Badiiy tahlilda adabiy tanqidchi shaxsiyatining o‘rni

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

22,8 KB


Badiiy tahlilda adabiy tanqidchi shaxsiyatining o‘rni
                       REJA:
1. Badiiy asar, badiiy tahlil, munaqqid
2. Badiiy asar tekshirishda uslubiy o’ziga xoslik
3. G‘oyaviylik va badiiylik muammosi
4. Adabiy tanqidchi qomusiy bilimga ega bolishi kerak.
5. Obyektiv yondashuv – eng to‘g‘ri yondashuv  
Badiiy asar tahlili to‘laligi, aniqligi va chuqurligiga erishishda sinchi shaxsi hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Bu yerda gap sinchi-adabiyotshunosning bilim darajasi,
kasbiy tayyorgarligi va intellektual salohiyati haqidagina emas, balki shaxsiyatiga
xos ma’naviy-axloqiy sifatlar to‘g‘risida hamdir. Ma’lumki, badiiy asar o‘zga bir
iste’dodli  subyektning  fikru  tuyg‘ulari  mahsuli.  Demak,  uni  tuyish,  tushunish
izohlashi kerak bo‘lgan shaxsdan, birinchi navbatda, o‘zgani to‘g‘ri anglay bilish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi. Bunday ko‘nikmaga esa faqat bilim-u
mashq natijasida erishib bo‘lmaydi. Bunga yetishmoq uchun kishi shaxsiyatida
o‘ziga  xos  yuksak  ma’naviy  sifatlar  ham  bo‘lishi  taqozo  etiladi.  Ayni
xususiyatlarga ega sinchi-tahlilchining tadqiqotlari badiiy asar mohiyatini teran
ochishga qaratilgan bo‘ladi.
   Uslub badiiy ijod uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, adabiy asarni
ilmiy tekshirishda ham o‘shanchalik muhimdir. Uslubda hamisha ijrochi - subyekt
bo‘lmish shaxsga xos xususiyatlar aks etadi. Demak, adabiyotshunos - sinchining
individual xususiyatlari u qilgan tahlilda namoyon bo‘ladi. Badiiy tahlilni amalga
oshirishda har bir tahlilchi o‘ziga xos ifoda tarziga ilmiy masala qo‘yish va uni hal
etishning o‘zigagina maxsus yo‘siniga ega bo‘lishi lozim. Ayrim adabiyotshunoslar
Logotip
Badiiy tahlilda adabiy tanqidchi shaxsiyatining o‘rni REJA: 1. Badiiy asar, badiiy tahlil, munaqqid 2. Badiiy asar tekshirishda uslubiy o’ziga xoslik 3. G‘oyaviylik va badiiylik muammosi 4. Adabiy tanqidchi qomusiy bilimga ega bolishi kerak. 5. Obyektiv yondashuv – eng to‘g‘ri yondashuv Badiiy asar tahlili to‘laligi, aniqligi va chuqurligiga erishishda sinchi shaxsi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu yerda gap sinchi-adabiyotshunosning bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va intellektual salohiyati haqidagina emas, balki shaxsiyatiga xos ma’naviy-axloqiy sifatlar to‘g‘risida hamdir. Ma’lumki, badiiy asar o‘zga bir iste’dodli subyektning fikru tuyg‘ulari mahsuli. Demak, uni tuyish, tushunish izohlashi kerak bo‘lgan shaxsdan, birinchi navbatda, o‘zgani to‘g‘ri anglay bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi. Bunday ko‘nikmaga esa faqat bilim-u mashq natijasida erishib bo‘lmaydi. Bunga yetishmoq uchun kishi shaxsiyatida o‘ziga xos yuksak ma’naviy sifatlar ham bo‘lishi taqozo etiladi. Ayni xususiyatlarga ega sinchi-tahlilchining tadqiqotlari badiiy asar mohiyatini teran ochishga qaratilgan bo‘ladi. Uslub badiiy ijod uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, adabiy asarni ilmiy tekshirishda ham o‘shanchalik muhimdir. Uslubda hamisha ijrochi - subyekt bo‘lmish shaxsga xos xususiyatlar aks etadi. Demak, adabiyotshunos - sinchining individual xususiyatlari u qilgan tahlilda namoyon bo‘ladi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda har bir tahlilchi o‘ziga xos ifoda tarziga ilmiy masala qo‘yish va uni hal etishning o‘zigagina maxsus yo‘siniga ega bo‘lishi lozim. Ayrim adabiyotshunoslar
oldin tekshirilayotgan asar yuzasidan muayyan savollar qo‘yib tahlil asnosida o‘sha
savollarga  javob  topishga  urinsalar  boshqalari  o‘z  fikrini  mashhur
mutafakkirlarning qarashlariga tayangan holda isbotlashga harakat qilishadi.
