BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

18,8 KB


BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI
REJA:
1. Olamni estetik idrok etish, badiiy tasvirlash va ijodkord unyoqarashi.
2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o’rni.
3. Badiiy tasvir va milliy mansublikga doir xususiyatlar.
4. Falsafa va badiiy ijod, falsafiy-badiiy fikirlash tarsi.
5. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta'limotining o’rni.
Tayanch tushunchalar:
Dunyoqarash va badiiy ijod, Olamni estetik tushunish va tushuntirish, Falsafa va
dunyoqarash, Moddiyunchilik, Mimesis, Kalom falsafasi, Tasavvuf, Tajalli.
Foydalaniladigan  adabiyotlar  ro’yxati:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil
3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil
4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil
5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil
Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning sog‘lom aqlga, haqiqiy san'at
tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor qilingandagina
yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi.
Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan
qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi.
Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo
va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tug‘ri estetik
idrok etish va tasvirlash mumkin emas. Falsafiy asos tug‘ri bo’lmaganligi uchun
ba'zan  yaxshi  bilan  yomon,  xunuk  bilan  go‘zallik  tushunchalariga  yondashuv
Logotip
BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI REJA: 1. Olamni estetik idrok etish, badiiy tasvirlash va ijodkord unyoqarashi. 2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o’rni. 3. Badiiy tasvir va milliy mansublikga doir xususiyatlar. 4. Falsafa va badiiy ijod, falsafiy-badiiy fikirlash tarsi. 5. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta'limotining o’rni. Tayanch tushunchalar: Dunyoqarash va badiiy ijod, Olamni estetik tushunish va tushuntirish, Falsafa va dunyoqarash, Moddiyunchilik, Mimesis, Kalom falsafasi, Tasavvuf, Tajalli. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil 3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil 4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil 5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning sog‘lom aqlga, haqiqiy san'at tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor qilingandagina yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi. Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi. Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tug‘ri estetik idrok etish va tasvirlash mumkin emas. Falsafiy asos tug‘ri bo’lmaganligi uchun ba'zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilan go‘zallik tushunchalariga yondashuv
tamomila  noto’g‘ri,  g‘ayri  ilmiy  xarakter  kasb  etishi  mumkin.  Istbqlolgacha
adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga
majbur etildib.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bo‘lmish
badiiy  hodisalar  mohiyatini  anglash  uning  sir-u  sanoatlarini  ochish  mumkin
bo’lmay qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar
estetik  hodisa  mimesis  natijasi  bo’lsa,  adabiy  tur  va  janrlar  olamdagi  barcha
xalqlarda bir xilda bo‘lishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq
o’rab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi.
Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek
adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik
xalq  dostonlari  ham  hamma  millatlarda  ham  mavjud  emas.  Falsafiy  asos,
tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi
mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila
o’ziga xos yo‘nalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan,
Seleng‘urda  saqlanib  qolgan  adabiy  yodgorliklar  tonug‘dir.  Falsafiy  asosning
turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi
mumkin. Shu bois  o’zbek  filologlari  turlicha  falsafiy  yunalishlardan xabardor
bo’lganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks
etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil to’laqonli chiqishi mumkin.
Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham
uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi
lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki go‘zallik namunasi hisoblangan hodisa
ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi,
o’zbeklar uchun go‘zallik timsoli bo’lmish oy ruslar uchun loqaydlik, befarqlik
ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma
obrazlari Farb kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat
timsoli  sanalsa,  o’zbek  kitobxonlarida,  ko‘pincha,  bu  ayollar  buzuq  kimsalar
sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan taqdirdagina badiiy
tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin. Falsafiy
asos  sog‘lom  bo’lmagach,  tahlil  qanchalar  o’ziga  xoslik va  bilimdonlik bilan
amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri to‘liq namoyon etilishi
mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani singari badiiy tahlilda
Logotip
tamomila noto’g‘ri, g‘ayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Istbqlolgacha adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga majbur etildib.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bo‘lmish badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning sir-u sanoatlarini ochish mumkin bo’lmay qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar estetik hodisa mimesis natijasi bo’lsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha xalqlarda bir xilda bo‘lishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq o’rab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi. Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik xalq dostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas. Falsafiy asos, tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila o’ziga xos yo‘nalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan, Seleng‘urda saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonug‘dir. Falsafiy asosning turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois o’zbek filologlari turlicha falsafiy yunalishlardan xabardor bo’lganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil to’laqonli chiqishi mumkin. Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki go‘zallik namunasi hisoblangan hodisa ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi, o’zbeklar uchun go‘zallik timsoli bo’lmish oy ruslar uchun loqaydlik, befarqlik ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma obrazlari Farb kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat timsoli sanalsa, o’zbek kitobxonlarida, ko‘pincha, bu ayollar buzuq kimsalar sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan taqdirdagina badiiy tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin. Falsafiy asos sog‘lom bo’lmagach, tahlil qanchalar o’ziga xoslik va bilimdonlik bilan amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri to‘liq namoyon etilishi mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani singari badiiy tahlilda
ham  milliy  adabiyotshunosligimiz  sho’ro  davrida  markscha-lenincha  falsafaga
asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur taraqqiyoti hamda
inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va
bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga birlamchi o’rin
ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab
ko‘rinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma'naviy va
o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan tushunchalarga ikkinchi darajali
hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni
inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham
inson  ruhiyati  manzaralaridagi  tovlanishlarning  o’ziga  xosligidan  kelib  chiqib
emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi.
Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan
iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adog‘i yo‘q ziddiyatlar zanjiri
deb  talqin  qilindi.  Binobarin,  markscha-lenincha  falsafiy  ta'limotga  tayangan
adabiyotshunoslik  adabiy  asarga  undagi  inson  timsolini  tadqiq  etishga,
tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda bo’ldi. Bunday hol
ko’plab asarlardan mutlaqo nosog‘lom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat
olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar
bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at asariga ijtimoiy
munosabat uni tabiiy ravishda dag‘allashtirardi. Sog‘lom falsafa ilmi uchun Alloh,
olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam
yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilg‘ash, sezgi
a'zolariga bo‘y bermaydigan tushunchalarni ham payqash va ta'riflash, inson ruhiy
olamining  beqiyos  rang-barangligidan  kelib  chiqqan  holda  san'at  asarlariga
yondashish  bu  xil  falsafaning  asosiy  tamoyillaridandir.  Ruhiyat,  hissiyotning
boyligi insonni o’zga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy
aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai
nazarni  ustuvor  bilib  munosabatda  bo’lish  bu  xil  metodologiyaning  asosiy
talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chiqish (Sharq) badiiy ijodga Botish (G‘arb)
estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan yondoshgan. Chunonchi, Aristotel
ta'limoti  asosida  shakllangan  Botish  estetikasida  san'at  asari  borliqqa  taqlid  -
mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari voqelikka taqlid natijasida
Logotip
ham milliy adabiyotshunosligimiz sho’ro davrida markscha-lenincha falsafaga asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur taraqqiyoti hamda inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga birlamchi o’rin ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab ko‘rinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma'naviy va o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan tushunchalarga ikkinchi darajali hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning o’ziga xosligidan kelib chiqib emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi. Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adog‘i yo‘q ziddiyatlar zanjiri deb talqin qilindi. Binobarin, markscha-lenincha falsafiy ta'limotga tayangan adabiyotshunoslik adabiy asarga undagi inson timsolini tadqiq etishga, tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda bo’ldi. Bunday hol ko’plab asarlardan mutlaqo nosog‘lom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at asariga ijtimoiy munosabat uni tabiiy ravishda dag‘allashtirardi. Sog‘lom falsafa ilmi uchun Alloh, olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilg‘ash, sezgi a'zolariga bo‘y bermaydigan tushunchalarni ham payqash va ta'riflash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib chiqqan holda san'at asarlariga yondashish bu xil falsafaning asosiy tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning boyligi insonni o’zga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai nazarni ustuvor bilib munosabatda bo’lish bu xil metodologiyaning asosiy talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chiqish (Sharq) badiiy ijodga Botish (G‘arb) estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan yondoshgan. Chunonchi, Aristotel ta'limoti asosida shakllangan Botish estetikasida san'at asari borliqqa taqlid - mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari voqelikka taqlid natijasida
vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi uning hayot haqiqatiga
qanchalik  mos  kelishi,  boshqacha  aytganda,  taqlidning  naqadar  ustalik  bilan
amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish go‘zallik ilmi, xususan, Turkiston
estetikasi  uchun  ming  yillar  mobaynida  tayanib  kelingan  nazariy  asos  kalom
falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu bois har bir
badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy
asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun olamdagi
moddiy  va  ma'naviy  narsalar  Allohning  tajallisi  ekan,  badiiy  ijod  ana  shu
tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan
iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli,
mu’jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy
asarning eng kichik unsuridan ham  go‘zallik qidirgan va topa bilgan.  Badiiy
asarlardan  chiqadigan  ma'no,  fikr,  g‘oyaga  nafosatning  tabiiy  hosilasi  sifatida
qaralgan.  Chunki  har  qanday  g‘zal  shakl,  avvalo,  tamkinlik,  uyg‘unlik,
mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi
tabiiy  hisoblangan.  Tajalli  nazariyasiga  tayanib,  har  qanday  badiiy  hodisani
Allohning namoyon bo’lishi, emanatsiyasi  tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida
izohlash mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turg‘un, qotib
qolgan va o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar
qilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik
hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiq bo’lmagan. Chunki
badiiy go‘zallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham
Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab
etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantig‘i bilan izohlash
milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor
turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning g‘oyasi, qanday
fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining go‘zalligiga chiroyli libos,
jozibali  tashqi  bezak  tarzida yondashish  ustuvorlik qiladi.  Shu sababli  Botish
estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday
tasvirlash  muammosining  hal  qilinishi  muhim  sanalgan.  Sharqda  badiiy  ijod
asosida hamisha go‘zalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos
xususiyatlar tajallisi o’laroq go‘zal ekani va san'at asari ana shu go‘zallikni imkon
Logotip
vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi uning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning naqadar ustalik bilan amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish go‘zallik ilmi, xususan, Turkiston estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy asos kalom falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu bois har bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun olamdagi moddiy va ma'naviy narsalar Allohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli, mu’jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy asarning eng kichik unsuridan ham go‘zallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy asarlardan chiqadigan ma'no, fikr, g‘oyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida qaralgan. Chunki har qanday g‘zal shakl, avvalo, tamkinlik, uyg‘unlik, mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi tabiiy hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani Allohning namoyon bo’lishi, emanatsiyasi tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida izohlash mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turg‘un, qotib qolgan va o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar qilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiq bo’lmagan. Chunki badiiy go‘zallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantig‘i bilan izohlash milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning g‘oyasi, qanday fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining go‘zalligiga chiroyli libos, jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod asosida hamisha go‘zalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos xususiyatlar tajallisi o’laroq go‘zal ekani va san'at asari ana shu go‘zallikni imkon