BADIIY TAHLILDA ADABIY TURGA XOS XUSUSIYATLAR. LIRIK
ASARLAR TAHLILI
REJA:
1. Badiiy tahlilda adabiy turga xos xususiyatlar.
2. Lirik turdagi asarlarni tahlil qilish yo‘llari.
3. Lirikada so‘z va ifoda.
4. Lirikada xarakter tasviri.
5. Lirik asarlarda hissiylik tasviri.
Tayanch tushunchalar:
Lirik qahramon, Lirik xarakter, Lirik ifoda, Lirik so‘z, Lirik janrlar, g’azal,
Muxammas, Ruboiy, Tuyuq, Musaddas, Modern Lirika, Xalq Lirikasi. Adabiy tur,
lirik asar tahlili, Ichkinlik, Tuyg‘uni tasvirlash, Sub'ektivlik, Epik asar tahlili,
Tafsilot, Inson tabiati va voqeylik tasviri, Dramatik asar tahlili, Drama nazariyasi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. T. Boboev. Adabyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil
3. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil
4. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil
5. A. Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil
6. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yi
Badiiy tahlil muvaffaqiyatli chiqishi uchun tekshirilayotgan asarning qaysi
adabiy turga mansubligini hisobga olish muhim. Adabiy tur tushunchasining
mohiyatida tahlilning kaliti yotadi. Negaki, adabiy tur va janr xususiyatlari badiiy
asar tabiatini belgilaydi. Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda, tahlil
usullari mutlaqo o‘zgarib ketmaydi, albatta, lekin tahlilchining asarga yondashishi,
munosabat tarzi o‘zgaradi. Har bir badiiy asar takrorlanmas va tamomila o‘ziga xos
estetik hodisaligi, ayni vaqtda u o‘z turdoshlariga xos umumiy jihatlarga egaligi
uchun ham tahlilda adabiy turga xos belgilarni hisobga olish zarurdir. Chunki lirik
asarni tahlil qilgan usul bilan romanni o‘rganish mumkin emas. Shuningdek,
hikoyani o‘rganishda qo‘l kelgan tahlilusuli dramani tekshirishda ish bermay
qolishi mumkin va x.k. Har bir adabiy tur tabiatidagi o‘ziga xoslik bu turga mansub
asarni tahlil etishda undagi asosiy jihatdan kelib chiqishni talab qiladi. Ma'lumki,
bizdagi adabiy tur atamasi ruslarda "rod" - jins so‘zi bilan beriladi. Lekin har ikki
tilda ham bir tushuncha ko‘zda tutiladi. Badiiy asar qanday maqsadda (kuylash,
ko‘rsatish yoki o‘kish uchun) yaratilishiga va nimani (tuyg‘u, voqea yoki xarakat)
ifodalashiga qarab turlarga bo‘linar ekan, tahlil jarayonida ham badiiy matnning
maqsadi va ifoda imkoniyati hisobga olib ish ko‘rilsa, kutilgan samaraga erishish
mumkin bo‘ladi. Asarning til qurilishi va badiiy bilishning obyektga, subyektga
yoxud badiiy ifoda aktining o‘ziga yo‘naltirilganligi uning turini tayin etadi.