Ba’zilari  esa  mavjud  badiiy  faktni  o‘zga  ilmiy-estetik  dalillar  bilan  bilan
solishtirish, qiyoslash orqali tekshirilayotgan adabiy yaratiq to‘g‘risida muayyan
to‘xtamga kelishni ma’qul ko‘rishadi.
Bilim saviyasi baland, qarashlari xolis va teran, xulosalari takrorlanmas va
original  chiqishi  uchun  sinchi  o‘ta  puxta  tayyorgarlik  ko‘rgan  bo‘lishi  zarur.
Yetarlicha hozirlik ko‘rmay turib, biror adabiy yaratiq haqida original fikr aytish
mumkin emas. Adabiyotshunos-sinchi-tahlilchining po‘xta tayyorgarligi deganda
nima  ko‘zda  tutiladi?  Sinchi  adabiyotshunoslikdagi  asosiy  ilmiy  yo‘nalishlar,
badiiy asarni tekshirish va talqin etishga doir yetakchi nazariy to‘xtamlar| bilan
tanishib, ulardagi muhim qarashlarni o‘zlashtirish va ularga tayangan holda har
qanday badiiy matn yuzasidv o‘z mustaqil fikrini ayta oladigan bo‘lishi kerak.
Bunday  mustaqil  qarash  egasi  bo‘lish  uchun  badiiy  taxlilga  qo‘l  urgan
mutaxassisdan atroflicha bilim talab etiladi. Buning uchun filolog sobit ilmiy bilim
va  dunyoqarashdan  tashqari  ham  Kunbotishga  mansub  falsafiy-estetik
maktablardagi asosiy oqimlardan, ham Kunchiqishda qaror topgan ilmiy badiiy
qarashlar  tizimidan  yaxshi  xabardor  bo‘lib,  o‘z  ilmiy  qarashlar  tizimini
shakllantirishi joiz.
Keyingi vaqtda o‘zbek adabiyotshunosligida fikr erkshiSh gi, badiiy matnga
yondashuv, tahlil va xulosa berish hurligi qaror topmokda. Hozirgi vaqtda badiiy
adabiyot davlat ishi bo‘lmagani kabi badiiy tahlil ham siyosiy yumush, mafkuraga
xizmat qilish yo‘li emas. Bu hol adabiy-estetik qarashlarpnj ilmiy jihatdan xolis,
erkin va ayni vaqtda, mantiqan asoslangan bo‘lishini talab qilmokda. Shuning
uchun  ham  milliy  tahlilchilikda  sof  an’anaviy  ilmiy-estetik  hodisallr  bilan
birgalikda  shakliy  va  mundarijaviy  jihatdap  tamomila  yangilik  bo‘lgan  ilmiy-
adabiy tajribalar ham paydo bo‘lmokda.
