishini anglaydi. Fariba ilmida qalam suruvchi ijodkor ruhidagi holatlarni, go’zallikdan go’zallik yaratayotganini unutmagan holda, qog’ozga tushirishi joiz.Ilmi g’aribada badiiy asar muallifi va tadqiqot yaratuvchi aro munosabatning eng nozik ko’rinishi mavjud. San’atkor yozuvchi ham, olim-tadqiqotchi ham iste’dod sohibi. Ammo san’atkor iste’dodi bilan olim uquvi-bilimi aro fark bor. San’atkor — yozuvchi aksariyat hollarda g’ayri shuuriy holatda, savqi tabiiy ravishda ijod qiladi. Yaratuvchi ijodkor ruhiyat olamidagi o’zgarish, holat o’sishlarni tasvirlaydi. Tadqiqotchi-olim, san’atkordan farqli o’laroq, mantiq kuchi bilan ish ko’radi. Uning faoliyatida aql, ziyraklik, voqyea-hodisa zaminiga teran kira bilish muhimdir. G’ariba ilmida shuuriylikning cho’qqisi bilan mantiqning teranligi birlashadi. Badiiy asar tirik tan misoli hamisha o’sib-o’zgarib borganiday, olim- tadqiqotchi ham doimo uning yangi qirralarini kashf etaveradi. Mumtoz adabiyotda Bedil, Navoiy, Fuzuliy asarlari yuzlab talqinlarga imkon berganini bilamiz. XX asr oxiriga kelib uzbek adabiyotida jahon adabiyotidan o’rganish, uning yetuk tomonlarini ijodiy davom ettirish tamoyili kuchaymoqda. Bu hol g’ariba ilmi taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochishi tabiiy. Asrimizning 90-yillarida Omon Muxtor, Tog’ay Murod, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st singarilarning o’ziga xos asarlari — roman, qissa, hikoyalari paydo bo’lmoqda. Bu asarlarda nasrning nazm tomon siljib borishi — ruhiyat olamini aks ettirishi; qiyos, ramzlarning noziklashuvi; moddiy tushunchalar tuyg’usini yengib, ruhiy-ma’naviy