Chunonchi, so‘z yo moddiy olamni tasvir etadi, yoki so‘zlovchining holatini aks
ettiradi, yoxud so‘zlashish jarayonining o‘zini qayta tiklaydi. So‘zning shu uch
holati uch adabiy turni keltirib chiqaradi. Ayrim mutaxassislar adabiy turlarning
uchga bo‘linishi bilan tilshunoslik ilmidagi shaxs-son va zamon kategoriyalari
orasida muayyan analogiya, aynanlik kurishadi. Ya'ni lirika - "men" va"hozir",
epos - "u" va "o‘tmish", drama - "sen" va "kelajak". Badiiy asarlarning turga xos
xususiyatlari ularning san'atning boshqa turlaridan qay biriga yakinligida ham aks
etadi.Chunonchi, epik asarlar grafika va rang-tasvirga osonroq ko‘chadi. Lirik
asarlar esa musiqaga tez muvofiqlashadilar. Dramatik asarlar teatrda namoyon
bo‘lib, pantomimaga yovuqroq turadi. Eposda odam voqea-hodisa ichida ko‘milib,
uning oqimida oqadi; dramada inson voqea ustidan hukmronlik qilib, uning fonida
turlanib ko‘rinadi; lirikada inson o‘z holicha qoladi (Jamol Kamol).Tahlil
jarayonida ayni shu jihatlar hisobga olib ish ko‘rilishi joiz. Aks holda badiiy tahlil
amalga oshmay qolishi mumkin. Epik asarlar tahlilida bu xil asarlarning moyasida
ozdir-ko‘pdir tafsilot bo‘lishini ko‘zda tutish lozim. Demak, epik asar tahlilini
amalga oshirishda badiiy timsol bilan tafsilotning qanchalik muvofiqligi yoki
nomuvofiqligi yoxud aloqasiz tasviri bergan estetik natija qidirilishi lozim bo‘ladi.
"Alpomish" dostoni tahlil etilayotganda Hakimbekka enchi sifatida berilgan biya,
undan tug‘ilgan yarg‘ok toychoq, Barchindan xabar kelgan kuni shu toyning
sag‘risi toshib, uzini qo‘yarga joy topolmay qolganligi, Alpomishning ot so‘rab
Qultoyga borishi, Qultoyning unga ot bermasligi va boz ustiga kaltaklashi, o‘z
moliga egalik qilolmagan noshud yigitning quruq qaytishi va Qaldirg‘ochoyim
iddaolari singari ko‘pgina tafsilotlarga e'tibor qaratilmasa, estetik tahlil yuzaga
kelmaydi. Chunki timsolning asl mohiyati ayni shular zamiriga joylangan. Lirik
turdagi asarlarning asosiy belgisi yashiringan sub'ektning ruhiy holati, sezimlari,
hissiyolami, tuyg‘ular tizimi ekan, bu turdagi matnni tekshirishda ayni o‘sha
jihatlarga e'tibor qaratish, emotsiyaning samimiyligi, ifodaning hissiyligi,
yuqumliligi singari lirikaning saviyasini yuksaltiradigan omillarni topishga,
ularning o‘z o‘rnida qo‘llanganligini o‘rganishga e'tibor qaratish joiz. Lirik asar
tahlilida so‘zlarning ta'sirchanligi, ma'noning tig‘izligi, ifodaning serqatlamligiga
alohida diqqat qilinishi zarurdir. Dramatik asarni tahlil qilishda, garchi badiiy
adabiyotning bu turi ham so‘z vositasida yaratilsa-da, sahnaga mo‘ljallanganligi,
tomosha ko‘rsatish maqsadida dunyoga keltirilganligi, unda muallifning ishtirok
etmasligi, timsollarning hatti-xarakatlariga biror darajada ham munosabat bildirish
imkoni yo‘qligi ko‘zda tutib tahlil qilish lozim bo‘ladi. Shundagina bu turdagi
asarlarning hayotiy va badiiy mohiyati hamda estetik jozibasini bir darajada
namoyon etish mumkin bo‘ladi. Dramatik asarlar tahlilida Botish estetikasi
yuriqlaridan foydalanish samara beradi. Negaki, bu tur Chiqishda chuqur ildizga
ega bo‘lmaganligi uchun ham uni tekshirish borasida ham ilmiy mustahkam
tamoyillar ishlab chihilmagan. Adabiy turlarga xos xususiyatlarni hisobga
olishning o‘zi xam tahlilning to‘kisligi uchun yetarli emas. Negaki, adabiy turlar
o‘z navbatida janrlarga bo‘linadi va ular ham bir qator jiddiy o‘ziga xosliklarga
egadir. Tahlilga tortilgan muayyan asarning janr jihatlari ham ko‘zda
tutilgandagina samaraga erishish mumkin. Chunonchi, lirik turning g‘azal janrini
tahlil qilish boshqayu, tuyuq, muvashshax yoxud chistonni tadqiq etish boshqa.