Estetik va badiiy plyuralizm sharoiti bu xil hodisalarni qabul qilish, tushunish
va  tushuntirish  imkonini  berdi.  Endilikda  avval  ko‘rilmagan  badiiy  tajribaga
dushmanlik bilan yondashish, uni mutlaqo qabul qilmaslik yoki muxolifat deb
e’lon qilish intellektual-estetik yovvoyilik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun
Logotip
oldin tekshirilayotgan asar yuzasidan muayyan savollar qo‘yib tahlil asnosida o‘sha savollarga javob topishga urinsalar boshqalari o‘z fikrini mashhur mutafakkirlarning qarashlariga tayangan holda isbotlashga harakat qilishadi. Ba’zilari esa mavjud badiiy faktni o‘zga ilmiy-estetik dalillar bilan bilan solishtirish, qiyoslash orqali tekshirilayotgan adabiy yaratiq to‘g‘risida muayyan to‘xtamga kelishni ma’qul ko‘rishadi. Bilim saviyasi baland, qarashlari xolis va teran, xulosalari takrorlanmas va original chiqishi uchun sinchi o‘ta puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi zarur. Yetarlicha hozirlik ko‘rmay turib, biror adabiy yaratiq haqida original fikr aytish mumkin emas. Adabiyotshunos-sinchi-tahlilchining po‘xta tayyorgarligi deganda nima ko‘zda tutiladi? Sinchi adabiyotshunoslikdagi asosiy ilmiy yo‘nalishlar, badiiy asarni tekshirish va talqin etishga doir yetakchi nazariy to‘xtamlar| bilan tanishib, ulardagi muhim qarashlarni o‘zlashtirish va ularga tayangan holda har qanday badiiy matn yuzasidv o‘z mustaqil fikrini ayta oladigan bo‘lishi kerak. Bunday mustaqil qarash egasi bo‘lish uchun badiiy taxlilga qo‘l urgan mutaxassisdan atroflicha bilim talab etiladi. Buning uchun filolog sobit ilmiy bilim va dunyoqarashdan tashqari ham Kunbotishga mansub falsafiy-estetik maktablardagi asosiy oqimlardan, ham Kunchiqishda qaror topgan ilmiy badiiy qarashlar tizimidan yaxshi xabardor bo‘lib, o‘z ilmiy qarashlar tizimini shakllantirishi joiz. Keyingi vaqtda o‘zbek adabiyotshunosligida fikr erkshiSh gi, badiiy matnga yondashuv, tahlil va xulosa berish hurligi qaror topmokda. Hozirgi vaqtda badiiy adabiyot davlat ishi bo‘lmagani kabi badiiy tahlil ham siyosiy yumush, mafkuraga xizmat qilish yo‘li emas. Bu hol adabiy-estetik qarashlarpnj ilmiy jihatdan xolis, erkin va ayni vaqtda, mantiqan asoslangan bo‘lishini talab qilmokda. Shuning uchun ham milliy tahlilchilikda sof an’anaviy ilmiy-estetik hodisallr bilan birgalikda shakliy va mundarijaviy jihatdap tamomila yangilik bo‘lgan ilmiy- adabiy tajribalar ham paydo bo‘lmokda. Estetik va badiiy plyuralizm sharoiti bu xil hodisalarni qabul qilish, tushunish va tushuntirish imkonini berdi. Endilikda avval ko‘rilmagan badiiy tajribaga dushmanlik bilan yondashish, uni mutlaqo qabul qilmaslik yoki muxolifat deb e’lon qilish intellektual-estetik yovvoyilik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun
ham  an’anaviy  romanlar,  she’rlar  dramatik  asarlarga  bag‘ishlangan  an’anaviy
tadqiqotlar  bilan  birgalikda  hali  ko‘rilmagan  yo‘nalishdagi  turli  adabiy
tajribalarning mahsuli bo‘lmish badiiy matnlarning tadqiqiga bag‘ishlangan jiddiy
yangicha ilmiy qarashlar ham yueaga kelyapti. Unda estetik hodisalar tahlilchining
nuqtai nazariga tayangan holda baholanib, ularning milliy badiiyatga qo‘shgan
hissasi tayin etiladi. Professor D. Quronovning «Zavqimdan bir shingil» asari, I.
G‘afurov, S. Meli, U Jo‘raqul, R. Rahmat singari sinchilarning bir qator maqolalari
ana shunday yangicha ilmiy-tahliliy yondashuvning o‘ziga xos namunalaridir.
    Ayrim tahlilchilar o‘z hulosalarini tipologik va komparavistik yondashuvlarga
tayanib chiqarayotirlar. Ular bunda o‘zbek adabiyotidagi ayrim badiiy asarlarni
milliy yoki qo‘shni adabiyotlarda mavjud bo‘lgan muvoziy estetik hodisalarga
solishtirgan  holda  o‘xshash  va  farkdi  jihatlarini  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  bunga
urinmoqdalar. Ikkinchi bir guruh tahdilchilar esa biror ijtimoiy qarashni maqsad
sifatida  belgilab  olib,  tekshirilayotgan  badiiy  matnning  ana  pgu  maqsadga
kanchalik xizmat qilish qilmasligini aniqlash orqali badiiy asarga baho berishga
urinmoqdalar. Yana shunday adabiyotshunoslar ham borki, ular tekshirilayotgan
badiiy  matnning  o‘zigagina  tayangan  holda  asarning  badiiy-estetik  qimmatani
ochish, shu orqali uning milliy tafakkur taraqqiyotiga qushgan hissasini aniqlash
yo‘lidan borishni ma’qul ko‘radi.
Badiiy tahlilning sifati, uning badiiy-ilmiy ta’sirchanlik darajasi tahlilchining
shaxsiyati va kasbiy hozirligiga bog‘liqdir. Har qanday tahlilchi ham o‘z shaxsiyati
darajasida ish ko‘radi. Har bir sinchi o‘z shaxsiyati, e’tiqodi, estetik imkoniyatlari,
o‘qimishlilik darajasi, shaxsiy jasorati doirasida badiiy tahlilni amalga oshiradiki,
shularga tayanib turib, tahlilchining shaxsi badiiy taxlilning sifati va halolligini
belgilaydigan asosiy  omil deb bemalol aytish mumkin. Atroflicha bilimdonlik
badiiy  adabiyotga  daxldor  qarashlarning  xolisligini  ta’minshda  hal  qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Ayni bir davrda yashagan, bir xil e’tiqodga amal qilgan holda badiiy didi,
estetik zavqi, iste’dodinig miqiyosi har xil bo‘lgan sinchi-adabiyotshunoslar ayni
bir badiiy hodisa to‘g‘risida tamomila qarama-qarshi fikrlarga kelishi mumkin va
buni tabiiy hol deb hisoblash lozim. Aytilganidek to‘lig‘icha individual mehnat
samarasi  bo‘lmish  badiiy  asar  mutlaqo  individual  tarzda  qabul  etiladi  va
Logotip
ham an’anaviy romanlar, she’rlar dramatik asarlarga bag‘ishlangan an’anaviy tadqiqotlar bilan birgalikda hali ko‘rilmagan yo‘nalishdagi turli adabiy tajribalarning mahsuli bo‘lmish badiiy matnlarning tadqiqiga bag‘ishlangan jiddiy yangicha ilmiy qarashlar ham yueaga kelyapti. Unda estetik hodisalar tahlilchining nuqtai nazariga tayangan holda baholanib, ularning milliy badiiyatga qo‘shgan hissasi tayin etiladi. Professor D. Quronovning «Zavqimdan bir shingil» asari, I. G‘afurov, S. Meli, U Jo‘raqul, R. Rahmat singari sinchilarning bir qator maqolalari ana shunday yangicha ilmiy-tahliliy yondashuvning o‘ziga xos namunalaridir. Ayrim tahlilchilar o‘z hulosalarini tipologik va komparavistik yondashuvlarga tayanib chiqarayotirlar. Ular bunda o‘zbek adabiyotidagi ayrim badiiy asarlarni milliy yoki qo‘shni adabiyotlarda mavjud bo‘lgan muvoziy estetik hodisalarga solishtirgan holda o‘xshash va farkdi jihatlarini ko‘rsatish yo‘li bilan bunga urinmoqdalar. Ikkinchi bir guruh tahdilchilar esa biror ijtimoiy qarashni maqsad sifatida belgilab olib, tekshirilayotgan badiiy matnning ana pgu maqsadga kanchalik xizmat qilish qilmasligini aniqlash orqali badiiy asarga baho berishga urinmoqdalar. Yana shunday adabiyotshunoslar ham borki, ular