Shuning uchun ham adabiy janrlarga xos jixatlarni ham ko‘zda tutib ish ko‘rishgina
tahlilchiga nisbatan to‘liq va samarali tahlil qilish imkonini beradi. Lirik asarlar
asosan ruhiyat manzaralarini aks ettirgani va junbushga kelgan hissiyot ifodasi
sifatida yuzaga kelgani uchun ham tahlil jarayonida sezimlar, tuyg‘ular tizimi
tasviriga ustuvor ahamiyat berilishi lozim. Lirikada voqealar bayoni, xatti-
harakatlar ko‘lami emas, balki kechinmalar zamzamasi qay tarzda berilishini tadqiq
etish va bu borada asosli kuzatishlar qilish muhimdir. Lirikada so‘z ham kayfiyat
ifodasini berish, ham holat tasvirini chizish, ham taassurot manzarasini ko‘rsatish
vositasi bo‘lganligi uchun lirik asarni tahlil qilishda badiiy so‘zdagi yetakchi
ohangni ilg‘ab olish, asar musiqasini tayin etgan omillarni topishga alohida
ahamiyat berish lozimdir. Lirik asarda kayfiyat qay darajada tasvir etilganligi uning
estetik qiymatini tayin etuvchi asosiy omildir. Bu turdagi asarlar tekshirilganda
nimani tasvirlash emas, balki qanday tavsirlanganligini aniqlash muhimroqdir.
Milliy adabiyotimiz tarixida lirik turdagi asarlar salmoq jihatidan ham, sifat
jihatidan ham katta o‘rin tutadi. Lirik turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg‘u va
hissiyotga yug‘rilgan hayotiy hikmat ifodasini berishdir. Lirikada voqealar tasviri,
xarakter mantig‘i emas, ruhiy holat tasviri, hissiyot ifodasi, tuyg‘ular samimiyati
muhimdir. Chinakam lirik she'r tinglovchi yo o‘quvchiga faqat zavq beribgina
qolmay, uning emotsional-axloqiy imkoniyatlarini uyg‘otadi, faoliyatga undaydi.
Samimiy lirik so‘z hatto real voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga
kuchliroq ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma'lum. Shu
boisdan ham lirik asar tahlili kishini nafaqat estetik-ma'naviy jihatdan, balki
funksional-aqliy tomondan ham kamolotga yetkazishga xizmat qiladi. Inson nozik
va ingichka tuyg‘ular bilan hayvonot dunyosidan farq qiladi. Lirik asarni tahlil
qilishda undan mantiqiy xulosa chiqarishga shoshilmaslik, yaxshisi bunday
xulosani umuman izlamaslik kerak. Lirik asar tahlili uchun muhimi she'rdagi
tasvirga she'rxon hissiyot olamidagi reaksiya, munosabatdir. She'r chuqur tahlil
tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq qabul etilsa, yurakka yetib borgan, uni bezovta
qilgan omillar nimalar ekanligi angalb yetilsa,shuning o‘zi umumlashma xulosadir.