tekshirilayotgan badiiy matnning o‘zigagina tayangan holda asarning badiiy-estetik qimmatani ochish, shu orqali uning milliy tafakkur taraqqiyotiga qushgan hissasini aniqlash yo‘lidan borishni ma’qul ko‘radi. Badiiy tahlilning sifati, uning badiiy-ilmiy ta’sirchanlik darajasi tahlilchining shaxsiyati va kasbiy hozirligiga bog‘liqdir. Har qanday tahlilchi ham o‘z shaxsiyati darajasida ish ko‘radi. Har bir sinchi o‘z shaxsiyati, e’tiqodi, estetik imkoniyatlari, o‘qimishlilik darajasi, shaxsiy jasorati doirasida badiiy tahlilni amalga oshiradiki, shularga tayanib turib, tahlilchining shaxsi badiiy taxlilning sifati va halolligini belgilaydigan asosiy omil deb bemalol aytish mumkin. Atroflicha bilimdonlik badiiy adabiyotga daxldor qarashlarning xolisligini ta’minshda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ayni bir davrda yashagan, bir xil e’tiqodga amal qilgan holda badiiy didi, estetik zavqi, iste’dodinig miqiyosi har xil bo‘lgan sinchi-adabiyotshunoslar ayni bir badiiy hodisa to‘g‘risida tamomila qarama-qarshi fikrlarga kelishi mumkin va buni tabiiy hol deb hisoblash lozim. Aytilganidek to‘lig‘icha individual mehnat samarasi bo‘lmish badiiy asar mutlaqo individual tarzda qabul etiladi va
istimolchiga ham aynan ana shu yo‘sinda ta’sir qiladi. Binobarin, asarga berilgan
ilmiy baho ham sub’ektiv qarash maqomida bo‘ladi.
Har qanday ishda bo‘lganidek, adabiy asarni ilmiy tadqiq etishda ham taxlilga
asqotadigan  muayyan  texnik  usullar  majmuini  egallash  g‘oyat  zarur  va  busiz
kishida badiiy butunlikni tekshirish mahoratini shakllantirib bo‘lmaydi. Badiiy
matn bilan ishlashning asosiy fundamental tamoyil va usullarini egallab olmay
turib, malakali ilmiy tahlilni amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Tahlil texnikasini egallash adabiyotshunos-sinchiga xatolarga yo‘l qo‘ymaslik,
badiiy butunlikni to‘liq anglash, to‘g‘ri va teran talqin qilish, asarning estetik
o‘ziga xosligini tushunib yetish kafolatini beradiki, millat darajasida badiiy asarni
idrok etish, tushunish va ilmiy izohlashning hozirgi holatida bu ancha yuqori natija
hisoblanldi.  Lekin  bu  hali  hammasi  emas,  balki  badiiy  asar  bilan  samarali
ishlashning boshlanishiginadir, xolos.
Ayrim  adabiyotshunoslarning  muayyan  badiiy  asar  yuzasidan  qilgan  tahlili
boshqasinikiga  qaraganda,  qiziqarli, asosli,  ishonarli  va chuqur  ekaniga  sabab
nima? Badiiy tahlil tajribasida bunday hol har qadamda uchraydi. 
Chamasi, bu o‘rinda ushlab ko‘rish, birovga ko‘rsatish va mantiq bilan izohlab
berish  mumkin  bo‘lmagan  «X  omili»  namayon  bo‘ladi.  Ma’lumki  X  (iks)
noma’lum kattalikni anglatadi, badiiy tahlildagi asosiy noma’lumlik esa sinchi-
tahlilchining  shaxsiyati  va  tabiatidagi  o‘ziga  xoslikdan  iboratdir.  Har  qanday
asarning ilmiy talqini va badiiy tahlilida ana shu noma’lum kattalikning ko‘lami
ishning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarni tahlil etishday, subyektiv
yumushda tadqiqotchining shaxsi hal qiluvchi o‘rin tutmasligi mumkin emas. Yana
shu ham ayonki, sinchining shaxsiyati qanchalik boy va o‘ziga xos bo‘lsa, u
amalga  oshirgan  badiiy  tahlil  ham  shunchalik  teran  va  qiziqarli  bo‘ladi.
Adabiyottanuvchining tayyorgarlik darajasi bilan birgalikda uning shaxsiyatiga xos
shunday qirralari  borki, u badiiy tahlilning puxtaligi, aniqligi  va chuqurligiga
bevosita ta’sir qiladi. 
Birinchidan, sinchi  tekshirilayotgan  badiiy olamni  ham  real  hayotiy dunyo
bilan, ham o‘zga badiiy olamlar bilan solishtira olish salohiyatiga ega bo‘lishi
kerak. Adabiyottanuvchining bilimi va hayotiy hamda badiiy tajribasi qanchalik
katta bo‘lsa, serqirra badiiy obrazning ko‘zga tashlanmaydigan tomonlari shuncha
Logotip
istimolchiga ham aynan ana shu yo‘sinda ta’sir qiladi. Binobarin, asarga berilgan ilmiy baho ham sub’ektiv qarash maqomida bo‘ladi. Har qanday ishda bo‘lganidek, adabiy asarni ilmiy tadqiq etishda ham taxlilga asqotadigan muayyan texnik usullar majmuini egallash g‘oyat zarur va busiz kishida badiiy butunlikni tekshirish mahoratini shakllantirib bo‘lmaydi. Badiiy matn bilan ishlashning asosiy fundamental tamoyil va usullarini egallab olmay turib, malakali ilmiy tahlilni amalga oshirib bo‘lmaydi. Tahlil texnikasini egallash adabiyotshunos-sinchiga xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, badiiy butunlikni to‘liq anglash, to‘g‘ri va teran talqin qilish, asarning estetik o‘ziga xosligini tushunib yetish kafolatini beradiki, millat darajasida badiiy asarni idrok etish, tushunish va ilmiy izohlashning hozirgi holatida bu ancha yuqori natija hisoblanldi. Lekin bu hali hammasi emas, balki badiiy asar bilan samarali ishlashning boshlanishiginadir, xolos. Ayrim adabiyotshunoslarning muayyan badiiy asar yuzasidan qilgan tahlili boshqasinikiga qaraganda, qiziqarli, asosli, ishonarli va chuqur ekaniga sabab nima? Badiiy tahlil tajribasida bunday hol har qadamda uchraydi. Chamasi, bu o‘rinda ushlab ko‘rish, birovga ko‘rsatish va mantiq bilan izohlab berish mumkin bo‘lmagan «X omili» namayon bo‘ladi. Ma’lumki X (iks) noma’lum kattalikni anglatadi, badiiy tahlildagi asosiy noma’lumlik esa sinchi- tahlilchining shaxsiyati va tabiatidagi o‘ziga xoslikdan iboratdir. Har qanday asarning ilmiy talqini va badiiy tahlilida ana shu noma’lum kattalikning ko‘lami ishning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarni tahlil etishday, subyektiv yumushda tadqiqotchining shaxsi hal qiluvchi o‘rin tutmasligi mumkin emas. Yana shu ham ayonki, sinchining shaxsiyati qanchalik boy va o‘ziga xos bo‘lsa, u amalga oshirgan badiiy tahlil ham shunchalik teran va qiziqarli bo‘ladi. Adabiyottanuvchining tayyorgarlik darajasi bilan birgalikda uning shaxsiyatiga xos shunday qirralari borki, u badiiy tahlilning puxtaligi, aniqligi va chuqurligiga bevosita ta’sir qiladi. Birinchidan, sinchi tekshirilayotgan badiiy olamni ham real hayotiy dunyo bilan, ham o‘zga badiiy olamlar bilan solishtira olish salohiyatiga ega bo‘lishi kerak. Adabiyottanuvchining bilimi va hayotiy hamda badiiy tajribasi qanchalik katta bo‘lsa, serqirra badiiy obrazning ko‘zga tashlanmaydigan tomonlari shuncha