Lirik qahramon yoki shoir holatini bevosita his etishga odatlantirish yo‘li bilan
she'rxonni o‘zgalarning ruhiyatni ilg‘aydigan, birovning qayg‘usiga dardkash,
quvonchiga sherik bo‘la oladigan ma'naviyati yuksak, barkamol shaxs sifatida
shakllantirish mumkin. She'rxonni lirik asarlardagi she'riy san'atlarni, nozik
ishoralarni, ko‘zdan yashirib badiiy tasvir vositalarini payqashga o‘rgatish uni
badiiy so‘z jozibasini tuyishga odatlantiradi. So‘z sehridan zavqlana bilish
kishining hissiy sezimlari, nutq boyligi, fikrlash malakasini orttiradi. Lirik asar
tahliliga she'rxonlarning qalb ko‘zini ochish, ularda atrofdagi go‘zalliklarga faol
munosabat uyg‘otish vositasi tarzida qarash tahlilning chuqurlashishiga olib keladi,
uning ijtimoiy ahamiyatni oshiradi.Milliy lirikamizning yirik vakillaridan ayrimlari
misolida lirik asarlar tahlili qanday amalga oshirilishini ko‘rish mumkin. Cho‘lpon
she'riyatida ruhiyat manzaralari, inson hissiyotining zumlik tulg‘onishlari aks
ettiriladi. Jumladan, "Go‘zal" she'rida shoir tabiatning juda dilbar manzarasini
yaratgan. Lekin u tabiatdan nusxa ko‘chirmagan, o‘ziga chiroyli tuyulgan lavhasini
shu xolicha tasvir etmagan. Cho‘lpon tabiatning tasviriga hamisha inson ruhini
singdiradi, insoniy hissiyot tabiat go‘zalligiga jon bag‘ishlaydi. Uni dard bilan,
odamiy ishq bilan munavvar qiladi. Shoir izlayotgani go‘zalni, dastavval,
"Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ yulduzdan..."so‘raydi. Tahlilning
ibtidosidanoq, she'rxon shoir hissiyoti olamiga yaqinlashtirilishi darkor. Nega lirik
qahramon go‘zalni "qorong‘u kechada" izlay boshladi? Nima sabab ma'shuqasini
"eng yorug‘ yulduzdan" so‘radi? Tahlilchi she'r matnidan shu savollarga javob
topishga uringani sayin asarning joziba kuchini tuyib boraveradi. Ishqqa mubtalo
bo‘lgan qalb egasiga uyqu begona. Hazrati Navoiy aytganlaridek. "Beshq uluska
kom uyqu, ishq ahligadir harom uyqu". Shu bois "Go‘zal"ning lirik qahramoni -
bedorlik bandasi. Bedor odam, qalbiga ishq oshyon qurgan dardmand o‘ziga
dardkash izlashi tabiiy. Lekin ishqday mahram tuyg‘uni bo‘lak odam bilan
o‘rtoqlashib bo‘lmaydi. Shuning uchun lirik qahramon uyqusiz tundagi hamrohlari:
osmon jismlariga, eng yorug‘, eng yaqin yulduzga murojaat qiladi va bu holat -
ishonarli. Har holda,Cho‘lponning lirik qahramoni, avvalo, yulduzga murojaat qilib
notabiiy yo‘l tutmaydi. Endi yulduzning go‘zalni o‘ngida emas, "tushda ko‘r"gani
sababi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. O‘zbek go‘zali g‘arbning tunkezar
sohibjamollaridan emaski, kechasi paydo bo‘ladigan mavjudotlarning ko‘zi tushsa.
Yulduz malakning ta'rifini eshitishi, eshitganlari tufayli tushlaridagina ko‘rishi
mumkin. Shu vajdan "eng yorug‘ yulduz" malakni faqat tushida ko‘rgani tabiiy
hol! Yulduzning e'tirofi bejiz emas: "Tushimda ko‘ramen: shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir. Oydan-da go‘zal! She'rdagi har bir so‘zga e'tibor berish joiz:
lirik qahramon ma'shuqasini bitta" eng yorug‘ yulduzdan so‘ragan edi. Lekin u
yulduzdan: "Bizdan-da go‘zaldir..." degan javobni eshitadi. Nima uchun? Negaki,
bitta yulduz qanchalar porloq bo‘lmasin osmon ko‘rki bo‘la olmaydi. Ko‘kning